Shift+F10 tugmalar kombinatsiyasini bosib, masalalar panelining kontekst menyusini ochish mumkin;
,
tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Enter ni bosib
uni ishga tushirish mumkin.
Masalalar panelini ekran chegarasining xoxlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o’ngga
joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko’chirish uchun uni sichqonchaning tugmachasi bilan bosib
turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo’ylab to’g’ri to’rtburchakning konturi
paydo bo’lganda, sichqonchaning tugmachasini qo’yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham
mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko’chiramiz.
Windows menyulari
Windows da foydalanuvchilar 4 turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:
– AT ning asosiy menyusi;
– barcha obyektlarning kontekst menyulari;
– dastur menyulari;
– dastur va hujjat darchalarining, shuningdek, muloqot darchalarining boshqaruvchi menyusi.
menyu - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyruqlar majmuidir. menyu bandlari orasida
buyruqlardan tashqari ost menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin. Bu holda biz
ierarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish menyusi misolida
ko’rishimiz mumkin.
Menyular monitor ekranida joylashishiga ko’ra, vertikal va gorizontal menyularga bo’linadi. Dastur
darchalarining menyusi gorizontal bo’lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir.
Vertikal menyu-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menyudir. Windowsda vertikal menyuning boshqa
ko’rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga qarab ochiluvchi ko’rinishi ham ishlatilgan.
Sistemaning asosiy menyusi ana shunday menyudir. Suzib chiquvchi menyuning yana bir turi -kontekst menyu
deb atalib, u darchaning ixtiyoriy joyida sichqonning o’ng klavishini bosganda ochiladigan menyudir.
Menyular sistemasida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
– agar menyu bandi davomida ko’p nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot darchasi
ochiladi;
– agar menyu bandi davomida uchburchak (
) berilsa, shu band bajarilganda ost menyu ochiladi;
– agar menyu bandi kul rang harflarda yozilgan bo’lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol
emasligini bildiradi;
– agar menyu bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko’rsatilgan bo’lsa, u holda
menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko’rsatilgan tugmalarni bosib bajarish
mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;
– menyu bandidagi tagiga chizilgan harf qaynoq tugma (hot key) deb nomlanadi. menyu faol vaqtda
klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyruqni bajarish mumkin;
– agar menyu bandi oldida qalin nuqta (
) yoki (
) belgisi bor bo’lsa, alternativ variantlardan birortasi
tanlanganini bildiradi.
Asosiy menyu (Start menu)
74
Do'stlaringiz bilan baham: |