Tuproqlari ham tekislikdan tog‘larga tomon o‘zgarib boradi, tumanning tuprog‘i asosan bo‘z tuproq. Yakkabog‘ tuproqlari tarkibi va tuzilishiga ko‘ra adir va tog‘ tuproqlari guruhiga kiritiladi. Ular yerning relyef va gidrotermik sharoitlariga bog‘liq holda adirdan yaylovga qarab o‘zgarib boradi.
Tumanning adir zonasida tarqalgan tuproqlar bo‘z tuproqlar tipiga xosdir. Bu yerlarda o‘simliklar qoplami cho‘ldagiga nisbatan zichroq joylashgan. O‘simliklarning zichroq o‘isshi tuproq tarkibidagi mineral tuzlar va o‘g‘itning ko‘proqligiga ham bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |