shakllarini rivojlantirgan. Bu davr ho’jaligi ishlab chiqaruvchi ho’jalik deb atalib,
unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki chorvachilik va
ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar yaratilgan. Masalan,
hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega bo’linishi; yovvoyi
o’simliklarni madaniylash-tirish va boshoqli don ekinlari ekishga o’tish va hakozo.
Neolit davrida qabilalarning ko’pchiligi o’troq hayot tarziga o’tadi, doimiy
yashash uchun manzillar qura boshlaydi. Manzil va makonlar guvaladan
qurilgan turar
joylar shaklida bo’lib, deyarli barcha xalqlarda bu xususiyat ko’zga tashlanadi.
Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga
barham beriladi. Endi doimiy erto’lalar, kulbalar yasash, loydan, zuvaladan uy qurish,
neolit davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib boradi. Shunday
qilib, doimiy o’troqlik xo’jaligi paydo bo’ladi. Jamiyatda urug’ning ahamiyati ortib, u
o’ziga xos munosabatda namoyon bo’ladi. Neolit davrida urug’ jamoalarining
qarorgohlari ham shakllanadi. O’troq hayot tarzi mehnat qurollarining
takomillashuvini tezlashtiradi. Neolit davri kishilari qayerda, qaysi sharoitda
yashamasin, ularning qurollari mezolit davri qurollariga nisbatan rivojlangan. Kishilik
tarixining neolit davri qurollarni ishlash silliqlash, pardozlash, arralash, parmalash
usullarining ixtiro etilishi, ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning oldingi davrlarga
nisbatan tezroq rivojlanishiga olib keldi. Neolit davrida tosh xom ashyosining
xususiyatlari yaxshi o’zlashtirilishi natijasida shakl va vazifa doirasi xar xil bo’lgan
yangidan yangi mehnat qurollari yaratiladi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar,
ponalar,
tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ladi.
Neolit davrida tosh boltalar keng tarqalgan. Pardozlangan tosh boltalar o’rmon
kesishda, uy qurilish ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovor qurol
ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar
orqali bajarilar edi. Neolitda parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o’qlarining
uchlari, pichoq, teshgich, parmalar, yorma toshlar, o’roq-randalar va boshqa qurollar
takomillashgan.
Neolit davri so’nggi urug’chilik jamiyatiga xos bo’lib, bu davrda erkaklarning
o’rni tobora orta boshlaydi. Chunki xo’jalikning rivojlanishi erkaklar mehnati bilan
bog’liq bo’lgan, ya’ni kengayib borayotgan xo’jalik yumushlarini bajarishga ayollar
ulgura olmay qoladi; xo’jalikning unumdor shakllari (chorvachilik va dehqonchilik)
tobora ko’proq e’tibor va ish kuchini talab qilgan. Natijada urug’ ichida, xususan
oilada o’ziga xos mehnat taqsimoti shakllanadi. Demak, barcha yumushlar – moddiy
ehtiyojni qondirish, ortib borayotgan zarurat uchun oziq-ovqat zahiralari tayyorlash
ayollardan erkaklar qo’liga o’tadi. Ijtimoiy hayotda erkaklarning roli ortib borishi
oilada erkakning hukmronligiga olib keladi. Urug’ ichida ayollarning hukmron
mavqeiga barham beriladi. Endi matriatxat (ona urug’i) o’rnini patriarxat (ota urug’i)
egallay boshlaydi.
Neolit davrida o’troq turmush tarzi, o’troq ho’jalik janubiy subtropik rayonlarda
dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho’lli mintaqalarda, azim daryo va ko’l bo’ylarida
o’troq ovchilik ho’jaligining qaror topishiga olib keldi. O’troq ho’jalik yuritishning
qaror topishi o’z navbatida chorvachilikning ham paydo bo’lishiga olib keldi.
Neolit davri turli joylarda turlicha kechgan, ya‘ni yer yuzida neolit davri har xil
vaqtda paydo bo’lgan va tugagan.
To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi
ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki,
uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham kiyimlar
to’qib kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning
neolit makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir.
Neolitda ip yigirish
kashf etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa xil ho’jalik
mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning paydo bo’lishi
baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy ehtiyojlarni
yanada kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi.
Neolit davrida turli xo’jalik shakllarining qaror topishi hududlar o’rtasidagi
o’zaro buyum almashuvining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, chorvachilik
mahsulotlarining dehqonchilik mahsulotlariga almashinuvi yoki aksincha.
Neolitda suvda suzish moslamalari dastlabki qayiqlar, shimoliy o’lkalarda esa
chenalar paydo bo’ldi. Hatto sharning yaratilishi neolit davrining yutug’idir.
Umuman, odamlar faoliyatida bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko’nikma sifatida
neolit davrida chuqur egallagan. Shuningdek, neolit davrida – jamoa bo’lib ishlab
chiqarish mehnatning umumiyligi urug’ mulkchiligi, asosiy xususiyatlardan
hisoblangan.
Neolitda maishiy munosabatlar ham o’z navbatida tartibga solina boshlanadi.
Guruhli nikoh hukmronligi mavjud bo’lsada, ammo nikoh tub mohiyati bilan o’zining
dastlabki bosqichlardagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxat urug’ jamoasining
guruhli nikoh doirasida juft oilalar vujudga keladi. Ayollar endi tug’ilgan
farzandlarining otalaridan o’z urug’lari manfaatlari uchun ishlab berishini talab
qiladigan bo’ladilar. Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko’rinishlari
shakllana boradi. Ayollar o’zlariga aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar aynan aniq
sheriklar bilan bo’ladigan bo’ldi. Ona urug’iga qatnovchi erlar o’z urug’i uchun
ishlab berishdan tashqari xotinlar urug’i uchun ham ishlab berishga majbur bo’ladi.
Maishiy munosabatlarda yangi ko’rinish – jinsiy sherikchilik shakllanadi. Urug’
ichidagi nikoh elementlari paydo bo’ladi. Juft, monogom oila sari qadamlar qo’yiladi.
Neolit davri yer kurrasining barcha mintaqalarida har xil vaqtda sodir bo’ldi.
Masalan, bir qit’a aholisi jamiyat taraqqiyotining quldorlik davriga to’g’ri kelgan
bo’lsa, ikkinchi mintaqada endigina dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklari kashf
etilib, ibtidoiy jamoalar tabiatning tayyor mahsulotlari hisobiga yashash qulligidan
ozod edilar. Boshqa bir mintaqalarda esa hali neolit jamoalari ovchilik va terimchilik
bilan shug’ullanar edilar. O’rta Osiyoda ham ibtidoiy jamoa rivojining keyingi ikki
ko’rinishi mavjud. Masalan, uning janubi-g’arbiy rayonlarida, hozirgi Turkmaniston
Respublikasining Kopetdog’ tog’i oldi hududlarida neolit davri odamlari miloddan
avvalgi VI ming yillikning oxirlari va V ming yillikkning boshlaridayoq ilk
dehqonchilik madaniyati bilan band bo’lgan bo’lsalar, markaziy va shimoliy
viloyatlarda bu vaqtda odamlar ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanar edilar.
Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi
har bir viloyatning mavjud
tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqar edi. O’rta Osiyoda neolit davri yodgorliklari
juda keng tarqalgan. Ular tekisliklardagina emas, balki O’rta Osiyo tog’lik rayonlarida
ham ko’p uchraydi. O’lkaning neolit yodgorliklarini uchta yirik – hududiy-madaniy
ho’jalik shakllariga ajratish mumkin. Fanda ular
Kaltaminor, Hisor va Joytun