Rezident bank - muayyan mamlakatda doimiy
manzilga
ega
bo’lgan
va
uning
qonunlariga
bo’ysunuvchi bank.
Rezidentlik hisobraqami - muayyan mamlakatda
doimiy turar joyga ega bo’lgan yuridik yoki jismoniy
shaxsga ochilgan hisobraqam.
62
Revalvasiya - lotincha so’zdan olingan bo’lib,
«ahamiyatga egaman», «arziyman» degan ma’noni
anglatadi. Mamlakat milliy valyutasining horijiy valyuta
kursiga
nisbatan
o’sishi.
Revalvasiya
mamlakat
iqtisodini izga solish vositalaridan biri bo’lib, mamlakat
pul
tizimini
muvofiqlashtiradi,
pulninig
xarid
qobiliyatini mustahkamlaydi.
S
Saldo - qoldiq.
Sanasiya - bu korxonalarni bankrotga yoki
raqobatbardosh bo’lishini oshirish maqsadida moliyaviy
ahvolini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar tizimidir.
Sarmoya – asosiy savdo mablag’i. Kichik
savdoda harakat qiluvchi mablag’ dastmoya deb
yuritilgan.
Sarmoyador – bu qimmtli qog’ozlarni o’z
nomidan va o’z hisobidan sotib oluvchi jismoniy yoki
yuridik shaxslardir (davlatdir).
Sarrof – pul almashtiruvchi, pulni maydalovchi.
Savdo rastalari va ko’chalarda o’tirib, kishilarning yirik
pullarini maydalab, qimmatbaho buyumlarini pulga
almashtirib beruvchi shaxs. Sarroflar chet eldan kelgan
savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib
berish;
qimmabaho
toshlar,
oltin,
kumush
va
boshqalarning bahosini belgilash, pul va buyumlarni
ma’lum vaqtgacha omonatga saqlash bilan ham
shug’ullangan.
Sertifikat - bu bank tomonidan mijozning pul
mablag’lari qo’yilganligi to’g’risida yozma guvohnoma
va uning egasiga belgilangan muddat o’tishi bilan
63
bankka qo’yilgan mablag’larni va ular bo’yicha taaluqli
foiz ko’rinishida daromadlarni olish huquqidir.
Schyotlar tizimi - hisobot obyektlarini ularning
iqtisodiy mazmuniga ko’ra hisobga olishga xizmat
qiladi. Bu esa schyotlar tizimi yordamida korxona
xo’jalik
faoliyatini
nazorat
qilish
va
reja
topshiriqlarining bajarilishi haqida ma’lumotlar olish
imkonini beradi.
Schyot oboroti - bu schyotlarning debet yoki
kredit tomonlariga yozilgan operasiyalar summalarining
yig’indisi.
Schyotlar
korrespondensiyasi
-
xo’jalik
operasiyalarini ikkiyoqlama yozuv usulida yozish,
schyotlarning o’zaro bog’liqligidir.
Sintetik schyotlar - mablag’lar va xo’jalik
jarayonlarining umumlashgan hisobi, pul birliklarida
yuritiladigan schyotlarga aytiladi.
Sintetik hisob - sintetik schyotlar yordamida
amalga oshiriladigan hisob.
Statistik hisob - ommaviy-ijtimoiy hodisalarni
o’rganish va nazorat qilish tizimidan iborat bo’lgan
hisob.
Statistik to’plam – o’zining belgilar jihatidan bir-
biridan farq qiluvchi, lekin sifat jihatdan bir xil asosga
ega bo’lgan birlik.
Statistik
kuzatish
–
bu
voqyea
va
hodisalarni tashkiliy hisobi hisoblanib, shu asosda,
ommaviy ravishda birlamchi statistik ma’lumotlar
yig’ish bo’lib hisoblanadi. Statistik kuzatishni tashkil
qilish shakli bo’lib statistik hisobot shakllari orqali
tizimli ravishda ma’lumotlarni olish hamda maxsus
64
statistik
Tekshiruvga
asosan
ma’lumotlarni
to’plashdir.
Statistik hisobot - makroiqtisodiyot va statistika
vazirligi yoki uning mahalliy tashkilotlari hamda
Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli
ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, mustaqil balansda
turuvchi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar
tomonidan belgilangan muddatlarda qonuniy tartibda
uyushtirilgan statistik va yuqori tashkilotlarga
yuborilib turiladigan hisobot.
So’nggi nazorat - operasiya bajarilgandan so’ng
o’tkaziladigan nazoratdir.
Smeta - belgilangan bahoda kutilayotgan bank
harajatlari va bank foydasi o’rtasidagi farq.
Sof aktivlar - jismoniy yoki yuridik shaxsga
tegishli mol-mulk yig’indisi: asosiy vositalar, ishlab
chiqarish moddiy zahiralari, nomoddiy aktivlar, pul
mablag’lari, moliyaviy qo’yilmalarning sof miqdori.
Soliqlar – bu davlat tomonidan davlat byudjetiga
yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan majburiy
to’lovlar.
Spot - 1. naqd moddiy boyliklar bo’yicha tuzilgan
bitimlar (jumladan, birjali bitimlar). Spot bo’yicha
bitimlar tez fursatda to’lanishi shart. Mollar naqd pulga
sotiladigan va tez yetkazib beriladigan bozor «Spot-
bozori» deb yuritiladi; 2. darhol yetkazib beriladigan
mol yoki valyuta sotiladigan narx.
Subschyotlar - asosiy schyotlar ko’rsatkichiga
qo’shimcha sifatida kiritiladigan schyotlar.
Substandart kreditlar – bu asosiy qarz summasi
va foizlar ishlab chiqarilgan dasturlarning noto’g’ri
65
yo’naltirilganligi sababli qaytmaslik xatari mavjud
bo’lgan, o’z mohiyatiga ko’ra moliyaviy, boshqaruv,
iqtisodiy yoki kuchsiz garov ta’minoti bo’lishi mumkin
bo’lgan kreditlardir. Zarar kutilmaydi, ish to’g’ri
yo’naltirilishi imkoniyati mavjud.
Ssuda foizi - bu qarz beruvchi ma’lum bir vaqtga
qarz berganligi uchun qarz oluvchidan olinadigan
foizlar.
Ssuda operasiyalari – banklarga daromadning
asosiy qismini olib keladi, vaqtincha harakatsiz yotgan
pul mablag’larini joylashtirish, muomala va iste’molni
rag’batlantirgan holda harakatga soladigan operasiyalar.
Smart-plastik karta – tashqi ko’rinishidan xotira
kartasiga o’xshaydi, lekin mikrosxemasida farqi bor.
SigMentlash – bozorni turli xil belgilariga qarab
bo’laklarga ajratish.
T
Tadbirkorning maqsadi - yangi fikr va
g’oyalarni izlash, tahlil qilish, o’zining yaratuvchilik
qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ishni rivojlanishida
yutuqqa erishishdir.
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i -
bu mijozning birinchi talabi bilanoq qaytariladigan
depozit hisobvaraqlari.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
– bu depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning «Talab
qilib olinguncha» degan hisobvaraqlarida turadigan,
joriy maqsadlar uchun mo’ljallangan, istalgan vaqtda
olinishi mumkin bo’lgan mablag’lardir.
66
Ta’minlanganlik - deganda, mijozning aktivlari
qiymati va kredit shartnomasida ko’rsatiladigan konkret
ikkilamchi qarzni qoplash manbai (kafillik, sug’urta,
garov).
Tanga - metaldan yasalgan pul birligi, muomala
va to’lov vositasi. O’rta Osiyoda tangalar miloddan
avvalgi III asrda muomalaga chiqarilgan. Amir Temur
tomonidan XIV asrning 80-yillarida o’tkazilgan pul
islohotida to’la qiymatli kumush tangalar zarb qilingan.
Tashqi
audit
–
bu
korxonaning
tashqi
foydalanuvchilari, aksiyadorlar, investorlar, banklar,
sheriklar uchun korxonaning moliyaviy holatiga xolisona
xulosa tayyorlashdir.
Tashqi qarz - muayyan bir davlatning horijiy
mamlakatlar
hukumatlari,
bank
va
moliya
muassasalaridan kredit olishi natijasida paydo bo’lgan
qarzi.
Taqsimlanmagan foyda – bu rezerv fondiga
ajratmalar va dividendlar to’langanidan so’ng qoladigan
foydaning bir qismidir.
Tekshirish qaydnomalari - hisob axborotlariga
elektron hisoblash mashinasi yordamida buxgalteriya
ishlovi berilganda har oyning birinchi 10 kunligida
tekshirish qaydnomalari tuziladi.
Tijorat banki – bu bo’sh pul mablag’larini jalb
qiluvchi, saqlovchi, kredit, hisob-kitob va boshqa turli
xil vositachilik operasiyalarini amalga oshiruvchi
muassasa. Bu bank asosan o’z mablag’laridan va jalb
qilingan
mablag’lar
bilan
turli
xil
hisob-kitob
operasiyalarini amalga oshiradi.
67
Tijorat banklarining o’z mablag’lari – bular
maxsus fondlar, rezerv kapitali, moddiy rag’batlantirish
fondi, ustav fondi, taqsimlanmagan foyda va boshqa har
xil tashkil qilingan fondlar.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lari
– bularga depozit operasiyasidan tushgan mablag’lar,
boshqa banklardan olingan kreditlar, kontokorrent va
korrespondent hisobvaraqlardagi mablag’lar kiradi.
Tijorat
banklarining
emitentlashgan
mablag’lari
-
bularga
qimmatbaho
qog’ozlarni
sotishdan olingan mablag’lar kiradi.
Tijorat bankining balansi - bu buxgalteriya
balansi bo’lib, bankning o’z mablag’lari va jalb qilingan
mablag’larining holatini hamda ularni bankning kredit va
jalb qilingan mablag’larning oshganini, shuningdek,
ularni bankning kredit va boshqa aktiv operasiyalariga
joylanishini ifodalaydigan hisobotidir.
Tijorat banklarining investisiya kompaniyalari
sifatidagi faoliyati - investisiya kompaniyasi qimmatli
qog’ozlarni muomalaga chiqarishni tashkil etadigan va
kafolatlaydigan, mablag’larning asosiy qismini qimmatli
qog’ozlarga sarflaydigan, diller sifatida qimmatli
qog’ozlarni
savdo-sotiq
qiladigan
ixtisoslashgan
korxonadir.
Tobe korxonalar – bu xo’jalik jamiyatining
sarmoyasida ishtirok etayotgan boshqa jamiyat uning
ovoz beruvchi aksiyalarining 20% idan ortig’iga ega
bo’lsa, bu korxonalar tobe korxonalar hisoblanadi.
To’lovga qobillik – bu keng tushuncha bo’lib,
bank zarur muddatlarda kreditlar, omonatchilar, davlat
oldidagi majburiyatlarini to’liq bajara olish layoqatini
68
bildiradi. Lekin u faqat balans likvidligiga bog’liq bo’lib
qolmasdan, balki boshqa bir qator omillarga ham
bog’liq.
To’lov talabnomasi - bu mahsulot yetkazib
Beruvchi
va
mablag’ oluvchilarning belgilangan
summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi
talabnomani o’z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir.
To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar «Aksept»
shaklidagi hisob-kitoblar deb ham yuritiladi.
To’lov
topshiriqnomasi
-
mijoz
o’z
hisobvarag’idan unga xizmat ko’rsatuvchi bankka
ma’lum bir summani boshqa mijozning hisobvarag’iga
o’tkazish to’g’risidagi topshirig’idir.
Tratta - o’tkazma veksel.
Transaksiya - bu pul mablag’larini har qanday
maqsadlarda foydalanish uchun amalga oshiriladigan
o’tkazma bank operasiyasi.
Tranzit komission bitimlar - bu birjada
qatnashish huquqiga ega bo’lgan banklarning boshqa,
ya’ni bunday operasiyalarda qatnashishga ruxsat
berilmagan banklar va boshqa kredit institutlarining
topshirig’iga binoan amalga oshiradigan operasiyalari
tushuniladi.
Trast - bu mijozning qimmatli qog’ozlari portfeli
yoki portfelning bir qismini hamda u bilan bog’liq
bo’lgan
pul
mablag’larini
ehtimolli
boshqarish
(dividendlarni, foizlarni inkassasiya qilish, ularni qayta
investisiyalash, qimmatli qog’ozlar sotuvidan pul
tushishi va h.k.) kiradi.
Trast operasiyalari - bu mijozlarning pul
mablag’larini boshqarish; mijozlarning fond portfellarini
69
shakllantirish
va
qimmatli
qog’ozlar
paketlarini
boshqarish; Meroslar va xususiy trastlarni tassaruf etish;
agentlik vazifalarini bajarish, obligasiyalarni muomalaga
chiqarish va to’lov muddati kelganda to’lash, fondlarni
boshqarish; qimmatli qog’ozlarni saqlash ularning
harakatini hisobga olish, ularni boshqa qimmatli
qog’ozlarga almashtirish va h.k. vazifalarni bajarishdir.
U
Umumiqtisodiy vaziyat - bu mamlakatdagi joriy
va kelajakdagi iqtisodiy holat, siyosiy ahvol, soliqlar,
xom-ashyo va kredit qaytarilishiga boshqa ta’sir etuvchi
bilvosita omillarni o’rganish tushuniladi.
Ustav fondi - 1. pul mablag’larining yig’indisi,
korxona yoki tashkilotlarning o’z ish faoliyatini olib
borish uchun o’rnatilgan ma’lum bir summa; 2. bank
faoliyatini tashkil etish uning ustav fondini yaratishdan
boshlanadi. Ustav fondi yuridik va jismoniy shaxslarning
jamg’armasi hisobidan yaratiladi va majburiyatlarni
bajarish uchun xizmat qiladi.
Ustav kapitali – bu ta’sis hujjatlarida belgilangan
hissalarning (pul ifodasidagi) yig’indisidir. Ustav
kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va
nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik
shaxs ijroiya organinig qaroriga ko’ra baholanadi va
hisobga olinadi.
Uyushtirilmagan jamg’armalar - bu aholi
qo’lida saqlanayotgan jamg’armalardir. Bu jamg’armalar
turli ko’rinishda saqlanishi mumkin. Masalan: pul
ko’rinishida,
tovar-moddiy
boyliklar
shaklida,
70
qimmatbaho metal shaklida, ko’chmas mulk shaklida va
boshqa ko’rinishlarda saqlanishi mumkin.
Uzoq muddatli kreditlar - Besh yildan ortiq
muddatga (ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlarga
mo’ljallangan obyektlarni qurish, qayta ta’mirlash va
texnik qayta jihozlashga doir harajatlar bilan bog’liq)
investisiya maqsadlari uchun beriladigan ssudalar.
O’tkazma akkreditiv – bu akkreditivning
xususiyati shundaki, buni boshqa shaxsga o’tkazish
mumkin.
O’rta korxonalar - mulkchilik shaklidan qat’i
nazar, ish bilan band bo’lgan hodimlarning o’rtacha
yillik hisobida kichik korxonalar uchun belgilanganidan
ortiq, biroq sanoat sohasida 100 kishidan yuqori
bo’lmagan, qurilishda 50 kishidan, qishloq xo’jaligi va
boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdo 30
kishidan, chakana savdoda, xizmat ko’rsatish sohasi va
boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan ko’p
bo’lmagan korxonalar.
F
Faktoring - banklar va boshqa moliyaviy
tashkilotlarning korxonalar qarzlarini (yetkazib berilgan
va bajarilgan xizmatlarga haq to’lash bo’yicha
majburiyatlarini) o’z zimmasiga olishidan iborat bo’lgan
moliyaviy-tijorat xizmat turi.
Faktoring
kompaniyasi
-
korxona
va
tashkilotlarning yetkazib berilgan mollar va bajarilgan
ish yoki ko’rsatilgan xizmatlarga haq to’lash bo’yicha
majburiyatlarini o’z zimmasiga oluvchi kompaniya.
71
Firma - italyancha so’zdan olingan bo’lib, «imzo»
degan ma’noni anglatadi. Yuridik shaxs huquqlaridan
foydalanishi mumkin bo’lgan xo’jalik, sanoat va savdo
korxonalari
yoki
mustaqil
faoliyat
yuritadigan
shahobcha.
Fermer xo’jaligi - bu yuridik shaxs maqomiga
ega bo’lgan, fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikdagi
mehnati asosida uzoq muddatga ijaraga berilgan yer
uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini – tovar
ishlab
chiqarishga
asoslangan
mustaqil
xo’jalik
yurituvchi subyektdir.
Foiz - hissa, ustama, qo’shimcha foyda.
Foiz svopi – bu ikki tomon o’rtasidagi
shartnomaviy kelishuvdir, masalan, tijorat banki va
uning mijozi bilan oldindan kelishib qo’yilgan fiktiv
summa foiz to’lovidir. Yoki bir tomon ikkinchi tomonga
olingan summaga fiktiv foiz to’laydi va boshqa
tomondan so’zib yuruvchi foiz stavkasi orqali pul oladi,
odatda, bu Libor stavkasi (har kunlik o’rtacha foiz
stavkasi) orqali olib boriladi.
Fond birjasi - bu qimmatli qog’ozlar olib-
sotiladigan savdo joyi.
Foyda – daromad va harajatlar o’rtasidagi farq.
Foizli marja - aktiv va passiv operasiyalar foiz
stavkalari o’rtasidagi farq.
Forvard shartnomasi - kelishilgan miqdordagi
horijiy valyutani bitim tuzilayotgan vaqtda kelishib
olingan kursda muayyan muddatdan so’ng yetkazib
berish haqidagi shartnoma.
Fyuchers - bitim tuzilganidan so’ng muayyan
vaqt o’tgandan keyin, mol yoki aksiya uchun
72
shartnomada belgilangan narxda pul to’lashni ko’zda
tutuvchi muddatli bitim turi.
Fyuchers shartnomasi (bitimi) – xom-ashyo
mollari, oltin, valyuta, moliya va kredit vositalarini bitim
tuzilgan paytda belgilangan narxda xarid qilish va
sotishdan iborat bo’lgan muayyan vaqtdan (2-3 yilga
qadar) keyin ijro etiladigan muddatli bitim shartnomasi
(bitimi).
Fyuchers foiz stavkalari (foiz fyuchersi)- bu
moliyaviy fyuchers bo’lib, bu maxsus fyuchers bozorlari
– fyuchers birjalarida savdo obyekti sifatida xizmat
qiladi. Ular jahonning asosiy tijorat va moliyaviy
markazlarida joylashgan.
Front-ofis – bu HKKM (Hisob-kitob kassa
markazlari)ning tarkibiy qismi bo’lib, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda bank operasiyalarini amalga
oshirishda Markaziy bank mijozlari bilan bevosita
muloqotda bo’lgan holda xizmat ko’rsatuvchi mas’ul
xodimlar guruhi.
X(H)
Xazina – podshoh, xon va amirlarning pullari,
qimmatbaho buyum va boshqa moddiy boyliklari
saqlanadigan joy. Hoziri vaqtda xazina davlatning
moliyaviy zahiralari majmuini anglatadi.
Xazina majburiyatlari - bu majburiyatlarning
egalari
tomonidan
byudjetga
pul
mablag’larini
berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli
qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida
belgilangan
daromadni
olish
huquqini
beruvchi
73
(ko’rsatuvchi),
egalik
qiladigan
davlat
qimmatli
qog’ozidir.
Xalqaro kredit – bu xalqaro umuiqtisodiy sohada,
bir
mamlakat
tomonidan
boshqa
mamlakatga
vaqtinchalik foydalanishga beriladigan qarz.
Xalqaro lizing – ko’pincha bu moliyaviy lizing
(moliyaviy lizingni-qarang) bo’lib, bunda bir tomonda
chet el hamkori (sherigi) turadi.
Xatar - qimmatli qog’ozlar (shu jumladan,
investisiyalar) operasiyalari bilan bog’liq yo’qotishlar va
muqarrar ravishda ularga xos ehtimollardir.
Xejer - narx-navoning noqulay o’zgarishlaridan
sug’urtalanishga imkon beruvchi birja operasiyalarini
amalga oshiruvchi shaxs.
Xolding
–
bu
uning
tarkibiga
boshqa
korxonalarning aksiyalar nazorat paketi kiradigan ochiq
aksionerlik jamiyatidir.
Xotira plastik kartasi – bu ma’lumotlarni
xotirasida saqlovchi eng oddiy elektron kartochkadir.
Xususiylashtirish – bu davlat mulki bo’lgan
obyektlarning yoki aksiyalarning jismoniy va nodavlat
yuridik shaxslar tomonidan sotib olinishidir.
Xususiy tadbirkorlik - bu jismoniy yoki yuridik
shaxslar tomonidan amalda o’zining shaxsiy mulki
asosida tashkil etiladigan faoliyat turi.
Xususiy mulk - bu yuridik va jismoniy
shaxslarning o’ziga tegishli bo’lgan mulki. Ular shu
mulkni sotish, almashtirish va nazorat qilish huquqiga
ega.
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul
mablag’lari hisobidan tashkil qilingan banklar.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |