BOB. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAYYORLASH VA JO‘NATISH JARAYONI
MS Excel dasturidan foydalanib moliyaviy hisobotlarni avtomatlashtiradigan dasturni yaratish texnologiyasi.
Mamlakatimizda qabul qilinayotgan qator qonun, qaror va farmonlarda Davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va milliy axborot tizimini shakllantirish belgilangan. Iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan kompyuterning dasturiy vositalaridan mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada boshqaruvning quyi organi bo‘lgan kichik korxonaning chorakli hisobotlarini tayyorlashni avtomatlashtirishda kompyuterning MS Excel 2010 va hisobot.soliq.uz dasturiy vositasidan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.
Ma’lumki, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish deganda jarayonlarning qisman inson tomonidan boshqarilishi, asosiy qismi esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va usullari yordamida bajarilishi tushuniladi. Ishlab chiqarishda kompyuter dasturiy vositalarining tatbiq etilishi ish vaqtini tejash, aholining turmush darajasini oshishi, investitsiyalarning keng jalb etilishi, iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va rivojlanishiga olib kelmoqda.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, har bir korxonaning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, uni rivojlantirish uchun hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda kompyuterning dasturiy vositalarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va buning natijasida avtomatlashtirishga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etish algoritmi namunasini yagona soliq to‘lovchi korxona misolida keltirib o‘tamiz. Tegishli bankdan korxonaning uch oylik moliyaviy hisoblar aylanmasi olinadi.avtomatlashtirishda MS Excel 2010 dasturiga kiritib chiqiladi.
Buning uchun MS Excel dasturi to‘qqizta ustun tanlab olamiz va har bir ustunni nomlab chiqamiz. Birinchi ustunni sana, ikkinchi ustunni korxona tomonidan bajarilgan ishlarni nomalanishi, uchunchi ustunni hisob kodlar, to‘rtinchi ustunni kodlar bo‘yicha nomlari, beshinchi ustunni korxona faoliyatida amalga oshirilgan mablag‘lar, oltinchi ustunni chiqimlar, yettinchi ustunni kirimlar, keyingi ustunlarda o‘zbek so‘mini valyuta qiymatda akslanishini ko‘rsatuvchi nomlar bilan tanlab olamiz va kodlar bo‘yicha shifrlanish ustinida f(x) funksiyalar satri yordamida formulalarni kiritib chiqamiz.
=ЕСЛИ(EПУСТО(С5); “”;ВПР(С5; Accodes;2;ЛОЖЬ)
=ЕСЛИ(EПУСТО(С6); “”;ВПР(С6; Accodes;2;ЛОЖЬ)
=ЕСЛИ(EПУСТО(С7); “”;ВПР(С7; Accodes;2;ЛОЖЬ)
=ЕСЛИ(EПУСТО(С8); “”;ВПР(С8; Accodes;2;ЛОЖЬ)
=ЕСЛИ(EПУСТО(С9); “”;ВПР(С9; Accodes;2;ЛОЖЬ)
=ЕСЛИ(EПУСТО(С10);“”;ВПР(С10; Accodes;2;ЛОЖЬ) va hokazo, keragicha davom ettirish mumikin.
Hisob kodlar ustunida bank va korxona tomonidan bajariladigan hujjat aylanishdagi hisob kodlari kiritilganida ushbu formulalar yordamida kodlar bo‘yicha shifrlanishi avtomatik tarzda aks etadi.
Keyingi qadamda chiqim bo‘luvchi mablag‘lar va kirim bo‘luvchi mablag‘lar alohida-alohida aks ettiriladigan ustunlarda f(x) funksiyalar satri yordamida formulalarni kiritib chiqamiz.
= СУММЕСЛИ(G5; “<0”; G5)
= СУММЕСЛИ(G5; “>0”; G5)
= СУММЕСЛИ(G6; “<0”; G6)
= СУММЕСЛИ(G6; “>0”; G6)
= СУММЕСЛИ(G7; “<0”; G7) va h.k keragicha.
Ushbu formulalar kiritilganidan keyin, korxona va bank tomonidan bajariladigan mablag‘larning ko‘rinishi ustunida kiritiladigan mablag‘lar chiqim bo‘luvchi va kirim bo‘luvchi mablag‘lar alohida-alohida avtomatik tarzda aks ettiriladi (1-rasm)
2.1.1-rasm.MS Excel 2007 dasturiy vositasida hisob kodlari bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlar oynasi.
Dasturga kiritilayotgan moliyaviy hisoblar tarkibiga korxonaga uch oy mobaynida qancha pul mablag‘i tushgani, korxona tomonidan qancha pul mablag‘lari maqsadli to‘lovlarga (soliq, obuna, ish xaqi, va boshqalar) to‘langani va korxona extiyojlari uchun to‘langan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi malumotlar va hokazolar kiradi[2].
Keyingi sahifada, birinchi sahifaga kiritilgan ma’lumotlar hisob raqami bo‘yicha avtomatik tarzda aks etishi uchun f(x) funksiyalar satri yordamida formulalarni kiritib chiqamiz.
Kirim bo‘luvchi hisoblar bo‘yicha.
=СУММЕСЛИ(TransCodes;A6;TransUSD)+СУММЕСЛИ(TransCodes;A6;TransUSDEq);
=СУММЕСЛИ(TransCodes;A10;TransUSD)+СУММЕСЛИ(TransCodes;A10;TransUSDEq);
(2-rasm). Masalan, 5010 hisob bo‘yicha kunlik tushumlar, 5110 dan 5112 hisoblar bo‘yicha bank xizmati, 6400 dan 6700 gacha bo‘lgan hisoblar bo‘yicha maqsadli soliq to‘lovlari, 6710 dan 6712 gacha bo‘lgan hisoblar bo‘yicha esa ishchi va hodimlarning ish xaqi xisoblari aks ettiriladi.
2.1. 2-rasm. MS Excel 2007 dasturining 2-shakli. Korxona uch oylik moliyaviy hisoblar aylanmasi haqidagi ma’lumotlarining buxgalteriyaga oid kodlari bo‘yicha taqsimoti
2-rasmda keltirilgan, raqam bo‘yicha aks ettirilgan ma’lumotlar mos ravishda hisobot.soliq.uz saytida korxonaga tegishli bo‘lgan “Shaxsiy kabinet”ga kiritiladi.
Korxonaning bir chorakda amalga oshirilgan moliyaviy hisobotlari hisobot.soliq.uz saytidagi maxsus dasturlarga joylashtiriladi. Maxsus dasturlardan birinchisi-bu yagona soliq to‘lovini hisoblab beruvchi dasturdir. Bunda korxona sof tushumidan to‘lanishi lozim bo‘lgan, belgilangan 6% li qiymat ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi (3-rasm).
2.1. 3-rasm. hisobot.soliq.uz saytidagi 1- maxsus dastur. Yagona soliq to‘lovini hisoblab beruvchi dastur oynasi.
Xuddi shuningdek, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi dasturlarda mos ravishda belgilangan 7,5 %li daromad solig‘i, 25%li yagona ijtimoiy to‘lov, 6,5% li maqsadli soliq to‘lovlarini joylashtirib, jo‘natish amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirishda kompyuternig MS Excel 2010 dasturiy vositasida tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni Davlat soliq idoralariga jo‘natish uchun xar bir korxona-tashkilot o‘zining elektron raqamli imzosiga ega bo‘lishi kerak. Elektron raqamli imzo Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan ro‘yxatga olinib, korxona- tashkilotga beriladi.
2.1. 4-rasm. Hisobot.soliq.uz tizimiga kirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |