326
Shundan keyin chiziqli programmalash metodi yordamida po‗lat uchun
shixtaning optimal tarkibi topiladi. Xuddi shunday tarzda cho‗yan uchun shixtaning
optimal tarkibi va suyuqlantirish jarayonining parametrlarini aniqlash mumkin [19].
6.2. Aluminiy qotishmalari tayyorlash oqilona texnologiyasini tanlashning
asosiy prinsiplari
Aluminiy va uning qotishmalarining xossalarini, shuningdek, ularni qizdirishda
va suyuqlantirishda sodir bo‗ladigan issiqlik-fizika hamda fizik-kimyoviy
jarayonlarni kо‗rib chiqish shuni ko‗rsatadiki, bu qotishmalarni olish
uchun amalda
bo‗lgan barcha suyuqlantirish usullari yaroqlidir. Oson bug‗lanuvchi
komponentlarning sezilarli yo‗qolishi kuzatiladigan vakuumda suyuqlantirish
jarayonigina bundan mustasno.
Aluminiy qotishmalarini olish usuli unumdorlikning juda yuqori bo‗lishini,
suyuqlanma kerakli kimyoviy tarkibga, temperaturaga va sifatga ega bo‗lishini
ta‘minlashi kerak. Qotishma mumkin qadar qisqa muddat ichida tayyorlanishi
kerak. Shu boisdan tubli pechlarda energiya manbayi bilan shixta (suyuqlanma)
orasida konveksiya yordamida uzatiladigan issiqlik
ulushini oshirish hisobiga
issiqlik almashinuvini jadallashtirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu bilan bir
qatorda, pech vannasidagi issiqlik va massa almashtirish jarayonlarini suyuqlanma
aralashtirish uchun har xil vositalardan foydalanish hisobiga jadallashtirish mumkin.
Bunda temperaturani o‗zgarmas saqlash va uning aniq rostlanishini ta‘ miniash
(ayniqsa, tarqatish pechlarida) muhim shartlardan hisoblanadi.
Qotishma tayyorlash jarayonida oksidlanish hisobiga metallning eng kam
yo‗qotilishiga harakat qilinsa yaxshi bo‗ladi. Shu sababli, shixtani va ayniqsa, oson
oksidlanadigan qo‗shimchalami suyuqlanmaga botirib
suyuqlantirish maqsadga
muvofiq bo‗ladi, chunki bunda tomchilab suyuqlanish sodir bo‗lmaydi. Tarqatish
pechlarida suyuqlanmani saqlab turishda uning gaz bilan to‗yinishiga yo‗l
qo‗ymaslik lozim. Tarkibidagi qattiq va gazsimon metallmas qo‗shilmalar miqdori
bo‗yicha suyuqlanmaning talab etilgan sifat darajasi suyuqlantirish agregatida ham
va undan tashqarida ham effektiv tozalash vositalaridan foydalanib ta‘minlanadi.
327
Kimyoviy jihatdan suyuqlanma bilan o‗zaro ta‘sirlashmaydigan, o‗tga chidamli
materiallar qo‗llangani ma‘qul. Fluslar, gazlar va tozalovchi moddalar atrofdagi
muhitni iflos qilmasligi kerak. Qotishmalar tayyorlash uchun foydalaniladigan
texnologiya va asbob- uskunalar shixtaning oson yuklanishini, pechni tozalashning,
vannadagi
suyuqlanmani aralashtirishning, shlak olinishining qulay bo‗lishini
ta‘minlashi kerak va h.k. Alohida operatsiyalarni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. Aluminiy qotishmalarini tayyorlash usuli
chiqarilayotgan mahsulot tannarxining past bo‗lishini va asbob- uskunalarni
ekspluatatsiya qilish xarajatlarini uncha yuqori bo‗lmasligini, shuningdek yoqilg‗i
va energiyani juda kam yo‗qotilishini ta‘minlashi kerak. Shu sababli suyuqlantirish
qurilmalarining FIKini mumkin qadar yuqori qiymatga erishishiga intilish zarur.
Deformatsiyalanadigan aluminiy qotishmalarini tayyorlash uchun turli tipdagi
pechlarning kelajakda qo‗llanilishini ko‗rib o‗tilayotganda
elektr pechlardan eng
takomillashtirilgani — kanalli- induksion pechning quyish sexlarining kelajakdagi
asosiy suyuqlantirish agregati deb hisoblashga imkon bermaydigan kamchiliklarga
ega ekanligini nazarda tutish lozim. Bu kamchiliklar jumlasiga shixtani pechga
yuklashdan oldin uni tanlab olish va quritish, shuningdek,
kanallarni vaqti- vaqti
bilan tozalash kiradi.
Qattiq shixtani suyuq vannaga yuklashning o‗ziga xos xususiyatlari bilan
bog‗langan birinchi kamchilik, yirik seriyalab ishlab chiqarishda jiddiy muammoga
aylanadi, chunki oldindan quritish sistemasining tashkil etilishi tutun chiqarib
yuborish sistemasiga ega qizdirish qurilmalarini joylashtirish uchun qo‗shimcha
maydon talab qiladi, bu esa tayyor mahsulot tannarxini sezilarli oshiradi. Ikkinchi
kamchilik, avtomatlashtirish darajasi past hamda ko‗p mehnat sarflanadigan, olib
qo‗yiladigan induktorlarni ta‘mirlash va futerovka qilish bo‗yicha
maxsus sexlar
yaratish zarurligiga olib keladi.
Aluminiy qotishmalarini uzluksiz suyuqlantirish jarayonlarining yuqori darajada
jadal o‗tishi va suyuqlantirish agregatlarining maydoni hamda hajmidan ancha to‗la
foydalanishga erishilishidan, quyish sexlarida jarayonni yuqori darajada
avtomatlashtirish, mehnat unumdorligini keskin oshirish va mehnat sharoitlarini
328
yengillashtirish mumkinligidan iborat potensial afzalliklari
shunchalik kattaki,
shixtali pechlarni deformatsiyalanadigan aluminiy qotishmalarini tayyorlash uchun
suyuqlantirish pechlarining eng istiqbolli turi deb hisoblashga imkon beradi.
Yaqin kelajakda yangidan kiritiladigan quvvatlarning katta qismini uzluksiz
suyuqlantirish mumkin bo‗lgan shixta tipidagi pechlar bilan jihozlash nazarda
tutilgan. Uzluksiz suyuqlantirishga to‗la o‗tish esa aluminiy qotishmalari
metallurgiyasining rivojlanishida sifat jihatdan yangi bosqich bo‗lib qoladi.
6.2- jadvaldan alanga yordamida qizdiriladigan shixta tipidagi va metall eng kam
kuygan holda shixtani oksidsizlantirmasdan suyuqlan- tirishni ta‘minlaydigan
himoya atmosferasida suyuqlantiriladigan pechlardan
foydalanish istiqbolliligi
ko‗rinib turibdi. Aluminiy qotishmalarini tayyorlashda yo‗qotishlarni keskin
qisqartirish zaruriyati hozirgi vaqtning o‗zidayoq bunga o‗xshagan pechlarni
yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblashga imkon beradi [1].
6.2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: