O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#212054
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi 
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, PC) quyidagi qurilmalardan iborat, ya’ni: 
1). Asosiy qurilmalar: 
Ø  sistema bloki (3 – rasm); 
Ø  monitor (4 – rasm); 
Ø  klaviatura  va  sichqoncha  (5,6,7 – rasmlar); 
2). Qo‘shimcha qurilmalar: 
Ø printerlar
Ø skaner; 
Ø modemlar
Ø strimmer va boshqalardan tashkil topgan. 
IBM firmasiga tegishli Shaxsiy kompyuterlarlar  inglizcha IBM PC  kompyuterlari deb yuritiladi va hozirda 
ular eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Quyida qurilmalar bilan kengroq tanishamiz: 
Zamonaviy  kompyuterlarning  barchasi  fon  Neyman  tamoyillari  asosida  yaratilgan,  ya'ni  ularning 
barchasi bir xil funksional tuzilmaga ega. 
 
 
Kompyuter  konfigurasiyasi  deb  uning tarkibiga kiruvchi  qurilmalar  ro'yxatiga va  bu  qurilmalarning 
asosiy parametrlariga aytiladi. 
Zamonaviy kompyuterlar quyidagi asosiy bloklardan tashkil topadi. 
1. Prosessor (tizim) bloki; 
2. Monitor; 
3. Klaviatura va sichqoncha. 


 
18 
 
Prosessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi. 
1. Korpus va elektr ta'minoti bloki; 
2. Asosiy plata
3. Mikroprosessor va uni sovutuvchi kuler
4. Tezkor xotira
5. Vinchester turidagi tashqi xotira. 
Ulardan tashqari, prosessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o'qiydigan va ularga ma'lumot 
yozadigan qurilmalar, videoprosessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, 
oddiy  yoki  sun'iy  yo'ldosh  televideniesini  qabul  qiluvchi  qurilmalar  va  boshqa  shunga  o'xshash  jihozlar 
joylanishi mumkin. 
Kompyuterga  ulanadigan  boshqa  qurilmalar:  klaviatura,  sichqoncha,  joystik,  ovoz  kuchaytirgich, 
mikrofon,  printer,  skaner,  foto  va  video  kamera,  mobil  telefon,  flesh  xotira,  tashqi  vinchester,  mahalliy 
kompyuter tarmog'i, internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o'xshash qurilmalar prosessor blokiga uning 
old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi. 
Kompyuterga  ulanadigan,  to'g'rirog'i,  uning  tarkibiga  kiruvchi  qurilmalar  joylashishiga  ko'ra  to'rt 
toifaga bo'linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo'shimcha. Joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. 
Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompyuterning prosessor bloki ichida joylashgan 
bo'ladi. Tashqi qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfigurasiyasi tarkibiga kiruvchi va prosessor blokidan 
tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich 
kabi  qurilmalarga  aytiladi.  Qo'shimcha  qurilmalar  deb  kompyuterning  asosiy  konfigurasiyasi  tarkibiga 
kirmaydigan  va  prosessor  blokidan  tashqarida  joylashgan  qurilmalar:  proektor,  skaner,  videokamera  va 
boshqalarga aytiladi. 
Funksional  vazifasi  (ma'lumotlarni  kiritishi  va  chiqarishiga)  ko'ra  qurilmalar  uch  toifaga  ajratiladi: 
kirituvchi, chiqaruvchi, hamda kirituvchi va chiqaruvchi kirituvchi qurilmalar. Masalan, klaviatura kirituvchi, 
monitor chiqaruvchi, vinchester ham kirituvchi, ham chiqaruvchi qurilmadir 
 
 


 
19 
Kompyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko'rinishda bo'ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi 
va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o'rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 dyuym). 
Ulardan birinchisi odatda serverlar va o'ta kuchli kompyuterlar, ikkinchisi ommaviy kompyuterlar, uchinchisi 
arzon kompyuterlar uchun mo'ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past bo'lib, ular odatda ustiga 
monitor qo'yishga mo'ljallangan. 
Keyingi paytda super mini tower va monoblok  deb ataluvchi korpuslar ommaviylashib bormoqda. 
Ularning  ommaviylashuvining  asosiy  sababi  birinchidan  ular  kam  joy  egallaydi,  ikkinchidan  ularning 
boshqalardan  ajralib  turuvchi  dizayndir.  Super  mini  tower  korpuslarining  balandligi  boshqa  korpuslarning 
balandligidan 2-3 marta kam. 
Monobloklarda  esa  tizim  korpusidan  butunlay  voz  kechilgan.  Unda  barcha  qurilmalar  monitor 
korpusiga joylanadi. 
Kompyuter korpusi mustahkam bo'lishi kerak. Unga bir necha ventilyatorlar o'rnatiladi va ular kuchli 
tebranishlarga  sabab  bo'ladi.  Bu  tebranishlar  vinchester  turidagi  disklar  uchun  juda  xavfli.  Korpus  karkasi 
kuchli bo'lsa, ventilyatorlarning tebranishi korpusning tebranishiga olib kelmaydi. 
Korpusning yana bir muhim jihati uning qanday asosiy platalarga mo'ljallanganligidir. 
Korpuslarning bu jihati form faktor deb ataladi. AT deb atalgan korpuslar o'z o'rnini AT-X deb nom 
olgan korpuslarga bo'shatib berdi. 
Korpuslar ularga o'rnatilgan elektr ta'minoti blokining quvvati bilan ham farqlanadi. 
AT korpuslaridagi ta'minot bloki quvvati 100 – 300 Vatt bo'lsa, AT-X korpuslarida bu ko'rsatkich 350 
– 500 Vattga teng. Ta'minot bloklari 5 va 12 Volt kuchlanishli elektr toklarini ishlab chiqaradilar. 
 
Ilgarilari  mikroprosessorlarga  ham  5  voltli  kuchlanishli  elektr  toki  berilardi.  Mikroprosessorlarda 
tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 volt kuchlanish avval 
3 voltgacha, so'ng 1,1 voltgacha kamaydi. 
Kompyuterlarning eng birinchi dushmani elektr energiyasini ta'minlash tizimidir. Bu tizimda elektr 
toki kuchlanishi ko'pincha nominal qiymati: 220 Voltdan farq qiladi. Elektr energiyasiga talab, kunning qaysi 
vaqtiligiga  qarab  o'zgarib  turadi.  Kunduzi  elektr  energiyasiga  talab  kamayadi,  kechqurun  esa  ko'payadi. 
Kunduz kunlari kuchlanish 250 Voltgacha ko'tarilsa, kechki payt 180 voltgacha pasayib ketadi. Bu kabi elektr 
kuchlanishining  davriy  o'zgarishiga  qarshi  choralar  allaqachon  ishlab  chiqilgan  bo'lib,  har  qanday  elektron 
qurilmalarning  elektr  quvvati  ta'minoti  bloklari  o'z  stabilizatorlariga  egalar  va  ular  kuchlanishning  bunday 
o'zgarishini muvaffaqiyatli bartaraf eta oladilar. 
Lekin elektron qurilmalarga eng katta xavf ularni yoqish va o'chirish paytida paydo bo'ladi. 
E'tibor bergan bo'lsangiz, oddiy yoritish lampochkalari ham faqat ularni yoqish paytida kuyadi yoki 
yonmay  qoladi  (ular  o'chirish  paytida  kuygan  bo'ladi).  Bunga  sabab,  elektr  asboblarini  yoqish  va  o'chirish 


 
20 
paytida kuchlanish qisqa vaqt ichida 220 Voltga o'zgaradi. Bu esa, katta elektr impulslarining paydo bo'lishiga 
olib keladi va bu impulslarning quvvati elektr asboblari chidab beradigan quvvatlardan ancha katta bo'ladi. 
Shu sababli elektron qurilmalar yoqilganda ularning elektr impulslariga sezgir qismlariga elektr toki darhol 
ulanmay, sekin asta ulanadi, o'chirilganda ham shu kabi ish tutiladi. 
 
Elektr  ta'minoti  tizimidagi  katta  quvvat  talab  qiluvchi  ba'zi  qurilmalar,  masalan  ishxonadagi  lift 
motori,  xonadagi  kondisioner  yoki  muzlatgichlar  ishga  tushayotganida  katta  kuchlanishli  impulslar  paydo 
qilishi  va  bu  impulslar yaqin  o'rtadagi  kompyuter  texnikasining  qayta yuklanishiga  sabab  bo'lishi mumkin. 
Lekin eng katta xavf elektr tokining birdan o'chib qolishidir. 
Kompyuterning birdan o'chib qolishi uning fayl tizimi uchun katta xavf tug'diradi. Tashqi xotiralarga 
yozilgan  ma'lumotlardan  foydalanish  uchun  ular  kompyuterning  tezkor  xotirasiga  yuklanib  olinadi. 
Kompyuter  bir  vaqtda  o'nlab  fayllarni  kompyuter  xotirasiga  yuklab  oladi  va  ular  bilan  doimiy  ravishda 
foydalanadi. 
Boshqacha  aytganda, kompyuter  ishlayotganda o'nlab  fayllar  ulardan  ma'lumot  o'qish yoki  ularga 
yozish uchun ochiq holda bo'ladi va ular faqat kompyuter o'chirilishidan oldin yopiladi. Elektr tokining birdan 
o'chib qolishi bu fayllar ustida bajarilayotgan amallarning tugatilmay qolishiga va bu fayllarda xatoliklar paydo 
bo'lishiga olib keladi. 
Fayl  tizimida  vujudga  kelgan  muammolar  ma'lumotlarning  o'chib  ketishiga,  dasturiy  ta'minotning 
noto'g'ri  ishlashiga  yoki  butunlay  ishlamay  qolishiga  olib  keladi.  Natijada  dasturiy  ta'minot  va  ba'zan 
operasion tizimni qayta o'rnatishga to'g'ri keladi. 
Buning oldini olish va kompyuter texnikasini himoyalash uchun uzluksiz ta'minlash tizimlari (BPS  – 
bespereboynoe pitanie sistem yoki UPS Unlimited Power System)dan foydalaniladi. 
 
UTT da zahiradagi energiya manbasi vazifasini elektr toki akkumulyatorlari bajaradilar. 
Ular  12  yoki  6  Volt  kuchlanishga  mo'ljallangan  bo'lib,  kompyuter  220  V  kuchlanishli  elektr  toki 
tarmog'iga  ulanganda  to'liq  zaryadlanib  oladi.  220  V  kuchlanishli  elektr  ta'minotida  uzilishlar  vujudga 
kelganda  UTT  juda  tez  ta'minotni  elektr  toki  akkumlyatorlariga  ulaydi  va  kompyuterlar  ta'minot  tizimida 
vujudga kelgan uzilishlarni sezmaydi ham. 


 
21 
UTT larning asosiy parametrlaridan biri uning iste'molchiga bera oladigan maksimal quvvatidir. Bu 
quvvat 600 Vattdan bir necha kiloVattgacha bo'lishi mumkin. UTTning yana bir muhim parametri bu uning 
qancha  vaqtgacha  kompyuterni  elektr  toki  bilan  ta'minlay  olishidir.  Bu  parametr  kompyuterning  qancha 
quvvat  iste'mol  qilishi  va  UTTning  akkumulyatorining  sig'imiga  bog'liq.  Akkumulyatorning  sig'imi 
AmperXsoatlarda o'lchanadi. UTT dagi akkumulyatorlarning sig'imi 12 AmperXsoat va undan ko'p bo'ladi. 12 
AS sig'imli akkumulyatlor 1 Amper tok iste'mol qiladigan qurilmani 12 soat, 6 Amper tok iste'mol qiladiganini 
2 soat tok bilan ta'minlashi mumkin. 
600 Vatt iste'mol qiladigan kompyuterni 12 AS sig'imli akkumulyatorga UTT 12VX12A/600 =0,25 soat 
vaqt davomida elektr toki bilan ta'minlay oladi. Bu 15 minut vaqt ichida foydalanuvchi kompyuterdagi ishini 
tugatib, kompyuterni o'chirishga bemalol ulguradi. 
Lekin hozirgi paytda ko'plab kompyuterlar tarmoqda server (Veb server, data server, print server, 
pochta  serveri)  sifatida  ishlatiladi.  Odatda  bu  serverlar  tunu-kun  ishlaydi  va  faqat  profilaktika  maqsadida 
o'chiriladi. Bundan tashqari, ko'pgina foydalanuvchilar ishxonadagi kompyuterlarini ham ish kuni tugagach, 
o'chirmaydilar va ulardan uylaridan turib foydalanadilar.Bunday kompyuterlarni 10–15 minut elektr toki bilan 
ta'minlash muammoni to'liq hal qilmaydi. 
Chunki  chorak  soatdan  so'ng  elektr  ta'minotining  tiklanishi  ehtimoli  juda  kam.  Shu  sababli  oxirgi 
paytda  inson  aralashuvisiz  muammoni  hal  qila  oladigan  “aqlli”  UTT  (smart  UPS)  larga  bo'lgan  talab  oshib 
bormoqda  va  ko'plab  bunday  modellar  taklif  qilinmoqda.  Bunday  UTTlar  komptyuter  tarmog'iga  ulanish 
uchun  mahalliy  tarmoq  kartalari  yoki  telefon  liniyalari  orqali  internetga  ulanish  uchun  modemlarga  ega. 
Tarmoq orqali UTT lar kompyuterlarni xavfsiz tarzda o'chirishi, kutish yoki uxlash tartibiga o'tkazishi mumkin. 
Bundan tashqari, “aqlli” UTTlar bir necha soniya ichida dizel yoqilg'isida ishlaydigan elektr toki generatorlarini 
ishga tushirishi va ularni boshqarib borishi mumkin. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish