Konsentratorlar va modemlar
32
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish uchun konsentratorlardan foydalaniladi. Konsentratorlar orqali
bir necha kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi. Hozirgi kunda 8, 12, 16, 24 va 48 ta
kompyuterlarni birlashtira oladiganlari sotuvga chiqarilgan. Ular sekundiga 10/100 Megabit tezlikda
ma'lumot almashishni ta'minlay oladilar. Hozirgi paytda 1 Gigabit tezlikda ma'lumot almashish imkoniga ega
konsentratorlar ishlab chiqilmoqda.
Konsentratorlarning ma'lumot almashish tezligi kompyuterlarga ulanadigan kabelning turiga bog'liq.
Eshilgan juftlik deb ataladigan, telefon kabeliga o'xshash kabel 10 Mb tezlikda, RJ 45 rusumli 8 ta simlik
kabellar 100 Mb, RJ 45E rusumli kabel 1 Gb tezlikda ma'lumot almashish uchun ishlatiladi. Konsentratorlarni
kabel yordamida bir-biriga ulab, ixtiyoriy topologiyaga (tuzilishga) ega mahalliy kompyuter tarmoqlarini
yaratish mumkin.
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa birlashtirish uchun Wi Fi texnologiyasidan foydalanish mumkin. Bu
texnologiya yana ular qabul qilingan standart raqamli 802.11 deb ham ataladi. Bu standartning bir necha
turlari bo'lib, 802.11a da ma'lumot almashish tezligi 5,4 Mb/s, 802.11b turi 11 Mb/s, 802.11g da 54 Mb/s,
802.11n turida 500 Mb/s gacha bo'lishi mumkin. Bu texnologiyaning o'ziga xos xususiyati, bu tarmoq yaratish
uchun kabelning kerakmasligidir. Maxsus Wi Fi platasiga ega ixtiyoriy ikkita kompyuter 150 metrgacha
masofadan o'zaro ma'lumot almasha oladi.
Bunday kompyuterlarni mahalliy kompyuter tarmog'iga ulanishi uchun maxsus kirish nuqtasi deb
ataluvchi qurilma kerak bo'ladi. Bu qurilmalar bir tomondan kabel yordamida mahalliy tarmoqqa ulansa,
ikkinchi tomondan o'zidan 1,5 km masofadagi ikkinchi shunday qurilma bilan bog'lana oladi. Bundan tashqari,
bu qurilmaga 150 metrgacha bo'lgan masofadagi Wi Fi qurilmalar bu nuqta orqali kompyuter tarmog'iga
ulana oladilar.
Kompyuterlarni bevosita internet tarmog'iga ulash uchun modemlardan foydalaniladi.
Kompyuterga ega foydalanuvchilarga shu xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi qurilma
modemdir. Zamonaviy modemlar modulyasiya demodulyasiya funksiyalarini, xatolardan saqlanish
funksiyalarini bajaradilar, start-stop sinxron o'zgartiruvchi, takt va sikllar bo'yicha sinxronizasiyalovchi, birlik
elementlarni ro'yxatdan o'tkazish, ma'lumotlarni chiqish funksiyalarini bajaradi. Yuqoridigilar bilan bir vaqtda
modemlar raqamli yozish, tovush chiqarish, shartli qo'ng'iroqlarni tanib olish (ajratish), chaqirayotgan
abonent raqamini aniqlash, masofadan konfigurasiyalash, ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash, uzatish
sharoitlariga adaptasiyalash va x.k. larni ta'minlaydi.
Bir – biridan uzoqda joylashgan abonentlar orasida axborot almashish tizimida, ma'lumotlarni uzatishni
amalga oshiruvchi texnik vositalar katta axamiyatga egadir. Ma'lumotlarni uzatish xizmati, foydalanuvchilarga
33
hujjatli axborot bilan almashish imkoniyatini beradi, uzoqda joylashgan foydalanuvchilarni ma'lumotlar banki
va bazalariga kirish imkoniyat bilan ta'minlaydi, elektron pochtadan foydalanish imkoniyatini beradi.
Modemning bajaradigan asosiy ishi, raqamli signallar ko'rinishidagi ma'lumotlarni keraklicha tezlik va
aniqlik bilan uzatishdan iboratdir. Bu masalaning yechimi, uzatish va modulyasiyaning har xil usullardan
foydalangan holda topish mumkin. Usullardan kerakli bir qator omillar bilan aniqlanadiki, ulardan eng muhimi
– aloqa kanalining turi, shovqinlar tavsilotlari va uzatish tezligidir.
Modemlar axborot manbasidan, aloqa kanalining parametrlariga ega bo'lgan va berilgan tuzilishga ega
bo'lgan signallarni muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
Muvofiqlashtirishning quyidagi masalalari mavjud:
ma'lumotga ega signal spektrini kanalning o'tkazish polosasi bilan muvofiqlashtirish;
ma'lumotga ega signal darajasini aloqa kanali bilan muvofiqlashtirish;
ma'lumotni kiritish-chiqarish tezligini muvofiqlashtirish.
Modemlarni turkumlanishi.
Modemlarni shartli ravishda turkumlash imkoniyatini beruvchi bir qator belgilar mavjud:
qo'llanish sohasi.
Funksional tayinlanishi.
Foydalaniladigan kanal turi.
Tuzilishi bo'yicha bajarilishi.
Modulyasiya protokollarini, xatolarni tuzatish va ma'lumotlarni siqish imkoniyatini qo'llab
quvvatlash.
Tadbiq etish sohasi bo'yicha modemlar bir qator guruhlarga bo'linadi:
kommutasiyalanuvchi telefon kanallari uchun;
ajratilgan (arendaga berilgan) telefon kanallari uchun;
jismonan ulovchi liniyalar uchun;
quyi darajadagi modemlar (chiziqli drayverlar) yoki qisqa masofalar uchun modemlar (Short Range
mode);
asosiy polosa modemlari;
uzatishning raqamli tizimlari uchun (CSU-DSU);
uyali aloqa tizimlari uchun;
paketli radiotarmoqlar uchun;
lokal radiotarmoqlar uchun.
Uzatish usuli bo'yicha sinxron va asinxronlikka bo'linadi.
Modem kompyuter bilan asinxron holatda, va masofadagi modem bilan sinxron holatda ishlashi
mumkin va aksincha.
Bu holatda, odatda modem sinxron-asinxron deyiladi, yoki sinxron-asinxron holatda ishlaydi deyiladi.
Modemlar tuzilishi bo'yicha quyidagicha ajratiladi:
34
Tashqi modem.
Ichki modem.
Portativ modem.
Guruhli modem.
Tashqi modemlar – kompyuter yoki boshqa terminlarga ulanadigan avtonom qurilmadan iboratdir.
Ichki modem - kompyuterning tegishli joyiga ulanadigan kengaytirish platasidan iborat.
Portativ modem – Notebook turkumiga mansub kompyuterlar bilan qurollangan mobil
foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Ular kichik o'lchamli bo'lib qimmat bahosi bilan ajralib turadi, ularning
funksional imkoniyatlari to'liq funksiyali modem imkoniyatidan qolishmaydi.
Guruhli modemlari – umumiy shassida modemlar PUL iga birlashtirilgan, umumiy oziqlantirish blokiga,
boshqarish va akslantirishning umumiy qurilmasiga ega bo'lgan alohida olingan modellar birligiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |