Piyodaning jangovar mashinalari. BMP-1. Piyodaning jangovar mashinasi—motoo‘qchi bo‘linmalar bilan jang olib borish uchun mo‘ljallangan. U olovli qudratlilikni, shaxsiy tarkibning jang maydonida himoyalanishi va harakatchanligini birmuncha oshiradi hamda vaziyatning har xil sharoitlarida muvaffaqiyatli harakatlanishga imkon yaratadi. Jangovar mashina o‘qqa va o‘q parchalariga qarshi zirhga, ommaviy qirg‘in qurollaridan jamoaviy himoyalanish tizimiga, issiqlik va tutun apparaturalariga, yuqori manyovrchanlikka ega. U suvli havzalarni suzib o‘tishi va havo orqali zararlangan uchastkalar, vayronalar va har xil to‘siqlardan o‘ta olishi mumkin. BMP-1 tankka qarshi boshqaruvchi raketalar (TQBR), 73 mm.li silliq stvolli tankka qarshi to‘p va unga juftlashtirilgan 7,62 mm.li PKT pulemyoti bilan qurollangan (22-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |