O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi Davlat universiteti Kimyo biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi 018-97 guruh talabasi Shomurodova Nilufarningg Bioinformatika fanidan tayyorlagan kursi sh I reja


Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartiblari



Download 295,63 Kb.
bet5/6
Sana24.05.2023
Hajmi295,63 Kb.
#943073
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi q

2.3 Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartiblari

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirishda biologik materialni olish:


genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan, hukm qilingan shaxslardan — ichki ishlar organlarining mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda;
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan — tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda;
biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslardan — tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda;
tanib olinmagan murdalardan (tana qoldiqlaridan, qismlaridan) — tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan bevosita yoki mutaxassisni jalb etgan holda;
genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tayotgan shaxslardan — sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Bedarak yo‘qolgan shaxslarning biologik qarindoshlari bo‘lgan voyaga yetmaganlardan hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslardan biologik material olish ular qonuniy vakillarining yozma roziligiga ko‘ra va ularning hozirligida amalga oshiriladi.
Biologik materialni olishni amalga oshirishda genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan shaxsga biologik materialni olishni o‘tkazish asosi va tartibi tushuntiriladi.
Biologik material dastlab lozim bo‘lmagan darajada, genomga oid axborot olishni istisno etadigan tarzda olingan taqdirda sud-ekspertiza muassasalarining yozma so‘roviga binoan takroriy olish amalga oshiriladi.
Ilgari genom bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxs hukm qilingan taqdirda, genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish uchun biologik material olinmaydi.
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirishda olingan biologik materialdan faqat genomga oid axborot olish uchun foydalaniladi.
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirishda biologik materialni olish va undan foydalanish tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxslar tomonidan ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishini istisno qiladigan, biologik materialni olishning barcha normalari hamda qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish chog‘ida biologik material olishda ushbu biologik materialni olishni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan o‘zida biologik materialni olish amalga oshirilayotgan har bir shaxsga nisbatan biologik materialning axborot kartasi to‘ldiriladi.


Biologik materialning axborot kartasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Uning bir nusxasi biologik materialni olishni amalga oshiruvchi davlat organida qoladi, ikkinchi nusxasi genomga oid axborotni olish uchun biologik material bilan birga sud-ekspertiza muassasasiga yuboriladi.
Biologik material sud-ekspertiza muassasasi tomonidan olingan taqdirda, biologik materialning axborot kartasi bir nusxasi sud-ekspertiza muassasasida qoladi, ikkinchi nusxasi genomga oid axborot bilan birga vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Biologik materialning axborot kartasi va genomga oid axborot Genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun sud-ekspertiza muassasasi tomonidan vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan, shuningdek genom bo‘yicha majburiy ravishda davlat ro‘yxatiga olinishi lozim bo‘lgan, hukm qilingan shaxslardan biologik materialni olish chog‘ida biologik materialning axborot kartasiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud bo‘lgan taqdirda), fuqaroligi, millati, jinsi, tug‘ilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda) yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi va raqami;
biologik materialni olishni amalga oshiruvchi davlat organining nomi;
biologik materialni olishni o‘tkazish sanasi va asosi;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining shaxs hukm qilingan moddasi, bundan ishda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslar mustasno;
biologik materialni olishni amalga oshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud bo‘lgan taqdirda), lavozimi va imzosi.
Biologik materialning axborot kartasi biologik material olingan shaxs yoki uning qonuniy vakili tomonidan imzolanadi. Imzo qo‘yish rad etilgan taqdirda, bu haqda unda yozib qo‘yiladi.
Biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaxslarni genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish chog‘ida biologik materialni olishda ushbu modda beshinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarda nazarda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek jinoyat ishining raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda), jinoyatni kvalifikatsiya qilish, hodisaning sanasi va joyi to‘g‘risidagi ma’lumot biologik materialning axborot kartasiga kiritiladi.
Tanib olinmagan murdalarni (tana qoldiqlarini, qismlarini) genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish chog‘ida biologik materialni olishda ushbu modda beshinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek tanib olinmagan murda (tana qoldiqlari, qismlari) aniqlangan sana va joy, uning jinsi, alohida belgilari va o‘limi sabablari (aniqlangan taqdirda) axborot kartasiga kiritiladi. Biologik materialning axborot kartasiga protsessual harakat bayonnomasining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Bedarak yo‘qolgan shaxslarning biologik qarindoshlaridan genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish chog‘ida biologik material olishda ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotlar biologik materialning axborot kartasiga kiritiladi. Biologik materialning axborot protsessual harakat bayonnomasining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olishni amalga oshirish chog‘ida biologik materialni olishda ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotlar biologik materialning axborot kartasiga kiritiladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni «Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida xabar qilindi.


Unga ko‘ra, davlat ro‘yxatiga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqichda biologik materialni olish amalga oshiriladi;

  • ikkinchi bosqichda biologik materialdan genomga oid axborot olinadi;

  • uchinchi bosqichda genomga oid axborot Genomga oid axborotning yagona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish biologik materialni olish, undan foydalanish, uni saqlash va yo‘q qilish, shuningdek odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat organlari va muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligi genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish sohasidagi 
Download 295,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish