44
Oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalari
yordamida
tozalash
bevosita
suyuqlantiruvchi pechlarda amalga oshiriladi. Masalan, suyuqlantirilgan 2 metallni
1 pechda tozalash (1.10- a rasm) ma‘lum tarkibli (PR = SH
∪
P ) 3 qo‗shimcha shlak
hosil qilib amalga oshiriladi. Pechdan tashqarida tozalashni sintetik shlak (1.10- b
rasm) yordamida amalga oshirish mumkin. Sintetik shlak maxsus shlakni suyultirish
pechlarida
suyuqlantirib olinadi, so‗ngra cho‗michga quyiladi va unga 2
cho‗michdan metall quyiladi. U 3 shlak bilan aralashib,
zararli aralashmalardan
tozalanadi.
Metallda erigan kislorodni chiqarib yuborish oksidsizlantirish deb ataladi. Bu
operatsiya oksidlab tozalashdan so‗ng bajariladi. Bunda erigan kislorod
oksidsizlantirgichlar deb ataladigan qo‗shimchalar
yordamida erimaydigan
oksidlarga bog‗lanadi.
Metallni metallmas qo‗shilmalar va gazlar ko‗rinishida bo‗ladigan
aralashmalardan turli qo‗shimchalar kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilib tozalash
mumkin. Metallni zararli aralashmalardan tozalaydigan
flyuslar yoki boshqa
qo‗shimchalar metallga yo uning sirtiga (unda bu shlak bilan ishlov berishga teng
kuchli, yo cho‗michdagi 2 qalpoqcha yordamida sirt ostiga RF = F
∪
K
∪
OK, 1.10-
d rasm) kiritiladi. Bunda flyus qo‗shimchalari qotishma bilan reaksiyaga kirishadi
va gazlar hosil qiladi yoki bug‗lanib ketadi. Hosil bo‗lgan gazlar zararli
aralashmalarni birlashtirib ularni yuzaga chiqaradi.
Gazlar yuborib tozalash usuli (1.10- e rasm)
xuddi shunday tozalash
mexanizmiga ega. Gaz yo trubka orqali ust tomondan, yo cho‗michdagi g‗ovak
po‗kak orqali beriladi. Neytral gaz pufakchalarida metallda erigan gazlarning parsial
bosimi boshlang‗ich vaqtda nolga teng bo‗ladi
va shuning uchun ham ular
pufakchalarga o‗tadi. Bundan tashqari, gaz pufakchalari metallmas qo‗shilmalarni
ilashtirib, mexanik tarzda olib chiqib ketadi. Metallmas qo‗shilmalardan tozalash
ham maxsus qurilmalarda UF (1.9- rasmga q.) filtratsiya qilib bajariladi.
Bunda
metallmas qo‗shilmalar filtrlarda adsorbsiyalanadi. Filtratsiyani gazlar yuborib
tozalash bilan birgalikda bajarish mumkin: NG
∪
PGV
∪
UF-UFG (1.10- f rasm).
Buning uchun maxsus qurilma 1 da 2 filtr va gaz yuborish uchun 3
truba
45
joylashtiriladi.
Erigan gazlardan tozalashda vakuumlash samarali choralardan hisoblanadi.
Metall ustida vakuum yaratilganda muvozanat buziladi,
buning natijasida gazlar
chiqarib yuboriladi. 1.10- g rasmda vakuum- gaz bilan tozalash kamerasi
ko‗rsatilgan (VPK-NG
∪
PGV
∪
VK
∪
OK). Kamera 1 da 2 cho‗mich
joylashtiriladi, metall vakuumlanadi va u gaz bilan qo‗shimcha tozalanadi.
Ultratovush — UZ (1.9- rasmga q.) bilan ham muvozanatni buzish mumkin. Bunda
suyuqlanmada kavitatsiya sodir bo‗ladi va hosil bo‗lgan bo‗shliqlarga
suyuq
metallda erigan gaz intiladi. Gazlar pufakchalar yaratadi, so‗ngra ular yuzaga suzib
chiqib, suyuq metallni tozalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: