Galogen jinslar. Galogen jinslar orasida osh tuzi, karnallit va silvinit keng
tarqalgan. Bu guruhdagi jinslar kimyoviy tarkibi bo‘yicha farqlanadi, ammo hosil
bo‘lish sharoitlari bo‘yicha o‘zaro juda yaqin.
Osh
tuzining
strukturasi
kris-talli,
teksturasi yaxlit yoki
qatlamli
bo‘ladi.
Asosan galitdan (99%)
tarkib
topgan.
Qo‘shimchalar sifatida
xloridli
va
sulfatli
tuzlar, temir oksidlari
va gilli materiallarga
ega.
Jinsning
rangi
turli
qo‘shimchalarga
bog‘liq
holda
oq,
moviy,
pushti
va
qizildan qoragacha. U
sho‘r mazaga ega, suvda oson eriydi.
Silvinit galit va karnallit bilan birgalikda tuzli yotqiziqlarda uchraydi va
ba’zan kaliyli tuzlarning yirik qatlamli sanoat konlarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |