Blits – so’rov savollari
1. Sog’ligi zaif o’quvchilarni mashg’ulotlari nimalardan iborat.
2. Sog’ligi zaif o’quvchilarga dars o’tish tartibi
3. Sog’ligi zaif o’quvchilarga sport mashg’ulotlarini shakllantirish
(3.1) 2-ilova
Insert va B/Bx/Bo texnikasini qo’llagan holda ish yuritish qoidalari
“Insert” texnikasidan foydalanib matnni o’qiydi.
Olingan ma’lumotlarni tizimlashtiradi – matnga qo’yilgan belgilar asosida jadvalni to’ldiradi.
№
|
Mavzu savollari
|
Bilaman
|
Bilishni xoxlayman
|
Bilib oldim
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
1-Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining maqsad va vazifalari
Reja:
1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining maqsad va vazifalari
2. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Tayanch so‘z va iboralar: jismoniy tarbiya, huquq, sport, qonun, O‘zbekistonda jismoniy tarbiya, sportning huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘zn barcha sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportga ham alohida etibor qaratilmoqda. “Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” fani aynan yurtimizda ushbu sohaning huquqiy jihatlarini o‘rganadigan soha hisoblanadi.
Fanning maqsadi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport huquqiy jihatdan qay darajada asoslanganligi va uning amaliy jihatdan tadbiqini o‘rganish hisoblanadi.
Barchamizki ma’lumki, huquq bu qonun degani, har bir inson, shu jumladan har bir sportchi o‘z-haq-huquqlarini bilishi va uni amalda to‘g’ri qo‘llay olishi shart. Bunda siz-u bizga “Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish” fani yaqindan yordam beradi.
Fanning vazifasi O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qabul qilinayotgan qaror va chiqarilayotgan buyruq va qonunlar bilan talabalarni tanishtirish hamda ularda ana shu qonunlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.
“Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish: fani mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yangiliklar, chiqarilgan buyruq, qaror va farmoyishlarning mazmun-mohiyatini tushunish va ularni hayotga to‘g’ri tatbiq qilishni o‘rganadi.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir qonun, farmon va qarorlar bu sohaning tez sur’atlar bilan taraqqiy etishiga, xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzi va obro‘sining oshishiga, qolaversa, aholining, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarning sportga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga olib keldi.
Boshqa fanlar qatorida jismoniy tarbiya va sportning huquqiy jihatdan o‘rganilishi juda katta ahamiyatga ega. Zero, hayot Qonun bilan tartibga solinadi. Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda rivojlanish bo‘ladi.
O’zbekistonda jismoniy madaniyatning maqsadi. O’zbekiston xalkini jismoniy kamolotga erishgan, xukukiy davlat ning aktiv kuruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib madaniyatlashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy madaniyatni amalga oshirayetgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir.
Maqsadning umumiyligi jismoniy madaniyat tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir. Ko’rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sogligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullaniladigan kasbi hisobga olinadi va jismoniy madaniyatda konkret vazifalar hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |