қарықты/ҳарыды shakllari shevalarda uchraydi. Азнади (МК.1-т.234-б.)
shaklidagi so‘z esa uchramaydi. Balki bu so‘z eski o‘zbek va hozirgi tildagi
айниди shakliga mos keladi. Devonda bu kabi misollar ko‘p. Darhaqiqat, til
taraqqiyoti jarayonida lug‘atlarda ko‘pgina so‘z shakllarining fonetik jihati ham,
leksik ma’nolari ham o‘zgarishlarga uchrab kelgan. Bunday so‘zlarning asl
shakllari va ma’nolari tarixini, umuman, etnik xususiyatini o‘rganishda fonetik
qonuniyatlar muhim o‘rin tutadi. Devonni o‘rganish bilan birga Mahmud
Koshg‘ariy bu qonuniyatni yaxshi tushunganligini anglash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |