O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI
KURS ISHI
MAVZU: To’plamlarni akslantirish va almashtirish.
BAJARDI: MO’M 03/19-guruh
talabasi D. Karimova
ILMIY RAXBAR: MO’M kafedrasi
o’qituvchisi D.Mo’ydinjonov
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………………
I Bob To’plamlar. Akslantirishlar va almashtirishlar………………………
1.1§ – To‘plamlar va ularning elementlari To‘plam tushunchasi ………………….
1.2§-Tekislikda to’plamlarni akslantirish………………………………..
1.3§- Tekislikda to’plamlarni akslantirish va almashtirishlar……………..
1.4§- Almashtirishlar gruppasi va uning qism gruppasi……………………
II Bob O`xshash almashtirish va gomotetiya. Ularning analitik ifodasi. O`xshash almashtirishni gomotetiya va harakat ko`paytmasi sifatida qarash. O`xshash almashtirish gruppasi va uning qism gruppasi………………………………
2.1§- O`xshash almashtirish va gomotetiya. Ularning analitik ifodasi……………………………………………………….
2.2§- O`xshash almashtirishni gomotetiya va harakat ko`paytmasi sifatida qarash …………………………………………………………..
2.3§- O`xshash almashtirish gruppasi va uning qism gruppasi va Affin almashtirishlar .Affin almashtirishlar gruppasi va uning qism gruppalari ……………………………………………………………..
Kirish.
Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir” mavzusida qilgan ma’ruzasida jumladan shunday fikrlarni o’qish mumkin: “Bu yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir. Bu – O’zbekistonda tashkil etilgan dunyo miqyosida katta qiziqish va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo’lgan, zamonaviy kasb- hunarlarni o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir. ... Ishonchim komil, bunday yoshlarimizning safi qancha ko’paysa, qancha rivoj topsa, hech shubnasiz, marra bizniki, O’zbekistonnikidir” Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta’limotlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. Shu o’rinda ta’limning zamonaviy interfaol metodlarining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur. Mavzuning dolzarbligi – Ta`lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etish bo’lajak mutaxassislarning O’zbekistoning ilg’or tajribalari, an’analari, madanyatini hisobga olgan holda har tomonlama shakllantirish imkonyatini beradi. Bu borada ta’lim tizmida, oquv jarayonida interfaol metodning umumiy asoslari tadqiq etilgan. Pedagogik olimlar O. Tolipov, SH. Abdullaeva, O. Haydarova kabilarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandur. Ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bolib, 4 uning har bir bosqichi ta’lim oluvchilarning yoshi va oziga xos xususiyati ta’lim– tarbya jarayonida intelektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy asoslarni chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamyatning intelektual salohiyotiga mos kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida mumtazam ravishda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi. Innovatsion yondashuvlar - ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur kurs ishimning mavzusining dolzarbligi ham mana shunda. Matematikani o’qitish umumiy sistemasida masalalar yechish samarali mashq turlaridan biridir. Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shaklllantirish ularning programmada berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni istasak, buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini, bajarib yechishlari zarur. Shunday qilib, o’quvchi misollar va masallalar yechishni to’plamlar ustida olib boradi, ular yordamida o’quvchilarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinishi jarayonida mustahkamlab boradi. Shu bilan birga to’plam mavzusini yetarlicha o’rganib , to’plamlar , elementar o’rganib akslantirish va almashtirishni ham chuqur o’rganish talab etadi . Tadqiqotning maqsadi: Maktab matematika kursida yuqori sinflarda matematikani o’qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga mos To’plamlarni akslantirish va almashtirishlarni o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogok texnologiyalardan foydalanib To’plamlar ustida misollar yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan va To’plamlarni akslantirish va almashtirishlarni o’rganish iborat. Tadqiqotning vazifalari: 1. Yuqori sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish . 2. Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash . 3.Yuqori sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni belgilash. 4.Yuqori sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va uning samaradorligini aniqlash. Tadqiqot ob’yekti: Yuqori sinflarda To’plamlarni akslantirish va almashtirishlarni o’rganish va matematika darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llash jarayoni. 5 .Tadqiqotda qo’yilgan asosiy masalalar: 1. 10 –sinfda to’plam elementari va tushunchalari masalalarni yechish usullarini tahlil qilish. 2. To’plamlarni akslantirish va almashtirishlarni tahlil qilish. 3. Ilg’or yuqori sinf o’qituvchilarining tajribalarini o’rganish. 4. 10-sinfda to’plamlarni akslanirish va almashtirish ustida ishlash bo’yicha pedagogik tajriba o’tkazish, natijalarini metodik tavsiya sifatida bayon qilish. Tadqiqotimizning asosiy ilmiy – uslubiy yangiligi: Yuqori sinflarda to’plamlarni akslantirish va almashtirishni o’rganish, nazariy, uslubiy izlanishlar olib borildi. Muammoni yechimlarini o’rganishni takomillashtirish bo’yicha alohida metodik ishlanma ishlab chiqildi. Kurs ishining metodlari: Tadqiqot muammosiga oid pedagogik- psixologik va metodik adabiyotlar mazmunini o’rganish, nazariy jihatdan tahlil qilish, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash holatini o’rganish, pedagogik kuzatuv, suhbat, pedagogik tajriba va h.k. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi Kirish, 4ta asosiy qism, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |