О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


– rasm. Ko’ndalang masshtab chizg’ichi



Download 1,16 Mb.
bet4/13
Sana13.08.2021
Hajmi1,16 Mb.
#146541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Амалий ишлар тўплами

2 – rasm. Ko’ndalang masshtab chizg’ichi.

Topografik karta.

Kartalarning masshtabi 1:1000000 dan mayda - sharxli va 1:1000000 dan yirik - topografik turlarga bo‘linadi.



Masshtablari 1:1000000, 1:500000 , 1:300000, 1:200000 bo‘lgan kartalar sharxli – topografik kartalar deyilib, yirik masshtabli kartalar bo‘yicha tuziladi.

Topografik kartalar boshqalaridan mazmuni, to‘liqligi, joyni batafsil o‘rganish imkonini bera olishi, relef va tafsilotni tasvirlash aniqligi bilan farqlanadi. Shu sababli ular halq xo‘jaligida, injenerlik inshootlarini qidiruv, loyihalash, qurilishda, yer tuzish va yer kadastrini yuritish kabi ko‘p masalalarni yechishda, eng muhimi esa mamlakat mudofaasini tashkil etishda qo‘llaniladi.

Topografik kartalar ko‘p varag‘li bo‘ladi va mamlakat xududida foydalanish uchun qulay bo‘ladigan o‘lchamli alohida varaqlarda qismlarga bo‘linib tasvirlanadi.

Topografik kartalarni varag‘larga ajratishga grafalash deyiladi va uni amalga oshirishga asos qilib 1:1000000 masshtabli karta varag‘i qabul qilingan.Nomenklatura deb topografik kartalar ayrim varag‘larini belgilash sistemasiga aytiladi.

1:1000000 masshtabli kartani tuzish uchun Yer sirtining tasviri Grinvich meridianidan boshlab uzoqlik bo‘yicha har 60 dan 60 ta ikki burchak (ustun)larga bo‘linadi, ular arab raqamlari bilan 1800 meridiandan boshlab sharqga tomon belgilanadi (raqamlanadi).

Agar raqamlash 00dan boshlansa bunday ikki burchakliklar - zonalar deyiladi. Zonalar hisobi ustunlarnikidan 30 ga farq qiladi, masalan 34 ustun 14 zona. Yer sirti tasviri kenglik bo‘yicha har 40 dan parallellar bilan ekvatordan shimolga va janubga lotin alifbosi bosh harflari bilan belgilanadigan qatorlarga bo‘linadi (1- rasm).





1-rasm. 1:1000 000 masshtabli karta varag‘i nomenklaturasi

Nomenklaturali bo‘lingan karta va planlardan foydalanish uchun quyidagi masalalarni yechishga to‘g‘ri keladi.

1. Topografik kartalar, ularni grafalash va nomenklaturasi to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lish.

2. Geografik koordinatalari ma’lum punkt joylashgan karta varag‘ining nomenklaturasini aniqlash.

3. Ma’lum nomenklatura bo‘yicha trapetsiya romi burchaklarini geografik koordinatalarini aniqlash.

4. Berilgan karta varag‘iga yondosh (qo‘shni) karta varag‘larining nomenklaturasini topish.



Turli masshtabdagi karta va plan varag‘larining nomenklaturasi asosida xalqaro karta deb qabul qilingan 1:1 000 000 masshtabli varag‘lari yotadi.

Topografik kartalarda shartli belgilar.

Topografik kartalardan mamlakatimiz xududini geografik jixatdan o‘rganish, halq xo‘jaligining turli tarmoqlariga oid xilma-xil ilmiy va amaliy masalalarni yechish hamda davlatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish maqsadlarida foydalaniladi. topografik kartalar ayniqsa xududini o‘rganish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy tekshirish va xo‘jalik ishlarida muhim rol o‘ynaydi.

Topografik kartani tushunish uchun avvalo undagi shartli belgilarni bilib olish kerak. kartadagi shartli belgilar geografik obyektlarni ifodalaydi. demak shartli belgilar bilib olinganidan keyingina kartadagi geografik obyektlarni tasavvur qilish va ular to‘g‘risida mukammal ma’lumot olish mumkin.

kartada tasvirlanadigan geografik obyektlar bir-biriga chambarchas bog‘liq. masalan, kartada tasvirlangan relef shakllarini ko‘rib, shu xududning gidrografiyasi, relefi va gidrografiyasidan – o‘simligi va grunti haqida, aholi yashaydigan punktlar hamda yo‘llarni ko‘rib xududining qanchalik o‘zlashtirilganligi haqida tegishli tasavvurga ega bo‘lasiz. shuning uchun topografik kartani o‘rganishda shartli belgilar bilan bir qatorda, kartadagi turli geografik obyektlarning bir-biriga bog‘liqligiga ham e’tibor beriladi; natijada territoriyaning geografik xususiyatlari bilib olinadi.

Topografik kartalarning mazmuni, relefi, tafsilotlarning tasvirlanish aniqligi va mukammalligi, kartani o‘rganish va undan foydalanishning oson-qiyinligi qabul qilingan shartli belgilarning sifatiga, ixchamligiga va boshqa xususiyatlarga bog‘liq. shuning uchun ham topografik kartada territoriyani geografik jihatdan to‘g‘ri, mukammal va yaqqol tasvirlay oladigan shartli belgilar ishlab chiqish juda katta ahamiyatga ega.

Topografik kartalarga bo‘lgan talab ortishi xamda fan va texnika taraqqiy etgan sari topografik shartli belgilar ham tobora takomillashib boradi. axoli yashaydigan punktlar, relef o‘rmon va boshqalarining perspektiv shartli belgilari o‘rniga ularni aniq va mukammal tasvirlashga imkon beradigan hamda topografik kartalardan foydalanishni osonlashtiradigan xamda ixcham bo‘lgan shartli belgilar qabul qilindi. olimlarimizning olib borgan ilmiy ishlari natijasida ilmiy jihatdan asoslangan va ma’lum sistemaga solingan shartli belgilar yaratilgan. topografik kartalarda ishlatiladigan belgilar joyning aniq tavsilotini berishi va qulayligi mamlakatlar topografik kartalarida qo‘llaniladigan shartli belgilardan ustun turadi. topografik kartalarda joy tafsilotlari mahsus shartli belgilar bilan quyidagi gruxlarga bo‘lib ko‘rsatiladi: 1 relef; 2) gidrografiya; 3) o‘simlik va tuproq qoplami; 4) axoli yashaydigan punktlar, sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari va sotsial – iqtisodiy obyektlar; 5) chegaralar; 6) oriyentir bo‘la oladigan ayrim obyektlar.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish