Olimpiya o’rinbosarlarini tayyorlovchi bilim yurtlari
Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, sport internat-maktablar va olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari negizida vujudga keldi. Ular hozirgi kunda deyarli barcha viloyatlarning markazida tarkib topmoqda va kollej shaklila faoliyat ko’rsatmokda. Ular, eng avvalo, Xalq ta’limi vazirligi tizimida shakllandi va rivojlandi. SHu sababdan ularning o’quv rejalari va fanlar, sport turlari bo’yicha dasturlari Xalq ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiklanadi.
Respublikada olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik va ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan masalalarda olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari faoliyatiga har tomonlama yordam berish maqsadida Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi va sport uyushmalari hamkorlik qilmokda.
Bilim yurtlarining o’quv rejasida davlat ta’lim standartlari asosida umumiy va o’rta maxsus ta’lim dasturlaridagi barcha siyosiy, gumanitar, tabiiy va maxsus fanlar o’qitiladi. Mavjud bo’lgan gurux /sinf/ va bo’limlarda olimpiya o’yinlari sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan nazariy hamda amaliy fanlar o’rgatiladi. O’quv rejalarida belgilangan barcha fanlar va sport turlarining asosiy mohiyati yetuk va mahoratli sportchilar hamda mutaxassis xodimlar tayyorlashdan iborat.
Avvalgi bo’limlarda qayd etilganidek rahbarlik ishlari bilim yurti direktori, uning o’quv, sport, ma’naviyat va ma’rifat, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarlari hamda sport turlari bo’yicha bo’lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bilim yurtida pedagogik va murabbiylar kengashi barcha faoliyatlarni muhokama qilib, zarur qarorlarni qabul qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda sport tayyorgarligi bilim yurtida eng ustuvor faoliyat hisoblanadi. Bu sohalarda Toshkent, Samarkand, Andijon, CHirchik va boshqa shaharlardagi bilim yurtlarining ish faoliyati va erishgan tajribalarini talabalar Mustaqil ravishda o’rganishga harakat qilishlari lozim.
Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlari-ni uyushtirish. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish. Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish
Barcha toifalardagi bolalar va o’smirlar sport maktablarida, asosan, sport mashg’ulotlarini o’tkazish va sport turlari bo’yicha maxsus musobaqalar tashkil qilinib borilsada, ularning ish faoliyatida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish ham alohida o’ringa ega. Ayniksa, sport o’yinlari, yengil atletika va boshqa ba’zi sport turlari ommaviylik mazmuniga egadir. SHu sababdan bu turlar bo’yicha musobaqalar uyushtirilganda, boshqa sport maktablari va umumta’lim maktab o’quvchilarining sport jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Ommaviy sport tadbirlarining asosiy shakllari tuman-shahar, viloyat va respublika birinchiliklari, spartakiadalari, o’rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Bunday musobaqalarning zamirida sportchilarning tayyorgarligi, egallangan mahoratlar sinov hamda yirik sport musobaqalari, Xalqaro uchrashuvlar, Markaziy Osiyo, Osiyo va jahon chempionatlariga terma jamoa tayyorlash ko’rigi bo’lib xizmat qiladi.
Ommaviy sport tadbirlarining yana bir shakli va maqsadi shundaki, qaysi sport turi bilan shug’ullanishlaridan qatьiy nazar,o’z jamoalarida tashkil etilgan kross, futbol musobaqalari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini bajarish uchun tashkil qilinadigan ommaviy musobaqalarda ishtirok etish shartdir. Bundan asosiy maqsad shuki, sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasini muntazam oshirib borishdir. SHu sababdan sport maktablarining kalendar rejalariga ommaviy sport musobaqalarini kiritish va ularni amalda o’tkazish mahsadga muvofikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |