5-mavzu. Terminlarning yasalishi va qo’llanishi.
Reja:
1.Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
2.Sohaviy terminlarning sintaktik usul bilan yasalishi.
3.Sohaviy terminlarning semantic usul bilan yasalishi.
Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarning bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Masalan: qo‘shin, shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, yog‘och (yog‘ochsozlik); voris, guvoh (yuridik).
Sodda terminlar ikki guruhga bo‘linadi:
Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar: bola, jiyan, tog‘a (qarindoshlik); mebel, go‘sha, eshik (yog‘ochsozlik); jarima, huquq, jazo (yuridik).
Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlar: mebelsozlik,
duradgorlik (yog‘ochsozlik); dalolatchi, jinoyatchi (yuridik).
Qo‘shma termin - ikki va undan ortiq sodda terminlarning birikuvidan tuzilgan terminlar.
Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam so‘zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi. O‘zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma terminlar asosan umumiste’moldagi tayyor qo‘shma so‘zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Bunday ikki planda qo‘llanuvchi leksik birliklar ko‘proq xalq tili bilan bog‘liq holda rivojlangan terminologik sistemalarda tez-tez uchraydi. Shuningdek, o‘z tilimiz materiallaridan tuzilgan qo‘shma terminlar ayni ruscha terminlarni to‘liq kalkalash jarayonida ham yuzaga keladi.
1.
Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar. Bunday qo‘shma terminlar ham, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi:
a) o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan qo‘shma terminlar. Bunday terminlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Ot+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bu model botanika, zoologiyasingaritabiiyfanlarda, ularning terminologik tizimida mahsuldor hisoblanadi. Masalan: ayiqtovon, ituzum, tuyaqush (botanika) kabi. Keyingi davrda texnikaning bir qator terminologik tizimlarida ham shu tpidagi qo‘shma terminlar miqdori ortib bormoqda: qismfazo, tagmaxraj, ustmaydon, olovbardoshlik(fizika-matem.); qayin ona, katta buva (qarindoshlik); tintuv qilish, huquqni cheklash (yuridik) kabi.
Sifat+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar qo‘proq tabiiy fanlar terminotizimida uchraydi: to‘g‘ri burchak, qo‘shbog‘, issiqbardoshlik, sovuqbardoshlik (fizika-matem.); huquqiy norma, yuridik konsultatnt (yuridik) kabi.
Son+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar matematika fanida ko‘proq qo‘llaniladi: uchhad, birhad, o‘nyoq, beshyoq, yarim doira, yarimyig‘indi, yarimfazo, yarimo‘tkazgich (fizika-matem.) kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |