O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Qarshi Davlat universiteti Zoologiya kafedrasi


II-BOB. BUTGULDOSHLAR OILASIGA ZARAR KY



Download 1,3 Mb.
bet2/4
Sana25.06.2017
Hajmi1,3 Mb.
#15818
1   2   3   4

II-BOB. BUTGULDOSHLAR OILASIGA ZARAR KYELTIRUVCHI ZARARKUNANDALAR BIOEKOLOGIYASI VA ZARARI.
2.1.Karam shirasi, karam oq kapalagi, sholg’om oq kapalagi, karam kuyasining bioekologiyasi va zarari.
Karam shirasi – Teng qanotlilar turkumining shiralar Aphididae oilasiga mansub. O’zbekistonning karam yetishtiriladigan barcha yerlarida, shuningdek chet mamlakatlarda ham keng tarqalgan.

Kasbi tumani sharoitida karam shirasining bioekologik xususiyatlarini o’rganish maqsadida 2012-2013 yillari kuzatuvlar olib bordik. Kuzatuvlarni karam o’simligi ekilgan maydonlardan boshladik. Karam shirasi tur tarkibi G.Vanek ma‘lumoti bo’yicha o’rganildi. Unga ko’ra, voyaga yetgan qanotsiz zotning kattaligi 2-2,1 mm keladi. Rangi och yashil tusda, ustki oqish-kulrang mumsimon kukun bilan qoplangan. Tanasi oval shaklda, orqa tomon bir oz kengayib boradi. Qornining ust tomonida bir juft shira chiqaruvchi naychalari bilinib turadi.qanotli urg’ochi shiraning boshi va ko’kragi jigarrang, qorni esa och yashil bo’lib, ko’ndalangiga o’tgan jigarrang, chiziqlari mavjud lichinkasi yetuk zotdan faqat kichikligi bilan farq qiladi. Tuxumi yaltiroq qora, kattaligi 0,5 mm shakli cho’ziq.

Karam shirasi Kasbi tumani iqlim sharoitida tuxum va yetuk urg’ochi zot hamda qisman lichinka shaklida karam va boshqa butguldosh o’simliklarning o’zagi va pastki barglarida qishlaydi. Sovuq qattiq bo’ladigan tumanlarda bu hasharot faqat tuxum shaklida qishlaydi. Mart-aprelning boshlarida tuxumdan chiqqan lichinkalar oziqlanib, yetuk urg’ochi zotga aylanadi. Ular tirik tug’ib partenogenetik ravishda ko’payaveradi. Har bir urg’ochi zot jami 30-40 ta lichinka tug’adi. Ikkinchi bo’g’inidan boshlab karam shirasi koloniyalarida qanotli urg’ochi zotlar paydo bo’lib, naslni boshqa ozuqalarga tarqatish uchun xizmat qiladi.

1-rasm. Кaram shirasining umumiy ko’rinishi.


2-rasm.
Karam shirasidan zararlagan karam bargi



2-rasm. Karam o’simligini karam shirasidan zararlanishi.
Lekin qanotli urg’ochi zotlarning naslligi qanotiga nisbatan taxminan ikki baravar kam bo’ladi. Karam shirasi koloniyalar hosil qilib asosan bargning ost tomonidan joylashadi. Lekin populyatsiya zichlanib ketganidan keyin bu shirani barg ustida ham ko’plab urchitish mumkin. Yoz mobaynida 25 tagacha bo’g’in berib rivojlanadi. Kuzga kelib shira populyatsiyasida erkak va urg’ochi zotlar paydo bo’ladi. Bular urchib qishlash uchun mo’ljallangan tuxumni qo’yishga kiradi. Har bir zot 3-4 ta tuxum qo’yadi. Bu turning oraliq o’simliklari yo’q. U faqat butguldosh o’simliklarda oziqlanadi. Karam shirasini ko’plab tabiiy kushandalar qirib, sonini kamaytirib turadi.

Karam shirasi asosan karamga, kamroq sholg’om, rediska va turpga zarar yetkazadi. Shuningdek, bu hasharot yovvoyi butguldosh o’simliklarda ham rivojlanadi. Zararlangan karam butunlay hosil o’ramasligi mumkin, barglari mayda bo’lib qoladi va ust tomonidan qavarib chiqadi, rangi sarg’ayadi. Karam shirasi O’rta Osiyo sharoitida ko’proq kechki karamni shikastlaydi. Urug’lik uchun ekilgan karamning hosili keskin kamayadi.




3-rasm. Karam shirasi

5-rasm. Zararlangan karam.


Karam kuyasi (Plutella macullipenniscurt)

Bu zararkunanda hasharotlar sinfi Tangacha qanotlilar turkumi tuban darajadagi tungi kapalaklar oilasiga kiradi. Karam kuyasining rivojlanish jarayonlarini tarqalishi va karam o’simligiga keltiradigan zararini o’rganish maqsadida kuzatuvlar olib borilganda, zararkunanda pilla ichida g’umbakka aylangan holida karam o’simligi yetishtirib olingan maydonlar atrofidagi begona o’tlar orasida va krestguldoshlarga oid o’simlik qoldiqlari ostida qishlovga ketishi aniqlandi.

Biz kuzatuv olib borgan maydonlarda g’umbakdan kapalaklarning uchishi aprel oyining birinchi o’n kunligiga to’g’ri keldi. Qishlovdan yangi chiqqan kapalaklar havo salqin paytda va tunda faol harakat qilib, yaxshi oziqlanib urug’langandan so’ng, krestguldoshlar bargining orqa tomoniga, barg bandiga va yangi ekilgan urug’lik karamning g’unchasiga 250-300 tagacha tuxum qo’yishi aniqlandi.

Aprel oyining ikkinchi o’n kunligi oxirlarida tuxumdan qurtlar chiqa boshladi, yangi chiqqan qurtlar karam o’simligi bilan oziqlanib, yangi ekilgan o’simliklarga jiddiy zarar keltirashi kuzatildi. Karam kuyasining qurtlari barg plastinkasiga yo’l soladi. Keyin bargning old tomoni etiga tegmay kavak hosil qilib kemiradi. Kuzatuv olib borgan maydonlarda karam o’simligi kichik barglarini va karamning uchidagi kurtagini zararlash aniqlandi.

Qurtlarning rivojlanishi 6-17 kun oralig’ida bo’lib, ular asosan, bargning orqa tomonida o’rgimchak pillasida g’umbakka aylandi. G’umbakning rivojlanishi 12-15 kun oralig’ida bo’lib, undan kapalaklar ucha boshladi. Biz kuzatuv olib borgan sharoitda karam kuyasi to’liq 8 ta bo’g’in berib rivojlanishi aniqlandi.

Karam kuyasining entomofaglarini aniqlash maqsadida izlanishlarimizni davom ettirgan holda, kuyaning tabiiy kushandalari sifatida 67 turdagi parazitlar, 41 tur yirtqich va 3 kasallik qo’zg’atuvchilar qayd qilingan (Adashkevich, 1983).



6-rasm


7-rasm. Zararkunanda lichinkalari

Bu turlar orasida Diadegma angitia (Humenortera turkumi Uchneumonidae) tur dominant hisoblandi. Aprel oyining birinchi o’n kunligida kuyalarning paydo bo’lishi bilan diadegma ham qishlov joylaridan ucha boshladi. Diadegma yaydoqchi uchib chiqishi bilanoq, erkak va urochilari jinsiy chatishadilar va kuyalarning ikkinchi uchinchi yoshdagi qurtlariga tuxum qo’yishi kuzatildi.

Mavsum davomida bitta urochi yaydoqchi 45-50 dona atrofida tuxum qo’yishi ma’lum bo’ldi. Xo’jayin qurtlari katta yoshga etgan sari, yaydoqchi lichinkalari uning ichida o’z rivojlanishini tugata boshladi. Odatda bitta qurt ichida parazitning bitta lichinkasi rivojlanadi. Biz kuzatuv olib borgan maydonlarda yaydoqchi bin naslining to’liq rivojlanishi uchun o’rtacha 18-20 kun kerak bo’ldi. Voyaga etgan parazit qora rangli, tanasi siyrak oqish tuklar bilan qoplangan

Yaydoqchi tanasining uzunligi 5-6 mm bo’lib, bu parazit g’umbak fazasida xo’jayin pillachasi ichida turli madaniy biotoplarda va begona o’tlarda qishlab chiqishi aniqlandi. Kuzatuvlarimiz natijalaridan ma‘lum bo’ldiki, karam o’simligi ekilgan maydonlarda paydo bo’lgan karam kuyasi zararkunandasining bio-ekologik xususiyatlari to’liq o’rgangan maydonlarga Uchneumonidae oilasi vakili bo’lgan daidegma yaydoqchi paraziti o’z vaqtida qo’llanilsa, bir mavsum davomida karam kuyasi qurtlarini 50-55 foizgacha zararlab yuqori samara berishi aniqlandi.

Karam bargxo’ri qattiq qanotlilar turkumi, bargxo’rlar oilasiga kiradigan hashoratdir. Voyaga yetgan qo’ng’izning rangi to’q yashil, yaltiroq bo’lib, uzunligi 4 mm atrofida. Lichinkasi sariq, ustida qora bo’rtmalari 5 qator bo’lib, uzunasiga joylashgan.

Qishlovdan chiqqan qo’ng’izlar oldin shu atrofdagi krestguldoshlar oilasiga oid begona o’tlar bilan oziqlanib, keyin asta-sekin karam ekilgan maydonlarga o’tadi. Karam o’simligiga o’tgan qo’ng’izlar yaxshi oziqlanib, bargning ostki tomonidagi ekinning kemirilgan joylariga 350-400 tagacha tuxum qo’ya boshlaydi.

Tuxumdan lichinkalarning chiqishi may oyining ikkinchi o’n kunligiga to’g’ri keldi. Lichinkalar karam bargi bilan to’liq oziqlangach may oyining uchinchi o’n kunligi oxirida shu joyning o’zida tuproqning tagida g’umbakka ketishi kuzatildi. G’umbakdan qo’ng’izlar iyun oyining birinchi o’n kunligi oxirida chiqa boshlaydi. G’umbakdan chiqqan qo’ng’izlar o’simlik barg tomirlarini qoldirib, etini kemirib yeydi. Natijada karam o’simligi barglari qurib hosildan qoladi. Qo’ng’izlar yaxshi oziqlanib bo’lgach shu atrofdagi begona o’tlarga o’tib barglar tagiga yana tuxum qo’yishni davom ettiradi, karam qo’ng’izi karam agrotsenozlarida ikki marta to’liq nasl beradi.

Karam oq kapalagi. Kapalaklar turkumining oq kapalaklar Pieridae oilasiga mansub. Bu zararkunanda O’zbekistonda va qo’shni davlatlarda karamning asosiy zararkunandasi hisoblanadi. Karam oq kapalagi yirik hasharot – kapalaklari qanot yozganda 55-60 mm keladi. Kapalaklar umuman oq-och sariq tusga ega, qanotlarining sathi keng, old qanotlarining oldingi chetida esa bittadan qora tomchi dog’i bor. Urg’ochi kapalaklarining old qanotlarida ikkitadan qora tomchi dog’i bor. Mo’ylovi to’qmoqsimon. Tuxumlari butilkasimon, rangi sariq, kattaligi 1,25 mm ga teng bo’lib, uzunasiga joylashgan qovurg’alari bor. Yetuk qurtlarining kattaligi 40 mm ga yetadi. Rangi sarg’ish-yashil, tanasida juda ko’p so’galchalar va qora dog’lari bo’lib, ular tukchalar bilan qoplangan. G’umbagi yopiq tipda, sariq-och yashil tusda, burchakli, tanasida ko’p dog’lari va qisqa o’simtalari bor.

Bu zararkunandaning g’umbagi turli daraxtlar, devor panjaralari, qurilish moslamalarida qishlab qoladi. Mart- aprel (shimoliy tumanlarda may-iyun) oylarida uyg’onib, kapalaklar ochib chiqadi. Bu hasharot kunduzgi bo’lib, kapalaklari faqat issiq kunduz kunlari uchadi. Kechasi esa barg ostida va turli pana joylarda, qanotini tepaga juftlab, qimirlamay o’tiradi. Kapalaklar juftlashib tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxumini 15-200 tadan to’p-to’p qilib (jami o’rtacha 200-300 ta ) butguldosh o’simliklar bargining ost tomoniga qo’yadi. Yosh qurtlar avval to’p bo’lib yashab, bir joyda oziqlanadi. 4-6 yoshlarda esa tarqala boshlaydi.



9-rasm. Karam oq kapalagining lichihkasi.


10-rasm. Karam oq kapalagi.

Harakatlanish mobaynida o’zidan ingichka ipak ajratib, odatda tsunga tirmashib oziqlanishi ham mumkin. Iqlim sharoitida ko’ra qurtlar 15-30 kunda oziqlanishni tugatadi. (bu vaqt ichida ular butguldosh o’simliklar bargini yeb, faqat yo’g’on tomirlarinigina qoldirish mumkin) g’umbaklanish uchun birorta mustahkam turgan narsaga o’zini ipak bilan bog’laydi. Shimoliy mintaqalarda shu ahvolda qishlab qolib bir yilda bir bo’g’in beradi. O’zbekiston va iqlim sharoiti unga chqin boshqa joylarda karam oq kapalagi bir yilda 4 bo’g’in berishi mumkin.

Amaliyotda karam oq kapalagini juda ko’p yirtqich va parazit entomofaglar hamda kasalliklar kamaytirib turadi. Bunga zararkunandaning nisbatan ochiq hayot kechirishi sababchi bo’ladi.

Tuxumini trixogramma yaydoqchilari zararlaydi. qurtlarini turli brakonidlar, jumladan apanteles avlodiga kiruvchi yaydoqchilar, g’umbagini ixneumonidlar zararlaydi, kapalaklariga esa turli yirtqichlar, jumladan ninachilar, qushlar hujum qiladi. Kasalliklardan esa flyasheriya kasalligini qo’zg’atuvchi viruslar ahamiyatlidir. Bu kasallikka duchor bo’lgan qurtlar o’sishdan to’xtab sarg’ayadi, oziqlanmaydi, kam harakat bo’ladi va ichki a‘zolari suyulib ketadi.

Karam oq kapalagi hamma butguldosh ekin va begona o’tlarga shikast yetkazishi mumkin. O’zbekiston sharoitida bu zararkunanda o’rtagi va kechki karamni zararlaydi. Zarari ayniqsa o’simlik karam bosh o’rashidan oldin zararlansa ko’p bo’ladi – bunda mutlaqo hosil olmaslik ham mumkin. O’zbekiston sharoitida yozgi karam himoya qilinmasa, hosildorlik 60-70 % ga kamayishi mumkin.



11-rasm. Karam shirasi

SHolg’om oq kapalagi -O’zbekistonning barcha viloyatlarida uchraydi. Kapalaklari karam ok kapalagiga juda o’xshaydi, ammo undan maydaroq. Kapalagi qanot yozganda 35-40 mm keladi. Old qanoti uchida joylashgan qora dog’i ham uncha katta emas, urg’ochi kapalakning old qanotida tepa-past joylashgan ikkita koramtir tomchisimon dog’i bor, erkagida esa faqat bittadan, mo’ylovi to’qmoqsimon. Tuxumi butilkasimon, qovurg’ali, och sariq tusda. Qurti yashil tusda, usti qisqa tuklar bilan qoplangan, yelkasining o’rtasidan va ikki biqinidan 3 ta sariq chiziq o’tgan. G’umbagi yashil rangda, ustida siyrak tomchi dog’lari bor.

G’umbagi turli o’simliklar poyasi, yog’ochlar va qoziqlarda qishlab qoladi. Bahorda kapalagi karam oq kapalagiga nisbatan barvaqt uchib chiqadi. Turli gullar shirasibilan qo’shimcha oziqlangach, kapalaklar urchib tuxum qo’yishga kirishadi. Tuxumini yakka-yakka qilib, butguldosh o’simliklar bargining ost tomoniga qo’yadi.

Tuxumlardan 3-5 kun ichida qurtlar chiqadi va dastlab barglarni qirtishlab, so’ng esa teshib yeb shikastlaydi. Qurtlar ko’p bo’lgan karam va sholg’om o’simliklari bargsiz bo’lib, shaklini yo’qotadi. Qurtlar 10-20 kun rivojlangach g’umbaklanadi va 8-12 kundan keyin yangibo’g’in kapalaklari uchib chiqadi. O’rta Osiyo sharoitida bu zararkunanda yiliga 4-5, shimoliy tumanlarda esa 2-3 bo’g’in beradi. Sholg’om oq kapalagi sonini ham karam oq kapalagidek tabiiy kushandalar keskin kamaytirib turadi.

Qurti barcha butguldosh ekinlar va begona o’tlar bargini yeb shikast yetkazadi. U karam, sholg’om, raps kabi ekinlarning hosildorligini pasaytiradi. O’zbekistonning butguldosh o’simliklar o’sadigan barcha tumanlarda keng tarqalgan.

Karam kuyasi uncha yirik bo’lmagan hasharot: kapalagi qanot yozganda 14-17 mm keladi. Qanotlari tor, old qanotining orqa chetida to’lqinsimon oq chizig’i mavjud, u kapalak qanot yig’ib o’tirganda to’lqinsimon rasmni vujudga keltiradi. (56-rasm) rangi kulrang-qo’ng’ir. Orqa juft qanotlari esa to’q kulrang, uzun hoshiyali. Qurtining o’rta qismi yo’g’onlashgan, bo’yi 10-11 mm ga yetadi, rangi och yashildan qo’ng’ir-yashilgacha. G’umbagi och yashil tusda bo’lib, yupqa tiniq oq pilla ichida joylashadi. Keyingi yosh qurtlar esa bargning ost tomonida ochiq yashab, uni ust qavatigacha kemiradi. Keyinchalik shikastlangan qismining ust qavati ham qurib, barglarda teshiklar hosil bo’ladi.

Qurtlar juda harakatchan bo’ladi. Ular bezovtalansa, darhol bukilib, ipakcha yordamida bargdan qochishga harakat qiladi. Qurtlar 6-12 kun yashab barglarda g’umbakka aylanadi. 4-10 kundan keyin esa yangi bo’g’in kapalagi paydo bo’ladi.

O’rta Osiyo iqlim sharoitida karam kuyasi bir yilda 10 yaqin bo’g’in berib rivojlanadi, shuning uchun bo’g’inlar bir-biri bilan aralashib ketib, bir vaqtning o’zida zararkunandaning turli shakllarini uchratish mumkin. Shimolga qarab borgan sari kuyasining bo’g’in soni kamayib boradi va u bir martagacha qisqaradi.

Karam kuyasi butguldosh o’simliklarni zararlaydi. Karamda uning zarari ayniqsa o’simlik yosh davrida o’sish nuqtasini shikastlashida ko’rinadi, keyinchalik karam o’ralganidan keyin uning ahamiyati uncha qolmaydi, lekin mahsulot ko’rkini buzadi. O’zbekistonda karam kuyasi asosan o’rtagi va kechki karamga zarar yetkazadi.



3-BOB. BUTGULDOSHLAR OILASIGA ZARAR

KELTIRUVCHI ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASH TADBIRLARI.
3.1.Zararkunandalarga qarshi agrotexnik kurash tadbirini qo’llash
Ko’p yillardan beri o’simliklarni zararkunanda,kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish turli usullarini yagona tizimga birlashtirgan majmuali tadbirlarini qo’llash sifatida amalga oshirilib kelinmoqda. V.N. Shegolev ta‘biricha bu tizimning xarakterli xususiyati shundan iboratki, tadbirlarni alohida chegaralangan holda qo’llamay, balki ma‘lum birin-ketinlik tartibida, agrotexnik va xo’jalik tadbiriy choralariga qat‘iy amal qilgan holda o’z muddatlarida amalga oshirilishidan iborat.

Ammo o’sha davrlarda biologik himoyaning tutgan o’rni sezilarli bo’lmaganligi sababli va samarali kimyoviy vositalar vujudga kelishi tufayli ularni asossiz ravishda keng qo’llashga olib keldi. Qisqa muddat ichida kimyoviy preparatlar yordamida o’simliklar himoyasi muammosini hal qilish mumkin.

Kasbi tumani karam o’simligi ekilgan maydonlarda olib borilgan kuzatuvlarimiz natijalaridan kelib chiqib, karam shirasiga qarshi agrotexnik tadbirlarni quyidagi usullarni tavsiya qildik. O’simlik zararkunandalari, kasalliklari hamda begona o’tlarga qarshi kurash yuzasidan o’tkaziladigan agrotexnika tadbirlari asosan ogohlantiruvchi choralardir.

1. Dalalarni xavf-xatar tug’diradigan miqdorda zararli organizmlar paydo bo’lganda jo’yaklarni bostirib sug’orish ularni ko’payishini oldini oladi.

2. O’simlikning zararlanishga bardoshliligini oshiradi, va zararkunanda kasalliklar xuruj qilishiga o’simliklarning himoyalanish javobini kuchaytiradi.

3. Agrotexnika tadbirlari zararli organizmlarning ko’payish xususiyatlari to’g’risidagi bilimga asoslangan bo’lib, eng samarali fursatlarni nazarda tutadi. Agrotexnik tadbirlar turli usullardan tashkil topadi.



Almashlab ekish. Butguldosh o’simliklari ekilgan dalalar birgalikda yuksak darajada umumagronomiya samarasini berishidan tashqari, ayrim kasalliklar bilan zararlanishini keskin kamaytirishga imkon beradi.

Tuproqqa o’z vaqtida puxta ishlov berish sog’lom va chidamli o’simlik o’stirishning juda zarur shartlaridandir. Yer sho’rini yuvish, dalalarni tekislash, kuzgi shudgor qilish, qator oralarini ishlash o’simliklarni himoya qilishda ahamiyati katta bo’lgan muhim usullardan hisoblanadi.

Yer sho’rini yuvish uchun kuz-qish oylarida ko’loblatib yaxob berilganda tuproqning sho’ri yo’qoladi, nam ko’p to’planadi, zararkunanda va kasalliklarga chidamli sog’lom nihollar tekis ko’karadi. Bundan tashqari tuproqdagi hasharot va begona o’tlarning ko’p qismi qiriladi. Dalalarni tekislash natijasida nihollarning bir tekis va qiyg’os unishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Zararkunanda hamda kasallik to’planadigan joylar bo’lmaydi.

O’simliklarni o’g’itlash ularni himoya qilish jihatidan ikki hil ahamiyatga ega. O’simlki dastlabki rivojlanish fazasida o’g’it (ayniqsa azotli) solish nijasida u tez, sog’lom o’sishi bilan birga zararlanishdan bir muncha saqlanib qoladi.

Fosforli o’g’it ta‘sirida esa ho’jayra shirasining osmotik bosimi ko’tarilib hamda to’qima zichligi oshib, ayrim zararkunandaning (o’rgimchakkana, shira) rivojlanishi pasayadi. Kaliyli o’g’itlar o’simliklarni kasalliklarga nisbatan bardoshli qiladi.

Zararkunandalarni yo’qotishda sug’orish muddatlari yuqori ahamiyatga ega. Tuproqda namlikning oshishi bo’g’imoyoqlilarning ba‘zi turlarida jumladan tunlam qurtlarida turli kasalliklarni vujudga keltiradi. Tunlamlar tuproqda g’umbaklanayotgan muddatlarda sug’orilsa, ular ko’plab qiriladi.

Ildizkesar tunlamlarning qurtlari shikastlayotgan paytda sug’orilganda esa, o’zlari uchun ayni noqulay paytda yorug’likka chiqishga majbur bo’lishadi, natijada ularni qushlar cho’qib yo’qotadi, entomofaglar ham shikastlaydi.

Yuqorida bayon qilingan agrotexnik tadbirlar butguldosh ekinlar ekilgan maydonlarda sistemali ravishda qo’llanilsa yuqori samara beradi.



3.2. Karam shirasi, karam oq kapalagi, sholg’om oq kapalagi va karam kuyasining entomofaglarini aniqlash va ularni qo’llash usullari.
Karam shirasining ko’plab yirtqich entomofaglari bo’lib, ulardan keng tarkalgani xonqizlar, oltinko’z, serfit pashshalari va gallitsalar kiradi. Faqatgina xonqizining ikki nuqtali yettinuqtali, o’zgaruvchan va o’n to’rt nuqtali turlari katta axamiyatga ega. Bulardan tashkari karam shirasining ko’plab parazitlari mavjud bo’lib ular katta axamiyatga ega.

Sholg’om diaretiellasi - Diaertrilla rapae Mint. Bular Hymenoptera turkumi, Aphidiidae oilasiga taalukli bo’lib, o’simlik bitlarida g’umbak xolida qishlab chiqadi. Qishlovdan chiqqan parazitlar juftlashgandan so’ng karam bitiga tuxum qo’ya boshlaydi. Diaritella 36 turdagi o’simlik bitlariga tuxum qo’yadi. Lekin ular karam bitini va shaftoli bitini xush ko’radi. Toshkent viloyatida olib borilgan tekshirishda 650 taga mumiyolangan o’simlik biti topilgan bitta urg’ochi parazit 500 taga yakin tuxum qo’yadi.

Karam kuyasining entomofagi Nitobiya - Nitobia penestralis Holmgr. g’umbak xolatida qishlaydi. Urg’ochilari gullarning nektari bilan oziqlanadi. Tuxumlarini qurtlarning tuxumlarini oxirgi uch yoshiga qo’yadilar.

Lichinkalarning rivojlanishi qurtlarning oxirgi yoshida tugaydi. Bitta dona qurtda bitta parazitning lichinkasi rivojlanadi. Karam kuyasiga o’xshab, nitobiya 1 yilda bir necha avlod beradi. Yozning o’rtasida ustma-ust nasl beradi. Ikkilamchi parazitlarga ega emas. Qurtlarning xo’jayinini joylanishi 40-80% va ko’pni tashkil kiladi.

Boshqa parazitlar o’rtasida taxminan 90-97% ni tashkil kiladi. (N. tibiales Crav. , N. armillata Crav. , A. ruticris Hal.va boshqalar).

Karam shirasining entomofagi – karam shirasi hisobiga ko’pchilik yirtqich hasharotlar – xonqizi qo’ng’izlari, oltinko’zlar, gallitsalar, sirfidlar hayot kechirsa, afidiidlar esa parazitlik qiladi. Xonqizi qo’ng’izlaridan, ayniqsa ikki nuqtali, yettinuqtali oltinko’zlardan – oddiy va yirtqich gallitsalar shira sonini muntazam ravishda kamaytirib turadi. Karam shirasida parazitlik qiladigan 13-15 turlar orasida juda samarali tur sifatida sholg’om dieretiellasi, O’zbekiston sharoitida esa dukkaksimon liziflebusni qayd qilish mumkin.

Sholg’om dieretiellasi –parazitning g’umbagi xo’jayin tanasida o’simlik qoldiqlari orasida qishlaydi. Qishlovdan chiqqan parazit erkak va urg’ochilari darhol jinsiy chatishib, o’simlik bitlari tanasiga tuxum qo’yishga kirishadi. Dieretiellaning 36 turdagi o’simlik bitlarida parazitlik qilsa-da ammo uning asosiy xo’jayini karam va shaftoli bitlaridir. Karamda diereiella karam biti bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ladi.

Havo harorati 24-25 0 S bo’lganda parazit har bir avlodi rivojlanishi uchun 12 kun kerak bo’ladi. Har bir urg’ochi parazit 500 donagacha tuxum qo’yadi. Ammo dieretiella miqdorini ustama parazitlar kamaytirib tursa kerak. Chunki Toshkent viloyatida o’tkazilgan kuzatishlarda karam bitining parazit bilan zararlanishi dalalarda 13-17 % tashkil qilgan xolos. Karam kuyasining tabiiy kushandalari. MDH turli mintaqalarida karam kuyasining tabiiy kushandalari siftai 67 turdagi parazitlar, 41 tur yirtqich va 3 kasallik qo’zg’atuvchilar qayd qilingan.

Voyaga yetgan parazitlar qora rangli, tanasi siyrak oqish tuklar bilan qoplangan. Yaydoqchi tanasining uzunligi 5-6 mm, tuxum qo’ygichi qornidan 2 marta qisqaroq. Diadegma g’umbaklik fazasida xo’jayin pillachasi ichida turli madaniy biotoplarda va begona o’tlarda qishlab chiqadi. Bahorda kuyalar va barg o’rovchilar qurtlari paydo bo’lishi bilan diadegma ham qishlov joylaridan uchib chiqa boshlaydi. Yaydoqchi uchib chiqishi bilanoq, erkak va urg’ochilari jinsiy chatishadilar va xo’jayin qurtlari tanasiga, asosan ikkinchi-uchinchi jinsiy yoshlariga tuxum qo’yishga kirishadi. O’ntacha bitta urg’ochi yaydoqchi 50 dona atrofida tuxum qo’yadi.

Xo’jayin qurtlari katta yoshga yetganda yaydoqchi lichinkalari uning ichida o’z rivojlanishini tugatadi. Odatda bitta qurt ichida parazitning bitta lichinkasi rivojlanadi. Yaydoqchi bir naslining to’liq rivojlanishi uchun 20 kun kerak bo’ladi. Mavsum davomida yaydoqchi karam kuyasi qurtlarini 40-80 % va undan ham ko’proq zararlashi kuzatilgan. Karam oq kapalagining entomofaglari. Karamda zararkunanda sifatida karam va xartol oq kapalaklari singari ixtisoslashgan turlar zarar yetkazadi.

Umumlashtirilgan ma‘lumotlarga ko’ra oq kapalaklarning 50 turdan ortiq parazitlari uchraydi. Yaydoqchilar orasida, ayniqsa oq kapalak apantelesi va g’umbak pteromaluslari nihoyatda samarali parazitlar hisoblanadi.

Oq kapalak apantelesi - ayniqsa karam oq kapalagi qurtlarini xush ko’rib zararlaydi. Parazit g’umbak oldi fazasida o’z pillachasi ichida xo’jayin qurtlari paydo bo’lishidan oldin uchib chiqadi. Yaydoqchilar krestguldoshlar va soyabonguldoshlar oilalari gul nektarlari bilan qo’shimcha oziqlanishi hisobiga uning tuxumlari soni 400 dan 2000 donaga qadar yetkazadi.

Urg’ochi yaydoqchi xo’jayin qurtini qayta-qayta zararlashi tufayli bir dona qurtda 100 taga qadar parazit lichinkalari rivojlanishi mumkin. Xo’jayin qurtlari beshinchi yoshga yetganda apanteles lichinkalari rivojlanishini tugatib, qurt tanasidan tashqariga chiqadi va uning atrofida ipaksimon pillachalar ichida g’umbakka aylanadi. Pillachalarning tusi sarg’ish yoki xo’jayin rangiga o’xshab ketadi.

Bitta urg’ochi apanteles 60-70 donaga qadar qurtlari zararlashi mumkin va tabiatda yaydoqchining samaradorligi 15-20 dan 50% ga va undan ham ortadi. Apanteles ham karam oq kapalagi singari mavsumda 4-5 nasl berib rivojlanadi. G’umbak pteromalusi paraziti diapauza holidagi lichinkasi xo’jayin g’umbaklarida qishlab chiqadi.

Pteromaluslar karam oq kapalagi qurtlari g’umbakka aylanishidan bir muncha oldin uchib chiqadi. Chiqqan urg’ochilarning tuxumlari yetilgan bo’lib, uning birinchi avlodi gazanda kapalagi g’umbaklarini zararlaydi va parazit uchinchi avlodi ham shu xo’jayin g’umbaklarida rivojlanadi. Karam oq kaplagi g’umbaklarining pteromalus bilan zararlanishi 3 dan 40% ga qadar yetishi mumkin.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish