1.2.
Mashina
va
jihozlarning
kompleks
sxemalari
ta’mirlash
xizmati
kerak
bo’ladi.
Kapital
ta’mirda ko’pincha yangi
quduqlar
burg’ilib
bo’lingandan
so’ng,
quduqlarni
o’zlashtirishda
maxsus takomillashgan jihozlardan foydalaniladi.
23
1.3. Neft va gaz qazib olish jihozlari
I
guruh.
Quduqning stvolini shakllantiruvchi mustahkamlash tizmasining
quvurlari va uning ishonchliligini ta’minlagichlar.
1.
Tizma boshchasi, u quduq ustini mustahkamlash tizmasi bilan bir tugunga
birlashtiradi, bir vaqtda quduqqa ishlatish uchun tushiriladigan vositalarning qismi
bo’lib xizmat qiladi.
2.
Filtrlar bilan quduqning mahsuldor qatlamidagi suyuqliklar yoki gaz filtrlanadi.
3.
Qirquvchi-klapanlar qatlam filtrining ustiga o’rnatiladi, quduqda ochiq,
faloqatli favvora bo’lishining oldini oladi. U favvoralovchi quduqlarda jihozlanadi.
4.
Pakerlar quduqlarni uchastkalarga ajratishda va ularni germetiklashda
o’rnatiladi.
Quduq oldi inshootlariga quduq usti zonasida xizmat ko’rsatuvchi va
ta’mirlashga xizmat qiladigan maydonlar kiradi.
1.2.-rasm. Neft va gaz konining
funktsional sxemasi
.
5.Mustahkamlash quvurlari konstruktsiyasi va nominal o’lchamlari bilan bir-
biridan farq qiladi. Tizma boshchalari har xil konstruktsiyada hamda har xil
o’lchamlarda va parametrlarda, har xil chuqurlikdagi quduqlar uchun, har xil muhitga
va bosimlarga mo’ljallab tayyorlanadi va tashib kelinadi. Quduqlarda filtrlardan
tashqari mustahkamlash quvurlarni perforatsiya qilib tayyorlangan turli, graviyli,
metall, keramik filtrlari ko’p sonli variantlarda va har xil konstruktsiyalarda
qo’llaniladi. Yaqin yillarda yaratilgan Qirquvchi – klapanlar, pakerlar va
yakorlarning yangi har xil turlari qo’llaniladi, ular o’rnatish tartibi, o’lchamlari,
materiallari va tasniflari boyicha pakerlarga o’xshashdir. Quduq oldi inshootlari
gorizontal betonlangan yoki gruntli maydonli bo’ladi va botqoqliklarda joylashgan
territoriyalarda yoki dengiz akvatoriyalarida, quduq oldi inshootlarini joylashtirish
murakkablashadi. Bunda yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan, yirik o’lchamli metall
konstruktsiyalaridan maydon uchun asos sifatida foydalaniladi.
II
guruh.
Bu jihozlar faqat favvorali neft, gaz yoki gazkondensat quduqlarini
ishlatishga mo’ljallangan. Jihozlar ko’targichdan, favvora armaturasi va manifold
tashkil topgan bo’ladi, quduq ichidan yer ustiga mahsulotni ko’tarib beradi,
favvoralanishni boshqaradi va nazoratini ta’minlaydi hamda quduqning optimal ish
rejasini saqlab turadi.
1.
Gazlift jihozlari
ko’targichga siqilgan gazni uzatish orqali quduqlarni
ishlatishga mo’ljallangan. Bu jihozlarga qoyirish va ishchi klapanlarning gazlift
ko’targichining jamlamasi, gazlift armaturasining majmuali o’lchov asboblari bilan
manifoldi,
kommunikatsiya–quvur
uzatmalarning
murakkab
tarmog’i,
avtomatlashtirish va boshqarish vositalari bilan quduqqa gazni uzatgichlar kiradi.
Motokompressorli gaz kompressor stantsiyasi quduqga gazni uzatishda va siqib
berishda qo’llaniladi, berilgan energiya yordamida quduq ichidagi suyuqlik yer ustiga
ko’tariladi.
2.
Bekituvchi qurilmalar
–neft, gaz va suv uzatmalarini bekitishda va
germetiklashda keng qo’llaniladigan jihozlarning turiga kiradi. Bekitish qurilmalari
24
favvora armaturasida suyuqlik yoki gazni oqimini boshqarish hamda gazlift va
boshqa turdagi quduqlarni ishlatishda qo’llaniladi.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |