o`qishga yordam beradi. Ashula aytiladigan joylarga keksalar nabiralarni etaklab
onalar esa go`daklarini yasantirib chiqishadi. Biz maktablarda, sayrgohlarga,
bog`chalarga har xil sayorlarda va mustaqillik masydoniga ashula aytamiz va
raqslarga tushamiz. Buni ko`rgan do`stlarimiz sevinishadi, dushmanlarimiz esa
qon yutadilar. Bizning go`zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Andijon,
Farg`ona, Chirchiq, Qo`qon, Sirdaryo va Namanganda ham ashulani sevib
kuylaydilar. Qarshi shahridagi 21-maktabning 7-sinf o`quvchisi Sharipova
Irodaninbg bayoni.
Hammamiz kuylaymiz.
Ashula har bir odamning hayot yo`ldoshidir. Ashula yashash va
ishlashga yordam beradi, kishini ruhlantiradi. Odam kuylaganda o`zini yengil
xis etadi. Respublikamizning dala va qurilishlarida, madaniyat saroylarida,
korxona va maktablarda, mustaqillik maydonida million- million kishilarning
ovozlari yangraydi. Bu ovozni eshitgan do`stlar quvonadi, dushmanlar esa qon
yutadi. Biz go`zal shaharlarimiz: Toshkent, Samarqand, Bekobod, Yangi yo`l,
Ohangaron, Qo`qon, Namangan, Andijonda quvnab-quvnab kuylaymiz keksalar
nabiralarini yana yetaklab, onalar gudaklarini yasantirib chiqadilar biz shuning
uchun kuylaydi, sevinchimiz ichimizga sig`maydi.
Gumon olmoshlarini o`rganishni darslikda ularga berilgan qoidalrni
bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o`qituvchi gumon olmoshlariga
misol keltirib tushuntiradi, so`ngra gumon olmoshlarini birlik va ko`p;likda
kelishi va kelishiklar bilan turlanishi, gapdagi vazifasini eslatadi.
Gumon olmoshlarining mustahkamlash, o`quvchilarga og`zaki yozma
nutqini o`stirish maqsadida mustaqil ish topshiriladi. Buning uchun quyidagi
terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Otliqlar orasidan kimdir ma`nodor kulib qo`ydi:
2. Qorong`ida nimadir yaltirab ko`rindi.
3. Shu paytda Toshxon derazadan allakimni ko`rdi.
4. Qandaydir bollalar yugirib chiqdi
5. Allakim eshikni taqillatdi.
O`quvchilar terma gaplarni ko`chiradilar, olmoshlarni topib, tagiga
chizadilar. Ish bajarilgach, ikki uch o`quvchining ishi tekshirildi.
Namuna :
1. Otliqlar orasida kimdir ma`nodor kulib qo`ydi.
2. Qorong`ida nimadir yaltirab ko`rindi.
3. Shu paytda Toshxon derazadan allakimni ko`rdi.
4. Qandaydir bollalar yugirib chiqdi
Mustaqil ishdan so`ng talimiy diktant bo`ladi. Diktant uchun quyidagi terma
gaplardan foydalanish tavsiya etiladi:
1. So`ngi pushaymon o`zingga dushman
2. Shu kunlarda g`oyat quvonchli voqealarning guvohi bo`lmoqdamiz.
3. Maktabimiz barcha o`quvchilari o`z otalig`imizdagi jamoa xo`jaligiga
yordam beradilar.
4. Bu hafta sinifimizda hech kim dars qoldirmadi.
5. Alla kim gandiraklaydi alla kim kuladi.
6. Hamma uyquda, kecha oydin edi.
7. O`qituvchi terma gaplarni o`qib eshitiradi. O`quvchilarga gaplarni
yozish jarayonida olmoshlarni topib, uning yoniga qavsda turini yozib
borishni aytadi. O`qituvchi terma gaplarni diktovka qiladi. O`quvchilar
topshiriqni bajardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: