34.2. Neftni yig‘ish, tashish va tayyorlash tizimi
Neft va gaz konlarining yig‘ish, tashish va tayyorlash tizimlarida quyidagi
jarayonlar amalga oshiriladi:
- neft va gazni quduqlardan yig‘ish va otma tizim orqali GО‘Q ga yetkazish;
- GО‘Q da neft va gazni debitini о‘lchash;
- neftdan gazni ajratish;
- neft va gazni neft uzatmalari orqali SKS ga yoki MYP (markaziy yig‘uv punkti)
gacha tashish;
- neftni suvsizlantirish, tuzsizlantirish, barqarorlashtirish;
- gazning tarkibidagi keraksiz aralashmalarni tozalash;
286
- neft va gazni hisoblash, neft uzatma boshqarmasiga topshirish, undan keyin esa
NQIZ larga yetkazish.
Mahalliy sharoitlarga, mahalliy relyefga, neft va gazni qazib olish hajmiga va shu
kabilarga bog‘liq holda neftni yig‘ish, tashish va tayyorlash tizimini о‘zgartirish
mumkin bо‘ladi. Kon sharoitida neftni yig‘ish, tashish va tayyorlash jarayonining
universal tizimi mavjud emas.
Neftni va gazni yig‘ish va tashishda oxirgi yillarda ikki quvurli о‘zi oquvchi
germetik bо‘lmagan tizimidan foydalanilmoqda. Uning umumiy joylashuvi 16.1-rasmda
tasvirlangan.
34.1-rasm. Neftni yig‘ishda о‘zi oqar tizimining individual о‘lchov qurilmasi
sxemasi.1-о‘lchov seperatori; 2-о‘lchagich; 3-bajaruvchi mexanizmli pukkak; 4-
himoyalovchi klapan; 5-bosimni rostlagich; 6-otma tizimdan parafinni chiqish yо‘lini
bekitgich; 7-о‘zi oqar otma tizim.
34.1-rasmdagi sxemada neftdan gazni ajratish uchun har bir quduqqa ajratgich
(seperator) о‘rnatiladi. Neft ajratgichdan keyin metall sig‘imli idishga (11÷16 m
3
)
tо‘planadi, 2-3 metr balandlikdagi asosi metaldan bо‘lgan quduq ustiga yaqin masofada
о‘rnatiladi va uning yordamida neft debitini о‘lchash amalga oshiriladi. Neft
tо‘planadigan idish balandlikda joylashtirilganligi uchun uning hisobiga neft о‘z oqimi
bilan MYP ga oqib kelib tо‘planadi.
Ajratgich yordamida neftni tarkibidan ajratib olingan yо‘ldosh gazlar о‘z bosimi
ostida bosimni taqsimlagich orqali gaz uzatmasiga tо‘planadi va undan keyin esa GQIZ
lariga yoki iste’mol punktlariga beriladi.
Neft va gazni yig‘ish va tashishda о‘z oqimidan foydalanish tizimining quyidagi
kamchiliklari mavjud:
- konlarni jihozlashda metall sarfini kattaligi;
- neft va gazning yengil fraksiyalarining metall idishlarda kо‘p bо‘g‘lanib ketishi;
- о‘zi oquvchi neft uzatmalarida gaz tiqinlarining paydo bо‘lishi va buning
hisobiga neft о‘lchagichlar orqali oqib chiqib atmosfera muhitini ifloslantirishi mumkin.
Yuqoridagilarni va amaldagi boshqa kamchiliklarni hisobga olib, neft va gazni
yig‘ish, tashish va tozalashni yangi qurilmasi yaratilgan. Bu qurilma yengil
fraksiyalarning ortiqcha bо‘g‘lanib yо‘qolishiga, neftni atmosfera bilan tutashuviga yо‘l
qо‘ymaydi hamda neftni gazdan, suvdan va mexanik aralashmalardan tо‘liq tozalaydi
va metall sarfini kamaytirishni ta’minlaydi. Bu qurilma neft va gazni yig‘ish, tashish va
tayyorlash, neftni yig‘ish punktlaridagi SKS da gazni kо‘p pog‘onali ajratishning yopiq
tizimiga asoslangandir. Suyuqlik yopiq tizimda (neft, suv va gaz bilan) quduqdan chiqib
quduq ustidagi bosim ta’sirida (0,8 MPa dan 1,0 MPa gacha) otma tizim orqali GО‘Q-
287
da tо‘planadi va u yerda quduqdan keladigan neftning debiti о‘lchanadi. Neft GО‘Q dan
neft yig‘uv kollektorlariga yо‘naltiriladi.
Neft markaziy yig‘uv kollektorlari orqali markaziy yig‘uv punktida joylashgan 1-
chi pog‘onaga tozalashga yо‘naltiriladi. MYP territoriyasida NTQ joylashgan. MYP da
gazni tozalashda (uch yoki tо‘rt pog‘onada), neftni suvsizlantirish, tuzsizlantirish va
barqarorlashtirish amalga oshiriladi.
34.2-rasmda konlarda neft va gazni yig‘ish sxemasi keltirilgan. Bu sxema standart
hisoblanmaydi, ya’ni neftni tayyorlash aniq kon sharoitlariga bog‘liq holda va konni
ishlatish shartiga muvofiq ravishda о‘zgartirilishi mumkin.
34.2-rasm. Neft va gazni konlarda yig‘ish va tayyorlashni bosimli (naporli)
tizimi. 1-neft uzatmalar; 2-gaz uzatmalar; 3-oqova suv quvurining uzatmalari; 4-yig‘uv
tizimining texnologik elementlarining shartli chegaralari; 5-oxirgi ajratgich qurilmasi;
6-NTQ; 7-rezervuarlar; 8-magistral gaz uzatma; 9-gaz kompressor stansiyasi; 10-suvni
tayyorlash qurilmasi; 11-qayta ishlash zavodi.
Neft quduq (1) dan otma tizim orqali GО‘Q (2) ga yо‘naltiriladi, u yerda har bir
quduqning debitini о‘lchash amalga oshiriladi. Neftning debiti о‘lchangandan keyin
quduqlarning mahsuloti aylansa, quvur uzatma orqali GО‘Q ga va yig‘uv
kollektorlariga yо‘naltiriladi. Undan keyin neft va gaz tozalash uchun MYP (3) ga yoki
SKS (3) ga yо‘naltiriladi.
SKS – maydoni katta bо‘lgan konlarda quriladi, chunki kichik konlarda quduq
usti bosimi MYP gacha neft va gazni tashishni ta’minlay olmaydi. Eng oxirgi tozalash
qurilmasi esa MYP (5) ga о‘rnatiladi. Bu yerda neftning tarkibidan yо‘ldosh gazlar
atmofera bosimiga yaqin bosimda tozalagichlardan о‘tkaziladi.
Neft eng oxirgi tozalagichdan keyin neft tayyorlash qurilmasi (6) ga tо‘planadi va
undan keyin rezervuarlar (7) ga kirib keladi. Rezervuarlarda neft о‘lchanadi va NQOT
(neft qazib oluvchi tashkilotlar) tomonidan kerakli tartibda hujjatlashtirilgandan sо‘ng,
nasos yordamida neft uzatma boshqarmasi territoriyasidan magistral uzatmalar va NQIZ
ga haydaladi.
288
Agar neft yuqori gaz omiliga ega bо‘lsa, gaz tozalash qurilmasi (9) dan keyin
kompressor qurilmasining qabul punktiga tо‘planadi. Gaz kompressor yordamida neftni
qayta ishlash zavodi (11) ga yoki magistral gaz uzatmasiga, undan keyin esa iste’mol
punktigacha haydaladi.
Ajratib olingan suv tindirgichlar, neft tayyorlash qurilmasi va tik pо‘lat
rezervuarlardan drenaj tizimlari bо‘yicha yig‘iladi hamda suvni tayyorlash qurilmasi
(10) da tо‘planadi. Tayyorlash qurilmasida neft suv-neft pardalaridan va mexanik
aralashmalardan tozalangandan keyin oxirgi nasos stansiyasiga jо‘natiladi hamda
haydovchi quduqlarga haydaladi.
Neft quduqdan yer ustiga suv bilan birgalikda tо‘planadi. Ma’lumki, neft suvda
erimaydi. Lekin neft va suv aralashmalarining quduq tubidan to MYP gacha quduqlar
orqali harakatlanishi jarayonida о‘zaro aralashib, barqaror emulsiya hosil qiladi. Bu
emulsiyalar “suvda neft” yoki “neftda suv” emulsiyalari kо‘rinishida hosil bо‘ladi.
Kо‘p holatlarda suv emulsiyali mayda zarrachalar kо‘rinishida neft bilan
qoplangan holda bо‘ladi. Bu emulsiya barqaror bо‘lganligi uchun neftni tindirish yо‘li
bilan suvni ajratib bо‘lmaydi. Suvni neftdan ajratib olish jarayoniga suvsizlantirish
deyiladi. Suvsizlantirilganda neftni tarkibidan 1-1,5% miqdorida suv chiqadi. Neft tо‘liq
tuzsizlantirish davrida ham uning tarkibidan 0,01% gacha suv ajralib chiqadi.
Tuzsizlantirish jarayonida neftdan tuzlar tо‘liq ajratiladi. Neftni tarkibidan tuzni
chiqarib yuborish uchun chuchuk suvli qatlamdan о‘tkaziladi. Bu jarayon davrida
neftning tarkibidagi tuzlar chuchuk suv bilan reaksiyaga kirishib, birgalikda chiqib
ketadi. Kon amaliyotida neftli emulsiyalarni parchalash uchun neft 50
0
-70
0
S gacha
qizdiriladi va unga kimyoviy reagentlar sifatida deemulgatorlar qо‘shiladi.
Kon quduqlaridan MYP ga tо‘plangan xom-ashyo neft quvurlar yoki ba’zi
hollarda avtotsisternalarda (neft koni uzoq bо‘lsa) MYP da joylashgan NTQ ga olib
kelinadi va qabul qilish idishlari (rezervuarlarga) ga qо‘yib olinadi. Rezervuarlardan
neft xom-ashyosining zichligini va suv miqdorini aniqlash uchun namuna olinadi.
Undan keyin neft nasoslar yordamida xom-ashyo bosim ostida yozgi mavsumda 25-
30
0
S, qishki mavsumda esa 15-20
0
S haroratlarda isitish pechlariga haydaladi.
Neftdan suvni ajratish uchun, quvur о‘tkazgichning isitish pechlariga kirish
joyida
mahsulot
oqimiga
nasos-dozator
yordamida
deemulgator
purkaladi.
Deemulgatorlarning emulsiyani parchalash samaradorligini oshirish uchun maqbul
harorat 70-80
0
S bо‘lishi zarur. Shuning uchun pechdagi mahsulot quvur orqali
harakatlanishi davomida atrofidagi aylanuvchi issiq suv yordamida isitiladi va pech
ichida 100-110
0
S haroratda ushlab turiladi. 75-85
0
S haroratgacha isitilgan xom neft
quvur о‘tkazgich bо‘yicha texnologik rezervuarlarga yuboriladi va tindiriladi.
Tindirish jarayonida ajralib chiqqan suv idishlardan chiqarib tashlanadi va bosim
ostidagi oqova stansiyasi (BOS) ga yuboriladi, u yerda sig‘im idishlarida yig‘iladi va
keyin tozalash qurilmalariga yuboriladi.
Tovar neftning ostidagi suv chiqarib tashlangandan sо‘ng, neftning tarkibidagi
suvning miqdorini aniqlash uchun, rezervuarning quyi sathidan mahsulot namunasi
olinadi. Agar neft tarkibidagi suv miqdori GOST 9965, TSh 39.0-176 bо‘yicha meyorga
muvofiq bо‘lsa, neftni tayyorlash jarayoni tugagan hisoblanadi. Neftda ortiqcha suv
miqdori aniqlangan holatda tindirish jarayoni suv tо‘liq ajralib chiqquncha davom
ettiriladi. Ijobiy natija olingandan keyin neftni temir yо‘l sisternalarga qо‘yish va
289
iste’molchiga jо‘natish uchun neft qо‘yish estakadasiga haydaladi. Neftni
suvsizlantirish va tuzsizlantirish uchun uning 1 tonnasiga 40 grammdan 120
grammgacha deemulgatorlar qо‘shiladi. Deemulgator neft emulsiyasi bilan aralashib,
emulsiyani ikkita fazasini ham ajratib, fazani ichiga erkin holda kiradi, neft-suv
chegarasida sirt tortishish kuchlarini pasaytiradi, emulsiya neft va suvga parchalanadi.
Issiqlik hisobiga emulsiyani qovushqoqligi pasayadi, suv tomchilar bir-biri va
deemulgatorlar bilan birikadi, natijada suv neftdan ajraladi va rezervuarlarning tub
qismiga chо‘kadi.
Emulgatorli qо‘shimchalar sifatida OP-10 etilen oksidi asosida tayyorlangan
diproksomin, noionogenli SFM (sirt faol moddalar) qо‘llaniladi. Sо‘nggi yillarda NTQ
da neft emulsiyasini suvsizlantirishda K-1 markadagi yoki unga о‘xshash tavsifli
boshqa markadagi deemulgator ishlatiladi. K-1 deemulgatorining texnik tavsifi 32.2-
jadvalda keltirilgan.
32.2- jadval
K-1 deemulgatorining texnik tavsifi
№
Kо‘rsatgich nomi
О‘lchov birligi
Texnik shartlar
bо‘yicha meyor
1
Agregat holati
-
suyuq
2
Tashqi kо‘rinishi
-
och-sariq
3
Zichligi, 20
0
S da
g/sm
3
0,9-1,05
4
Oquvchanlik harorati
0
S
minus 10
5
Chaqnash harorati
0
S
45 dan yuqori
Bundan tashqari emulsiyalar elektr usulida ham parchalanadi. Elektr usulida har xil
ishorali elektr zarralari har bir tomchi suvning qarama-qarshi tomonlarida paydo
bо‘ladi. Bunday tomchilarni oralig‘ida tortishish kuchi paydo bо‘ladi, neft pardalarini
parchalaydi. Metall idishdagi neft emulsiyasini parchalash uchun elektrod kirgiziladi,
elektr tokidan foydalaniladi. Neft metall idish devorlaridan izolyatsiya qilingan bо‘lib,
unga bir necha ming voltli tok kuchlanishi uzatiladi. Metall idishning devorlari ikkinchi
elektrod hisoblanadi.
Elektrodlar oralig‘i orqali emulsiya о‘tkazilganda unga yuqori kuchlanishli tok
beriladi. Yuqori kuchlanishli tok ta’sirida emulsiya parchalanadi, neft tomchilari bir-biri
bilan birikib, yirik zarrachalarni hosil qiladi va suv esa og‘irlik massasi ta’sirida
idishning tub qismiga chо‘kadi.
Konlarda neft NKTQ (neftni kompleks tayyorlash qurilmasida) da suvsizlantirish,
tuzsizlantirish va gazsizlantirishni amalga oshirishga kompleks tayyorlash jarayoni deb
ataladi. Neftni tarkibidagi mexanik aralashmalar ajratgichlar orqali ajratiladi va ularning
og‘irliklari farqi hisobiga chо‘ktiriladi.
Neftni kon sharoitida tayyorlashda uni barqarorlashtirish amalga oshiriladi.
Neftni barqarorlashtirish deganda uning tarkibidan qoldiq yengil uglevodorodlar
(metan, etan va boshqalar) chiqarib yuborish tushiniladi.
Neftni barqarorlashtirish jarayoni issiqlik ta’sirida maxsus barqarorlashtirish
qurilmasida amalga oshiriladi. Bunda neft qizdiriladi va tozalagichga uzatiladi. Neft
50÷80
0
S gacha qizdirilib, tozalagichga uzatilganda uning tarkibidagi yengil fraksiyali
uglevodorodlar bug‘lanadi, sovutish qurilmasidan о‘tkaziladi va benzin ajratgichli
290
kompressor yordamida yig‘uvchi gaz uzatmaga beriladi. Benzin ajratgichda og‘ir
uglevodorodlarning kondensatsiyasi hisobiga neftning tarkibidagi yengil fraksiyalar
qо‘shimcha holda ajratiladi.
Neftni kompleks tayyorlash qurilmasida tarkibidan ajralib chiqqan oqova suvlar
mahsuldor qatlamlarga haydashdan oldin mexanik aralashmalardan, temir oksidi
gidratlaridan
tozalanadi.
Neftni
mexanik
aralashmalardan
tozalashda
yopiq
(germetiklangan) tizimdagi quyidagi uchta usuldan foydalaniladi:
a) tindirish;
b) filtrlash;
v) flotatsiya (foydali qazilmalarni va rudani boyitish usuli).
Tindirish usuli mexanik aralashmadagi qattiq zarrachalarni og‘irlik kuchi
(gravitatsiyali) ta’sirida ajratishga asoslangan bо‘lib, neft va suvning zarrachalari
tindirgich yoki rezervuarda chо‘ktiriladi.
Filtratsiya usulida ifloslangan qatlam suvlari gidrofobli filtrlovchi qatlam orqali
о‘tkaziladi. Bunda suv erkin holda filtrlanadi, neft tomchilari va mexanik
aralashmalarni zarrachalari filtrlovchi qatlamda ushlanib qoladi.
Flotatsiya usulida gaz pufakchalari ifloslangan suvli qatlamni pastki qismidan
yuqori qismiga о‘tib, qattiq zarrachalar va neft tomchilarining sirt yuzalariga о‘tiradi
hamda gazlarni sirt yuzasiga sо‘zib chiqishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |