73
Sababi, qurilish uchun ajratilgan yerlar eng qimmat hisoblanadi. Shuning uchun ham yerlardan
foydalanish rejalarida birgalikda tabiatni muhofaza qilish, yerlarni shahar, qishloq va o‘rmon
xo‘jaliklari, sanoat, transport va boshqa tarmoqlar, shahar qurilishi va yer xo‘jaligini shahar
hududi ichida va tashqarisida qurilish uchun taqsimlash masalalari yechiladi. Bu kabi rejalarni
ishlash asosida maxsus qonunlar yotadi. Masalan, Fransiyada 1994-yil “Hududlarni tuzishning
milliy direktivasi”, Shvesiyada “Rejalash va qurish”(1987-yil) qonunlari, Shvesariyada
“Regional rejalash to‘g‘risida” 1979-yil Federal qonuni qabul qilindi.
Bosh rejalar 20-25 yillarga mo‘ljallangan va mahalliy 5-15 yillarga mo‘ljallangan
turlarga bo‘linadi. Har qanday rejaning asosi mintaqalash hisoblanadi. Bunda yer tuzish
o‘tkaziladigan hudud qishloq xo‘jaligi, o‘rmon, qurilish, birinchi navbatda quriladigan ijtimoiy
va individual qurilish mintaqalariga ajratiladi. Bunday rejalar umumxalq muhokamasidan
o‘tgandan keyin, ijobiy xulosaga ega bo‘lsa tasdiqlanadi va bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
Masalan: Fransiyada Dengiz bo‘yi Alpi hududida 3 Bosh reja ishlangan: Nissa regioni (36
kommuna), Grass, Kap, Aktina regioni (25 kommuna), Monto regioni (13 kommuna).
Nissa regioni Bosh rejasi 1:50000 masshtabda tuzilgan bo‘lib, quyidagi mintaqalar:
shahar va tabiiy, hamda mintaqalar ichidagi kichik mintaqalar va sektorlar (sanoat, tadbirkorlik,
savdo, zaxiraga qo‘yilgan, qishloq xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish, qurilishga
mo‘ljallanmagan va hakoza) ajratilgan.
Bosh reja kommunalar hududlarini tuzishda aniqlik kiritiladi. Kommunalar hududlarini
tuzish planlari (Plan …… des sols)1:2500, 1:5000 masshtablarida hududning maydonidan kelib
chiqib, 5 yil muddatga ishlanadi. Yer tuzish ob’ekti sifatida kommunalar hududi qabul qilingan.
Ularning maydoni 500-2000 ga, aholisi 1500-2500 kishini tashkil etadi. Plan asosi sifatida yer
kadastr xaritasi xizmat qiladi.
Bunday rejalarda belgilangan mintaqalash majburiy hisoblanadi. Masalan, sanoat
qurilishiga ajratilgan mintaqalardagi xususiy yer uchastkalar olinadi (kommuna sotib oladi) va
aholisi ko‘chiriladi. Qurilish kenggaytirilayotgan mintaqalarda avval yo‘llar va boshqa injenerlik
tarmoqlari joylashtiriladi.
Mintaqalash yerlarning baholarini aniqlash jarayonini belgilaydi. Masalan, agar qishloq
xo‘jaligi yer uchastkasi foydalanish maqsadi o‘zgartiriladigan mintaqaga tushsa va unda
keyinchalik qurilish mumkin bo‘lsa, uning baxosi bir necha barobarga oshadi. Bunday planlar
keyingi yillarda nafaqat G‘arbiy Yevropada, balki boshqa davlatlarda, masalan Xitoyda ham
tuzila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: