Quymakorlikda ishlatiladigan toshko‘mir koksining kimyoviy tarkibi, %
Ko‗rsatkichlari
Marka uchun normalar
КЛ-1
КЛ-2
КЛ-3
Tarkibidagi oltingugurt miqdori
o‗rtacha
0,45
0,8
1,2
ko‗pi bilan
0,6
1,0
1,4
Kuli
o‗rtacha
10,5
9,5
10,5
ko‗pi bilan
12,0
11,0
12,0
Namligi
ko‗pi bilan
5,0
5,0
5,0
Uchuvchan moddalar miqdori
ko‗pi bilan
1,2
1,2
1,1
128
3.2- rasm.
Ikkilamchi rangli metallar klassifikatsiyasi.
129
Quymakorlikda ishlatiladigan termoantratsit (ГОСТ 7749—65) fraksiyalarining
o‗lchamlariga ko‗ra ikkita klassga bo‗linadi: 40—80 mm va 80—120 mm.
Termoantratsit sifat ko‗rsatkichlari bo‗yicha quyidagi talablarni qoniqtirishi kerak:
namligining massa ulushi — 2% gacha, birinchi nav uchun kul miqdori — 6%
gacha, ikkinchi nav uchun — 10% gacha; birinchi nav uchun tarkibidagi oltingugurt
miqdori — 1 % gacha, ikkinchi nav uchun — 1,75% gacha; uchuvchi moddalar
miqdori 40 sm
3
/g gacha; mayda- chuydalar — 5 % gacha.
Quymakorlikda mazutning, odatda, ikkita markasidan foydalaniladi: 40 va 100
(ГОСТ 10585—75). Mazutlar tarkibidagi oltingugurt miqdori kam bo‗lgan
(oltingugurtning massa ulushi 0,5% gacha), o‗rtacha bo‗lgan (2% gacha) va ko‗p
bo‗lgan (3,5% gacha) mazutlarga bo‗linadi. Kul miqdori 40 markali mazut uchun
kо‗pi bilan 0,1% va 100 markali mazut uchun kо‗pi bilan 0,14%; tarkibidagi
mexanik aralashmalar mos ravishda ko‗pi bilan 0,8 va 1,5% bo‗lishiga yo‗l
qo‗yiladi. Quruq yoqilg‗iga qayta hisoblaganda yonishidan ajraladigan issiqlik
39800—40600 kJ/kg ga ekvivalent.
Tabiiy gaz koks- gaz va gaz vagrankalarida, shuningdek, quymakorlikda
qo‗llaniladigan qotishmalarning ko‗p turlarini suyuqlantirib olish uchun ishlatiladi.
Tabiiy gaz, asosan, metan CH
4
dan iborat bo‗lib, uning issiqlik chiqarish qobiliyati
33500—35600 kJ/m
3
ga teng.
Fluslar
Cho‗yan vagrankada suyuqlantirilganda flus sifatida, asosan, tarkibida CaO (1
navda 52%, 2 navda 50% va 3 navda 49%), CO
2
(qizdirganda bug‗lanib ketadi) va
10% ga yaqin boshqa aralashmalari (SiO
2
, A1
2
O
3
, Fe
2
O
3
, MgO, P
2
O
5
, SO
2
) bo‗lgan
ohaktosh ishlatiladi.
Suyuqlantirishda ohaktoshdan tashqari quyidagi fluslardan foydalaniladi: bo‗r
va marmar (tarkibi bo‗yicha ohaktoshga o‗xshaydi), ohak (CaO 88—93%),
apatitonefelin ruda Ca(PO
4
)
2
(tarkibida P miqdori ko‗p bo‗lgan cho‗yan olishda
foydalaniladi), plavik shpat (tarkibida CaF kamida 75% bo‗ladi), asosiy
130
suyuqlantirish jarayonida ishlatiladigan dolomit (30% CaO, 20% MgO, 45% CO
2
),
Elektr shlak texnologiyasida tarkibida oksidlar ya ftoridlar bo‗lgan fluslar
ishlatiladi. Masalan, po‗latni elektr shlak usulida quyish uchun ishlatiladigan
АНФ-1, АНФ-6 standart fluslar tarkibida 70—90% CaF
2
, shuningdek, CaO va
A1
2
O
3
bo‗ladi.
Rangli metallarni suyuqlantirib olishda fluslar sifatida xlorli va ftorli birikmalar
keng qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |