O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instetuti «tillar» fakulteti



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/40
Sana12.07.2022
Hajmi4,01 Mb.
#783465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
fayl 2583 20220225

Internet manbalari


1.
http. ff. www. gci. 2000. ru (yangi geodezik asboblar bilan ishlash) 
2.
http. ff. www. geopribori. ru
2-mavzu. TOPOGRAFIYA VA GEODEZIYA FANINING QISQACHA 
RIVOJLANISH TARIXI 
Reja
1.
Antik davrida topografiya va geodeziya fanining rivojlanish
2.
O’rta asrlar davrida topografiya va geodeziya fanining rivojlanish 
3.
Yangi davrda topografiya va geodeziya fanining rivojlanish 
Geodeziya fani ham boshqa fanlar qatori hayotiy talablar asosida vujudga 
kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan rivojlanib borgan. Inson 
qadimdan o’zi yashagan hududlarni hayot talabiga ko’ra har tomonlama bilishga 
qiziqqan va o’rgangan. Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimiy Misr, 
Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, Gretsiya, O’rta Osiyo va boshqa mamlakatlar 
xalqlari o’z ehtiyojlari uchun dehqonchilik qilish va sug’orish kanallarini qazish, 
turli bino va inshootlarni qurish, ekin maydonlarini o’zaro taqsimlash kabi 
masalalarni yechishda geodezik o’lchash ishlaridan foydalangan. 
Masalan, miloddan 4000 yil ilgari Misrdagi Nil daryosi havzasida yerni 
o’lchash ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan tutashtirish maqsadida 
kanal qurilishi miloddan VI asr avvalgi vaqtga to’g’ri keladi. U vaqtlarda 
s’yomkaning ba’zi bir usullarigina ma’lum bo’lgan. Yunonistonlik olim Eratosfen 
miloddan 230 yil ilgari Yer sharining o’lchamlarini aniqlagan va geodeziyaga oid 
maxsus kitob yozib, meridianlar va parallellar ko’rsatilgan geografik kartalar 
yaratgan. Ptolomey tomonidan kartalarni yaratishda proeksiyalash usullari joriy 
qilinib, Yevropa va Osiyo kartalarini tuzishda ulardan foydalanilgan.
Miloddan VII-VI asr ilgari hozirgi Iroq janubida yashagan xoldeylar Yerni 
shar deb faraz qilib, uning radiusi (R) uzunligini hisoblab chiqadi. Miloddan VI asr 
avval Pifagor Yerni shar shaklida deb aytganligi fanga ma’lum. IX asrda 
Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, Bag’dodda „Hikmat uyi“ nomli ilmiy 


markaz tashkil topgan. Unda O’rta Osiyolik “Surati-al-arz” (“Yer surati”) nomli 
asar muallifi Al-Xorazmiy hamda Al-Farg’oniy, Al-Marvoziy, Al-Marvarudiy kabi 
olimlar ham turli geodezik ishlarni olib borgan. Xalifa Xorun Al-Rashid o’g’li Al-
Ma’mun farmoyishiga binoan, 827 yili „Hikmat uyi“ a’zolaridan ikkita ekspeditsiya 
tuzilgan. Yer o’lchamlarida bo’lgan tafovutni bartaraf qilish uchun ularga „gradus 
o’lchash usuli“ ni ishlatib, Yer o’lchamlarini aniqlash ishi topshirilgan. Ular 
meridianning bir gradus yoy uzunligini o’lchab, ishni 56,0 mil (110,5 km) va 56,66 
mil (111,82 km) natija bilan yakunlagan va hisoblashlar uchun 111,82 km natija 
olingan. 
XVII asr boshida Galiley tomonidan ko’rish trubasi, menzulaning ixtiro 
etilishi, trigonometriya va analitik geometriya hisoblashlarining joriy etilishi tufayli, 
yer qismlarini o’lchash va tasvirlash usullari ancha takomillashtirilgan. 
XVIII asr boshlarida yer relefini aniqlash uchun vertikal s’yomka (nivelirlash) 
ishlari bajarilgan. M.V.Lomonosov 1775 yilda Geografiya departamentida kartalar-
ni yangilash, tuzish hamda takomillashtirilgan geodezik asboblarni yaratish ishlarini 
olib borgan. 
Rossiyalik geodezist-olimlar F.N.Krasovskiy, A.S.Chebotarev va boshqalar
geodezik tadqiqot va nazariy ishlarni keng ko’lamda olib borib, geodeziyaning 
rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar.
Turli mamlakat olimlari tomonidan (qadimda) aniqlangan Yerning ayrim 
o’lchamlari qiymatlari quyidagi 1-jadvalda berilgan. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy 
(973 — 1048 yy.) o’z hayotida yozgan 150 ta asaridan 40 tasini geodeziya faniga 
bag’ishlab, boy va qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Mazkur asarlar Yer shari 
o’lchamlarini ufq pasayish burchagini o’lchash orqali aniqlash, geodeziyaning 
to’g’ri va teskari masalalarini yechish yo’llarini tatbiq etib, geografik koordinatalar 
yordamida yer yuzasida ikki nuqta orasidagi masofaning uzunligini va chiziq 
yo’nalishini, turli shaharlarning geografik koordinatalarini aniqlagan, geodezik 
asboblarni ixtiro qilgan, kundalik hayotda uchraydigan amaliy geodeziyaga oid 
masalalarni yechishning nazariy va amaliy yo’llarini belgilagan, kartografik 



Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish