Tashkiliy tuzilma. Har bir tashkilot samarali bo'lish uchun barqarorlikka harakat qiladi. Bu barqarorlikni, xususan, tuzilma ta'minlaydi. Ya'ni xodimlarga rollari, ishchi tadbirlar, axborot oqimlari va h.k. belgilanishlari kerak. Ammo tuzilmaga bu tabiiy ehtiyoj o'zgarishlarga qarshilik qilishning sababi bo'lishi mumkin. Tashkilot ishlarning tor ixtisoslashtirilgan uchastkalari, qat'iy ierarxiya va aniq tasvirlab berilgan javobgarlik, axborotlarning yuqoridan pastga qarab cheklangan oqimlariga ega bo'lishi mumkin. Bularning barchasi vujudga kelgan vaziyatlarni yengimoq uchun judayam o'zi xos kommunikatsion tarmoq va kommunikatsion kanallarni tashkil qilish talab qilinishi mumkin. Bu tuzilmani har qanday qayta qurish qarshilikni keltirib chiqaradi, chunki uni tartibsiz holga keltiradi. Bunday o'zgarishlarga moslashganroq va yengilroq tuzilmalar osonroq bardosh beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |