45
Havaskorlar uchun mo'ljallangan fotokameralar ancha arzon bo'lib (30–300 dollar), ularning optik tizimi
ancha sodda bo'ladi. Shuning uchun ham ular tabiiy yorug'lik manbaida olingan fotosuratlarni ancha sifatli
chiqarsalarda, lekin sun'iy yorug'lik manbalari bilan (masalan, xona ichida yoki kechki payt) olingan suratlarda
ularning kamchiliklari namoyon bo'lib qoladi. Eng arzon (bir necha dollarlik) fotokameralar ham sotuvda
bo'lib, ular asosan arzon mobil telefonlarda va boshqa raqamli uskunalarda qo'llaniladi. Fotokameralarning
asosiy parametrlari ularning matrisalari sig'imi (megapiksellarda) va o'lchami, tasvirni optik va raqamli
ravishda yaqinlashtira olishi (Zoom), ularning xotiralari sig'imi, yorug'likka sezgirligi,
elektr energiyasidan qay
darajada tejamli foydalanishlaridir.
Tasvir fotokameraning sensorli (sezuvchan) matrisasida paydo bo'ladi. Bu matrisaning sig'imi (unda
nechta sensor elementi borligi) tasvirning o'lchami va sifatini belgilab beradi. Matrisaning o'lchami tasvir
sifatiga bevosita ta'sir qiladi. Agar matrisa yetarlicha katta bo'lsa, unga tushayotgan yorug'lik oqimi yetarli
darajada bo'ladi. Matrisaning o'lchami kichik bo'lsa, unga tushayotgan yorug'lik oqimi sifatli tasvir olish uchun
yetarli bo'lmasligi mumkin.
Bundan tashqari, kichik o'lchamli matrisada yorug'lik shovqinlari deb ataluvchi ta'sirning kuchi ortib
ketadi. Bunda eng kichik shovqin ham bir nechta matrisa elementlari hosil qilayotgan piksellarning noto'g'ri
bo'lishiga olib keladi. Bu narsa, ayniqsa, suratga olinayotgan ob'ekt yetarli darajada yoritilmagan paytda
yaqqol ko'zga tashlanadi va misol uchun ko'k fonda turli boshqa rangdagi ko'plab piksellarning paydo
bo'lishiga olib keladi.
Matrisalar ishlash tamoyiliga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi. Lekin ularning barchasi rangli tasvirni
asosiy uchta rang: qizil, yashil va ko'k ranglar asosida yaratadi. Eng yaxshi sensorli matrisalarda
har bir piksel
uchun uchta element mos keladi. Ular ustma -ust joylashgan bo'lib, har biri o'ziga mos rang haqidagi
ma'lumotni qabul qilib oladi. Bunday matrisalar professional va yarim professional fotokameralarda
qo'llaniladi.
Ikkinchi xil matrisalarda tasvir ranglari har bir element tomonidan ketma-ket qabul qilinadi. Matrisa
elementi avval asosiy ranglardan biri to'g'risidagi ma'lumotni, keyin ikkinchisi haqidagi va oxirida uchinchi
rang haqidagi ma'lumotni eslab qoladi. Bunday matrisalar odatda yarim professional va havaskorlar uchun
mo'ljallangan fotokameralarda qo'llaniladi. Bu matrisalarning kamchiliklari juda tez harakat qilayotgan
ob'ektlarni tasvirga olishda sezilib qolishi mumkin. Lekin bunday ob'ektlarni suratga olishning o'ziga yarasha
boshqa qiyinchiliklari bo'lib, ularni professionallarga mo'ljallangan fotokameralarning hammasi ham hal qila
olmaydi. Uchinchi xil matrisalar bitta piksel uchun 3–4 ta matrisa elementlari ajratiladi.
Ularning har biri faqat bitta asosiy rang bilan ishlaydi. Lekin tasvirdagi piksellar soni 3–4 marta kamayib
ketmasligi uchun tasvirning etishmaydigan piksellari qo'shni piksellarni turli algoritmlar yordamida qo'shish
orqali yaratiladi. Tabiiy-ki, bunda tasvirdagi axborot hajmi ham 3– 4 marta kam bo'lib, bu kamomat har doim
ham to'g'ri tiklanmaydi. Bunday matrisalar havaskorlar uchun mo'ljallangan va eng arzon kameralarda
ishlatiladi.
Matrisalarning o'lchamlari bir necha kvadrat santimetrdan (professional fotokameralar) bir necha
kvadrat millimetrgacha (eng arzon kameralarda) bo'lishi mumkin.
Matrisalarning sig'imi 50 Megapikselgacha (professional kameralar), 10–25 MP (yarim professional), 4–
15 MP (havaskorlar uchun), 0,3–5 MP (arzon kameralar) bo'lishi mumkin.
46
Fotokamera xotirasining hajmi 8–1024 MB bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, deyarli barcha
kameralarga qo'shimcha xotira qurilmalarini ulash mumkin. Shuningdek, barcha kameralarni kompyuterga
ulash mumkin.
Professional kameralar ob'ektni suratga olish paytida uni bir necha yuz marta yaqinlashtira oladilar.
Bunda kameraning bir oz titrashi ham kamerada paydo bo'ladigan tasvirning juda surkalib ketishiga olib
keladi. Shuning uchun uzoqdagi ob'ektlarni yaqindan suratga olish uchun shtativdan foydalaniladi. Shu bilan
birga ko'pchilik kameralar titrashga qarshi himoya tizimga ega.
Tasvirga olinayotgan ob'ektni optik yaqinlashtirish kameraning optikasiga jiddiy talablar qo'yadi.
Shuning uchun arzon kameralar faqat raqamli yaqinlashtirish usulidan foydalaniladi. Bu usulda tasvir necha
marta yaqinlashtirilsa, undagi piksellar soni shuncha marta kamayadi yoki kamayishi kerak bo'lgan piksellarni
qo'shni piksellar yordamida tiklashga uriniladi.
Raqamli videokameralar jonli tasvirni suratga olish uchun ishlatiladi. Bunda tasvir sekundiga 25–70
marta suratga olinadi. Bu son kadrlar chastotasi deb ataladi. Bu kadrlarni ketma-ket ekranga chiqarish bilan
videotasvir hosil qilinadi.
Videotasvirdagi har bir kadrning maksimal o'lchami 640X480, 800X600, 1024X768 bo'lishi mumkin.
Ba'zi modellar DVD formatida 768X576 o'lchamli tasvirlarni suratga oladi. 2010 yilda HD (1280X720) va Full
HD (1920X1080) formatidagi ommaviy foydalanuvchiga mo'ljallangan arzon modellar (200–300 dollar)
ko'plab ishlab chiqarish boshlandi. Odatda video kameralar fotosuratlar ham oladi. Fotosuratlarning formati
5 MP (64X480 formatli modellar uchun), 12MP (800X600), 15 MP (1024X768) gacha bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: