6. Qo‘shimcha topshiriq va ko‘rsatmalar: __________________________________________________________________
7. Loyihani (kurs ishini) topshirish muddati
Rahbar imzosi____________
Kirish
Geodeziya grekcha so‘z bo‘lib geo-yer, deziya-bo‘lish degan ma’noni beradi. Yer yuzasini bo‘laklarga bo‘lish uchun avval o‘lchash ishlari o‘tkaziladi, so‘ngra u kerakli bo‘laklarga bo‘linadi.Shunga ko‘ra geodeziya fani amaliy geometriya(geo-yer, metriya-o‘lchash) deb ham yuritiladi. Lekin hozirda geodeziya xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi qurilishga doir muhim va murakkab masalalarni yechish bilan shug‘ullanadi.
Geodeziya - joyda o‘lchash orqali yer shaklini va kattaligini aniqlaydigan hamda, yer yuzasini reja va kartalarda tasvirlash bilan shug‘ullanadigan fandir yoki boshqacha qilib aytilsa, yer yuzasi bo‘laklarining ko‘rinishi va kattaligini aniqlab, uni reja, karta va profillarda tasvirlash yo‘llarini va bunda ishlaydigan asboblarni o‘rganadigan fandir.
Geodezik o‘lchamlar xalq xo‘jaligida muhandislik tadbirlarini amalga oshirish uchun va mamlakat mudofaasi uchun zarurdir.
Geodeziya fani insonning yashash sharoiti talablariga ko‘ra kelib chiqkan bo‘lib, insoniyat tarixining rivojlanishi bilan o‘zgarib keldi.Hozirgi vaqtda bu fan juda kengayib,bir necha ayrim fanlarga bo‘linib ketgan: oliy geodeziya, muhandislik geodeziyasi,kartog‘rafiya fanlari, fototopografiya, aerofototopografiya fanlari shular jumlasidandir.
Geodeziyaning xalq xo‘jaligidagi turli sohalarda bino,yo‘l,kanal,aerodrom,stansiya kabi muhandislik inshootlari o‘rnini aniqlash,ularni reja, karta va profilda loyihalash, joyga ko‘chirish va kurish hamda undagi o‘zgarishlarni kuzatish ishlariga doir o‘lchash usullarini o‘rganuvchi maxsus bo‘limi yoki fani muhandislik geodeziyasi deyiladi.
Oliy geodeziya-yer shakli va kattaligini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Topografiya fani geodeziyaning reja tuzish ya’ni yer yuzasidagi kichik territoriyani qog‘ozda tasvirlash ishlariga doir masalalarni o‘rganadi.
Kartog‘rafiya-Yer yuzasidagi katta qismini qog‘ozda tasvirlash yoki karta chizish usullarini o‘rganadigan fandir.
Yer fototopografiyasi-joyni yerda turib suratga olish orqali reja va karta tuzish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Aerofototopografiya- havoda turib suratga olish orqali reja va karta tuzish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Geodeziya mamlakatimiz xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida katta amaliy ahamiyatga egadir.Geodeziya o‘lchash ishlari yo‘l, kanal,yer osti inshootlari (metro,truboprovod,kabel va boshqalar) kurishda , havo tarmoqlari (elektr simlarini) o‘tkazishda, foydali qazilmalar (kumir,neft,torf) kidirib topishda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |