O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/64
Sana15.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#672362
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
Bog'liq
Мажмуа коррекция

2-masalaning bayoni 
Psixologiya, pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘smirlarning 11-12 dan 15-16 yoshgacha bo‘lgan 
davri jinsiy yetilish, faol jismoniy o‘sish, shaxs sifatida shaklanishi davri deb sifatlanadi. Ayni shu davrda 
insonlarning fe’li, ijtimoiy munosabatlari sha-kllanib, odamlarga atrof voqealikka bo‘lgan munosabatlari 
ham yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. 
Aytish joizki, aynan shu yoshdan boshlab, o‘z-o‘zini anglash, bolalik his-tuyg‘ularini kattalar 
dunyoqarashiga o‘zgarishi, shaxsni ichki «meni» va uni anglash davri boshlanadi. O‘smirlik davri eng 
murakkab palla hisoblanadi.
Ularning jismi, aqli, ongida bo‘layotgan o‘zgarishlar bezovtalik, his- tuyg‘ularning beqarorligi, 
ichki kurashlar sababchisi bo‘lib qoladi. O‘smirlar ko‘p hollarda nafaqat jismoniy rivojla-nishdan, balki bir 
qancha 
ijtimoiy 
insonlararo 
munosabatlarda 
ham 
bezovtalik, 
noqulayliklarni 
boshdan 
kechiradilar.Shaxsning kamol topishdagi asosiy bosqichlardan bo‘lgan o‘smirlik yoshi shu bilan ajralib 
turadiki, unda shaxs ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lib, jinsiy tomondan yetiladi. 
Ba’zi o‘smirlar tezroq, ba’zilar sustroq rivojlanishadi. Bu davr shunchalik qarama-qarshiliklar, 
keskinliklarga boyki, olimlarning ba’zi-lari bu davrni uzluksiz muammolar davriga tenglashtirishadi. 
O‘smirlarning yosh davri xususiyatlari ular fe’lidagi xislatlar-ga chambarchas bog‘liqdir. O‘smirlarning 
bir-biridan farqi keskin namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Deviant xulqli o‘smirlar uchun tar-tibbuzarliklar, yaqin insonlari bilan keskin muomala, 
«ko‘cha» va turli to‘dalarning ta’siriga oson berilishi kabilar xos.Oiladagi salbiy, beshafqat muhit, ma’lum 
turdagi o‘smirlar-dagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni pay-do bo‘lishiga zamin 
yaratadi, ular atrofdagilarga nisbatan qara-ma-qarshi ruhda harakatlanib, tajovuzkorona buzg‘unchilik si-
fatlarini namoyon qilishadi. O‘smirlar xulqidagi deviantlik-ning oldini olish, unga qarshi kurashish 
maqsadida ularning nafaqat yosh davri balki shaxsiy ijtimoiy-psixologik xususiyat-larini o‘rganish 
davomida ular yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra, 3 guruhga bo‘linishi ma’lum bo‘ladi. 
1.Shaxsning ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish xususi-yatlari, shuningdek, o‘zaro muloqotga 
kirishish xossalari; 
2.Shaxsning guruh ichidagi o‘zaro munosabati va guruh uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni qabul 
ila olishi; 
3.Shaxsning ijtimoiy xulq-atvori, atrof-voqelikka bo‘lgan nuqtai-nazari bilan bog‘liq bo‘lgan 
umumiy xususiyatlari. 


3 guruhning ijtimoiy-psixologik xossalaridan kelib chiqqan holda, deviant xulqli o‘smirlarning 
ba’zi bir o‘ziga xos-liklarini aniqlash mumkin.
Ijtimoiy persepsiya - guruh ichida qabul qilingan o‘zaro muomala meyorlari va xulq-atvor 
mezonla-rini o‘zlashtirish. Deviant xulqli o‘smirlar guruh ichidagi ular uchun referent, ya’ni ahamiyatli 
hisoblangan guruh a’zolarining muomala, xulq-atvor, munosabat meyorlarini o‘zlashtirishga moyil 
bo‘ladi. Ijtimoiy xayolot - o‘zining hayotiy tajribasiga tayanib, shaxsiy va umuminsoniy qobiliyatlarga 
baho bera olish. 
Ijtimoiy holat - deviant xulqli o‘smirlarda juda zaif rivoj-langan yoxud umuman bo‘lmaydi. 
Ijtimoiy tafakkur - insonlar-ning o‘zaro muloqot va ijtimoiy munosabatlardagi bog‘liklariga ko‘ra tushuna 
bilish qobiliyati. Bu qobiliyat ham zaif rivojlan-gan o‘smirlarda ko‘pgina hollarda mavjud emas. 
Ijtimoiy faol-lik - deviant xulqli o‘smirlar o‘z tengdoshlari tomonidan bo‘ladi-an maqtovlardan 
manfaatdor bo‘lsalargina o‘zaro yordam ko‘rsatib, javobgarlik hissini sezadilar. 
Deviant xulqli o‘smirlarga quyidagi xususiyatlar xosdir: 
-lider fikriga buysinish va unga ishonish; 
-o‘zining guruhi o‘smirlariga taalluqli bo‘lgan muomala; 
-muloqot meyorlarini qabul qilish. 
Barcha ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, shaxs qobiliyatlari o‘ziga xosdir, ularning muloqot, 
faoliyat va o‘zaro muomala jarayo-nida rivojlanishi esa shaxsning jamiyatda, oilada, jamoada ijtimoiy 
faolligi yoki passivligini belgilaydi.
Yuqorida aytib o‘tganimiz: «ijtimoiy xayolot», «ijtimoiy tafakkur» kabi xossalar alohida 
ahamiyatga egadir. Ammo, aynan shu xossalar de-viant o‘smirlar tabiatidagi eng kam o‘rganilgan 
xossalardir.O‘smirlar 
jinoyatchiligini o‘rganganpsixologA.I.Dolgovaning ta’kidlashicha, huquqbuzarlik 
qilishdan avval o‘smirni xulq-atvorida meyordan keskin chekinishlar bo‘lib o‘tadi. 
Muallif deviant xulqli o‘smirlar uchun xos bo‘lgan 2 toifa meyoriy chekinishlarni ajratib 
ko‘rsatgan:o‘rma-zo‘raki vaxudbinona toifadagi o‘smirlar o‘zini kuchli, hozirjavob, tengdoshlariga 
yordamga shay qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
Ammo bunday toifa o‘smirlarning haqiqat haqidagi xulosasi jinoyatchi xulosadir.Ular 
xarakterida xudbinlik, zolimlik, jismoniy kuchga ishonish, noan’anaviy guruhlarni yoqlash kabi elementlar 
ustu-vordir. Xudbinona toifalar uchun yakkalik, xudbinlik kabi bu-zilgan xususiyatlar xosdir. Barcha 
voyaga yetmagan jinoyatchilar umuminsoniy qadriyatlarni, jamiyat foydasiga mehnat qilishni, ijodiy 
faoliyatni tushunmasliklari, qadrlamasliklari bilan xarakterlanadi. Ularning qiziqishi moddiy boylik 
to‘plashga, «xohlaganidek yashashga», «sof vijdon» prinsiplariga yo‘nalti-rilgan. 
V.V.Korolev o‘smir yoshidagi huquqbuzarlikning psixologik holatlarini o‘rganish davomida 
ularga xos bo‘lgan quyidagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni aniqlagan: odob-axloq, namunali xulq 
tajribalarining yo‘qligi;do‘stlik, sevgi, jasurlik kabi ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilmasligi, ular haqidagi 
to‘pori tushunchalar; o‘z-o‘zini o‘ta past yoki juda yuqori baholash;huquqiy va ma’naviy qadriyatlarni 
noto‘g‘ri tushunish va ularga teskari munosabatda bo‘lish;tashqi barcha ta’sirlarga beriluvchan bo‘lish. 
YE.V.Zaika, N.P.Kreydul, A.S.Yachina kabi tadqiqotchilar o‘smir xulqidagi huquqbuzarlik, 
meyordan chekinish holatlarini o‘rga-nishgan. Tadqiqotlarda maktab o‘quvchilari, voyaga yetmaganlar bi-
lan ishlash komissiyasi ro‘yxatidagi o‘smirlar axloq tuzatish ko-loniyalaridagi yoshlar ishtirok etgan. 
Bunda asosiy e’tibor ular fe’lidagi nosozliklarga, meyoriy buzilish holatlariga qara-tilgan.
Shaxsning rivojlanish jarayonidagi umumiy qiyinchi-liklari va orqada qolayotganidan darak 
beruvchi xususiyatlari -kelajak haqidagi tasavvurining yo‘qligi, oiladagi nosog‘lom muhit, atrofdagi 
insonlar bilan kelisha olmaslik, o‘zini hurmat qilmaslik.
Ularning ko‘pchiligi kelajakka ishonmasligini ko‘rish mumkin. Ular uchun shuhrat, moddiy 
boylik, zo‘r do‘st kabi tushunchalar qadrlidir. Ularning 80%i kelgusi rejalari yo‘qli-gi, ko‘pincha bunday 
o‘smirlar nosog‘lom muhitdagi oilada yashaydi-lar va doimo ota-ona, o‘qituvchilari bilan janjanlashadilar.
Bundaylarning 56%ida boshqalar bilan muloqotga kirish xohishi umuman yo‘q. 77% deviant 
o‘smirlar jinoyatga moyil illatlarga ega bo‘ladilar, bunday illatlarning barchasi o‘smirlarning 40%ida 
ko‘ringan bo‘lsa, 17% deviant xulqli o‘smirlarda jinoyat-ga xos bo‘lgan ikkita xususiyat mavjud 
bo‘ladi.Axloq tuzatish koloniyalarida jazoni o‘tovchi o‘smirlar uchun kelajakka nisbatan yaxshi 
tuyg‘ularni o‘yg‘ota olmasalar, kolo-niyadagi buzilgan ma’naviy muhitni deviant xulqli o‘smirlar juda ham 
osonlik bilan o‘ziga singdiradilar. 
Bunday o‘smirlar shaxsini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu toifa o‘smirlarning 96%i qo‘pol 
huquqbuzarlik xislatlariga ega bo‘ladi.Y.A.Kleyberg, I.S.Kon, S.T.Konyuxova, I.A.Semikasheva kabi 
tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, deviant xulqli o‘smirlarni o‘ziga xos ijtimoiy guruh desak, bu guruh 
a’zolari uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy-psixologik sifatlarni aniqlashimiz mumkin.


Deviant 
xulqli o‘smirlar maxsus ijtimoiy guruh sifatida quyidagilar bo‘yicha 
asoslanadi:Odatlari, urflari, an’analari. Bunday muhitda o‘z maxsus madaniyati shakllanadi. Tashqi 
tomonidan kiyim-kechak, soch tur-magi, jargonda so‘zlashuv.Deviant o‘smirlarni o‘rganuvchi 
psixologlarning ilmiy ishlarida ularning umumiy psixologik va ijtimoiy xususiyatla-ri aniqlanadi.
D.I.Feldshteynning fikricha, deviant o‘smirlar ijtimoiy sust, tajovvuzkor, qiziqqon, qo‘pol, 
«ko‘z yosh» to‘kishga moyil bo‘lib, ko‘plari aldoqchi, mas’uliyatsizligi bilan ajralib turadi. 
I.A.Semikashevaning izlanishlari bo‘yicha bunday guruh qatnashchilari ota-onaga o‘xshash xislatlarga ega 
bo‘lib, alohida insonlarni emas, o‘zi mansub guruhni hurmat qiladi.
Bunday o‘smirlar o‘z xarakterlariga mas’uliyat sezmay, omma orasida ham-ma qatori 
harakatlanadi. S.A.Kulakovning ta’kidlashicha, bunday xulqli o‘smirlar psixoterapevtlarning mijozidir, 
ularga aniq tashxis qo‘yilmagandiru, ammo ularning ko‘pgina xislatlari meyoriy jihatdan buzilgan. 
Affektiv sohada - bu hissiy bo‘shan-glik depressiya va hayajonga tez berilishdir. Ma’noni talab qilish 
sohasida erkinlik, himoyalanganlikka bo‘lgan ehtiyojini yopib qo‘yilishi, referent guruhiga xos bo‘lishi, 
kognitiv sohada xulosa qilishni rad etish kuzatiladi.N.Y.Maksimovaning tadqiqotlaridan shu narsa 
aniqlandiki, og‘ir tarbiyali o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarida salbiy holatlarga olib keluvchi 
quyidagi ichki sabablar ham bor ekan, jumladan: sinfdoshlar bilan muloqotning qiyin olib bori-lishi, xulq-
atvor meyorlarining shakllanmaganligi, ijtimoiy meyorlar va xulq-atvor qoidalarining qadrini 
tushunmasligi, in-kor etish, o‘zi atrof olamni birbutun deb tasavvur etaolmasligi, pedagoglarning talab va 
takliflarini inobatga olmaslik, o‘z-o‘ziga o‘ta baland baho berish, ota-ona, o‘qituvchi bilan kelishmaslik 
oqi-batida ijtimoiy to‘g‘ri rivojlanmaslik. A.YE.Lichkoning aytishicha, o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlari shu yosh uchun xos bo‘lgan quyidagi xossalar bilan bog‘liq: 
Tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga ajralish.
Vaqt o‘tgan sari o‘zlariga zarar bo‘luvchi mojaro va sarguzashtlarga o‘ralashib qolishlari. 
Achinarlisi, bekorchi o‘smirlar bo‘sh qolib, kayfiyatni ko‘tarish uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qili-
shi. O‘smirlar ba’zilari qiziquvchanlikdan «kattalardek bo‘lish», boshqalari esa qolganlaridan qolib 
ketmasligi uchun ham ichishga ro‘ju qo‘yadilar. Ular nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar ham bo‘ladilar 
2.Imitatsiya 
(o‘xshatish) 
bu 
doimo 
kimgadir 
taqlid 
qilishdir. 
Bunday o‘smirlar o‘z tengdoshlari yoxud kattalarning xatti-harakatini takrorlaydilar. Atrofdagilardan 
birortasi spirtli ichimlik, giyohvand modda iste’mol qilsa, unga taqlid qiluvchilar ko‘payadi. Ko‘pgina 
o‘smirlar o‘ziga “namuna” qilib kino qahramonini, aktyorlar, sozandalarni tanlaydilar va ularga taqlid 
qiladilar. Agarda taqlid qilinayotgan qahramon salbiy qahramon bo‘lsa, unda ota-ona va pedagoglar turli 
noxushliklarga 
tayyor 
turishlari 
darkor. 
Ayniqsa, “namuna” uchun tanlangan inson real shaxs bo‘lsa-yu, u ichkilikboz, giyohvand, jinoyatchi bo‘lsa, 
undan juda katta kulfatlarni kutish mumkin, chunonchi, ko‘pgina giyohvandlar, katta pul kerakligidan turli 
jinoyatlarga o‘ralashib qolishadi.
 
3.Inkor reaksiyasi(qarama-qarshi tuyg‘u). O‘smirlar uchun xos bo‘lgan tuyg‘u. Xulqning qarama-
qarshi xususiyatlari yaqinla-rining dilsiyohligi, shaxsiyatni xafa qilishi, talablarning ba-jarilishida namoyon 
bo‘ladi. Qarama-qarshi ruhdagi harakatlar ko‘pincha ota-ona, kattalarga qaratilgan bo‘ladi. Oilada 
muammoli vaziyat yuzaga kelganda, bolaning ichki va tashqi “meni” kichik yoki bo‘rttirilgan 
huquqbuzarliklar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday is-yonkorlik ruhidagi harakatlarga ota-onalarning bolaga 
nisbatan loqaydligi, shaxs sifatida uni hurmat qilmasligi, qiziqishlari-ga to‘sqinlik qilishi sabab bo‘ladi. Ota-
onaning bolasiga qo‘ygan o‘ta yuqori talablari, uni “vunderkind” – o‘ta yuqori cho‘qqilarni egallovchi shaxs 
qilishdek orzulari ham sababi bo‘ladi. Dushman-lik hissini berkitib, o‘smir kattalarga bo‘lgan norozilik, 
xafa-ligini, undan ruhan begonasirashini namoyon qiladi. U o‘ziga do‘stlarni tashqaridan izlay boshlaydi va 
ko‘pincha ichuvchi, che-kuvchi to‘daga kirib qoladi.
 
4.Rivojlanish tuyg‘usi(emansipatsiya) - o‘smirning o‘z erkin-ligi, mustaqilligi uchun kurashi. U 
kattalar nazoratidan tezroq ozod bo‘lishni xohlaydi. Uni qancha nazorat qilishsa, u shuncha er-kinlikka 
talpinadi. Kattalarga u ataylab mustaqil harakatlarini namoyon qiladi. Ota-ona yoxud o‘qituvchi unga biron 
harakatni maj-buriy singdirmasa, balki u o‘zi ham ixtiyoriy ravishda shu harakat-ni bajargan bo‘lar edi. Bu 
o‘smirning qaysarligi bilan bog‘liq. Ruhan sog‘lom o‘smirlardan o‘ta qaysarlik xislatlari vaqti bilan o‘tadi. 
Agarda kattalar o‘ta shafqatsizlik va so‘zsiz bo‘ysunishni so‘rashsa, unda o‘smirlar o‘ta keskin xarakter 
namoyon qiladilar.Eng xavotirga soladigani shuki, o‘smirlarning xatti-harakati bunday holatlarda uydan 
qochish va daydichilik bilan tugallanadi. 
5.Rad etish tuyg‘usi - bu o‘yinlarga, ovqat yeyishga, uy ishlari, jamoat ishlariga qo‘shilishini 
inkor etish tuyg‘usi. Bunday voqelikda ota-onalar o‘smirlarning ba’zilariga ma’lum bir teng-doshlari bilan 
muloqot qilishni rad etadilar. Ota-ona o‘z far-zandini ichuvchi, chekuvchi tengdoshlaridan himoya qilish 
maqsadida boshqa maktabga, boshqa hududga ko‘chirishga ham majbur bo‘ladi, natijada o‘smir o‘z ota-
onasini tengdoshlaridan ajratganligida ayblab, ulardan arazlaydi. 



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish