3
KIRISH
I.
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Biologiya fani tirik organizmlar tuzilishi va funksiyalarining xilma-xilligini,
ularning rivojlannshini va yashash muxiti bilan o‘zaro munosabatini o‘rganadi. Biologiya
fani o‘rganadigan obyekt va protsesslar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning
barchasini o‘ziga xos bo‘lgan bitta umumiy xususiyat - hayot birlashtiradi. Ana shu bilan
ular jonsiz tabiat jismlaridan - tog‘ jinslari, minerallar va shunga o‘xshashlardan tubdan
fark kiladi.
Ushbu fan respublikada qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish,
agrotexnologiya, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish,
boshlang‘ich manba, dala ekinlari genofondi va uni qo‘llash, seleksiya uchun
boshlang‘ich manba yaratish (duragaylash, sun’iy mutagenez, poliploidlarni sun’iy
yaratish va hokazo), tanlash usullari va xillari hamda ularni amalga oshirish tartibini
hamda belgi va xususiyatlarning naslga o‘tish mexanizmini o‘rganishda talabalar
biologiya qonunlarnini bilishi muhim ahamiyatga ega.
“Biologiya” fani o‘quv rejasida 1 blokka ya’ni gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar
blokiga kiritilgan bo‘lib, 2-kursning 1-semestrida o‘qitiladi. “Biologiya” fani tabiiy fanlar
turkumiga kirib, u barcha agronomiya yo‘nalishlari, agrokimyo va agrotuproqshunoslik,
o‘simliklarni himoya qilish, qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, o‘rmonchilik,
ipakchilik va tutchilik, mevachilik va uzumchilik dorivor o‘simliklarni yetishtirish qayta
ishlash texnologiyasi, manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklar va
qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik,
issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish, agrobiotexnologiya, qishloq xo‘jaligida
ekologik xavfsizlik kabi bakalavriyat talim yo‘nalishida o‘qitiladi. Mazkur fan ushbu
yo‘nalishlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi va ularni o‘rganish uchun zamin
bo‘lib xizmat qiladi.
Biologiya fani qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishiga oid qismlarni qamrab oladi.
Irsiyat tufayli organizmlarning belgi va xususiyatlari nasldan naslga o‘zgarmagan holda
o‘tadi. Bu xususiyat organizmlarning tur va avlodlarini saqlab qolishini ta’minlaydi.
Jinsiy ko‘payishda erkak va urg‘ochi jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishi,ya’ni
urug‘lanish natijasida yangi avlod vujudga keladi. Bunda irsiyatning moddiy negizi jinsiy
hujayralarda joylashgan.Jinssiz ko‘payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali
tuzilmalardan rivojlanadi. Bunda ham hujayralar avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanishning
moddiy negizi bo‘lib xizmat qiladi.
Irsiyatningmoddiy negizi bo‘lib hujayra yadrosidagi xromosomalar muhim rol
o‘ynaydi. Ular o‘zining aniq nusxasini vujudga keltirish xususiyatiga eta bo‘lib, hujayra
bo‘linganida xromosomalarning bu nusxalari teng ikkiga bo‘linib, qiz hujayralarga o‘tadi.
Biologik qonunlarni bilish jonli tabiatni boshqarish, uni inson baxt-saodati yo‘lida
o‘zgartirish uchun keng istiqbollar ochib beradi. Tabiiy boyliklardan - o‘rmonlar,
o‘tloqlar va daryolardan foydalanishda organizmlar bilan atrof muhit o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni belgilaydigan biologik qonunlarni bilishga asoslanish kerak. Biologiya
yangi madaniy biogeotsenozlar yaratish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.Biologiya qonunlarini
bilmasdan turib, o‘simliklar va hayvonlarni iqlimlashtirish, dengiz va chuchuk suvlarning
baliq boyligini ko‘paytirish) mumkin emas.
4
Shu bois «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash vadastlabki ishlash
texnologiyasi» yo‘nalishidagi talabalar “Biologiya” fanini chuqur o‘rganishlari talab
etilyapdi.
Buning uchun talabalar 36 soat hajmida ma’ruzalar tinglaydilar va 36 soatlik
laboratoriya mashg‘ulotlarini bajaradilar, 56 soat miqdorida mustaqil ta’lim oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: