Cho‘kindi jinslar
Cho‘kindi jinslar turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarda quruqlik yuzasida va suv
havzalarining tubida shakllanadi. Cho‘kindi hosil bo‘lish jarayoni litogenez deb
ataladi. N.M.Straxov (1963) bo‘yicha litogenezning 4 ta turi: gumid (nam-iliq
iqlimli), arid (quruq-issiq iqlimli), nival (nam-sovuq iqlimli) va vulkanogen-
cho‘kindi ajratiladi. Litogenez turlariga bog‘liq holda boshqa barcha teng
sharoitlarda to‘plangan jinslarning tarkibi va sementi turlicha bo‘lishi mumkin.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |