Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar, professor-oʼqituvchilar va talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalar toʼplamlarida tezis chop ettiradilar. Lekin ularning ayrimlari: tezis nima? uning ilmiy maqoladan farqlari qanday? Tezisning tarkibi va uni rasmiylashtirishga qanday talablar qoʼyiladi? kabi savollarga javob bera olmaydi.
Tezis tushunchasi oʼzbek tili izohli lugʼatining 4-jildida quyidagicha taʼriflangan: «Tezis (yun. thesis - qoida; isbot) 1 ilmiy asar, maqola, maʼruza va shu kabilardagi asosiy gʼoyalarning qisqa va loʼnda bayoni»
Yanada aniqroq aytadigan boʼlsak, tezis emas, ilmiy maʼruza tezislari!
Ilmiy maʼruza tezislari - ilmiy konferentsiya (yoki simpozium) boshlanishidan oldin chop ettirilgan dastlabki material. Ilmiy maʼruza tezislarining matni 1,5 intervalda hajmi 2-3 betdan oshmasligi lozim. Bunga ERIShISh uchun muallif ilmiy maʼruza (yoki maqola) tezisini tuzish qoidalarini bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |