O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti


 Absorbentlar yordamida gazni quritish



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana07.04.2020
Hajmi1,59 Mb.
#43335
1   2   3   4   5
Bog'liq
tabiiy gazni tayyorlash tizimlarida qollaniladigan jihozlar va ularga texnik xizmat korsatish


 

2.6. Absorbentlar yordamida gazni quritish 

Absorbentlar  suyuq  sorbentlar  tabiiy  va  neftli  gazlarni  quritishda 

qо‘llaniladi.  Ular  suvda  juda  yaxshi  erishi,  kam  emiriluvchanlik,  gaz 

komponentlariga 

nisbatan 

barqaror, 

regeneratsiyani 

oddiyligi, 

kichik 

qovushqoqlik,  kontakt  haroratida  bug‘larni  past  elastikligi,  gazning  uglevodorod 



komponentlarini  kuchsiz  yutilishi,  kо‘pik  yoki  emul’siyani  hosil  bо‘lishidan  past 

xususiyatga ega bо‘lishi bilan tavsiflanadi.  

Bunday talablarning kо‘pchiligiga deetilenglikol, trietilenglikol javob beradi 

va kam darajada etilenglikol javob beradi. 

DEGni  ikki  malekulasi  suvning  molekulyarlari  bilan  reaksiyalanib  birikishi 

natijasida olinadi. U kimyoviy kо‘rinishda rangsiz suyuqlik bо‘ladi va molekulyar 



33 

 

massasi  106.12,  nisbiy  zichligi  (suv  bо‘yicha)  1.117  va  qaynash  harorati  518  K 



R=0.1013 MPa . ga teng.  

Eksperemental  va  amaliy  sharoitlardagi  ma’lumotlar  shuni  kо‘rsatadiki, 

DEGni  quritishda  gazning  shudring  nuqtasining  maksimal  pasayishi  azotda  308 

Kdan  oshmaydi,  kо‘pincha  yetarli  emas  hisoblanadi.  Gaz  konlarini  ishlatishga 

bog‘liq  holda  gazning  yuqori  qatlam  haroratida  ham  eng  kuchli  yutadigan  TEG 

talab  qilingan.  TEG–DEGning  uchta  molekulasini  suv  bilan    biriktirish    orqali 

olingan.  TEGning  molekulyar  massasi  150.17  nisbiy  zichligi  (suv  bо‘yicha) 

1.1254, R=0.1013 MPa  bosimda qaynash harorati 560.4 K ga teng. 

Glikollar  gazning  tarkibidagi  namlikni  katta  oraliqdagi  konsentratsiyada 

oladi. Bug‘larning past elastikligida yutuvchilarni yо‘qotilishi katta emas:  DEG va 

TEG ning yо‘qotilishi  1000 m

3  


gaz uchun 5–18  va  2–4 grammni tashkil qiladi.                  

 

 



2.8-rasm.  Siklonli  chang  tutqich: 

(о‘tkazish kо‘rsatkichi 20 mln m

3

/kun 

va ishchi bosimi 7.5 MPa ). 

1-gazni  chiqishi  uchun  quvur;  2-gaz 

kiradigan  quvur;  3-siklonlar;  4-lyuk;  5-

asboblarlarni  nazorat  qiluvchi    shtuser; 

6-drenaj shtuseri. 

2.9-rasm“Rezina” (a) va “ulitka” (0) 

turidagi siklonlar: 

            1-gazni  chiqishi;  2-gazni kirishi; 

3-oqimni buruvchi qurilma. 

 

 



Suv bug‘larining elastikligi va qaynash harorati  glikoldan kuchli farq qiladi, 

yutuvchini 

regeneratsiya 

bо‘lishini 

yengillashtiradi, 

yutuvchilarning 

qovushqoqligini  katta  bо‘lmasligi  sirkulyatsiya  qiluvchi  nasoslarning  ishini 

yengillashtiradi.  Suvlangan    glikollar    korroziya  munosabatida  emiruvchi  emas. 



34 

 

Ularda  tabiiy  gazlarning  erishi  kam.  15  MPa    bosimgacha  1  litr  glikolga  6 



grammdan oshmaydi. DEG atmosfera bosimida 437 K da yoyila  boshlaydi, TEG 

esa 478  K haroratda yuqoridagilarga  muvofiq ishlab chiqarish sharoitida ularning 

regeneratsiya qilish darajasi 96–99 % ga etadi. 

TEGni kо‘pik hosil bо‘lishiga moyilligi bor, bunga qarshi kurashish uchun 

monoetalomin  qо‘llaniladi.  Glikol  bilan  gazni  quritish  jarayonining  jadalligi 

bosimga,  gaz  va  sorbentni  о‘zaro  kontaktlashuv  haroratiga  va  sorbentning 

konsentratsiyasiga bog‘liq bо‘ladi. Gazda bosim kо‘tarilganda namlikning miqdori 

kamayadi,  tabiiy  holda  sorbent  aralashmasini  sirkulyatsiya  bо‘lish  miqdorini 

kamaytirishga  olib  keladi,  shuning  uchun  gazni  berilgan  shudring  nuqtasigacha 

quritish kerak bо‘ladi.  Gaz–yutuvchining kontaktlashuv harorati kuchaytirilganda 

yutuvchi  ustidagi  suv  bug‘larining  parsial  bosimini  о‘sishga  olib  keladi, 

yutuvchanlik xususiyatini pasaytiradi va qurigan gazning shudring nuqtasi oshadi. 

Gaz–yutuvchining kontakt haroratini pasaytirish unga teskari ta’sir qiladi, qurigan 

gazning  shudring  nuqtasi  pasayadi.  Gaz  suyuq    yutuvchi  bilan  quritilganda 

haroratni  303  Kdan  past  qabul  qilish  tavsiya  qilinmaydi,  chunki  yutuvchilarning 

qovushqoqligini  oshishi  uni  katta  hajmda  haydashda  qiyinchiliklarni  tug‘diradi. 

Bundan  tashqari  sovutgichning  qovushqoqligi  oshirilganda  birdaniga  uning 

yutuvchanlik xossasi pasayib ketadi. 

Yutuluvchanlik  gazga  nisbatan  suvning  bug‘lari  uning  konsentratsiyasini 

yutilish  xususiyatiga  ta’sir  kо‘rsatadi,  konsentratsiya  qanchalik  yuqori  bо‘lsa, 

quritilgan gazning shudring nuqtasi past bо‘ladi. Yutuluvchining konsentratsiyasi 

talab  qilingan  quritish  darajasiga  bog‘liq  holda  taxminan  90–100  %  oralig‘ida 

bо‘ladi. 

DEG  va  TEG  yutuvchilari  о‘zaro  taqqoslanganda    TEG  arzonroq  turadi. 

Lekin  TEG  dan  foydalanilganda  gazning  shudring  nuqtasini  yanada  kо‘proq 

pasaytirish  mumkin.    DEG  ga  nisbatan    TEG  ning  sarfi  regeneratsiya  qilishda 

bug‘larini past elastiklikka ega bо‘lganligi uchun kamroq bо‘ladi. 

Gazni  suyuq  yutuvchilar  bilan  quritish  qurilmasining  sxemasi  2.10-rasmda 

tasvirlangan  bо‘lib,  gaz  konlarida  kо‘proq  qо‘llanilmoqda.  Gaz  konida  ajratgich 


35 

 

(1) orqali о‘tadi, u yerda tomchili namlar о‘tiradi va absorberning pastki qismiga 



(2)  tо‘planadi.  Boshlanishda  gaz  pastki  buralma  seksiyaga  (3)  yо‘naltiriladi, 

qо‘shimcha  ravishda  nasadkalar  bilan  katta  yuzada  kontaktda  bо‘lganligi  uchun 

muallaq tomchilardan yaxshi tozalanadi. 

Undan  keyin  gaz  yuqoriga  harakatlanadi,  ketma  –  ket  likopchalardan  (4) 

о‘tadi,  yuqoriga  kо‘tariladi.  Absorberdagi  qolpoqchali  likopchalarni  soni  4–12  ta 

bо‘ladi.  Gazning  oqimiga  qarshi  95–97  %  ni  DEG  eritmasi  oqadi,  u  nasos  (10) 

yordamida  kiritiladi.  Erishi  bilan  kontaktdagi  gaz  quritilgandan  keyin  yuqoriga 

buralma seksiya (5) orqali о‘tadi, u yerda qamrab olgan eritmaning tomchilaridan 

ozod  bо‘ladi  va  gaz  uzatmasiga  yо‘naltiriladi.  Tarkibida  6–8  %  namlik  bо‘lgan 

tо‘yingan  eritma  absorberning  pastdagi  kar  ikki  tomoni  yopiq  yig‘ish 

likopchasidan  issiqlik  almashtirgichga  (7)  kirib  keladi,  regeneratsiyalangan 

eritmaning qarshi uchrashuvchi oqimi bilan isiydi, undan keyin esa shamollatgich 

(8)  orqali  о‘tadi,    u  yerda  undan  erigan  gaz  ajralib  chiqadi  va  undan  maqsadli 

foydalaniladi. Shamollatgichda tо‘yingan DEG nasos yordamida (9) bug‘lantirgich 

kolonnasiga (desorberga) (12) haydaydi va u yerda suyuqlikni regeneratsiya qilish 

amalga  oshiriladi.  Bug‘lantirish  kolonnasi  ikki  qismdan  tashkil  topgan:  likopcha 

turidagi  kolonka,  tо‘yingan  eritmali  DEG  pastga  oqadi,  namlik  qarshi  kelayotgan 

suv  bug‘larining  va  DEG  bug‘larining  ta’sirida  bug‘lanadi.  Qaynatgich  – 

bug‘lantirgichda  (11)  glikol  eritmasini  qizdirish  va  suvni  bug‘lantirish  sodir 

bо‘ladi. Qaynatgichda glikol aralashmasining harorati 423 – 433 K ushlab turiladi, 

yuqori qismidagi bug‘lantirish kolonnnasida 378 – 380 K bо‘ladi. 

Bunga  erishish  uchun  kolonnaning  yuqori  qismidan  303  K  haroratdagi  suv 

bilan sug‘oriladi, DEGning bug‘larini kondensatsiya qiladi va uning yо‘qotilishini 

kamaytiradi.  Suv  bug‘dagi  desorberdan  (15)  kondensatorga  (10)  tо‘planadi,  u 

yerda  bug‘ning  asosiy  qismi  kondensatsiyalanadi  va  vakuumli  nasos  bilan  (14) 

yig‘iladi va yoqishga yо‘naltiriladi. DEG tarkibli olingan suvning bir qismi nasos 

(13) yordamida kolonnaning yuqori qismiga sug‘orish uchun beriladi va haroratni 

105-107 


o

S da ushlab turiladi. DEG regeneratsiya qilingan aralashmasi nasos (10) 



36 

 

bilan issiqlik almashtirgich (7) orqali sovutgichga (6) haydaladi va u yerda harorat 



tushiriladi va yana qaytadan absorberning yuqoridagi likopchasiga tо‘planadi. 

Absorbsiya  qurilmasining  ishlarini  samaradorligi  katta  kо‘rsatgichda 

sorbentlarning  yо‘qotilishiga  bog‘liq.  Bunday  yо‘qotilishlarni  oldini  olish  uchun 

birinchi navbatda desorberning haroratini rejimiga qattiq rioya qilish, gazni va suv 

bug‘larini  о‘ta  gazsizlantirish,  absorbentlar  bilan  kontaktlashganda  kо‘pik 

shakllanishini oldini olish uchun maxsus qо‘shimchalar qо‘shiladi. 

 

2.7. Gazni adsorbentlar bilan quritish 

Gazni  qattiq  yutuvchi  orqali  quritish  qurilmasining  sxemasi  2.10-rasmda 

keltirilgan.  Nam  gaz  ajratgich  orqali  adsorberga  kiradi,  bu  yerda  bir  nechta 

qatlamdagi  aktivlashtirilgan  boksitdan  о‘tadi,  u  teshilgan  asosli  likopchaga 

tо‘kilgan.  Bir  qatlamning  qalinligi  bosimdan  qalin  emas.  Gaz  boksit  orqali  о‘tib 

namlikdan ozod bо‘ladi va gaz uzatmaga yо‘naltiriladi. 

Aniq bir vaqt о‘tgandan keyin qattiq yutuvchini yuklanmasiga bog‘liq holda 

va gazning hajmiy tezligi (bu oraliq 12 -16 soatni) tashkil qiladi.  

Adsorber tiklanishga о‘tkaziladi (regeneratsiya) gaz esa ikkinchi adsorberga 

qо‘shiladi  va  regeneratsiyadan  о‘tib  bо‘lgan  hisoblanadi.  Boksit  orqali  issiq  gaz 

о‘tkazilib  regeneratsiya  (quritiladi)  qilinadi.  Gazni  quritish  davomida  yutilgan 

hamma  namliklar  boksitdan  chiqib  ketadi.  Adsorberga  regeneratsiyaga  berilgan 

aniq miqdordagi gaz, regeneratsiya tizimini tо‘ldirishini talab qiladi, quruq gazning 

chizig‘idan  RD  bosimni  rostlagich  orqali  (bosim  0.1  MPa    dan  ozroq  katta 

bо‘lganda)  olib  chiqib  ketiladi.  Bu  gaz  avval  sovutgichda  keyin  esa  ajratgichga 

kiradi. 


Gaz 3kPa.dan yuqori bosim bilan gaz damlama orqali qizdirgichga uzatiladi. 

Bu  yerda  u  473  K  haroratgacha  qizdiriladi  va  undan  keyin  esa  adsorber  beriladi, 

ya’ni  boksitni  regeneratsiya  qiladi.  Adsorberdan  qizdirilgan  tо‘yintirilgan  gaz 

chiqadi va sovutgichga kirib keladi, undan keyin ajratgichga va u yerda adsorberda 

yutgan namlikdan ajratiladi. 


37 

 

 Natijada  gazni  qaytadan  regeneratsiya  qilishda  (gaz  damlash  –  qizdirish–



adsorber–sovutish–ajratish–gaz  damlash)  boksit  quriladi  va  yana  gazning 

tarkibidagi namni yutishga tayyor bо‘ladi. 

 

 

 



2.10-rasmSuyuq sorbent 

yordamida gazni quritish 

qurilmasining sxemasi: 

1-ajratgich;  2-absorberning  pastki 

qismi; 3-pastki buralma seksiya; 4-

likopcha;  5-buralma  seksiya;  6-

sovutgich;  7-issiqlik  almashtirgich; 

8-shamollatgich;  9,10-nasos;  11-

qizdirgich-bug‘latgich; 

12,15-


desorber;  13-nasos;  14-vakuum 

nasos; 16-kondensator. 



2.11-rasm

Qattiq 

yutuvchi 

yordamida 

gazni 

quritish 

qurilmasining sxemasi: 

1,  5-ajratgichlar;  2,  3-adsorberlar;  4-

sovutgich;  6-nasos;  7-qizdirgich;  K-

kondensat; NG-nam gaz; GQ-gaz qurumi; 

GQ-gaz qizdirishga; GQT-gaz qizdirilgan, 

tо‘yintirilgan; BR-bosimni rostlagich 

 

2.8. Separatorlar va ajratgichlarning maqbul konstruksiyalarini tanlash 

Gazni  qazib  chiqarish,  tayyorlash,  tashish  va  saqlashda  turli  xil  toifaga 

mansub  ajratgichlardan  (gazli,  suyuq  va  qattiq  fazalarni  ajratish  uchun) 

foydalaniladi. 

Ba’zi hollarda ajratgichlar suyuqlik va gazni ajratishda qо‘llaniladi, masalan, 

neftni  yо‘ldosh  gazdan  yoki  siqilgan  havoni  kompressor  moyidan  ajratishda 

foydalaniladi.  Bu  guruh  ajratgichlarni  trap  yoki  gravitatsion  ajratgichlar  deb 


38 

 

ataladi. Traplarda  suyuqlik  va gazni  ajratish  asosan  gravitatsiya  kuchlari  hisobiga 



bо‘ladi.    Ba’zan  trap  konstruksiyasiga  о‘rilmaga  va  koagulyasiya  qurilmasi 

qо‘shiladi.  Bunda  traplarning  samaradorligi  bir  qancha  ortadi,  ajratilanayotgan 

zarralarga ta’sir qiluvchi gravitatsiya kuchlariga inersiya kuchlari qо‘shiladi. Biroq 

traplardagi ajratish samaradorligi kam hollarda 80-85% dan oshadi. 

Gazni  suyuqlikdan  ajratishda  (90-99%  gacha)  yuqori  samaradorlikni 

ta’minlash  zaruriyati  tug‘ilganda,  texnologik  qurilmada  reagentlar,  absorbent, 

yuvuvchi  suyuqlikni  isrof  bо‘lishining  oldini  olish  maqsadida  gazsimon  suyuq 

ajratgichlardan  foydalaniladi.  Gaz  oqimidagi  suyuqlik  tomchilarini  chо‘ktirish 

jarayonida gazsimon suyuq ajratgichlardagi ajrati-layotgan tomchilarga markazdan 

qochma  va  inersiya  kuchlari  bilan  bir  qatorda  gravitatsiya  kuchlari  ham  ta’sir 

kо‘rsatadi. 

Gazsimon  suyuq  ajratgichlarning  traplardan  farqi  quyidagicha:  gazsimon 

suyuq  ajratgichlarda  gaz  miqdori  yuqori  yoki  gaz  omili  gazsimon  suyuq  tizim 

qayta  ishlansa, traplarda  esa –  gaz  miqdori  yoki gaz omili past  bо‘lgan  gazsimon 

suyuq tizimi qayta ishlanadi. 

Tashishga  mо‘ljallangan  gazni  tozalashda  qо‘llaniladigan  keyingi  guruh 

ajratgichlarini  «quruq»  va  «hо‘l»  chang  yutgichlar  yoki  skrubberlarga  sinflash 

mumkin. 


Gaz-suyuqlik-suyuqlik tizimini ajratish uchun alohida guruh ajratgichlaridan 

foydalaniladi.  Ular  uch  fazali  ajratgichlar  yoki  suyuqlik  ajratgichlar  deb  ataladi. 

Gazni  tayyorlash  qurilmalaridagi  turli  suyuqlik  va  reagentlarni  saqlash,  tо‘kish, 

tо‘ldirish  va  aralashtirish  uchun  qо‘llaniluvchi  texnologik  hajmlar  ajratgich 

guruhiga kiradi. 

Ajratgichlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

–  gazli  oqimdan  suyuqlikning  asosiy  oqimini  yо‘qotish  uchun  yetarlicha 

birlamchi ajratish seksiyasiga ega bо‘lishi; 

–  gazli  oqimdan  suyuqlikni  samarali  yо‘qotilishini  ta’minlash  uchun 

suyuqlik bо‘yicha yetarlicha samaradorlikka ega bо‘lish; 



39 

 

–  og‘irlik  kuchi  ta’sirida  suyuqlikning  asosiy  massasini  chо‘kishini 



ta’minlash  uchun  yetarlicha  uzunlik,  balandlik  yoki  hajmga,  ayniqsa,  suyuqlikni 

tiqinli kirish rejimiga ega bо‘lish; 

–  gazsimon  suyuq  oqimning  turbulentligini  pasaytirish  uchun  muhit  va 

qurilma;  

–  ajratilayotgan  gazli  oqimdan  suyuqlik  tomchilarini  oqizishni  pasaytirish 

uchun samarali skrubber nasadkalariga ega bо‘lishi;  

–  yetarli  miqdorda  qulf  va  boshqarish  armaturalari,  KIP,  avtomatika  va 

telemexanika asboblariga ega bо‘lishi kerak. 

Ajratgichlarni  loyihalashtirish  va  ishlatishda  quyidagi  hisoblashlar  amalga 

oshiriladi: 

–  konstruksion  (devor  qalinligi,  ishchi  bosim,  tugun  va  detallar  gabaritlari 

hisobi); 

– texnologik (samaradorlik hisobi); 

– gidravlik (bosim yо‘qotish hisobi). 



Markazdan  qochma  boshqariladigan  gaz  ajratgichlar  gazni  tayyorlash 

qurilmalarida  gazni  suyuqlikdan  birlamchi  tozalash  uchun  mо‘ljallangan. 

Ajratgichlar  6,4-16  MPa    ishchi  bosimga  bardoshli  qilib  ishlab  chiqariladi. 

Ajratgichlar  apparatga  kelib  tushuvchi  suyuqlik  200  sm

3

/nm


3

  gacha  bо‘lgan 

gazlarni  tozalash  darajasi  98%  dan  kam  bо‘lmasligini  ta’minlaydi.  Gaz 

ajratgichlari  issiq,  mо‘tadil  va  sovuq  iqlimli  (GOST  16350—80),  ishchi  muhit 

harorati  -30  -  +100

C

о

  rayonlarda  ishlatilishi  mumkin.  Bosim  yо‘qotilishi  0,03 

MPa  gacha. 

Ajratgichlar  konstruksiyasida  isitgichlar  suyuqlikni  yig‘uvchi  bо‘shliqning 

ichki  qismiga  joylashtirilgan.  Gazni  suyuqlikdan  tozalashning  pasportdagi 

darajasini  ta’minlash  uchun  ishchi  bosimga  bog‘liq  holda  gaz  bо‘yicha 

ajratgichlarning  samaradorligi  qо‘zg‘aluvchan  va  qо‘zg‘almas  uyurma  konusidan 

tashkil  topgan  maxsus  qurilma  yordamida  boshqariladi.    Qо‘zg‘aluvchan  uyurma 

konusi  shturval  aylanishi  bilan  qо‘zg‘aladi.  О‘rtacha  ishlash  davri  10  yil,  11000 


40 

 

soatdan  sо‘ng  ishdan  chiqadi,  kapital  ta’mirgacha  resursi  60000  soat,  texnik 



qо‘llash koeffitsiyenti 0,97. 

Ishchi  muhitga  bog‘liq  holda  markazdan  qochma  boshqariluvchi 

gazoajratgichlarining  samaradorligi  grafik  bо‘yicha  aniqlanishi  mumkin  (2.12-

rasm).  Bunda  gaz-suvli  aralashma  maxsus  uyurma  yordamida  ta’minlanadigan 

vertikal  silindr  patrubkada  oqimni  aylantirish  hisobiga  ajratiladi.  Gaz-suvli  oqim 

inersiya  va  markazdan  qochma  kuchlar  ta’sirida  uyurmadan  о‘tganda  suyuqlik 

vertikal  silindrik  patrubka  devorlariga  kelib  uriladi  va  uning  devorlari  bо‘ylab 

oqib,  uzluksiz  yoki  davriy  drenajlashdan  о‘tadi.  Ajratishlangan  gaz  vertikal 

silindrik patrubkadan markaziy patrubka orqali chiqadi.  

Ajratgichda  isitgichlar  suyuqlikni  yig‘uvchi  bо‘shliqning  pastki  qismiga 

joylashtiriladi. О‘rtacha ishlash davri 10 yil, 20000 soatdan sо‘ng ishdan chiqadi, 

kapital ta’mirgacha resursi 60000 soat, texnik qо‘llash koeffitsiyenti 0,98. 

Tо‘rli  gazoajratgichlardagi  gaz-suvli  oqim  inersiya  va  gravitatsiya  kuchlari 

ta’sirida  ikki  oqimga  –  gaz  va  suyuqlikka  ajraladi.  Suyuqlikning  asosiy  massasi 

ajratgich  korpusining  о‘rta  qismida  ajratiladi  va  suyuqlik  yig‘uvchining  tubiga 

chо‘kadi.  Suyuqlikning  tumansimon  massasi  (yupqa  dispers  tomchilar)  ajratgich 

korpusining  yuqori  qismida  joylashgan  vertikal  tо‘rli  skrubber  nasadkalari 

paketlaridagi gazli oqim ajratiladi va ajratilgan suyuqlik drenajlanadi. Yig‘gichdan 

chiqqan  suyuqlik  uzluksiz  yoki  davriy  ravishda  drenaj  yoki  texnologik  chiziqqa 

uzatiladi. 



Tо‘rsimon  gaz ajratgichlar  (OST  26-02-2058—79)  kondagi  gaz  tayyorlash 

qurilmalarida  gazni  suyuqlikdan  tozalashda,    gaz  va  neftni  qayta  ishlash 

zavodlaridagi texnologik jarayonlarda gazni oraliq va yakuniy tozalash uskunalari 

sifatida qо‘llaniladi. Ajratgichlar apparatga kelib tushuvchi suyuqlik 200 sm

3

/nm


3

 

gacha bо‘lgan gazlarni tozalash darajasi 99% dan kam bо‘lmasligini ta’minlaydi.  



 

41 

 

 



 

2.12-rasm.Tо‘rli gaz ajratgich: 

1-korpus; 2-tub; 3-tayanch; 4-nasadka; 5-isitgich; 6-himoya qatlami. 

Tо‘rsimon  gaz  ajratgichlari  issiq,  mо‘tadil  va  sovuq  iqlimli,  ishchi  muhit 

harorati  -30  -  +100



C

о

  rayonlarda  ishlatilishi  mumkin.  Ishchi  muhit  oqimidagi 

bosimning  yо‘qotilishi  0,05  MPa    gacha,  tо‘rsimon  otboynikda  esa  0,02  MPa  

ortiq emas. 



Tо‘rsimon gaz ajratgichlar uch turga ajratiladi

–  diametri  600  va  800  mm,  ishchi  bosimi  0,6-8  MPa,  gaz  bо‘yicha 

samaradorligi  0,08-0,8  mln.nm

3

/sut  bо‘lgan  bо‘laklarga  bо‘linuvchi 



korpus flanesli vertikal silindrli (2.13-rasm); 

–  diametri  1200  va  1600  mm,  ishchi  bosimi  0,6-8  MPa,  gaz  bо‘yicha 

samaradorligi 0,08-2 mln.nm

3

/sut bо‘lgan vertikal silindrli (2.14-rasm); 



 

 


42 

 

–  sfera  diametri  2200  va  2600  mm,  ishchi  bosimi  1-8  MPa  ,  gaz  bо‘yicha 



samaradorligi  2-5  mln.nm

3

/sut  bо‘lgan  suyuqlikni  silindrik  yig‘gichli  sharsimon. 



Ajratgichlar  konstruksiyasida  isitgichlar  suyuqlikni  yig‘uvchi  bо‘shliqning  pastki 

qismiga joylashtirilgan. О‘rtacha ishlash davri 10 yil, 11000 soatdan sо‘ng ishdan 

chiqadi, kapital ta’mirgacha resursi 60000 soat, texnik qо‘llash koeffitsiyenti 0,98. 

 

2.13-rasm. Flanetsli tо‘rsimon gaz  ajratgich (I toifa):  

1-korpus; 2-tub; 3-tayanch; 4-isitgich; 5-nasadka; 6-koagulyator. 

Tо‘rsimon 

gaz 

ajratgichlardagi 



gazsimon 

suyuqlik 

tomchiga 

kо‘rsatilayotgan  gravitatsiya  va  inersiya  kuchlari  hisobiga  gaz  va  suyuqlikka 

ajraladi.  Suyuqlikning  asosiy  massasi  gaz  oqimidan  ajratilgan  korpusning  о‘rta 

qismiga tо‘planadi va suyuqlik yig‘gichga chо‘kadi. 

Yupqa dispers tomchilar korpusning о‘rta qismiga joylashtirilgan tо‘psimon 

tomchi  urilmasida    koagu-lyasiyalanadi  va  qisman  pastga  qarab  suyuqlik 

yig‘gichga  oqadi.  Gazni  suyuqlikdan  yakuniy  tozalash  ajratgich  korpusining 


43 

 

yuqori  qismida  joylashgan  tо‘rsimon  skrubber  seksiyasida  amalga  oshiriladi,  u 



yerdan  ajratilgan  suyuqlik  yig‘gich  suyuqlik  darajasigacha  drenajlanadi. 

Yig‘gichdan suyuqlik uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi.  



Siklonli  gaz    ajratgichlar  gaz  omili  yuqori  bо‘lgan  gaz  va  gazkondensat 

konlarida qо‘llaniladi. Ajratilgan suyuqlikni oqib ketishini oldini olish maqsadida 

Siklonli  gaz  ajratgichlari  konstruksiyasida  chiqarish  quvuri  yorilishi  e’tiborga 

olingan.  Loyihaviy  termodinamik  sharoitlarda  Siklonni  ishlashida  samaradorlik 

95%  yetadi.  Siklonli  gaz  ajratgichlar  gazni  tayyorlash  qurilmalarida  ajratishning 

birinchi bosqichida gazni xomaki tozalash uchun qо‘llaniladi. 

Siklonli gaz ajratgichlarning uch turi qо‘llaniladi: 

–  diametri  80;  100;  150;  200  mm.li  ishchi  bosimi  6,4;  10;  16;  20  MPa  

bо‘lgan isitgich va isitilmaydigan kojuxli; 

–  diametri  80;  100;  150  mm.li  ishchi  bosimi  1,6;  4;  6,4;  10;  16;  20  MPa  

bо‘lgan,  shuningdek,  diametri  200;  250;  300;  350;  400;  450  mm.i  ishchi  bosimi 

1,6; 4; 6,4; 10 bо‘lgan   isitgich va isitilmaydigan ochiq turdagi; 

–  diametri  100;  150;  200  mm.li  ishchi  bosimi  6,4;  10;  16;  20;  25  MPa  

bо‘lgan tо‘g‘ri oquvchan turi qо‘llaniladi. 



Traplar  (gravitatsiya  ajratgichlar)  neft  va  alohida  holatlarda  gaz  konlarida 

qо‘llaniladi.  Asosan  vertikal  turdagi  traplar  qо‘llaniladi.  Bu  ushbu  turdagi 

ajratgichlarda  gaz  omili  past  bо‘lgan  gazsimon  suyuq  mahsulotni  ajratish  bilan 

tushuntiriladi. Bunda suyuqlik gazdan ajratildi. 

Trapda  gazsimon  suyuq  mahsulotni  ikki  usul  bо‘yicha  qizdiriladi:  neftni 

gazdan  ajratish  va  yо‘ldosh  gazni  neft  changidan  tozalash.  Neftni  gazdan  uning 

oqimini  mayda  oqimchalarga  ajratish  yoki  neftni  sachratish  yо‘li  orqali  ajratib 

olinadi. 

 Bu  jarayon  birlamchi  ajratish  kamerasida  rо‘y  beradi  va  u  kirish 

patrubkasiga  bog‘liq.  Odatda,  patrubkalarning  tangensial  yoki  radial-sirg‘aluvchi 

turlari qо‘llaniladi. Neftdan ajratilgan kirish patrubkasidagi yо‘ldosh gaz trapning 

gravitatsion  kamerasida  neft  tomchilaridan  ajratiladi, bunda  yaxshi  ajratish  uchun 

urilma  tо‘siq  va  soyabonlarning  joylashtirilganligi  hisobiga  bо‘ladi.  Odatda, 


44 

 

traplarda gaz ajratishning samaradorligi urilma tо‘siq va soyabonli turlarida 70-85 



% dan oshmaydi. 

 


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish