karbyurizator
deb ataladi.
Sementitlash jarayoni qattiq, suyuq va gazsimon karbyurizatorlarda amalga oshirilishi
mumkin.
Qattiq karbyurizatorda sementitlash uchun tarkibi 70 % pista kо‟mir, 20-25% bariy
karbonati, 2,5…3,5 % kalsiy karbonatidan iborat aralashma bilan yashikka joylashtirilgan
detallar kо‟miladi-da, yashikning qopqog‟i yaxshilab, havo kirmaydigan qilib berkitiladi va
harorati 930…950
0
C bо‟lgan pechda 5…10 soat davomida qizdiriladi. Odatda, har bir soatda
buyumning 0,1 mm qalinligi sementitlanadi; tо‟yintirilgan qatlamda uglerod miqdori
0,95…1,1% ga yetadi.
Gazsimon karbyurizatorda sementitlash usulida kо‟p uglerodli gazlardan, masalan,
uglerod (II) - oksid, tо‟yingan uglevodorodlar (С
n
H
2n+2
) va tо‟yinmagan uglevodorodlar (С
n
H
2n
)
dan foydalaniladi.
Gazsimon karbyurizatorda sementitlash uchun detallar pechning germetik berkitiladigan
kamerasiga joylashtiriladi va 920…950
0
C gacha qizdirilib, ularning ustidan gaz о‟tkaziladi. Bu
jarayon 6…9 soat davom ettirilsa, detallarning 1,2…1,6 mm qalinlikdagi sirtqi qatlami
uglerodga tо‟yinadi.
Bu usulning qattiq karbyurizatorda sementitlashga nisbatan kо‟pgina afzalliklari bor.
Bunda kerakli qatlam qalinligini ta„minlash oson, jarayonni bajarish vaqti kam, uni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati mavjud, ish joyi toza saqlanadi, sementitlash
uchun maxsus uskunalar qо‟llanilmaydi, shu pechdan foydalanib sementitlangan detalni
tо‟g‟ridan-tо‟g‟ri toblash mumkin va hokazo.
Suyuq muhitda sementitlash detallarning sirtqi qatlamlarini uglerodga tо‟yintirib, yupqa
- 0,5 mm gacha qatlam olishda foydalaniladi. 75…85% Na
2
CO
3
, 10…15% NaCl va
5…10%SiC
tarkibli
aralashmani
820…850
0
C
haroratgacha
qizdirib,
suyultirib,
sementitlanadigan buyumni shu muhitga 2 soatgacha botirib turilsa, 0,50 mm gacha qatlam
uglerodga tо‟yinadi. Aralashmada SiC va Na
2
CO
3
bо‟lganligidan vannada qu‟yidagicha
reaksiya boradi:
2Na
2
CO
3
+ SiC = Na
2
SiC +Na
2
O+2СO+С
Bu usulda ishlatiladigan tuzlar zaharli emas, jarayon tez о‟tadi, detallarning sirti toza
chiqadi. Sementitlangan detallar toblanib, bо‟shatiladi.
Kam ma„suliyatli detallar bevosita pechdan chiqarilgandan sо‟ng toblanib, past haroratda
(150…170
0
C) bо‟shatiladi.
Muhimroq detallar sementitlangan keyin havoda sovitiladi va 850…900
0
C gacha
qizdirilib, toblanadi. Shunday qilinganda detall о‟zagining donalari maydalanadi. Toblangan
detalning sirtqi qatlamining strukturasi mayda ninasimon martensit, ozroq qoldiq austenit va
sementitdan, о‟zagining strukturasi esa mayda donalardan iborat bо‟ladi. Sо‟ngra pо‟lat
bо‟shatiladi.
Juda muhim detallar 2 marta toblanadi. Birinchi, 850…900
0
C dan moyda yoki havoda
toblanib, buyumning о‟zagining donalari maydalashtiriladi, sо‟ngra esa 760…800
0
C da
toblanib yuza qismida qattiqligi yuqori bо‟lgan, mayda donali martensit, о‟zak qismi esa chala
toblanib, sorbit bilan ferrit strukturalari aralashmasi hosil qilinadi. Sementitlanib, toblangan
uglerodli pо‟latlarning yuza qatlamining qattiqligi 60…64 НRC ga, legirlangan pо‟latlarniki
esa 58…61 НRC ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |