26
Prof. G.I.Goroxov biroz boshqacharoq yondoshuvni taklif etdi: u xo‘jalikda ichki yer tuzishning
quyidagi shakllarini ajratadi: soddalashtirilgan; xususiy; to‘la; eksperimental. (Zemleustroystvo
kolxozov i sovxozov. - Kiev: Urojay, 1985-y. 10-b.). Ularning har biri haqiqatdan ham amaliyotda
o‘z o‘rniga ega.
Yer tuzish shakllari tushunchasi oldin ham, o‘tgan asrning 20-chi yillarida mavjud edi. Prof.
K.N.Sazonov uni quyidagi tarzda ta’riflagan edi: «Asosan aniq maqsadga qaratilgan ayrim yer tuzish
tadbirlari yer tuzish shakllari (yoki ko‘rinishlari) deb ataladi» (K.N.Sazonov. Zemleustroitelnoe
proektirovanie. - M. - L., 1929-y 101-b.).
Umuman, aytish mumkinki, «yer tuzish shakli» atamasi hali umumiy qabul qilingan aniq
mazmunga ega emas; shunga qaramasdan hozirgi vaqtda yerda xo‘jalik yuritishning har xilligi
sharoitida undan voz kechish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
2.
Xo‘jaliklararo yer tuzish
Qadim zamonlardanoq yer tuzishda yerlarni chegaralash, ya’ni yer egaliklari va yerdan
foydalanishlar chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularni huquqiy va texnik rasmiylashtirish katta
ahamiyatga ega. Oldinlari u chegaralash deb atalar edi. Hozir esa bu atama bizning mamlakatimizda
ishlatilmaydi, biroq «chegara belgilari» - joylarda yer egaliklari va yerdan foydalanishlar
chegaralarini mustahkamlash uchun maxsus belgilar, atamasi saqlanib qoldi.
Yer egaliklari chegaralari, ma’lumki, yer egasi huquqlarini belgilaydi. Yer tuzishning bu
elementining katta ahamiyatiga qaramasdan, chegaralarni belgilashning o‘zi faqat xo‘jaliklararo yer
tuzish vazifalarining bir qismini yechadi va asosan huquqiy va texnik harakat hisoblanadi.
Xo‘jaliklararo yer tuzishda eng asosiy masala - butun yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni
asosli tashkil etish, ya’ni yangi qishloq xo‘jalik yer egaliklari va yerdan foydalanishlarini yoki
boshqa xo‘jaliklar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yerdan foydalanishlarini tashkil etish,
mavjudlarini tartibga solish va o‘zgartirish, bunda nafaqat chegaralarini balki ularning maydonlari
va ichki tarkibini ham aniqlash hisoblanadi.
«Yerdan foydalanish va yer egaliklari» atamasi o‘ziga qator xo‘jaliklararo yer tuzishga aloqador
xususiy tushunchalarni qamrab oladi. O‘zlashtirilayotgan yerlarda yoki mavjud xo‘jaliklar yerlarida
yangi xo‘jaliklar yer massivlarini yaratish (konstruksiyalash) uni tashkil etish deb ataladi. Bir guruh
xo‘jaliklar yer egaliklari va yerdan foydalanishlari soni, maydonlari va joylashishidagi sezilarli
o‘zgartirishlarni qayta tashkil etish deb atashadi. Ma’lum yer egaligi yoki yerdan foydalanishning
o‘lchamlarini (joylashishi, maydoni, chegarasi) maqsadli yaxshilash yerdan foydalanishni (yer
egaligini) takomillashtirish, tartibga solish yoki kamchiliklarni tugatish deb ataladi. Bu ishlarning har
biri o‘zida loyihani tuzishni, asoslashni va boshq. o‘z ichiga oladigan xo‘jaliklararo yer tuzish
bo‘yicha ishlar majmuini ifodalaydi.
Xo‘jaliklararo yer tuzish yordamida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan
tartibda yer uchastkalarini berish va qaytarib olish amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: