22
hisoblanadi. Qilmishlarni jinoyat tushunchasi bilan aralashtirish mumkin emas.
Xususan, qilmish huquqbuzarlikning barcha elementlariga egaligidan tashqari,
unda jinoyat tarkibining ob’ektiv va sub’ektiv alomatlari ham namoyon bo’lishi
zarur. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi jinoyatni sodir etish usuli, joyi, vaqti,
yetkazilgan
zararning miqdori, aybning darajasi, jamiyatga o’tkazadigan ta’siri
singari holatlarga bog’liq bo’ladi.
Jinoyat huquqi nazariy qarashlarida jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va
xavflilik xususiyatlari bir-biridan ajratiladi. Xususan, uning xavflilik xususiyati
jinoyatning sifatini, ijtimoiy xavflilik darajasi miqdor ko’rsatkichlarini anglatadi.
Qilmishda ijtimoiy xavflilik formal belgilarining mavjudligi uning jinoyat sifatida
e’tirof etish uchun yetarli emas. JKning 36-moddasida jinoyat sifatida nazarda
tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo’lgan,
ammo kam ahamiyatli, ijtimoiy
xavfli bo’lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmasligi haqidagi qoida
mavjud. Qilmishning kam ahamiyatliligini aniqlash uchun yetkazilgan zarar va
zarar yetkazishning real xavfi inobatga olinadi. Agar tergov yoki sud jarayonida
qilmish kam ahamiyatli deb topilsa,
jarayon tugatilishi, jinoiy ish yopilishi yoki
boshqa yo’sindagi protsessual jarayonda davom ettirilishi kerak. Qilmishning
ijtimoiy xavfliligi belgisi jinoyatni boshqa huquqbuzarlikdan farqlovchi unsur
hisoblanadi.
Huquqqa xiloflilik – jinoyatlarning ikkinchi belgisi. Ba’zan yuridik
adabiyotlarda “huquqqa xiloflilik” atamasi o’rniga “qonunga xiloflilik”
atamasi
ham uchraydi. Qonunga xiloflilik huquqbuzarlikni faqat qonunga bog’lab
qo’yishga olib keladi. Bunda farmon, qaror, ustav, nizom va boshqa qonunosti
hujjatlarida ifodalangan normalarning ahamiyati inobatga olinmay qoladi. Shuning
uchun “huquqqa xiloflilik” atamasining ishlatilishi mantiqan to’g’ri bo’ladi.
Huquqqa xiloflilik qilmishning jinoyat qonunchiligi bilan ta’qiqlanganligini
ifodalaydi. Ushbu belgi jinoyatning ijtimoiy xavflilik, aybning mavjudligi va
jazoga sazovorlik belgilarini o’zaro uyg’unlashtiradi.
Huquqqa xiloflilik jinoyat
huquqida analogiyaning qo’llanilishiga yo’l qo’ymaydi.
23
Fuqarolarning xatti-harakati har doim ham jinoyat deb topilmasligi mumkin.
Bunda jinoyat ob’ektlariga yetkazilgan zarardan kelib chiqib, davlat Jinoyat
kodeksini tuzadi hamda unga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi. Ijtimoiy xavfli
qilmish kodeksga kiritilgandan boshlab “jinoyat” maqomiga ega bo’ladi va
huquqqa xiloflilik holati kelib chiqadi.
Jinoiy qilmish vaqt o’tgan sari o’z ijtimoiy xavfliligini yo’qotishi mumkin.
Shuningdek,
kodeksga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritilib, jinoyat
dekriminallashtirilishi mumkin. Bunday hollarda huquqqa xiloflilik ahamiyatini
yo’qotadi, ya’ni qilmish jinoyat deb topilmaydi.
Ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflilik qilmishning jinoiyligi va jinoiy
javobgarlik asoslarini belgilaydi. Bunda aybning mavjudligi belgisi ham ishtirok
etadi. Mazkur belgi jinoyat tushunchasiga berilgan ta’rifda ham tilga olinadi.
Ayb – jinoyat sodir etuvchi shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi va uning
oqibatiga bo’lgan ruhiy munosabati hisoblanadi. Jinoyat qonunchiligida “Aybsiz
holda zarar yetkazish” (24-modda) normasi mavjud. U shaxsning o’z
qilmishini
ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham
bo’lmagan yoki ijtimoiy xavfli oqibatlarga ko’zi yetmagan va ko’zi yetishi
mumkin va lozim ham bo’lmagan holatda zarar yetkazsa,
aybsiz holatda zarar
yetkazgan deb topish asoslarini belgilaydi.
Aybning
bor-yo’qligini
aniqlash
uchun
sodir
etilgan
jinoyatda
huquqbuzarning qasd yoki ehtiyotsizlikda ifodalanuvchi munosabatini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: