О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/142
Sana02.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#730837
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   142
Bog'liq
materialshunoslik va konstruksion materiallar texnalogiyasi

Metallarni prokatlash
Metallni qarama-qarshi tomonga aylanuvchi juvalar (valiklar) orasidan ezib o‟tkazish 
prokatlash
deyiladi. 
Prokatlashning bo‟ylama, ko‟ndalang va qiyshiq turlari mavjud, bularning ichda 
bo‟ylama prokatlash sanoatda keng tarqalgan bo‟lib, bunda list, polosa, doira, kvadrat, relis, 
shviller, qo‟shtavr kabi mahsulaotlar ishlab chiqariladi. Kundalang prokatlash yo‟li bilan 
doiraviy mahsulotlar (silindrik tishli g‟ildirak pokovkalari, sharlar) olinsa, qiyshiq prokatlash 
yo‟li bilan choksiz trubalar, davriy profillar olinadi.
Prokatlashda eziladigan metal bo‟ylama yo‟nalishida chuziladi, vertikal yo‟nalishida 
siqilib, ko‟ndalanliga kengayadi. Prokatlanayotgan metall bilan aylanayotgan silindrlar orasida 
paydo bo‟ladigan ishqalanish hisobiga metal bir yo‟la deformatsiyalanib, butun zagotovka 
silindrlar orasidagi zazor (tirqish) dan o‟tib bo‟lguncha siriladi (30-rasm). 


30-rasm. Buylamasiga prokatlash. 
Prokatlash usuli bilan olingan buyumning izil-kesil o‟lchamlari va shakli metallni 
siquvchi vallar orasidagi teshik profili bilan belgilanadi. Po‟lat, rangli metallar va uning 
qotishmlari prokatlanadi. 
Agar zagotovka vallarning o‟qiga perpenikulyar yo‟nalishida surilsa, 
bo’ylama 
prokatlash
deb, zagotovka val o‟qlari bo‟ylab surilsa 
ko’ndalang prokatlash
deb yuritiladi. 
Prokatlash vallari uglerodli va legirlangan po‟latlardan, shuningdek, o‟ta mustahkam 
cho‟yandan tayyorlanadi va cho‟yan vallarining sirti oqartiriladi. Prokatlash vallarining sirti 
tekis va kalibrlangan, ya‟ni belgilangn profgilli ariqchalari bo‟lgan xillari bo‟ladi (ariqcha deb 
valning yon sirtida hosil qilingan o‟yiqqa aytiladi, valning ikkita uyiqlari orasida qoldirilgan 
profilga 
kalibr
deb ataladi). Metall dastlab siqish va xomaki kalibrlar orqali, keyin uzil-kesil 
pardozlash kalibirlari orqali o‟tkaziladi. 
Metallarni bo‟ylama prokatlashda prokatlash tezligi ish unumini xarakterlovchi asosiy 
ko‟rsatkichdir. Amalda prokatlash tezligini juvalarning aylanishidagi chizig‟iy tezlikka teng deb 
olinadi, ya‟ni: 
Bu yerda: 

- prokatlash tezligi, m

s; 

- juvalar radiusi,m; 
n
-juvalarning bir minutydagi 
aylanishlari soni. 
Prokatlash tezligi prokat turiga, zagotovkaning holatiga va boshqa faktorlarga bog‟liq. 
Masalan, list prokatlashda 15 m/s, sim prokatlashda 35m/s ga et adi. 
Prokatlashda zagotovka o‟lchamlarining nisbatan o‟zgarishiga ko‟ra, deformatsiyalanish 
koeffisientlarini quyidagi formulalar orqali aniqlash mumukin: 
Siqilish koeffisienti: 
Kengayish koeffisienti: 
Uzayish koeffisienti: 
yoki 

Bu yerda: H
o
– zagovotka qalinligi; B

– zagovotka eni, L

- zagovotka uzunligi, H - 
prokat qalinligi, B - prokat eni, L - prokat uzunligi. 
Prokatlash 
prokat stanlari
deb ataladigan maxsus mashinalarda amalga oshiriladi; 
prokat stanlarining tuzilishi prokatlanadigan buyumning turi va uning o‟lchamlariga bog‟liq. 


Prokat stanining asosiy qisimlariga yuritmasi, o‟zatish mexanzimi va prokatlash vallari 
(juvalar) o‟rnatilgan ish kletlari kiradi 31-rasm). 
31 -rasm. Prokatlash stanining sxemasi: 1- electr dvigatel; 2 – elastic mufta; 3 – reduktor; 
4 – kulachokli mufta; 5 – ish kleti; 6 – shpindellar; 7 – trefli mufta; 8 – juvalar. 
Prokatlash stanlarini ish kletining juvalari soniga, ishlab chiqariladigan mahsulot xiliga va 
kletlarning o‟rnatilishiga qarab guruhlarga bo‟linadi. 
Ish kletining jo‟valari soniga ko‟ra ikki jo‟vali reverssiz (duo), ikki jo‟vali reversli, uch 
jo‟vali (trio), to‟rt jo‟vali (kvarto) va ko‟p jo‟valilarga bo‟linadi. 
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar xiliga ko‟ra - qisuvchi, xomaki, zagotovka, rels - balka, 
sort, sim, list, truba, g‟ildirak va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi stanlarga bo‟linadi. 
Ish kletlarining joylashuviga ko‟ra bir kletli, kletlari bir chiziqda pog‟anali, shaxmat 
tartibida joylashgan, yarim uzliksiz va uzliksiz xillarga bo‟linadi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish