O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/185
Sana31.07.2021
Hajmi1,96 Mb.
#133854
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   185
Bog'liq
arxeologiya asoslari (2)

 
Tayanch   so’zlar 
Bronza  davri,  bronza  –  metalining  xususiyatlari,  Katakomba  -  mozor-
qo’rg’onlari,  Yog’ochband  mozor-qo’rg’onlari,  moddiy  madaniyat  yodgorliklari, 
xo’jalik va madniy taraqqiyot darajasi 
 
Bronza davri miloddan avvalgi III-II ming yillikni o’z ichiga oladi. Bu davrda 
egey  dunyosi,  Misr,  Ikki  daryo  oralig’i,  Hindiston  va  Xitoyda  quldorlik  jamiyati 
ravnaq  topgan.  Yevropa  va  Osiyoning  ko’p  mamlakatlarida  esa  hali  ibtidoiy  jamoa 
tuzumi hukm surgan. 
Jez  miloddan  avvalgi  III  ming  yillikda  kashf  etilgan.  Uning  vatani  Ikkidaryo 
oralig’i bo’lgan. U mis bilan qalay qorishmasidan iborat bo’lib, nisbat jihatidan turli 
xilda. Bronza metal sifatida ko’p afzalliklarga ega: 
1. Bronza qurollar mis qurollardan pishiqroq va o’tkirroq. 


2. Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq. 
Mis  va  bronza  tabiatda  yombi  holida  tarqalgan.  Misni  eritish  t°  -  1084  S°, 
bronzaning  erish  t°  700-900  S°  o’rtasida.  Mis  va  qalayni  birga  qo’shib,  qoliplarga 
quyishgan. Qoliplar toshdan qumtosh yoki toshtaxtachalardan iborat bo’lgan. 
Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa ho’jaligida ro’y bergan buyuk madaniy 
xo’jalik  ixtiro  edi.  Yangi  metal  xarbiy  qurollarning  turini  ko’paytirdi,  harbiy 
qurollarning  xili  va  jangovarligi  oshdi.  Bronzadan  yasalgan  uy-ro’zg’or  buyumlari 
ham  paydo  bo’ldi.  Ammo  bronza  mehnat  qurollari  ishlab  chiqarish  uchun  nodir  va 
kamchil  metal  bo’lib  qolaveradi.  U  mehnat  qurollari  yasashda  tosh  xom  ashyosini 
uzil-kesil  siqib  chiqara  olmadi.  Chunki  dastlab  bronzadan  munchoqlar,  uzuklar, 
to’g’nag’ichlar  yasalgan.  Ular  asosan  ziynat  buyumlari  edi.  Bu  davrda  tosh  qurollar 
ham ko’plab ishlatilgan. Tosh parrakchalardan keng foydalanilgan. Ammo bronzaning 
toshga nisbatan ustunlik tomonlari, ya’ni uning juda tez turli shaklga keltirilishi, turli 
ishlarda  foydalanish  mumkinligi,  ko’p  uchraydigan  keskir  va  qattiq  tosh  qurollarni 
kamyobligi, mo’rtligi va tez sinishi kabi xususiyatga ega bo’lgan (bronza) metal siqib 
chiqara olmagan. 
Bu  davrda  bronzadan  asosan  turli  bezaklar,  uy-ro’zg’or  va  ho’jalik  buyumlari, 
xarbiy  qurol-aslahalar  va  mehnat  qurollari  yasaydigan  maxsus  temirchilik, 
chilangarlik  va  zargarlik  ustaxonalari  vujudga  keldi.  Hunarmandchilikning 
ixtisoslashuvi  bilan  mintaqalararo  ayirboshlash  kuchaydi.  Kishilik  jamiyati  tarixida 
birinchi  marta  muntazam  mol  ayirboshlash  imkoniyati  bevosita  dehqonchilik  va 
chorvachilikning  bir-biridan  ajralishi  va  hunarmandchilikning  paydo  bo’lishi  bilan 
izohlanadi. 
Bronza  davri  ho’jaliklari  ho’jalik  va  ijtimoiy  taraqqiyot  darajalari  bilan  bir-
biridan  farq  qilmasa-da,  sopol  buyumlarining  xili,  qabrlar  qurilishi  jihatidan  bir-
biridan farqlanadi. 
Yevropadagi  ibtidoiy  davr  qo’rg’onlarining  deyarli  hammasi-dan  bo’yalgan  va 
bo’yalmagan  skletlar  topilgan.  Skletlar  yerda  yonboshlab,  oyoqlari  bukilgan  holatda 
yotishadi. Bu odat keng yoyilgan. Hatto Sharq, Markaziy Osiyo hududlarida ibtidoiy 
qabilalar tug’ilguncha odam ona qornida qanday holatda bo’lsa, o’lganidan keyin yer 
bag’rida shu taxlitda yotadi deb o’ylaganlar.  Arxeologlar tomonidan murdani bo’yab, 
bukchaytirib ko’mishning 3 davri ajratib o’rganilgan: 
1. 
Qadimgi chuqur, mozor-qo’rg’onlari (eneolit davriga mansub). 
2. 
Katakomba mozor-qo’rg’onlari. 
3. 
Yog’ochband mozor qo’rg’onlari. 
Katakomba  mozor-qo’rg’onlari  go’rlari  yon  tomoniga  o’yib  qazilgan  alohida 
lahad  shaklidagi  qabrlardir.  Bu  mozor  qo’rg’on-lardan  bronza,  mis-pichoqlar, 
to’g’nag’ichlar,  bigiz,  buyumlar  topilgan.  Katakomba  mozor-qo’rg’onlarida  tosh 
qurollar  silliqlangan  tosh  boltalar  va  chukmorlar,  chaqmoqtosh,  nayza,  o’q  va 
pichoqlar,  sopol  idishlar  ko’plab  topilgan,  bu  sopol  buyumlarning  aksariyatini  tagi 
tekis va hatto boshqa shakllari ham uchraydi.    

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish