davrigacha (ruslar, polyaklar, fransuzlar va hokazo) cho'ziladi. Hududiy, madaniy va xo'jalik birligi,
kelib chiqishi va til yaqinligi asosida turli qabilalardan tashkil topgan xalqlar dastlabki davrlarda
uncha mustahkam bo'lmagan elatlardan iborat edi.
Tovar, pul munosabatlarning rivojlanishi natijasida xo'jalik tar-qoqligiga barham berilib,
iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchaydi, millatlar paydo bo'la boshladi. Millatlar odatda o'z
iqtisodiy birligining barqarorligi, umumiy hududiy va tilining birligi, milliy xarakter va
psixologiyasining umumiy belgilari bilan farq qiladilar.
Jahondagi etnik jarayon nihoyatda murakkab bo'lib, fanda qabul qilingan an'anaviy qabila,
elat, xalq millat kabi tarixiy birliklar doirasida cheklanib qolmaydi. Hozirgi davrda bir necha elat
yoki xalqning yaqinlashishi va uyushishi natijasida paydo bo'lgan yirik etnik birliklar (sovet xalqi,
Amerika xalqi kabi), makroetnoslar bilan bir qatorda mahalliy xalq yoki millat ichida ba'zi
xususiyatlari (shevasi, moddiy va ma'naviy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan
mayda etnografik guruhlar — mikroetnoslar ham mavjuddir.
Ba'zi xalqlar diniy e'tiqod asosida o'ziga xos mikroetnoslar va makroetnoslar birligi bilan
ham farqlanadilar. Masalan, butun Janubiy Osiyo xalqlari feodalizm davrida paydo bo'lgan induizm
tevaragida turli tildagi xalqlarni biriktirgan makroetnoslar bo'lsa, Filippin xalqining bir qismi islom
dini e'tiqodi asosidagi maro nomli elatlardir. Erondagi gebrlar (zoastrizm tarafdorlari) yoki
Xitoydagi musulmon (dungan)lar mikroetnos sifatida maxsus etnografik guruhlarni tashkil
qilganlar. Makroetnoslarga sotsial-iqtisodiy formatsiyalar yoki siyosiy birlik asosida paydo bo'lgan
yirik guruhlar ham kiradi. Masalan, mustamlakachilikda ozod bo'lgan, o'tmishda an'anaviy-maishiy
jihatdan mustaqillikka intilib, ijtimoiy taraqqiyot yo'lida umumiy maqsadlarga erishgan Osiyo va
Afrika mamlakatlarining ko'pchiligi mazkur makroetnoslardan iboratdir.
Agar elat va xalqlarning tashkil topishi ijtimoiy xarakterga ega bo'lsa, irqlarning paydo
bo'lishi biologik asosga egadir. Shuning uchun ham etnoslar bilan irqlarning joylanishi bir-biriga
kamdan-kam muvofiq keladi, aslida esa irqlar qit'alarning katta hududlarida joylashib, turli va bar
xil tildagi etnoslarni o'z ichiga olishi mumkin. Masalan, Afrikada yashab bir necha tilda
so'zlashadigan xalq va elatlar negroid irqiga oid bo'lsa, Shimoliy Amerikada turli irqlardagi kishilar
bir tilda so'zlashadigan Amerika millatini tashkil qiladi.
Xullas, ko'p sonli jahon xalqlarini tartibga solib, klassifikatsiyalash ancha murakkab
masaladir. Ba'zi olimlar xalqlarni bir vaqtda ham irqiy, ham til yaqinligi asosida sistemalashtirishga
intiladilar. Ular insonlarini uch-besh irqqa bo'lib, irqlarni esa, til guruhlariga bo'ladilar. Bunday
klassifikatsiya metodologik jihatdan xatodir, chunki irqiy belgilar bilan lingvistik xususiyatlarni
aralashtirish mutlaqo mumkin emas. Bunga zid holda sovet fanida xalqlarni etnosga xos ikki belgi
— madaniyat va til bilan klassifikatsiya qilish qabul qilingan. Undan tashqari tarixiylik prinsipiga
asoslangan marksisitik etnografiya xalqlarni madaniy yaqinligiga qarab «xo'jalik-madaniy tiplar»
yoki «tarixiy-madaniy viloyatlar»ga bo'lib o'rganadi. Ba'zan etnoslarni geografik prinsiga, dinga,
tarixiy darajasiga qarab ham farqlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: