Foydalanuvchilar uchun 1 С buxgalteriya 8 dasturi menyularning bajaradigan ishi jadvali
№
|
Рустилида
|
O‘zbek tilida
|
1
|
Общие принципы
|
Umumiy prinsiplar
|
2
|
Горячие клавиши 1С
|
1S dasturidagi qaynoq klavishlar
|
3
|
Настройки пользователей
|
Foydalanuvchi sozlanmalari
|
4
|
Ввод организаций
|
Tashkilotlarni kiritish
|
5
|
Ввод подразделений организации
|
Tashkilot bo‘limlarini kiritili.
|
6
|
Ввод ответственных лиц организации
|
Tashkilotning javobgar shaxslarini kirit.
|
7
|
Ввод физических лиц
|
Jismoniy shaxslarni kiritilishi
|
8
|
Ввод сотрудников
|
Birga ishlovchilarni kiritish
|
9
|
Как ввести остатки материалов и товаров
|
Qolgan tovar va materiallarni yuritilishi
|
10
|
Ввод остатков задолженности перед работниками (задолженности по зарплате)
|
Ishchi hodimlarninig ish xaqilarini yuritilishi
|
11
|
Ввод остатков по счетам
|
Hisob raqamdaki qoldiq mablag‘ni kiritish
|
12
|
Переоценка основных средств (ОС)
|
Asosiy maxsulotni qayta baholash
|
13
|
Авансы по зарплате
|
Ish xaqidan avans
|
14
|
Перечисление зарплаты на пластиковые карточки
|
Ish xaqini plastik kartochkalarga o‘tkazilishi
|
15
|
Начисление и выплата пенсий
|
Ish xaqi va pensiyalarni kiritish
|
16
|
Платежное поручение исходящее
|
Chiquvchi to‘lov topshiriqnomalarni
|
17
|
Платежное поручение входящее
|
Kiruvchi to‘lov topshiriqnomalarni
|
18
|
Выписка банка
|
Bank vipiskalari
|
19
|
Приходный кассовый ордер
|
Kirгvchi kassa orderlari
|
20
|
Расходный кассовый ордер
|
Chiquvchi kassa orderlari
|
21
|
Учет производства
|
Ishlab chiqarish hisoblari
|
1.3.1-jadval. Foydalanuvchilar uchun 1C buxgalteriya8 dasturi menyularning bajaradigan ishi
Soliq organlarida hisobotni "yagona oyna" orqali topshirish uchun sharoit yaratilganligi vaziyatni yaxshilash borasida o‘ziga xos muhim va dadil qadam bo‘ldi. Biroq blankalarni to‘ldirish uchun hamon avvalgidek ko‘p vaqt sarflanar edi.
Davlat organlari va biznesning samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yishda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratish uchun muhim omil sanalishini hisobga olgan holda, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi qonunchilik bazasi muntazam ravishda takomillashtirib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida"gi 100-sonli qarori bu borada muhim omil bo‘ldi. Ushbu qaror moliyaviy hisobotni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish shakllarini kengaytirib berdi. Mazkur hujjatga muvofiq, soliq to‘lovchilarga soliq organlariga hisobotni uch xil ko‘rinishda topshirish huquqi berilgan bo‘lib, u hisobotni shaxsan, qog‘ozga bosib chiqarilgan shaklda va elektron shaklda olib borishi, pochta yoki Internet orqali yuborishi mumkin.
Shuni aytish kerakki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat va jamiyat hayotining barcha sohalariga faol kirib kelmoqda va hisobotlarni elektron shaklda yuritish va ularni Internet orqali yuborish tobora ommalashib bormoqda. Bundan tashqari, Prezidentimizning 2011 yil 24 avgustdagi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 4354-sonli Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga Moliya vazirligi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 2014 yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta’minlash vazifasi topshirilgan.
Bundan hamma manfaatdor. Bu hisobotni tayyorlash va topshirish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning tezlashtirilishi, demak, vaqt sarfining ham qisqartirilishi degani. Bu munosabatlarning xolisligiga xizmat qiladi, chunki bevosita aloqa istisno etiladi. Bu xatolikka yo‘l qo‘yish xatarining kamayishidir, chunki hisob-kitoblar va hujjatlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi avtomatik tarzda nazorat qilinadi. Va albatta, bu davlat soliq xizmati organlari ishi samaradorligining oshirilishi hamdir.
Amalda soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirish va qabul qilishni elektron shakliga o‘tkazish borasidagi ishlar 2006 yilda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan tegishli dastur ishlab chiqilishi bilan boshlangan.
2010 yildan boshlab yangi mahsulot – "BEM" (Buxgalterga elektron madad) taqdim etildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur dasturning asosiy vazifalaridan biri buxgalteriya hisobini Milliy standartlar asosida yuritishni ta’minlash hisoblanadi. U xo‘jalik yurituvchi subyektlarga buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan shaklda yuritish imkonini ham beradi. Dasturning yana bir muhim ustunligi shundan iboratki, uning yordamida nafaqat soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, balki hisobotning o‘zini bevosita shakllantirish va uni soliq organlariga jo‘natish mumkin.
Zamon bilan hamnafas bo‘lishni xohlovchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, barcha tatbiq etilayotgan yangiliklar buxgalteriya amaliyotida qo‘llanilmoqda va haqiqatdan ham buxgalterlar mehnatini yengillashtirish va soddalashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, ta’kidlanganidek, ushbu dasturlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish biron-bir katta moliyaviy mablag‘ni talab etmaydi va hatto kichik korxona ham ulardan bemalol foydalanishi mumkin.
Davlatimiz rahbarining hisobotni elektron shaklda topshirishga butunlay o‘tish tashabbusini, hatto hisobotlarini hozirgacha eski usulda tuzishni davom ettirayotganlar ham qo‘llab-quvvatlashdi.
Biroq, so‘rovnoma javoblari shuni ko‘rsatdiki, hisobotni elektron shaklda topshirish g‘oyasining yuz foiz amalga oshirilishi uchun soliq to‘lovchilar dunyoqarashini o‘zgartirish kerak. Chunki ular hisobotni yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda topshirishning yaqqol ko‘rinib turgan foydali tomonlariga qaramasdan, ba’zi hollarda soliq inspeksiyasiga shaxsan "qog‘oz" ko‘tarib borishni afzal ko‘rishadi va shunda muammolari kam bo‘lishiga ishonishadi.
Aytish joizki Davlat soliq qo‘mitasining elektron shakldagi hisobotni jo‘natish bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilari doimo aniqlanayotgan barcha kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etishga harakat qilishmoqda va soliq to‘lovchilarning takliflarini hisobga olgan holda dasturni takomillashtirib borishmoqda. O‘z navbatida, soliq organlari xodimlari hisobotni elektron shaklda topshirishni qo‘llaydigan soliq to‘lovchilar sonini kengaytirish maqsadida ular o‘rtasida yangiliklarning afzalliklarini tushuntirish borasida faol ish olib borishmoqda.
Ma’lumki, elektron hujjat aylanishi vositasida hisobotlarni taqdim etish uchun elektron raqamli imzo kaliti kerak. Unga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan qo‘shimcha interaktiv xizmatlardan ham foydalanishlari mumkin. Xususan, ularga tekshiruvlar reja-jadvalidan ko‘chirma olish va u orqali mazkur xo‘jalik yurituvchi subekt qachon tekshiriladi, tekshiruv qaysi darajada o‘tkaziladi; budjet bilan o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumot: qancha hisoblangan, boqimanda yoki ortiqcha to‘lov mavjudmi va mavjud bo‘lsa u qaysi miqdorda; soliq qonun hujjatlaridagi o‘zgartirishlar haqida ma’lumot, shuningdek, foydalanuvchilarni qiziqtirgan savollarga javob olish mumkin. O‘z o‘rnida shuni eslatib o‘tmoqchimizki, Davlat soliq qo‘mitasidan savollarga olingan javob rasmiy hujjat maqomiga ega bo‘ladi.
Chunki u barcha zarur rekvizitlarga ega
SO‘ROV MAVZUSI: hisobotni elektron shaklda topshirishga o‘tish
Buxgalterlar soliq va moliyaviy hisobotni elektron shaklda topshirish to‘g‘risida qanday fikrda? Biz Toshkent shahridagi yuz nafardan ziyod buxgalter o‘rtasida shu mavzuda so‘rov o‘tkazdik. O‘tkazilgan ushbu so‘rov natijalarini e’tiboringizga havola etamiz.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni hisobotlarni elektron shaklda topshirishga o‘tkazish borasidagi fikringiz:
87 foizi – bu hisobot topshirishni ancha osonlashtiradi hamda vaqtni tejaydi;
13 foizi – hammasi to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun hisobotlarni shaxsan soliq inspeksiyasiga topshirishni afzal ko‘raman.
Sizga elektron shakldagi hisobotni jo‘natish uchun nima to‘sqinlik qiladi?
4 foizi – nimadan boshlashni bilmayman, maxsus o‘quv kurslarida o‘qish kerak;
7 foizi – o‘z vaqtida jo‘natishga ishonch yo‘q;
38 foizi – hozirgi vaqtda biz uchun hisobotni qog‘ozda topshirish qulay;
7 foizi – hali ERIni olganimiz yo‘q;
31 foizi – ayni vaqtda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirdik va hisobotlarni elektron shaklda jo‘natmoqdamiz;;
3 foizi – Internet yaxshi ishlamaydi, jo‘natish uchun ko‘p vaqt ketadi;
10 foizi–boshqasabablar.
I.Siz jismoniy shaxs sifatida soliq deklaratsiyasini elektron shaklda jo‘natishga urinib ko‘rganmisiz?
3 foizi – urinib ko‘rganman, muvaffaqiyatli amalga oshgan;
76 foizi – bu mumkinligini eshitganman, lekin urinib ko‘rmaganman;
17 foizi – bu mumkinligini umuman eshitmaganman;
3 foizi – qo‘shimcha daromadim yo‘q, shu boisdan bunga qiziqmaganman;
1 foizi–yaqin kunlardatopshiraman.
Korxonangizning texnik vositalari hisobotni elektron shaklda topshirish imkonini beradimi?
80 foizi – ha, bizda kompyuter bor va u Internetga ulangan;
19 foizi – bizda kompyuter bor, lekin Internetga ulanish imkoniyati mavjud emas;
1 foizi – kompyuter yo‘q, chunki bizda uni sotib olish imkoniyati mavjud emas.
Elektron hisobotga o‘tish qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liqmi?
1foizi – ha;
34 foizi – yo‘q;
51 foizi – xarajat unchalik katta bo‘lmaydi;
14 foizi – bu qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarga olib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |