O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ro„yхаtgа оlindi bd-5110200 04 2017- yil “ ”



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.10.2019
Hajmi0,5 Mb.
#23000
  1   2   3
Bog'liq
2. 5110200 Умумий физика (нам ФАН дастури)-2017-2018


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 



 

 

Ro„yхаtgа оlindi 



 

BD-5110200 -3.04 

 

2017- yil “___” ____ 



 

Oliy va o„rta maxsus ta‟lim 

vazirligi 

 

___________________ 



 

2017- yil “___” ____ 

 

 

 



 

 

 



 

 

       



 

 

UMUMIY FIZIKA 



 

FAN DASTURI 

 

 

 

 



 

 

Bilim sohasi:                     100000    -   Gumanitar  



 

Ta‟lim sohasi:                   110000    -   Pedagogika  

Ta‟lim yo„nalishi:             5110200  -  Fizika va astronomiya o„qitish metodikasi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent - 2017 

 

 



O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vаzirligining  2017-yil 

“____”  _________dаgi    “____”-sоnli  buyrug„ining  ___-ilovasi  bilаn  fan  dasturi 

ro„yxati tаsdiqlаngаn. 

 

Fan  dasturi  Oliy  va  o„rta  maxsus, kasb-hunar  ta‟limi  yo„nalishlari  bo„yicha 



O„quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2017-yil 

“____” _____ dagi “     ” -sonli bayonnomasi bilan ma‟qullangan. 

 

Fan  dasturi  Nizomiy    nomidagi    Toshkent  davlat  pedagogika  universitetida  



ishlab chiqildi  va turdosh oliy ta‟lim muassalari  bilan kelishildi. 

 

 



 

 

Tuzuvchilar: 

 

B.Nurillayev    -   “Fizika va astronomiya o„qitish metodikasi” kafedrasi   mudiri  

                              v.b.,  p.f.n. 

M.Raximov -      Qo„qon DPI “Fizika va astronomiya o„qitish metodikasi” kafedrasi 

                              katta o„qituvchisi,  f.-m.f.n. 

O.Radjabova -  “Fizika va astronomiya o„qitish metodikasi” kafedrasi katta  

                          o„qituvchisi 

 

 



 

Taqrizchilar:  

 

I.Kokanbaev  –  Qo„qon DPI “Fizika va astronomiya o„qitish metodikasi” kafedrasi 



                                                  dotsenti, f.-m.f.n. 

 

        Sh.To„ychiboyev  –  1-Respublika tibbiyot kolleji fizika o„qituvchisi 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Fаn  dаsturi  Nizоmiy  nоmidаgi  Tоshkеnt  dаvlаt  pеdаgоgikа  univеrsitеti 

o„quv-uslubiy kеngаshidа ko„rib chiqilgan va tаvsiya qilingаn (2017 - yil “____”  

_________dаgi  ____- sоnli bаyonnоmаsi). 


 

 



I. 

O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni  

 

“Umumiy fizika” fani   Mexanika, Molekulyar fizika,  Elektromagnitizm,  Optika,  

Atom,  yadro  va  elementar  zarralar  fizikasi    bo„limlarini  o„z  ichiga  oladi.  Ushbu  fan 

5110200  -  fizika  va  astronomiya  o„qitish  metodikasi      bakalavriat    ta‟lim    Yo„nalishida  

tahsil olayotgan  talabalariga  “Umumiy  Fizika” kursi  sifatida o„qitiladi.   

Umumiy  fizika  fani      fizikaning    uning  barcha  bo„limlari:    nazariy  fizika, 

astoronomiya, astrofizika bilan  o„zaro  bog„liq,  hamda oliy matematika, informatika  va 

axborot texnologiyalari,  kimyo, biologiya,geografiya kabi tabiiy-ilmiy fanlar bilan uzviy 

bog„langan,  shuningdek    talabaning  ushbu  fanlardan  etarli  bilim  va  ko„nikmalarga  ega 

bo„lishligi talab etiladi. 

 Umumiy  fizikani  o„zlashtirgan  talaba  makro  va  mikro  dunyoda  sodir  bo„ladigan 

harakat  va  uning  turlari    xaqida  fenomenologik  bilim,  ko„nikma  va  malaka  larga  ega 

bo„ladi,  yangi  axborot  texnologiyalarini  qo„llab,  olgan  bilimlari  pedagogik    va  ilmiy 

faoliyatida qo„llaydi. 

Umumiy fizika fanini o„qitishda ta‟lim texnologiyalari, elektron plakatlar, tarqatma 

materiallar,  elektron  darsliklar  va  qo„llanmalar,  virtual  laboratoriyalar,    internet 

ma‟lumotlari,  lokal  tarmoqdagi  turli  o„quv,  ilmiy  bilimni  nazorat  qilish  bo„yicha 

ma‟lumotlar  jamlamasidan  foydalaniladi.  Mustaqil  ta‟lim,  aqliy  hujum,  vaziyatli 

masalalarni  yechish,  disskusiya,  rolli  o„yinlar,  referatlar  Yozish  kabi  pedagogik  usullar 

bilan fanning o„qitilishi amalga oshiriladi. 

 

II. 

O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 

 

“Umumiy  fizika”  fanini  o„qitishdan  maqsad  –  talabalarda,  bo„lajak  fizika 

o„qituvchisiga zarur bo„lgan darajada makro va mikro dunyoda sodir bo„ladigan harakat 

va  uning  turlari    haqida,  moddaning  xussusiyatlari  hamda  makroskopik  sistemalarning 

turli  agregat  holatlardagi  fizik  xossalari  (alohida  jism  va  maydonlar  uchun)  xaqida  

tushuncha  berish,  elektromagnit  nurlanishga  oid  masalalar  va  boshqa  hodisalarni 

o„rganish,  elektromagnit  maydon,  uning  xususiyatlari,  zaryadlangan  zarralar  bilan  o„zaro 

ta‟siri, materiyaning yangi bir turi bo„lgan elektromagnit maydonlarning asosiy xossalari, 

maydonning  moddiy  muxitlar  bilan  o„zaro  ta‟sirlashuvi    haqida  bilimlar  berish,  optik  

hodisalar va qonunlar, atom, yadro va elementar zarralar fizikasi  haqida   fenomenologik 

bilim, ko„nikma va malakalarni shakllantirishdir. 

Fanning  vazifasi  -  talabalarga  umumiy  fizikaga    doir  amaliy  va  laboratoriya 

mashg„ulotlarida  o„zlashtirilgan  barcha  mavzular  bo„yicha  masalalar  yechish, 

laboratoriya ishlarini tashkil qilish, o„tqazish va hisob kitob ishlarini bajarib, ularga doir 

xulosalar  chiqara  olish,  fizikaviy  qonuniyatlarini  munosabatlari  to„g„ri  aniqlash  kabi 

vazifalarni o„rgatishdan iborat. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



III. 

Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) 

 

1-modul:  Mexanika 

1-mavzu. Umumiy fizika faniga kirish 

Umumiy  fizika  (Mexanika)  fanining  maqsad  va  vazifalari.  O„quv  mashg„ulotlari 

turlari va  hajmi. Talabalar bilimiga qo„yilgan talablar. Reyting tizimi va  mashg„lotlarda 

talabalarni  baholash  mezoni.  Fizika  fanining  predmeti.  Fizikaning  boshqa  fanlar  bilan 

aloqasi. Fizika fanining rivojlanish tarixi. Fizikaning metodologiyasi. 

 

2-mavzu. Kinematika asoslari 

Fizik  kattaliklar.  Birliklar  sistemasi.O„lchamliklar.Fazo  va  vaqt.  Sanoq 

sistemasi.Fizikada aniqlik. 

 

3-mavzu. To‘g‘ri chiziqli harakat. Tezlik. Tezlanish 

Kinematika.  Moddiy  nuqta.  Shakl    o„zgarishi    o„lcham    o„zgarishi    bilan    mos 

tushishi.  Harakatning  kinematik  tenglamalari.  Ko„chish.  To„g„ri  chiziqli  harakat.  Tezlik 

va uning birligi. Jism tezligining qiya tekislik burchagiga bog„liqligi. Tezlanish va uning 

birligi.  O„rtacha  a  oniy  tezliklar.  To„g„ri  chiziqli  tekis  va  notekis  harakatlar  uchun 

harakatning,  tezlikning  va  tezlanishlarning  grafiklari.  Tezlik  grafigidan  foydalanib  oniy 

tezlikni aniqlash. 

4-mavzu. Egri chiziqli harakat 

Egri chiziqli harakat haqida tushuncha. Egri chiziqli harakatda tezlanish. Markazga 

intilma tezlanish. Gorizontal va Gorizontga nisbatan burchak ostidan otilgan jismlarning 

harakati  

Gorizontal otilgan jismning traektoriyasi, uchish vaqti va uzoqligi.  

5-mavzu. Aylanma harakat 

Aylana  bo„ylab  harakat.  Burchak  tezlik  va  burchak  tezlanish.  Chiziqli  va  burchak 

tezliklar  orasidagi  bog„lanish.  Aylana  bo„ylab  tekis  tezlanuvchan,  tekis  va  tekis 

sekinlanuvchan harakatlarda normal,  tangensial va to„la tezlanishlar. 

 

6-mavzu. Dinamika asoslari 

Dinamika.  Nyutonning  I-qonuni.  Inersial  sanoq  sistemalari.  Nyutonning  birinchi 

qonunining aks tasdig„i. Kuch va uning birligi. Tabiatda kuchlar. Massa va uning birligi. 

Nyutonning II-qonuni. Nyutonning III-qonuni. Massaning additivligi. 

 

7-mavzu. Mexanik ish, quvvat va energiya 

Kuchning ishi va uning birligi. Konservativ va nokonservativ kuchlar va sistemalar. 

Quvvat  va  uning  birligi.  Kinetik  va  potensial  energiya.  Energiyaning  saqlanish  qonuni. 

Ko„char bloklar yordamida kuchdan yutishga doir misollar. 

 

8-mavzu. Jism impulsi va uning saqlanish qonuni 

Jismning  impulsi.  Jismlar  sistemasining  impulsi.  Impulsning  saqlanish  qonuni. 

Elastik va noelastik urilishlar. Tiklanish koeffisiyenti. 

 

9-mavzu. Moddiy nuqtalar sistemasining harakati 

Massalar markazining harakati. Jismlarning massa va geometrik markazlari haqida. 

O„zgaruvchan  massali jism harakati. Reaktiv harakat. Meshcherskiy tenglamasi. 

Siolkovskiy formulasi. Raketalar. 



 

 



 

10-mavzu. Butun olam tortishish qonuni 

Keppler  qonunlari.  Butun  Olam  tortishish  qonuni.  Gravitatsion  doimiylik. 

Gravitatsion  maydon(GM)  kuchlanganligi  va  potensiali.  Gravitatsion  maydonda  jismni 

ko„chirishda bajaradigan ish. Kosmik tezliklar. Ekvivalentlilik prinsipi. 

 

11-mavzu. Ishqalanish kuchlari 

Ishqalanish  kuchlari.  Sirpanish  ishqalanishi.  Dumalash  ishqalanishi.  Ichki 

ishqaanish.  Jismlarning  qovushqoq  muhitdagi  harakati.  Jism  harakatiga  ko„rsatilayotgan 

havoning qarshilik kuchlari. 

 

12-mavzu. Elastiklik kuchlari 

Elastik  kuchlari  Deformatsiya  turlari.  Elastiklik  gisterezisi.  Deformatsiyalangan 

jism energiyasi. 

 

13-mavzu. Noinersial sanoq sistemalaridagi harakat 

Noinersial  sanoq  sistemasi.  Inersiya  kuchlari.  Tekis  aylanayotgan  sanoq  sistemasi. 

Markazdan  qochma  kuch.  Markazdan  qochma  kuchni  o„rganuvchi  mashina.  Koriolis 

kuchi. 

 

14-mavzu. Galileyning nisbiylik prinsipi  

Galiley  almashtirishlari.  Tezliklarni  qo„shishning  klassik  qonuni.  Invariantlik 

prinsipi. Klassik mexanikaning qo„llanilish chegarasi. 

 

15-mavzu. Maxsus nisbiylik nazariyasi elementlari (I)  

Yorug„lik tezligining doimiyligi. Galileyning nisbiylik prinsipi va elektrodinamika 

qonunlari. Eynshteynning nisbiylik prinsipi. 

 

16-mavzu. Maxsus nisbiylik nazariyasi elementlari (II)  

Lorens  almashtirishlari.  Bir  vaqtlilik  va  vaqt  oralig„ining  nisbiyligi.  Kesma 

uzunligining nisbiyligi. Tezliklarni qo„shishning relyativistik qonuni. 

 

17-mavzu. Qattiq jism mexanikasi (I) 

Qattiq  jismning  harakati.  Kuch  momenti.  Kuch  momentini  kuchni  yo„nalishiga 

bog„liqligi.  Qo„zg„almas  o„q  atrofida  aylanayotgan  qattiq  jism  kinetik  energiyasi. 

Inersiya momenti. Shteyner teoremasi. 

 

18-mavzu. Qattiq jism mexanikasi (II) 

 Aylanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi. O„zgarmas kuch momentining 

bajargan  ishi.  Impuls  momenti  va  uning  saqlanish  qonuni.  Turli  geometric  shaklga  ega 

bo„lgan  jismlarni  impuls  momentlari.Moddiy  nuqtalar  sistemasining  impuls  momenti. 

Erkin o„qlar. Giroskop. 

 

19-mavzu. Suyuqliklar mexanikasi 

Suyuqlik  bosimi.  Paskal  qonuni.  Arximed  kuchi.  Suyuqlik  oqimi.  Uzluksizlik 

tenglamasi. Bernulli tenglamasi.Torichelli formulasi.Oqim reaksiyasi. 

 

20-mavzu. Mexanik tebranishlar 


 

 



Tebranma  harakat.  Garmonik  tebranishlar.  Tebranuvchi  sistemaning  tezligi  va 

tezlanishi.  Tebranuvchi  sistemaning  energiyasi.  Matematik,  prujinali,  fizik  va  buralma 

mayatniklar.  Erkin  va  majburiy  tebranishlar.  Rezonans.  Tebranishlarni  qo„shish  Lissaju 

shakllari. 

 

21-mavzu. Mexanik to‘lqinlar 

Tebranishlarni elastik muhitda tarqatish. Bo„yiama va ko„ndalang to„lqinlar. To„lqin 

tenglamasi.  To„lqin  tezligi  va  energiyasi.  Akustika.  Tovushning  tezligi.  Ultratovush. 

Infratovush. 



2-modul:  Molekulyar fizika 

1-mavzu. Umumiy fizika (Molekulyar fizika) faniga kirish 

  Umumiy  fizika  (molekulyar  fizika)  fanining  maqsad  va  vazifalari.  O„quv 

mashg„ulotlari  turlari va  hajmi. Talabalar  bilimiga qo„yilgan talablar. Reyting tizimi va  

mashg„lotlarda talabalarni baholash mezoni. 

 

2-mavzu. Molekulyar-kinetik nazariya 

Molekulyar-kinetik  nazariya  аsoslari.  Molekulyar  kinetik  nazariyaning  asosiy 

tenglamasi. Modda tuzilishining o„rganishning ikki usuli. Molekulalarning o„zaro ta‟siri. 

Molekulalarning tezliklari. 

 

3-mavzu. Ideal gaz va uning holat parametrlari 

Ideal gaz. Gaz bosimi. Temperatura. Holat parametrlarini o„lchash. Ideal gaz holat 

tenglamasi. Ideal gaz qonunlari. Broun harakati. 

 

4-mavzu. Barometrik formula 

Barometrik  formula.  Perren  tajribasi.  Bolsman  qonuni.  Ehtimollik  haqida 

tushuncha. 



5-mavzu. Molekulalarni tezliklar bo‘yicha taqsimoti 

Taqsimot haqida tushuncha. Taqsimot funksiyasi.Molekulalarni tezliklar bo„yicha 

taqsimoti. 

6-mavzu. Maksvell taqsimoti 

Molekulalarning o„rtacha tezligi. Ehtimoli eng katta tezlik. Nisbiy tezliklar uchun 

Maksvell formulasi. Taqsimot qonunini eksperimentda tekshirish. 

 

7-mavzu. Ichki energiya 

Ideal  gaz  ichki  energiyasi.  Issiqlik  miqdori.  Issiqlikning  mexanik  ekvivalenti. 

Termodinamikaning birinchi qonuni. 

 

8-mavzu. Ideal gaz issiqlik sig‘imi 

Issiqlik  sig„imi.Bir  atomli  gazlar  issiqlik  sig„imi.  Gazlarning  issiqlik  sig„imi  va 

molekulalarning  erkinlik  darajasi.  Ikki  atomli  va  ko„patomli  gazlarning  issiqlik  sig„imi. 

Issiqlik miqdori va issiqlik sig„imlarini o„lchash. 

 

9-mavzu. Gazning bajargan ishi 

Izotermik  jarayonda  bajarilgan  ish.  Adiabatik  jarayon.  Adiabatik  jarayon 

jarayonda bajarilgan ish. Politropik jarayon. Gazni bo„shliqda kengayishi. 

 

10-mavzu. Termodinamika elementlari 



 

 



Muvozonat holatlar. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Kvazistatik jarayonlar. 

Qaytmaslik  va  ehtimollik.  Issiqlikni  mexanik  ishga  aylanishi.  Karno  sikli.  Sovutish 

mashinalari. 

11-mavzu. Gazlarda ko‘chish hodisalari 

Molekulyar harakat va ko„chish hodisalari. O„rtacha to„qnashishlar soni. O„rtacha 

erkin  yugirish  yo„li.  Zarralarning  effektiv  ko„ndalang  kesimi  va  ehtimollik.  Erkin 

yugirish yo„lini tajribada aniqlash. 

 

12-mavzu. Gazlarda diffuziya 

Diffuziya  hodisasi.  Nostatsionar  diffuziya.  Statsionar  diffuziya.  Diffuziya 

koeffisiyentini hisoblash. O„zaro diffuziya. Termik diffuziya. 

13-mavzu. Gazlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik 

Gazlarda issiqlik o„tkazuvchanlik hodisasi.  Nostatsionar issiqlik o„tkazuvchanlik. 

Statsionar issiqlik o„tkazuvchanlik. Issiqlik o„tkazuvchanlik koeffisiyentini hisoblash. 

 

14-mavzu. Gazlarning qovushqoqligi 

Gazlarning qovushqoqligi (ichki ishqalanish).Qovushqoqlik koeffisiyentini va uni 

o„lchash. Ko„chish koeffisiyentlari orasidagi munosabat. 

 

15-mavzu. Entropiya 

Entropiya tushunchasi. Qaytar jarayonlarda entropiya. Qaytmas jarayonlarda entropiya. 

Termodinamikaning ikkinchi qonuni. 

 

 

16-mavzu. Entropiyaning fizik ma’nosi 

Entropiya 

va 

ehtimollik. 



Entropiya 

va 


tartibsizlik. 

Maksvill 

demoni.Termodinamikaning uchinchi qonuni. 

 

17-mavzu. Real gazlar.Van-der-Vaals tenglamasi 

Gaz  xossalarining  ideallikdan  chetlanishi.  Van-der-Vaals  tenglamasi.  Van-der-

Vaals  izotermasi.  Kritik  temperatura  va  kritik  holat.  Van-der-Vaalsning  keltirilgan  

tenglamasi. 

 

18-mavzu. Suyuqliklarning xossalari 

Suyuqliklarning  hajmiy  xossalari.  Suyuqliklarning  issiqlik  sig„imi.  Suyuqliklarda 

ko„chish  hodisalari.  Sirt  taranglik  kuchi.  Sirt  taranglik  koeffisiyentini  temperaturaga 

bog„liqligi. Sirt taranglik koeffisiyentini o„lchash usullari. Suyuqliklarning bug„lanishi va 

qaynashi 



19-mavzu. Qattiq jism  

Kristall  panjara.  Kristallarning  defektlari.  Qattiq  jismlarning  mexanik  xossalari. 

Elastik  deformatsiya  va  issiqlikdan  kengayish.  Kristallarda  dislokatsiya.  Qattiq  holatga 

o„tish.  Uchlik  nuqta.  Birinchi  va  ikkinchi  tartibli  fazaviy  o„tishlar.  Qattiq  jismlarning 

issiqlik xossalari. Qattiq jismlarda diffuziya. 

 

20-mavzu. Gazlarni siyraklashtirish va suyultirish. 

Past  bosimli  gazlarda  issiqlik  o„tkazuvchanlik.  Molekulyar  oqim.Vakuumda 

diffuziya.  Past  bosimlarni  o„lchash.  Gazlarni  suyultirish.  Joul-Tomson  effekti.  Gazlarni 

suyultirish usullari. Suyultirilgan gazlarning xossalari. Suyuq geliy. 


 

 



3-modul.  Elektromagnitizm 

1-mavzu. Elektrostatik maydon va uning xarakteristikalari 

Elektromagnit  maydon  –  elektromagnit  o„zaro  ta‟sirning  moddiy  eltuvchisidir. 

Elektr 

zaryadlari. 



Kulon 

qonuni. 


Elektrostatikada 

birliklar 

sistemasi.  

Ratsionalizatsiyalashgan formula. 

 

2-mavzu. Elektr maydon kuchlanganligi 

 Elektr  maydon  kuchlanganligi.  Nuqtaviy  zaryad  elektr  maydoni  kuchlanganligi. 

Maydonlar  superpozitsiya  prinsipi.  Superpozitsiya  prinsipi  asosida  elektr  maydonlarni 

hisoblash. 



3-mavzu. Gauss teoremasi 

Elektr  maydon  kuch  chiziqlari  Kuchlanganlik  va  induksiya  vektorlari. 

Kuchlanganlik va Induksiya vektorlari oqimi. Gauss teoremasi.  

 

4-mavzu. Gauss teoremasining turli elektrostatik maydonlarni  



hisoblashga tatbiqi 

Zaryadlangan cheksiz  yassi tekislik. O‟zaro  parallel   Zaryadlangan cheksiz  yassi 

tekisliklar.  Zaryadlangan silindr. Zaryadlangan sfera. Zaryadlangan shar. 

 

5-mavzu. Elektrostatik maydon potensiali 

Elektrostatik kuchlarning ishi. Elektrostatik kuchlarning ishi bilan zaryad potensial 

energiyasi  orasidagi  bog„lanish.  Elektrostatik  maydon  potensiali.  Elektrostatik  maydon 

kuchlanganligi va potensiallar ayirmasi orasidagi bog„lanish. 

   

6-mavzu. Elektrostatik maydonda potensial va  potensiallar  

farqini hisoblash 

Zaryadlangan  cheksiz  yassi  tekislik.  O‟zaro  parallel      Zaryadlangan  cheksiz  yassi 

tekisliklar.  Zaryadlangan silindr. Zaryadlangan sfera. Zaryadlangan shar. 

 

7-mavzu. Dielektriklarda elektr maydon 

O„tkazgichlar,  dielektriklar  va  yarim  o„tkazgichlar.  Dielektriklarning  qutblanishi. 

Dielektriklar  maydonini  tavsiflash.  Dielektrik  mavjud  bo„lgandagi  maydonni  hisoblash. 

Dielektrik molekulalarining dipol momentlari. 

 

8-mavzu. Elektrostatik maydonda o‘tkazgichlar. Kondensatorlar. 

 O„tkazgichda  zaryadlar  taqsimoti.  Elektrostatik  induksiya  hodisasi.  YAkkalangan 

o„tkazgich  zaryadi  va  potensiali  orasidagi  bog„lanish.  Elektr  sig„imi.    Kondensatorlar. 

Sodda  kondensatorlar  sig„imlarini  hisoblash.  Kondensatorlarni  ketma-ket  va  parallel 

ulash. 


9-mavzu. Zaryadlangan o‘tkazgich va kondensatorning  

xususiy energiyasi 

Zaryadlangan  o„tkazgich  va  kondensatorning  xususiy  energiyasi.  Qo„zg„almas 

nuqtaviy zaryadlar sistemasi energiyasi. Elektr maydon energiyasi. Misollar.  

 

10-mavzu. Elektr toki. O‘zgarmas tok qonunlari. 

Elektr  toki  va  uning  xarakateristakalari.    Zanjirning  bir  qismi  uchun  Om  qonuni. 

Joul  –  Lens  qonuni.  Tok  manbaining  EYUK  va  bir  jinsli  bo„lmagan  zanjir  qismi  uchun 

Om qonuni. 


 

 



 

11-mavzu. Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgoff qoidalari 

Tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgoff qoidalari. Misollar. 

 

12-mavzu. Metallar elektr o‘tkazuvchanligining elektron nazariyasi 

Metallarda tok tashuvchilarning tabiati. Metallar elektr o„tkazuvchanligining Drude 

– Lorens klassik nazariyasi. Metallar o„tkazuvchanligining klassik nazariyasi asosida Om 

qonunini  keltirib  chiqarish.  Metallar  o„tkazuvchanligining  klassik  nazariyasi  asosida 

Joul-Lens qonunini keltirib chiqarish. 

 

13-mavzu. Videman – Frans qonuni va uni elektron nazariya asosida tushuntirish 

Videman  –  Frans  qonuni  va  uni  elektron  nazariya  asosida  tushuntirish.  Metallar 

o„tkazuvchanligi klassik nazariyasining qiyinchiliklari. 

 

14-mavzu. Vakuumda tokning magnit maydoni 



 Tokning  magnit  maydoni.  Harakatdagi  zaryadlar  va  elementar  toklarning 

elektromagnit o„zaro ta‟siri. Magnit maydon induksiyasi. Bio–Savar–Laplas qonuni.  

 

15-mavzu. Bio–Savar–Laplas qonunining turli magnit maydonlarni hisoblashga 

tatbiqi 

Turli  magnit  maydonlarni  hisoblash.  Magnit  induksiya  vektorining  sirkulyasiyasi. 

Magnit  maydonning  uyurmaviy  xarakteri.  Sirkulyatsiya  to„g„risidagi  teoremaning    turli 

magnit maydonlarni hisoblashga tatbiqi. Induksiya vektorining oqimi. 

 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish