O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#212054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari 
Axborotni abstrakt tushunchalar, masalan matematik formulalar qatoriga qo`yish mumkin, har doim 
moddiy-quvvat shaklida fizik asosga ega bo’lgan holda namoyon bo’ladi va shuning uchun ham uni o’lchash 


 

imkoni mavjud. Uzunlik, massa, vaqt, tok va boshqalarni o’lchash uchun asboblar va o’lchash usullari o’ylab 
topilgan. 
 Turli  xildagi  hodisa  va  ashyolarning  vaqt  va  fazodagi  holati  fizik  kattaliklar  bilan  aniqlanadi.  Fizik 
kattaliklar turli qiymatlar qabul qilishi mumkin. Ma‘lum bir to`plamda cheksiz ko’p miqdordagi bir-biriga juda 
yaqin  turli  qiymatlar  qabul  qila  oladigan  kattaliklar  uzluksiz  kattaliklar  deb,  uzluksiz  kattaliklar  vositasida 
olinadigan  axborotlar  uzluksiz  axborotlar  deb  ataladi.  Masalan:  jism  massasi,  isitilgan  yoki  yortilganlik 
darajasi, vaqt va x.k. 
Ma‘lum bir to’plamda cheklangan miqdordagi turli xil, alohida-alohida qiymatlar qabul qilaoladigan 
kattaliklar uzlukli (diskret) kattaliklar deb, uzlukli kattaliklar vositasida olinadigan axborotlar uzlukli axborotlar 
deb  ataladi.  Masalan:  odamlar  soni,  olamdagi  elektronlar  soni,  kitob  varag’ini  tartib  raqami,  uyning  soni, 
masalaning soni qiymati va x.k. 
Aynan ana shu uzlukli kattaliklar orqali axborotni ifodalash usuli kompyuterlarda qo’llaniladi. 
Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni biz so’zlar orqali o’zlashtirib kelamiz. So’zlar esa o’z navbatida 
harf va maxsus belgilardan tashkil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi.  
Misollar: 
1) Koptok sakkizta qutidan birida joylashgan degan xabarda - axborot noaniqligi 8 ga teng. 
Axborot noaniqligini teng ikki martaga kamaytiradigan ma‘lumot, bu axborot o’lchov birligi bit deb 
ataladi. 
2)  Kitob  javonining  ikki  qatoridan  birida  kitob joylashgan.  Kitob  birinchi  qatorda  deb  aytsak,  1  bit 
axborot bergan bo'lamiz. 
Zamonaviy  kompyuterlarda  axborotni  signallarning  ketma-ketligi yordamida  kodlashning  ikki  usuli 
ishlatiladi.  Birinchi  holatni  0,  ikkinchisini  1  raqami  bilan  belgilash  qabul  qilingan.  Bunday  kodlash  ikkilik 
kodlash deyiladi. 0 va 1 raqamlari esa bit (binary digit ya‘ni bit-ikkilik raqam) deb ataladi. Matnli axborotni 
ikkilik  kodlashda  har  bir  belgiga  uning  kodi-belgilangan  miqdordagi  0    va  1  lar  ketma-ketligi  mos  keladi. 
Kompyuterda bir belgiga bayt (byte) deb ataladigan 8 ta 0 va 1 dan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi. 
Bu turdagi ketma-ketliklar jami 2
8
 = 256 ta bo’lib, turli  belgilarni kodlash imkonini beradi.  Demak,  har qanday 
belgi bayt yoki 8 bit axborot hajmiga ega. 
Uzatish  tezligi-1  sekundda  uzatiladigan  bitlar  soni  bilan  o’lchanadi  (masalan  19200  bit/sek.).  Bir 
sekundda  bajara  oladigan  amallar  soni  kompyuterning  hisoblash  tezligi  deb  ataladi  (masalan,  500000 
amal/sek.).  Ikkilik  ma‘lumotlardagi  axborot  miqdorini  o’lchash  uchun  bit  va  baytlardan  tashqari,  quyildagi 
birliklardan ham foydalaniladi. 
1 kbayt (bir kilobayt) = 2^10 = 1024 bayt (1 ming bit) 
1 mbayt (bir megabayt) = 2^20  = 1048576 bayt 
1 gbayt (bir gegobayt) = 2^30  =  1 mlrd. bayt 
1 tbayt ( bir terabayt) = 2^40  = 1 tlrd. bayt 
Yuqorida aytganimizdek ikkilik kodlashdagi 0 va 1 raqamlarini kompyuterda ifodalash uchun turg’un 
holati ikkita bo’lgan elementdan foydalaniladi. Elementning turg’un holatlaridan biri 0 ni ifodalasa, ikkinchisi 
1 ni ifodalaydi. Ikkita turg’un holati bor bo’lgan elementni texnik jihatdan yaratish, 8 ta  yoki 10 ta  turg’un  
holatli  elementni yaratishga qaraganda osonroq. 
Demak, har qanday sonlar 0 va 1 ning termalaridan (kombinatsiya) iborat bo’ladi. Shuning uchun ham 
ikkilik sanoq sistemasi kompyuterning arifmetik asosi deyiladi. 


 

Odatda  axborotlar  biz  o’rgangan  o’nlik  sanoq  sistemasida  kompyuter  xotirasiga  kiritiladi. 
Kompyuterning  dasturiy  ta‘minoti  kiritilgan  ma‘lumotlarni,  oraliq  8  lik  sistemasi  vositasida  ikkilik  sanoq 
sistemasiga o`tkazadi. O’nlikdan sakkizlik sanoq sistemasiga  o’tish guruhlash (triada) bilan amalga oshiriladi. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish