1.3. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish
Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
- bir vaqtning о‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar;
- o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
- oqibati og’ir baxtsiz hodisalar.
Guruhiy, o’lim bilan tugagan va oqibati og’ir baxtsiz hodisa to’g’risida ish beruvchi darhol
quyidagilarga xabar berishi kerak:
- davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
- yuqori turuvchi xо‘jalik organiga;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat
boshqarmasiga;
- baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;
- baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;
- О‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga;
- «О‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo’mitasining mahalliy organiga (agar baxtsiz hodisa ushbu
tashkilot nazorat ostidagi korxona (ob’yekt) da yuz bergan bо‘lsa);
- Viloyat (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar) kasaba uyushmalari kengashiga,
agar baxtsiz hodisa О‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga a’zo tashkilotda yuz
bergan bо‘lsa.
Guruhiy, o’lim bilan tugagan va oqibati og’ir baxtsiz hodisa-lar yuz berganida N-1 shaklidagi
dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so’ng bir sutka ichida
komissiya xulosalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Besh va undan ortiq kishi o’lgan baxtsiz hodisalar О‘zbekis-ton Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, korxona
(bo’limi, sex) dagi mehnatni muhofaza qilish aholini agar zarur bо‘lsa, tarmoqning boshqa korxonalarda
ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi hamda «Nizomda» kо‘zda
tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Komissiya a’zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil etadilar,
zarur bо‘lsa tegishli organlarga takliflar kiritadilar yoki iqtisodiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal
qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o’lganning oila
a’zolariga ularning huquqlarini tushuntiradilar.
Kasaba uyushmalarining (bosh) mehnat texnik nazoratchisi bu masala bо‘yicha о‘zining alohida
fikrini bildirishi mumkin.
Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan о‘tkazish va taklif qilishgan mutaxassislar
amalga oshirayotgan boshqa ishlar, shuningdek, transport va aloqa vositalar harajatlarini baxtsiz hodisa
yuz bergan korxona to’laydi.
Komissiya a’zolari tekshirish davomida ish beruvchidan, korxona va uning tarkibiy bo’linmalari
rahbarlari, guvohlar va boshqa shaxslardan yozma va og’zaki tushuntirishlar olishga haqlidir.
Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona ish beruvchisi (yuqori turuvchi xо‘jalik organi rahbari) maxsus
tekshirish materiallarini zudlik bilan ko’rib chiqishga, baxtsiz hodisaga kelib chiqishi sabablarini bartaraf
etish tо‘g‘risida komissiya taklif qilgan chora-tadbirlardan bajarish haqida mehnatni muhofaza qilish va
xavfsizlik texnikasi bо‘yicha lavozimi va kasbiga oid vazifalarning bajarilmas-ligiga (buzilishiga) yo’l
qo’ygan shaxsni javobgarlikka tortish haqida buyruq chiqarishga majburdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |