69
tashkil etadi.
O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi:
hujjatlarni ekspertiza qilish va DAFni to’ldirish ishiga boshchilik qiladi;
hujjatlarni davlat arxivlariga taqsimlash masalalarini hal etadi;
barcha muassasalar, tashkilotlar va korxonalar uchun majburiy bo’lgan hujjatlar
bilan ishlashning qoida va yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqadi;
DAF hujjatlarining ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish, ulardan foydalanish
va ularni saqlash ishlarini tashkil etadi;
davlat va muassasa arziqlarida saqlanayotgan hujjatlarni markazlashgan holda
hisobga oladi;
arxiv
muassasalarining
ilmiy-tadqiqot
ishlarini
tashkil
etadi
va
muvofiqlashtiradi, hujjatlarni nashr etishga boshchilik qiladi;
chet el arxiv muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va tarbiyalash bo’yicha ish olib
boradi;
arxiv inshootlari, laboratoriya va ustaxonalar qurilishi hamda ularni ta’mirlash
masalalari bilan shug’ullanadi.
Viloyat arxiv bo’limlari ham o’z vakolati doirasida mazkur masalalar bilan
shug’ullanadilar (chet el arxiv muassasalari bilan aloqa qilish, umumdavlat
miqyosidagi normativ hujjatlar chiqarish kabi masalalar bundan mustasno).
Markaziy va mahalliy arxivlarni boshqarish vakolatli organlari arxiv
ishining istiqbolini belgilaydi, har bir bosqichda arxiv muassasalarining ustivor
vazifalarini belgilab beradi. Markaziy davlat arxivlari bevosita Bosh arxiv
boshqarmalariga, viloyat arxivlari va ularning filiallari esa viloyat arxiv
bo’limlariga bo’ysunadilar.
Yuqori arxiv organlari tomonidan boshqarish ishini tashkil etish asosan 3 ta
vazifani bajarishga qaratilgandir: 1) vazifalarni belgilash; 2) yordam berish; 3)
nazorat qilish.
Arxivlar ishlarini takomillashtirishda yuqori tashkilotlar tomonidan olib
boriladigan tekshirishlar muhim o’rin tutadi.
Arxiv faoliyati vaqti-vaqti bilan kompleks tarzda yoki konkret yo’nalishlar
bo’yicha tekshiriladi. Tekshiruvchilarning vazifalari faqatgina kamchiliklarni
oshkor qilishdan emas, balki ishni yaxshilash yo’llarini ko’rsatish hamda ilg’or ish
uslublarini aniqlash va yoyishdan iboratdir.
Davlat arxiv xizmatining muhim vazifalaridan biri idoraviy arxivlarga
tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlik qilish va muassasalarda ish yuritishni nazorat
qilishdan iboratdir. Bu ish arxiv bo’limlari hamda markaziy va viloyat davlat
arxivlari tomonidan amalga oshriladi. Har bir arxiv, odatga ko’ra, hujjatlarini unga
topshiradigan tashkilotlar va muassasalar arxivlarining ustidan nazorat olib boradi.
Ko’p xollarda davlat arxivlari xodimlari bir necha muassasalar ustidan murabbiylik
qiladilar, ularga har tomonlama yordam ko’rsatadilar.
70
Arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash, eng
avvalo, bu yerda bu yerda ishlayotgan
xodimlarning malakasiga va ularning mehnatini
tashkil etishga bog’liqdir. Arxiv xodimlari yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi,
chuqur kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari shart.
Arxiv xodimi hujjatlar bilan ishlash uslublarini mukammal bilishi,
tadqiqotchilik ko’nikmalariga ega bo’lishi, yuqori malakali va ma’lumotli inson
bo’lishi zarur.
Arxivlarda kadrlar bilan ishlash tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim asosan
quyidagilardan iborat:
kadrlarni to’g’ri tanlash, xodimlar malakasini, tajriba va shaxsiy hislatlarini
hisobga olgan holda ulardan arxiv ishining turli bo’g’inlarida foydalanish;
arxiv xodimlari turli guruhlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyatini
ishlab chiqish;
xodimlar malakasini muttasil oshirib borish;
mehnat intizomini mustahkamlash;
xodimlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirishni yo’lga qo’yish;
jamoada yaxshi psixologik muhitni yaratish
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishda ularning egallab to’rgan
lavozimiga mos kelishini hisobga olish zarur. Shu maqsadda arxiv direktorlaridan
bo’lim boshlig’igacha bo’lgan rahbar xodimlar uchun tegishli malakaviy tavsiyalar
ishlab chiqiladi. Bundan tashqari har bir xodimning ishchanligi va professional
sifatlarini e’tiborga olish zarur. Shuni ham hisbga olish kerakki, rahbariy
lavozimdagi xodimdan faqat chuqur bilim va ishchanlikgina emas, amaliy ish
sohasida boy tajribasi bo’lishi ham talab qilinadi. Hamma sohada bo’lgani kabi
arxiv xodimlarining barcha guruhlari uchun mansab instruksiyalari ishlab
chiqilgan.
Kadrlar bilan ishlashning muhim yo’nalishi ularning malakasini oshirishdir.
Arxiv xodimlari malakalarini oshirish jamoaviy va yakka tarzda quyidagi
shakllarda amalga oshiriladi:
Oliy o’quv yurtlari va aspiranturada tahsil olish;
Rahbar va ilmiy xodimlarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlarini
o’tkazish. Bunday anjumanlarda xodimlar arxivshunoslik, hujjatshunoslik,
arxeografiya, manbashunoslik fanlarining dolzarb nazariy va uslubiy
muammolariga doir ma’ruzalar eshitadilar
Do'stlaringiz bilan baham: