Yotgan holda granatani uloqtirish. Bu holatda qurol o‘ng tomonga qo‘yiladi. Granata o‘ng qo‘lga olinib, qo‘llar ko‘krakka tortiladi. Qo‘llar bilan turtilib, o‘ng oyoq orqaga tortiladi. Chap tizzada turilib, bir vaqtda granatali qo‘l orqaga, o‘ng oyoq bilan turtilib, ko‘krak bilan nishonga beriladi va oldinga yiqilib, granata uloqtiriladi. Bu holatda granatani uloqtirish uchun o‘ng oyoq iloji boricha orqaga qo‘yiladi, granatali qo‘l tepa bilan orqaga tashlanadi. So‘ng chap qo‘l bilan okop (o‘ra) chekkasidan ushlab kuch bilan to‘g‘rilanadi, qo‘l tepadan oldinga siltanib granata nishonga uloqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |