17
Urushdan keyingi birinchi yillarda (1950-yilgacha) yer tuzishning mazmuni xalq xo‘jaligini
tiklash vazifalaridan kelib chiqib aniqlandi. Asosiy e’tibor kolxozlar va sovxozlar hududlarini ichki
tashkil etishga qaratildi; yana sanoatni va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun yerlarni ajratish
amalga oshirildi.
50-chi yillarda qishloq xo‘jaligini quvvatliroq qishloq xo‘jalik texnikasi bilan qayta
qurollantirish imkoniyati tug‘ildi, shu sababli, mavjud yerdan foydalanishlarni yiriklashtirish talab
etildi. Mamlakatda bu davrda 230 mingdan oshiq kolxozlar bo‘lib, ularning 30% yaqini 200 ga katta
bo‘lmagan haydalma yerga ega edi. Shu sababli, 1950 y. boshlab xo‘jaliklarni ommaviy tarzda yirik
qishloq xo‘jalik korxonalariga birlashtirish jarayoni boshlandi. Xo‘jaliklararo yer tuzishning
murakkab masalalarini yechish, yerdan foydalanishlarning optimal o‘lchamlarini aniqlash zarur edi.
Ko‘pchilik hollarda bu sof buyruqbozlik, ma’muriy usullar bilan qilindi, bu ishlab chiqarishning
turg‘unligini buzdi va boshqa salbiy natijalarga olib keldi. Shu bilan bir qatorda yiriklashtirilgan
kolxozlar yerdan foydalanishlarini tashkil etish bo‘yicha katta hajmdagi yer tuzish ishlari bajarildi.
Ularga davlat aktlarini berishga tayyorlashda uzoq yerlar, ko‘p polosalik, chegaralar notekisligi va
yer massivlari joylashishidagi boshqa kamchiliklar tugatildi.
1967-y. tuproqlarni shamol va suv eroziyalaridan himoyalash bo‘yicha birinchi jiddiy qaror
qabul qilindi. Shu vaqtdan boshlab yer tuzish loyihalari va chizmalari o‘z tarkibiga majburiy element
sifatida hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni va eroziyaga qarshi tadbirlar majmuasini kirita
boshladi. Bu talab hozirgi davrda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
80-chi yillar oxirlaridan boshlab mamlakatda iqtisodiy va siyosiy islohotlar rivojlanishiga
qarab, yirik yer o‘zgarishlari ham boshlandi. ASM xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini
rivojlantirish uchun teng sharoit yaratish, zamonaviy ko‘p ukladli iqtisodiyotni tashkil etish, yer
resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish maqsadida yerlarni qayta taqsimlash
o‘tkazilmoqda.
Yer islohotini o‘tkazishda yer tuzishga ahamiyatli rol ajratiladi. Uning birinchi bosqichida
samarasiz foydalanilayotgan va mo‘ljallanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yerlarni
qaytarib olish yo‘li bilan qayta taqsimlash fondlari yaratiladi. Bu fondlardan yerlar fuqarolarga mulk
qilib, egalik qilish va foydalanish uchun ajratiladi, ularga huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar beriladi.
Qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar hududlarida joylashgan aholi yashash joylari yerlari mahalliy
hokimiyat organlari ixtiyoriga beriladi.
Yer islohotini amalga oshirishda, dehqon, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha ham,
kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari tugatish bo‘yicha ham majburiy
choralarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hozirgi o‘zgarishlarning asosiy vazifasi - dehqonning yerdan ajratilishini tugatish, uni o‘z
mehnatining yakuniy natijalaridan manfaatdor, yerning haqiqiy xo‘jayiniga aylantirish, qishloq
mehnatkashlarining turmush sharoitlarini tubdan o‘zgartirish va shu asosda mamlakatda agrosanoat
ishlab chiqarishining samaradorligini keskin oshirishdir.
1917-y. Oktabr Revolyusiyasidan keyingi davrdagi yer tuzish rivojlanishining qisqacha taxlili
shuni ko‘rsatadiki, u hamma vaqt u yoki bu davrda yechiladigan aniq ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va barcha agrar o‘zgarishlarda asosiy rolni o‘ynagan. Yer
tuzuvchilar tomonidan katta kasbiy tajriba to‘plandi, unga kelajakda ham suyanish kerak. Bundan
tashqari, ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish murakkablashgan sari yer tuzishning yerlarni tashkil
etish va muhofazalash vositasi sifatida ahamiyati to‘xtovsiz o‘sib boradi, uning mazmuni esa doimo
kengayaveradi.
Bizning kunlarimizda zarur va amalga oshirilayotgan yer tuzish ishlari majmuasi judayam rang-
barang. Ularning asosiy qismi qishloq xo‘jaligiga bevosita ta’sir etadi va yirik miqyosda juda katta
hududlarda o‘tkaziladi. Shu bilan birga tajriba ko‘rsatadiki, yer tuzishning barcha vazifalarini
Do'stlaringiz bilan baham: