Mavlono Irshod. XV asrda Hirotda yashab - faoliyat ko‘rsatgan voizlardan bid Mavlono Irshoddir. U o‘zining donishmandligi va so‘zga chechanligi bilan el nazariga tushgan. Mavlono Irshod faqat xalqqa va’z aytish bilangina cheklanib qolmasdan, rasmiy davlat ishlarida ham qatnashib. qo‘shni mamlakatlar bilan diplomatik aloqalami mustahkamlashda munosib xizmallar qilgan. Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoif ’ asarida hikoya qilinishicha, Sulton Husayn Boyqaro rasmiy davlat ishi yuzasidan muzokara olib borish uchun Sherozga vakil yubormoqchi bo‘ladi. Saroy a’yonlari o‘zaro maslahatlashib, bunday nozik va mas’uliyatli vazifani faqat Mavlono Irshod bajara oladi, degan xulosaga kelishadi.
Mavlono Irshod Sherozga borib kutilganidek, rasmiy ishlami oz fursatda ijobiy hal qilishga erishadi. Uning notiqlik mahoratiga qoyil qolgan Shoh Shujo’ Irshodga ruxsat bermay, bir majlis qurib keyin ketishni iltimos qiladi. Majlis juma kuniga belgilanadi. Juma namozidan keyin Masjidi jome’ga yig‘ilgan xalq oldida Mavlono Irshod shunday ehtirosli nutq so‘zlaydiki, odamlar uning ta’sirchan sobzlaridan junbushga kelib, ko‘z yoshlarini tiya olmay qolishadi. Buni ko‘rgan voiz notiqlik mahoratining yana bir qirrasini namoyish etib, o‘z nutqida keskin burilish yasaydiki, endi hamma birdaniga ko‘z yoshi aralash kula boshlaydi. “Latoyif ut-tavoyif’ asarida keltirilgan bu voqea Mavlono Irshodning odamlar ruhiyatini chuqur tushunadigan, nihoyatda mahoratli so‘z ustasi bo‘lganidan dalolat beradi.
Qozi O‘shiy. O‘zining purhikmat so‘zlari va jarangdor ovozi bilan xalqqa maqbul va manzur bo‘lgan voizlardan yana biri Qozi O‘shiydir. Mavlono asli farg‘onalik bo‘lib, o‘sh shahrida qozilik lavozimida ham ishlagan. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan Qozi O‘shiy jamiyatda yuzaga keladigan chigal muammolarni yechishda, odamlar qalbiga yo‘l topishda benazir zot bo’lgan. Bu haqida Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoyif’ asarida quyidagi voqea hikoya qilinadi: “Seiston viloyatining xalqi qattiqqoMligi, hatto gadoyga ham sadaqa bermasligi bilan nom chiqargan ekan. Qozi O‘shiy esa mana shu xalqning ko‘ngil qulfini so‘z kaliti vositasida ochishga erishadi. U Seistonga borib ma’lum muddat shu xalqning ichida yashaydi; ulaming ruhiyatini o‘rganadi, odamlami qiynayotgan muammolami aniqlaydi. Ana shundan keyin shahar qozisidan ruxsat olib, juma kuni masjidi jom e’da xalqqa va’z aytadi. U o‘z nutqida xalqning ayni dilidagi gaplami, ulami qiynayotgan muammolami shunday aniq va ravon bayon etadiki, xalq topgan-tutganini minbar ostiga keltirib tashlaydi. Mavlono O‘shiy nutqi uchun haq olmasligini, va’z va nasihat faqat savob uchun, odamlami to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun aytilishini tushuntirganda Seiston xalqining voizga bo‘lgan hurmat va muhabbati yanada oshadi. Mana shu voqeadan keyin bu xalqning xasis emas, aksincha, oliyjanob ekanligi, faqat o‘z davrining ba’zi muammolariga javob topa olmay qiynalayotganliklari ma’lum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |