O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/51
Sana13.01.2022
Hajmi5 Mb.
#358634
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
arxitektura tarixi

ARAB DAVLATLARI ARXITEKTURASI 
 
Suriya va Falastin davlatlarida Arab xalifaligi tashkil bo‘lishidan oldin tabiiy toshdan 
turli  xil  binolar  qurilishi  keng  tarqalgan  edi.  Rim  va  Vizantiya  davlatlari  tomonidan  bu 
joylarda xristian bazilikalari va boshqa binolar qurilgan. Arab xalifaligi tashkil topishi bilan 
yirik  masjidlar  qurilishi  keng  tarqaladi.  Shunday/masjidlardan  eng  yirik  va  mahobatligi 
708-yilda  Damashq  shahrida  qurilib,  Katta  Masjid  nomini  oladi.  Bu  masjid  xalifa  Al-
Vomid boshchiligida qurilib, o‘lchamlari 157x100 metrni tashkil qiladi. Masjid ustunlar 
bilan bo‘lingan uch qismdan: yopiq bino va atrofi o‘ralgan keng hovlidan iborat. Binoning 
asosiy  o‘q  yo‘nalishi  bo‘yicha  gumbaz  o‘rnatilgan  va  mehrob  joylashtirilgan.  Bino 
ustunlari  ikki  qavatli  qilib  ishlangan  va  umumiy  balandligi  15  metrni  tashkil  qiladi. 
Ustunlar ustiga tekis torn yopilmasi o‘rnatilgan. Binoning hovliga qaratilgan tarzi ochiq 
ravoqlar bilan bezatilgan. 
Ustunlar asosida qurilgan masjidlar arab davlatlarida keng tarqaladi. Masalan: 876-
yilda  qurilgan  Qohiradagi  Ibn  Tulun  masjidi,  Jazoirdagi  Katta  masjid  (1096) 
Marokashdagi Qutbiyya masjidi (1153) va Qurdoba (Ispaniya) Katta masjidi. Qurdobadagi 
Katta masjid qurilishi 786-yilda boshlariib, 600 dan ko‘proq ustunga ega. Ustunlar bir-biri 
bilan 2 qator ravoqlar orqali birlashtirilgan. 
Ko‘pchilik masjidlar qoshida baland minoralar ham qurilgan. Minoralardan odatda 
aholini  namozga  chaqirish  uchun  foydalanilgan.  Masjid  xizmatchisi  —  muazzin  minora 
ustidan  har  kuni  besh  mahal  namoz  vaqti  yaqinlashganini  xabar  qilgan.  Bunday 
minoralardan Qohiradagi Ibn Tulun masjidi minorasi juda mashhurdir. 
Arab  xalifalari  shahar  ichkarisida  turli  qasr  va  saroylar  bilan  bir  qatorda  shahar 
tashqarisida baland devorlar bilan o‘ralgan qal‘alar ham qurdirgan. Bunday qal‘alardan biri 
VIII asrda Iyerixon shahri yaqinida qurilgan Xirbat al-Marfjor qal‘asidir. Bu joyda qal‘a 
bilan  bir  qatorda  masjid,  hammom  va  boshqa  binolar  ham  qurilgan.  Bu  imoratlar  ichki 
hovli atrofida 2 qavatli qilib qurilgan. 
Arab davlatlarida XII - XV asrlarda ravoqli va gumbazii qurilmalar keng tarqaladi. 
Qohiradagi  Hasan  masjidi  va  maqbarasi  qurilishida  (1472  -  1474)  yirik  ravoqli  va 


 
68 
gumbazii shakllar ishlatilgan. Bunday snakllar shakllanishining eng yaxshi namunalaridan 
Grenadagi (Ispaniya) Al-Gambra qasri va Sherlar qasrlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin 
Arabdavlatlarida  muhandislik  inshootlari  qurilishi  ham  keng  tarqaladi.  Sug‘orish 
tizimi  inshootlari  va  karvon  yo‘llaridagi  sardobalar  shular  jumlasidandir.  Masalan, 
Kayruan shahri yaqinidagi sardoba IX asrda qurilgan bo‘lib, uning diametri 128 metrni 
tashkil qiladi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish