O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta„lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti kasb ta„limi va pedagogika kafedrasi iqtisodiy tarbiya nazariyasi ma„ruzalar matni qarshi 2013 y. Tuzuvchi: “



Download 0,86 Mb.
bet2/2
Sana20.02.2020
Hajmi0,86 Mb.
#40358
1   2
Bog'liq
iqtisodiy tarbiya nazariyasi

KIRISH


O‗zbekiston Respublikasida ro‗y berayotgan inqilobiy o‗zgarishlar jarayoni va iqtisodiy inqiroz sharoitida oliy ta‘lim va o‗rta maxsus bilim yurtlarida iqtisodiy fanlarni o‗qitish metodi va uni isloh qilish, barkamol avlodni iqtisodiy tarbiyalash, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Qonuni bo‗yicha o‗rgatish iqtisodiy tarbiya masalalariga yangicha yondashishni zamon talabi taqozo etadi. Yosh avlodning garmonik rivojlanishi va dunyoqarashini shakllantirishda, ijtimoiy hayotning negizi bo‗lgan iqtisodiy jarayonlarni, uning shakl va mazmuniy o‗zgarishlarini, mamlakatimizdagi resurslardan samarali foydalanib, milliy boyligimizni ko‗paytirish yo‗l-yo‗riqlari ruhida tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.

Kurs oldiga qo‗yilgan maqsadga binoan, kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo‗yicha vazifalarni bajarish bilan bir qatorda bakalavr va magistrlarni darsliklar, o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar bilan ta‘minlash lozim. Ular respublikamizda hali juda kamdir. Biz ushbu obektiv zaruriyatni hisobga olib, talabalarni «Iqtisodiy tarbiya nazariyasi» bilimlari bilan qurollantirish maqsadida qo‗llanmani ikkinchi nashrini kengaytirgan holda tayyorladik.

Qo‗llanmaning asosiy maqsadi, talaba va tinglovchilarda tarbiya haqida tushuncha va uning turlari, usullari hamda yangicha mustaqil iqtisodiy fikr va mulohazalar yuritishdir. Shuningdek, iqtisodiy voqealar, jarayonlar haqida yetuk va chuqur fikrlashga o‗rgatish hamda ularni iqtisodiy barkamol tarbiyalashdan iboratdir. Qo‗llanmada nazariy xulosalarni amaliyot bilan bog‗lashga harakat qilindi. Ayniqsa, Prezident I.A.Karimov asarlarida bayon qilingan ilmiy qoidalari, xulosalarini va O‗zbekiston Respublikasidagi ―Barkamol avlod‖ davlat dasturi g‗oyalarini hayotga tadbiq etish ruhida tarbiyalashga harakat qilindi. Iqtisodiy mushoxada yurita olish va tahlil qilish, o‗z bilimlarini ijtimoiy voqelik bilan bog‗lash imkoniyatlari aynan iqtisodiy fanlar tizimi orqali shakllantirilishi bois, talabalarda mazkur qo‗llanma orqali iqtisodiy tushunchalarni keng shakllantirishni maqsad qilib olingan.



1-Ma‟ruza: IQTISODIY TARBIYA NAZARIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI


Reja




  1. Fanning vujudga kelishi, maqsadi va asosiy vazifalari

  2. Ma‘naviy va iqtisodiy hayot

  3. Iqtisodiy tarbiya nazariyasining boshqa fanlar bilan uzviy bog‗liqligi

  4. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fani predmetini o‗rganish metodlari



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Fan, ta‘lim, Iqtisodiy tarbiya nazariyasi, Iqtisodiy tarbiya nazariyasining obekti, insonni «modellashtirish», to‗la ratsionalizm, cheklangan ratsionalizm, organiq ratsionalizm, opportunizm, dialektik metod, germenevtika.


1. Fanning vujudga kelishi, maqsadi va asosiy vazifalari


Insonlar yashashi, har tomonlama kamol topishi uchun turli-tuman ehtiyojlarini qondirishi shart. Inson ana shu ehtiyojlarini qondirish, hayot kechirish uchun turli-tuman ne‘matlarni yaratadi.

Ma‘lumki, turli-tuman ne‘matlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan resurslar cheklangan. Ayniqsa, ularning takror ishlab chiqarib bo‗lmaydigan qismi - kamyob tabiiy resurslar, ulardan asrab-avaylab foydalanishni taqozo qiladi.

Inson obektiv zarurat tufayli cheklangan resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishning turli-tuman yo‗llarini topishga harakat qilgan. Resurslar cheklanganligi insonni tabiatdagi tayyor ne‘matlarni o‗zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylantirdi. Shu paytdan boshlab uning mehnati sifat jihatdan yangi bosqichga, holatga ko‗tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Keyinchalik, inson resurslardan samarali foydalanishni mulkchilik munosabatlaridagi tub o‗zgarish - xususiy mulkchilikni vujudga keltirish bilan yechdi.

Keyingi bosqichlarda inson resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi o‗rtasidagi ziddiyatni mulkchilik shakllarining rivojlanishi, resurslardan tejamli foydalanishni yangi usullarini kashf qilish yo‗li bilan hal qilib keldi.

Shunday qilib, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida kamyob tabiiy resurslarning tugab borishi, ularni asrab-avaylab sarflash uchun qilinadigan xarajatlarning ham ko‗payib borishi bu muammoni yanada dolzarb qilib qo‗yadi. Natijada, doimiy diqqat cheklangan resurslar va imkoniyatlar sharoitida yaratilgan ne‘matni, ko‗paytirishi uchun ratsional1 xo‗jalik yuritish qonunlarini nzlashga qaratilgan. Bunda iqtisodiy tadqiqotlar yo‗nalishi, e‘tibor qaratiladigan masalalar o‗zgargan, lekin asosiy maqsad o‗zgarmagan.

Jamiyat taraqqiyoti, xo‗jalik yuritish shakllari va iqtisodiy aloqalarning kuchayishi, murakkablashuvi bilan yer yuzidagi aholining ko‗payishi bu muammoning dolzarbligini yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan, inson ne‘matlarni yaratuvchisi va iste‘molchisigina emas, aynan ana shu jarayonning barcha bosqichlarida yagona qaror qabul qiluvchi va uni amalga oshiruvchidir.

Shuning uchun ham XIX asrning oxiridan boshlab jamiyatni ijtimoiy tashkiliy shakliga,

«iqtisodiy odam (homo economicus)»ning say-harakati, tanlovi, subektiv motivlarga alohida diqqat qaratila boshlandi.

Demak insonning qanday qaror qabul qilishi bunda u o‗z manfaatlari nuqtai nazardan masalaga qanday yondashishi katta ahamiyatga ega.

Mashhur faylasuflardan Demokrit shunday degan ekan: «Donishmandlikdan quyidagi, o‗ziga xos uch fazilat kelib chiqadi: eng to‗g‗ri qaror qabul qilish, bexato so‗zlash, bajarish lozim bo‗lgan ishni ijro etish».

Resurslarni qanday ishlatish haqida inson qaror chiqarar ekan, demak, ana shu qaror to‗g‗ri bo‗lishi, turli variantlardan eng to‗g‗risini tanlashi lozim. Buning uchun u iqtisodiy fikrlash, aql bilan qaror qabul qilishni o‗rganishi zarur.

Uchinchidan, ana shu bilim, malaka, ko‗nikmalarni yoshlarga o‗rgatish ularda iqtisodiy nuqtai nazardan fikrlashni, iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash zarur.

To‗rtinchidan, yoshlarda iqtisodiy bilim, malaka, ko‗nikmani shakllantiradigan, rivojlantiradigan ustozlar, pedagoglar zarur.

Ana shu zaruriyatlar tufayli pedagogikada yangi bir fan Iqtisodiy tarbiya nazariyasi shakllana boshladi.

Fanning o‗zi nima? degan savol tug‗iladi.

Fan tushunchasiga — o‗zbek tilining izohli lug‗atida quyidagicha ta‘rif beriladi: «Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrofdagi muhitga ta‘sir ko‗rsatuvchi bilimlar sistemasi» 2.

Inson paydo bo‗libdiki, o‗zini qurshab turgan olamni, shu olamni tarkibiy qismi bo‗lgan o‗zini ham bilishga qiziqadi. Shu bilan birga inson yashar ekan, uning oldida turli-tuman qiyinchiliklar, to‗siqlar, yechish zarur bo‗lgan muammolar vujudga keladiki, ularni yechish uchun u izlanadi, mehnatini yengillatishga harakat qiladi. «Viktor Gyugoning fikricha «taraqqiyot tasodif emqas, balki zaruratdir». Men bu fikrga to‗liq qo‗shilaman, hozir rivojlanish har bir sohada izchil amalga oshirilmog‗i zarur. Aks holda bu sohalar zamon talabiga javob bera olmaydi» 3.

Madaniyat beshigi hisoblangan Gretsiya, qadim Sharq, mamlakatlarida tabiat va jamiyat taraqqiyotini ko‗zatib, o‗rganib, uning qonunlarini ochib beruvchi kishilar, mutafakkirlar yetishib chiqdilar va tom ma‘nosi bilan hozirgi zamon ilmu-faniga asos soldilar.

Ikkinchidan, fan ma‘nosida o‗zbek tilida ilm so‗zi ham ishlatiladi. Ilm atamasi keng bo‗lib, u fan ma‘nosidan tashqari, kishining o‗qish, o‗rganish va hayotiy tajriba orqasida orttirgan bilim, ma‘lumot, donish ham tushuniladi.

Islom Sharqida «ilm» tushunchasi ham diniy, ham dunyoviy mazmun kasb etgan. Lekin ularning albatta o‗ziga xos jihatlari mavjud.

Har qanday fan ostida kishilarning olamni bilish uchun uni ko‗zatish, idrok qilishi jarayoni, uning natijasini umumlashtirish, xulosa chiqarishi yotadi, to‗plangan bilim va tajribalar asosida paydo bo‗ladi.




2. Ma‟naviy va iqtisodiy hayot


Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bo‗lgan buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy, mashhur bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniylar ham fan kishilarning amaliy ehtiyoji tufayli vujudga kelishini ta‘kidlashgan.

Shunday qilib, falsafiy, iqtisodiy fanlar bilan pedagogika fanlari kesishuvi nuqtasida ta‘lim va tarbiyani o‗rganuvchi fan shakllandi. Jamiyat taraqqiy etishi bilan kelajakda ma‘naviy va iqtisodiy hayot ijodkorlik uchun katta imkoniyatlar vujudga keltiradi.

Mamlakatning kelajagi bevosita yoshlar, ularga ta‘lim va tarbiya berish bilan bog‗liq. Bu jarayonda iqtisodiy bilim va tarbiya berish muhim ahamiyatga ega, sababi, cheklangan resurslardan samarali foydalanish aynan insonlarning iqtisodiy tafakkuriga bog‗liq bo‗lib qoladi.



Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanining maqsadi iqtisodchi-pedagoglar tayyorlash va iqtisodiy ta‘limning barcha bo‗g‗inlarida yoshlarda hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish, iqtisodiy fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlash va iqtisodiy fanlarning uzviyligini ta‘minlashdir. Iqtisodiy tarbiya nazariyasining maqsadini qisqacha ta‘riflasak, «homo economicus - iqtisodiy odam»ni shakllantirishdir.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasining predmeti. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi ilmiy bilishning o‗ziga xos sohasi sifatida shaxsni iqtisodiy nuqtai nazardan tarbiyalashni o‗rganishdir.

Pedagogikaning o‗zi tarbiya to‗g‗risidagi fan bo‗lsa, Iqtisodiy tarbiya nazariyasi uning bir yo‗nalishi sifatida insonda iqtisodiy fikrlash tarzini shakllantirishdir.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasining obekti iqtisodiy jihatdan tarbiyalash atijasida iqtisodiy qarashlari rivojlanayotgan o‗quvchi, talabalardir.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasi, iqtisodiy ta‘lim tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‗z ichiga oladi:

1. Iqtisodiy fikr yuritish va iqtisodiy jihatdan dunyoqarashni shakllantirish. 2. Mulk egasi xo‗jayinlik hissi, iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash.


  1. Sotsial-psixologik, axloqiy jihatlar: mehnatsevarlik, intizomlilik, tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik tashkilotchilik, hisob-kitob olib borishga intilishni tarbiyalash.

  2. Uzluksiz ta‘limni amalga oshirish, iqtisodiy ta‘lim berishning hamma bo‗g‗inlari, bosqichlarida hamda iqtisodiy kadrlar tayyorlashda zamon talablariga javob beradigan, bozor iqtisodiyoti talablarini tushuna oladigan xo‗jalik yurituvchi va mutaxassis sifatida malaka va ko‗nikmaga ega bo‗lgan mutaxassislar tayyorlash jarayonida tarixiy g‗oyalar, an‘analarni o‗rganib, ulardan qaror qabul qilishda foydalanishni o‗rganish.

  3. Hayotda sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni to‗g‗ri hisobga olishni ularga moslashish, risk qilish, ehtiyojlarini to‗laroq qondirish uchun oqilona tanlash fazilatlarini shakllantirishga ta‘sir ko‗rsatish. 6. Bozor iqtisodiyoti o‗z qonunlari, tamoyillari va talablari bilan amal qilishini hisobga olgan holda bunday jamiyatda yashash, faoliyat yuritish uchun yangi bilimlarni, yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.

  1. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishni jadallashtirish davrida tamomila yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishning asosiy ustuvor vazifalarini amalga oshirish, yoshlar ongiga iqtisodiy jarayonlarni oddiy, sodda qilib singdirish, iqtisodiy bilim berish iqtisodiy savodxonlikni ta‘minlash.

  2. Yoshlarga ta‘lim va madaniyatni tushunib olish, iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy madaniyatni birlashtirish orqali inson omilini kuchaytirish va boshqalar.


3. Iqtisodiy tarbiya nazariyasining boshqa fanlar bilan uzviy bog„liqligi


Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanlar tizimida qator fanlar bilan uzviy aloqada bo‗lib, buning sababi Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanining o‗rganish obekti bilan bog‗liq.

Ma‘lumki, barcha fanlar obektiv borliq va uni o‗rganish asosida vujudga kelgan. Shuning uchun ham fanlar bir-birini taqozo qiluvchi sifatida hamda fanlarning rivojlanishi natijasida yangi fanlarning vujudga kelishi tufayli bir-biri bilan uzviy bog‗liqligi e‘tirof etiladi. Shu nuqtai nazardan Iqtisodiy tarbiya nazariyasi ham deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqadadir.

Ayniqsa, bir obektning bir necha fanlarning oralig„ida o„rganilishi lozim bo„ladi.

Demak, ma‟lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to„laqonli muvaffaqiyatga erisha olmaydi.

Bizni qurshab turgan olam sistemali xususiyatga ega bo‗lganidek olamning bir uzviy qismi bo‗lgan insoniyat olami ham ma‘lum bir sistemadir. Insoniyat olami eng avvalo, insonlar va ularning o‗zaro munosabatidan tashkil topadi. Insoniyatni tashkil etgan inson o‗zi alohida yashay olmaydi. Inson albatta boshqa inson bilan munosabatda yashaydi.

Shuning uchun ham xalqimizda «Yolg‗izlik Xudoning o‗ziga xos» degan naql bor. Insonlar kishilik jamiyatini tashkil etar ekan, ular o‗rtasidagi munosabatlar ijtimoiy munosabatlar sanaladi. Insonlar o‗rtasidagi turli-tuman munosabatlarni o‗rganuvchi fanlar ijtimoiy fanlar hisoblanadi. Ijtimoiy fanlar bilan gumanitar fanlar o‗rtasida chegara yo‗q. Gumanitar fanlar ham inson va uning madaniyatini o‗rganuvchi fanlar bo‗lib, ular o‗rtasida o‗zaro chambarchas aloqa mavjud bo‗lib, ularni ko‗pincha bir-biridan ajratib bo‗lmaydi. Shu boisdan har ikki tarmoq birlashtirilib ijtimoiy-gumanitar fanlar deb yuritiladi.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasi ana shu fanlar jumlasiga kiruvchi falsafa, mantiq, tarix, adabiyot va qator boshqa fanlar bilan ikkinchi tomondan insonda iqtisodiy fikrlashni qarashlarni tarbiyalovchi fan sifatida iqtisodiy fanlar bilan bog‗liq.

Lekin ma‘lum bir shunday fanlar borki, Iqtisodiy tarbiya nazariyasining kelib chiqishi jamiyat taraqqiyoti va ana shu fanlarning rivojlanishi bilan bevosita bog‗liq.

Bu fanlar qatoriga eng avvalo, falsafani qo‗yamiz, chunki barcha fanlarning, ayniqsa, pedagogikaning metodologik asosi bu falsafadir. Ko‗plab pedagogik konsepsiyalar va tarbiya tizimining asosi falsafiy nazariyalardir.

Hozirgi kunda pedagogikada keng tarqalgan pragmatizm, neopragmatizm, neopozitivizm, ekzistensializm, neotomizm, bixeviorizm va boshqalar ham aynan falsafadagi ana shu yo‗nalishlar asosida vujudga kelgan va rivojlangan. Demak, Iqtisodiy tarbiya nazariyasini fan sifatida shakllanishi asosida falsafa turadi desak xato qilmaymiz.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasining shakllanishi pedagogika fani bilan chambarchas bog‗langan. Chunki Iqtisodiy tarbiya nazariyasining predmeti, ilmiy bilishning alohida funksiyasi bo‗lgan iqtisodiy tarbiya bo‗lgani tufayli u eng avvalo, pedagogika faniga tayanadi.

Ma‘lumki, pedagogika tarbiyalash munosabatlari haqidagi fan. Tarbiya munosabatlari esa tarbiyalash, ta‘lim berish bilan birgalikda o‗z-o‗zini tarbiyalash, o‗z ustida ishlash, mustaqil bilim olish jarayonini bir butun qilib birlashtiradi. Pedagogikani insonni tarbiyalash, uni ma‘naviy jihatdan boy, ijodiy faol shaxs bo‗lib shakllanishiga yordam beruvchi fan sifatida qarash mumkin.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasini pedagogikaning bir metadologik yo„nalishi sifatida iqtisodiy ta‟lim shakllari, metodlari, prinsiplariga yondashuvlar, uning mazmunini ifodalovchi mezonlarni tanlash, ishlab chiqarishni o„z ichiga oluvchi fan tarzida ko„rish mumkin.

So‗zsiz pedagogikaning boshqa qator yo‗nalishlari, pedagogika tarixi, etnopedagogika, pedagogik antropologiya, ekologik pedagogika va boshqalar ham albatta Iqtisodiy tarbiya nazariyasining shakllanishi va rivojlanishiga ta‘sir qiladi.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasining kelib chiqishida muhim rol o‗ynagan fanlardan yana biri psixologiya, xususan psixologiya fanidir.

Ayniqsa XX asrning 90-yillaridan boshlab, ekologik va iqtisodiy psixologiya bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar fanni shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar natijasida shaxsning iqtisodiy jihatdan fikr yuritishi, uni shakllanishi mexanizmini tushunib yetish, anglash xususiyatlarini aniqlashga yordam berdi. Iqtisodiy ta‘limni pedagogik jarayon bilan iqtisodiy fikrlashni shakllanishi jarayonini psixologik jihatlarini to‗la muvofiq kelishini ko‗rsatib berdi. «Iqtisodiy odam»ni shakllanishiga alohida diqqat qaratildi.

Ma‘lumki, inson hayotining biologik, sotsial, moddiy va ma‘naviy tomonlari murakkab tarzda chatishib ketadi. Iqtisodiyot nazariyasi inson faoliyatining asosiy jabhasi cheklangan resurslar sharoitida hayotiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va ularni taqsimlashni tahlil etadi. Bu jarayonda shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar turli-tuman shakllarda realizatsiya qilinishiga diqqat qaratiladi.

Iqtisodiy nazariya kishilik jamiyati taraqqiyotini o‗rganishga insonni bir vaqtning o‗zida turli-tuman ne‘matlarni ishlab chiqaruvchi hamda iste‘mol qiluvchi sifatida yondashadi.

Bozor iqtisodiyotini oqilona individualizmga asoslanishi nazariy jihatdan tadqiqot qilinishi muhim rol o‗ynaydi. Iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‗rganishda inson modeliga, ya‘ni ma‘lum sotsial-iqtisodiy tizimda insonning umumiy qiyofasi haqida uning faoliyatining turli-tuman motivlariga alohida ahamiyat beriladi.

Ma‘lumki, har bir fan insonga o‗z tadqiqot predmeti nuqtai nazaridan yondashadi hamda erishgan yutuqlari darajasi doirasida ta‘riflaydi, ma‘lumot beradi.

Iqtisodiy nazariya esa insonning iqtisodiy say-harakatini tushuntirib berishga diqqat qaratadi.

Insonni «modellashtirish»ning turli-tuman yo‗nalishlarini shartli ravishda to‗rt guruhga ajratish mumkin. Ular o‗rtasidagi farq birinchidan, insonning shaxsiy fazilatlarini turlitumanligidan, abstraksiyalanish darajasi jihatidan, ikkinchidan, kishilar faoliyati amalga oshiriladigan iqtisodiy, siyosiy, psixologik muhitni hisobga olinishi jihatidan aniqlanadi.

Birinchi yo‗nalishga ingliz klassik maktabi, marjinalizm, neoklassik maktablari kiradi. Bu modelda asosiy diqqat inson egoist (o‗z manfaatini ko‗zlovchi) qilib yaratilganidan kelib chiqib, «iqtisodiy odam» harakati, faoliyatining bosh motivi, uni harakat qilishining asosi iqtisodiy manfaatlar, eng avvalo, pul ekanligiga asoslanadi. «homo economicus» modeliga ko‗ra individ o‗zini shunday tutadiki, natijada, u resurslar cheklanganligi, asosiysi pul daromadi cheklanganligi sharoitida naflilikni, ya‘ni farovonlikni maksimallashtirishga erishadi. XVIII asrda vujudga kelgan bu konsepsiya Hozirgi kunda yanada keng yoyildi.

Bu modelda insonlarning iqtisodiy say-harakatlari, tanlovi cheklangan resurslar sharoitida minimal xarajat qilib, maksimal natijaga erishish uchun intilishga qaratilgan. Bu yo‗nalishning o‗zi to‗la, cheklangan, organiq ratsionalizm konsepsiyalariga bo‗linadiki, birinchisida odam faoliyat yuritishi uchun atroflicha axborotga ega va undan o‗z faoliyatida foydalanib, maksimum darajada natijaga erishadi deb qaraladi.

Ikkinchi — cheklangan ratsionallikda xo‗jalik yuritish jarayonida qaror qabul qilish uchun axborotlar yetarli emas, cheklangan. Bunda turli qiyinchiliklar tufayli zarur axborotlarni to‗play olmaslik, yetarli darajada tahlil qila olmaslik, qolaversa insonning bilish qobiliyati, iqtidori darajasi imkon bermasligi mumkin.

Organiq (tabiiy, uzviy) ratsionallik, ya‘ni ratsionallikning zaif shakli konsepsiyasida asosiy diqqat insonning o‗zini tutishi, say-harakatlarida rasmiy va norasmiy qoidalarga rioya qilishiga qaratiladi. Tanlovning ratsional bo‗lishiga yuridik taqiqlar yoki an‘analar, axloqiy va boshqa shunga o‗xshash taqiqlar ta‘sir qilishi mumkin. Undai tashqari insonlar say-harakatiga noiqtisodiy omillar ta‘sir qilish mumkin. Ular kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan ortib boradi.

Ikkinchi yo„nalish ko‗proq keynschilik va institusional maktablarini qamrab oladi. Ular ko‗proq birinchi yo‗nalishning ikkinchi «cheklangan ratsionalizm» konsepsiyasiga yaqinroq.

Ularning fikricha faqat shaxsiy foyda, naflikni haqida emas, balki o‗zini-o‗zi cheklash, boshqalarga yaxshilik qilish maqsadida o‗z manfaatlaridan voz kechish kabi insoniy hislatlar tufayli individning tanlovi natijasiga tub o‗zgarishlar kiritilishi mumkin.

Bu modelda jamiyat nisbatan murakkab tarkibga ega, ularni muvozanatda ushlab turish uchun davlatning iqtisodiy munosabatlarga aralashuvi talab etiladi.

Uchinchi yo„nalish hozirgi zamon realligini o‗zida aks ettiruvchi «iqtisodiy odam» modeliiing prinsipial yangi turi bo‗lib, unga ko‗ra tanlovda moddiy jihatga qaraganda ma‘naviy ehtiyojarni qondirish asosiy o‗ringa chiqadi.

To„rtinchi yo„nalish alohida sobiq sotsialistik (sovet) jamiyatidagi «iqtisodiy odam» modeli administrativ - buyruqbozlikka asoslangan xo‗jalik yuritish tizimiga xos ravishda insonning say-harakatlarini ifodalaydi. Bu model eng avvalo, insonning shaxsiy farovonligini ko‗zlashi tufayli uning iqtisodiy say-harakati, tanlovini ikkiga ajralishi bilan harakterlanadi.

Bunda davlat uchun mehnat qattiq cheklashlar va mehnat natijasini davlat tomonidan tekis taqsimlanishiga asoslanadi. Shuning uchun boqimandalik kayfiyati hukm suradi, davlat mulkini o‗g‗irlash, tashmachilik mavjud. Mehnatiga, ya‘ni ish joyida bo‗lishiga kam bo‗lsa ham kafolatlangan haq oladi. Bunda opportunistik say-harakat uchun qulay muhit yaratiladi. Opportunistik say-harakat, tanlov deganda iqtisodiy nazariyada iqtisodiy vijdonsizlik, ataylab axborotlarni bo‗zib ko‗rsatish yoki to‗liq axborot bermaslik va boshqalar tushuniladi. Amerikalik iqtisodchi O. Uilyamson fikricha opportunizm ou «shaxsiy manfaatlarni ko‗zlab, tashkilotning manfaatlarini realizatsiya qilishga to‗sqinlik qilish: axborotni yashirish, aldash, hiyla bilan to‗g‗ri yo‗ldan urish» kabilar tushuniladi3.

Buyruqbozlik iqtisodiyotida opportunizm insonlarni oqilona say-harakatini o‗ziga xos shakli bo‗lib, tizimning o‗zi halollik, ochiqlik, aniqlik, iqtisodiy subektlarning kelajak faoliyatlarini o‗zlari oldindan belgilab mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga tizimning o‗zi yo‗l bermagan.

Ko‗zga ko‗ringan nemis olimi psixoanalitik Erix Fromm aytganidek «... aqlning funksiyasi yashash san‘atiga xizmat qilishdan iborat»5. Davlat diktati, tovar va xizmatlar defitsiti, taqchilligi odamlarni sharoitga moslashishga, yashash uchun turli yo‗llarni o‗ylab topishga majbur qilgan.

Turli-tuman nobozor, bozor iqtisodiyotiga xos bo‗lmagan aloqalar, boshqaruv institutlari va ularda qaror qabul qilishda shaxsiy mas‘uliyat va tashabbuskorlikni zimmaga olishdan qo‗rqish, sustkashlik, iqtisodiy nopoklik va boshqa illatlarga moyillikni kuchaytiradi.

Lekin shunga qaramay har bir shaxs minimal darajada sarf-xarajat qilib, maksimal natijaga erishishga harakat qilgan. Bu esa insonni doimo iqtisodiy ratsionallikka erishishga intilishini ko‗rsatadi.

Bu prinsipning universalligi olimlarni uni iqtisodiyot nazariyasi doirasidagina emas, balki inson hayotining NOIQTISODIY sohalarida ham uning harakati motivlarini tushuntirib berishga harakat qilishga olib keldi.

Ana shunday tadqiqotga nihoyatda katta hissa qo‗shgan olim Gerri Bekker iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotini olishga sazovor bo‗lgan. U ratsional tanlov muammosi bilan bog‗liq holda oilada ixtiyor qilingan farzandlar soni, odamlar tomonidan jinoyat sodir qilish, - ta‘lim olishni davom ettirish va boshqa shunga o‗xshash hodisalarga qaror qabul qilish sabablarini original tarzda izohlab beradi4. Kishilar hayotining noiqtisodiy tomonlari tahliliga iqtisodiy jihatidan yondashishdan foydalanish nazariyada «iqtisodiy imperializm» nomini olgan.

Umuman olganda xo‗jalik yuritish jarayonida «inson omili»ga xos asosiy parametrlar ana shu modellarda umumiy tarzda o‗z ifodasini topadi. Ularni bilish kishilik sivilizatsiyasining turli bochqichlarida iqtisodiyotda insonning rolini real baholabgina qolmay, iqtisodiy siyosat yuritishning optimal yo‗nalishlarini shakllantirish, qabul qilingan u yoki bu iqtisodiy qarorlarning oqibati qanday bo‗lishini yuksak darajada aniqlik bilan taxmin qilish imkonini beradi.

Shunday qilib, individual va jamoa tarzida to‗g‗ri qaror qabul qilishni o‗rganish uchun iqtisodiyotni, iqtisodiy qarashlarni o‗rganish zarur.

Kishilik jamiyati taraqqiyotida, iqtisodiy tizimi markazida insonning roli beqiyos. Demak, unga nafaqat iqtisodiy ta‘lim, balki tarbiya berish zarur, unga ratsional qaror qabul qilish yo‗llarini o‗rgatish lozim. Bu vazifani aynan Iqtisodiy tarbiya nazariyasi bajaradi. Shunday qilib, iqtisodiyot nazariyasi fani Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanini nafaqat shakllanishi, balki rivojlanishiga ham katta turtki beradi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotga subektiv-psixologik yondashuv asosiy o‗ringa chiqadi. Ayniqsa, marjinal maktabning iste‘molchilar ruxi, kayfiyatini o‗rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda, erkin raqobat kurashi sharoitida subektning o‗zini tutishi, sayharakati iqtisodiy tanlov masalalari muhim ahamiyatga ega.

Shunday qilib Iqtisodiy tarbiya nazariyasi yangi fan sifatida falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, pedagogika, psixologiya fanlarining o‗ziga xos integratsiyasi sifatida kelib chiqadi deb ayta olamiz.




4. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fani predmetini o„rganish metodlari


Fanda erishilgan natijagina emas, balki unga erishish metodlari, ya‘ni shu natijaga qanday qilib, qaysi yo‗l bilan erishilgani hamda shu fanni qanday qilib o‗rganish mumkinligi ham katta ahamiyatga ega.

Fanni fan sifatida uni o‗zlashtirish va takomillashtirish metodlariga tayansagina tan olish mumkin. Chunki aynan metod fanga uning vazifalari, masalalarini yechish, o‗z muammolarini ishlab chiqishga imkon beradi.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fani ham o‗z predmetini qator metodlar asosida o‗rganadi. U eng avvalo, barcha fanlar uchun umumiy metod bo‗lgan dialektikaga tayanadi. Dialektika - tabiat, jamiyat, tafakkur rivojlanishini eng umumiy qonuniyatlari haqidagi ta‘limot bo‗lib, uning asoschisi buyuk nemis faylasufi Georg Gegeldir (1770-1831). U dilektika tizimi nazariyasining markaziga qarama-qarshiliklarni qo‗yadi. U qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunini ifodalar zkan, qarama-qarshilikni har qanday rivojlanishining «miqdori» sifatida baholaydi. Inkorni inkor qilish miqdor o‗zgarishlariga, miqdor o‗zgarishi sifat o‗zgarishlariga olib kelishini asoslab beradi.

Dialektik metod faqat ziddiyatni emas, balki qarama-qarshiliklar birligini ham ifodalashi bir-biri bilan qarama-qarshi hodisalarni bir butun holda ko‗rish imkonini beradi. Kishilik jamiyati taraqqiyotini iqtisodiy fikrlash tarzining o‗zgarishini, insonlarni tarbiyalash jarayonini o‗rganganimizda shu metoddan foydalanamiz.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasini o‗rganishda qo‗llaniladigan metodlar ilmiy tadqiqot metodlaridir. Bu metodlarga ko‗ra:



  • insonni tarbiyalanuvchi va tarbiyachi sifatida tadqiq etish;

  • insonni o‗rganishning turli jabhalarini sintezlash;

  • parallel ravishda ularni pedagogik jihatdan talqin qilish, amalga oshirish;

  • tajriba va eksperimentlar orqali faktlarni o‗rganish. Jarayonlar va omillarni alohida shaxs va jamoa misolida o‗rganish, o‗zgarishlarni aniqlash;

  • deduktiv-gipotetik va induktiv-empirik modellar asosida asosiy g‗oyalarni o‗z predmeti doirasida tadqiq etish.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasining muhim metodlaridan biri tarixiylik va mantiqiylik metodlari bo‗lib, ular tahlil (analiz) va sintez metodlari bilan uzviy ravishda qo‗shilib ketadi. Chunki tarixiy faktlar, ma‘lumotlar o‗rganilib tahlil qilinadi. Tarbiyaviy jarayon bo‗yicha dunyo miqyosidagi tajribalar o‗rganiladi, ulardan foydalaniladi. Sababi, jamiyatni avvalgi taraqqiyot davrini o‗rganmay, milliy an‘analar ildizini bilmay hozirgi davr uchun mustahkam asos yaratib bo‗lmaydi.

Aniq fanlarning inson haqidagi ma‘lumotlari pedagogika fani tomonidan o‗zlashtirilishi mumkin. Buning uchun ular sintez qilinadi va mantiqiy xulosa chiqariladi.

Bundan tashqari induksiya va deduksiya metodidan keng foydalaniladi. O‗z predmeti nuqtai nazaridan yondashilgan holda boshqa fanlar bilan hamkorlikda tadqiqot olib boradi.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasini o‗rganishda adabiyotlar bilan ishlash metodi ham muhim o‗rin tutadi. Iqtisodiy tarbiya nazariyasiga xos muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‗rganishdan boshlanadi. Bunda tarixiy pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, maorif, ta‘lim-tarbiyaga oid, huquqiy hujjatlarni o‗rganish, boshqa mamlakatlarning tajribasini o‗rganish amalga oshiriladi. Adabiyotlarni o‗rganish orqali insoniyat tomonidan bu borada nimalarga erishilgani o‗rganiladi, qanday hal etilmagan muammolar borligi aniqlanadi.

Fanni o‗rganishda qo‗llaniladigan yana bir metod germenevtika, ya‘ni talqin qilish metodi hisoblanadi. Bu metod insonning tabiatini tushunishga yordam beradi.

Tarixdan o‗rganish bu tarixni o‗rganish emas, tarixni yodda saqlash emas, balki unga yoshlarga iqtisodiy jihatdan tarbiyalashda qanday foydalansa bo‗ladi, degan nuqtai nazardan qarash tushuniladi.



Germenevtika fikrni, qarashlarni, yozilgan matnni sharhlash va uni talqin qilish prinsiplari haqidagi ta‟limotdir. Talqin qilish - demak nimanidir mazmunini, mohiyatini ochib berishdir.

Pedagogik jihatdan — bu voqea, xodisa, jarayonni pedagogika uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini tushuntirishni ifodalaydi. Nima sababdan pedagogik faoliyatda, ya‘ni tarbiyada zarurligini asoslab beradi.

Bu metod insonni, uni inson sifatida shakllanishi, uni har tomonlama rivojlanishi qonunlarini ahamiyatini, mohiyatini o‗rganishga, anglashga, tushunishga imkon beradi.

Talqin qilish san‘ati inson haqidaga boshqa fanlarda sinalgan, o‗rganilgan bilimlardan pedagogik maqsadlarda foydalanishni ham o‗z ichiga oladi.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasida atrof-muhit ta‘sirini o‗rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki bosh tarbiyachi-alohida pedagog emas, balki jamiyat, umuman olganda bir butun hayotdir. Shuning uchun ham buyuk alloma Abu Abdullo Rudakiyning

«Har kimki hayotdan olmasa ta’lim

Saboq bera olmas hech bir muallim» degani bejiz emas.

An‘analar, axloqiy qoidalar, sotsial sharoit, siyosiy institut, diniy e‘tiqodlar, tabiiy, tarbiya jarayoniga kirib, turmush tarzi ta‘siri natijasida iqtisodiy tarbiya yuz beradi.

Jamiyat o‗sayotgan insonga qadriyatlar tizimi orqali ta‘sir ko‗rsatadi. Bo‗lar ona tili, hulqodob, an‘ana, udum va boshqalarni o‗z ichiga oladi.

Undan tashqari oilada, jamiyatdagi mehnat taqsimoti kishilar mashg‗uloti ham tarbiyaning tabiiy ravishdagi muhim omillari qatoriga kiradi. Eng muhim tarbiyaviy ta‘sir etuvchi omil bu mehnat va an‘analardir. Tarbiyaviy ta‘sir din, huquq, iqtisodiyot, hukumat faoliyati orqali amalga oshiriladi.




Takrorlash va munozara uchun savollar


1. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fani qanday tarzda shakllangan? 2. Fanning predmeti, maqsadi, obekti, vazifalarini ko‗rsating va izohlang.



  1. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi qaysi fanlar asosida shakllangan?

  2. Insonni «modellashtirish»ning qanday yo‗nalishlari mavjud? Ularning farqlarini ko‗rsata olasizmi?

  3. Opportunizm nima bu borada siz amerikalik iqtisodchi O. Uilyamson fikriga qo‗shilasizmi? 6. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fani o‗z predmetini qaysi metodlar yordamida o‗rganadi?

7. Nima sababdan Iqtisodiy tarbiya nazariyasida atrof-muhit ta‘sirini o‗rganish muhim ahamiyatga ega? Sabablarini izohlang.

2-Ma‟ruza: IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYANING RIVOJLANISH TARIXI


Reja




  1. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrda ijtimoiy, iqtisodiy hayot va iqtisodiy ta‘limtarbiya masalalari

  2. Islom dinida iqtisodiy ta‘lim-tarbiya masalalari

  3. IX-XV asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaning tutgan o‗rni

  4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaga oid qarashlar



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: «Avesto», islomparastlik, «Kur‘oni Karim», ma‘rifat, sudxo‗rlik, taqvo, Xaq, Temur to‗zuklari, rus to‗zem, jadidchilar, usuli jadid, gimnaziya, ma‘rifat, Madrasa.


1. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrda ijtimoiy, iqtisodiy hayot va iqtisodiy ta‟limtarbiya masalalari


Tarixiy ma‘lumotlardan ayonki, buyuk ajdodlarimiz iqtisod va iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaga oid ko‗plab g‗oyalarni ilgari surishgan. Chunki iqtisod har bir kishi, har bir oila, jamoa va jamiyat hayotida muhim o‗rin tutadi. U nafaqat insonning bugungi hayotini, balki kelajagini ham belgilab beradi. Axir, halqimiz «Oldin iqtisod, keyin siyosat», degan hikmatni bejiz aytmagan. Demak, jamiyatda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish katta ahamiyaga ega.

Qadimiy iqtisodiy qarashlar va tarbiya masalalari haqida yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan «Avesto» yordamida fikr yuritishimiz mumkin.

“Avesto”da iqtisodiy qarashlar va iqtisodiy tarbiya masalalari


Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya haqidagi dartlabki fikrlar bundan qariyb 3000 yil muqaddam vatanimiz hududlarida Zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‗lmish «Avesto» buyuk olim hamda faylasuf Zardusht tomonidan bizga meros qoldirilgan. Bu asar aslida diniy qarashlar asosida bitilgan, lekin bu durdona asar turli-tuman sohalarga tegishli bo‗lgan ilk g‗oyalarni ham o‗zida mujassamlashtirgan. Hatto, Qadim Yunonistonda asoslangan va ilk bor tadqiq, etilgan deb tan olingan aksariyat g‗oyalar va fikrlar ushbu nodir kitob orqali ulardan ham oldinroq yaratilgani ma‘lum bo‗ldi.

Bu asarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga katta urg‗u berilgan. Xususan hozirgi zamon iqtisodiyot hazinasining dolzarb mavzu va muammolarning ilk kurinishlari o‗sha davrga xos ravishda o‗rganilgan hamda tartibga solingan.

Ayniqsa, asarda chorvachilik va qishloq xo‗jaligi sohasining asosiy tarmog‗i hisoblangan dehqonchilikka nihoyat darajada yuksak e‘tibor beribgina qolmay xatto uni ilohiylashtirilgan ham. Shuningdek, dehqonchilikni ilk natural xo‗jalik oila-qabila bilan birgalikda davlatning ham iqtisodiy barqarorligini saqlashga xizmat qiladigan asosiy omilligi bir necha bor ta‘kidlangan.

Asarda «Kim g‗alla eksa olijanobdir. G‗alla ekkan kishi Ezgulik urug‗larini sochadi. Axira Mazdaga e‘tiqodini kuchaytiradi, mustahkamlaydi. Bu qonunning bajarilishi o‗z ahamiyatiga ko‗ra 10 ming duo qilish, qurbonlik qilishdan a‘lodir. Ekin ekmoq, Yovo‗zlikni yer yuzidan tugatmoq demakdir» deb yozilgan qator g‗oyalar ilgari surilgan.

«Avesto»da mulkiy munosabatlar g‗oyasini ham tadqiq etiladi. Bunda xususiy mulkka bo‗lgan huquq amalda unga egalik qilish va foydalanish huquqlari bilan chegaralabgina qolmay ancha murakkab hisoblangan shaxsiy mulkining boshqa shaxsga egalik qilish huquqini berish hamda o‗zgalarning mulkiga nisbatan egalik qilish huquqidan foydalanish kabi imkoniyatlarini ham yaratgan va bu qat‘iy o‗rnatilgan qonun qoidalar bilan tartibga solinib nazorat qilingan.

Asarda mehnat, uning inson hayotidagi roliga asosiy e‘tibor berilgan. Avvalam bor oila a‘zolarining barchalari mehnat bilangina obod, to‗q bo‗lib yashashlari mumkinligi qonun darajasiga ko‗tarilgan. Har bir ota-ona o‗z oilasi, farzandlarining kelajagiga javobgarligi hattoki, naslining toza, sog‗lomligiga qadar nazarda tutilgan.

Insonning tarbiyasi, odob axloqiga shu darajada yuqori talablar qo‗yilganki, har bir shaxs o‗z gapi, harakati qonun darajasida qabul qilingan, har bir odamning eng asosiy, birlamchi vazifasi halol mehnat hamda unumli mehnat qilish, yaratuvchilik ya‘ni ishlab chiqarish bo‗lgan.

Halol mehnat qilish to‗g‗risida asarda ko‗p bora ta‘kidlangan. Xususan: «...yerga ishlov bersa, mehnat qilsa, u zamin rahmatiga musharraf bo‗lajak» singari qayd qilingan bir necha yozuvlar buni isbot qiladi. Halol mehnat qilib yangi yerlarni o‗zlashtirib, ekinzor va bog‗larni tashkil etib yaratuvchilik ya‘ni ishlab chiqarish bilan shug‗ullangan insonni ulug‗lar safiga qo‗shilishni e‘tirof etilgandir.

Ushbu asarda kredit munosabatlari: qarz berish, qarz oluvchi va qarz beruvchilar o‗rtasidagi iqtisodiy hamda huquqiy munosabatlarga oid ma‘lumotlar ham berilgan. Bu albatta, o‗sha davrda ilgari surilgan kredit haqidagi fikrlarning dastlabkilaridan edi. «Kimda kim qarzni egasiga qaytarmasa, uning bu amali omonati o‗g‗irlangan bilan barobar bo‗ladi. Qarzni olgan kishi omonatni uyida saqlasa, ham kun va tun unga qo‗l ursa va o‗ziniki deb gumon qilsa, uning bu amali omonatni ikkinchi marta o‗g‗irlagan bilan barobardir» deya ta‘kidlangan shu kabi fikrlar gapimizni isboti bo‗la oladi.

Tabiiyki kreditlar ma‘lum shartlar asosida bitim va shartnoma asosida beriladi. O‗sha davrda shartnoma rolini o‗ziga xos qasamlar egallagan. Bu qasamlar insonlarning biror turdagi iqtisodiy majburiyat olish yoki olmaslikni ifodalagan hamda bu qasamlar muqqaddas hisoblanib, ilohiylashtirilgan va ularning ilohiylik darajasiga ko‗ra 6 turga bo‗lingan. Bu qasamlarning bo‗zish esa keskin holda qoralangan holda qasamlarning ilohiyligiga ko‗ra oddiydan murakkabga intilgan ravishda jazolangan. Javobgarlikka qonunbo‗zar bilan bir vaqtda uning yaqin qarindoshlari tortilgan. Yaqinlarining jazoga tortilishi qonunbo‗zarning qonun bo‗zishgacha bo‗lgan davrda uni yetarli holda tarbiyalamaganliklari hamda unga tushuntirish ishlarini olib bormaganliklari bilan izohlash mumkin.

Qonunlarning bu kabi sistemaga solingani ilk davlatchilik, qolaversa, qadimgi davr uchun misli ko‗rinmagan yutuq sanalgan. Shuning uchun ushbu o‗rnatilgan tartiblarning aksariyat qismi o‗sha davr mamlakatlarning qonunchiligida o‗ziga xos o‗rin egallagan. Bolalarga ushbu qonun darajasida tarbiya berilgan. Bu esa iqtisodiy, ma‘naviy munosabatlar yuqori bo‗lganligidan dalolatdir. Darhaqiqat, qadim dunyoda madaniy, ma‘naviy, ilmiy va ular bilan iqtisodiy fikrlar, iqtisodiy tarbiyaning ham rivojlanishida «AVESTO»ning xususan, Zardushtiylik dinining o‗rni yuksak ekanligidan dalolat beradi.


2. Islom dinida iqtisodiy ta‟lim-tarbiya masalalari


Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaning tarixiy ildizlari - islom dini qoidalalari, buyuk ajdodlarimizdan meros bo‗lib qolgan o‗lmas asarlar bizga bebaho manba bo‗lib xizmat qiladi. Islom ta‘limotidagi iqtisodiy g‗oyalarning bayon etilishi, muqaddas kitob-Qur‘oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o‗rin tutadi. Chunki iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe‘l atvorlari namoyon bo‗ladi. Qur‘oni Karim ihkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlar tengligi aytiladi. Iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda milliy qadriyatlarimiz, tarixiy allomalarimiz asarlaridan samarali foydalanishimiz zarur. Qadriyatning eng yirik manbalaridan biri «Qur‘oni Karim» bo‗lsa, keyingisi Hadisi sharifdir. Ushbu manbalar o‗zining hayotiyligi bilan faqatgina uyg‗onish davri O‗rta Osiyodagi, Amir Temur va temuriylar davri, XX asr boshlaridagi o‗zbek iqtisodiy ta‘limotlarigina emas, balki O‗zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o‗tish davridagi iqtisodiy ta‘limotlarini, iqtisodiy tarbiya asoslarini yaratishda ham e‘tiborga olinayotgani, ulardagi iqtisodiy qadriyatlar katta hayotiy ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. Keltirilgan barcha fikr mulohazalar avvalambor insonlarning bir-birini qadrlash, iqtisodiy munosabatlarda asosiy mezonlardan hisoblangan tenglik, halollik, to‗g‗rilik kabi tushunchalarni shakllantirish uchun asosiy manbalardandir.

«Oltinni oltinga (ular tanga yoki biror buyum shaklida bo‗ladimi yoxud quyma bo‗ladimi, bundan qat‘iy nazar) bir-biriga teng og‗irlikda sotingizlar, birini ikkinchisidan afzal qilmangizlar. Kumushni kumushga ham aynan shu tariqa sotingizlar! Savdolashib turgan yeringizdan jilmay turib, bir-biringizni molingizni qo‗lga olingizlar!», deyiladi hadislarda. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, sotuvchi ham o‗z molining aybini yashirmasligi, xarid qiluvchi ham pul berishda g‗irromlik qilmasligi lozim, faqat shundagina savdoda baraka bo‗ladi, agar har ikkala tomon ham bir-birini aldasa, g‗irromlik qilsa, bu savdo halol savdo emas. Savdo halollikni yoqtiradi va shuning uchun sotuvchi ham, oluvchi ham rost gapirishi shart.

Savdo sotiqdagi halollikda dastlab sotuvchining o‗z moliga adolatli, insofli, har ikkala tomonga ham manzur bo‗larli darajada narx qo‗yishi bilan boshlanadi. Chunki sotuvchi mol egasi bo‗lgani uchun dastlabki narxni xaridorga birinchi bo‗lib taklif etishga haqlidir. Hadisdagi rivoyatlarda: «Kimki biror oziq-ovqat mahsulotini ko‗tara sotib olgan bo‗lsa, uni uloviga ortmay (ya‘ni sotib olgan yeridan bo‗lak joyga olib bormay) turib qayta sotib yubormasligi kerak, chunki tijorat odobi shuni taqozo qilur» deyiladi. Amalda tijoratning bunday odobiga qattiq amal qilingan, odobsizlik qilganlarni esa kaltaklaganlar.

Halol savdo qilish hosiyatlidir. Savdo-sotiq ishlarida amal qilinadigan shartlardan yana biri savdogar boshqa savdogarning savdosini bo‗zmasligidir. Bir savdogar boshqa savdogarning savdosiga: birinchidan, toki ruxsat bermaguncha, ikkinchidan, u odam savdoni tark etmaguncha aralashmasligi, uchinchidan esa, biror molni sotib olish uchun boshqaning savdosini aynitmasligi lozim. Paygambarimiz: «Birortangiz birodaringiz savdosini ustida savdo qilmangiz» deganlar. Bu gapdan boshqalar molni olib qolib qimmatroq narxda sotish, aldash maqsadida narxni ataylab oshirish, savdogar savdosi ustiga savdo qilishiga yo‗l qo‗ymaslik kabi mazmunlar yotadi.

Payg‗ambarimiz odamlarga yanada qulayroq bo‗lishi va masalani adolatliroq hal etish maqsadida: «Kimki bo‗nak (avans) berib, qolgan haqini yesa ma‘lum muddatda o‗zish sharti bilan xurmo (va undan bo‗lak narsalar) oladirgan bo‗lsa, o‗lchanadirganini o‗lchab tortiladirganini tortib olsin» deb o‗z maslahatini beradi. Hadislarda jufa haqida ham to‗xtalib, undagi uchta bobda jufaning mohiyati va ahamiyati ko‗rsatib berilgan. Jufa iqtisodiy va hududiy asnoda yerlari tutash bo‗lgan qo‗shnilarning bir-birlarining uy va yerlarini hamda biror mulkka sherik yoxud biror mulkda ulushi (nasibasi) bor kishilarning bir-birlarining ulush nasibalarini birinchi bo‗lib sotib olish huquqlarini bildiradi. Bu yerda birinchi bo‗lib ulushni kim sotib olish huquqiga ega ekanligiga e‘tiborni qaratish lozim.

Payg‗ambarimizning: «qo‗shni qo‗shniga uy-joylarining tutashligi bilan boshqalardan ko‗ra haqliroqdir» degan maslahatlari hech qanday jamoaga tsgishli bo‗lmagan, taqsimlanmagan umumiy mulkka nisbatan jufa huquqiga asos qilib olinganligini ta‘kidlab o‗tish lozim.


3. IX-XV asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida iqtisodiy ta‟limtarbiyaning tutgan o„rni


Buyuk allomalarimiz islom qonun qoidalarini asos qilgan holda yaratgan asarlarida e‘tiborni insonnning boylikka, mol-mulkka bo‗lgan munosabatini shakllantirishda, inson iqtisodiy tafakkurini, iqtisodiy ta‘lim-tarbiyani shakllantirishi asosiy dasturi sifatida o‗z asarlarida foydalanishgan. Inson hayotida moddiy ne‘matning, boylikning rolini tushunarli, sodda tilda tushuntirib berishga harakat qilishgan, xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqa allomalarimiz yaratgan asarlaridagi g‗oyalar Iqtisodiy tarbiya nazariyasining manbalari, o‗rganish obektlari bo‗la oladi. Buyuk daho, Aristoteldan so‗ng «ikkinchi muallim» deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy o‗z hayotida ta‘lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat bergan. Moddiy ehtiyojlarning ahamiyati, kishilik jamiyati taraqqiyotida uning rolini ko‗rsatib, mulkchilik va mulkdor bo‗lish xosiyati, xarajat va taqsimot to‗g‗risida qator muhim fikrlarni bildirgan. Ilm olishning zaruriyati, ta‘limtarbiya berish metodlariga alohida diqqat qaratgan.

Buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniyning mehnat va hunar to‗g‗risidagi qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo‗qotmagan. U yashagan davrda Xorazm va O‗rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma‘naviy hayotida kishilik ehtiyojlarini paydo bo‗lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg‗unlashib ketadi. Uning fikriga ko‗ra kishilar o‗zlarining zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. U davlatning paydo bo‗lishini ham ehtiyojdan deb hisoblaydi. Barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi. Insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining Kim bo‗lganligi bilan emas, balki uning mehnati bilan belgilanadi.

Har bir zamonning o‗ziga xos odatlari bor. Unga hamma rioya qilishi kerak, aks holda nizom va bir xillik yo‗qolsa, tartib ham yo‗q bo‗ladi. Beruniy so‗zlari bilan aytganda inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson mehnati bilan ulug‗. Kishilik jamiyatining asl tarixi ham mehnatdan boshlangan. Bilimlarni egallash va hunar o‗rganish uchun ham mehnat qilish zarur. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har biri talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelgan deydi. U barcha insonlar uchun foydali mehnat muvofiq ravishda taqdirlanishi lozim deydi. Abu Rayxon Beruniy inson ehtiyojini faqat pul, mol-dunyo bilan emas, balki mehnat, izlanish, yaratish, qurish, bunyod qilish, ilm olish, bilish orqali qondirish lozimligini ta‘kidlaydi.

Abu Ali ibn Sino o‗zining buyuk «Tib qonunlari» asarida iqtisodiy tarbiya haqida so‗z yuritib, bola tarbiyasida mehnatning ahamiyatiga alohida urg‗u beradi. Barcha boyliklar halol mehnat bilan orttirilishi, ota-onalar o‗z farzandlarini kasb-hunarga o‗rgatishi va undan olingan daromad orqali halol yashash kerakligini aytadi. «Agar oila boshlig‗i, deydi ibn Sino, tajribasizlik yoki nohaqlik qilsa, u oila a‘zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va uning oqibatida bundanda yomon natijalar kelib chiqadi». Uning fikricha, bola tarbiyasi yaxshi yo‗lga qo‗yilsa, oila baxtli bo‗ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi.

Mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‗zining «Qutadg‗u bilig» asarida bola tarbiyasi haqida to‗xtalib shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo‗lsa, iqtisodni yaxshi o‗zlashtirsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug‗ bo‗ladi».

U bola tarbiyasida otaning mas‘uliyatiga alohida e‘tibor beradi. «Kimning o‗g‗il-qizida bo‗lsa, - deb yozadi muallif, unga uning o‗zi mungli yig‗laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‗ysa, bolada gunoh yo‗q, barcha gunoh oilaning o‗zida. O‗g‗il-qizning xulq-atvori yaramas bo‗lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‗ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlar o‗rgatsa, ular ulgaygach, o‗g‗il-qizim bor deb sevinadi». Ulug‗ bobokolonimiz ta‘kidlaganidek, farzandlarimizga kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni o‗rgatishimiz kerak. Toki ular o‗zlari qiziqqan kasb va hunarni o‗rganib, hayotdan ta‘lim olib, bilimdon bo‗lsinlar, chinakam insoniy go‗zallikka erishsinlar, boqimandalikka, yalqovlikka, o‗g‗irlik va harom-harish ishlarga o‗rganmasinlar.

Ammo kasb-hunardan dunyoda faqat boylik va mol-dunyo to‗plash uchun emas ezgulik va vatan taraqqiyoti uchun foydalanish kerak. Demak, boylik ham hunar egalariga va bilimdontadbirkorlarga munosibdir. Ammo ba‘zi davlatmand odamlarning nodonligi va ma‘naviyati qashshoqligini ko‗zatib hayron qolasan, kishi. Bilimli boyligini ezgulik, bilimsiz esa yomonlik uchun sarflaydi. Insonning vazifasi yaxshilik yaratishdan iborat bo‗lishi zarur. Mutafakkir yaxshilik va ezgulik chinakam insonlarning olijanob fazilatidir, degan xulosaga keladi. U «agar dunyoda yaxshi kishilar bo‗lmaganida edi, haqiqiy insoniylik ham bo‗lmas edi», degan falsafiy xulosani e‘tirof etadi.

Iqtisodiy tarbiya nazariyasida Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy ta‘lim-tarbiya ham o‗ziga xos o‗rin tutadi. Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi. Iqtisodiyotni barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‗jaligi va ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo‗lga kiritildi. Bunga to‗g‗ri tanlab olingan iqtisodiy g‗oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. Amir Temur davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o‗ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni bo‗zruk (Bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda devon deyiluvchi boshqarma bo‗lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‗ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar, bozorlar, hammomlar, yo‗llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Halqning hulq-axloqi ko‗zatib turiladi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan, suroq, tekshirish, taftish va tergov ishlari olib borishardi. Ayniqsa, toshu tarozu to‗g‗riligini odil baho, tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qa‘tiy jazolangan, eng muhimi bu ish to‗ppa to‗g‗ri bozorda, halq, oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 % narx qo‗yish mumkin bo‗lgan.

Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko‗rsatgan. Shunday vazirlardan birinchisiga - yer soliqlari, boj, o‗lpon soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, viloyatlarda olingan hosil, soliq o‗lponlarini taqsimlagan.

Ikkinchi vazir - sipox vazir hisoblanib, sipoxiylarning maoshlari va ular bilan bog‗liq ishlarni boshqargan.

Uchinchi vazir - esa egasiz qolgan, o‗lib ketgan kishiilar va qochoqlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan, savdogar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, ularning barchasidan tuplangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g‗oyib bo‗lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo‗lsa, ularni o‗z me‘rosxo‗rlariga topshirgan.

To‗rtinchi vazir - saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo‗lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo‗lib borgan. Vazirlar devonbegiga bo‗ysungan.

Temo‗rning hislatlaridan biri shu ediki, u biror masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon olimlari bilan maslahatlashar, so‗ng asosiy qaror qabul qilar edi.

Amir Temo‗rning davlatni boshqarishda yana bir yo‗nalishi u vaqti-vaqti bilan so‗roq, tekshirish, taftish, tergov o‗tkazib turgan.

O‗z amalini suiste‘mol qilish, poraxo‗rlik, doimiy ichkilik, maishiy bo‗zuqlik kabilar og‗ir gunoh hisoblanib, qattiq jazolangan. U bunday paytlarda o‗zini ham, o‗g‗il va nabiralarini ham, qarindosh urug‗larini ham ayab o‗tirmagan. U o‗z davlat ishlarida mustahkam, qat‘iy, barqaror turgan.

«Temur to‗zuklarida» shunday deyilgan: Menga bo‗ysungan yangi davlatlarda xurmatga loyiq odamlarga hurmat ko‗rsatdim. Men payg‗ambar avlodlariga, qonun targ‗ibotchilariga, olimlar va keksalarga nisbatan buyuk hurmatda bo‗ldim, ularga nafaqa belgiladim. Bu mamlakatlarning badavlat kishilari mening og‗aynimdek, yetim yesir va kambag‗allari esa bolalarimdek bo‗lib qoldi. Mag‗lub bo‗lgan mamlakat qo‗shinlari mening qo‗shinlarimga qo‗shilardi. Men bu mamlakatlarda halq hurmatini qozonishga harakat qildim. Shunga qaramasdan fuqaroni qo‗rqinch va umid orasida saqladim. Yaxshilarga ular qaysi millatdan bo‗lishlaridan qa‘tiy nazar men yaxshilik qildim. G‗arazli kishilar va sotqinlar esa mening davlatimdan quvildi. Menga tobe mamlakatlarda adolat eshiklari ochiq edi. Mag‗lub bo‗lgan davlat hokimlarini o‗z vazifasida qoldirdim. Unga maqtovlar yog‗dirdim va shundan so‗ng ularning to‗g‗riligiga hamda sodiqligiga to‗la umid bog‗lardim. Biroq ba‘zi qaysarlari shoshapisha o‗zini-o‗zi to‗rga tushirar edi. Bunday hollarda men uningo‗rniga adolatli odamni tayinlardim.

Men o‗lkalardagi yo‗llarning xavfli bo‗lishini istamasdim. Shaharlarga va shahar maxallalariga maxsus odamlar qo‗ydirdim; ular xalqning va askarlarning xavfsizligi ustida ish olib borardi. U joyda sodir bo‗lgan barcha javobgarlik uning bo‗yniga tushardi.

Yo‗lovchilar xavfsizligini ta‘minlash va qo‗nib o‗tishga manzilgoh qurdirdim; qulaylik yaratish uchun katta yo‗llarga soqchilar qo‗yildi. Soqchilar yo‗lovchilarning har bir narsasi uchun javobgar edilar. Illy sababdan sayyohatchilar va savdogarlar ulardan o‗z mollariga soqchnlik qilishni talab eta olardilar.

Shubhali va niyati bo‗zuq kishilarning ayblashlari hamda to‗hmatlari bilan fuqarolarga jazo berish qozilarga qat‘iyan man etilgai edi. Ammo biror shaxsning gunohi to‗rtta dalil bilan isbot qilinsa, u kishiga qilgan aybiga qarab jazo berilar yoki jarima solinardi.

Barcha ishlarda bu ishlar qaysi o‗lka xaqiga taalluqli bo‗lmasin hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. Qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag‗allar ulardan nafaqa olib turdilar.

Bundan tashqari, Temo‗rning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur yozadi, «Soliq yig‗ishda xalqni og‗ir ahvolga solishdan yoki o‗lkani qashshoqlikka tushirib qo‗yishdan ehtiyot bo‗lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‗allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga bu esa o‗z navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keladi».

Temur Islomga tayanib, musulmon dinining nufuz-e‘tiboridan foydalandi va o‗z davlatini mustahkamlash maqsadida boshqa dinlardan ham foydalanishga intildi.

Temur davrida yirik shaharda masjid va madrasalar qurilib, ularda diniy ta‘limot asosida islom, aro‗z, ilmi bayon, mantiq, tarix, geografiya kabi gumanitar fanlardan tashqari falakiyot, tabbiyot kabi aniq fanlar ham o‗qitiladi. Ta‘limda sharhlab o‗qish, mustaqil mutolaa, munozara, suxbat usullari qo‗llanilgan. Talabalar arab, fors, turkiy tillarda yozilgan asarlarni shu usullarda o‗qib, o‗rganganlar. Jamiyatdagi o‗rnatilgan tartib-qoidalarga ko‗ra insonlarda iqtisodiy fikr yuritish tarzi shakllanadiki, u o‗z navbatida mamlakatni yanada rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi.

Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya masalalarida buyuk bobokalonlarimizdan A.Navoiy o‗ziga xos alohida o‗rin tutadi. Uning iqtisodiy g‗oyalari ―Hamsa‖, ―Mahbub ul-qulub‖ va boshqa asarlarida o‗z ifodasini topgan. Uning fikricha, mehnat – jamiyatning asosiy belgisi, uni ishlab chiqaruvchilar rivojlantiradi. Shuning uchun ularga ortiqcha soliqlar solinmasligi, savdosotiqning rivajlanishi uchun bozorshlarda mahsulotlar bahosi meyorida bo‗lishini ta‘minlash lozim. ―Shahar olib sotarlari, - deb yozgan edi Alisher Navoiy, xiyonatchi, o‗z foydasini ko‗zlagan holda qahatchilik tilaydi‖. Chunki qahatchilik bo‗lsa, uning ishi yurishadi, molini bekitib sotib, yuqori bahoda pullaydi, maqsadi elga ziyon yetkazish, orzusi arzon olib qimmatga sotishdir. U shoyini bo‗z deb kamsitadi, sotishda bo‗zni shoyi deb ataydi‖.

A.Navoiy o‗zining ―Mahbub ul-qulub‖ asarida jamiyatning rivojlanishida savdo-sotiq tijorat ishlarining ahamiyatini alohida ta‘kidlaydi. ―Savdogar, - deb yozadi buyuk allomamiz, yolg‗iz foydani niyat qilmasligi‖, ―savdo qilib foyda topaman‖, ―mol va pul ko‗paytiraman deb ortiqchakema surmasligi‖, ―mol va pul ko‗paytiraman deb jonsarak bo‗lmasligi kerak‖, ―savdogar boj-xiroj berish o‗rniga o‗z molini yashirib, o‗z obro‗sini to‗kmasa yoki topgan-tutganini merosxo‗rlarisotib sovurishi uchun tuplab qo‗ymasa yoki biror yomon hodisa qo‗zg‗ash uchun sarflamasa, jamg‗arma yaxshi bo‗ladi‖.

A.Navoiyning savdogarlar to‗g‗risidagi ushbu so‗zlari xuddi bugungi kundagi tijoratchilar uchun aytilgandek tuyuladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida qo‗yidagicha xulosa chiqarish mumkin.

Birinchidan, savdo, bozor, tijorat, mahsulot ishlab chiqarish, muomala jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi, tovarlar taqchilligini tugatishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, savdo-sotiq davlat byudjeti daromadining manbai, mamlakat iqtisodiy qudratining tayanchlaridan biridir. Zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-xiroj to‗lab turishlari bilan moliyaviy munosabatlarda muhim o‗rin tutadilar.

Uchinchidan, ulug‗ shoir savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat o‗z foydasini ko‗zlab ish tutmasligini talab qiladi. Bu g‗oyalar yoshlarning iqtisodiy munosabatlar, savdo qonun qoidalarini o‗rganishda asosiy tarbiyaviy dastur bo‗lib xizmat qilishi zarur.

Albatta bunday mulohazalar ma‘nosini o‗quv yurtlarini bitirib, iqtisodning turli tarmoqlarida faoliyat ko‗rsatadigan yosh mutaxassis-tadbirkorlarga tushuntirish foydadan holi bo‗lmaydi.

A.Navoiy baho mahsulot yetishtirishga sarflangan mehnatga emas, balki talab – taklifga ham bog‗liq ekani haqida fikr yuritadi. Shu bilan yuirga, ayrim savdogarlar o‗z tashabbusi bilan narx-navoni haddan tashqari oshirib yuborganini qayd qiladi. Tovar-mahsulot narxni bunday oshirish sotuvchilarga nisbatan jazo choralarini ko‗rishni ko‗zda tutib, insof va adolat tarozisi bilan narxni tartibga solishni tavsiya qiladi. A.Navoiy mamlakat ichki bozorining rivojlanishi tashqi bozorga bog‗liqligini ko‗rsatib o‗tadi. Shu munosabat bilan shoirning Astroboddan Husayn Boyqaroga yo‗llagan xati diqqatga sazovordir. U xatda shunday yozilgan:

―Yana ulkim, devoniylarga hukm bo‗lsakim, atrofdin kelgan bozurgon (savdogar)larning jonidan rioyat qilsalar (ularning manfaatiga zarar yetkazilmasin).

Navoiy ijodida mehnat, ayniqsa dehqan mehnati juda katta o‗rin egallaydi. Dehqonchilik jamiyat hayoti va rivojlanishining asosi, unga moddiy faravonlik va ma‘naviy ulg‗ayishning asosiy manbai deb qaraladi. Fuqaroning, bugungi tirik mavjudodni rizqu-ro‗zini yaratuvchi ham dehqon. Shoh hazinasini inju va oltinga to‗lishi, boyligi ham uning mehnatidan deb biladi. Alisher Navoiy shariat tomonidan belgilangan soliqlarni to‗lab turishni hamham qarz ham farz deb biladi. Lekin ularning haddan ziyod bo‗lishi fuqaro naroziligiga olib kelishini, ayniqsa, gadoylarning ko‗payishi, ularning (barcha turi) jamiyat hamma uchun havf tug‗dirishini ko‗rsaldi va ogohlantirdi.

Alisher Navoiy jamiyatning himoyasiz, kambag‗al, yashash va o‗qish, ijod qilish uchun imkoni bo‗lmagan qatlamlari uchun ortiqcha mulkini xayr-ehson qildi. Shu davr tarixchisi Mirhond so‗zi bilan aytganda, ―faqiru miskinlarga muruvvat va shavqat yuzasidan manfaat va dildorlik ko‗rsatdi‖ U bizga insoniylikni, axloq-odobning shunchalik ko‗p qirralarini tasvirlab beradiki, ular hozir ham avlodlarda odamiylik, ulug‗ xislatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Umuman, IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan tanishishda shu narsa ayon bo‗ladiki, o‗lkada ilm-fan, san‘at, adabiyot va hunarmandchilikning rivojlanishi va buyuk allomalarimizning asarlari va faoliyatlari yoshlarning ta‘lim-tarbiya berishda muhim rol o‗ynagan.




4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy ta‟lim-tarbiyaga oid qarashlar


XIX asrning ikkinchi yarmida O‗rta Osiyoda yangi ishlab chiqarish munosabatlarining ko‗rtaklari ko‗rina boshlagan bo‗lsa ham, xo‗jalikda kapitalizmgacha bo‗lgan munosabatlar yetakchi o‗rinda edi. Tovar-pul munosabatlari ko‗proq ahamiyatga ega bo‗la boshladi. Avvalgi ayrim natural soliqlar pul bilan olinadigan bo‗ldi, qishloq xo‗jaligida, ayniqsa, sug‗orish ishlarida ozroq ko‗lamda bo‗lsa ham yollanma ishchi kuchi qo‗llana boshladi. To‗kimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda xonaki sanoat vujudga keldi, xususiy korxonalar paydo bo‗ldi. Savdo sudxo‗rlik burjuaziyasining ahamiyati oshdi. Alohida tumanlar va shaharlar o‗rtasida iqtisodiy aloqalar mustahkamlandi.

Chor Rossiyasining O‗rta Osiyoni bosib olishi, uning Rossiya xo‗jaligining ta‘sir doirasiga kirishiga olib keldi. O‗rta Osiyoda kapitalizm rivojlanmasligi uchun chor hukumati qo‗ygan bir qator to‗siqlarga qaramay, kapitalistik munosabatlar asta sekinlik bilan bo‗lsa ham, Turkistonda xo‗jalik yuritishning turli tarmoqlarini qamrab ola boshladi.

XIX asr ikkinchi yarmilariga kelib Chor Rossiyasi Turkiston mamlakatiga qarshi yurish qilib, uni butunlay bosib oddi. O‗rta Osiyoning kapitalizm muhitiga kirishi ishlab chiqarishni rivojlanishiga bir oz turtki bergan bo‗lsa ham, jamiyat tizimini tubdan o‗zgartira olmadi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‗rta Osiyo iqtisodiy jihatdan qoloq, ulkaning yaxshi yerlari va ishlab chiqarish vositalari bir hovuch oksuyak hamda ruhoniy feodallarga, chor mustamlakachilariga qarashli bo‗lib qolgan edi. O‗rta Osiyodagi millionlab mehnatkashlar ikki tomonlama zulm ostida azob chekishi, ularning siyosiy huquqsizligi, o‗lkaning qoloqlikka yuz tutishini yanada kuchaytirdi. Ana shu davrda bir vaqtlar musulmon olami va madaniyatining markazlaridan biri hisoblangan Buxoroda halqning kelajagini o‗ylaydigan, taraqqiyoti haqida qayg‗o‗rgan jamoa jadidlar harakati yuzaga keldi.

Jadidlar o‗zlarining asosiy e‘tiborlarini millatning ma‘rifatli, o‗qimishli, bilimdon va kasbhunarli bo‗lishiga qaratib uni dunyoning ilg‗or millati bo‗lishga chaqirdilar, aks holda, abadiy qoloqlik iskanjasida qolishlari mumkin deya qayg‗urdilar. Jadidlar mamlakatda iqtisodiy-siyosiy, madaniy-ma‘rifiy islohotlar o‗tkazish uchun kurashdilar. Ular taraqqiyotga ma‘rifat orqali borilishini uning uchun esa din va ilm vosita ekanligi g‗oyasini ilgari surdilar.

Jadidlar, ya‘ni yangilik tarafdorlari ma‘rifat va ilm tizimida iqtisod ilmining millat ravnaqi uchun ahamiyati alohida ekanligini qayta-qayta ta‘kidlaganlar.

Jadidlarning ulug‗ namoyondalaridan biri, ularning mafkurachisi bo‗lgan Abdurauf Fitrat o‗zining «Rahbari najot» asari, «Munozara», «Hayot va hayot g‗oyasi» kabi maqolalarida qoloqlikni tugatishning xich kimga sir emaski, islom dunyosi jahon sahnasida boshqa dindagi halqlardan qadam ba qadam keyinda qolmoqda. Biz Turkistonliklar esa boshqa musulmonlarga nisbatan ham ortda, sarosimalik girdobiga botib qolganmiz, - deydi Fitrat. Qoloqligimizning sababi nimada? Bu savolga Turkistonlik donishmandlar turlicha yondashadilar. Hammadan burun Vatan, millat taqdirini o‗ylaydiganlar buning sababini nodonlik, jaholat va kuchsizligimizda ko‗radilar. Ikkinchi bir bahslashadigan ko‗pchilik tomon esa, qoloqligimiz sababini Olloh irodasiga bog‗lab, «Har ne qilsa xudodan» deb sukut saqlashadi. Ollox, insonlarga din va elchilarni yuboradi. Tarix rivojida bu dinning ta‘sir doirasi torayib qolgach, xudo Yangi din va elchisini yuborgan. Doimo shunday bo‗lib kelgan Din nima? Din insonlarni baxt yo‗liga olib boruvchi xudoning irodasidir, hayotning g‗oyasidir, mazmunidir. Fitrat din deganda shunchaki xudoga ibodatni nazarda tutmaydi. U dinda ilmni, ma‘rifatni, o‗zligini anglashni, insoniylikni ko‗radi. U hayot g‗oyasi nuqtai nazaridan qarab, jamiyatga «hech qanday foyda keltirmaydigan odamlarni ikki guruhga bo‗ladi. Birinchilari, hayotning mazmunini ovqatlanish va uxlashda, sharob ichmoq va shirinliklardan lazzat olmoqda ko‗rishadi. Ular inson majburiyatlari haqida o‗ylashmaydi, hech narsaga qiziqishmaydi. Yaratguvchi bundayin kishilarga baxt ato etmaydi, deydi Fitrat. Ikkinchilari, o‗z baxtlarini hayot g‗oyasida ko‗rishadi, lekin ular bu Dunyo baxti uchun hech bir tadbir qilishmaydi. Bu Dunyo baxti, deyishadi ular g‗ayridinlar uchun yaratilgan, musulmonlar uchun esa bu Dunyo do‗zaxdir, sinovdir. Fitrat fikricha, Dunyo ishlariga befarq va narigi dunyo baxti bilan mashg‗ul bu guruh kishilari ham jamiyatga hech qanday foyda keltirishmaydi.

Fitrat ko‗rsatadiki, agar ikki tanob hosildor yeri bor dehqon ish qurollarini va urug‗ni bahorgi ekishga tayyorlab qo‗ymasa, hamma vaqt machitga qatnab xudodan 50 xalta bug‗doy yetkazishni so‗rab iltijo qilsa, uning xohishi, albatta inobatga o‗tmaydi. Unga qarashli yer ham ma‘lumki, o‗z-o‗zidan hosil bermaydi. Agar dehqon faqat dehqonchilik bilan shug‗ullanib, ibodat qilmasa oddiy suv toshqini yoki ekinga qurt tushib ham hosil bitmasligi mumkin. Demak, dehqon xudodan tabiatning qulay kelishini so‗ramog‗i-ibodatni bajarmog‗i hamda dehqonchilik ishlarini ham qilmog‗i kerak. Bu fikrlar bizga tasavvuf falsafasini naqshbandchilikdagi «Dil bayoru dast ba kor» talabini esga soladi. U kishilarni avliyolar qabrini ziyorat qilish emas, sig‗inish dargohiga aylantirganlarini qoralaydi. Islom qabrlarga sig‗inishni man etgani unutilgan. Insoniyat Aql rahbarligisiz saodatga erisha olmaydi. Aqlga esa ilm orqali erishiladi. Aqliy ilmlar insoniyatning mulkidir, uning kashfiyotidir. Bu fanlar bashariyatga taalluqli, ya‘ni umuminsoniydir. Odamlar turli din, mazhab, qavm va millatga bo‗linmasinlar, bir-birlariga birodarlardir, deb hisoblaydi Fitrat. U iqtisod ilmini egallashga, yoshlarimizni tijorat va savdo ishlariga o‗qitishimiz lozimligiga da‘vat qilgan edi. U vatandoshlarga, millatdoshlarga murojaat qilib shunday deb yozgan edi: «Sizlar o‗z farzandlaringizni tijorat maktablariga yuborib, savdo ishiga o‗qitingiz, chunki begonalar (ya‘ni, xorijiy savdogarlar) tijorat ilmidan xabardor. Siz esa bexabarsiz».

Jadidlarning yetuk arboblaridan biri Abdulla Avloniy bo‗lib, u yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa, iqtisodiyot ilmini o‗rganishga alohida diqqat qaratadi. U iqtisod haqida shunday degan edi: «iqtisod deb pul va mol kabi ne‘matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‗rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‗rni kelganda so‗mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o‗ldigi kabi iqtisodning ziddi isrofdir...». Keltirilgan lavhada juda chuqur iqtisodiy ma‘no yashiringan: birinchidan muallif pulni ne‘mat ya‘ni mehnat bilan yaratilgan ma‘lum qiymat, uning ifodasi degan ilmiy fikrni bildiradi; ikkinchidan, pul tadbirkorni ishbilarmonni yoqtirishi, faqat ana shunday kishilar qo‗lida pul, mol-dunyo ko‗payajagini uqtiradi.

Har zamonda insonning maqsadi erkin va farovon yashashdir. Ayniqsa, «bu zamonda maqsadga yetmak uchun, - deb yozadi Abdulla Avloniy, o‗z millatiga xizmat qilmoq maqbul bo‗lmak uchun ilm va mol lozimdir. Olamdagi millatlarning xol va kudratlari mol va boyliklardandir. Har yerda boy millatlar og‗ip kelib, faqirlarga yengil kelib qul va asir bo‗lib qoladir...». Iqtisod ilmidan boxabar bo‗lgan kishilar har doim qiladigan sarf xarajatlarining samara berishini oldindan hisob-kitob qiladilar. Olim misol keltirib aytadiki, ilmdan yaxshi xabardor bo‗lgan amerikalik va yevropaliklar iqtisodiy bilimliklari tufayli, farovon to‗q yashaydilar. U «Bobolarimizning bo‗lsa bo‗lar, bo‗lmasa g‗ovlab ketar» zamonlari o‗tib, o‗rniga «bilg‗on bitar, bilmagan yutar» zamoni keldi. Amerikaliklar bir dona bug‗doy ekib, yigirma qadoq bug‗doy olurlar. Yevropaliklar o‗zimizdan olgan besh tiyinlik paxtani ketirib, o‗zimizga 25 tiyinga sotadilar» deb ko‗rsatadi.

Shuningdek, jadidchilik harakatining yana bir mashhur vakili Mahmudxo‗ja Behbudiy ham xalq orasida ziyo, ma‘rifat tarqatish musulmonlardan dunyoga ochiq ko‗z bilan qarash, zamonaviy xo‗jalik yuritish bilimini egallash, fan bilan qurollanib faollik ko‗rsatishni jon dildan ma‘qullab, o‗zi ham bu fikrni amalga oshirish uchun faol harakat qilgan.

U o‗zining matbuot sahifalaridagi yuzlab maqolalarida yangi maorif, dunyoviy fanlarning foydasi, komil insonning tarbiyasi, Turkiston farzandlarining yorqin istiqboli, uning kelajagi va iqtisodiy muammolari yotadi. U nafaqat jurnalist-tadqiqotchi bo‗libgina qolmay, muharrir sifatida hamda iqtisodni chuqur biluvchi kishi sifatida, iqtisodiy tarbiyani targ‗ib qilgan tashabbuskor inson bo‗lgan. U «Samarqand» gazetasini (1913 yil aprel), «Oyna» jurnalini (1913 yil avgust) o‗z mablag‗i hisobiga tashkil qiladi. Ularda millatning taraqqiyoti, kelajagi, iqtisodi, aholida iqtisodiy tafakkurning shakllantirishning naqadar zarurligi haqida maqolalar yozdi. U Turkistonning kelajagi uning yangi kadrlarida, mutaxassislarida deb bilar edi. Iqtisodiy taraqqiyotta erishish uchun zamona ilmi o‗qilmog‗i, Ovrupo bozorlarida savdo qila oladigan mutaxassislar yetishib chiqishlari zarurligini ta‘kidlagan.

«F. Xo‗jayev aytganiday «Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o‗sha vaqtdagi jadidlaridan unga teng kela oladigan kishi bo‗lmasa kerak» 5.

Behbudiy to‗ylardagi isrofgarchiliklarga batamom qarshi edi. U to‗ylarni bsjirim, kam xarajat bilan o‗tkazish tarafdori edi. To‗y va ma‘rakalarga sarf qilinadigan aqchalarga Kavkaz, Qrim, Orenburg va Qozonga usul, ta‘lim o‗rganmoq uchun bola yubormoq, bolalar uchun tarbiyaxona ochmoq kerak va bu tarbiyaxonalar zamoniycha, ham milliy, ham diniy ruhda bo‗lishi kerakdur, deb ko‗rsatadi (VI bob, 3-§ga qarang).

XX asrning klassik yozuvchilaridan S.Ayniy, M.Behbudiy to‗g‗risida «O‗z moli haqida bo‗lsin xalq moli haqida bo‗lsin, iqtisodga ko‗p rioya qilar va ijtimoiy ahvolimizning to‗zalishi uchun iqtisodga rioya qilishni birinchi shartlardan bilar edi. Shuning uchun to‗y va a‘zalarga bo‗laturg‗on isroflarni o‗zi butun tark qilg‗on va so‗ziga quloq solaturg‗onlarni ham tark qildirg‗on edi («Zarafshon» gazetasi,1933 yil 25 mart)» 6. Behbudiy xalqqa qarata, «Behuda sarflarga ketadigan xarajatlarni ilmga sarflamoq kerakdir. Ilm bizning omilimiz, idealimiz, murodimiz, tilagimiz va muddaomizdir. Hozir barcha kuchni ilm olishga qaratmasak zabun bo‗lurmiz», deya xitob qiladi.

Turkiston xalqining marosimlarida ko‗p xarajatlar bo‗layotganini ko‗rib, o‗zi mufti sifatida tashvishlanadi. Uning tashabbusi bilan Samarqandda isloh ruso‗m majlisi chaqirilib, to‗y, ta‘ziya va boshqa marosimlar uchun tartibnoma ishdab chiqilib, hukumatdan ham ruxsat olinib, matbuotda e‘lon qilinadi.

Turkistonning kelajagi, istiqboli milliy kadrlar tayyorlashda deb biladi. Buning uchun har kunni g‗animat bilib, iqtisodiy va madaniy yutuqlar sari borishimiz kerakligini ta‘kidlaydi.

Ilm va iqtisod. Bu Behbudiyning bosh muammosi. Chunki hamma narsa iqtisodga borib taqaladi. U aytganiday, «ilmlarni o‗qimoq aqcha ila bo‗lur».

Ulug‗ yozuvchimiz Oybek bu haqda to‗xtalib, o‗zining «Qutlug‗ qon» romanida O‗zbek ziyolilarining ilg‗or vakili Abdushukur tilidan o‗zimiznipg millatdan boylar chiqishi uchun ular iqtisod ilmini chuqur o‗rganishlari kerak, deydi. «Kaminaning g‗oyaviy hayoti shunday, yana takrorlayman, deydi Abdushukur, milliy sarmoyani o‗z boylarimiz, musulmon boylarimiz to‗la egallasinlar, ya‘ni Turkistonimizda tijorat o‗z boylarimiz qo‗lida bo‗lsin, bu bilan qanoatlanmay zavod, fabrikalar qo‗rsinlar. Buning uchun ilmiy iqtisodni, ilmiy tijoratni bilgan savdogarlar yetishishi kerak». .

Demak, mulkdor bo‗lmoq, milliy iqtisodiyotni yaratmoq, millat va Vatan ravnaqini ta‘minlamoq uchun iqtisod ilmini egallash dolzarb masaladir. Bu masalaning dolzarbligi bizning bugungi bozor munosabatlarini jadallik bilan shakllantirayottan davrimizning ham talabidir. Uni amalga oshirish esa ko‗p jihatdan yoshlarga berilgan iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaga bog‗liq.


Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o‗ziga xos tomonlari qanday?

  2. Avestoda iqtisodiy ta‘lim-tarbiya haqida nimalar deya olasiz?

  3. Islomda iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaning o‗ziga xosligi nimadan iborat?

  4. Buyuk mutafakkirlarimiz nima sababdan nafsni tiyish va mehnat qilishga alohida diqqat qaratishgan?

  5. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‗u bilig» asarida nima sababdan ota-onaning ibrat ko‗rsatishiga alohida urg‗u beradi.

  6. Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqa allomalarimizning iqtisodiy tarbiya haqidagi qanday fikrlarini bilasiz?

  7. Amir Temur davridagi iqtisodiy faoliyat iqtisodiy tarbiyaga qanday ta‘sir o‗tkazgan deb o‗ylaysiz?

  8. Jadidchilarning g‗oyaviy kurashining asosiy maqsadi nima va ularning iqtisodiy ta‘limtarbiya haqidagi fikrlarini ayta olasizmi?

  9. Behbudiy va Fitrat nima sababdan mamlakatda ilmu-urfon uchun kurashdilar?

  10. Nima sababdan biz bildirilgan iqtisodiy qarashlar yoki amalga oshirilgan faoliyatga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya sifatida ham qaraymiz.



3-Ma‟ruza: I.A. KARIMOV ASARLARIDA IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA MASALALARI


Reja




  1. Iqtisodiy g‗oya va uni anglash zaruriyati. I.A.Karimov barkamol avlodni tarbiyalashda iqtisodiy bilim va ko‗nikmalarning o‗rni haqida.

  2. I.A.Karimov iqtisodiy islohotlar va yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish haqida.

  3. Komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o‗qituvchining o‗rni

  4. Kadrlar tayyorlash, ularga zamon talabiga muvofiq ta‘lim tarbiya berish zarurligi


Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Iqtisodiy g‗oya, milliy g‗oya, mafkura,


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, mustaqil fikrlash, strategik maqsad, dunyoqarashni o‗zgartirish, besh tamoyil, iqtisodiy islohotlar, farmon.


1. Iqtisodiy g„oya va uni anglash zaruriyati. I.A.Karimov barkamol avlodni tarbiyalashda iqtisodiy bilim va ko„nikmalarning o„rni haqida


Iqtisodiy bilimlarni egallash, iqtisodiy tafakkurni shakllanishining muhim jihatlaridan biri yoshlarda iqtisodiy psixologiyani shakllantirishdir. Iqtisodiy psixologiya jamiyatdagi mavjud tizimga xos tarzda shakllana boradi. Uni shakllantirishda esa Iqtisodiy tarbiya nazariyasi muhim rol o‗ynaydi.

«Tarbiya ong mahsuli bo‗lib, ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta‘lim-tarbiya tizimini o‗zgartirmasdan turib, ongni o‗zgartirib bo‗lmaydi. Ongni tafakkurni o‗zgartirmasdan turib esa biz ko‗zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‗lmaydi» deb ta‘kidlagan edi I.A.Karimov.

Buyuk iqtisodchi J.M.Keyns aytganidek dunyoni siyosatdonlar va iqtisodchilar boshqaradilar. Muhim siyosiy masalalar esa iqtisodiy masala va muammolardan kelib chiqadi. Demak, barcha asosiy muammolar iqtisodga borib taqaladi.

Har bir mamlakat, jamiyat o‗z oldiga maqsad qo‗yar ekan, uni amalga oshirish uchun harakat qiladi. Ana shu ish harakat qilish haqidagi fikr, niyat, maqsad oxir oqibat dunyoqarashning asosiy muhim prinsipi sifatida shakllangan g‗oyaga aylanadi.

Jamiyat hayotning asosini iqtisodiyot tashkil etar ekan, demak, iqtisodiy g‗oya asosiy o‗rinda turadi. G‗oyaning eng muhim xususiyati inson va jamiyatni maqsad sari yetaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan fikriy kuch ekanidadir. Foya ham fikr ifodasi yoki fikrlar majmuasidir, ammo o‗zining ijtimoiy harakteri bilan oddiy fikrlardan farqlanadi.



G„oya deb, inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy kuchga ega bo„lgan, ruhiyatga kuchli ta‟sir o„tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga keltiradigan, ularni maqsad muddao sari yetaklaydigan fikrga aytiladi7.

Milliy g‗oya esa, biron bir mamlakat halqi (xalqlari)ning tub manfaatlarini ifoda etadigan eng ilg‗or, insonparvar fikrlar majmuasidir8.

G‗oya tushunchasi mafkura tushunchasi bilan bog‗liq. Mafkura arabcha so‗zdan olingan bo‗lib, fikrlarning ko‗pligini bildiradi. Mafkura muayyan guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma‘naviy tamoyillarini ifoda etadigan g‗oyalar, ularni amalga oshirish usuli va vositalari tizimidir9.

Prezidentimiz mafkuraga, uni jamiyat mafkurasi bo‗lishi uchun nimalarga qodir bo‗lishi zarurligiga diqqat qaratib, quyidagicha ta‘rif beradi: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagi, ko‗zlagan va uni dunyodagi o‗rnini aniq, ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‗rtasida o‗ziga xos ko‗prik bo‗lishga qodir g‗oyani, men jamiyat mafkurasi, deb bilaman»10.

Istiqlol boshqalarga tobe bo‗lmay, o‗z erki bilan yashash, o‗zini o‗zi idora etish, erkinlikni ifodalaydi. Milliy istiqlol g‗oyasi milliy mafkurada aks etib, o‗zligimizni anglash, muqaddas an‘analarimiz, halqimizning tarixan shakllangan ezgu niyatlari, orzulari, jamiyatimiz oldiga qo‗yilgan maqsad va vazifalarni bir butun qilib qamrab olgan.

Milliy istiqlol g‗oyasi, falsafiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, madaniy va boshqa qarashlar xalqning tub manfaatlari va hayot farovonligi shart-sharoitlarini bir butun holda ifodalanishi bo‗lib, iqtisodiy g‗oya esa xalqning tub iqtisodiy manfaatlarini ifodalaydi.

Iqtisodiy g‗oya iqtisodiy nazariyalar, konsepsiyalar, ma‘naviy qarashlar asosida shakllanadi. Milliy istiqlol g‗oyasining asosini esa iqtisodiy g‗oya tashkil etadi. O‗zbekistonning barcha aholisi manfaatlariga har jihatdan mos keladigan, ularni munosib turmush kechirishi uchun kafolat bo‗la oladigan, milliy an‘analar va madaniyatning rivojlanishi, ma‘naviy, axloqiy qadriyatlarning qayta tiklanishini ta‘minlaydigan yo‗l ijtimoiy yo‗naltirilgal bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗lidir. Uni tanlashimizdan maqsad yoki boshqacha aytganda o‗z oldimizga qo‗ygan iqtisodiy g‗oya «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‗naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‗lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» 11.

Bunday pirovard maqsad iqtisodiy g‗oya va uni amalga oshirish uchun qilinayotgan eng avvalo, xalq manfaati, farovon turmush sharoitini yaratishga qaratilgan.

Demak, har birimiz ana shu g‗oya atrofida birlashib, uni amalga oshirish yo‗lida harakat qilishimiz darkor. Buning uchun esa uni chuqur anglashimiz zarur. Bu bir tomondan iqtisodiy bilimlarni chuqur, har tomonlama o‗rganishni, ijodiy izlanish, tadqiq qilishni talab etsa, ikkinchi tomondan uni kelajagimiz - yosh avlodni chuqur anglab yetishiga erishish talab qilinadi.

«Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar» asarida Prezidentimiz mafkuramizning bosh g‗oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat ekanligini ko‗rsatadi. Uning asosiy g‗oyalari sifatida Vatan ravnaqi, yurt xavfsizligi, komil insonni tarbiyalash va hokazolarni ko‗rsatish mumkin.

Aynan yoshlarga ana shu g‗oyani yetkazish, uni chuqur anglash va amalga oshirish uchun yagona kuch bo‗lib birlashishni tashkil etishda Iqtisodiy tarbiya nazariyasi o‗ziga xos muhim o‗rin egallashi kerak.

Milliy mafkuraning bosh g‗oyasining asosi ham iqtisodiyotga, uning taraqqiyotiga borib taqaladiki, u ham yoshlarda iqtisodiy mafkurani shakllantirishning naqadar muhim ekanligini ko‗rsatadi.

Shu bilan birga uni ma‘naviyat bilan naqadar bog‗likligini esdan chiqarmaslik kerak.

«Ma‘naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma‘naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo‗l bilan mehnat qilishi kerak»12.

Yoshlar tarbiyasiga e‘tiborni kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy va ma‘naviy sohada quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim:


  • insonparvarlik g‗oyalariga sodiqlik;

  • milliy istiqlol g‗oyasiga sodiqlik;

  • ma‘naviyat va axloqiylikni qayta tiklash;

  • qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san‘atni bilish hamda ko‗paytirish.

  • hur fikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish.

«Sir emaski, har bir davlat har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyagi bilan, balki birinchi navbatda o‗zining yuksakmadaniyat va ma‘naviyati bilan kuchlidir» 15.

Ta‘lim-tarbiya masalasi jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liqligiga z‘tibor qaratib, «Ma‘naviy va axloqiy poklanish imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakkam insoniy fazilatlar o‗z-o‗zidan kelmaydi hammasining zamirida tarbiya yotadi»13 deb, ta‘kidlaydi Prezidentimiz. U o‗zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q» asarida «Aql-zakovatli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‗ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi» deb ko‗rsatadi14.

Mamlakatimiz rahbariniig yoshlarni barkamol yetuk qilib tarbiyalashdagi ko‗rsatmalari va bildirgan fikrlarini jamiyat taraqqiyotida ta‘lim-tarbiya qanday rol o‗ynashi haqidagi qarashlariga barcha fanlar, jumladan, Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanida murojaat qilish ijobiy natijalarga olib keladi, chunki aynan ana shu jumlalar bilan u yoki bu muammo, masalani asoslab berish, uning naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatib berish mumkin.


2. I.A.Karimov iqtisodiy islohotlar va yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish haqida


Istiqlolning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz mamlakatimizda komil inson tarbiyasi, kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor berilishi zarurligini o‗qtirib keladi. Buyuk ma‘naviyatimizni yuksaltirish, ta‘lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning zaminini mustahkamlash, zamon talablari darajasiga ko‗tarish, jahon andozalari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlashni yo‗lga qo‗yish uchun mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.



Uning «... kelajak avlod haqida qayg‗urish, sog‗lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatlarimizdir», «Bilimga chanqoq, iste‘dodli yoshlarni tanlab, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir», «Biz o‗z iste‘dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho‗qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz zarur», «Mening eng katta ishonchim va umidim yoshlardan» , «Farzandlarimiz bizdan ko‗ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‗lishlari shart» - kabi yoshlar va ularni ta‘lim-tarbiyasi haqidagi fikrlarida o‗z ifodasini topadi. Prezidentimiz, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi jamiyat uchun o‗ta dolzarb masala ekanligiga alohida diqqat qaratadi.

«Men - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko‗p mushohada qilaman.

Buyuk mutafakkirning bu so‗zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‗lgan bo‗lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‗ra muhim va dolzarbdir»15.

O‗zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida (1997 yil 29.08) O‗zbekistan Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida»gi qonunlarning qabul qilinishi mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy o‗zgarishlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini keng ko‗lamda isloh qilishning ibtidosi bo‗ddi.

Sessiyada Prezidentimiz I.A.Karimov nutq so‗zlab bu qabul qilinayotgan qonunning va milliy dasturning ahamiyati haqida o‗z fikr-mulohazalarini bildirdi. Jumladan, shu davrgacha qilingan ishlar haqida to‗xtalib o‗tdi.

Maktab sohasida «Ta‘lim haqida qonun»ga ko‗ra 1996-97 o‗quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‗qish yangi alifboda olib boriladigan bo‗ldi. Yangi imlo alifboda o‗qitish uchun zarur dastur, qo‗llanma va darsliklar yaratildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta‘lim muassasalari ochildi. Oliy o‗quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etiddi. 800 ga yaqin o‗quvchilar chet ellarda ta‘lim oldi, ko‗pgina o‗quvchilar xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalarini o‗rganish maqsadida chet davlatlarga borib qaytdi16.

So‗ngra Prezidentimiz ta‘lim tizimida joriy qilingan boshqa qator yangiliklar hamda respublikamizda tashkil etilgan «Mahalla», «Kamolot», «Sog‗lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‗bek», «Umid», «Ustoz»17 jamg‗armalarining ta‘lim-tarbiya sohasidagi ezgu ishlarini, o‗sib kelayotgan avlodni jismonan sog‗lom va ma‘naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga qo‗shayotgan hissalari haqida to‗xtalib o‗tdi.

Ijobiy ishlar bilan birga masalaning ikkinchi tomoni - salbiy jihatlariga ham e‘tibor berishni lozimligini ta‘kidladi.

«Avvalo, shuni ta‘kidlashimiz kerakki, biz eski sho‗rolar zamonidan qolgan ta‘lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashdan va sarqitlardan hali beri qutilganimiz yo‗q‖ 18.




3. Komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o„qituvchining o„rni


O‗zbekiston Prezidenta I.A.Karimov o‗qituvchi burchi, mas‘uliyati va uning barkamol shaxsni shakllantirishdagi o‗rniga alohida e‘tibor qaratadi.

Prezidentimiz yoshlarga katta ishonch bildirib, O‗zbekiston kelajagi yoshlar qo‗lida ekanligini ta‘kidlar ekan, avvalo, yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib yetishtirish o‗qituvchilar va tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog‗liqligini nazarda tutadi. Jamiyatimiz talab etayotganidek har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o‗qituvchining o‗rni beqiyosdir.

Prezident ta‘lim-tarbiya masalalariga to‗xtaganda, o‗qituvchini ham e‘tibordan chetda qoldirmaydi. «Barkamol avlod - O‗zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli O‗zbekiston Oliy Majlisining 9 sessiyasida so‗zlagan nutqida jamiyatimizda ta‘lim berish tizimi, yangilanish jarayoni talablari bilan yaqindan bog‗lanmaganligi sabablaridan biri o‗qituvchiga borib taqalishini aytib o‗tadi; «Tarbiyachilarning o‗ziga zamonaviy ta‘lim berish, ularning ma‘lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‗lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz.

Mening fikrimcha, ta‘lim-tarbiya tizimini o‗zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. O‗qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo murabbiyning o‗zi ana shunday bilimga ega bo‗lishi kerak» 19.

Prezident Vazirlar Mahkamasining 1997 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yakunlari hamda O‗zbekiston iqtisodiyotini 1998 yilda isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisidagi ma‘ruzasida qabul qilingan Milliy dasturni hayotga tatbiq etishga alohida diqqat qaratdi.

Kadrlar tayyorlash bo‗yicha Milliy dasturni amalga oshirish barqaror taraqqiyotga erishishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi23.

Ma‘ruzada Prezident yangi o‗quv muassasalari soni, joylanishi va ixtisosi, ularning texnik 20jihatdan jihozlanishi, mintaqalarning istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, jo‗g‗rofiy va demografik holatlarini hisobga olgan holda malakali pedagogik kadrlar bilan ta‘minlanishini aniqash ham ko‗zda tutish zarurligiga e‘tibor qaratdi.

Respublika manfaatlaridan kelib chiqib, professional mehnat bozori talablarini hisobga olgan holla kasb-hunar ta‘limi turlari bo‗yicha yo‗nalishlar, ixtisoslar va kasblarni turkumlash mexanizmini ishlab chiqish hamda harakatga keltirish lozimligini ta‘kidladi.

Ana shu talabga asosan ta‘limda tayyorlanayotgan mutaxassislar bo‗yicha klassifiqator ishlab chiqildi va hozirda ana shu hujjat asosida ta‘lim yo‗nalishlari bo‗yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Mamlakatimiz rahbari o‗zining «O‗zbekistonning o‗z istiqlol va taraqqiyot yo‗li» (1992 y), «O‗zbekistan iqtisodiy islohotlarni chukurlashtirish yo‗lida» (1995 y), «O‗zbekistan XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997 y), «Millatimiz mafkurasi xalqni-xalq milliatni-millat qilishga xizmat qilsin» (1998 y), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q» (1998 y), «Barkamol avlod - O‗zbekiston taraqqiyotining poydevori» (1998 y), «Ma‘naviy yuksalish yo‗lida» (1998 y), «O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 y) va keyingi qator nutq va asarlarida ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlarimizning mazmuni erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi lozimligini ta‘kidlab o‗tadi. «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘limi va tarbiyasini ko‗rgan shaxslar kerak» - deb ta‘kidlaydi Prezidentimiz21.

4. Kadrlar tayyorlash, ularga zamon talabiga muvofiq ta‟lim tarbiya berish zarurligi

Bugungi kunda o‗qituvchiga qo‗yiladigan muhim talablardan biri yoshlarni mustaqil fikrlashga o‗rgatish. O‗zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonunining 5-moddasida «Tegishli ma‘lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‗lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‗ullanish huquqiga ega...»22 deb ko‗rsatiladi. Mazkur qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kun talablariga ko‗ra o‗qituvchiga qo‗yiladigan talablar ham kengayib, murakkablashib boradi, chunki u jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadi.

XXI asr o‗qituvchisi bilim qamrovi keng, puxta amaliy tayyorgarlikka ega, yuksak pedagogik mahoratga ega va ijodkor bo‗lishi talab etiladi.

Prezidentimiz yana bir muhim masala oliy o‗quv yurtlari islohotlariga ham alohida diqqat qaratadi. Oliy ta‘lim tizimining zaif tomonlaridan biri oliy o‗quv yurtlarida tayyorlanayotgan talabalarni oldindan aniqlangan fan va texnika, iqtisodiyot ishlab chiqarish va boshqa sohalarning ehtiyojiga, bir so‗z bilan aytganda hayot talablariga qarab tashkil qilinmagani ko‗rsatib o‗tiladi va oliy o‗quv yurti islohotlarini amalga oshirayotganda mana shu holatdan kelib chiqayotgan nuqsonlarga alohida e‘tibor berish kerakligi ta‘kidlanadi.

Iqtisodiyotni isloh qilish sohasida strategik maqsadlaridan biri Prezideitimiz aytganidek, -

«kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‗zgartirish»dir26.

Buni birdaniga amalga oshirib bo‗lmaydi. Mustaqillikni qo‗lga kiritib, bozor iqtisodiyotiga o‗tishni amalga oshirish tufayli o‗tgan yillar davomida aholining dunyoqarashida sezilarli o‗zgarishlar yuz bsrdi. Odamlarda yangicha iqtisodiy fikrlash shakllanib, ularning dunyoqarashi yanada o‗zgarib bormoqda. Lekin hali bajariladigan ishlar ko‗p. Yoshlarda iqtisodiy fikrlashni shakllantirish tinmay izlanish, mehnatni talab etadi.

Kadrlar tayyorlash, ularga zamon talabiga muvofiq ta‘lim tarbiya berish zarurligi haqidagi masalalarni doimo ko‗zdan qochirmagan holda Prezidentimiz 2007 yili Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qilinganiga 10 yil to‗lishini, o‗zining 2007 yil 12 fevralda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisida eslatib o‗tdi: «Mamnuniyat bilan aytish mumkinki, mana shu 10 yil biz uchun bekor o‗tgani yo‗q, bu ishlarimizning dastlabki hosilini ko‗ra boshladik. Bizning ishimizga kimki baho bermohchi bo‗lsa, ana shu yoshlarga, ularning ongi va dunyoqarashiga boqsin» 23.

Prezidentimiz o‗z Ma‘ruzasidagi eng muhim jihatlardan biri - yosh mutaxassis va kadrlarni tayyorlash, ularga zamonaviy bilimlar berish, ularning o‗z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga jiddiy e‘tibor qaratilishidir. «Eng muhimi, inson aniq maqsad sari intilsa, unta barcha shart-sharoit yaratib berilsa, moddiy va ma‘naviy jihatdan rag‗batlantirilsa, u eng yuksak marralarni egallashga qodir bo‗ladi. Bizning mutaxassislar, yoshlarimiz qanday zamonaviy, yuksak texnologiyalarni o‗zlashtira olayotganini ko‗rib turibmiz. Bugun kasb-hunar kollejlarini, oliy o‗quv yurtlarini bitirayotgan bolalarimiz hech kimdan kam emas»24. Buni quyidagi raqamlardan ham ko‗rish mumkin. 2006 yili tanlov natijalariga ko‗ra 20 nafar O‗zbekistan fuqarolari Yaponiyaga yuborildi. 1999 yiddan buyon jami 138 nafar fuqarolarimiz Yaponiya grantlariga sazovor bo‗lishdi. Ulardan 83 nafari magistr darajasiga ega bo‗lib qaytishdi, 53 nafari o‗qishni davom ettirishmoqda. Shuningdek o‗tgan yilda Rossiya Federatsiyasi (52 ta o‗rin), Xitoy xalq Republikasi (20 ta o‗rin) va Slovakiya (2 ta o‗rin) hukumatlari tomonidan ajratilgan grantlarga tanlovlar o‗tkazildi.

Prezident I.A.Karimovning barcha asarlari, nutqlari yoshlarimizda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga, ularni zamon talablari darajasida tarbiyalashga katga ta‘sir ko‗rsatadi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi.




Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Siz g‗oya, iqtisodiy g‗oya deganda nimani tushunasiz? Mafkura degandachi? Iqtisodiy g‗oya o‗zi nimaga kerak?

  2. Nima sababdan Prezidentimiz I.A.Karimov barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarda iqtisodiy bilim va ko‗nikmalarni tarbiyalashga alohida diqqat-e‘tibor qaratayapti?

  3. O‗zbekistan Prezidenti nima sababdan o‗qituvchi burchi, mas‘uliyati va uning barkamol shaxsni shakllantirishdagi o‗rniga alohida e‘tibor qaratadi?

  4. Nima sababdan Prezidentimiz kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‗zgartirish zarurligi haqida qayg‗uradi?

  5. Sizningcha, yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda Prezidentimiz asarlari va Ma‘ruzalarini o‗rganish qanday ahamiyatga ega?

  6. I.A.Karimov «O‗zbekistonning bozor munosabatlariga o‗tishining o‗ziga xos yo‗li» asarining asosiy g‗oyasini so‗zlab bera olasizmi?

  7. Prezident I.A.Karimovning «O‗zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida» asari o‗quvchi-talabalarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda qanday rol o‗ynaydi?

  8. Mualliflar Prezidentimizning «Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish - bosh yo‗limiz» mavzusida qilgan Ma‘ruzasi yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda alohida ahamiyatga ega deyishadi. Siz shu fikrga qo‗shilasizmi? O‗z fikringizni asoslab bering. 9. Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezident Farmonlari qanday o‗rin tutadi? Fikringizni izohlash uchun misollar keltira olasizmi?

4-Ma‟ruza: YOSHLARGA IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA BERISHDA I.A.KARIMOV ASARLARIDAN FOYDALANISH


Reja




  1. Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda I.A.Karimov asarlaridan foydalanish

  2. I.A.Karimovning «О‗zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida» asarida iqtisodiy tarbiyaga oid qarashlari

  3. Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezidentimizning ma‘ruza va nutqlaridan foydalanish

  4. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror о‗sishida tadbirkorlik faoliyatining ahamiyati


Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Iqtisodiy g‗oya, milliy g‗oya, mafkura,


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, mustaqil fikrlash, strategik maqsad, dunyoqarashni о‗zgartirish, besh tamoyil, iqtisodiy islohotlar, farmon.


1. Yoshlarga iqtisodiy ta‟lim-tarbiya berishda I.A.Karimov asarlaridan foydalanish


Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezidentimiz asarlaridan foydalanish alohida о‗rin tutadi. Chunki ularda iqtisodiy g‗oya, uni amalga oshirishning strategiyasi va taktikasi mujassamlashgan.

Qisqa davr mobaynida Respublikamiz taraqqiyot yо‗lidan borib ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kо‗zga tashlanarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Buni hech kim inkor eta olmaydi.

Mamlakatimizda о‗tkazilgan islohotlarning mohiyatiga yetish ularning ahamiyatini, hozirgi paytda ularni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning mazmunini anglash, his qilish uchun Prezident asarlarini о‗rganish, chuqur mushohada qilish talab etiladi.

Ularni uch guruhga bо‗lib о‗rganish mumkin: Prezident asarlari, nutqlari va farmonlari.

Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimovning deyarli barcha nutq va asarlarida iqtisodiyot masalasi alohida о‗rin tutadi. «О‗zbekistonning о‗z istiqlol va taraqqiyot yо‗li» (1992) asarida «Ichki siyosatning negizi - inson manfaatlariga qaratilgan mehnatni rag‗batlantirish, kuchli mexanizmga ega bо‗lgan davlat yо‗li bilan himoya qiladigan bozor iqtisodiyotini qurishdan iboratdir».

«О‗zbekiston iqtisodiy siyosatning ustuvor yо‗nalishlari» (1993) risolasida esa «О‗zbekiston tanlab olgan yо‗li respublika va uning xalqining manfaatlariga nihoyatda mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisoddir», - deb kо‗rsatadi.

«О‗zbekistonning bozor munosabatlariga о‗tishnin о‗ziga xos yо‗li» (1993) asarida esa О‗zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilish va mustaqil demokratik davlat qurish dasturining о‗ziga xos bо‗lgan besh tamoyili:



  1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.

  2. Davlat - bosh islohotchi.

  3. Qonunlarning ustuvorligi. 4. Bozor iqgisodiyotiga о‗tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.

5. Bozor iqtisodiyotiga asta-sski, bosqichma-bosqich о‗tish kо‗rsatiladi va ularga amal qilish zaruriyati asoslab beriladi.

О‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandai sо‗ng bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demokpatik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni asosiy maqsad qilib belgiladi. Shu maqsadga kо‗ra bozor munosabatlariga о‗tishning «о‗zbek modeli» asosida erkin bozor iqtisodiyoti barpo etilmoqda.

Besh tamoyilning hammasini ham ta‘kidlab о‗tish lozimki, demokratik va iqtisodiy о‗zgarishlarni muvaffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatta egadir. Shu bilan birga bozor bosqichma-bosqich о‗tish tamoyili alohida ahamiyatga ega. Bu tamoyillardan biridir.

U iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va harakterini belgilab beradi.

Mazkur tamoyillarning biri bu bozor munosabatlariga о‗tishda davlatning bosh islohotchi ekanligini belgilovchi tamoyil hisoblanadi. Chunki о‗tish jarayonida islohotlarni amalga oshirishda davlat muhim rol о‗ynaydi.

Bu tamoyil mazmuni: h,ozirgi davrda davlatning asosiy vazifasi iqtisodiy, ijtimioy - madaniy, ma‘muriy - siyosiy sohalarni tartibga solishga qaratilgan.

О‗tish davrida davlatning roli pasaymasdan aksincha kо‗payadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan sо‗ng Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda iqtisodiyotni boshqarish asosan davlat о‗z qо‗liga olgan. Lekin bunda davlat bozor iqtisodiyotiga qarshi turmaydi, balki uning rivojlanishi uchun tegishli iqtisodiy va huquqiy sharoit yaratib beradi.

Davlat bozor munosabatlariga о‗tishda insofli raqobat muhitini yaratish, monopolistik faoliyatni cheklashda katta rol о‗ynaydi.

Mustaqillik qо‗lga kiritilganidan buyon о‗zgarishlarga xos iqtisodiy munosabatlarga mos yangi davlat boshqaruvi tizimi yaratishni taqozo etdi.

Jahon tajribasi kо‗rsatadiki, har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti kо‗p jihatdan ma‘muriy apparat ishini nechog‗lik samaradorli bо‗lishiga bog‗liqdir. Ulkan byurokratik apparat rivojlanishga tо‗sqinlik qiladi hamda davlatning bozor islohotlari ijtimoiy vazifalarni bajarishga doir say-harakatlariga halaqit beradi. Ana shularni hisobga olgan holda mamlakatimizda institusional islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon tо‗xtab qolgani yо‗q.




2. I.A.Karimovning «О„zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо„lida» asarida iqtisodiy tarbiyaga oid qarashlari


Prezident I.A.Karimovning asarlari orasida iqtisodiy tafakkurni, yangicha fikrlash, dunyoqarashni shakllantirshpda muhim ahamiyatga ega, alohida e‘tiborga loyiq asarlaridan biri «О‗zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida» asaridir.

Muallif bu asarni yozgunga qadar О‗zbekistonda amalga oshirilgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy о‗zgarishlarni о‗zining «О‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» tо‗plamlari, «О‗zbekistonning о‗z istiqlol va taraqqiyot yо‗li», «О‗zbekistan bozor munosabatlariga о‗tishning о‗ziga xos yо‗li», «О‗zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» risolalarida har tomonlama nazariy va ilmiy jihatdan asoslab berilgan, yosh va mustaqil О‗zbekistonimiz oldida turgan g‗oyatda muhim va dolzarb masalalar - mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy isloh qilish, iqtisodiy munosabatlarni demokratlashtirish, kelajak poydevori bо‗lgan yuksak ma‘naviyatdan Vatan ravnaqi yо‗lida foydalanish masalalari kо‗rib chiqilgan25.

Mazkur asarda mamlakatimizda mustaqillik e‘lon qilingandan keyin о‗tgan davr mobaynida, ya‘ni 1995 yilga qadar amalga oshirilgan ishlarga yakun yasalgan, sodir bо‗lgan ijtimoiy siljishlar va iqtisodiy islohotlar, kishilar ongida rо‗y berayotgan о‗zgarishlar tahlil qilingan. Kitob ikki qismdan iborat bо‗lib, «Iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining yakunlari va saboqlari» deb nomlangan birinchi qismida iqtisodiy islohotlar strategiyasi va taktikasini shakllantirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratish ham amaliy, ham nazariy jihatdan asoslab berilgan. Davlat mulkini xususiylashtirish hamda kо‗p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, qishloq xо‗jaligini isloh qilish, agrar munosabatlarning yangi tipini vujudga keltirish masalalari chuqur atroflicha kо‗rib chiqilgan. Institusional о‗zgarishlarga, ya‘ni bozor iqtisodiyotiga mos keluvchi yangi tashkilotlar va muassasalarni tashkil qilish, boshqaruvning ma‘muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. Shuningdek, narxni erkinlapggirish, bozor infrastrukturasini yaratish, tashqi iqtisodiy siyosatni erkin yо‗lga qо‗yish, jahon iqtisodiy hamjamiyatiga qо‗shilish, mamlakat ahlisi uchun insonga munosib bо‗lgan hayot va faoliyat sharoitini yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlash masalalariga diqqat qaratilgan.

Asarning ikkinchi qismi «Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining vazifalari va ustuvor yо‗nalishlari» deb nomlanadi. Unda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida oldimizda turgan asosiy vazifalar kо‗rsatib berilgan. Bо‗lar xususiylashtirish jarayonlarini chukurlashtirish, raqobatchilik muhitini shakllantirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiyotning tarkibiy strukturasini tubdan о‗zgartirish, kuchli ijtimoiy kafolatni ta‘minlovchi demokratik davlatni qaror toptirish vazifalaridir. Kitobda bu vazifalarni bajarishning nazariy va amaliy asoslari kо‗rsatib, ustuvor yо‗nalishlari aniq ifodalab berilgan.

Bu asar yoshlarimizda iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda muhim rol о‗ynaydi, ularning iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi yо‗llarini, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini о‗rganishlari uchun nazariy-mstodologik qо‗llanma bо‗lib xizmat qiladi.

Iqtisodiy talim tarbiya berishda Prezidentning «О‗zbekiston XXI asr bо‗sag‗asida:

havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asari ham alohida о‗rin tutadi26.

Bu asarni chuqur о‗rganmay mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati, ahamiyatini tushunish qiyin. Shuning uchun ham о‗quvchi talabalarni ana shu asarlarni puxta о‗rganishlariga e‘tibor berish lozim. Chunki busiz yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tо‗laqonli ravishda shakllantirib bо‗lmaydi.

Asar ikki bobdan iborat bо‗lib, birinchi bob «Xavfsizlikka tahdid» deb ataladi. Unda mamlakatimiz xavfsizligiga nimalar tahdid qilayotgani chuqur tadqiq qilinib, har tomonlama asoslab beriladi. Mazkur bobda mintaqaviy mojarolar, diniy ekstrimizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlarning barqarorlik va xavfsizlikka tahdidi qay darajada ekanligi kо‗rsatib beriladi. Shuningdek, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug‗-aymoqchilik munosabatlari, ekologik muammolarga alohida diqqat-e‘tibor qaratiladi.

Asarning ikkinchi bobi «Barqarorlik shartlari hamda taraqqiyot kafolatlari» deb atalib, unda respublikamizda barqarorlikka erishishning asosiy shartlari hamda mamlakatimiz taraqqiyotini ta‘minlashning kafolatlari kо‗rsatiladi.

Tо‗la mustaqillik о‗z ichiga siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy, hududiy va harbiy mustaqillikni ham о‗z ichiga oladi. Iqtisodiy mustaqillikka erishish mamlakatimizni har jihatdan mustaqillikni ta‘minlashning asosidir.

«О‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) risolasida ham iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish, valyuta muhiti va bozorni erkinlashtirish, xorij sarmoyalarini jalb etish, turli nazorat va tekshiruvlarni cheklash kabi muhim iqtisodiy masalalar kо‗rib chiqilgan.

Taraqqiyotimizning, aholi farovonligi, yuksaltirishning muhim omili bu malakali mutaxassis kadrlardir. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy о‗zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni davomiy ravishda modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilab borish, iqtisodiyotni isloh qilish umuman olganda mamlakatimiz oldiga qо‗yilgan strategik va boshqa vazifalarni qay darajada bajarilishi aynan tayyorlagan kadrlarimizga bog‗liq.

Hozirgi tezkor texnikaviy taraqqiyot davrida zamonaviy texnologiyalar qisqa vaqt 5-7 yil mobaynida eskirib, ularni о‗rnini yangi takomillashgan texnologiyalar egallamoqda.

Shuning uchun jahonda yirik transmilliy korporatsiyalar ham kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish nihoyatda katta e‘tibor beradi, eng asosiysi esa buning uchun katta mablag‗ ajratilmoqda. Prezidentimiz о‗z asarlarida yozganlaridek, ularda «lavozim uchun emas, balki malaka uchun haq tо‗lanadi. Biz ham ana shunday tizimni yaratishimiz darkor» 27.




3. Iqtisodiy ta‟lim-tarbiya berishda Prezidentimizning ma‟ruza va nutqlaridan foydalanish


Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezidentimizning Ma‘ruza va nutqlari alohida о‗rin tutadi.

Prezident qator nutq va Ma‘ruzalarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, barqaror о‗sib borish - bu qishloq xо‗jaligi bо‗ladimi, sanoat yoki xizmat kо‗rsatish sohasi bо‗ladimi - shu tarmoqlarda ishlayotgan odamlarning doimo sezgir va izlanuvchan bо‗lishini, bugungi kun talab qiladigan kasb-hunarlarni о‗rganishini, о‗z malaka va saviyasini muttasil oshirib borishini, zamon bilan teng qadam tashlash zarurligini uqtiradi. Bu ayniqsa, Yaponiya va Koreya singari tabiiy boylikka deyarli ega bо‗lmagan mamlakatlar tajribasidan kо‗p narsani о‗rganishimiz mumkin. Ulardagi murakkab sharoit, cheklangan resurlar doimo о‗ylab puxta ish qilishni, aqlni ishlatishni, har qanday sharoitda imkon topishni zarur qilib qо‗yadiki, ularni qо‗lga kiritayotgan yutuqlari ana shu zaruriyatni qanday amalga oshirayotganlarini kо‗rsatib turibdi. Bu jihatdan qarasak bizda imkoniyatlar nihoyatda katta.

Prezidentning «Yangicha hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan kо‗rib bо‗lmaydi» nomli Ma‘ruzasida davlat qurilishi, davlat boshqaruvi islohotlarining asosiy maqsadi va vazifalari kо‗rsatib о‗tib ijro hokimiyati bо‗lmish hukumat faoliyatining mas‘uliyati va samarasini oshirish zarurligi haqida fikrlar bildirildi.

О‗zbekiston Respublikasida hozirgi kunda davlat boshqaruvi islohotlari siyosiy yо‗nalishlarini quyidagi sohalarda amalga oshirilishini kо‗rsatib о‗tish mumkin.

Iqtisodiyotni boshqarishda davlat rolining qisqarishi - yangi davlat tuzilmalarining xо‗jalik yurituvchi subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuviga barham berishdir.

Iqtisodchi mutaxassislar va iqtisodchi pedagoglar uchun ayniqsa, Prezidentimizning 14 fevral kuni О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yilda respublikamiz ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish yakunlari ni iqtisodiy islohotlarning borishini baholash hamda 2002 yilda islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yо‗nalishlariga bag‗ishlangan majlisida «Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish - bosh yо‗limiz» mavzusida qilgan ma‘ruzasi alohida ahamiyatga ega28.

Mamlakatimizning ulkan moddiy va tabiiy resurslaridan tejab tergab samarali va oqilona foydalanishga alohida diqqat qaratadi. U biz uchun tabiatning bebaho ne‘matini xalqimizning boyligi bо‗lmish ekin eqiladigan yerlardan sug‗orish va ichimlik suvidan, yonilgi – energetika, mineral xom ashyo va boshqa resurslardan tо‗g‗ri va asrab avaylab foydalanish haqida qayg‗urib yurtimizga tashrif buyurgan chet ellik hamkorlarimiz ham bizning resurslarni tejash masalasiga bо‗lgan beparvo munosabatlarimizni kо‗rib hayron bо‗lishlarini kо‗rsatib о‗tadi. Eng boy gullab yashnayotgan mamlakatlarda ham resurslarga bu qadar mas‘uliyatsizlikka, bu qadar isrofgarchilikka yо‗l qо‗ymasligini ta‘kidlaydi. Prezident eng bebaho boyligimiz yerdan foydalanishdagi kamchiliklarga alohida tо‗xtalib, о‗tkazilgan tekshiruvlar natijasida toqat qilib bо‗lmaydigan xо‗jasizlik faktlari aniqlanganini kо‗rsatib berdi. О‗zbekistan yerlarining faqatgina 10 %dan qishloq xо‗jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida foydalanish mumkin, suv yerdan keyingi yana bir bebaho boyligimiz, chunki dehqonchilik sug‗oriladigan yerlarda qilinadi.

Qurg‗oqchilik yillarida suvning qadri naqadar balandligini yanada chuqurroq his qilinadi.

Yerlarni sug‗orishga yaroqli suvdan tejab-tergab, samarali foydalanish, sug‗orish va irrigatsiyaning zamonaviy tizimlarini joriy qilishga suvdan foydalanish intizomini kuchaytirishga bu borada yaxshi natijalarga erisha olganlarni esa rag‗batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash zarurligini kо‗rsatib о‗tadi.

Qadimdan mamlakatimiz hududida suv hayot manbai sifatida qadrlangan, tirikchilikni birinchi omili sanalgan, uni muqaddas bilib, asrab-avaylab, tejab tergab sarflangan. Bu qarashlar о‗z mohiyatini bugun ham yо‗qotgan emas. Mamlakatimiz qishloq xо‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni suvsiz tasavvur etish mumkin emas. Hozirgi sharoitda suvdan tejab tergab foydalanish yana ham dolzarb masala bо‗lib turibdi,

Hisob-kitoblarga kо‗ra yiliga о‗rtacha 95 mlrd.m3 suv talab qilinadi. Foydalaniladigan suvning 85 % esa qishloq xо‗jaligida ishlatiladi. Dehqonchilikka mо‗ljallangan yerlarning 98 % ini sо‗g‗oriladigan maydonlar tashkil etadi. Markaziy Osiyo respublikalarida iste‘mol qilinadigan suvning deyarli yarmi respublikamiz tomonidan istemol qilinadi. Mamlakatimizda yerdan, suvdan tejab-tergab samarali foydalanilmasa kelgusida muammolar kelib chiqishini hisobga olgan holda О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi «Qishloq xо‗jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yо‗nalishlari tо‗g‗risida»gi PF-3226 sonli farmoniga asosan respublikada fermer xо‗jaliklarini rivojlantirish ustuvor yо‗nalish deb belgilandi. Farmonga muvofiq respublika qishloq va suv xо‗jaligida о‗tkazilayottan islohotlarni yanada chuqurlashtirish kо‗zda tutiladi. Soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-sonli va 21 iyuldagi 320 sonli qarorlari qabul qilindi. Respublika suv resurslarini ma‘muriy-hududiy boshqarish prinsipidan xavzaviy boshqarish prinsipiga о‗tkazildi. Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi «SFYU» tashkil etildi va ular faoliyatini yо‗lga qо‗yish uchun qonunchilik bazasi yaratildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan suvdan foydalanuvchilar yyushmalari xizmatlari qо‗shilgan qiymat solig‗i, foyda va mulk solig‗i hisoblanishi va tо‗lashdan 2 yil muddatga, О‗zbekiston Respublikasi prezidentining 2003 yil 27 oktabrdagi PF3342 farmoniga asosan suvdan foydalanuvchilar uyushmasining xizmatlari qо‗shilgan qiymat solig‗i, daromad va mulk solig‗ini tо‗lashdan 3 yil muddatga ozod qilindi.

Alohida e‘tibor talab qilinadigan yana bir muhim masala ichimlik suvini tejash masalasi bо‗lib, u hozirgi paytda hayot manbai sifatida yer kurrasi aholisini tashvishga solmoqda. Ma‘lumki, yer yuzidagi suvning atigi 1 % ini ichimlik suvi tashkil etadi. U qimmatbaho va noyob tabiiy resurs. Uni hech qanday boshqa resurs bilan almashtirib bо‗lmaydi. Shuning uchun har bir kishi undan tejab tergab foydalanishi zarur.

Biz hozirning о‗zidayoq butun mintaqalarda, xususan, Qoraqalpog‗iston, Xorazm, Byxopo viloyatlarida, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida sifatli ichimlik suv ta‘minoti bilan bog‗liq muammolarga duch kelayotganimiz qator hududlarda ichimlik suviga katta ehtiyoj sezilayotganiga qaramay suvni isrof qilish, undan nazoratsiz foydalanish davom etayotganiga e‘tibor qaratiladi. Bu masala о‗rganilganda aholi tomonidan suv sarflanishining amaldagi miqdori belgilangan meyorlardan 2-3 baravar ortiq ekani ayon bо‗ldi29.

О‗tgan yillar mobaynida aholini ichimlik suvini tejashga undovchi asosiy chora sifatida suv sarfini hisobga oluvchi moslama о‗lchagichlarni о‗rnatishga alohida diqqat qaratilgan bо‗lsada, hali respublikamizda bu borada muammolar kо‗p. Hanо‗zgacha ichimlik suvidan texnik maqsadlarda sug‗orish uchun ishlatilayapti. Aholimiz orasida hali suvni isrof bо‗lishiga loqaydlik bilan qarovchilar talaygina.

Demak, tarbiya jarayonida har bir о‗quvchi - talabaga kerak bо‗lsa yoshi kattalarga ham suvni isrof qilish katta gunoh ekanligini uqtirish zarur.

Bu borada biz resurslardan tejab tergab foydalanishni nemis va yaponlardan о‗rganishimiz kerak. Masalan, oddiy misol, ular suv ortiqcha isrof bо‗lmasligi uchun tish yuvganlarida vodoprovodni jumragidan ishlatmay suvni alohida stakanga olib ishlatishar ekan.

Resurslarni tejash haqida gap ketganda energetika resurslariga alohida diqqat qaratish lozim. Ayniqsa, tabiiy gaz, elektr energiyasi va boshqa energiya manbalaridan tejamkorlik bilan foydalanilmayotgani ta‘kidlab о‗tiladi. Moddiy resurslardan xо‗jasizlarcha, mas‘uliyatsizlik bilan foydalanish mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan material va energiya sarfining oshishiga, bu esa о‗z navbatida ana shu mahsulot tannarxining qimmatlashuviga olib keladi. Tovar-xizmatning narxi oshib ketadi va oqibatda raqobatga bardosh bera olmaydi. Ana shu kamchiliklarni hisobga olgan holda ahvolni о‗rganib 2010 yilgacha bо‗lgan davrda resurslardan oqilona tejab-tergab foydalanish bо‗yicha maxsus dastur ishlab chiqildi. Lekin bu borada bajariladigan ishlar hali kо‗p.

Respublikamizda quyosh energiyasidan foydalanishga katta e‘tibor qaratilishi kerak. Qator yevropa mamlakatlarida quyosh energiyasi mamlakatning umumiy energiya sarfi tarkibida 15 % gacha ulushni tashkil etadi. Respublikamizda quyoshli kunlar ularga nisbatan 2-2,5 baravar kо‗p bо‗lgani holda bizda bu kо‗rsatkich 1 % atrofida. Demak, bu borada ishga solinmagan imkoniyatlar talaygina.

Bо‗larni о‗quvchi - talabalar ongiga singdirish, ularni ana shu sohada yangiliklar, ixtirolar yaratishga undash, qiziqtirish lozim.

Yoshlarga ta‘lim-tarbiya berishda Prezidentning an‘anaviy yil yakunlari va yangi yil vazifalariga bag‗ishlab о‗tkaziladigan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi Ma‘ruzalari muhim rol о‗ynaydi. Bu Ma‘ruzalarda yо‗l qо‗yilgan kamchiliklar alohida ta‘kidlanadi va yangi yilda mamlakat oldida turgan vazifalar, eng muhim ustuvor yо‗nalishlari belgilab beriladi.

Bunda oldimizga qо‗ygan asosiy maqsadni amalga oshirish uchun nimalarga alohida e‘tibor berishimiz kо‗rsatilib, uni amalga oshirish uchun asosiy ustuvor yо‗nalishlar belgilab beriladi. Bunda nima sababdan aynan ana shu sohalar yoki yо‗nalishlar ustuvor yо‗nalish tarzida alohida ajratib kо‗rsatilishi sabablarini yoshlar ongiga yetkazish muhim ahamiyatga ega.

Prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar iqtisodiyotni rivojlantirishda yangi marralar tomon harakatlantiruvchi, yо‗naltiruvchi kuch, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlashning dasturi amali bо‗lib hisoblanadi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni barchasi, ayniqsa, talaba, о‗quvchi yoshlarning teran anglashi, kechayotgan iqtisodiy о‗zgarish va jarayonlar tо‗g‗risida keng tasavvurga ega bо‗lish, о‗z mehnatlari va bunyodkorlik ishlari bilan о‗z hissalarini qо‗shishlari davr talabi ekanligini his qilishlari lozim.

Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezident Farmonlari ham о‗ziga xos о‗rin tutadi. Ma‘lumki, Prezident Farmonlari qonun kuchiga ega bо‗lgan buyruq bо‗lib, odatda, davlat rahbari mamlakatdagi mavjud holat, qabul qilingan qonunlarda hayot oqimi, shiddatini tez о‗zgarishi tufayli hamma narsani ham hisobga olib bо‗lmasligini nazarda tutgan holda, u yoki bu muammoni, masalani tezda hal qilinishi lozimligini hisobga olgan holda beriladi.

Farmonda uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish ham kо‗rsatiladi. Dars jarayonida ana shunday farmonlardan misol qilinishi, о‗quvchi-talabalar diqqatini nima sababdan mazkur farmon qabul qilingani, mavjud muammo, masalani yechishda qanday rol о‗ynashini о‗rganishga qaratish lozim.




4. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror о„sishida tadbirkorlik faoliyatining ahamiyati


Respublikamizda tadbirkorlikka alohida ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, kichik biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida ularning soni kо‗payib, YAIMda hissasi о‗sib bormoqda.

«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tо‗g‗risida»gi qonun, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik va о‗rta biznes, fermer va dehqon xо‗jaliklari faoliyatining huquqiy asosini mustahkamladi. Tadbirkorlikni rag‗batlantiradigan va uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddilshitiriddi, Kichik, о‗rga biznes, tadbirkorlik bilan shug‗ullanuvchi shaxslar uchun soliq tizimiga sezilarli darajada yengillik kiritildi. Kredit berish tizimi yaxshilandi. Tadbirkorlar ehtiyoji uchun zarur bо‗lgan о‗z pul mablag‗larini tijorat banklaridan naqd pul holida olish imkoniyati yaratildi. Buning natijasi о‗laroq mamlakatimizda kichik va о‗rta biznesning barqaror rivojlanayotganini quyidagi ma‘lumotlar ham tasdiqlaydi. Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirishda Prezidentning qator Farmonlari muhim rol о‗ynadi. Mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor salmog‗ini oshirish, aholini ishlab chiqarish sohasida bandligini ta‘minlash va kichik tadbirkorlikni intensiv rivojlantirib borish maqsadidagi 2003 yil 30 avgustda О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 aprel 1998 yil qabul qilgan «Kichik va о‗rta biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada kuchaytirish bо‗yicha chora-tadbirlar haqidagi» qaroriga о‗zgarishlar va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risidagi» Farmoni qabul qilinishi tadbirkorlikni rivojlanishiga yana bir ijobiy turtki bо‗ldi. Mamlakatimizda jamiyat tayanadigan о‗rta mulkdorlar sinfi vakillarini yanada kо‗payishiga olib keldi. Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar ham bu fikrni tasdiqlaydi. «Kichik biznesni rivojlantirish, rag‗batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni rо‗yxatga olish tartibini sezilarli darajada soddalashtirish, eng muhimi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bо‗yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bо‗lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi» 30.

Ayniqsa, keyingi yillarda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash, sud-huquq tizimini yanada erkinlashtirish, nazorat organlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta‘minlash, tadbirkorlik faoliyatini asossiz cheklanishiga yо‗l qо‗ymaslik maqsadida О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyunda matbuotda «Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari tо‗g‗risida»gi Farmoni e‘lon qilindi.

Unga kо‗ra, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta‘sir choralarini faqat sud organlari orqali qо‗llanish tartibi joriy qilinadigan bо‗ldi.

Tadbirkorlik subyektlarining moliya - xо‗jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi: Bordi-yu, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlansa О‗zbekiston Respublikasi Bosh Prokо‗raturasi hо‗zuridagi Soliq va Valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan tekshiriladi.

Farmonda nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini о‗z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bо‗yicha har qanday tekshiruvlar о‗tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar bо‗lishi ta‘kidlanadi.

Davlat organlarining qonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari yoki aksincha, qonunni himoyasi uchun harakat qilmasligi natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning о‗rni sud qarori asosida tо‗la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan birinchi navbatda, ularning byudjetdan tashqari jamg‗arma mablag‗lari hisobiga qoplanishi, sud qarori bilan aybdor bо‗lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda yuklanishi mumkinligi qayd etiladi.

Shuningdek, Farmonda tadbirkorlik subyektlari о‗rtasidagi xо‗jalik sudi yoki hakamlar sudi tomonidan kо‗rib chiqilishi, mutasaddi tashkilotlarni «Hakamlar sudi tо‗g‗risida» О‗zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga taqdim etishi, bunda tadbirkorlik subyektlari hamda birlashmalarning о‗zlari tomonidan hakamlar sudi tashkil etilishi nazarda tutilsin, deb kо‗rsatiladi.

Farmon asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishni tayinlash va о‗tkazish tizimini takomillashtirish, tekshirishlar sonini keskin kamaytirish, nazorat organlari mansabdor shaxslarining ruxsat berilmagan tekshirishlar о‗tkazganligi uchun javobgarlikka tortishi nazarda tutilishi, ayrim faoliyat turlari bilan shug‗ullanish uchun ruxsat olish tartibi tamoyilini qisqartirish va soddalashtirish, muddatlari cheklanmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) berish tizimini joriy etish, sо‗zsiz respublikamizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga olib keladi, uni dastlabki statistik ma‘lumotlar tasdiqlab turibdi.

Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy о‗sish orqali xalq farovonligini ta‘minlashda tadbirkorlikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanligi buning uchun zarur sharoitlar yaratish, xususan tadbirkorlik subyektlarini tekshirish masalasi muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, Prezidentimiz 2005 yil 5 sentabrda «Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida»gi farmonni imzoladi.

Farmon Prezidentimiz bu masalaga naqadar alohida diqqat qaratayotganini kо‗rsatadi. Farmonga kо‗ra mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xо‗jaliklarining moliya-xо‗jalik faoliyatini har tо‗rt yilda kо‗pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa har uch yilda kо‗pi bilan bir marta reja asosida tekshirish о‗tkazilishi.

Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xо‗jaliklarining moliyaxо‗jalik faoliyatini ular davlat rо‗yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida tekshirish о‗tkazilmasligi kо‗rsatiladi. Shuningdek Farmonda tadbirkorlik subyektlarini tekshirish tizimini yanada takomillashtirishning boshqa chora-tadbirlari, chunonchi soliq organlari, nazorat opganlarini tekshirishlarni о‗tkazishda belgilangan tartibga rioya qilishlari zarurligi, agar xо‗jalik faoliyatiga noqonuniy aralashilgani tufayli zarar yetkazilsa, yetkazilgan zararni о‗rni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka tortilishi kо‗rsatiladi.

Tekshirishlarni tayyorlash va о‗tkazishda belgilangan tartibga qat‘iy rioya etish, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yо‗lidagi faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish О‗zbekistan Respublikasi Bosh prokо‗raturasi zimmasiga yuklatiladi.

Farmon va uning ijrosini ta‘minlash respublikamiz iqtisodiyotida, tadbirkorlikni rivojlanishida qay darajada ahamiyatga ega ekanligini quyidagi raqamlardan kо‗rsa bо‗ladi. 2000 yilda 142,9 ming kichik biznes korxonalari rо‗yxatga olingan bо‗lsa, 2005 yilga 308,7 mingtaga yetdi. Kichik biznes va tadbirkorlikning respublika YAIMdagi solishtirma salmog‗i 31,0 % bо‗lgan bо‗lsa, 2005 yilga kelib 38,2 %, 2006 yilda 42,1 % ni tashkil qildi. Hozirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan band bо‗lganlarning salmog‗i ish bilan band aholining 69,1 % ini tashkil etadi.

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatida aholiga xizmat kо‗rsatish sohalarining ulushi yuqori. Chunonchi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarning 81,5 % ini, aholiga maishiy xizmat kо‗rsatish korxonalarining 79,5 % ini tashkil etadi. Shu bilan birga moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ularning hissasi kam. Aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yirik korxonalar bilan uzviy bog‗langan holda kо‗plab ish о‗rinlarini tashkil qilshni mumkin. Yirik sanoat korxonasi atrofida uning uchun yordamchi о‗nlab, yuzlab kichik korxonalarning yuzaga kelishi, bundan esa nafaqat korxonalar, balki mamlakat iqtisodiyoti katta manfaatlar kо‗rishini Yaponiya, AQSH, Koreya, G‗arbiy Yevropa mamlakatlarining yirik korporatsiyalari tajribasi kо‗rsatib turibdi. Bizning mamlakatimizda ham buning uchun imkoniyatlar va resurslar yetarli.

О‗quvchi talabalarni Prezidentning asarlari, Ma‘ruzalari va farmonlaridagi asosiy maqsad mazmunini anglashi ularda iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda muhim rol о‗ynaydi. Ularda iqtisodchi pedagog sifatida chuqur bilim - kо‗nikma va malaka olishlari, iqtisodiy dunyoqarash, insoniy e‘tiqod, burch va mas‘uliyatni axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Prezidentni Ma‘ruza, nutq va farmonlarini о‗rganishga alohida e‘tibor berish lozim.

Iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim kuchli omiliga aylanar ekan, ularni yoshlar tomonidan chuqur egallash va amaliy qо‗llashni sо‗zsiz Prezident asarlarini chuqur о‗rganmay amalga oshirib bо‗lmaydi.




Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Siz g‗oya, iqtisodiy g‗oya deganda nimani tushunasiz? Mafkura degandachi? Iqtisodiy g‗oya о‗zi nimaga kerak?

  2. Nima sababdan Prezidentimiz I.A.Karimov barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarda iqtisodiy bilim va kо‗nikmalarni tarbiyalashga alohida diqqat-e‘tibor qaratayapti?

  3. О‗zbekistan Prezidenti nima sababdan о‗qituvchi burchi, mas‘uliyati va uning barkamol shaxsni shakllantirishdagi о‗rniga alohida e‘tibor qaratadi?

  4. Nima sababdan Prezidentimiz kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‗zgartirish zarurligi haqida qayg‗uradi?

  5. Sizningcha, yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda Prezidentimiz asarlari va Ma‘ruzalarini о‗rganish qanday ahamiyatga ega?

  6. I.A.Karimov «О‗zbekistonning bozor munosabatlariga о‗tishining о‗ziga xos yо‗li» asarining asosiy g‗oyasini sо‗zlab bera olasizmi?

  7. Prezident I.A.Karimovning «О‗zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida» asari о‗quvchi-talabalarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda qanday rol о‗ynaydi?

  8. Mualliflar Prezidentimizning «Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish - bosh yо‗limiz» mavzusida qilgan Ma‘ruzasi yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda alohida ahamiyatga ega deyishadi. Siz shu fikrga qо‗shilasizmi? О‗z fikringizni asoslab bering.

  9. Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishda Prezident Farmonlari qanday о‗rin tutadi? Fikringizni izohlash uchun misollar keltira olasizmi?



5-Ma‟ruza: . IQTISODIY XULQ-ATVORNING PEDAGOGIK -PSIXOLOGIK ASOSLARI


Reja




  1. Iqtisodiy xulq-atvorning psixologik va pedagogik asoslari

  2. Iqtisodiy xulq-atvorni shakllantirish ta‘lim maqsadlaridan biri sifatida

  3. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanining atamalari va ularning shaxs hulq-atvorini shakllantirishdagi о‗rni

  4. Marjinalizm: naflilik va xaridor tanlovi nazariyasi. Iqtisodiy xulq-atvorning shakllanishi



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Bixeviorizm, stimul, reaksiya, motivatsiya, manfaatlar, madsad, faoliyat, natija, ekstroversiya, introversiya, ehtiyojlar, qiziqish, xulq-atvor, tanlov, mehnat, vaqt, pedagogik qonunlar, iqtisodiy atamalar, bitim, firma, raqobat, tadbirkorlik, marjinalizm, naflilik, meyoriy naflilik, befarqlik egri chizig‗i, byudjet chizig‗i,


1. Iqtisodiy xulq-atvorning psixologik va pedagogik asoslari


Ma‘lumki, ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishdagi ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar insonni har tomonlama kamolotga yetkazishga, turmush darajasi, farovonlikni ta‘minlashga qaratilgan. «Chunki, hayot bor ekan, inson bor ekan har qaysi toifa о‗zining manfaatlarini qandaydir yо‗llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bо‗lsa qonuniy yо‗llar bilan о‗z maqsadlariga erishishga intiladi»31.

Inson о‗z oldiga qо‗ygan maqsadiga yetishga intilar ekan, uning faoliyati zaminida о‗z oilasining moddiy sharoiti hamda manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega.

Ma‘lumki, pedagogikaning metodologik asosi falsafa bо‗lib, kо‗plab pedagogik konsepsiyalar, tarbiya tizimi falsafiy nazariyalarga asoslanadi. Hozirgi zamon pedagogik konsepsiyalar: pragmatizm, neopozitivizm, eksiztensializm, neotomizm, bixeviorizm muvofiq ravishdagi falsafiy yо‗nalishlarga tayanadi.

Ularning orasida insonda iqtisodiy fikrlash, tafakkurni shakllantirish masalalariga alohida diqqat qaratgan yо‗nalish bixeviorizm32 hisoblanadi.

Bixeviorizm - psixologik-pedagogik konsepsiya bо‗lib, insonga texnokratik tarbiya berish nuqtai nazaridan yondashadi. U inson haqidagi fandagi erishilgan yutuqlarga asoslanib, uning manfaatlari, ehtiyojlari, qobiliyati, say-harakati va tanloviga ta‘sir etuvchi omillarni tadqiq etadi va bunda zamonaviy metodlardan foydalanadi.

Klassik bixeviorizmga taniqli amerikalik filosof va psixolog J.Uotson asos solgan. U insonning say-harakati, tanlovi, reaksiyasi stimulga, uning ruxiyati psixologiyasiga ta‘sir qilishiga, unda qandaydir his-tuyg‗ular uyg‗onishiga, qо‗zg‗atilishiga bog‗liqligi haqidagi qoidalar bilan fanni boyitadi.

Inson faoliyati motivatsiyaga asoslanadi. Motivatsiya - biologik jihatdan insonning irsiy va tо‗plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yо‗naltirilgan, undaydigan tuyg‗u. Motiv esa insonning biron bir faoliyat yuritishga yо‗naltiruvchi, undovchi ichki his-tuyg‗u bо‗lib, u ehtiyoj, xohish, qiziqish, intilish bо‗lishi mumkin.

Insonning turli-tuman darajadagi aqliy va jismoniy qobiliyati, irodasi bir butun bо‗lib birlashuvi natijasi motivatsiya bilan birgalikda uni harakatga soluvchi kuch bо‗lib namoyon bо‗ladi.

Shaxsning xulq-atvori shakllanishi qator omillarga bog‗liq. Ular:



  • Shaxsning tabiiy fazilati, tabiatan berilgan о‗ziga xos psixologik xususiyatlari.

  • Shaxsning о‗ziga xos boshqarish tizimi - «men obrazi».

  • Uni о‗rab turgan atrof-muhit va boshqalar.

Shaxsning tabiiy hislatlari tug‗ilgan vaqtidan boshlab mavjud bо‗lib, uning faolligi, ta‘sirchanligi, о‗zini namoyon qilishi va boshqalarda ifodalanadi. Ta‘sirchanlik shaxsning asabi qо‗zg‗aluvchanligining turli darajasida, uning atrofi, olamga bо‗lgan munosabatini kо‗rsatib beruvchi his-tuyg‗ularining shiddatkorligida namoyon bо‗ladi. XX asr 20-yillarining boshlarida shvetsariyalik psixolog K.G.Yung shaxsning psixologik xususiyatlarini «ekstraversiya» va «intraversiya» tushunchalari orqali ta‘riflab berishni taklif etdi.

Ekstroversiya (extra-tashqari) insonning shunday psixologik harakatlarini kо‗rsatib beradiki, bunda u о‗zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlariga qaratadi. Ba‘zan buni о‗zining ichki his-tuyg‗ulari, qiziqishlari, о‗zining shaxsiy ahamiyatini pasaytirish, e‘tibor bermaslik evaziga ham amalga oshiradi.

Ekstravertlarga hulq-atvorning ta‘sirchanlik, samimiylik, tashabbus kо‗rsatish, kommunikAbellik, ya‘ni boshqalar bilan tezda til topishib ketish kabilar xos.

Introversiya (intro-ichki) shaxsning о‗z mafaatlariga, ichki olamiga, о‗z qarashlariga diqqate‘tibor qilish bilan ajralib turadi.

Introversiya - ekstroversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qо‗shilib kelishi shaxs temperamentlarini33 belgilab beradi.

Tempramentning eng mashhur turlari (sangvinik, melanxolik, flegmatik, xolerik) miloddan avvalgi asrda Gippokrat tomonidan joriy qilingan bо‗lib, ularning nomlari hanо‗zgacha saqlanib qolgan, lekin mazmuni о‗zgargan.

Shaxsning tavsifi uning harakteri, ya‘ni insonning hulq-atvorini uning ishga, narsalarga, boshqa kishilar va о‗ziga munosabatini belgilab beradigan borqaror psixologik xususiyatlar yig‗indisidir.

Shuningdek, harakterga xos xususiyatlarning qarama-qarshiligini: prinsipiallik-prinsipsizlik, saxiylik - isrofgarlik, mehnatsevarlik - dangasalik, puxtalik — pala-partishlik va hokazolarda ifodalanadi.

Shaxsning tabiatan beriladigan hislati bilan bog‗liq psixologik xususiyatlari orasida alohida ajralib turuvchi hislati bu uning qobiliyatidir.

Qobiliyat - shaxsning о‗zida bilim, malaka, kо‗nikmalarni hosil qilish tezligi, biron bir faoliyat, ishni bajara olish imkoniyati, layoqatini ifodalaydi.

Shaxsning hulq-atvorini belgilovchi ikkinchi tomon uning ehtiyojlaridir.

Ehtiyojlar manfaatni, manfaat esa maqsadni keltirib chiqaradi. Inson maqsadini amalga oshirishga intilishi motivatsiya, motivatsiya esa iqtisodiy stimullarni, ya‘ni rag‗batlantiruvchi kuchlarni yuzaga keltiradi.

Shunday qilib, insonning xulq-atvorini bir tomondan tabiatdan berilgan qobiliyat, temperament belgilasa, ikkinchi tomondan uni ehtiyojlari va ularni qondirishning obyektiv zaruriyati belgilaydi va bir butun holda inson shaxsida gavdalanadi.

Inson ehtiyojining xilma-xilligi uning faoliyati sababini tashkil etadi. Ma‘lum bir mutaxassislikni egallash va muvafaqqiyatli faoliyat yuritish uchun qiziqish ham muhim ahamiyatga egadir.

Agar shaxs о‗zi bajarayotgan ishga qiziqmasa uni kо‗pincha xafsalasizlik bilan «qо‗ldan ketgancha» bajaradi. Shuning uchun ham xalqimizda «Bо‗ynidan boylangan it ovga yaramaydi»- degan naql bor.

Qiziqish - insonning u yoki bu narsaga, ishga diqqat-e‘tibor qaratishi, ixlos qо‗yishi, agar u bajaradigan ish bо‗lsa bajarishga astoydil kirishishi, xullas inson ehtiyojining namoyon bо‗lishini о‗ziga xos shakli bо‗lib, u kishida ijobiy his-tuyg‗u uyg‗otadi.

Insonning murakkabligini yana bir namoyishi sifatida uni nafaqat manfaat balki, biron-bir narsaga, faoliyatga qiziqishi hozirgi iborada «hobbi»si bо‗lishi ham о‗ziga xos ehtiyoj bо‗lib namoyon bо‗ladi.

Insonning qiziqishi nihoyatda xilma-xil. Masalan: musiqa, rasm chizish, texnikaga, badiiy adabiyot, sportga qiliqish va hokazo. Xullas, bu rо‗yxatni о‗zoq davom ettirish mumkin.

Inson о‗z qiziqishi tufayli biron bir maqsad qо‗yadiki, uni amalga oshirish oxir-oqibat ehtiyojlarni qondirish, ya‘ni iste‘molga borib taqaladi.

«Ehtiyojlar - sabab - qiziqish obyekti - faoliyat maqsadi -ehtiyojlarni qondirish» tarzida yuz beradi.

Qiziqish insonning faqatgina ichki his-tuyg‗usi bо‗lib qolmay, unga tashqi muhit ham katta ta‘sir kо‗rsatadi. Insonning xulq-atvori, о‗zini tutishi tanlovi murakkab jarayon bо‗lib, uning motivlari eng avvalo, ehtiyojlar bilan bog‗liq.

Insonning u yoki bu harakatini amalga oshirish, u yoki bu narsani tanlashida о‗z nuqtai nazari, boshqalardan farqlanuvchi о‗z motivatsiyasi bor.

Har bir insonning intilishi, qiziqish xohishi asosini hayotga, yashashga bо‗lgan intilish tashkil etadi. U esa insonni zurriyot qoldirishga va о‗zini о‗zi saqlash instintktida ifodalanadi. U о‗z navbatida boshqa intilish va qiziqishlarni taqozo qiladi va boshqalari bilan bog‗lanib ketadi.

Insonlar say-harakati, tanlovi sabablarini tadqiq qilgan taniqli olimlardan biri Maks Veber (1864-1926, sotsiolog, tarixchi) bо‗lib, u о‗zining iqtisodiy-ijtimoiy hayotga liberal yondashishi bilan ajralib turadi. M.Veber sotsiologiya asoschilaridan biri bо‗lib inson faoliyatini 4 tipga bо‗ladi.

Birinchi, harakat muayyan maqsadga aniq samarali yо‗naltirilgan (zweckrationell). Mavjud vosita, mablag‗lar kutilgan maqsadga yetishish uchun ishlatiladi. Ikkinchi, qadriyatlar nuqtai nazaridan ratsional (wertrationell), uchinchi, muayyan extiros va emotsiyalar (affektrationell), tо‗rtinchi, takrorlanuvchi an‘analar va urf-odatlar nuqtai nazaridan ratsional (traditionell). Ularning barchasi bir butun bо‗lib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini aks ettiradi.

Birinchi tipga ajratilgan faoliyat oqilona, samarali. U ongli va aniq qо‗yilgan maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bо‗lib, shu maqsadga yetaklovchi vositalardan ham foydalaniladi.

Harakatning ikkinchi tili shu ma‘noda oqilonaki, u harakat qilayotgan shaxsning axloqiy yoki diniy qarashlari yoki nimani qadrlashi nuqtai nazaridan yondashiladi. U kо‗pincha yozilmagan qonun-qoidalardan iborat bо‗lishi mumkin. Masalan, chо‗kayotgan kemani uning kapitani hammadan keyin oxirida tark etadi.

Uchinchi tip harakat g‗ayri tabiiy rag‗batga bо‗lgan nazoratsiz reaksiya tarzida yoki asabiy tarzda yuz berib, oqilona harakatlar bilan о‗ylanmay qilingan harakatlar orasida turadi.

Tо‗rtinchi tip harakat urf-odat, an‘analar asosida о‗ylamay qilingan harakatlar bо‗lib, ularni oqilona harakat darajasiga kiritib bо‗lmaydi.

M. Veber g‗arbning о‗ziga xos ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini boshqa sivilizatsiyalarga solishtirib, faqat g‗arbda insonlar uchun umum ahamiyatga ega fan vujudga keldi. Empirik bilimlar, falsafiy va teologik qarashlar, donishmandlik, boshqa madaniyatlar, ayniqsa, Xitoy,

Hindiston, Misrda mavjud bо‗lgan. Ammo bu yerda о‗zlashtirilgan bilimlar matematik asosga «ratsional dalillar» tajribalar va ilmiy tushunchalarga ega bо‗lmagan.

Uning fikricha tajriba asosida vujudga kelgan bilimlar bilan taxminiy bilimlarni aralashtirib yubormaslik kerak. U G‗arbda kapitalizmni vujudga kelishida protestantlik oqimining roli kattaligini ta‘kidlaydi.

U har qanday davrning axloqi harakatning ma‘lum bir qismini tashkil etadi va u iqtisodiy ratsional hayot tarzini shakllanishiga, yuzaga kelishiga tо‗siq bо‗lishi mumkin.

Shunday qilib, inson harakatining murakkab motivlari ehtiyojlarda ifodalanadi. Aynan ehtiyojlar ularning say-harakati, xulq-atvori va tanlovini belgilaydi.

Demak, inson shaxs tarbiyasida, unda iqtisodiy tafakkurni shakllanishida ana shu jarayonni nazardan qochirmaslik kerak.


2. Iqtisodiy xulq-atvorni shakllantirish ta‟lim maqsadlaridan biri sifatida


Iqtisodiy bilimlarni egallash iqtisodiy tafakkurni shakllantirishning muhim jihatlaridan biri yoshlarda iqtisodiy psixologiyani shakllantirishdir. Iqtisodiy psixologiya bir tomondan iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaga, ikkinchi tomondan jamiyatdagi mavjud tizimga xos tarzda shakllana boradi.

Kо‗pgina mamlakatlarda sotsiologlar tomonidan о‗tkazilgan sо‗rovnomada qо‗yilgan «Sizning tasavvо‗ringizda yaxshi hayot qanday bо‗lishi kerak?» degan savolga kо‗pchilik о‗z uyi bо‗lishi, turmush о‗rtog‗i bilan baxtli hayot kechirishi, yaxshi ish joyiga ega bо‗lish, ikki farzandning ota-onasi bо‗lishni eng yuqori о‗ringa qо‗yishgan.

Fapb sotsiologlarining tadqiqoti kо‗rsatadiki, odamlarning diqqati qaratilgan yaxshiroq hayot kechirish va u bilan bog‗liq bо‗lgan axloqiy kompromiss-kelishuvlar - bu kichik guruhdagi kishilarning hislati. Ular о‗ziga xos asab, harakter, keskinlik, qat‘iylikka ega. Bunday kishilar aholining 5-6 % ini tashkil etadi.

Amerikada biznesda mablag‗, kapital avval qurilish, texnologiya, asbob-uskunaga, sо‗ngra xodimlarga qо‗yilsa, Yaponiyada aksincha, dastlab xodimlarga, sо‗ngra kapital qurilish, texnologiya va asbob-uskunalarga qо‗yiladi. Yaponiyaning II jahon urushidan sо‗ng shu darajaga yetishida kollektivizm muhim rol о‗ynagan. Yapon tadbirkori san‘atkorona ravishda korxonada guruh, jamoa fikrini jamlaydi va firmaning ravnaqi yо‗lida ishlashga yо‗naltiradi.

G‗arbda individualizm kuchli bо‗lsa, sharqda jamoachilik, hamkorlik kuchli. Tadqiqotchilarning fikricha buni eng kо‗p ishlatiladigdn sо‗zlarga kо‗ra ham aniqlash mumkin ekan. Angliyada, AQShda eng kо‗p ishlatiladigan sо‗z «men» ekan, Sharqdagi mamlakatlarda, Rossiyada «odam», «inson» sо‗zi «men» degan sо‗zga qaraganda kо‗proq ishlatilar ekan. О‗rtoq, dо‗st sо‗zlari g‗apb mamlakatlarida ishlatilishi bо‗yicha 73-75-о‗rinda tursa, Rossiyada 10-15о‗rinda, О‗zbekistonda undan ham kо‗proq ishlatilar ekan. Tanimagan odamga murojaat qilish ham о‗ziga xos, odatda, notanish kishiga yoshi kattaroq bо‗lsa amaki, о‗rtacha bо‗lsa aka, kichikroq bо‗lsa uka va hokazo tarzida murojaat qilinadi. Bu ham albatta har bir xalqning о‗ziga xos jihatlari bо‗lib, unda uning individualizm ustunmi yoki aksinchaligini kо‗rsatuvchi omil hisoblanadi.

Bо‗lar insonda qanchalik katta imkoniyatlar yashiringanini kо‗rsatadi.

Zarur bilimlarni egallash, olingan iqtisodiy bilimlarni e‘tiqodga aylantirish, iqtisodiy sayharakat, odatga aylantirish iqtisodiy ta‘lim va tarbiyaning vazifasi. Faqat shu yо‗l bilangina iqtisodiy bilim amaliyot bilan bog‗lanadi.

Iqtisodiy say-harakat bu insonning iqtisodiy faoliyatida, jamiyatnint iqtisodiy hayoti jarayonida amalga oshirgan harakati, ishlarining izchilligi, yaxlitligi ifodasidir.

Iqtisodiy ong, tafakkur jamiyatdan ajralmaydi. Shuning uchun iqtisodiy say-harakatning mantig‗i jamiyat iqtisodiy hayotida mujassamlashgan.

Oxir-oqibat odamlarning iqtisodiy say-harakati, tanlovi iqtisodiy qonunlar va ularni amal qilishi bilan bog‗liq.

Iqtisodiy qonunlarning amal qilishi insonlar uchun oriyentr, yо‗nalish bо‗ladi. Unga kо‗ra ular tanlaydilar, qaror qabul qiladilar.

Insonlarning u yoki bu faoliyatni amalga oshirishlarida motivatsiyaga undovchi harakatga solishning boshlang‗ich nuqtasi yuqorida ta‘kidlaganimizdek ehtiyojlardir. Nima uchun biz ishlaymiz? Biz daromad topish uchun ishlaymiz. Chunki qondirish zarur bо‗lgan obyektiv ehtiyojlarimiz bor.

Iqtisodiy say-harakat, tanlovni quyidagi mantiqiy izchillikda va yaxlitlikda kо‗rish mumkin. Ehtiyojlar - faoliyat - aloqalar - qonunlar - anglash -faoliyat. Agar iqtisodiy qonunlarga tabiat qonunlariga о‗xshab rioya qilinmasa, u albatta jazolaydi. Faqat tabiat qonunlariga о‗xshab qonunni buzganimiz darrovdak kо‗rinmaydi, balki ma‘lum bir fursat о‗tkach bilinadi. Shuning uchun iqtisodiy hayotni, qonunlarni chuqur о‗rganish zarur.

Iqtisodiy qonunlarning jamiyatga xosligi uni tabiat qonunlariga о‗xshab tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri emas, balki insonlar о‗rtasida yuz beradigan aloqalar orqali amal qilishida namoyon bо‗ladi. Ma‘lumki, iqtisodiy aloqalar insonning manfaatlaridan kelib chiqqan holda о‗rnatiladi. Manfaatlar - bu odamlar ehtiyojini munosabatlar orqali ifodalanishidir. Mulkchilik ham kishilarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi. Mulkning qanday doirada alohidalashuviga qarab, manfaatlar ham alohidalashadi: shaxsiy manfaat, oilaviy manfaat, jamoa manfaati, jamiyat manfaati va boshqalar.

Har bir kishi о‗z shaxsiy manfaatiga, oila a‘zosi sifatida oilaviy, mehnat qilayotgan jamoasi miqyosida manfaatga, yashayotgan yurtida shu yurtning fuqarosi, jamiyat a‘zosi sifatida manfaatga ega.

Har bir kishining inson sifatida ehtiyojlari mavjud. Uning ehtiyoji, jamiyatda tutgan о‗rni, uning shaxsiy manfaatini yuzaga keltiradi. U о‗z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilib manfaatni yuzaga chiqaradi. Buning uchun u о‗z oilasida yashaydi, jamoada mehnat qiladi. Har bir firma, jamoa, korxona boshqalaridan alohidalashgan holda xо‗jalik yuritar ekan, shu jamoaning umumiy ishlovchilarini birlashtiradi. Har bir inson о‗z yurtining fuqarosi sifatida umumdavlat manfaatini ifodalaydi. Umumdavlat manfaati butun xalq maqsadining umumiyligidan dalolat beradi.

Manfaatlar obyektiv hamda subyektivdir. Obyektivligiga sabab ehtiyojlarning obyektivligi, ikkinchi tomondan, manfaat har bir subyektning manfaati sifatida yuzaga chiqadi.

Manfaatlar shuningdek, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan xususiydir. Manfaatlarning umumiy bо‗lishiga sabab shuki, avvalo, har bir inson ma‘lum bir oilada, mamlakatda, qolaversa, Yer sharida yashaydi, mehnat qiladi. Insonlar uchun shunday umumbashariy qadriyatlar mavjudki, ular umumiy manfaat tarzida namoyon bо‗ladi. Masalan: atrof-muhitni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni asrash va boshqalar.

Manfaatlarning xususiyligi har bir subyektning о‗z manfaati borligidan kelib chiqadi. Bu manfaat aynan uning maqsadini ifodalaydi, boshqalarning manfaatidan ajralib turadi hamda boshqalarning manfaatlariga mos tushavermaydi.

Insonning shaxs sifatida hamda mulk egasi sifatida manfaatlari bо‗lib, ular bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi.

Har bir shaxsning inson sifatida manfaati uning hayotiy ehtiyojlarini ifodalasa, mulkdor sifatida о‗z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi.

Manfaatlarga turli jihatdan yondashish, har bir insonning manfaatlarini о‗zida mujassamlashtiruvchi subyekt sifatida iqtisodiy faoliyat jarayonida, о‗zini qanday tutishi mumkinligini avvaldan taxmin qilishga yordam beradi.

Iqtisodiy manfaatlar - stimullar - anglash - motivatsiya - maqsad - faoliyat tarzida yuz beradi. Manfaatdan kelib chiqqan holda maqsad qо‗yiladi.

Insonlar gohida manfaatlariga haddan tashqari ypg‗y berishlari natijasida iqtisodiy qonunlar amal qilishini, har qanday daromad olish uchun yetarli darajada harakat qilish lozimligini unо‗tib qо‗yishadi. Ayniqsa, tezda boyib ketish xayolida yurganlar turli-tuman aferalar qurboni bо‗lishi mumkin. Bu qadimgi azartli о‗yinlardan tortib turli-tuman moliyaviy piramidalarni о‗z ichiga oladi.

Masalan, moliyaviy piramidaning Ponzi sxemasi: Amerikalik biznesmen Charlz Ponzi 1920 yili 1000 investordan 6,5 mln. dollar pul yig‗adi. U 45 kundan keyin qarzni 50 % foydasi bilan qaytarib berish majburiyatini oladi. Bu majburiyat uning Bostondagi korxonalari pochta kо‗ponlari bilan mustahkamlanadi. Ponzi birinchi investorlarga pullarini 50 % foydasi bilan qaytaradi. Buning natijasvda yuqori darajadagi foyda olish haqida ovoza tarqaladi. Natijada, kо‗plab investorlar о‗z pullarini qо‗yishni boshlashadi. Lekin tez fursatda boyib ketishni о‗ylab pulini tikkanlarning umidlari puchga chiqadi. Chunki, birinchi bо‗lib foyda olganlarning foydasi keyingilarning puli evaziga tо‗langan edi. Investorlar soni kamayishi bilan bu yolgonga qurilgan

«imorat» о‗z-о‗zidan yiqilib, minglab odamlar о‗z mablag‗laridan ajraldilar. Rossiyada ana shunday piramidaga misol qilib «MMM», «Chara» va boshqalarni kо‗rsatish mumkin.

Shuning uchun yoshlarga ana shunday о‗yinlar va uning iqtisodiy oqibatlari haqida ham tushuncha berish zarur.

Yoshlarda iqtisodiy hulq-atvor, samarali tanlovni shakllantirishda inson uchun eng cheklangan resurs - vaqtdan samarali foydalanish va mehnatsiz hech narsaga erishib bо‗lmasligi haqida alohida diqqat qaratish zarur.

Bilim va mehnat о‗zaro bog‗liq: ishlash uchun ma‘lum bir bilim, kо‗nikma kerak. Ularni esa mehnatsiz egallab bо‗lmaydi.

Mehnat insonning boshqa faoliyatidan alohida ajralib turadi. Bir tomondan mehnat insonning ehtiyojlarini qondirishga yо‗naltirilgan. Ikkinchi tomondan, bir vaqtning о‗zida uning о‗zi ehtiyoj sanaladi, Tarbiyalash maqsadiga reallikni bilish, uni anglash, ehtiyoj bu mehnatga ehtiyoj va undan qoniqish ekanligani tushunish va anglashni о‗rgatish kiradi.

Mehnat insonni о‗z oldiga vujudga keladigan tо‗siqlarni yengib о‗tishga о‗rgatadi. Insonni faqat ehtiyojlarini qondirish emas, balki qiyin masalalarni yechishdan, hal qilishdan о‗zidan qoniqish hissini tuyishi nihoyatda muhim.

Sharqda yaratilgan qator musulmon etikasining noyob namunalari ma‘naviy axloqiy jihatdan yoshlarni mehnatevarlik ruhida tarbiyalashda asosiy mezon, qoida-qо‗llanma, namunalar sifatida xizmat qilib kelgan.

Xalq pedagogikasida bolaning komil inson bо‗lib yetishishida mehnat tarbiyasiga, uni kasbkorga yо‗naltirishga jiddiy e‘tibor berilgan.

Inson nima sababdan mehnat qiladi? Mehnat uning birinchi hayotiy ehtiyojimi yoki bajarilishi lozim bо‗lgan og‗ir zaruriyatmi?

Ibtidoiy jamoa tо‗zimida insonga tabiatda bor narsani о‗zlashtirish uchun ma‘lum darajada harakat qilish, kuch sarflash zarur bо‗lgan bо‗lsa, keyinchalik tayyor tabiiy ne‘matlarni yetishmasligi insonni unga berilgan aql-zakovotini ishlatib, ularni о‗zi yetishtirishga yо‗lladi. Inson tabiatdagi tayyor ne‘matlarni о‗zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi. Shu paytdan boshlab uning mehnati sifat jihatdan yangi holatga kо‗tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Bu boradagi qiyinchiliklar insonni о‗z mehnatini yengillashtirish uchun turli-tuman ish qurollarini о‗ylab topishga, ixtiro qilishga olib keldi.

Shaxsni shaxq sifatida kamol toptirishda mehnatga teng keladigani yо‗q. U mehnatda erishgan yutuqlari bilan faxrlanadi, о‗zining о‗rnini mehnatda anglaydi.

Har qanday mehnat ustun darajada aqliy yoki jismoniy bо‗lishi mumkin. Ularni almashtirish dam olish bо‗ladi.

Insonning о‗z mehnatidan qoniqishi uning uchun yuqori darajadagi rag‗bat, mukofot. Yaxshi tarbiyalangan kishigina ana shu xissiyotni tuya oladi.

Insonning ehtiyoji - murakkab motivlar, kо‗p jihatdan uning say-harakatini belgilab beradi.

Ehtiyoj bilish jarayonida rivojlanib boradi. Unda esa shaxsning о‗zi qatnashadi. Insonning ma‘lum bir maqsadga qaratilgan say-harakatini shaxsiy hislatlari, ehtiyoj, tashqi, ma‘lum bir vaziyatga bog‗liq omillarning о‗zaro bog‗liqligi sifatida tushuntirish mumkin. Ma‘lum bir vaziyatning alomatlari, shaxsning undan umid qilishi yoki aksincha qurqishi, biron xavf kutishi muvofiq ravishda uning ma‘lum bir ehtiyojini faollashtiradi, ehtiyoj esa albatta uni qoniqish yо‗llarini qidirishga olib keladi.

Biron bir harakatning о‗zini turli-tuman sabablar va ularning turli darajadagi birlashuvi bilan asoslab berish mumkin. Masalan, insonning ovqatlanishini faqat uning qorni ochligi bilan izohlab bо‗lmaydi. Uning qorni tо‗q bо‗lishi, lekin, aytaylik, mezbonni xafa qilmaslik uchun yoki ovqatning ta‘mini, sifatini aniqlash uchun yoki boshqa sabablar tufayli ovqatni yeyishi mumkin.

Ehtiyojlarning rivojlanishi say-harakatlar dinamikasini aniqlab beradi, shu bilan birga uning о‗zi odamning hayotiy faoliyati tipi, harakteri va boshqalarga bog‗liq bо‗ladi. Shuning uchun ham ehtiyojlar turli guruhlarga bо‗linadi.

Shaxs uchun ehtiyoj xohish, istak, qiziqish, intilish tarzida rо‗yobga chiqadi. Ehtiyojni his qilish - xohlash, intilish uni qondirishga urinishdir.

Ehtiyoj harakteri shaxs uchun odatga aylanadi. Odat-ma‘lum bir vaziyatda insonning о‗zini tutishi, say-harakati usuli, о‗rganish bо‗lib qolgan qiliq bо‗lib, u stixiyali tarzda shakllanishi yoki qat‘iy yо‗naltirilgan tarbiya mahsuli bо‗lib, insonning barqaror harakteri, fe‘l-atvor xususiyatlariga aylanadi.

Hayotda yangi ehtiyojlarni mavjud ehtiyojlarga tayanib rag‗batlantirish mumkin. Mavjud ehtiyojlar esa shaxsning ehtiyojlarining umumiy yо‗nalishiga bog‗liq. Shaxsning umumiy ehtiyojlari faqat yangi ehtiyojlar vujudga kelishi bilan о‗zgarishi mumkin. Yuzaki qaraganda paradoksal vaziyat vujudga kelgandek, mantiqiy jihatdan yopiq doiradek. Lekin kо‗plab tajribalar kо‗rsatadiki, bu doirani yorish mumkin. Buning uchun insonda yaratish, tashkil qilish, ta‘minlash imkoni bor. Aynan ana shular tarbiyaning vazifasi. Lekin tarbiyalash uchun insonning harakterini hisobga olish zarur.

Tarbiyalashda, ayniqsa, inson uchun ma‘lum yutuqlarga erishishga bо‗lgan ehtiyoj va intilish muhim о‗rin tutadi. Unga о‗qish, bilish, tushunish, boshqalardan kam bо‗lmaslikka intilishga bо‗lgan ehtiyoj kabilar kiradi.

Insonda salbiy istak, odatlar ham mavjud bо‗lib, tarbiya orqali ularni minimallashtirishga erishish mumkin.

Inson uchun uning istak, xohishlari, maqsadlarini amalga oshmay qolishi qanday yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin bо‗lsa, uning istak- xohishlarining haddan ziyod qondirilishi ham shunday salbiy oqibatlarga olib keladi. Birinchisi insonda agressiya, yashirin yoki ochiq adovatga, turli gunoh ishlarga qо‗l urishga olib kelsa, ikkinchisi xatto, hayotga jirkanish bilan qarash, nafratlanishga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun ta‘lim-tarbiya jarayonini inson ehtiyojlari haqiqiy insonga xos bо‗lish nuqtai nazaridan yondashgan holda amalga oshirish lozim.

О‗qituvchi-pedagog yoshlarni doimo insonga xos ehtiyojlar, ularni qondirishda insoflilik, andishalilik, halollikka undashi zarur. Insonlarni jamiyat manfaatida о‗z manfaatlarini kо‗ra olishga о‗rgatish zarur.

A.Smit kо‗rsatadiki, ijtimoiy manfaatlar о‗z navbatida shaxsiy manfaatlarga bog‗liq. Har bir individning о‗z hayotini yaxshilashga bо‗lgan intilishi umuman olganda muvozanat hosil qiladi.

Aynan shaxsiy manfaatlar ijtimoiy farovonlikning о‗sishiga olib keladi.

Yoshlarga iqtisodiy jihatdan ta‘lim-tarbiya berishda ehtiyojlar va ularni .qondirish, ayniqsa, mehnat va uni ulug‗lash bilan bir qatorda ularda vaqtdan tо‗g‗ri foydalanish kо‗nikmasini hosil qilish muhim rol о‗ynaydi.

Xalqimizda «Bola - boshidan» «Qush uyasida kо‗rganini qiladi», degan naqllar bor. Buning ma‘nosi shuki, bola bu dunyoga kelib nimani kо‗rgan va eshitgan bо‗lsa, о‗sha narsalar, о‗sha tarbiyalar uning ruhiyatiga ta‘sir etadi, uning tasavvо‗rini, idrokini shakllantiradi.

Odatda, aqliy va axloqiy tarbiyaga kо‗proq ahamiyat berganmiz, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy bilimlarga unchalik e‘tibor bermaganmiz. Lekin resurslar cheklanganligi bunga majbur qiladiki, iqtisodiy bilim olishga alohida diqqat qaratiladi.

Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda, masalan, Germaniyada iqtisodiy tarbiyaga kuchli e‘tibor beriladi, yoshlar tejamkorlikka, aniq hisob-kitoblarga о‗rgatiladi. Shuning uchun ham «nemischa hisob-kitob», «nemischa aniqlik» degan iboralar keng yoyilgan.

Aholini tejamkorlikka о‗rgatish katta daromad manbaidir. Bu hislat odat tarziga kirishi, turmush tarziga aylanishi kerak. Iqtisodiy tarbiya eng avvalo oilada, bolalar muassasalarida, maktab, kollej, oliy о‗quv yurtlarida uzluksiz olib borilishi, iqtisodiy fikrlashni о‗rgatish, shakllantirish zarur.

Iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch - bu insonlardir. Demak, vaziyatni tо‗g‗ri baholay oladigan mutaxassislarni tayyorlash talab qilinadi.

Hamma iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy resurslar va omillar: yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik haqida tо‗xtaganda vaqtni alohida ajratib kо‗rsatish, uning inson uchun ahamiyatini alohida ta‘kidlash zarur.

Hamma jarayon, hodisalar ma‘lum bir vaqtda amalga oshadi. Ma‘lum tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun ma‘lum bir vaqt sarflanadi. Vaqt inson uchun eng cheklangan resurs, undan unumli foydalanish zarur.

Samarasiz, bexudaga sarflangan vaqt katta yо‗qotishlarga olib kelishi mumkin. Vaqt muhim iqtisodiy kategoriya, uni chuqur о‗rganish talab etiladi. Buni yoshlar ongiga singdirish, ularni kundalik hayotlarini tо‗g‗ri rejalashtirishga о‗rgatishimiz zarur. Biz ma‘lum kitob, daftarni varaqlab qaytadan о‗qishimiz, kinofilmlardan kо‗rishimiz mumkin. Lekin о‗tgan umrimizni qaytadan boshlashning imkoni yо‗q. Faqat xotirada qolganlarini kо‗z о‗ngimizga keltirishimiz mumkin xolos. Vaqtni orqaga qaytarib bо‗lmaydi.

Odam qiziq, - deydi, sharq mutafakkirlaridan Abul Faroj, - boyligini yо‗qotsa xafa bо‗ladiyu, umri zoye ketayotganligiga parvo ham qilmaydi.

Shuning uchun ham pedagog sifatida yoshlarni vaqtni qadrlashga, har bir daqiqasidan unumli foydalanishga о‗rgatish zarur.

Insonning har qanday faoliyati qoniqish, mamnunlik yoki zaxvat, aziyat chekish bilan yuz beradi. U biron bir faoliyat yuritar ekan, uni amalga oshirish natijasidan mamnun bо‗lishni, qoniqishni maqsad qilib qо‗yadi. Lekin doimo ham kutilgan natijaga erishavermaslik mumkin. Shunin uchun yoshlarga muvaffaqiyatsizlikdan tushkunlikka tushmaslik, bajarayotgan ishga «qо‗l siltab» ketmaslikni singdirish zarur.

Sо‗zsiz rioya qilish zarur bо‗lgan qonunlar insonning tabiati va jamoa, jamiyat, odamlarni о‗zaro tarbiyaviy faoliyat kо‗rsatishi bilan muvofiqlashtiriladi.

Tarbiyalash qonunlari, albatta, insonning mohiyati, jamiyat, madaniyat mazmunidan kelib chiqadi.

Pedagogika nafaqat xalq madaniyati, balki tarbiyalanuvchi va uning individualligi, hayot tarzi, tarixi bilan bog‗liq holda shakllanadi. Madaniyat va tabiat inson va jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari bilan qо‗shiladi. Ularga qarshi turish emas, balki ularga suyanish lozim.

Pedagogik qonunlarni har qanday ketma-ketlikda sanab chiqish mumkin, chunki ularning hammasi birgalikda amal qiladi. Bu qonunlar, jumladan Iqtisodiy tarbiya nazariyasiga ham tegishli. Ular quyidagilar: 1. «Oltin о„rta» qonuni.

Bu qonun har qanday pedagogik vaziyatda amal qiladi. Har qanday pedagogik muammoni hal qilishda unga amal qilish zarur.

Bu qonun tarbiyani ruhiy muvozanatda saqlagan holda olib borishni talab qiladi. Insonda iroda va moslashuvchanlik, prinsipiallik va kechirimlilik kabilarni tarbiyalashni, hamma narsaning meyorida bо‗lishini zarur qilib qо‗yadi.



2. Tarbiyaning yagonaligi va bir butunligi.

U shaxsning yagonaligi, uning emotsional, aqliy jihatlari, irodasini muvozanatli rivojlanishini ta‘minlashni ifodalaydi. Insonni bо‗lakchalarga bо‗linib rivojlanishi mumkin emas. Insonga ong berilgani hali uning ma‘naviy, axloqiy jihatdan kamol topgan degani emas yoki aksincha, jismoniy barkamollik bu ruhiy jihatdan ham barkamollik degani emas.

Bu qonun insonning о‗zida mavjud insoniy hislatlarni mustahkamlash, tabiatidagi kamchiliklarni yо‗qotishga qaratilgan.

Bu qonun tafakkur va faoliyatning birligini ifodalaydi.



  1. Tarbiyaning apperseptiv34 ketma-ketligi qonuni.

Bu qonunga kо‗ra insonning kelajagi hozirdan va о‗tmishidan boshlanadi. «О‗tmishsiz kelajak yо‗q» qoidasini ifodalaydi.

  1. Tarbiyachining tarbiyalanuvchiga va о„ziga qо„ygan talablarining muvofiqligi.

U о‗rganish jarayoni, taqdid qilish, g‗ayriixtiyoriy atrof-muhitni tushunib yetilmagan ta‘siriga tegishli. Tarbiya muvaffaqiyatining siri shundaki, tarbiyachining о‗zi tarbiyalangan bо‗lishi, tarbiyalanuvchidan nimani talab qilsa, shu talabni о‗zi qо‗yib, bajarib kо‗rishi kerak. Bu qonunning bо‗zilishi tarbiyachining obrо‗sining ketishiga olib keladi, tarbiyalanuvchilarda yolg‗onchilik, tilyog‗lamalik, ikkiyuzlamachilik, munofiqlikni rivojlanishiga olib keladi.

Oskar Uayldning «Yodda tut: ertami kechmi sening о‗g‗ling sening bergan maslahatlaringga emas, qilganlaringni qaytaradi, sening qanday о‗rnak kо‗rsatganingga amal qiladi», degan fikri ana shu qonunning amal qilishini ifodalaydi.



5. «Bir-biriga mos kelishning samarali «oltin» darajasi» qonuni.

Bu qonun appersepsiya qonuni, muhitning tushunib yetilmagan, eng avvalo, о‗rganishdagi tabiati bilan bogliq.

Tarbiya tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyatiga aralashish, ularning kundalik hayotini tashkil etish va uni qandaydir mazmun bilan tо‗ldirish shaklida yuz beradi. Lekin, majburiy ravishda uni о‗ziga qо‗ymay hayotiga aralashish, hadeb majbur qilish foydasiz yoki aksincha, zarar keltiradi. Xuddi shuni umuman aralashmay о‗ziga tashlab qо‗yish haqida ham aytish mumkin. Bu qonun tarbiyalanuvchining hayotiga optimal darajada aralashishni talab etadi.

Bu qonunning talabiga kо‗ra har qanday narsani о‗rgatishni tarbiyalanuvchi uchun qiziqarli, muhim, unga yaqin narsadan boshlash kerak.

Mazkur qonunning amal qilishi bor о‗quv materiali, ta‘lim mazmuni va tarbiyani insonning dunyoqarashi, о‗zining shaxsiy manfaati nuqtai nazaridan tushuntirishga bog‗lash zarurligini, unga emotsional tuyg‗ularni jalb qilishni taqozo etadi.

О‗quv-tarbiya jarayoni va atrof-muhit bilan murakkab bog‗lanish mavjud bо‗lib, uni aynan ana shu qonun ifodalaydi.

Bu qonunning bо‗zilishi - atrof-muhitga suyanishdan voz kechish, insonning avvalgi tajribasidan ajratish va appersepsiya qonunini inkor qilishda namoyon bо‗ladi.

Agar о‗qituvchi-pedagog о‗quvchi-talabaga shu muhitda bor, bilgan narsasini о‗rgatsa, minimum darajada foydasiz ish qilgan bо‗ladi. Agar kundalik faoliyatda, о‗rab turgan muhit bilan hech qanday aloqada bо‗lmagan, keraksiz narsa о‗rgatilsa, foyda emas, aksincha, zarar keltirishi mumkin. Tarbiya insoniy fazilatlarni rivojlantirishga ta‘sir kо‗rsatishi zarur.

Shunday qilib, iqtisodiy tarbiya jarayonida ham ana shu qonunlarga amal qilgan holda о‗quvchi-talabalarda iqtisodiy fikrlashni shakllantirish zarur.


3. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanining atamalari va ularning shaxs hulq-atvorini shakllantirishdagi о„rni


Iqtisodiy tafakkur sohibini, ya‘ni о‗sayotgan, rivojlanayotgan va taraqqiyot sari yuz tutayotgan mamlakatimiz uchun zarur bо‗lgan, ijodkor va mustaqil fikrlay oladigan, muqobil variantlar orasidan eng samaralisini tanlay oladigan shaxsni tarbiyalab yetkazish muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi.

Iqtisodiy tafakkurni shakllanishi insonning hulq-atvori, say-harakati bilan chambarchas bog‗liqligini avval kо‗rib chiqdik.

О‗quvchi - talabalarning diqqatini iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilishi iqtisodiy faoliyatning mazmunini tushunishlariga e‘tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda oiladan boshlab, bozor iqtisodiyoti, shartnoma, tadbirkorlik, biznes, foyda, zarar va hokazo atamalar tez-tez ishlatila va bola ongiga singdirila boshlandi.

Ma‘lumki, atamalar ijtimoiy hayotning biron sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bо‗lgan sо‗z yoki sо‗z birikmasi bо‗lib, fan, texnika, kasb-xunar, qolaversa, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning taraqqiyoti tufayli boyib boradi.

Atamalar bir tomondan, shaxsning hulq-atvorini ifodalasa, ikkinchi tomondan hulqatvorning, hatti-harakatning о‗zi ma‘lum bir atamalarda о‗z ifodasini topadi.

Ma‘lumki, pedagogikada jumladan, Iqtisodiy tarbiya nazariyasi boshqa ilm sohalaridan olingan kо‗plab atamalardan foydalanadi, bu narsa pedagogikani boshqa fanlar bilan chuqur aloqada ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday atamalar texnika va iqtisodiyotdan eng kо‗p miqdorda kirib keladi, chunki ayni shu sohalar ijtimoiy fikrning rivojlanishiga eng kо‗p ta‘sir kо‗rsatadi. Chunonchi, bugun о‗qitish jarayonining tejamliligi va maqsadga muvofiqligi hamda oqilona tashksl etilishi kо‗p jihatdan о‗qituvchi, texnika va texnologiya, iqtisodiy ta‘lim, о‗qitishni kompyuterlashtirish kabilar bilan bevosita bog‗lanib qolgan.

Bozor iqtisodiyotiga о‗tilishi bilan qо‗llanilayotgan qator iqtisodiy atamalarning ma‘nolari о‗zgardi, ayrimlari leksikadan chiqib ketdi hamda yangi sо‗zlar kirib keldi.

Hozirgi kunda kundalik leksikonda foydalanilayotgan shunday atamalar mavjudki, ularning mohiyatini mazmunini о‗rganmay iqtisodiy tafakkurni shakllantirish mumkin emas. Shuning uchun ham Iqtisodiy tarbiya nazariyasi ana shu atamalarni о‗rganishga alohida e‘tibor berish talab etiladi.

Bozor iqtisodiyotining mohiyatini chuqur anglash ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojini tahlil qilish, undan amaliy xulosalar chiqarish ehtiyoji kishilarda iqtisodiy fikr yuritshn madaniyatini yuksaltirishni taqozo etadi. Bu vazifalar ijrosini ta‘minlashning samarali vositalaridan biri iqtisodiyotning qonun-qoidalarini atroflicha о‗rganish va undan unumli foydalanish qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir.

Mamlakatimizda tarixan qisqa vaqt ichida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyotning asoslari barpo etildi. Bu esa iqtisodiy bilimlar asoslarini kishilar ongiga singdirishni dolzarb masalaga aylanishiga olib keldi. Shuning uchun ham yoshlarimizda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, buning uchun eng muhim iqtisodiy atama va tushunchalarni mazmunmohiyatini о‗rganishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Chunki ular shaxs xulq-atvorini shakllantirishda muhim о‗rin tutadi. Shaxsning iqtisodiy tanlovi qanday yuz berishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi. Ulardan eng muhimlari bitimlar, firma, raqobat, tadbirkorlik, risk, naflilik, tanlov va boshqalar bо‗lib, ularni о‗rganishga diqqat qaratishimiz lozim.



Bitimlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kо‗p ukladli iqtisodiyotga xos mulkiy munosabatlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanishi bitimlar 35, shartnomalardan keng foydalanshpga olib keldi. Jamiyatda xususiy mulkchilikka keng yо‗l berilishi bois bitimlar obyekti yanada kengaydi. Endilikda ijtimoiy harakterga ega bо‗lgan mahsulotlar va ashyolargina emas, balki ishlab chiqarish vositalarini egallash, foydalanish va tasarruf etish uchun ham bitimlar, shartnomalar36 tuzilmoqda.

Shartnomalar tadbirkorlik faoliyatining barcha sohalarida hamda tadbirkorlik bilan bog‗liq bо‗lmagan mulkiy munosabatlarda ham keng miqyosda qо‗llanilmoqda.

Bitim yuridik ahamiyatga ega harakatdirki, uning natijasida muayyan yuridik oqibat kelib chiqadi. Bozorga borib biron narsa xarid qilar ekanmiz, sotuvchi bilan bitim tо‗zamiz, natijada, shu narsaning egasiga aylanamiz.

Bitim tо‗zishdan avval esa xarid qiladigan narsamizni tanlaymiz. Demak, biz har qadamda tanlashimiz, qaror qabul qilishimiz zarur. Bitim tо‗zganda asosan og‗zaki kelishuv amalga oshsa, shartnomada tomonlarning kelishuvi yozma bо‗lib, har ikki tomonning majburiyatlari va vazifalari kо‗rsatiladi va u huquqiy hujjat bо‗ladi. Bozor subyektlari о‗rtasidagi munosabatlar ular orqali tartibga solinadi, shartnomaning mukammal, adolatli har tomon uchun о‗zaro fonda asosida tuzilishi va shu bilan birgalikda tomonlar о‗z huquqlari doirasida talab qila olishlari hamda о‗z majburiyatlarini sо‗zsiz bajarishlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun har bir kishi bitim yoki shartnoma tо‗zar ekan, nimalarga ahamiyat berishi, qaysi huquqiy va meyoriy hujjatlarga asoslanishi lozimligini bilishi kerak. Demak, о‗quvchi-talabalardan ana shu kо‗nikmalarni hosil qilish zarur.

Bunda shartnomalarni huquqiy jihatdan tо‗g‗ri tо‗zish uchun amaldagi huquqiy va meyoriy hujjatlarni bilish, bilmasa yuridik maslahat beradigan firmalarga murojaat qilishi kerak. Shartnoma imzolangach uni kо‗rsatilgan muddatlarda bajarilishi shart. Agarda, shartnoma bajarilmasa yoki nizoli holatlar kelib chiqsa tomonlar uni kо‗rib chiqish uchun sudga berishga haqli.

Hozirgi kunda kо‗pincha tayyor shartnoma loyihalaridan foydalanish mumkin. Lekin uni diqqat bilan о‗qib, о‗z maqsadiga kо‗ra amal qilayotgan qoida doirasida о‗zgartirishlar kiritish mumkin.

Har qanday shartnomani о‗qimasdan, shartnomada kо‗rsatilgan huquq va majburiyatlarni tо‗liq mohiyatiga yetmay, shoshma-shosharlik bilan imzo chekish yaramaydi.

Bozor iqtisodiyotida xо‗jalik subyektlari, resurs egalari о‗rtasidagi munosabatlar shartnoma orqali tartibga solinar ekan, о‗quvchi - talabalar albatga ular haqida tasavvurga ega bо‗lishi zarur. Raqobat. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri raqobatga asoslanganligidir. Raqobat bо‗lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi. Raqobat kishilik jamiyatining barcha jabhalariga xos. Raqobat qaysi jabhada olib borilishidan qat‘i nazar uning markazida inson manfaatlari turadi. Inson tabiatan о‗zini, о‗z manfaatlarini о‗ylaydigan qilib yaratilgan. Har bir inson о‗z imkoniyatlarini namoyon qilish, farovon hayot kechirish, kishilar о‗rtasida obrо‗-e‘tibor qozonish (kabilar) uchun harakat qiladi. Kishilik jamiyati hayotining; asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, demak jamiyat hayotida iqtisodiy sohalardagi raqobat asosiy rol о‗ynaydi.

Ma‘lumki, tirik tabiatda ham yashash uchun kurash uzluksiz davom etadi. Har qanday tizim: biologik, fizik, kimyoviy, iqtisodiy hammasi mutanosiblikka intiladi. Raqobat ana shu mutanosiblikning optimal darajada bо‗lishini ta‘minlaydi.

Raqobat (konkurensiya) lotincha - cancuro degan sо‗zdan olingan bо‗lib, tо‗qnashuv degan ma‘noni bildiradi. О‗zbek tilida raqobat kim о‗zdi, basma-baslikka bellashuv ma‘nosini anglatadi. Basma-baslikka kim bilan bellashiladi? Raqib bilan. Raqiblar - bir-biriga qaramaqarshi turuvchilar bо‗lib, biror narsani talashuvchilar ma‘nosini ifodalaydi. Demak, raqib sо‗zi bilan konkurensiyaning ma‘nolari yaqin.

Iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari bir-biri bilan raqobatlashadi. Ijtimoiy faoliyat jarayonida manfaatlar tо‗qnashuvi yuz beradi. Ana shu tо‗qdashuvda kuchlilar yutib chiqadi, zaiflar mag‗lub bо‗ladi yoki har ikki tomon mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib о‗zaro manfaatli bitim tо‗zadi.

Tabiiy savol tug‗ilishi mumkin, nima sababdan raqobat yuz beradi?

Raqobatning asosiy sababi, yuqorida ta‘kidlab о‗tilganidek, manfaatlarning mavjudligidir. Har bir kishining manfaati esa uning mulki doirasida alohidalashgan. Har bir kishi о‗z manfaati yо‗lida harakat qiladi.

Raqobatni iqtisodiy nuqtai nazardan qisqa qilib ta‘riflaydigan bо‗lsak, quyidagicha ifodalash mumkin. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining о‗z manfaatlaridan kelib chiqib, yuqori daromad olish imkoniyatiga, nufuzli mavqeiga ega bо‗lish uchun boshqalar bilan bellashuvi, kurashidir.

«Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir».37 Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat qonuni amal qiladi. Bu qonunga kо‗ra iqtisodiy subyektlarning maqsadlariga kо‗ra о‗z manfaatlaridan kelib chiqib о‗zaro kurashishlari muqarrar bо‗ladi. Bu qonun barcha iqtisodiy qonunlar kabi obyektiv harakterga ega. Sababi iqtisodiy muhitning о‗zi uni amal qilishini taqozo qiladi. Chunki, birinchidan, insonga tabiatan о‗z-о‗zini saqlash instinkti berilgan, avval ta‘kidlab о‗tganimizdek uni hech kim, hech qanday cheklovlar yо‗qqa chiqara olmaydi.

Ikkinchidan, о‗zlashtirish mulk doirasida amalga oshadi. Iste‘mol о‗zgarishi uchun mulk qayta taqsimlanishi kerak. Resurslar mulk bо‗lar ekan, cheklangan ekan, undan samarali foydalanish obyektiv zaruriyatga aylanadi. Zaruriyat mavjud ekan, inson doimo uni amalga oshirish uchun harakat qiladi, tinmay izlanadi, doimo о‗z manfaatini himoya qiladi.

Raqobat qonuni barcha jabhalarga xos, uning amal qilish doirasi kengayib boradi.

Raqobat kurashi turli tarzda namoyon bо‗ladi. Bozorda firmalar resurslarni arzon olish, о‗z tovarlarini qimmatroqda sotish, shuni asosida kо‗proq foyda olishga intilsalar, ishchi va xizmatchilar yaxshiroq ish haqi olish uchun harakat qiladilar. Xaridor bozorda tovarni arzonroq sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa qimmatroqqa sotish dardida yonadi. Ijaraga mulkni beruvchi kо‗proq ijara haqi olishga harakat qilsa, aksincha, ijaraga oluvchi uni pasaytirishga intiladi.

Raqobat ishtirokchilarining ijtimoiy-iqtisodiy maqomi bir xil emas. Shu sababdan ularning bevosita maqsadi ham farqlanadi.

Mulkni iqtisodiy jihatdan alohidalashuviga kо‗ra, raqobat faqat individual manfaatni emas, balki jamoa, oilaning manfaatlarini ham kо‗zlaydi. Chunki, ayrim kishining manfaati bir tomondan alohidalashgan, ikkinchi tomondan jamoa manfaatlariga birlashgan. Bu manfaatlar birlashuvi ham mulk doirasida amalga oshadi. Masalan, ishlovchilarning har biri yaxshi ish joyi uchun kurashsa, ular jamoa doirasida birgalikda, uning manfaati yо‗lida boshqa jamoalar bilan, viloyat miqyosida boshqa viloyatlar bilan, oila miqyosida boshqa oilalar bilan, davlat miqyosida boshqa davlatlar bilan raqobatlashadi. Raqobat xо‗jalikning hamma soxasida, iqtisodiy faoliyatshshg hamma turlarida boradi, unda iqtisodiy faol aholi qatnashadi.

Bozor iqtisodiyotida raqobat kim bilan bо‗lishidan qatiy nazar yaxshi ishlaganlarning, ishning о‗zini emas, balki kо‗zini bilganlarning yutib chiqishini bildiradi. Raqobat iqtisodiy resurslarni tejamli ishlatish, tovar va xizmatlarni kо‗plab, sifatli ishlab chiqarishga undaydi. U xо‗jalik yuritishning eng samarali usullarini yuzaga keltiradi, iqtisodiy aloqalarning eng ma‘qulini topishga undaydi. Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni tezlashtiradi. U faqat ishlab chiqarishning о‗zinigina о‗sishga undab qolmay, iqtisodiy munosabatlarni ham takomillashtirishga olib keladi. Raqobat iqtisodiy о‗sishni ta‘minlaydi. U о‗z navbatida raqobat doirasini kengaytiradi. Ana shu jihatdan qarasak, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi.

Bozor va raqobat bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Raqobat bо‗lmasa bozor, bozor bо‗lmasa raqobat yо‗q.

Bozor iqtisodiyotining ilk belgilari paydo bо‗lishi bilan unga xos raqobat ham yuzaga keladi. Iqtisodiyot rivojlanishiga qarab, raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib boradi.

Mukkammal raqobatga asoslangan bozor modeli jamiyatning resurslardan ratsional foydalanishini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy sarflarni minimallashtirishni ifodalaydi.

Nomukammal raqobat esa erkin raqobatda erishilgan muvozanatdan chetga chiqishni bildiradi. Raqobat cheklanishi, xо‗jalik hayotini monopollashuvi jamiyatda ma‘lum miqdorda yо‗qotishlarga olib keladi. Ma‘lumki, monopoliya eng avval narxlar ustidan nazorat о‗rnatishi bilan ajralib turadi.

Narx ustidan hukmronlik (u doimo nisbatan bо‗ladi) ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi, bozorni standartlashgan tovarlar bilan tо‗ldirish, ularning narxi kо‗pchilik sotib olish mumkin bо‗lgan darajada bо‗lishi bilan birga yuz bersa jamiyat yutadi.

Narx ustidan hukmronlikni insonni tabiat ustidan hukmronlik о‗rnatishga urinishiga qiyos qilish mumkin. Masalan, yer unumsiz bо‗lsa, unga о‗g‗it solish va meliorativ ishlarni bajarish orqali о‗zimiz uchun tabiatdan kо‗proq in‘om olishimiz mumkin. Lekin ta‘sirimiz ma‘lum chegaradan о‗tib ketsa, atrof muhitga salbiy ta‘sir kо‗rsatamiz, muvozanatni buzamiz. Bu esa yaxshilik bilan tugamaydi.

Monopolizatsiya ham xuddi shunday. Ma‘lum chegaradan о‗tgach, u jamiyat uchun salbiy oqibatlar olib keladi. Ayniqsa, monopoliyalarni kelishib, sun‘iy taqchillik hosil etishi eng xavfli sanaladi. Bunda ataylab korxona tо‗la quvvat bilan ishlatilmaydi. Chunki, foyda olishni kо‗paytirishga xarajatlarni pasaytirishdan kо‗ra narxni kо‗tarishdan yoki, aksincha, raqobat kurashini cheklab, narxni arzonlashuviga yо‗l qо‗ymaslik bilan erishish osonroq. Shuning uchun talabni taklifga nisbatan ustun bо‗lishini sun‘iy ravishda saqlab turiladi.

Bozor iqtisodiyotida raqobat kurashi bо‗lishi uchun zarur muhit yaratiladi. Bu muhit, eng avvalo, mulkchilikning va xо‗jalik yuritishning turli-tuman shaklining mavjudligi va ularning о‗zaro tent mavkega asoslanishida ifodalanadi. Qolaversa, faoliyat erkinligi, har bir kishini tanlash imkoniyatiga ega bо‗lishi ham raqobat uchun keng yо‗l ochadi.

Respublikamizda raqobat muhitini yaratish davlatning faoliyatisiz о‗z-о‗zidan amalga oshmasligini anglagan holda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular amaliyotga joriy etilmoqda.

Bu, eng avvalo, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, turli mulk shakllarini vujudga keltirshpni jadallashtirshpda о‗z ifodasini topadi.

Ikkinchidan, raqobatni о‗zi taqozo etadigan iqtisodiy vaziyat narxlarni erkinlashtirishni amalga oshirishda ifodalanadi.

Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga о‗tish, albatga sivilizatsiyalashgan raqobatni vujudga keltiripshi talab qiladi. U davlatning iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman olganda antimonopol yо‗l tutishini zarur qilib qо‗yadi. Shuni nazarda tutib, О‗zbekistonda monopoliyaga qarshi meyoriy-huquqiy asos yaratildi. 1992 yili О‗zbekistan Respublikasining «Monopolistik faoliyatni cheklash tо‗g‗risida» qonuni qabul qilindi. Qonunga qо‗shimcha ravishda uni amalga oshirishni ta‘minlaydigan bir- qator meyoriy-uslubiy hujjatlar ham qabul qilindi. Monopoliyaga qarshi siyosat о‗tkazish Moliya vazirligiga yuklandi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 15 maydagi farmoni bilan Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qо‗mitasi tashkil etildi. Shu qо‗mita negizida Prezident farmoni bilan 2 avgust 2000 yilda О‗zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qо‗mitasi tashkil etildi.

О‗zbekiston monopolistik birlashma (korxona)larni davlat reyestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda о‗tish davrining о‗ziga xos tomonlari hisobga olindi.

Sababi respublika iqtisodiyotida monopol tarmoqlar soni hali kо‗p. Agar korxonalar ishlab chiqargan mahsulotni hissasi umum-respublika yoki maxalliy viloyat miqyosida, tovar bozorida, ma‘lum bir turdagi tovarlar guruhida, о‗zaro о‗rinbosar tovarlar yoki bir texnologik maqsadlardagi mahsulotlar orasida 35 % dan ortiq bо‗lsa, bu korxona monopolistik birlashma (korxona)lar Davlat rо‗yxatiga kiritiladi. Oziq-ovkat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 % belgilangan.

Qabul qilingan qonunga kо‗ra bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatga tо‗sqinlik qilish, raqobatning g‗irrom usullarini qо‗llash man qilingan. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladilar.

Shunday qilib, hozirgi vaqtda respublikamizda monopoliyaga qarshi tartibga solishning qonuniy asoslari, meyoriy hujjatlari yaratildi va davlatning monopoliyaga qarshi organlari tizimi tashkil etildi. Bu mamlakatimizda raqobat muhitini saqlashga xizmat qiladi.

Madaniylashgan raqobat kurashiga asoslantan bozorni vujudga keltirish uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan qator muammolarni hal etish kerak:


  1. inflyatsiyani jilovlash;

  2. bozorni demonopollashuvini amalga oshirish;

v) bozor munosabatlari subyektlarini kritik massasini, ya‘ni miqdorini yaratish;

g) bozorni barcha turlarini rivojlantirish;

d) bozor tipini tо‗g‗ri tanlash. Ana shu muammolarni ijobiy hal etish mamlakatimiz

kelajagini kо‗p jihatdan belgilab beradi.

«Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy bog‗liqdir. Raqobat bо‗lmasa bozor iqtisodiyotini barpo etib bо‗lmaydi. Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir».

Shuning uchun ham respublikada sog‗lom raqobat - muhitini yaratish, g‗irrom raqobatchilarni bozorda, birinchi navbatda iste‘mol tovarlari bozorida yakka hukmron bо‗lib olishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlarga chek qо‗yishga alohida e‘tibor berilmoqda.



Firma Bozor iqtisodiyotida individual tadbirkorlik о‗ziga xos о‗rin tutadi, lekin iqtisodiy faoliyatga nisbatan obrо‗li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mо‗ljallangan, tashkil etish kо‗lami jihatidan salmoqli shakli - korxonadir. Aynan u xо‗jalik faoliyatining eng kо‗p tarqalgan tipik shaklidir. Korxona qaysi mulkka taalluqli bо‗lmasin firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi. Bozor iqtisodiyogiga о‗tish jarayonida mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari, О‗zbekiston Respublikasida korxonalar tо‗g‗risidagi qonunida belgilab berilgan. Korxona xо‗jalik yurituvchi subyekt sifatida mulkchilikning biron shakliga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan xо‗jalik yurituvchi subyekt sifatida maydonga chiqadi. Korxona bozor munosabatlarining subyekta sifatida qatnashibgina qolmay, uning obyekta hamdir. Korxona mulkchilikning muayyan obyekta bо‗lib, uning qо‗lida resurslar va yaratilgan mahsulot mavjud. Korxona iqtisodiy faoliyat jarayonida munosabatlarning subyekti sifatida maydonga chiqadi.

Har qanday iqtisodiyot kabi bozor iqtisodiyoti ham murakkab tizim sifatida ichki tarkibga ega. Undagi turli bо‗g‗inlarning har biri ma‘lum vazifani bajaradi. Korxona har qanday ishlab chiqarishning birlamchi, asosiy bо‗g‗inidir. Bozor iqtisodiyotida asosiy tarkibiy birlik, xо‗jalik yurituvchi bо‗g‗in korxona (firma) hisoblanadi. Firma bu bozor iqtisodiyotining murakkab fanomeni. Uning ichki tuzilishi iyerarxik boshqarishga asoslangan. Aynan iyerarxik boshqarish orqali transaksional xarajatlar minimallashtiriladi.

Korxona (firma) ishlab chiqarish resurslarini rejali asosda, ma‘lum nisbatda, kombinatsiyada birikishini ta‘minlab, о‗z manfaatini mahsulot ishlab chiqarshi yoki xizmat kо‗rsatish yо‗li bilan amalga oshiruvchi, xо‗jalik yurituvchi bо‗g‗in «zveno»ni ifodalaydi.

Firma ham, korxona ham xо‗jalik yurituvchi huquqiy shaxs bо‗lgani uchun xо‗jalik faoliyatining obyekti bо‗ladi. Shu bilan birga iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xо‗jalik yuritish subyekti hamdir. Iqtisodiyotda, odatda, firma kо„proq umumlashtiruvchi tushuncha sifatida ishlatiladi. Firma о„z ichiga bitta yoki bir necha korxona, ishlab chiqarish turini olishi mumkin. Korxoia esa odatda, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga, bir xil narsa ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

Barcha korxonalar faoliyatining majmui iqtisodiyotni tashkil etadi. Ishlab chiqarish omillari korxonada birikib, bu yerda mehnat yuz beradi. Jamiyatning talab-ehtiyojini qondirishga qaratilgan moddiy mahsulotlar yaratiladi va har xil xizmatlar kо‗rsatiladi.

Firmalarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) uchun iqtisodiy adabiyotda turli mezonlar olinadi. Ulardan eng asosiysi 2 ta: mulkchilik shakli, firmaning katta-kichikligi. Mulkchilik bо‗yicha qarasak, ular 3 xil: a) individual yoki xususiy firma;

b) sherikchilik asosida tashkil topgan firma;

v) korporatsiya (aksionerlik jamiyati).

Korxona о‗z mulkiga о‗zi egalik qilishi uni erkin bо‗lishi garovidir. Korxona xо‗jalik yurituvchi subyekt sifatida iqtisodiy mustakillikka ega. Nimani qancha, qanday usullar bilan ishlab chiqarish, uni kimga, qayerda qanchadan sotishni, tushgan pulni qaysi maqsadda ishlatishni korxonaning о‗zi hal qiladi.

Barcha muammolarni yechishda korxona bozorga qarab ish tutadi. U bozordagi resurslar narxi, о‗zining tovarlari narxi, qilgan harajatlariyu oladigan foydasi miqdoriga qarab ish tutadi. Narx-navo va xarajatlar miqdori korxonaga el qatori foyda olish imkonini bergandagina u faol ishlaydi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy sharoitga tez moslashib doimo manyovr qilishi - tovarlarni yangilash sifatini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi, investitsiya va innovatsiya bilan shug‗ullanish, faol reklama siyosatini olib borish kabilarga undaydi. Korxonalar mulkiy maqomi, tashkiliy-huquqiy asoslari, xо‗jalik yuritish uslublariga kо‗ra xilma-xil bо‗lib, asosiylari:

- xususiy firma, shirkat firmalari, mas‘uliyati cheklangan firma, davlat korxonasi, aralash firmalar. Hozirgi paytda korxonalarning keng tarqalgan shakli - aksioner jamiyatlari yoki korporatsiyalardir.

Xususiy firma - ayrim shaxslarga yoki oilalarga qarashli korxona. Ular asosan о‗ta kichik va kichik biznes doirasida faoliyat kо‗rsatadilar. О‗rta va yirik biznesda hozirgi paytda nihoyatda kam uchraydilar. XIX asrda esa ular korxonalarning asosiy turi hisoblangan.

Shirkat firmalari mulk egalarini о‗z mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olingan foydani qо‗shgan hissasiga kо‗ra baham kо‗rishga asoslangan korxona.

Mas‟uliyati cheklanmagan firma. Uning mol-mulki sherikchilik asosida yuzaga keladi. Ularning dastlabki qо‗ygan kapitali Nizom kapitali bо‗lib, uning faoliyati uchun tо‗la huquqli sheriklar birgalikda javob beradilar. Agarda firma sinib, qarzlarni tо‗lash uchun aktivlari yetarli bо‗lmasa, qolgan qarzni tо‗la huquqda ega bо‗lgan ta‘sischilar о‗z zimmasiga oladi. Bunda uning hajmi qanchagacha bо‗lishi mumkinligi ustav kapitalidagi badaliga nisbatan necha marta kо‗pligi (firma nizomida belgilanadi) shartnomada kо‗rsatiladi.

Franchayzing (franchise - imtiyozli) firmalar - bu mayda xususiy firmalar tizimi bо‗lib, u yirik firmalar qanotida ish yuritib, uning tovar markasidan ma‘lum hudud va muhitda foydalanadi. Narxlarga chegirma olish va boshqa imtiyozga ega. Tovarlarni tashishda, uskunalar sotib olish, kredit olishda yordam beradi. Bu mayda firmalar yirik kompaniyalarning chakana sotuvchisi bо‗lib qoladi.

Venchur (venture - xatarli) firmalari - bu ilmiy izlanishlar bilan shug‗ullanib, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish bilan shug‗ullanadi. Ular ishining xatari yuqori. Sababi yaratgan yangiliklari, ixtirolari bozor talabiga mos kelmasligi mumkin. Bu turdagi firmalar dastlab AQSH da vujudga kelgan, hozirgi paytda boshqa mamlakatlarda ham mavjud.

Mas‟uliyati cheklangan firma. Uning kapitali ham sherikchilik asosida tashkil etiladi. Uning nomi kо‗rsatib turibdi - mas‘uliyati, ya‘ni majburiyati cheklangan. Bu cheklanish nizom kapitali doirasida bо‗lib, bordi-yu firma sinsa, undan faqat nizom kapitaliga teng bо‗lgan miqdordagina pulni undirish mumkin. Tо‗lov majburiyatidan ortiqcha qarzni hech qanday yо‗l bilan undirib bо‗lmaydi. Bunday firmalar nomiga odatda «limited» sо‗zi qо‗shiladi. U inglizcha

«cheklangan» degani.

Agar firmada mulk egasi sifatida sheriklar miqdori ortib ketsa, u aksionerlik jamiyati sifatida rо‗yxatdan о‗tishi kerak. Hozirgi paytda firmalarning keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Bu aksiyadorlarning uyushmasi bо‗lib, uning a‘zolari biznes ishi yо‗lida jamiyatga birlashadilar. Jamiyatga qо‗yilgan kapitalga qarab, maxsus qimmatbaho qog‗oz - aksiya chiqaradilar. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadi va foydadan о‗z hissasiga muvofiq - dividend oladi. Aksioner jamiyatlarining yopiq va ochiq turlari bо‗ladi.

Yopiq jamiyat aksiyalari faqat ma‘lum guruh kishilari, masalan, korxona ishchixizmatchilari о‗rtasida tarqatiladi. Ochiq jamiyatda esa uning aksiyasi barcha xohlovchilarga sotiladi.

Aralash firmalarga ikki nuqtai nazardan qarash mumkin: a) turli mulk shakliga asoslangan milliy korxona;

b) milliy va xorijiy kapital asosida vujudga keltirilgan qо‗shma korxona. Ularning kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topali, foydasi ham shunga qarab taqsimlanadi. О‗zbekistonda hozirgi paytda xorij kapitali ishtirokida tuzilgan 1000 dan ortiq qо‗shma korxona, 400 atrofida aralash mulkka asoslangan milliy korxonalar faoliyat kо‗rsatmoqda.

Firmalar shahobchasi (filiali) yirik firmalarning tarkibiy qismi bо‗lib, turli joylarda ish yuritadi. U mustaqil emas, bosh firmaning bir qismi. Ish kо‗lami hududiy jihatdan kengaygan sharoitda firma bо‗limlari tashkil etiladi. Bu ayniqsa, xalqaro korporatsiyalarga xos bо‗lib, ular turli mamlakatlarda о‗z bо‗limlarini ochadilar.

Korxonalar ishlab chiqargan mahsuloti, ish kо‗lamiga qarab: kichik korxona (biznes), о‗rta korxona (biznes) va yirik korporatsiya (biznes)ga ajratiladi. Buning uchun mezon qilib firmada ishlovchilar soni yoki firmaning ishlab chiqarish va savdo-sotiq hajmi qabul qilingan.

AQShda ishlovchilar soni necha kishidan iboratligiga qarab, korxonalar 5 toifaga bо‗linadi: 1) о‗ta kichik korxona (10 kishi);


  1. juda kichik korxona (20 kishi);

  2. kichik korxona (99 kishigacha);

  3. о‗rta korxona (500 kishigacha); 5) yirik korxona (500 dan ziyod kishi).

Respublikamizda sanoat va qurilishda 50 kishigacha, boshqa ishlab chiqarishda 25 kishigacha, fan va ilmiy xizmat kо‗rsatish sohasida 10 kishigacha, chakana savdoda 5 kishigacha bо‗lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi. Kichik korxonalar yirik korxonalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ular quyidagilar:

  1. tez muddatda qurilishi;

  2. kapital aylanish tezligining yuqoriligi;

v) talabning о‗zgarishiga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini tezda о‗zgartirish

imkoniyati;

g) mabodo, korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida sinsa ham mulk egasi kо‗radigan zarar

yirik korxonaga qaraganda kamligi va boshqalar.

Shuning uchun ham xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarishda kichik korxonalar shubhasiz ustunlikka ega.

Hozirgi paytda AQSH da iste‘mol mollari ishlab chiqaradigan umumiy sanoat ishlab chiqarishning 48 %, Yaponiyada 51 %, Fransiyada 45 %, Germaniyada 25 % i kichik korxonalar hissasiga tо‗g‗ri keladi



Tadbirkorlik. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlikka asoslanadi.

Tadbirkorlik (ing. entrepreneur) insonning hislati, uning erkin, tavakkal qilib foyda yoki boshqa iqtisodiy naf kо‗rish uchun о‗z mulkidan ham ayrilib qolish xavf-xataridan qо‗rqmay faoliyat yuritish, puxta о‗ylab, natijasini kо‗z о‗ngiga keltirib ish tutish qobiliyati. Ana shu qobiliyatga ega kishilar tadbirkor deyiladi. Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bо‗lishini g‗arbda biznes (business — ish, faoliyat, mashg‗ulot) deb ataladi. Biznes bilan shug‗ullanuvchilarni esa biznesmen (business - ish, man - odam) deyiladi. Biznes bilan shug‗ullanuvchilarni, ya‘ni biznesmenlarni harbiy qо‗mondon bilan qiyoslash mumkin. U о‗z ishini tamal toshini qо‗yar ekan, uning potensialini vujudga keltiradi, oldindan strategiyasini ishlab chiqadi, taktikasini belgilaydi.

Biznesni tashkiliy shaklini g‗arbda uch turga bо‗linadi:

-individual (xususiy) korxona; -sherikchilik; -korporatsiY.

Odatda, tadbirkorlik deganda faqatgina insonning qobiliyati emas, balki uni namoyon qilish (yuzaga chiqarish), faoliyat yuritishning tashkiliy shakli ham tushuniladi, Lekin keyingi paytda biznes sо‗zi ham tez-tez ishlatilmoqda.

Bizning yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bozor iqtisodiyotiga о‗tish bilan yana qayta jonlandi. Yurtimizda tadbirkorlik uzoq, tarixga ega. Bu avvalo, savdogarlik shaklida rivoj topgan. Buyuk ipak yо‗li savdo-sotiqning о‗z navbatida tadbirkorlikni rivojlanishida nihoyatda katta ahamiyatga ega bо‗lgan. Qolaversa, islom aqidalari ham tadbirkorlikning rivojlanishida muhim rol о‗ynagan. Chunki islom dinida mehnat qilmay topilgan daromad harom deyiladi. Har bir inson, albatta, biron, ish bilan shug‗ullanishi darkor. Buning natijasida turli-tuman hunarmandchilik, kulolchilik, temirchilik, tikuvchilik, tuquvchilik, qandolatchilik va hakazolar rivojlangan. Bu xususiy tadbirkorlikning naqadar rivojlanganidan darak beradi. Shu bilan birga me‘morchilik va sug‗orish inshootlarining qurilishi о‗z navbatida jamoatchilikka asoslangan tadbirkorlikni ham rivojlanishiga olib kelgan deya olamiz I.Shumpeter esa tadbirkorni novatorligiga alohida e‘tibor beradi. Uning fikricha tadbirkor deb, ishlab chiqarish omillarini yangi nisbatlarini (kombinatsiyasini) izlovchi, vujudga keltiruvchi, shu bilan iqtisodiy о‗sishni ta‘minlovchi kishi tushuniladi. Shumpeterning fikricha tadbirkor ishlab chiqarishda individual xususiy mulk egasi bо‗lishi shart emas. U bank boshqaruvchisi bо‗lishi yoki aksioner jamiyatining boshqaruvchisi bо‗lishi ham mumkin.

Tom ma‘nosi bilan mulk egasi va tadbirkorni yagona kishi sifatida qarash kredit vujudga kelishi bilan buzila boshladi. Tadbirkorlikni mulkdan ajralishi aksionerlik jamiyatlarida nisbatan osongina kо‗zga kо‗rinadi. Korporativ mulk aksionerlik jamiyatida har bir aksiya egasi о‗zi alohida mulkni tasarruf qilish huquqini yо‗qotadi. Bu yuridik fakt. Ishlab chiqarishda hokimiyat mulk egasidan ishlab chiqarishni tashkil etuvchiga о‗tadi. Mulk egasining roli passivlashib boradi. An‘anaviy mulk sifatida tushunilgan aniq buyumlar о‗rniga aksioner bir parcha qog‗oz, mulk tituli - aksiyaga ega xolos.

Korxona ishi yuzasidan aksiya egasi shartli nazorat о‗rnatadi. U korporatsiya faoliyati yuzasidan javobgar emas. Bunday javobgarlik mulk egasi bо‗lmagan tadbirkor - menejer zimmasida bо‗ladi. Shunday qilib, kredit munosabatlarining rivojlanishi boylikni individual xususiy mulk shaklidan korporativ xususiy mulk shakliga о‗tishi tadbirkorni tasarruf etishini egalik qilishdan ajralishiga olib keladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tadbirkorlik bilan mulk egaligi о‗rtasida qatiy aloka yо‗q.

Tadbirkor natija qanday bо‗lishidan kat‘i nazar, qabul qilingan qarorga javobgar bо‗lishi о‗z faoliyatidagi turli muammo va masalalarni yechishda о‗ziga xos kutilmagan yondashuvi, aniq yechimlar topishi, ya‘ni turli yо‗llarini qidirishi, xullas tinmay izlanishi bilan harakterlanadi.

Bunda asosiy о‗rinda tadbirkor shaxsi turadi. Tadbirkor:


1) novatorlik xislatiga ega bо„lishi;


2) resurslarni muqobil ishlata bilishi, ya‟ni ularning optimal nisbatini topish; 3) о„z vaqtida zarur qarorni qabul qila bilishi; 4) risk qilishga moyil bо„lishi kerak.

Har bir kishi tadbirkor bо‗lishi uchun, eng avvalo, о‗zidagi xislatlarga tо‗g‗ri baho bera olishi kerak. Tashkil etiladigan turli kichik firmalarning 15-20 % i qolib, qolganlari kasodga uchrashining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Tadbirkorlik iste‘dod va maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Adabiyotlarimizda tadbirkorlik kо‗proq, xо‗jalik yuritish nuqtai nazaridan qaraladi.

Respublikamizda qabul qilingan tadbirkorlik tо‗g‗risidagi qonunda tadbirkorlikka shunday ta‘rif berilgan: «Tadbirkorlik mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida, tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat kо‗rsatishdir». Umuman olganda, tadbirkorlik risk qilgan holda, mablag„larni samarali sarflab, ishlab chiqarish omillarini eng optimal nisbatini topib ishga tushirish evaziga daromad, foyda olishga qaratilgan, insonlarga naf keltiruvchi, iqtisodiy faoliyatdir.

Insonning bilimi va bilim jarayoni cheksiz-chegarasiz ana shu bilimlar tushumida tadbirkorlik bilimi alohida о‗rin tutadi. Tadbirkorlik bilimi bu bozor iqtisodiyotiga xos bо‗lgan maxsus iqtisodiy faoliyat iqtisodiy resurslar bilan ta‘minlash, ularning samarali ishlatilishini tashkil etish yо‗li bilan tovar va xizmatlar yaratish, ularni bozorga yetkazib borish va foyda olish haqidagi bilimlar majmuasidir.

Bugungi kunda tadbirkorlik bilimining mukammalligi nafaqat tirikchilik о‗tkazish kasbkorga ega bо‗lishga asos bо‗ladi, ayni paytda u inson salohiyatini undagi ishbilarmonlik, tadbirkorlik qobiliyatlarini ruyobga chiqarishiga ham bevosita kо‗mak beradi, ishsizlikni kamaytirish aholini bandlik darajasini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Yaxshi tadbirkor rahbar bо‗lish uchun, albatta, quyidagi ikki xislat bо‗lishi kerak:



  1. Sabr-taqat, boshqalarni ishlariga halaqit bermaydigan kamchiliklariga chidash, toqat qilish, sababi odamlarning fazilati, temperamenti har xil.

  2. Ish jarayoniga, uning sifatiga ta‘sir etuvchi har qanday kamchilik, nuqsonlarga toqatsizlik. Ishni talab darajasida bajarilishini nazorat qiling.

Maqsad qо‗ying va uni kelajakda qanday amalga oshirishni rejalashtiring. Rahbar bо‗lishni, о‗z oldingizga maqsad qilib qо‗yar ekansiz, har bir qadamingizni rejalashtiring, о‗z qobiliyatingiz imkoniyatingizdan kelib chiqing.

О‗z oldingizga vazifa qо‗yib, rahbar sifatida о‗z shaxsiy hayotingizga, dam olishga vaqt ajratib, haftasiga 40 soat sarflab rahbarlikni bajara olasizmi?

40 soat ish vaqtida dо‗ndirib rahbarlik qiladiganlar sanoqli. Agar ular kabi qobiliyatingiz bо‗lmasa, oldindan о‗ylab kо‗ring, qо‗lingizdan keladimi yoki yо‗qmi? Agar qо‗lingizdan kelmasa, boshqa ish topganingiz ma‘qul. О‗zingizni qiynamang.

Tovar emas keladigan foydani sotishni о„rganish kerak. Kо‗pchilik parma olishni xohlamaydi. Lekin parma yordamida teshilgan teshiklarga minglab sо‗m pul tо‗laydi. Demak, parma sotishdan kо‗ra uning yordamida bajarilgan ishlarni sotishni о‗rganish kerak.


4. Marjinalizm: naflilik va xaridor tanlovi nazariyasi. Iqtisodiy xulq-atvorning shakllanishi


Iqtisodiy tafakkurni shakllanishini о‗rganishda marjinalizm о‗ziga xos о‗rin tutadi. Shuning uchun Iqtisodiy tarbiya nazariyasi ham iqtisodiy xulq-atvor masalasiga alohida diqqat qaratilishi, uning iste‘molchi, xaridor tanloviga ta‘sirini о‗rganish zarur bо‗ladi. Bu jihatdan marjinal maktab va undagi subyektiv-psixologik yondashuv iqtisodiy nazariya bilan pedagogika, psixologiyani chambarchas bog‗lanishini kо‗rsatadi. Iqtisodiy xulq-atvorning shakllanishini о‗rganish uchun bu nazariyaga alohida e‘tibor qaratishimizga tо‗g‗ri keladi.

Iqtisodiy nazariya tarixida «Avstriya maktabi» nomi bilan atalgan «meyoriy naflilik» nazariyasi asoschilari ne‘matlarning qiymati ularning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy psixologiyasi nuqtai nazaridan aniqlanadi, degan fikrni ilgari surganlar.

Ular naflilikni tovarning obyektiv xossasi bilan aralashtirmaslik kerak, naflilik bu xaridorning о„z ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan bergan individual subyektiv bahosidir deyishadi.

Qiymat nazariyasi bilan naflilik nazariyasining bosh maqsadi turli iste‘mol qiymatlarini yoki naflilikni taqqoslash muammosini hal qilishdir.

Olma, tanbur, kostyumdan qay biri foydaliroq? Bir tomondan qarasangiz, bunday savolning о‗zi bema‘nilikka о‗xshaydi. Ammo har bir aniq holatdan kelib chiqadigan bо‗lsak, bu savolda jon bor. Umumiy tarzda olsak, bu savolga javob berib bо‗lmaydi. Bu meyoriy naflilik nazariyasining xato ekanligini kо‗rsatadigan ishonchli dalil. Lekin yuqoridagi savolga individual jihatdan yondashilsa, uni har bir kishi subyektiv tarzda yechadi. Vitamin zarur kishi uchun olma, artist uchun tanbur, kostyum zarur kishi uchun esa boshqa narsalardan kо‗ra kostyum afzal. Chunki har bir inson birinchi galda eng zarur ehtiyojini qondirishga harakat qiladi. Har xil zhtiyojlar ichida eng zarur ehtiyojni qondirish uchun turli tovarlar ichidan kerakligini tanlab oladi. Demak, u yoki bu tovarni sotib olishni har bir inson subyektiv tarzda hal etadi. Undan tashqari, inson ehtiyojini qondirgan tovarni iste‘mol qilishni davom ettirar ekan, uning ehtiyoji tobora tо‗yinib boradi, nafliligi esa kamayib boradi. Masalan, qorni och odam birinchi burda nonni katta ishtaha bilan yeydi, keyingilarini yegan sari tо‗yib, oxir-oqibat boshqa non yegisi kelmay qoladi. Barcha yeyilgan non miqdori tо‗yinish miqdorini ifodalaydi.

Shaxsiy iste‘mol jarayonida yuz beradigan ana shu hodisani nemis iqtisodchisi German Gossen (1810-1858) tadqiq qilib, naflilikni pasayib borishi qonuniga amal qilishini kо‗rsatib beradi. U bu qonunni «Aynan bir mahsulot bilan ehtiyojlarni qondirishni uzluksiz davom ettirsak, borgan sari ehtiyoj tо‗larok, qondirilib, oxir-oqibat tо‗yinadi, lekin mahsulotning nafliligi esa pasayib boradi», deb ta‘riflaydi. Ehtiyoj tо‗yingandan keyin ham iste‘mol davom ettirilsa, u naf о‗rniga zarar keltiradi. Demak, iste‘mol qilishda qandaydir meyor bо‗lar ekan. Meyoriy naflilik deb qо„shimcha iste‟mol qilingan mahsulotdan qо„shimcha olinadigan nafga aytiladi.

Ne‘matning qiymatini ana shu meyoriy naflilik belgilaydi. «Avstriya maktabi» asoschilari naflilikni pasayishi qonuniga umumiy tus berishga harakat qilishgan. F. Vizer bu qonun «hamma narsaga, ochlikdan tortib muhabbatgacha» tegishli deb kо‗rsatadi.

Bu qonunga binoan ehtiyojlar qondirilishiga qarab tо‗yinish darajasi о‗sadi, naflilik esa pasayadi, ya‘ni ehtiyojni qondiruvchi ne‘matning har bir yangi birligi avvalgisiga qaraganda kamroq naf keltiradi. Ana shu ne‘matning zaxirasi talabni qondirishning chegarasi bо‗ladi. Zaxiraning о‗zgarishiga qarab chegara ham о‗zgaradi. Meyoriy naflilikni YE. Bem-Baverk, K. Menger keltirgan misol bilan quyidagicha tushuntiradi: tarkidunyo qilgan, о‗rmonda yashovchi zohidning 5 qop doni bor. Uning birinchi qopi о‗z iste‘moli uchun, ikkinchi qop zaxira, uchinchisi parrandalar boqish uchun, turtinchisi pivo tayyorlash uchun, beshinchisi ermakka boqilayotgan tо‗tiqush uchun muljallangan.

Agar u qoplardan birini yо‗qotsa, birinchi navbatda tо‗tiqush boqishdan voz kechadi. Chunki u ehtiyojlarni qondirish zarurligi nuqtai nazaridan qaralsa, eng oxirida turibdi. Donning qiymati aynan ana shu beshinchi qopning qadri bilan о‗lchanadi.

Ana shu eng oxirgi ehtiyojni qondiradigan naflilik meyoriy naflilik bо‗ladi. Ehtiyoj о‗zgarmagani hodda zaxira kо‗paysa, meyoriy naflilik kamaadi, aksincha bо‗lsa, naflilik kо‗tariladi. Shunga muvofiq ravishda narx ham о‗zgaradi. Shunday qilib, har bir ne‘matning qadr-kimmati: a) ehtiyojni qondirishning zarurlik darajasiga; b) shu ne‘matning tо‗kinlik darajasiga bog‗liq.

Naf umumiy hamda meyoriy nafga bо‗linadi. Umumiy naf deb, ma‘lum tovar yoki xizmatlar birligi tо‗plamini iste‘mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Meyoriy naf esa iste‘molchining tovar yoki xizmatning qо‗shimcha birligidan kо‗rgan nafi, ya‘ni umumiy nafga qо‗shilgan nafni bildiradi.

Iqtisodiy nazariyada marjinalizm maktabi naflilikka alohia diqqat-e‘tibor qaratadi. Meyoriy naflilik qanday о‗lchanadi va taqqoslanadi. Uning umumiy о‗lchovi bormi? Ana shu savollar javobiga kо‗ra meyoriy naflilik nazariyasi tarafdorlari ikki yо„nalishga bо„linadi: kardinalistik va ordinalistik.

Kardinalistlar U. Jevons, D. Robertson va boshqalar meyoriy naflilikni absolyut miqdorini о‗lchash mumkin bо‗lgan kо‗rsatkichni topishga urinishgan, hatto shartli birlik yutil (inglizcha utility-naflilik) tushunchasini ham kiritishgan. Lekin bu urinishlar bekor bо‗lib, naflilikni pul bilan о‗lchab, baholashgan. Boshqa guruh iqtisodchilar-ordinalistlar meyoriy naflilik sof subyektiv kо‗rsatkich, uni miqdoriy jihatdan о‗lchab bо‗lmaydi deyishadi.

Kardinalistlar о‗tkazgan tadqiqotlari asosida iste‘mol qilinayotgan tovar qancha kо‗p bо‗lsa, umumiy naflilik ortadi, lekin meyoriy naflilik kamayib boradi degan xulosaga kelishadi.

Boshqa tovarlarning iste‘moli о‗zgarmasdan qolgani holda biron-bir tovar va xizmatga ehtiyoj tо‗yinib borishi bilan bu ne‘matning keyingi birligini iste‘mol qilishdan qoniqish pasayib boradi. Ordinalistlar, xususan V. Pareto, J. Xiks va boshqalar kardinalistlar qо‗llagan tamoyilidan voz kechishgan. Ular nazariyaga ketma-ket tartibli naflilik tushunchasini kiritishadi. Ularni fikricha uni yordamida iste‘molchini shu tovarga bо‗lgan qoniqish darajasini kamayib yoki kо‗payib borishini aniqlash mumkin. Lekin ana shu qoniqish darajasini aniqlash mumkin emas. Iste‘molchi о‗z pulini xohlagancha ishlatadi. U о‗z ehtiyojini tо‗liq qondirishga harakat qiladi. Biron-bir tovarni sotib olar ekan, shu variantni boshqa muqobil variantlari bilan solishtiradi. Pareto meyoriy naflilikni absolyut miqdorini о‗lchash о‗rniga nisbiy tahlil qilish samaraliroq, ya‘ni iste‘molchi (xaridorlar)ni ma‘lum bir tovarlar tо‗plamidan ikkinchisini ustun qо‗yish, tanlashini о‗rganish afzalroq deydi. Bunday tahlil befarqlik egri chizig‗i orqali tushuntirilgan. Bu neoklassiklar tomonidan kо‗pgina mikroiqtisodiy jarayonlarni tanlov muammosi bilan bog‗liq holda ne‘matlarni optimal tо‗plamini ishlab chiqarish omillarini, dam olish bilan ish vaqtini nisbatini aniqlashda foydalanilgan.




Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Iqtisodiy xulq-atvorni shakllanishiga qanday omillar ta‘sir qiladi?

  2. Klassik bixeviorizmga kim asos solgan va ilgari surilgan konsepsiyaning mazmunini aytib bera olasizmi?

  3. Ekstroversiya deganda nimani tushunamiz? Introversiya - degandachi?

  4. Shaxsning xulq-atvorini belgilovchi ikki tomon nimalarda ifodalanadi?

  5. Inson uchun eng cheklangan resurs vaqt haqida nimalar deya olasiz?

  6. Qanday pedagogik qonunlar amal qilinadi, ularni sanab, mazmunini izohlab bering.

  7. Iqtisodiy atamalar deganda nimani tushunamiz? Ular shaxs xulq-atvorini shakllantirishda qanday о‗rin tutadi?

  8. Bitim, shartnoma nima? U iqtisodiy xulq-atvorni shakllanishida qanday rol о‗ynaydi?

  9. Tadbirkorlik deganda nimani tushunasiz? Uni iqtisodiy pedagogikada о‗rganilishiga qanday qaraysiz?

  10. Firma iqtisodiy atama sifatida nimani ifodalaydi? Uni mohiyati, turlarini iqtisodiy tarbiya nazariyasi о‗rganishdan maqsad nima?

  11. Raqobat nima? Nima sababdan davlat raqobatchilik muhiti yaratishi zarur? Uni

о‗rganish orqali talabalarning iqtisodiy tafakkurida о‗zgarish yuz beradi deb о‗ylaysizmi?

6-Ma‟ruza: IQTISODIY XULQ-ATVORNING SHAKLLANTIRISH


Reja




  1. Insonlarning xulq-atvoriga kо‗ra kutilayotgan naflilikka munosabatini shakllanishi va tavakkalchilik xatari

  2. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi axborotni asimmetrik tarqalishi va uning iste‘molchi tanloviga ta‘sirini о‗rganish

  3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xо‗jalik yuritish

  4. Bozor iqtisodiyotida chayqovchilik, uni inson xulq-atvori bilan bog‗liqligi va iqtisodiy pedagogikada о‗rganish zaruriyati.



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Axborotni asimmetrik tarqalishi, nobop tanlov, risk, chayqovchilik.


1. Insonlarning xulq-atvoriga kо„ra kutilayotgan naflilikka munosabatini shakllanishi va tavakkalchilik xatari


Iqtisodiy tarbiya nazariyasi insonlarning xulq-atvori va say-harakati bilan bog‗liq diqqat qaratadigan yana bir masala tavakkalchilik va risk qilish masalasidir. Ma‘lumki hammaning ham tadbirkorlik bilan shug‗ullanish qо‗lidan kelavermaydi. Tadbirkorning eng muhim fazilatlaridan biri tavakkal qilinshi, riskni yoqtirishidir. Bozor iqtisodiyotining doimiy yо‗ldoshi noaniqlik ekan har bir tadbirkorning faoliyati tavakkalchilik xatari bilan bog‗liq. Tavakkalchilik xatari deb, faoliyat natijasi qanday bо‗lishi ehtimolini bilgan holda, baribir oqibati qanday tugashini aniq aytib bо‗lmaydigan vaziyat, ya‘ni noaniqlik tushuniladi. Noaniqlik sharoitida har bir kishi о‗zini turlicha tutadi. Birov tavakkal qilish, riskni yoqtiradi, birov esa aksincha. Lotereya о‗yinlarida qatnashish tavakkalchilik faoliyatiga, riskka tipik misol bо‗la oladi. Bunda yutish yoki yutqazish mumkin.

Insonlar riskni yoqtirishmaydi uni iloji boricha kamaytirishga harakat qilishadi.

Riskni kamaytirishni bir necha yо‗llari bor. U sug‗urtalash bо‗lib, uning bir necha usullari bor. Sug‗urta katta talofotlarni kichik yо‗qotishlar bilan almashtirish imkonini beradi. U quyidagi yо‗llar bilan amalga oshiriladi:



  1. Tavakkalchilik xatarini birlashtirish, umumlashtirish. Bu tavakkalchilik xatarini pasaytirshn usuli bо‗lib, u qatnashchilar о‗rtasida taqsimlanadi. Har bir qatnashchiga tо‗g‗ri keladigan zarar uncha katta bо‗lmaydi. Turli jamoa, о‗zaro yordam fondlari shu metodga asoslanadi. Sug‗urta kompaniyalari ham aynan ana shu metoddan foydalanadi.

  2. Tavakkalchilik xatarini taqsimlash. Bu Sug‗urta usuli bо‗lib, katta talofat, zarar ehtimolini qoplash majburiyatini kompaniya о‗z zimmasiga ololmagan sharoitda qо‗llaniladi. Masalan, korxona о‗z faoliyatini yong‗indan Sug‗urta qildirmoqchi. Korxona katta, bordi-yu yongan bо‗lsa, yо‗qotishlar katta bо‗lishi mumkin. Uni ustiga bunday korxonalar juda kam: bitta yoki ikkita.

Shuning uchun avvalgi tavakkalchilik xatarini birlashtirish metodidan foydalanib bо‗lmaydi. Bunda ular yirik sug‗urta assotsiatsiyalariga murojaat qiladilar. Natijada, tavakkal qilib kо‗rilishi mumkin bо‗lgan zarar assotsiatsiya a‘zolari о‗rtasida taqsimlanadi.



  1. Diversifikatsiya usuli. Bu usul iqtisodiy subyektlarni о‗z moliyaviy mablag‗larini turli sohalarga qо‗yishi orqali bir sohadagi zararlarini ikkinchi sohadagi foydalari bilan qoplashlarini kо‗zda tutadi. Masalan, turli kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish.

Sug‗urtalashning umumiy prinsipi shuki, siz ma‘lum bir miqdorda joriy iste‘moldan voz kechib, kelgusida yuz berishi ehtimoli bо‗lgan katta yо‗qotishlardan о‗zingizni mumkin qadar himoyalaysiz. Yana shuni ham eslatib о‗tish kerakki, ayrim faoliyat turlari xavf-xatarga sug‗urta qilinmaydi. Yadro urushi, ekologik katastrofalardan hech kim sug‗urta qilmaydi. Lekin sug‗urtalanmaydigan risklar ham bor. Bu tadbirkorlik faoliyati, uni bir butun holda sug‗urtalab bо‗lmaydi.

Tadbirkor asosiy о‗z g‗oyasini amalga oshirish jarayonida, о‗z faoliyatining ayrim tomonlarini sug‗urtalaydi xolos. Masalan, duradgorlik bilan shug‗ullansa yong‗indan, ishchilarni esa ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bо‗lgan falokatdan sug‗urta qildiradi va hokazo. Lekin ma‘lum bir tarmoqda korxona barpo etish g‗oyasi, maqsadi va uni amalga oshirish baribir tavakkalchilik xatari bilan bog‗liqligicha qoladi. Shunday qilib, tadbirkorlik riskka asoslanadi, hamma ham tadbirkor bо‗lavermaydi. Buni о‗quvchi-talabalarga tushuntirish darkor.




2. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi axborotni asimmetrik tarqalishi va uning iste‟molchi tanloviga ta‟sirini о„rganish


Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berish va ularda iqtisodiy tanlov kо‗nikmasini hosil qilish uchun biz ularning ongiga axborotlar qanday tarqalishi va ularga asoslanib tanlov qanday yuz berishini о‗rgatishimiz, о‗zlari о‗rganishlari uchun yо‗l kо‗rsatishimiz kerak.

Bozor iqtisodiyotini nazariy jihatdan о‗rganar ekanmiz, biz uni shartli ravishdagi abstrakt modelini yaratamiz. Jumladan, bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot simmetrik tarzda taqsimlanadi, ya‘ni bozorda qatnashuvchi subyektlarning barchasi axborot olishda keng imkoniyatga ega. Noaniqlik yо‗q, shuning uchun resurslar va mablag‗lar eng samarali tarzda ishlatiladi deymiz.

Lekin real hayotda mukammal raqobat modeli buziladi, axborotni asimmitrik tarqalishi yuz beradi. Axborotni asimmetrik tarqalishi deganda, bozorda qatnashuvchi subyektlarniig axborot olishdagi teng imkoniyatini buzilishi, shu axborotdan manfaatdor ayrim subyektlarning boshqalarga nisbatan ustun mavqega ega bо„lishlari tushuniladi.

Axborotni asimmetrik tarqalishining obyektiv asoslari mavjud:


  1. Bozor aloqalarida о‗z mulki doirasida iqtisodiy alohidalashgan, о‗z manfaatiga ega xо‗jalik yurituvchi subyektlar qatnashadilar. Ular tabiiy zarar kо‗rib, mulklaridan ajralib qolmaslik uchun harakat qilishadi. О‗z-о‗zini saqlash instinkti odamga tabiatan berilgan. Uni hech kim, hech qanday cheklovlar yо‗q qila olmaydi. Yashash uchun kurash raqobatda yengilmaslikka undaydi. Buning uchun esa kо‗proq foyda olish zarur.

  2. Insonning ehtiyojlari cheksiz. Ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bо‗lgan ne‘matlarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar esa cheklangan. Inson yana о‗z manfaatidan kelib chiqib, kо‗proq nematlarga ega bо‗lgisi keladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida insonning jamiyatdagi о‗rni, mavqei, obrusi, imkoniyatlari kо‗p jihatdan mulkchilik nuqtai nazaridan baholanar ekan, о‗z-о‗zidan kishilar о‗z mulklarini yо‗qotmaslik, iloji boricha kо‗paytirish harakatida bо‗lishlariga olib keladi.

Bu maqsadlarni qay darajada amalga oshishi esa kо‗p jihatdan axborotga ega bо‗lishga bog‗liq. Shuning uchun har bir kishi iloji boricha axborotga boshqalarga qaraganda avvalroq ega bо‗lish, olgan axborotini sir saqlashga, undan imkoni boricha о‗z manfaatini kо‗zlab foydalanishga intiladi. Mana shu harakat axborotni assimetrik tarqalishiga olib keladi.

Axborotni assimetrik tarqalishi tufayli noaniqlik - yuz berishi mumkin bо‗lgan о‗zgarishlar hakida axborot yetishmovchiligi yuz beradi.

Iqtisodiy nazariyada iqtisodiyotdagi noaniqlik hakida turlicha qarashlar mavjud.

Bir guruh neoklassik yо‗nalishdagi iqtisodchilar fikricha, noaniqlik iqtisodiy subyektlarga ratsional tarzda tanlash, qaror qabul qilishga tо‗siq bо‗ladi. Resurslardan samarali foydalanishga, yо‗l bermaydi.

Ikkinchi guruh iqtisodchilar fikricha esa aksincha bozorning qudrati ham shundaki, axborotni dastlab tor doiradagi kishilargagina nasib qilishi undan tо‗g‗ri foydalana bilishni о‗rganishda namoyon bо‗ladi. Ana shunday qarash tarafdorlaridan F.A.Xayek fikricha foyda, naf faqat shunday, axborotga hamma ham birday ega bо‗lmagan xolatdagina vujudga keladi.38

Boshqalar ham to shu axborotga ega bо‗lgunga qadar foyda olish imkoniga ega bо‗ladi.

Har ikki guruh iqtisodchilar fikrida ham jon bor. Bozordagi noaniqlik, axborotni assimetrik tarqalishi bu bozor (bozor iqtisodiyoti)ning kamchiliklaridan biri. Ana shu kamchilik nima bilan bog‗liq? degan savol tug‗iladi.

Birinchidan, zarur axborotga ega bо‗lganlar, boshqalarga qaraganda ustun mavqega, qо‗shimcha naf, foyda olish imkoniga ega bо‗ladilar. Shuning uchun ham hozirgi paytda N.Vinerning «Kimki axborotga ega bо‗lsa, dunyoni tebratadi», degan iborasi mashhur bо‗lib, teztez ishlatilmoqda.

Ikkinchidan, axborot asimmetriyasi tufayli internad (ichki) samara, ya‘ni shartnoma qatnashchilari tomonidan tuzilgan bitimlarda aks etmagan olinadigan foyda yoki xarajatlar yuzaga keladi. Unga kо‗plab misollar keltirish mumkin. Masalan, iste‘molchi tovar sotib oldi, lekin u sifatsiz ekan. Repititor ingliz tilini ikki oyda о‗rgataman deb, xizmat haqqini oldi, lekin va‘dasini ustidan chiqmadi, Ishga yollovchi о‗z malakasini о‗zi mustaqil oshirgan ishchini ishi natijasidan baxramand bо‗layapti, lekin unga ish haqqini oshirgani yо‗q.

Misollardan kо‗rinib turibdiki, bitim shartlari buzilmoqda yoki ular bitimda aks etmagan. Ana shu internal samarani vujudga kelishiga sabab nima? Nima sababdan odamlar aldanishgani yoki iste‘molchilik huquqi buzilganini bilgach, aybdorni jazolashga harakat qilishmaydi? Hamma gap shundaki, buning uchun ham axborot kerak. 100 % axborot tо‗plash uchun transaksion39 xarajatlar juda yuqori bо‗lishi mumkin. Olingan naf, kо‗rilgan foyda esa bu harajatlarni qoplay olmaydi.

Sotib olinayotgan tovarni sifatini oldindan qanday bilishimiz mumkin? Sifat sertifikatini oldindan surash mumkin. Agar sertifikat noqonuniy yо‗l bilan olingan bо‗lib, qalbaki bо‗lsa-chi? Tovarni ishlab chiqargan firmaga telefon qilib yoki xat bilan murojaat qilish, iste‘molchi huquqini buzgani uchun sudga murojaat qilishi va boshqa yо‗llarni tanlash mumkin. Lekin bunday tadbirlar uchun sarflangan vaqtga olingan natija arzimasligi mumkin, ya‘ni vaqt nisbatan yuqori muqobil qiymatga ega bо‗lishi mumkin. Shuning uchun odamlar kо‗pincha aldanishganini bilishsa ham indamay quyaqolishadi. Har birimiz «Olgan puling osh bо‗lmasin» yoki «Yegin, ichgin, tо‗ymagin!» deya noroziligimizni bildirib qо‗ya qolamiz.

Shunday qilib, axborot asimmetrikligi tufayli bozor mexanizmini amal qilish prinsipi buziladi. Sababi, narx haqidagi signal real axvolni ifodalamay qо‗yadi, real vaziyatni kо‗rsatmaydi. Klassik misol tariqasida g‗arbda juda kо‗p iqtisodiy darsliklarda amerikalik iqtisodchi Jorj Akerlofning ishlatilgan avtomobillar bozoridagi vaziyatni bayon qiluvchi «Limonlar bozori» (1970 y) nomli maqolasida keltirilgan holat kо‗rsatiladi.

Bozorda ishlatilgan, lekin ahvoli yaxshi avtomobillar mavjud. Bunday avtomobillarga xaridor 6000 doll. tо‗lashga tayyor. Sotuvchi esa 5000 dollardan yuqori har qanday narxga rozi.

Lekin bozorda boshqa sotuvchilar deffektli avtomobillar -«limonlar» (amerikaliklar jargonida)ni sotishga harakat kilishayapti. Ularga xaridorlar 2000 dollardan ortiq pul berishsa bо‗ldi. Xaridorlar esa 3000 dollardan ortiq haq tо‗lamoqchi emas. Agar axborot simmetrik tarzda tarqalganda edi, birinchi guruhlar uchun ham, ikkinchi guruhlar uchun ham bozor hamda о‗z guruhi uchun bozor bahosi amal qilgan bо‗lardi. Hamma gap shundaki, simmetriya yо‗q.

Faqat sotuvchigina о‗z mashinasi haqida hamma narsani biladi. Xaridor esa hech narsani bilmaydi. Natijada о‗rtacha baho 4500 doll. о‗rnatiladi: (6000+3000):2=4500 doll. Bunday baho bilan yaxshi mashina egalari о‗z mashinalarini sotishmaydi, «Limonlar» esa real bahosidan yuqori narx bilan sotiladi. «Limonlar» bozordan sifatli tovarni siqib chiqarishadi. Bu holat iqtisodiy nazariyada «nobop tanlov» deb yuritiladi. Aynan ana shunday tanlovni amalga oshishidan manfaatdor shaxslar axborotni assimetrik tarqalishidan manfaatdor.

Xuddi shunday holatni sug‗urta jarayonida ham kо‗rish mumkin. Bunda ham sug‗urta qildirayotganlar nimani sug‗urta qildirishsa uni holatini boshqalardan yaxshi bilishadi. Sug‗urta qildirishda esa har bir sug‗urta kildiruvchi о‗z manfaatidan kelib chiqib kо‗proq sug‗urta puli olishni kо‗zlaydi.

Ikkinchi tomondan, sug‗urta qildirganlar kо‗pincha sug‗urta qilingan obyektga nisbatan befarqliklarini kuchaytirishlari mumkin. Masalan, avtomobilini sug‗urta qildirganlar endi avvalgidek ehtiyot choralarini kо‗rishga urinishmaydi. sug‗urta kompaniyalari ehtiyot choralari kо‗rishga rag‗batni yо‗qolishi bilan bog‗liq qо‗shimcha harajatlar qilishlariga tо‗g‗ri keladi.

Oxir oqibat shunday holat kelib chiqishi mumkin-ki, sug‗urta faoliyati xarajatlarni qoplay olmay qoladi. Lekin sug‗urta faoliyati jamiyat uchun zarur.

Axborot asimmetriyasi doimo mavjud bо‗ladi. Chunki bozor iqtisodiyoti raqobatga tayanar ekan, raqobatda g‗olib chiqish yoki hech bо‗lmaganda yutqazmaslik bu insonning tabiat tomonidan berilgan muhim hislati - о‗zini saqlash instinkti bilan bog‗liq.

Bozorda hamma aldanishdan, zarar kо‗rishdan qо‗rqadi. Sotuvchi mahsulotini iloji boricha qimmatroqda sotishga, xaridor esa arzonroqda olishni istaydi.

Tovar ishlab chiqaruvchi kelajakda talabni qanday о‗zgarishini oldindan sezish, paykashga harakat qilib, tovarga talab yuqorilik paytida kо‗proq ishlab chiqarib yuqori narxga sotish uchun harakat qiladi. Shu bilan birga raqobatchilar ham shunday tovarlarni ishab chiqarayotgan bо‗lib, u orqada qolgan bо‗lishi о‗z tovarlarini arzimagan pulga sotishi mumkin. Raqobatni kimni foydasiga xal bо‗lishi aynan axborotni kimni qо‗lida bо‗lishi va undan qay darajada mohirlik bilan foydalagishiga bog‗liq. Shuning uchun natijasi noaniq. Noaniqlik esa odamlarni о‗z iqtisodiy faoliyatlarida tavakkal qilishta majbur qiladi. Uning natijasi ham noaniq. Shunday qilib axborot asimmetriyasi nobop tanlov bilan birga yana bir salbiy oqibat tavakkalchilik xatari kelib chiqishiga ham sabab bо‗ladi. Tabiiy xavf-xatar doimo bо„lganidek, noaniqlik bozor iqtisodiyotining doimiy yо‗ldoshi ekan, iqtisodiy xavf-xatar ham doimo u yoki bu darajada majud bо‗ladi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan esa uning subyektlari faoliyatida noaniqlik, iqtisodiy muhit ortib boradi.


3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xо„jalik yuritish


Bozor subyektlari iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoniga ega. Dunyoda hamma narsaning tо‗lovi bо‗lganidek, iqtisodiy erkinlik ham shunday tо‗lovni talab qiladi. Bunday tо‗lov iqtisodiy xatarni mavjudligi, faoliyat yuritish uchun bozor subyektlari iqtisodiy risk qilishga majbur bо‗lishlarida ifodalanadi. Bu yerda shuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodiyotida ham tо‗la erkinlik bо‗lishi mumkin emas, chunki faoliyat yuritish uchun boshqa bozor subyektlari bilan aloqada bо‗lar ekan, ilojsiz ularning ham fikri, manfaati, talabi bilan hisoblashishga majbur. Lekin bozor iqtisodiyotida xо‗jalik yuritish uchun yetarli darajada erkinlik mavjud bо‗ladi. Bu erkinlik esa tavakkalchilik xatari bilan bog‗liq. Chunki bozordagi vaziyat doimo ehtimollik harakteriga ega. Shuning uchun ham iqtisodiy risk bozor mexanizmining amal qilishidan kelib chiqadi.



Risk, tavakkalchilik bu - noaniqlik vaziyatidan о‗tib, qо‗yilgan maqsad uchun, kutilayotgan natija qanday yakunlanishidan qatiy nazar, faoliyat boshlashga muqobil variantlardan birini tanlab qaror qabul qilish va uni amalga oshirishni ifodalaydi.

Rejali iqtisodiyotda risk muammosiga yetarli ahamiyat berilmagan. Bu termin juda kam ishlatilgan. Hozirgi paytda kо‗rib о‗tganimizdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida noaniqlik uning yо‗ldoshi bо‗lar ekan, muvofik. ravishda risk sо‗zi ham tez-tez ishlatilmoqda.

Risk sо‗zi murakkab ma‘noga ega bо‗lib, mashhur rus olimi, Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy a‘zosi (1863) V.I.Dalning riskni tadbirkorlik bilan bog‗lab, oxiri yaxshilik bilan tugashiga umid bilan tavakkal qilib ish yuritish tarzida talqin qiladi. Tilshunos olim Ojegov S.I. esa yuz berishi mumkin bо‗lgan xavf, muvaffaqiyatli natijaga xavf soluvchi xatar sifatida tariflaydi. Risk sо‗zi о‗zbek tilida 1) xavf, xavf-xatar, tahlika, qaltis ish; 2) tavakkal, tavakkalchilik tarzida tarjima qilinadi. Birinchisi bо‗yicha falokat, halokat, baxtsiz hodisaning yuz berish xavfi ma‘nolari ustun darajada bо‗lib, ikkinchisida uzoq mulohaza qilib ultirmay, nima bо‗lsa bо‗ldi qabilida ish yuritish yoki butun umidni xudoga bog‗lab, har ish xudodan deb, yaxshilik bilan tugashiga umid qilib, xudoga ishonib ish yuritish ma‘nosida qо‗llaniladi. Lekin bir sо‗z bilan natijasi noaniq faoliyat, yaxshilik bilan tugashiga umid qilingan tavakkalchilik, muvaffakiyatli natijaga xavf soluvchi xatar, zarar keltirishi mumkin bо‗lgan faoliyat sifatida aynan zarur tarzda ifodalash imkoniyati bо‗lmagan hollarda iqtisodiy adabiyotlarda ifodalanayotgan fikrning ma‘nosiga kо‗ra о‗zbek tilida ham risk sо‗zi ishlatilmoqda.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot assimmetriyasi doimo mavjud bо‗lar ekan, uning salbiy oqibatlarini oldini olish yoki yumshatish uchun chora-tadbirlar belgilash zarur.

Birinchidan, respublikamizda, Ayniqsa, viloyatlarda xо‗jalik yurituvchi subyektlarni axborot bilan ta‘minlanishini yaxshilash lozim. Hozirgi paytda axborotlar turli-tuman manbalardan olinadi. Ularning manbalari rasmiy va norasmiy bо‗lishi mumkin. Axborotga bо‗lgan talabni rasmiy kanallar bilan ta‘minlash uchun respublikada, ayniqsa, viloyatlarda hali kо‗p ishlar qilinishi kerak.

Rasmiy axborotlar fond birjalari, tovar, xom ashyo birjalari gazeta, jurnal, radio, televideniye, turli maxsus reklama nashrlari, global kompyuter tarmog‗i internet, О‗zbekiston Davlat statistika qо‗mitasi, О‗zbekiston axborotlashtirish va aloqa agentligi chop etadigan maxsus ma‘lumotlar tо‗plami va boshqalardan olish mumkin. Hozirgi kunda, ayniqsa, internetdan foydalanishga katta ahamiyat berilayapti. Internet tarmog‗idan foydalanayotganlar 2003 yili avvalgi yilga nisbatan 2 baravar о‗sib, 0,5 mln kishiga yetdi. Lekin xali respublikamizda axborot bozori tо‗la shakllanib ulgurgani yо‗q. Shuning uchun tumanlarda xizmat kо‗rsatishning shakli sifatida axborot markazlari tashkil qilish kerakki, ular murojaat qiluvchilarni qiziqtirgan barcha axborot bilan ta‘minlash imkoniga ega bо‗lsinlar.

Ikkinchidan, tavakkalchilik natijasida katta zarar, tang ahvoldan chiqishga yordam berish chorasini kо‗rish zarur. Bu tavakkalchilik xatari boshqacha aytganda riskni sug‗urtalash orqali amalga oshiriladi.

Bu sug‗urta turi xо‗jalik subyektlari qiyin ahvolga tushib qolgan taqdirda ularni zararlarini qoplashga yordam beradi. Shu bilan birga sug‗urta faoliyatida yuz beradigan axborot asimmetriyasi davlatni sug‗urta faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga aralashuvini taqozo etadi.

Uchinchidan, respublikamizda axborot asimmetriyasi tufayli kelib chiqadigan salbiy oqibatlarni kamaytirsh uchun antimonopol, iste‘molchilarni huquqini himoya qiluvchi qonunlar qabul qilingan. Lekin olinadigan foyda, nafdan kо‗ra transaksion xarajatlarni yuqoriligi ana shu qonunlar asosida iste‘molchilarni о‗z huquqdarini himoya qilishga undamaydi. Shuning uchun bu sohada faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qо‗mitasining faol aralashuvini talab etadi.


4. Bozor iqtisodiyotida chayqovchilik, uni inson xulq-atvori bilan bog„liqligi va iqtisodiy pedagogikada о„rganish zaruriyati


Bozor iqtisodiyotiga xos axborot asimmetriyasi noaniqlik u о‗z navbatida olib-sotarlik va chayqovchilik mavjudligiga sabab bо‗ladi.



Olib-sotarlik — bu shunday faoliyatki, maqsad biron-bir tovarni bir bozordan olib boshqasida yoki bozorning boshqa sigmentida nisbatan yuqori narx bilan sotish orqali foyda olishdir. Olib sotarlik bozorda muvozanat yо‗qligi, talab va taklif о‗rtasida disbalans sharoitida yuz berishi mumkin. Iqtisodiy faoliyatning bu turi rangli metallar, qimmatli qog„ozlar, qishloq xо„jaligi mahsulotlari bozorida eng kо‗p yuz beradi. Olib-sotarlik XUDUDIY miqyosida baholarni farqi tufayli kelib chiqadi.

Olib sotarlikdan farqli ravishda chayqovchilik bir tovarni sotib olib shu bozorni о‗zida ma‘lum vaqtdan sо‗ng yuqori bahoda sotib foyda olishni bildiradi, ya‘ni chayqovchilik baholarni vaqt oralig‗idagi farqiga asoslanadi. Olib sotarlik va chayqovchilik bilan shug‗ullanadiganlar tavakkalchilik xatarini bila turib riskka borishadi. Real hayotda har ikki faoliyat birlashib, kо‗pincha umumiy nom «chayqovchilik» deb ataladi. Chayqovchilik faoliyatini tahlil qilganda muhim ahamiyatga ega uch usuliga e‘tibor qaratiladi.

Birinchi usul - bu tovarni sotib olish, uni saqlash, ma‘lum bir vaqtdan sо‗ng sotish. Chayqovchi tovarni sotib olar ekan, uni ma‘lum bir vaqtdan sо‗ng narxini kо‗tarilishini taxmin qiladi. Agar narx kо‗tarilmasa, u zarar kо‗radi.

Ikkinchi usul - fyuchers kontraktlari tuzish. Bunda kelgusida bitim tuzilgan kundagi narx bо‗yicha oldi-sotdi qilish majburiyati kо‗zda tutiladi. Tovar yetkazib berilgan muddatdagi narxga kо‗ra broker yoki xaridor foyda kо‗rishi mumkin. Qimmatli qog‗ozlarda ham xuddi shunday.

Uchinchi usul - opsion kontraktlari tuzish. Opsion shunday kontraktki - unga asoslanib, investor kelajakda ma‘lum miqdorda tovarni shu kungi baho bо‗yicha sotib olish huquqini sotib oladi. Uning о‗ziga xos xususiyati shundaki, u о‗z huquqini amalga oshirishi yoki yо‗qligi vaziyatga bog‗liq holda yuz beradi. Masalan, siz «О‗zavtotranstexnika» OAJ aksiyalari kelajakda qimmatlashadi deb, 1500 sо‗mdan 630 dona aksiya sotib olish uchun 15 iyul 2007 yili bir yilga kontrakt tuzdingiz. Sizga birja vositachisi kо‗rsatilgan muddatga qadar aksiyalarni shu narxda sotishi kerak. Siz agar bozorda aksiya narxlari oshsa, sotib olib, bozordagi shu kungi real bahoda sotib foyda olasiz. Aksincha bо‗lsa siz о‗z huquqingizni realizatsiya qilmaysiz. Lekin shartnoma tuzgandagi vositachiga gonorar sifatida bergan pulingizdan ayrilasiz.

Opsion kontrakta fyuchers kontraktiga nisbatan kamroq xatarli, sababi, yо‗qotadigan mablag‗ faqat vositachining gonorari miqyosida bо‗ladi. Bu jihatdan uni ma‘lum bir darajada sug‗urta elementi deb kо‗rish mumkin.

Muddatli kontraktlar (fyuchers, opsion)ni xedjirlash orqali oldi-sotti jarayonida baholarni о‗zgarishidan sug‗urtalash amalga oshiriladi. Investorning moliyaviy aktivlari qimmatini maksimal darajada saqlab qolish yoki sotishiga bir yoki bir necha muddatli kontraktlar tuzish orqali amalga oshiriladi.

Masalan, xedjer biron-bir aktiv, aytaylik uni qiziqtirgan «Toshkent otchopari» OAJ ning aksiyalarini bahosini tushishidan qо‗rqadi. Uni bir aksiyani 2,8 dollar bahosi qoniqtiradi. U aktivlarini qiymati uch oydan keyin ham pasayishini hohlamaydi. Buning uchun u qarama-qarshi

2 fyuchers shartnomalari tuzadi. Bitta shartnoma aksiyalarni 3 oydan sо‗ng 3 dollardan sotishga, ikkinchisi sotib olishga. Uch oydan keyin aksiya 3,2 dollar bо‗lsin. U 3 dollardan sotib olib yutadi, sotib yutqazadi. Natijada unda yutuq ham foyda ham yо‗q. Agar narx tushsa ham xuddi shunday tarzda ham yutadi, ham yutqazadi.

Shunday tarzda opsion kontraktlarni ham xedjirlash amalga oshiriladi. Xedjirlashda tavakkalchilik xatari yо‗qolmaydi, lekin unda xatarga yо‗l qо‗yuvchilar о‗zgaradi. Ishlab chiqaruvchi xatarni birja chayqovchisi zimmasiga yuklaydi. Chunki u risk qilishni yoqtirmaydi. Chayqovchi esa tavakkalchilik xatarini о‗z zimmasiga oladi. Sababi u risk qilish ishkibozi. Chayqovchilik yuzaki qaraganda osongina boyish yо‗li. Lekin u moliya bozorida о‗ziga xos vazifani bajaradi:



    1. Qimmatli qog‗ozlar bilan chayqovchilik potensial xaridorlarni ularga qiziqishini kuchaytiradi. Xaridorlarning bо‗sh pul mablag‗larini jalb etadi.

    2. Chayqovchilik qimmatli qog‗ozlarni likvidligini ta‘minlaydi va saqlaydi, bu о‗z navbatida investorlarni о‗ziga jalb etadi.

    3. Qimmatli qog‗ozlar kursini barqarorlashtirishga ta‘sir etadi. YA‘ni kо‗pchilik olayotganda sotadi, sotayotganda oladi. Qog‗ozlar kursini kattiq о‗zgarishi kо‗proq chayqovchilik operatsiyalariga xos. Shu bilan birga shuni qayd etish kerakki, mamlakat iqtisodiyoti uchun u katta zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun maxsus komitetlar va birjalar tashkil etilib, davlat tomonidan ta‘sir kо‗rsatiladi.

―Chayqovchilik‖ sо‗zi juda kо‗p hollarda salbiy ma‘noda ishlatiladi. «Chayqovchi» deganda kо‗z о‗ngimizga doimo insonlarni turli yо‗llar bilan aldashga urinuvchi uddaburon kishini keltiramiz. Shuning uchun bozor iqtisodiyotida «chayqovchi» emas, «vositachi»,

«menejer» bо‗ladi degan fikrdagilar ham talaygina. Lekin biz ularni qanday atamaylik, yuritayotgan faoliyati, qо‗ygan maqsadi tom ma‘nosi bilan chayqovchilik. Hamma narsani о‗z nomi bilan aytgan ma‘qul. Albatta, jamiyatni qoralovchi fikri tо‗g‗ri, lekin u qachonki norasmiy, noqonuniy bо‗lsa.

1082-1083 yillarda yozilgan «Qobusnoma»ning muallifi Kaykovus «Savdogarchilik va olib sotarlik xunar hisoblanmaydi, ammo buni yaxshi san‘at desa bо‗ladi deb yozadi. Savdogarchilik va olib-sotarlikni bir qatorga qо‗yib, Kaykovus noaniqlikka yо‗l qо‗ygan. Alisher Navoiyning ta‘rificha, savdogar halol rizq topaman deb uzoq mashaqqatli yо‗llarni bosadi. U inson jamoalari о‗rtasida iqtisodiy munosabatlarni tashkil qiladi. Bir yurtdagi ayrim ashyolarning ortiqcha serobgarchiligi va qadrsizligining oldini olib, boshqa yurtdagi taqchillikka barham beradi.

Iqtisodiy muvozanatni ta‘minlaydi. Shahar olib sotarlarida esa insof о‗rnini birni yuz qilish, bо‗zni shoyiga «aylantirish» hissi eg‗allab olgan bо‗ladi. Ular savdogarchilik mashaqqatlaridan bо‗yin tovlab, chayqovchiga aylanadilar. Navoiy ta‘rificha biron-bir tovarni sotib olib, о‗sha yerda sotish savdogarchilik emas, chayqovchilikdir.

Savdogarchilik va chayqovchilikning farqi Islom ta‘limotida aniqlab berilgan. Muhammad payg‗ambar hadislarida «yurtimizda bо‗lmagan ashyolarni chetdan keltirib sotuvchilar savobga ega bо‗ladilar, bozorlarimizdagi narsalarni uyida yashirib saqlovchi odam gо‗yo tangrining kitobidagi xudosiz kabidir» deyiladi. Islom ta‘limoti bо‗yicha, «kasbning eng yaxshisi kishining о‗z qо‗li bilan bajaradigan ishi va halol savdodir» demak savdogarchilik xunarmandchilik qatori eng yaxshi kasbdir. Ibn Xaldun dehqonchilik va hunarmandchilik bilan birga savdoni

«tirikchilikning tabiiy usuli deb hisoblagan. U tovarlarni g‗amlab, ularga baho oshishini kutib chayqovchilik qilishga qarshi chiqqan, ayniqsa g‗alla bilan chayqovchilikni qoralagan. Chunki muxtojlar ahvoliga g‗allanig narxi baland bо‗lishi yomon ta‘sir qiladi» deydi. Musulmon huquqshunosligida о‗sha davrdayoq bozorlarda yakkahokimlikka erishish ta‘qiqlangan. Muhammad payg‗ambar «ehtikor (yakkahokimlik) qiluvchilar Olloh rahmatidan mahrumdirlar degan. Kimki bilib turib о‗g‗rilik narsani sotib olsa, u shu о‗g‗rilikning ori va gunohiga sherik hisoblangan.

О‗rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar mol ayirboshlashda, oldi-sotdida noekvivalentlikni, aldash, adolatsizlikni qoralaganlar. Oldi-sotdida nopok, firibgar, chayqovchi, dallolu qalloblar turli nayrang ishlatib bо‗zni shoyi deb о‗tkazadigan, arzon olib qimmatga sotib, xalq chо‗ntagiga kirishni, shilishni kasb qilib olgan surbetlar qadimdan mavjud bо‗lishgan. Shahar olib sotari - xiyonatchi, orzusi arzon olib, qimmat sotishdir. О‗g‗il otani aldashi bularning hunarlaridir» deydi Navoiy. Savdogar faqat foydani niyat qilmasa, uning faoliyatidan faqrbechoralar ham boyib, bahra olsa, ular muxtojlarga berilishi lozim bо‗lgan shar‘iy zakot - diniy soliqni har yili о‗z vaqtida tо‗lab turishsa, ya‘ni savdo xalqda, davlatga xizmat qilsa, foyda keltiradigan bо‗lishsa degan g‗oyani ilgari suradi. Savdogar va chayqovchilarni insofga chaqiradi. Agar ular bunga kо‗nmasa, davlat narxlar bilan shug‗ullanishga, oshirib sotuvchilariga tanbeh, jazo berishga, davlatning ijtimoiy rolini oshirishga da‘vat etadi.

Muqaddas «Qur‘oni karim» va «Hadislar»da tijoratning barcha qonun-qoidalari, shartlari berilgan. Odamlarni insofla bо‗lishga, birovlarning haqiga xiyonat qilmaslikka, halol mol topishga, nafs yо‗liga kirmaslikka chaqiradi. Imon-e‘tikodni unutib, о‗tkinchi dunyo lazzatlariga maxliyo bо‗lib, insoniylikka shak keltirish qattiq qoralangan. Masalan, «Xadislar»da bir yurtdan ikkinchi yurtga keltirib sotiladigan mollardan qoladigan sof daromadning о‗n foizdan oshiqchasi makruh-harom hisoblangan.

Olib-sotarlik, chayqovchilik haqidagi masalalar hozirgi kunda ham о‗z ahamiyatini yо‗qotmagan. Masalan, inqirozga yuz tutgan AQShlik yirik chayqovchilar: eng yirik birja firmalaridan birining baland martabali menejerlari A. Boyski va M. Millekenlar nomi butun dunyoga taraldi. M. Milleken past darajadagi aksiyalar junk fonds ixtirochisi, qaysiki ular yordamida kompaniyalarni qо‗shilishi va birini ikkinchisi tomonidan «yutilishi» amalga oshirilgan. Uning uchun u noinsoflikda ayblangan, A. Boyski bо‗lsa, «sinish, yutilish», arafasida turgan korporatsiyalarning aksiyalari bilan chayqovchilik qilgan.

Umuman olganda chayqovchilik nafaqat qimmatli qog‗ozlar bilan (ular bilan kо‗proq) balki hamma soxada, qayerda imkoniyat bо‗lsa shu yerda bо‗ladi. Noqonuniy, nolegal chayqovchilik, yolg‗on axborot tarqatish, noqonuniy bitimlar tuzish kabilarda ifodalanadi.

Davlat shuning uchun bunday xodisalarga qarshi chora-tadbirlar kо‗radi, qonun-qoidalar qabul qiladi. Bordi-yu davlat bozorda qayd qilingan narxlar о‗rnatsa chayqovchilik yashirin tus oladi. Chayqovchilik taqchil tovar oldi-sottisi tufayli yuz berib, disbalansni chuqurlashuvini keltirib chiqarishi mumkin. Lekin normal, legal chayqovchilik bozor iqtisodiyotini rivojlanishiga ta‘sir kо‗rsatadi.

- Buning birinchi ijobiy tomoni tavakkalchilik xatarini sug‗urta qilish xaqida tо‗xtaganda kо‗rdik. Chayqovchilik xedjerlash operatsiyalari yordamida bozorning boshqa qatnashchilarini о‗zini himoyalash, sug‗urta qilish imkonini beradi.

Ikkinchi muhim funksiyasi bozordagi hukmron tendensiya haqida axborotlar berish. Bunday qarasak chayqovchilik axborot tarqatish manfaatlariga zid. Haqiqatdan ham shunday. Lekin axborotni ular о„z hoxish-istaklaridan qatiy nazar tarqatishadi. Biron-bir resursga baholar о„sishini kutgan holda uni qazib chiqaradigan kompaniyalar aksiyalarini sotib olishni boshlashadi. Aksiyalarni kо„plab sotib olinishi uning narxini о„sishiga olib keladi. Baho hamma uchun axborot manbasi. Jamiyat miqyosida mazkur resursning qimmatlashuvi kutiladi. Endi axborot hamma uchun ochiq.

Chayqovchilikning yana bir funksiyasi-konservatsiya qilish yoki taqchil resurslarni (masalan, foydali qazilmalarni) ishlatipshi kamaytirish. Chayqovchi taqchillikni kutib, resursni sotib oladi, uni qazib chiqarishni vaqtincha tо‗xtatib qо‗yadi. Maqsad resursni keyinchalik baho kо‗tarilganda sotadi. Resurs kam bо‗lganda baho kо‗tariladi. Bu signal boshqalar tomonidan ham qabul qilinadi va yoppasiga shu tabiiy resursni qazib chiqarish qisqartiriladi. Resurs qimmat bо‗lgach undan tejab-tergab foydalanish yо‗llari qidiriladi. Albatta, chayqovchilar ham xato qilishadi. Ularni vaziyatni notо‗g‗ri baholashi notо‗g‗ri axborot tarqatishiga olib kelib, boshqa iqtisodiy obyektlarni ham adashtiradi. Lekin oxir-oqibat ular yutqazadilar, bozorni tark etadilar. Jamiyat uchun hakiqiy foydali funksiyalarni bajaradigan chayqovchilargina qolishadi.

Respublikamizda metallar bilan savdo qilish davlat monopoliyasida. Qimmatli qog‗ozlar bozori endi rivojlanib borayapti. Shuning uchun hali bu bozorda chayqovchilik keng ma‘noda avj olganicha yо‗q. Lekin ilgaridan iste‘mol mollari bilan chayqovchilik mavjud bо‗lgan. Ayniqsa, qishloq xо‗jalik mahsulotlari bilan. Lekin chayqovchilik tavakkalchilik xatari yuqori faoliyat. U faqat foyda emas, katta zarar kо‗rishi ham mumkin.

Shunday qilib, tarixiy tajriba shuni kо‗rsatdiki, bozor shti-sodiyoti sо‗zeiz afzallikka ega, lekin kamchiliklardan ham xoli emas. Ammo bu kamchiliklarni davlatning funksiyalari yordamida bartaraf qolish yoki minimal darajaga keltirish mumkin. Demak, talabalar bozorning ana shu jihatlari bilan ham tanishishlari darkor. Ular sо‗zsiz iqtisodiy xulq-atvor, tafakkurni shakllanishiga ta‘sir kо‗rsatadi. Tanlash, mustaqil qaror qabul qilishni о‗rganishga yordam beradi.




Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Ma‘lumki meyoriy naflilik nazariyasi tarafdorlari ikki yо‗nalishga bо‗linadi: kardinalistik va ordinalistik. Ularning farqi nimada?

  2. Befarqlik egri chizig‗i deb qanday chiziqda aytiladi? 3. Nima sababdan befarqlik egri chizig‗ini byudjet chizig‗i sifatida ham kо‗rish mumkin?

  1. Optimal tanlov deb qanday tanlovni aytamiz? Uni qanday topish mumkin?

  2. Insonlarning xulq-atvoriga kо‗ra kutilayotgan naflilikka munosabatini shakllanishi haqida nima deya olasiz?

  3. Riskka neytrallik, befarqlik, moyillik, riskdan qochish haqida fikringiz qanday? Ularni chizmada tasvirlab bera olasizmi?

  4. Riskni kamaytirishni qanday yо‗llarini bilasiz?

  5. Axborotni asimmetrik tarqalishi deganda nimani tushunamiz va u iste‘molchi tanloviga qanday ta‘sir kо‗rsatadi?

  6. Daromadga kо‗ra risk qilishga munosabat qanday о‗zgarishi mumkin, sababi nimada?

  7. Chayqovchilik haqida fikringiz qanday? Uning moddiy, ma‘naviy-axloqiy jihatlari haqida qanday fikrdasiz? Uning ijobiy tomoni ham bormi yoki faqat salbiymi?



7-Ma‟ruza: IQTISODIY TAFAKKUR VA IQTISODIY MADANIYAT


Reja




  1. Iqtisodiy tafakkur va uning shakllanishi

  2. Iqtisodiy tafakkur va amaliyot

3.Bozor iqtisodiyotiga о‗tish jarayonida ma‘naviy barkamol avlod tarbiyasi

4. Iqtisodiy tafakkurning iqtisodiy madaniyatni shakllanishiga ta‘siri



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Iqtisodiy tafakkur, abstrakt tafakkur, amaliy tafakkur, intuitiv tafakkur, tahliliy tafakkur, amaliyot, iqtisodiy madaniyat, shaxs iqtisodiy madaniyati, ijtimoiy iqtisodiy madaniyat, tadbirkorlik madaniyati, soliq madaniyati.


1. Iqtisodiy tafakkur va uning shakllanishi


Mamlakatimizda kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, kо‗p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, iqtisodiyotda tarkibiy о‗zgarishlarni amalga oshirish, ya‘ni iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishgina emas, insonlarda, ayniqsa, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhim rol о‗ynaydi. Chunki iqtisodiy tafakkur jamiyat a‘zolarining dunyo qarashini shakllantirishda mustaqil fikr yuritish, vaziyatga kо‗ra qaror qabul qilishga, о‗rganishiga asos bо‗ladi.

Ma‘lumki, tafakkur keng qamrovli tushuncha. U о‗zida falsafiy, sotsiologik va psixologik ma‘nolarni ifodalaydi. In‘ikos sifatida olib qaraladigan tafakkur voqelikni bevosita va umumlashgan tarzda bilish, ma‘naviy jihatdan о‗zlashtirish va uni о‗zgartirishning alohida omili sifatida qaralib, unga turlicha ta‘rif beriladi. Fan tafakkurni turli tomondan ilmiy yoritadi, uning ziddiyatli jarayon ekanligini e‘tirof etadi. Tafakkur jarayon sifatida taxlil, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish va hokazo umumiy mantikdy amallarni qamrab oladi, yagona qonuniyatga bо‗ysunadi va yagona psixologik mexanizm yordamida amalga oshiriladi. Inson intellekti va tafakkurning asosiy mexanizmlari ham yagona, lekin aqliy faoliyati shakllari qо‗yiladigan masalaga qarab turlicha.

Inson u yoki bu kasbni о‗rganar ekan, unda kasbiy tafakkur shakllanadi va u aqliy faoliyatning yetuk shakli hisoblanadi.

Shaxs faoliyati, uning oldiga qо‗ygan maqsadi, kasbiga doir muammo va masalalarni yechish mazmuniga, uning vosita va amallariga kо‗ra tafakkurning u yoki bu qirralari asosiy о‗rin tutadi va u amaliy tafakkur, matematik tafakkur, tahliliy tafakkur, intuitiv tafakkur, abstrakt tafakkur, iqtisodiy tafakkur, kasbiy tafakkur va hokazolar sifatida tavsiflanadi.

Bizni kо‗proq tafakkurni iqtisodiy va pedagogik jihatdan о‗rganish qiziqtiradi. Uning boshqa jihatlarini boshqa fanlar о‗rganadi. Boshqacha aytganda, uni iqtisodiy jihatdan tarbiyalovchi funksiyasi, uni iqtisodiy fikrlovchi insonni shakllantirishini о‗rganish nazarda tutiladi.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga о‗tilar ekan, sifat jihatdan tubdan farq qiluvchi, yangicha iqtisodiy fikrlovchi, yangi tipdagi mutaxassisni shakllanitirish lozim bо‗ldi.

«Buni hisobga olgan holda mamlakatimizda kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‗zgartirish iqtisodiyotni isloh qilishning strategik maqsadlaridan biri sifatida qо‗yildi». 40

Yangicha tipdagi iqtisodiy fikrlash iqtisodiyotdagi muammolarni prinsipial jihatdan yangicha, sifat jihatdan totalitar buyruqbozlikka asoslangan tizimdan farqli tarzda yechishni obyektiv zarurligiga asoslanadi. Iqtisodiy tafakkur deganda, nimani tushunamiz degan savol tug‗iladi.

«Iqtisodiy holatning mohiyatini, iqtisodiy rivojlanishning qonun-qoidalarini, о‗ziga xos tomonlarini tushunib yashash, bu iqtisodiy nazariyalarni bilish va ulardan samarali foydalanish qobiliyati iqtisodiy tafakkurni vujudga keltiradi», - deyishadi bir guruh olimlar41.

Ularning fikricha iqtisodiy tafakkurning mohiyati va xususiyatlariga qarab, uning uch xil turini kо‗rsatib о‗tish mumkin:


  1. Oddiy kuzatish va anglash tamoyillariga asoslangan iqtisodiy tafakkur.

  2. Chuqur bilimlar va g‗oyalarga asoslangan iqtisodiy tafakkur.

  3. Talaba muammolar, murakkab jarayonlar tahlili bilan bog‗liq iqtisodiy tafakkur. 42

Yangicha iqtisodiy tafakkur esa yana bir tadqiqotchi olim tomonidan quyidagicha ifodalanadi: «Yangicha iqtisodiy tafakkur, bizning nazarimizga kо‗ra, uchta asosga ega. Birinchidan, insonning bozor sharoitida muhim bо‗lgan shaxsiy fazilatlari. Ikkinchidan, texnika taraqqiyotining zamonaviy darajasi, xususan moddiy ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari nisbati. Uchinchidan, davrimizga xos ijtimoiy jarayonlarning har bir mamlakat ijtimoiy-madaniy xususiyatlarining о‗ziga xos nisbati va ijtimoiy turmushning globallashuvi bilan tavsiflanadi43.

Bildirilgan fikrlarda jon bor, unda mualliflarning iqtisodiy tafakkurga qarashi ifodalangan. Lekin bizningcha iqtisodiy tafakkurni quyidagicha ta‘riflash haqikatga yaqinroq. Iqtisodiy tafakkur - bu iqtisodiy fikrlash, bilimning natijasidir.

Iqtisodiy tafakkur chegarani xis qilish, meyorni bilish, hisob-kitob qilish orqali xohish, istak bilan real imkoniyatni taqqoslab qaror qabul qilishda ifodalanadi.

Iqtisodiy tafakkur 1) iqtisodiy bilim, qarashlar, g‗oyalar, ma‘naviy yaxlitligi sifatida; 2) iqtisodiy qarashlar g‗oyalarning asosi; 3) odamlar tomonidan о‗rganilgan iqtisodiy bilimlargina emas, balki iqtisodiy munosabatlar, aloqalarda namoyon bо‗ladi.

Iqtisodiy tafakkurni shakllanishi dastlab, shaxsiy tajribalar, og‗ir jismoniy mehnatni yengillashtirishga, cheklangan resurslardan samaraliroq foydalanishga, turmush darajasini kо‗tarishga bо‗lgan intilishlar bilan bog‗liq bо‗lsa, keyinchalik u falsafiy, sо‗ngra diniy qarashlar bilan bog‗liq holda rivojlandi.

Iqtisodiy qarashlar va g‗oyalarning rivojlanishi, iqtisodiy maktablar shakllanishi va iqtisodiy fanlar vujudga kelishi bilan iqtisodiy tafakkur yangi bosqichga kо‗tarildi.

Yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishning bosh manbai esa - bu fan va uning taraqqiyotidir.

Mustaqillikka erishganimizdan sо‗ng iqtisodiy tafakkurni shakllantirish eng muhim masalalardan biri bо‗lib qoldi. Yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllanishi va rivojlanishida mehnatni erkin faoliyatga aylanishi, iqtisodiyotni siyosat va mafkura tazyiqidan xalos bо‗lishi, iqtisodiy qonunlar amal qilishi asosida taraqqiy etib borishi muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiy tafakkur matematik, amaliy, intuitiv, tahliliy, abstrakt tafakkurning bir butunligidan iborat.

Abstrakt tafakkur о‗rganilayotgan obyektning biror belgisini, asosiy tomoniga diqqat qaratib, qolgan ikkinchi darajali tomonlarini hisobga olmasdan о‗rganishdir.

Amaliy tafakkur real hayotda sinash, kuzatish, tajriba tо‗plash jarayonida yuz berib nazariy tafakkur bilan taqqoslanadi. U maqsad qо‗yish va uni rejalashtirish, amalga oshirish bilan bog‗liq.

Intuitiv tafakkur aniq bosqichlarni yо‗qligi bilan harakterlanadi. U barcha muammolarni qisqartirib idrok qilishga asoslangan. Odatda, bu tafakkurni «kо‗nglimga keldi, uni bajardim» deya ifodalaymiz. Bunda biron tushuncha, voqea-hodisani о‗rganish yoki faoliyatni amalga oshirishda ayrim bо‗g‗inlarni tashlab yuboramiz yoki ahamiyat ham bermaymiz. Shuning uchun intuitiv tafakkur yordamida chiqarilgan xulosa, olingan natijani tahlil qilib chiqishimiz lozim.

Tahliliy tafakkur har bir hodisa, voqea, jarayonni chuqur atroflicha о‗rganish asosida xulosa chiqarishni ifodalaydi. Analitik, ya‘ni tahliliy fikr yurituvchi inson maqsadni aniq qо‗yadi va uni amalga oshirishning mohiyatini aniq tasavvur qiladi. Intuitiv va tahliliy tafakkur bir-birini tо‗ldiradi.

Agar insonda intuitiv tafakkur bо‗lmaganda, kо‗p masalalarni tahliliy tafakkur yordamida yechib bо‗lmas yoki yechish uchun juda kо‗p vaqt sarflangan bular edi.



Iqtisodiy tafakkur tarkibi: muammoni anglash; uni kelib chiqish sababini aniqlash; hisobkitob qilish; uning yechimini qidirish va yechimining muqobil variantlarini topish; topilgan yechimlardan eng optimalini tanlash; uni tekshirish va tahlil etish kabilardan iborat.

Iqtisodchi pedagog aynan ana shunday fikrlashni yoshlarda shakllantirishga e‘tibor berishi lozim.

Iqtisodchi pedagogning faoliyati uning kasbiy tafakkurini xususiyatlarini aks ettiradi. Har qanday pedagogik jarayon ijodiy bо‗lib, ma‘lumki ijodiy jarayonda tafakkur yetakchi rol о‗ynaydi, boshqacha aytganda tafakkur ijodiy faoliyatning asosidir. Shuning uchun bо‗lajak iqtisodchi pedagoglarning kasbiy tayyorgarligida tafakkurni shakllantirishga ijodiy yondashish katta ahamiyatga ega.


2. Iqtisodiy tafakkur va amaliyot


Bozor iqtisodiyotiga о‗tish tufayli о‗tkazilgan iqtisodiy islohotlar va hozirgi bosqichda ularni yanada chuqurlashtirish shaxsni har tomonlama kamolotga yetkazishga, turmush farovonligini kо‗tarishga qaratilgan.

Inson muayyan maqsad sari intilar ekan, uning faoliyati zaminida о‗z oilasining moddiy sharoiti va manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega bо‗ladi. Inson hayotida iqtisodiy faoliyat, uning natijasida yaratilgan ne‘matlar asosiy о‗rin tutadi. Ana shu ne‘matlarni qay tarzda qanday xarajatlar bilan yaratilishida iqtisodiy bilimlar muhim о‗rin tutadi.

Iqtisodiy tafakkurning kuchi - uni amaliyot hayot bilan bog‗liqligida. Abstraktlik bilan aniqlik, nazariya bilan amaliyot birligi, iqtisodiy reallikni bilish va uni anglab yetish tafakkurning zaruriy, asosiy shartidir.

Hozirgi taraqqiyot darajasida iqtisodiy fanlarsiz, ularni chuqur о‗rganmay, uzoqqa borib bо‗lmaydi. Bozor iqtisodiyotida xо‗jalik yuritish uchun har tomonlama puxta о‗ylash, lekin doimo amaliyot bilan bog‗lanishi zarur.

Insonlarda yangicha iqtisodiy tafakkurni yuqori darajada bо‗lishi uchun iqtisodiy fanlar rivojlanishi hamda iqtisodiy fikr yurita bilish zarur.

Iqtisodiy tarbiya ta‘lim jarayonini ajralmas tarkibiy qismi sifatida uni tо‗ldirishi va amaliy kо‗nikmalar bilan boyitishi lozim. 44

Bozor iqtisodiyotining ichki о‗ziga xos ilg‗or xususiyati bu barchaga, har bir kishiga teng iqtisodiy erkinliklarni berish, ularni mustaqil faoliyat kо‗rsatishi, farovon hayot kechirish, о‗zi va davlat manfaatlarini rо‗yobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlar, har qanday faoliyatning huquqiy, adolatli negizini yaratishdir. Buning uchun: a) mamlakatimizning har bir fuqarosida ana shunday imkoniyatlardan foydalana oladigan iqtisodiy fikrlash qobiliyatini tarbiyalash lozim; b) iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotimizni rivojlantirishning kuchli omiliga aylanayotganini hisobga olib, iqtisodiy fanlarni chuqur о‗rganishni yо‗lga qо‗yish lozim.

Iqtisodiy tafakkurni izchil rivojlanishi nazariya va amaliyotning uzviy bog‗liqligidan kelib chiqadi. Aynan iqtisodiy nazariya va iqtisodiy siyosatning uzviy bog‗liqligiga erishish iqtisodiy madaniyat yuksalishiga ijobiy ta‘sir qiladi.

Iqtisodiy manfaatdorlikni adolatli hal etish, jamiyatni haddan tashqari tabaqalanishini kuchayishiga yо‗l qо‗ymaslik muhim rol о‗ynaydi.

Milliy iqtisodiy tafakkurni mustaqillik yillarida rivojlanishi xususiy mulkchilikni e‘tirof etish, milliy iqtisodiyot tarmoklarida tub tarkibiy о‗zgarishlarni ta‘minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar salmog‗ini oshirish bilan bir qatorda mutaxassis kadrlarni xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikka qodir bо‗lgan bilimlarni о‗zlashtirishini talab etadi.

Hozirgi kunda iqtisodiyotning talabi: har bir kishi о‗z bilimlaridan foydalana olishi, yangicha dunyoqarashga ega bо‗lishi va iqtisodiy masalalarga tо‗g‗ri yechim topa olishi kerak.

Bunga kо‗p jihatdan dars jarayonida iqtisodiy tafakkurni rivojlantiradigan metodlarni qо‗llashga ahamiyat berish orqali erishish mumkin.

Tafakkurni rivojlantirish о‗z navbatida ongni ham rivojlantirish omilidir. Tafakkur va ongning о‗zaro munosabatida tafakkur faol bо‗lib, iqtisodiy ongni qayta yо‗naltirish uchun yangi tafakkur tarkib topishini rag‗batlantirish va rivojlantirish lozim. U yoki bu qarashlar jamiyatda keng tarqalishi, biroq faqat bilimlar darajasida qolishi, e‘tiqodga aylanmasligi, amaliyotda keng qо‗llanmasligi mumkin.

Mutaxassislar tafakkurni «tanballigi»ni inson zaifligining eng kо‗p tarqalgan sohalaridan biri deyishadi. Buning ma‘nosi shuki boshqalarnini fikriga tayanib, xulosalar qilish hamma vaqt oson, mustaqil fikrlash esa qiyin kechadi. Kо‗pincha odamlarning, jumladan, rahbarlarning hamon yuqori tashkilotlardan kо‗rsatmalar kutib, shaxsiy tashabbus kо‗rsatmayotganini boisini shu bilan izohlash mumkin.


3.Bozor iqtisodiyotiga о„tish jarayonida ma‟naviy barkamol avlod tarbiyasi


Mamlakatimiz ham mustaqillikni qо‗lga kiritmagan, bozor iqtisodiyotiga о‗tmagan davrda boshqa tizim hukmronlik qilgan. Bu tizim «rivojlangan sotsializm» deb atalib, iqtisodiy munosabatlar, jahon mamlakatlari bilan о‗zaro iqtisodiy aloqalar ham shu tizimga xos bо‗lib, iqtisodiy rivojlanish yо‗li markazlashgan, qatiy rejalashtirilgan, iyerarxik tarzdagi buyruqbozlikka asoslangan edi.

Eskicha yashash tamoyillariga ham mafkuraviy, ham amaliy jihatdan kо‗nikib qolgan kishilarimiz dastlabki paytlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida yashashga tayyor emas edi. Markazlashgan rejali iqtisod odamlarni boqimanda, yuqoridan beriladigan buyruqni kutish va uni bajarishga odatlantirgan edi. Shuning uchun ham boqimandalikka mutlaqo о‗xshamaydigan, har bir kishidan mustaqil fikr yuritib, qaror qabul qilishga, tashabbusga asoslangan yangicha iqtisodiy tafakkurni qaror topishini talab qiladigan bozor iqtisodiyotiga о‗tishning va mustaqilligimizning dastlabki yillari anchayin qiyin kechdi.

Umuman olganda, odamlarni yangicha iqtisodiy-siyosiy tizimga tayyorlash – unga moslashishlik vazifasi nihoyatda murakkab ziddiyatli jarayon, uzoq vaqtni talab qiladi va jamiyatning hamma sohalari: iqtisod, siyosat, mafkura, ma‘naviyat, madaniyat, ta‘lim-tarbiya va boshqalarni qamrab oladi.

Bozor sharoitida insonga tashabbuskorlik, tadbirkorlik, noaniqlik va о‗zgarib turuvchi vaziyatlarga moslasha olish, muqobil variantlarni kо‗ra bilish, ulardan eng ratsionalini tanlay bilish kо‗nikmasini hosil qilish, mag‗lubiyatdan ruhini tushurmaslik, darhol, yangi yо‗llarni izlash fazilatlarini tarbiyalash zarur. Mag‗lubiyatni tan olish, chekinish, raqobatda yutib chiqish uchun yangidan kurash boshlash va boshqa shu kabilar bozor psixologiyasining о‗ziga xos xususiyatlaridir. Ammo har qanday kishi ham bunga tayyor emas. Aytish mumkinki, bozorga о‗tish davrining qiyinchiliklari, bozorning riskka asoslanganligi kо‗p jihatdan aynan kishilarning psixologik jihatdan tayyor emasligi, ularda tegishli shaxsiy fazilatlarning rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.

Agarda shaxs tafakkuri mos ravishdagi aqidalarga asoslanmasa olingan iqtisodiy bilimlar unga naf bermaydi.

Albatta, hamma insonlarda tadbirkorlik qobiliyati bir xil emas, psixolog olimlarning tadqiqotiga kо‗ra riskka moyil bо‗lgan kishilardan hamda intuitiv va tahliliy tafakkuri yuqori kishilardan kо‗proq muvaffaqiyat bilan ish olib boruvchi tadbirkorlar chiqar ekan.

Bu yerda iqtisodiy jihatdan tarbiyaning ahamiyati shundaki, insonda iqtisodiy tafakkurni shakllanishi asosida о‗z qobiliyatiga, obyektiv sharoitga, tabiatan berilgan shaxsiy fazilatlariga kо‗ra faoliyat turini tо‗g‗ri tanlash imkonini beradi.

Hozirgi kunda inson iqtisodiyot sohasida katta hajmdagi axborot va uning nihoyatda katta tezlikda uzatilishiga duch keladi. Shu bilan birga axborot asimmetriyasi muhim rol о‗ynaydi.

Bozor iqtisodiyoti klincha olingan axborotlar asosida tezkor qaror qabul qilishni talab qiladi. Bunday sharoitda intuitiv va tahliliy tafakkurga ega bо‗lish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy tafakkurning о‗zi kо‗p jihatdan ana shu tahliliy va intuitiv tafakkurga tayanadi. Inson voqea-hodisalar oqimini oldindan tasavvur qila olmasa, tо‗g‗ri qaror qabul qilish qiyin.

Intuitsiyada u yoki bu vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi bо‗yicha avval orttirilgan tajriba namoyon bо‗ladi.

Hozirgi kunda axborotlar iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishini belgilovchi asosiy omilga aylanmoqda. Muayyan axborot zarur qaror qabul qilish doirasini qisqartiradi, bu о‗z navbatida insonni qat‘iyatsizlikdan ma‘lum darajada xalos qilib, qaror qabul qilishini tezlashtiradi.

Iqtisodiy tafakkur va uning amaliyotda namoyon bо‗lishida muayyan xalqning mentaliteti, uning kuchli jihatlari muhim ahamiyatga ega. Shaxs uchun zarur bо‗lgan fazilatlarni shakllanishi mentalitet bilan bog‗liq. Masalan, Shark xalqlari uchun uyushganlik, jamoatchilik, Fapb xalqlari uchun individuallik xos. Ulkan iqtisodiy yutuqlarni Yaponiya, Janubiy Koreya, qator boshqa Osiyo mamlakatlari uyushganlik hisobiga, AQSH, G‗arbiy Yevropa mamlakatlari esa individuallik tufayli qо‗lga kiritdi.

Uyushganlik tezkor qarorlarni qabul qilishda о‗zaro munosabatga, hamjihatlik bilan faoliyat yuritishga kirishishga tayyorlikni aks ettirsa, individuallik insonning о‗z kuchiga tayanish, tashabbus kо‗rsatish erkinligidir. Amalda ushbu ikki xususiyat о‗zaro bir-biriga ta‘sir kо‗rsatadi, bir-birini boyitadi.

Bozor iqtisodiyotiga о‗tish jarayonida ma‘naviy barkamol avlod tarbiyasi — iqtisodiy ta‘lim va tarbiyaning jamiyat hayotidagi nufuzini muntazam oshirib borishni taqozo qiladi. Bu nafaqat kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishning, balki iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish yо‗lidagi strategik maqsadlarimizni ham bir yо‗la rо‗yobga chiqarib borishning muhim sharti deb, о‗ylaymiz45.

Bu jihatdan ta‘limga ham yuqori talab qо‗yilmoqda. Hozirgi sharoitda о‗quv dasturlari, xususan iqtisodiy fanlar bо‗yicha dasturlar, ulardagi mavzular iqtisodiy vaziyat va bozor talablarini hisobga olish bilan birga yoshlarga ularni qay yо‗nalishda ketishini oldindan kо‗ra bilishni о‗rgatishini ham hisobga olish kerak.

Mustaqil О‗zbekistonning kelajagi, uning jahondagi ilg‗or davlatlardan biriga aylanishi yangicha iqtisodiy tafakkurni naqadar chuqur va keng о‗zlashtirib olganimiz, о‗z hayotimiz, turmush tarzimizning uzviy qismiga nechog‗lik aylantirishimizga bog‗liq.


4. Iqtisodiy tafakkurning iqtisodiy madaniyatni shakllanishiga ta‟siri


Puxta iqtisodiy bilimlar iqtisodiy tafakkurni, u esa zamonaviy iqtisodiy madaniyat va iqtisodiy taraqqiyotni uzluksizligini taqozo etadi.

Madaniyat jamiyat tomonidan yaratiladi hamda uning о‗ziga xizmat qiladi, ijtimoiy munosabatlar, aloqalar barqarorligi va takomillashib borishini ta‘minlaydi.

Madaniyat keng qamrovli tushuncha. Madaniyat: 1. Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma‘naviy hayotida qо‗lga kiritgan yutuqlari majmui. 2. Biror ijtimoiy guruh, qatlam yoki xalqning ma‘lum davrda qо‗lga kiritgan shunday yutuqlari darajasi. Biror xо‗jalik yoki aqliy mehnat sohasidagi rivojlanganlik darajasi. 3. О‗qimishlilik, ta‘lim-tarbiya kо‗rganlik, ziyolilik, ma‘rifatlilik. Turmushning ma‘rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlari yig‗indisi sifatida talqin etiladi.

Madaniyat deyilganda dastlab insoniyatning tabiatga kо‗rsatadigan maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-tarbiya berish tushunilgan.

Lotinchada cultura - yerni ishlash, parvarishlash ma‘nosini beradi. Rus tilidagi kultura sо‗zi ham shundan olingan.

Tarbiya faqat mavjud normalarga urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishgina emas, balki ularga rioya qilish istagini rag‗batlantirishni ham о‗z ichiga olgan.

Madaniyat sо‗zi ma‘nosining izohlaridan kо‗rinib turibdiki, u nihoyatda keng qamrovli tushuncha. U inson hayoti, faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi.

Shuning uchun uni о‗rganish, insonning kelgusi hayotida mavjud tajribalardan foydalanish maqsadida uni nazariy jihatdan empirik о‗rganishda ustun darajada diqqat qaratilishi lozim bо‗lgan yо‗nalishlarga ajratiladi. Masalan, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, iqtisodiy madaniyatni о‗zini boshqaruv madaniyatini, soliq madaniyati, tadbirkorlik madaniyati, xizmat kо‗rsatish madaniyati, iste‘molchi madaniyati va hakazolarga ajratish mumkin. Iqtisodiy tafakkur va iqtisodiy madaniyatga alohida e‘tibor qaratilishi bejiz emas, chunki inson hayotining asosini iqtisodiy faoliyat tashkil etadi.

Ilg‗or iqtisodiy madaniyatni shakllantirishga bо‗lgan bugungi ehtiyoj insonning ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishidagi roli ortib borishi bilan belgilanadi. Iqtisodiy madaniyat kishilarning iqtisod sohasidagi faol ommaviy ishtirokini, bilimlari, malaka va ishbilarmonligi, ongi va tafakkurining rivojlanganligi darajasini aks ettiradi. U insonning iqtisodiy sohadagi faoliyati samarasini, jamiyatda tо‗plangan iqtisodiy tajribani umumlashgan holda namoyon etadi.

Iqtisodiy madaniyatga umuman madaniyatning bir yо‗nalishi sifatida qarash mumkin. Shu bilan birga shuni ta‘kidlash joizki, madaniyatning boshqa yо‗nalishlaridan alohida ajratib kо‗rsatib bо‗lmaydi. Chunki u bir butun jamiyat taraqqiyotining bir-birini tо‗ldiruvchi va taqozo qiluvchi gо‗yoki billurning alohida qirralaridir.

Iqtisodiy madaniyat insonning iqtisodiy sohadagi faoliyati samarasini, jamiyatda tо‗plangan tajribani umumlashgan holda namoyon etish bilan birga madaniyatning boshqa yо‗nalishlari bilan chambarchas bog‗liq.

Iqtisodiy madaniyatni bir tomondan, jamiyat rivojining har bir bosqichidagi holati, cheklangan resurslardan foydalanish holati sifatida qarash mumkin. Ikkinchi tomondan esa xо‗jalik yurituvchi subyektlar о‗rtasidagi iqtisodiy aloqalarning yuz berishi; uchinchidan, mehnat omilining ishlab chiqarishning boshqa omillariga nisbati va ular о‗rtasidagi uyg‗unlik sifatida qarash mumkin.

Iqtisodiy madaniyat deganda, nimani tushunishimiz kerak? degan savol tug‗iladi. Iqtisodiy madaniyatga «Falsafa: qomusiy lug‗at» kitobida quyidagicha ta‘rif berilgan. «Iqtisodiy madaniyat - mehnat, ishlab chiqarish va moddiy jarayonlarda namoyon bо‗ladigan madaniyat shakli: har qanday jamiyatning rivojlanishida muhim bо‗lgan iqtisodiy munosabatlarning madaniy holati. Uning ikki asosiy shaklini kuzatish mumkin, shaxsiy iqtisodiy madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy madaniyat...» 46.

Bu ta‘rifda bizningcha:


  1. Moddiy jarayon deganda nimani nazarda tutilgani mavhum;

  2. Jarayon deganda ish-harakat, voqea, xodisaning yuz berishi, davom etishi, rivoji, oqimi tushuniladi. Demak, jarayonni moddiy jarayon deb tasniflash tо‗g‗ri emas.

  3. Mehnat ham, ishlab chiqarish ham bu iqtisodiy faoliyatning asosini tashkil etadi. Ularni alohida kо‗rsatish shart emas.

Shuning uchun biz ana shu kamchiliklarni hisobga olgan holda iqtisodiy madaniyatga quyidagicha ta‘rif berishni lozim topdik.

Iqtisodiy madaniyat deyilganda madaniyatning iqtisodiy faoliyat jarayonida namoyon bо„ladigan shaklini tushunamiz.

U iqtisodiy bilim va iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy qadriyatlar va an‟analar, iqtisodiy fan yutuqlarini qamrab oladi va kishilar, xо„jalik yurituvchi subyektlar о„rtasidagi munosabatlarda, aloqalarda namoyon bо„ladi. Natijada, iqtisodiy madaniyatni ham nazariy ham empirik jihatdan о‗rganish zarur bо‗ladi. Iqtisodiy madaniyatni tushunishning nazariy va empirik jihatlari bir-birini tо‗ldirib boradi.

Iqtisodiy madaniyatni shakllanishida mulkchilik munosabatlari asosiy о‗rin tutadi. Shuning uchun jamiyatdagi ustuvor mulkchilik shakliga kо‗ra iqtisodiy tafakkur ma‘naviy qadriyatlar, xulq-atvor, insonlarning say-harakati qaror topadi.

Har bir yangi avlod, mustaqil hayotga qadam qо‗yar ekan о‗zidan avvalgi avlodning iqtisodiy bilimlarini ham о‗zlashtiradi. Shu bilan erishilgan darajada tо‗xtamaydi, balki olg‗a yuradi. Natijada uzluksiz ravishda murakkab iqtisodiy hodisalar, jarayonlar о‗rganiladi, ular asosida qaror chiqariladi, iqtisodiy qarashlar boyitiladi. Bunga esa ta‘lim va tarbiya orqali erishiladi.

Tinimsiz mehnat, ta‘lim va tarbiya orqaligina keyingi avlod bilimliroq, donoroq, mohirroq bо‗ladilar, demak, iqtisodiy madaniyat ham rivojlanadi. Bozor iqtisodiyotiga о‗tish bilan mamlakatimizda yangicha iqtisodiy madaniyat shakllanar ekan, bu jarayonda о‗tmish tajribasi va an‘analaridan tо‗la voz kechilmaydi. Iqtisodiy madaniyat yangi tizimni yaratish uchun foydalanish mumkin bо‗lgan jihatlarini saqlab qoladi. Jamiyat iqtisodiy madaniyati о‗tmish va hozirgi avlodlar iqtisodiy tajribasi bilan birga kelajak taraqqiyotning ehtiyojlari va istiqbol maqsadlarini ham qamrab oladi.

Bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar va bu boradagi muvaffaqiyatlar kо‗p jihatdan bozor subyektlari, bunyodkorlarning iqtisodiy ongi, tafakkuri, bilimi, saviyasi va malakasiga, mahorati va amaliy faoliyatiga, bir sо‗z bilan aytganda iqtisodiy madaniyatiga bog‗liq bо‗lib qolmoqda.

Hozirgi kunda fan va texnika taraqqiyoti, iqtisodiy madaniyat о‗zida mujassamlashgan komponentlar bunyodkor faoliyat sohalari integratsiyasi uchun, shaxs kamoloti uchun yangicha sharoitlar yaratmoqda.

Ishlab chiqarishda, iste‘mol va ehtiyojlarda katta о‗zgarishlar sodir bо‗lmoqda. Shu bilan birga jamiyatda ijodiy faoliyat bilan band kishilarning ortib borishi rо‗y beryapti. Inson omilining roli yanada ortib boryapti.

Ijtimoiy о‗zgarishlar qancha chuqur, iqtisodiy, siyosiy, madaniy vazifalar qancha keng qamrovli bо‗lsa, jamiyat va shaxs iqtisodiy madaniyatini rivojlanishining ahamiyati shunchalik oshib boradi. Iqtisodiy madaniyat shaxsning iqtisodiy bilimlari, kо‗nikma va malakasi, mahorati, qobiliyati va imkoniyatlarini qо‗llay olish darajasini ifodalovchi muhim fazilat sifatida namoyon bо‗ladi. Shaxs iqtisodiy madaniyati uning barkamollashuvini ham bildiradi. Inson ne‘matlarni, madaniy qadriyatlarni yaratadi, balki ularni iste‘mol ham qiladi, ulg‗ayish jarayonida komillikning yangi, yuqoriroq bosqichlariga kо‗tarilib boradi. Masalan, iqtisodiy tadqiqotchilar, faoliyati mavjud iqtisodiy nazariyalarni о‗rganish hamda о‗zlashtirilgan bilimlar asosida yangi nazariyalar yaratilishiga olib keladi. Iqtisodiy siyosat esa davlat, jamoat tashkilotlari turli partiyalar va mehnat jamoalarini faoliyatini о‗z ichiga olib, jamiyat miqyosida jamiyat a‘zolarining manfaatlarini hisobga olib aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.

Iqtisodiy madaniyatga iqtisodiy fan qadriyatlari, ya‘ni iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy g‗oya va qarashlar, kishilarda tarbiyalangan ijobiy iqtisodiy fazilatlar va xulq meyorlari ham ta‘sir kо‗rsatadi.

Ma‘lumki kishilardagi iqtisodiy fazilat va xulq meyorlari ijobiy: mehnatsevarlik, tejamkorlik, intizomlilik, ishbilarmonlik, tashabbuskorlik yoki salbiy: xо‗jasizlik, isrofgarchilik, mas‘uliyatsizlik, beg‗amlik va hokazo bо‗lishi mumkin. Qadriyat deganda, faqat ijobiy fazilat va sifatlar nazarda tutiladi.

Bularning hammasi jamiyat iqtisodiy madaniyatini iqtisodiy hayotdagi bunyodkor ijodiy faoliyat va shu faoliyatni amalga oshirishning usul, vositalari hamda samarasining uzviy yaxlitligi deb ta‘riflash mumkin.

Jamiyat va shaxs iqtisodiy madaniyatlari orasida murakkab uzviy aloqa mavjud. Shaxsning iqtisodiy madaniyati jamiyat iqtisodiy madaniyatiga kо‗ra shakllanadi. Shu bilan birga undan о‗zib ketishi yoki orqada qolishi mumkin. Masalan, bozor mexanizmi va uni amal qilishni tushunmaslik yoki unga moslashmaslik oqibatida kishi katta qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Shaxs iqtisodiy madaniyatining о‗sishi, bunyodkorlik imkoniyatlarini ishga solishi, iqtisodiy faollik, iqtisodiy bilim va tafakkurning о‗sishi jamiyatning ilg‗or iqtisodiy madaniyatini shakllanishiga olib keladi.

Shuning uchun ham hozirgi kunda iqtisodiy ta‘lim-tarbiya, shaxsda ma‘lum iqtisodiy sifatlar, iqtisodiy madaniyagni shakllantirishga qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan jamiyat taraqqiyoti, ikkinchi tomondan iqtisodiy madaniyatning pastligi va boshqa omillar tufayli vujudga kelgan ekologik muammolar iqtisodiy ta‘lim-tarbiya va iqtisodiy madaniyatni shakllantirishning ahamiyatini yanada orttiradi.

Ota-bobolarimizning ilmi yuqori bо‗lmasa ham iqtisodiy fikrlashlari, iqtisodiy tarbiyaliligi, iqtisodiy madaniyatliligi bilan yuqori turishgan. Agarda e‘tibor bilan qarasak, odatda, yuqori darajaga yoshligida qiyinchilik kо‗rgan, mehnatni qadrlagan, topilgan pulni qadrini bilganlar kо‗tarilganlar, inson doimo qiyin holatdan chiqib ketishi uchun harakat qiladi va shu harakati tufayli о‗z oldiga qо‗ygan maqsadlariga erishadi. Demak, о‗qituvchi ana shu narsani har bir о‗quvchi, talaba ongiga yetkazishi zarur.

Iqtisodiy madaniyat oiladagi tarbiyadan boshlab shakllanadi, inson hayotining keyingi bosqichlarida rivojlanadi, qachonki uning keyingi bosqichlarda uzluksizligi ta‘minlansa. Iqtisodiy tafakkurni shakllanishi iqtisodiy tadbirkorlik madaniyatini oshiradi.

Tadbirkorlik madaniyati, avvalo vijdon va diyonatni talab qiladi, yolg‗onchilik, firibgarlik, turli qing‗ir yо‗llar bilan ish bitkazish, ta‘magirlik va boshqalar tadbirkorlik madaniyatini yо‗qqa chiqaradi. Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik madaniyati juda yuksak.

Soliq xodimlari bilan soliq tо‗lovchi yuridik va jismoniy shaxslar о‗rtasidagi aloqalar soliq madaniyati va unga rioya qilishni taqozo qiladi. Ayniqsa, yuridik shaxslar uchun soliq hisobotini topshirish jarayoni haddan tashqari mehnat va vaqt talab qiladigan jarayon bо‗lib, hisobotni topshirgunga qadar bir necha ish kunini soliq inspeksiyalarida о‗tkazadi. Bu korxona uchun ham, xodim uchun ham samarali foydalanish mumkin bо‗lgan ish vaqtini yо‗qotish bо‗ladi. Soliq hisobotlari belgilangan muayyan shakllarda taqdim etiladi, ularni elektron variantda kompyuter tarmoqlari orqali maxsus dasturlar yordamida soliq inspeksiyalariga taqdim qilinishi mumkin.

Buni soliq tо‗lovchi uchun ham, soliq xodimlari uchun ham afzalliklari borki, u soliq madaniyatini kо‗tarishda muhim rol о‗ynaydi.

Soliq madaniyati haqida tо‗xtaganda, albatta, unga kiruvchi komponenga hisobotlarni о‗z vaqtida topshirish, ortiqcha sarflardan saqlanish, soliq tо‗lovlarini о‗z vaqtida tо‗lash, soliq yukini iqtisodiy о‗sishni ta‘minlashga qaratilishi, turli noqonuniy harakatlarning oldini olish, mamlakatda xufyona iqtisodiyotni rivojlanishiga yо‗l qо‗ymaslik va boshqalarni о‗z ichiga oladi. Ijtimoiy yuksalish, taraqqiyotning amalga oshishida ma‘naviyatning roli katta. Ma‘naviyatma‘rifatsizlik molparastlikni, shafqatsizlikni, mensimaslik va boshqa illatlarni keltirib chiqaradi, mehr-oqibatni, sahovatni yо‗qotadi. Ma‘naviy qashshoqlik moddiy kambag‗allikdan bir necha barobar og‗irroqdir. Ma‘naviyat borasidagi kamchiliklar, nuqsonlar moddiy turmush yetishmovchiliklari kabi tezda kо‗zga tashlanmasada, sezilmasdan yig‗ilib borib og‗ir oqibatga olib kelishi mumkin.

Hozirgi kunda yana shu narsa aniqlandiki, moddiy farovonlikni kо‗tarilishi, yaxshilanishi avtomatik tarzda boy ma‘naviy madaniyatga olib kelmas ekan.

Ma‘naviy qashshoqlik esa insonning parokandalikka olib keladi. U esa sо‗zsiz iqtisodiyotga uning barqaror о‗sishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi.

Ma‘naviyat, kishilarning ma‘naviy faoliyati о‗zida madaniy-ma‘rifiy, mafkuraviy, diniy, axloqiy, estetik, huquqiy, ilm-fan yutuqlari, kishilarning axloqiy salohiyati, dunyoqarashi, g‗oyasi, ruxiy kechinmalari, tasavvurlari, qobiliyati, irodasi, e‘tiqodi, tarbiya va boshqa ma‘naviy istaklar, maqsadlar ehtiyojlarni о‗z ichiga oladi.

Sharqda doimo ma‘naviyatga alohida e‘tibor berilgan. Ma‘naviyatli odamlarning e‘tiqodi butun, iymoni toza, ruhi pok bо‗ladi. Ular savobni gunohdan, diyonatni xiyonatdan, adolatni razolatdan ajrata oladigan, insofli, oqibatli, saxovatli, muruvvatli kishilar bо‗lganini tarixdan bilamiz.

Xalqimiz «pul - qо‗lning kiri», deb bejiz aytmagan. Moddiy boylik о‗tkinchi, uni tejabtergab sarf qilmasa, asramasa, qо‗ldan boy berish oson. Ma‘naviy boylik esa bebaho va tuganmas, uni birovga bergan bilan kamaymaydi.

Iqtisodiy madaniyatni shakllanishida ma‘naviyatning ta‘siri juda katta. О‗qituvchi buni о‗quvchi-talabalarning ongiga yetkazishi, ma‘naviy yо‗g‗rilgan iqtisodiy madaniyatga ega kishilarni misol tariqasida kо‗rsatishi kerak. Bunday kishilar har bir tuman, qishloq, mahallada, albatta, topiladi.



Takrorlash va munozara uchun savollar.



  1. Iqtisodiy tafakkur deganda nimani tushunamiz? U qanday shakllanadi deb о‗ylaysiz?

  2. Iqtisodiy tafakkurning mohiyati va xususiyatlariga qarab, uch turga bо‗linadi, degan fikrga qо‗shilasizmi? Fikringizni asoslab bering.

  3. Iqtisodiy tafakkurning kuchi - uni amaliyot hayot bilan bog‗likligida deganda nimani nazarda tutamiz?

  4. Iqtisodiy tafakkur va uning amaliyotda namoyon bо‗lishida muayyan xalqning mentaliteti qanday ahamiyatga ega?

  5. Iqtisodiy tafakkur iqtisodiy madaniyatning shakllanishiga qanday ta‘sir kо‗rsatadi, deb о‗ylaysiz?

  6. Iqtisodiy madaniyatga «Falsafa: qomusiy lug‗at» kitobida berilgan ta‘rifga qо‗shilasizmi? Siz о‗zingiz qanday ta‘rif bergan bulardingiz?

  7. Iqtisodiy madaniyatni shakllanishida mulkchilik munosabatlari qanday о‗rin tutishini kо‗rsating.

  8. Shaxs iqtisodiy madaniyati bilan ijtimoiy-iqtisodiy madaniyat о‗rtasida sizningcha, farq bormi?

  9. Tadbirkorlik madaniyati, soliq madaniyati nimalarni ifodalaydi? Sizningcha, u qanday bо‗lishi kerak?

8-Ma‟ruza: IQTISODIY TARBIYA NAZARIYASI ETNOPEDAGOGIK, DINIY VA MILLIY OMILLAR


Reja




  1. Etnopedagogikaning iqtisodiy ta‘lim-tarbiyada tutgan о‗rni

  2. Iqtisodiy faoliyat, ehtiyojlar, manfaatlar, maqsad va ularni realizatsiya qilish

  3. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda diniy qarashlarning о‗rni va roli

  4. Iqtisodiy xulq-atvor va tanlovni shakllanishida milliy an‘ana va qadriyatlar



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Etnopedagogika, maqol, topishmoq, ma‘naviy omillar, diniy qarashlar, dualizm, protestantlik, islom dini, naqshbandiylik, iste‘mol madaniyati, tо‗y, transaksion xarajatlar.

1. Etnopedagogikaning iqtisodiy ta‟lim-tarbiyada tutgan о„rni


Xalq donishmandligi va odobnomasining nodir sahifasi bо‗lgan о‗zbek xalq pedagogikasi ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini xalq og‗zaki ijodi, qadriyatlari, udumlari va marosimlarining yetakchi yо‗nalishlarini, diniy axloqiy ta‘limotini qamrab olganligi bilan harakterlanadi.

U xalqimizning asrlar davomida tо‗plagan boy tajribalarini ijtimoiy, axloqiy, falsafiy, falsafiy-ma‘rifiy, estetik, ma‘naviy, iqtisodiy, jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, xulosalarini lо‗nda, donishmandlarcha ifodalaydi.

Xalq pedagogikasi yoki etnopedagogika - bu etnik guruhlar millat, xalqning asrlar davomidagi tarixiy hayoti davomida erishgan emperik tajribalari asosida bolaga ta‘lim-tarbiya berish haqidagi fan.

Unga xalq pedagogikasi, tabiiy, norasmiy, maktabdan tashqari antropologik pedagogikaning tarixi va nazariyasi sifatida ham qarash mumkin. Etnopedagogika sotsial va ijtimoiy о‗zaro ta‘sirni о‗rganadiki, ularning о‗zaro bog‗liqligi va ta‘siri natijasida shaxs tarbiyalanadi va kamol topadi.

Xalqning pedagogik qarashlari uzoq davr - asrlar davomida shakllangan va ular asosan xalq og‗zaki ijodiga kiruvchi turli janrlarda yaratilgan asarlar, diniy qarashlar tarzida yetib kelgan.

Axloqiy normalar, qadriyatlar tajriba bolani tarbiyalash va ta‘lim beriga haqidagi bilimlar, xalqning donishmandligini ifodalovchi diniy ta‘limot va boshqalarning shaxsni ma‘naviyaxloqiy, aqliy jihatdan shakllanishida nihoyatda katta rol о‗ynaydi. Shuning uchun ham pedagogika tarixida alohida iz qoldirgan buyuk pedagoglar xalqning pedagogik qarashlarini, tajribasini о‗rganishga alohida diqqat qaratishgan, xalq pedagogikasi tarbiya berish haqidagi fanni boyitadi, bu fanga asos va tayanch bо‗lib xizmat qiladi deganlar.

Xalq pedagogikasining о‗ziga xosligi shundaki, unda о‗tmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetish, ertangi kunga umid asosida tarbiya olib boriladi, ayni chog‗da tarbiyaning nixoyatda nozik, murakkab ekanligiga diqqat qaratiladi.

Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib borishining inson va

Vatan takdirida xal qiluvchi rol о‗ynashining sababi: 1) uning hayotiyligi, ta‘sirchanligi, serqirra, serma‘no va sermazmunligi; 2) bevosita hayot jarayonida xalq tomonidan jonli an‘analarda yaratilishi va ifodalanishi; 3) tarbiyaning eng dolzarb masalalarini xal qilishga qaratilganligi; 4) umuminsoniy, umumbashariy maqsad, g‗oyaga qaratilishidir. Shuning uchun ham xalq pedagogikasi inson tarbiyasida hal qiluvchi о‗rinda turadi.

Inson hayotining asosiy qismini iqtisodiy faoliyat tashkil etar ekan, unga iqtisodiy jihatdan ta‘lim-tarbiya berishda ham, albatta, xalq pedagogikasi asosiy о‗rin egallaydi. Chunki dastlabki iqtisodiy fikrlash udumlar, an‘analar va diniy ta‘limot asosida shakllangan qarashlar orqali oilada, mahalladagi munosabatlar tabiiy ravishda shakllanadi.

Sotsiolog Uilyam Samner (1840-1910) xalq an‘analari va udumlarini chuqur о‗rgangan taniqli olim, shunday nazariyani ilgari suradi, inson bolalikdan о‗zi yashayotgan oila, jamoa tomonidan insonlarni о‗zini tutishi usullari va yо‗llarini, uning ma‘nosiga xali tushunib yetmagan holda о‗zlashtiradi. Ular avloddan-avlodga о‗rganish mexanizmi orqali о‗tadi, yetkaziladi. Ular kо‗pchilik о‗rtasida о‗zini tutishi, xulq-atvor mavjud ne‘matlardan foydalanish, estetik qoidalar, oila qurish va hokazolarda ifodalanadi. Uning fikricha, о‗zini tutish xulq-atvor bо‗yicha «xalq model»lari turlicha, u jamiyat, alohida guruhlar miqyosida farq qiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, har bir inson, har bir xalq modeliga asoslangan guruh о‗z udum-odatlarini eng tо‗g‗ri va tabiiy deb biladi. Bu illyuziyani Samner etnotsentrizm deb atadi.

Beixtiyor ravishda о‗zlashtirilgan xulq-atvor insonlarning о‗zini tutishini Xalq modellari inson uchun kerakli va maqsadga muvofiqligi sababli ham barqaror va avloddan-avlodga kо‗chib о‗tgan. Ular an‘analar, odamlarga, ba‘zi diniy aqidalarga aylanib, bajarish majburiy bо‗lib qoladi. Ba‘zi birlari etnik prinsiplar va qoidalarga, normalarga aylanadi. Bular qadriyat, g‗oya kabi tushunchalarga nisbatan tor, lekin alohida bir shaxsni о‗zini tutishi qonun-qoidasi, normasi mazmunini tashkil etadi.

Xalqimizning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular asosan barcha xalq og‗zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar tarzida yetib kelgan. Bunga dostonlar, ertaklar, mehnat, marosim qо‗shiqlari, osori atiqalari, naqllari, rivoyatlari, afsonalari, maqollar, matallar, hikmatlar, forizmlar, tez aytishlar, bolalar о‗yinlari va hokazolarni kiritish mumkin.

Bolaning qanday shaxs sifatida kamol topishida xalq pedagogikasining ahamiyati katta. Xalq pedagogikasida tarbiyaning katta-kichigi, birlamchi-ikkilamchisi bо‗lmaydi. Hamma narsa hisobga olingan holda yetgi о‗lchab bir kesishga amal qilinadi. Xalq pedagogikasida bugun va ertani о‗ylab, о‗tmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetish, kelajakka umid asosida tarbiya olib boriladi.

Xalq pedagogikasi asrlar davomida shakllangan, rivojlangan bо‗lib, xalq tomonidan yaratilgan hayotiy an‘analar, udumlar, marosimlar, bayramlar va boshqalarda о‗z aksini topgan, tarbiyaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilgan umumbashariy, umuminsoniy g‗oya va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. Xalq pedagogikasi barcha sohalarning yо‗nalishlarini qamrab olgan.

«Xalqning tayanchi-ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy merosning о‗zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim» 47.

Iqtisodiy qarashlar ma‘lum bir davrda xalqning an‘analari, udumlari yaratilgan tajribalar orqali kishilarga ta‘sir etgan bо‗lsa, diniy qarashlarning shakllanishi tufayli ular diniy nuqtai nazardan axloqiy normalar, qonun-qoidalarda mujassamlashgan va kelgusi avlodga yetkazilgan.

Xalqning ta‘lim-tarbiya borasidagi tajribalari, qarashlarini о‗zida mujassamlashtirgan, uni ifodalovchi, etnopedagogikada alohida о‗rganiladigan, durdona fikrlar bu maqollardir. Xalq yaratgan g‗oyat ixcham, chuqur ma‘noli gaplar - maqollardir. G.Fuller fikricha «Maqollar katta ma‘noni uch-tо‗rt sо‗z bilan ifodalanadigan shaklidir».

Maqollar bu о‗tmish emas, balki xalqning doimiy yangraydigan jо‗shqin ovozi. U bugunnigina emas erga uchun ham ahamiyatini yо‗qotmaydi. U xalqniig kuzatuvi va xulosasi tufayli yuzaga keladi. Qadimdan maqollar tarbiyalovchi rolni о‗ynagan. Bir tomondan pedagogik g‗oya, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta‘sir, ta‘lim berish funksiyasini bajargan.

Xalq maqollari yodda qolishi uchun uning ma‘nosi va mazmuni aniq ifodalanishi zarur.

Maqollarni eng kо‗p tarqalgan shakli pedagogik nuqtai nazardan 3 kategoriyaga ajratilishi mumkin.



  1. kishilarni axloqiy jihatdan sо‗zlashga о‗rgatish;

  2. о‗zini tutish;

  3. alohida pedagogik maslahatlar beruvchi.

Maqollar о‗ziga xos pedagogik maslahatlar beruvchi, tarbiyaning natijasini ifodalovchi bо‗lib, pedagogik tajribaning о‗ziga xos umumlashtiruvchi shakli sifatida qaraladi. Maqollarda pedagogik g‗oya bolani tug‗ilishidan boshlab, ularni tutgan о‗rni, ularni tarbiyalashda otaonalarning о‗zlarini tutishlari haqida, atrof-muhitga munosabati aks ettiriladi.


2. Iqtisodiy faoliyat, ehtiyojlar, manfaatlar, maqsad va ularni realizatsiya qilish


Barcha xalqlarda mehnatga yо‗llash, halollik pedagogikaning bosh vazifasi. Ular maqollarda ham о‗z ifodasini topadi. Tarixiy va pedagogik tajriba shuni kо‗rsatadiki, mehnat shaxsni axloqiy, aqliy, jismoniy kamol topishida hal qiluvchi rol о‗ynaydi. Mehnat orqali tarbiyalash insonning ulug‗vorligi, mehnatsevarligi, izchilligi va mas‘uliyatli bо‗lishini taqozo etadi. Dangasalik xalqlar tomonidan hayot kechirishga yot bо‗lgan hislat sifatida doimo qoralangan.

Xalq jamiyat taraqqiyotidagi rolini hisobga olibgina qolmay, buning uchun mehnatni uning natijasini qadrlashga о‗rgangan. Barcha xalqlarda mehnat, xalollik ulug‗langan.

Ularni iqtisodiy tarbiya nazariyasi, iqtisodiyotni о‗rganishda ham muvaffaqiyat bilan qо‗llash mumkin. Masalan, iqtisodiyotda meyoriy naflilikning pasayib borishi mavjud ne‘matning navbatdagi birligini xarid qilib, tasarrufidagi tovarlarni kо‗paytiradigan xaridor uchun ular kadrining pasayishi bilan bog‗liq. Kundalik hayotda ham qadr-qimmat tushunchasi, odatda, cheklangan kamyob ne‘matlarga nisbatan qо‗llaniladi. Ehtiyojlar tо‗yingan sari nafliligi kamayib boradi. Ular nisbatan murakkab tushunchalar bо‗lib ularni о‗rganishda naflilik nazariyasi mohiyatini ifodalovchi «Oldingdan oqqan suvning qadri yо‗q», «Xolvaning ozi shirin» maqollaridan foydalanish mumkin. Yoki iqtisodiyotda resurslarning cheklanganligi, ayniqsa, inson uchun eng cheklangan resurs vaqt ekanligiga diqqat qaratilgan «Vaqting ketdi, naqding ketdi» yoki sarf-xarajatlarni hisob-kitobini olib borish naqadar muhimligini ifodalovchi «Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar» maqollarini tegishli mavzu, savollar muhokamasida qо‗llash mavzuning, masalaning mohiyatini о‗quvchi-talabalarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

Ularni о‗rganilayotgan mavzularga bog‗lab qо‗llaniladi.

Iqtisodiyotda halollikning ahamiyati katta. Iqtisodiy faoliyat ehtiyojlar, manfaatlar, maqsad va ularni realizatsiya qilish uchun qaratilgan faoliyat bilan bog‗liq ekan, о‗z manfaatini kо‗zlagan holda birovni haqiga xiyonat qilish uchun kо‗ngil sust ketishi, yо‗ldan ozish imkoniyati mavjud. Shuning uchun xalqimiz halollikni ulug‗lovchi uning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi ifodalovchi bir qator maqollar ijod qilgan:

Halollik har qanday martabani bezaydi.

Halol odam uchun eng og‗ir haqorat - uni haromlikda ayblashdir. Halol odamni ta‘qib etish mumkin, lekin uni badnom qilib bо‗lmaydi.

Halol odam birovning hakiga xiyonat qilmaydi va boshqalar. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi maqollar bilan birgalikda topishmoqlardan foydalanish о‗ziga xos о‗rin tutadi.

Topishmoqlar aqlni yuqori darajada bо‗lishini, о‗zida axloqiy g‗oyalarni ifodalashga yordam beradi. U aqliy, estetik va axloqiy tarbiyaga katta ta‘sir о‗tkazadi. Qadimda hamma funksiyani bajargan bо‗lsa, keyinchalik kо‗proq aqliy tarbiyalashda qо‗llanilgan. Topishmoqlar fikr yuritishini rivojlantirishga, tahlil qilishga, predmetning, voqea-hodisalarning turli jihatlariga diqqat qaratishga о‗rgatadi.

Aqliy jihatdan topishmoqlarni qо‗llashning afzalligi shundaki, u tabiat, inson, jamiyat haqida ma‘lumotlarni faol fikr yuritish jarayonida amalga oshiriladi, fikr yuritish xotirani rivojlantirishga xizmat qiladi. Topishmoqlar odamning aqlini о‗stirishdagina emas, balki uni shaxs bо‗lib shakllanishida katta rol о‗ynaydi. U kuzatish qobiliyatini о‗stiradi. Topishmoqdagi narsa-buyumlarning bir necha belgilari aks etadi. Ularga qarab topishmoqning javobi topiladi. Bu jarayon turli belgilarni qiyoslash, atroflicha fikr yuritish, mushohada qilishga о‗rgatadi. Iqtisodiyotni о‗rganishda, iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy topishmoqlarni roli beqiyos, ularni qо‗llashning imkoni keng, ayniqsa topishmoqlar tayyorlashni о‗quvchi-talabalarni о‗ziga topshirish mumkin. Iqtisodiyotni о‗rganishda odatda iqtisodiy kategoriya, tushunchalarni о‗rganishga qaratilgan topishmoqlardan foydalaniladi. Topishmoqlar ham maqollarga о‗xshash mavzular va ularda muhokama qilinadigan savollarga bog‗lab о‗rganiladi.


3. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda diniy qarashlarning о„rni va roli


Har qanday inson u tug‗ilgan xalqning madaniyat udumlari, ona tili, diniy qarashlari va boshqalar tarkib topgan muxitda о‗sib voyaga yetadi, kamol topadi, dunyoqarashi shakllanadi.

Ma‘lumki, faylasuflar, psixologlar fikricha insonga ikkiyoqlamalik xos.

Insondagi ikkiyoqlamalik, eng avvalo, ma‟naviyat va moddiylikni murakkab tarzdagi о„zaro birligi va uning bir-biriga о„zaro ta‟siridan kelib chiqadi.

Insondagi moddiylik va ma‘naviylikning uyg‗unligi uning tabiatidan, turmush kechirish tarzidan kelib chiqadi. Tabiatan inson yaratuvchi, xayrli, g‗amxо‗rlik qiluvchi qilib yaratilgan. Shu bilan birga unda salbiy xislatlar mavjudki, shuning uchun ham xalqimizda «Beayb parvardigor» degan naql bor.

Insondagi moddiylik va ma‘naviylikning murakkab tarzdagi birligi uning butun hayoti davomida, uning barcha bosqichlarida namoyon bо‗ladi. Faylasuflar har bir inson «potensial jinoyatchi» deyishsa, diniy qarashlarda «insonning bir yelkasida raxmon, ikkinchi yelkasida shayton о‗tiradi. Raxmon tо‗g‗ri yо‗lni kо‗rsatsa, shayton egri yо‗lga undaydi» deyiladi.

Xalq pedagogikasi, qolaversa, pedagogika fani insonni salbiy tomonlarini tо‗g‗rilash, ular haqida ogohlantirishga qaratilgan.

Diniy qarashlar, aqidalar ham aynan insondagi moddiylik va ma‘naviylikning murakkab birligi tufayli salbiy xislatlarni mavjudligi uni iloji boricha jilovlashga qaratilgan. Diniy aqidalarda insonning yaxshi tomonlarini, fazilatlarini kamol toptirish, salbiy xislatlardan qochish da‘vat qilingan.

Barcha diniy kitoblarda insonlarni, atrof-muhitni asrab-avaylashga, xudo bergan ne‘matlardan oqilona foydalanishga da‘vat qilingan. Insonning tafakkuri, jumladan, iqtisodiy tafakkur avvalo oila, sо‗ngra jamiyatda yaratilgan muhitda shakllanadi. Jamiyatdagi mavjud din va diniy qarashlar, albatta, iqtisodiy bilim va ana shu bilimnng tamal toshi iqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanishida muhim rol о‗ynagan.

Insonning iqtisodiy faoliyatida faqat iqtisodiy omillargina emas, ma‘naviy omillar ham yetakchi о‗rin tutadi.

Iqtisodiyot va ma‘naviyat о‗rtasidagi aloqadorlik serqirra va murakkab bо‗lib, iqtisodiyot ma‘naviyat rivoji uchun moddiy shart-sharoit yaratadi. Ayni paytda iqtisodiy taraqqiyot zarurati ma‘naviyatni о‗zgartirishni taqozo etadi. Masalan, ongni, tafakkurni yuksaltirmay turib, yangi texnologiyalar yaratish, mehnat qurollarini takomillashtirish, mehnat jarayonini oqilona tashkil etish, fan va texnikaviy ijodkorlikni rivojlantirish mumkin emas. Tabiiyki, ma‘naviyatning yuksalishi ilmiy-texnikaviy kashfiyotlarning kuchayishi aholi bilim va malakasini ortishi, iqtisodiy tafakkurning о‗zgarishi ham iqtisodiyotga ta‘sir о‗tkazmasdan qolmaydi. Bu - iqtisodiyot va ma‘naviyatning mushtarak jihatlari. Yana bir umumiy tomon: iqtisodiyot ham, ma‘naviyat ham inson hayotini har jihatdan tо‗kis qilishga qaratilgan. Shu bilan birga ular о‗rtasida azaliy ziddiyatlar ham bor. Bu ziddiyat asosida insonda mujassamlashgan moddiylik va ma‘naviylikning murakkab birligi yotadi. Bu haqiqat unutilgan taqdirda iqtisodiyotdan maqsad faqat mahsulotni kо‗paytirish, sarmoyani aylantirib, mumay daromad olish bо‗lib qoladi. Bunday vaziyatda butun jamiyat ertayu-kech nafsi yо‗lida yelib-yuguradi, pul-mablag‗i, boyligini kо‗paytirish yо‗lida nimalarni qilmaydi, ma‘naviyat esa shu bosh maqsadga erishish borasidagi vositalardan biriga aylanadi. Aksincha bо‗lsa, nafsni tiyish, an‘anaviylik ruhidagi mehnat va turmush sharoitida moddiy rag‗bat birinchi о‗rinda turmaydi va u samarali iqtisodiy omilga ham aylanmaydi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarish, iqtisodiyot rivojlanmay qoladi. Kо‗pga chо‗zilgan turg‗unlik esa ertami-kechmi inqirozga sabab bо‗ladi. Demak, jamiyat taraqqiyoti uchun iqtisod bilan ma‘naviyat о‗rtasida oqilona muvozanatga erishish zarur.

Ma‘naviy va iqtisodiy munosabatlar о‗rtasida oqilona muvozanatni, eng ma‘qul yо‗lni topish borasida g‗apb ilm-fanida bir-biriga zid bо‗lgan ikki xil qarash mavjud bо‗lib, birinchisi marksistik nuqtai nazar, ikkinchisi - atoqli nemis mutafakkiri Maks Veber isbotlab bergan va mashhur fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym rivojlantirgan ta‘limot. Birinchi nuqtai nazarda kо‗proq foydaga, boylikni kо‗paytirishga intilish mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilinishini kuchaytirishga olib kelishini asoslashga qaratilgan.

Maks Veber esa jamiyat hayotida, jumladan, mehnatga munosabat jarayonida ma‘naviyatning о‗rni beqiyos ekani protestantlik axloqining zamonaviy shakli G‗arbiy Yevropaga xos taraqqiyotning vujudga kelishi va rivoji asosida tushuntiradi. G‗arbda kapitalizmni vujudga kelishida protestantlik oqimini roli kattaligini asoslab beradi.

U «Protestantlik etikasi va kapitalizm ruhi» asarida protestantlikning, ayniqsa, puritan mazhabining axloqiy meyorlari, xususan, halol mehnat qilib, g‗ayrat-shijoat kо‗rsatib, shaxsiy hayotni, ijtimoiy turmushni yaxshilashga intilish lozim, degan da‘vati hamda ijtimoiy hayotni, turmush tarzini, jumladan, ishlab chiqarishni ham muttasil ratsionallashtirishga qaratilgan aqidalari kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari, burjua qadriyatlari shakllanishiga zо‗r turtki bо‗lganini e‘tirof etadi.

Ma‘lumki, nasroniylikdagi boshqa diniy oqimlar, boshqa dinlar: islom, buddaviylik ham kamtar-kamsuqumlikni, qanoatni, nafs va xirsni jilovlashni targ‗ib etib kelgan. Bunday targ‗ib turg‗unlikka yetaklaydi. Inson doimo о‗z mehnatini yengillashtirishga, turmush sharoitini yaxshilashga intiladigan qilib yaratilgan. Bu о‗z navbatida shu paytda odamlarni hayot tarzi qonun-qoidalarini belgilovchi aqidalarda ham о‗zgarish bо‗lishini zarur qilib qо‗yadi. Bu о‗zgarish insondagi о‗z-о‗zidan qoniqish tuyg‗usi о‗rniga, о‗z-о‗zidan qoniqmay, g‗ayratga berilish hissini о‗yg‗otishi lozim edi. Ana shu о‗zgarishni hayotga protestantlik diniy oqimi olib kirdi. Protestantlik boshqa dinlar suyangan ezgu g‗oyalarni rad etmay, aksincha, ularni targ‗ib etdi, lekin bu jarayonda shaxsiy manfaatlarni oshkora namoyon etish ishtiyoqi va individualizmni chegaralab qо‗ymadi, aksincha, ularni mehnat va g‗ayratga yо‗naltirib, rag‗batlantirdi.

Maks Veber halol mehnat, g‗ayrat-shijoat, tadbirkorlik protestantlikda diniy jasorat,

«dunyoviy ibodat» maqomiga kо‗tarilgan, deya о‗qtiradi. Bu о‗rinda u protestantlikning zamonaviy kapitalistik xо‗jalik faoliyati shakllanishiga emas, balki ―kapitalistik ruh‖ shakllanishiga ta‘sirini kо‗rsatib beradi.

Protestantlik kapitalizm ruhiga, iqtisodiy raqobatta, tovar-pul va mehnat munosabatlariga juda mos bо‗lgani bois uning g‗oyalari yetib borgan va xalq dilidan joy olgan о‗lkalarda kapitalizm tez rivojlandi. Masalan, xatolik oqimi hukmronlik qilgan Ispaniya, Portugaliya, Polsha singari mamlakatlarda, Lotin Amerikasi qit‘asida yoki pravoslavlik keng yoyilgan Yunoniston, Yugoslaviya, Ruminiya, Rossiya, Bolgariya, Belorus, Ukraina, Moldova kabi mamlakatlarda taraqqiyot sur‘ati protestantlik chuqur ildiz otgan AQSH, Kanada, Angliya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Daniya, Gollandiya, Belgiya, Shvetsiya kabi mamlakatlardagi rivojlanish darajasiga nisbatan sustroq ekani ayon.

Tо‗g‗ri, mehnatni barcha dinlar ham ulug‗laydi. Jumladan, islom dini ham peshona teri bilan rizq-nasiba topish, bola-chaqa о‗stirishni musulmon bandaning bosh shiori deb biladi. Lekin boshqa dinlardan farqli о‗laroq, protestantlik e‘tiqod - quruq ibodatda emas, aqlning amaliy faoliyati, ya‘ni mehnatda, deya ta‘lim berdi. Kimda-kim mehnat qilib, samarasini kо‗rsa, bu - xudo uni yorlaqaganidan dalolat. Shu bois protestantlik mazxabidagi odam uchun mehnatdan keladigan natija asosiy maqsad hisoblanadi.

Yevropada oliy tabaqaga mansub odamlar past tabaqa vakillari shug‗ullanadigan ishlardan hazar qilar, qora xalq zodagonlarga xos kasblar haqida orzu ham qilolmas edi. Protestantlik bunday adolatsizlikka barham berdi. Lyuterning bu boradagi qarashlarini Veber mana bunday ifodalagan edi: «Dunyoviy majburiyatlarni bajarish har qanday sharoitda ham xudoga ma‘qul bо‗lishning birdan-bir vositasidir, aynan mana shu faqat, shu narsa ilohiy iroda kо‗rsatmasidir va shu bois ruhsat etilgan kasblarning barchasi xudo oldida tengdir» 48.

Protestantlik mehnatga aynan ana shunday munosabat vositasida feodalizm bag‗rida yetilib kelayotgan kapitalistik munosabatlar sari, yangi tuzim sari yо‗l ochadi. Binobarin, protestantlikni qaror toptirgan reformatsiyachilik diniy islohotlar harakatigina emas, yangi iqtisodiy tuzim, yangicha iqtisodiy qarashlar uchun kurash harakati ham edi.

Ayni paytda protestantlikdagi puritaniy mazhablar talablari va ilk kapitalizm davridagi zarurat о‗zaro mos kelib qolganini ham e‘tirof etish lozim. Ilk kapitalizm protestantlik timsolida о‗ziga g‗oyaviy-mafkuraviy tayanch topdi. Protestantlik esa ilk kapitalizm orqali moddiy-ijtimoiy asoslarini kengaytirdi va pirovardida jamiyatda mustahkam mavqega ega bо‗ldi.

Agarda ma‘naviyat va iqtisodiyotning о‗zaro ta‘sirini funksional yondashuv asosida tahlil etsak, ular ancha murakkab rang-barang, ayni paytda har birining yuksalishida о‗zaro mutanosiblik beqiyos ahamiyat kasb etishini kо‗ramiz. Masalan, mehnat axloq bilan uyg‗unlashmasa, Iqtisodiy munosabatlar jarayonida ma‘naviyat masalalari, xususan, insonparvarlik meyorlari yetarlicha hisobga olinmasa, texnokratik qarashlar ustunlik qilib ketadi, oqibat-natijada ishlab chiqarish hajmi ortgani bilan, insoniy munosabatlar zavolga yuz tutadi, jamiyatda о‗zaro begonalashish tamoyili kuchayadi. Bu hol pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga sabab bо‗ladi.

An‘anaviylik ruhidagi mehnat va turmush sharoitida moddiy rag‗bat birinchi о‗rinda turmaydi va u samarali iqtisodiy omilga ham aylanmaydi. Chunki bunday sharoitda inson ehtiyojlari turg‗unlik kasb etadi. Maks Veber keltirgan misol bu jihatdan ibratlidir: о‗rilgan bir morgen (0,25-0,33 gektar) g‗alla uchun bir marka haq oladigan о‗roqchi kuniga 2,5 morgen g‗alla о‗radi va 2,5 marka haq oladi. Xо‗jayin hosilni nobud qilmay tezroq yig‗ib olay, deydi-yu ish haqini odatdagidan kо‗ra biroz oshiradi - bir morgenga bir marka emas, 1,25 marka hak tо‗lashga rozi bо‗ladi. Shu tariqa unumdorlik uch morgengacha о‗sishiga umid qiladi. Lekin ananaviylik ruhida tarbiya topgan о‗roqli kо‗proq pul ishlab qolish imkoniyatidan foydalanish о‗rniga «yetib turibdiku, bо‗ldida» deb, odatdagidek 2,5 markalik ish bilan kifoyalanadi: endi 2,5 morgen о‗rniga 2 morgen о‗ra boshlaydi.

О‗roqchi mehnati unumdorligini oshirishi uchun ish haqi miqdori biroz kamaytirilsachi, degan savol ham tug‗ilishi tabiiy. Kapitalizmning rivojlanish jarayonida mehnat samaradorligini oshirish uchun kо‗pdan-kо‗p iqtisodiy choralar, jumladan, ish haqi miqdorini biroz kamaytirish tajribasi ham sinab kо‗rilgan. Lekin u ham kо‗ngildagidek samara bermagan, xalqning noroziliklarga sabab bо‗lgan.

Veberning fikricha, insonda yuksak mas‘uliyat tuyg‗usi bilan birga, mehnatni yagona maqsad, yagona najot deb biluvchi tafakkur ham shakllanishi zarur. «Mehnatga bunday munosabat esa inson tabiatining xossasi emas, - deya e‘tirof etadi Veber, bunday fazilat ado etilgan ishga kо‗p yoki oz hak, tо‗lash natijasida emas, balki anchagina davom etadigan tarbiya jarayoni hosilasi sifatida vujudga keladi».

Darhaqiqat, protestantlikka mansub oilada tarbiya topgan kishining qulog‗iga gо‗dakligidanoq mehnat - yaratganning о‗zi senga ato etgan iqtidor va zimmanga yuklangan birdan-bir vazifa, shuning uchun unutma, qancha yaxshi va halol ishlasang, parvardigor egamga shuncha ma‘qul bо‗lasan, degan fikr singdirilgan. Protestantlik muhitida tarbiya topgan, mehnatni xudo tomonidan yuklatilgan majburiyat va xalos bо‗lish omili deb, tanlagan kasbini esa yaratgan ato etgan iqtidor va kо‗ngliga solgan da‘vat deb biladigan kishi jismida ish unumdorligini kun sayin oshirib borish doimiy ma‘naviy ehtiyojga aylanib ketadi. U moddiy jihatdan rag‗batlantirib borilsa, bora-bora g‗oyatda ulkan natijalarga erishishi shubhasiz.

Sharqda mafkura asrlar davomida iqtisodiy о‗zgarishlar zaruratini inkor qilib kelgan, bu hol ayniqsa, Xitoy va Hindistonda kо‗p davom etgan. IX-XII asrlarda islom mamlakatlarida tovar-pul munosabatlari, savdo-sotiq rivoji, ijtimoiy safarbarlik, yangiliklarga intilish kuchli bо‗lgani va jamiyatda haddan ziyod avj olib ketgan ijtimoiy-sinfiy zо‗ravonlik hamda mutelik kayfiyatining yо‗qligi, yollanma mehnatning birmuncha rivojlangani ilk kapitalistik munosabatlar shakllanishi uchun obyektiv iqtisodiy shart-sharoit yaratgan edi. Lekin turli (jumladan, iqtisodiy, siyosiy, diniy-mafkuraviy) sabablarga kо‗ra, oilaviy mehnat taqsimotiga asoslangan, mustaqil, ratsional mazmundagi ishlab chiqarish korxonasi va kapitalning ilk jamg‗arilishi, ilk kapitalistik bozor infratuzilmasi (moliya-kredit, bank tizimi kabilar) vujudga kelmadi. Chunki jamiyatning mafkurasi, ma‘naviyati obyektiv iqtisodiy zaruratni inkor etdi, unga erkinlik bermaslik uchun ochiq-oshkora kurashdi.

Ma‘lumki, Bahouddin Naqshband hazratlari ham mehnat va bunyodkorlikka chaqirishga о‗xshash g‗oya - «Dil ba yoru dast ba kor» da‘vatini olg‗a surgan. Lekin bu aqida, ayrim obyektiv sabablarga kо‗ra, yangicha axloq, va mehnatga munosabatni shakllantira olmagan. Chunki u, birinchidan, mistik tariqatchilik asosida aytilgan, ikkinchidan, о‗sha paytda hali diniy mutaassiblik kuchli bо‗lgan, uchinchidan va eng asosiysi - u zamonda kapital, sarmoya, iqtisodiy resurslar bir joyga tо‗planmagan, binobarin, mazkur da‘vatni keng miqyosli faoliyatta aylantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy zarurat, shart-sharoit yetilmagan edi. Qolaversa, protestantlikni keng yoyish va amalga oshirish borasidagi say-harakatlar bir zum ham tо‗xtab qolmagan. Protestantlikni qaror toptirish davri tarixda «Tiklanish - Reformatsiya davri» deb ataladi. U yuz yil davom etgan kurashlar, olishuvlar va hatto urushlar natijasida amalga oshirilgan. Niderlandiya va Angliyada yuz bergan inqilob esa uni yanada mustahkamlagan.

Tо‗g‗ri, Naqshbandiylikni ham davom ettiruvchilar bо‗lgan. Lekin ular bu ta‘limotni asosan g‗oyaviy-mafkuraviy jihatdan boyitib borgan. Biroq ushbu ta‘limot asosida hayotni tub dan о‗zgartirishga bel bog‗lagan islohotchilar bо‗lmagan. Xullas, Naqshband da‘vati mehnatda va bunyodkorlikda namoyon bо‗luvchi amaliy e‘tiqodga aylanmagan.

Protestantlik xalqning ijtimoiy ahvolini mehnat orqali о‗zgartirishga monelik qilmadi, aksincha, bunday irodani rag‗batlantirdi. Boshqa dinlar va oqimlar hukmron ijtimoiy munosabatlarni tubdan о‗zgartirishga jur‘at etolmadi, nari borsa, insonni takomillashtirishga undadi, xolos.

Bizning xalqimizning iqtisodiy bilim, iqtisodiy tafakkurini shakllanishida, rivojlanishida muqaddas kitob Qur‘oni karim hamda Hadisi shariflar nihoyatda katta о‗rin egallaydi. Qur‘oni karimda ne‘matlarni asrab avaylab ishlatish xaqida shunday deyiladi: «Yenglar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar, chunki Alloh isrofgarlarni yaxshi kо‗rmaydi» isrofchilik gunoh sanalgan. «Hadisi sharif»da «Iqtisod bilan ishlagan kishilar faqir bо‗lmaslar» deb, unga quyidagicha izoh berilgan: «Kirimga qarab chiqimni tuta bilmagan kishi bor davlatini bitirib, oxiri xо‗rlikka tushgan holda, kirimga qarab chiqimni tuta bilgan boy bо‗lmasada о‗zini faqirlikdan saqlay oladi».

Shunday qilib, insonlarni tarbiyalashda, jumladan, iqtisodiy jihatdan tarbiyalashda din, Ayniqsa, eramizning boshlaridan katta о‗rin tutgan. Diniy qoidalar keyinchalik huquqiy normalarda aks etgan, hokimiyat ularga tayangan. Kur‘oni karimda va uni asosida vujudga kelgan huquqiy normalar, qonunda har bir kishi uchun nima mumkin, nima mumkin emasligi kо‗rsatilgan. Ular asosida aholi tarbiyalangan, faoliyati boshqarilgan.

Kur‘oni karim, hadislar va shariat kо‗rsatmalari inson ma‘naviy-ma‘rifiy kamolotining asosi bо‗lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini о‗z ichiga olgan. Shu jumladan, hadislar iqtisodiy tarbiyaga oid bо‗lgan fikrlarshshg mukammal tо‗plamidir.

Islomda, Ayniqsa, xarom va halol masalasiga katta e‘tibor beriladi. Qur‘oni karimda shunday deyilgan: «Ey odamlar yerdagi halol, pok narsalarni yenglar» («Bazara» surasi, 168oyat). Bu bir tomondan iste‘mol qilinadigan mahsulotning tarkibi, iste‘mol uchun yarokliligi yoki yaroqsizligi haqida gap ketsa, ikkinchi tomondan halol mehnat qilmay, ya‘ni о‗g‗irlik, muttahamlik, pora olish, aldov evaziga topilgan daromadlar ham harom hisoblangan. Farzandlarni chin inson qilib tarbiyalashning asosi ularga halol luqma yedirishdan boshlanishi ta‘kidlangan.

Qur‘oni karim va hadisi sharifda ilgari surilgan muhim g‗oyalardan biri iste‘mol meyori, iste‘mol chegarasi va iste‘mol madaniyati masalasidir. Ularda Alloh-Taolo bandalariga dunyodagi barcha noz-ne‘matlarni yeyish uchun, tо‗q farovon yashashlari uchun in‘om etgan.

«Bandalarim yenglar, ichinglar, isrof qilmanglar, ortiqcha yeyish makruxdir» deb farz qilingan. Bu g‗oya chuqur ma‘noga ega, islom dinidagi asosiy qarashlarni ifodalab, hozirgi kunda ham о‗z dolzarbligini yо‗qotmagan. Shunday qilib, iqtisodiy tarbiyani dastlab bola oila doirasida kо‗pincha diniy tarbiya orqali olgan.

Muqaddas «Kur‘oni karim» va hadislar ham odamlarni insofli bо‗lishga birovlarning hakdaga xiyonat qilmaslikka, halol mol topishga, nafs yо‗lida berilmaslikka chaqiradi. Iymone‘tiqodini unutib, о‗tkinchi dunyo lazzatlariga mahliyo bо‗lib, insoniylikka shak keltirishni qattiq qoralaydi. Tijoratning barcha qonun-qoidalari shartlari «Kur‘on» va «hadis»larga shariat va tariqat, ma‘rifat va haqiqat ta‘limotlariga asoslangan holda tuzilgan. Masalan, «Hadislarda» bir yurtdan ikkinchi yurtga keltirilib sotiladigan mollardan qoladigan sof daromadning 10% dan oshiqchasi makruh-harom hisoblangan.

Tadbirkorlik, ayniqsa, savdo-sotiq bilan shug‗ullanishi asosida kо‗proq foyda kо‗rish yuksak ma‘naviyat qoidalariga mos keladimi? Ularning ma‘naviy-axloqiy darajasi qanday bо‗lishi kerak? Bu savollar bugun paydo bо‗lgani yо‗q, ular moziydan beri bor bо‗lib, tarixda ma‘naviy axloqiy qarashlar rivojining bosh yо‗nalishlaridan biri - foyda olish masalasiga boylik tо‗plovchi va foyda kо‗ruvchi kishilarga nasbatan muayyan darajadagi salbiy munosabatda namoyon bо‗ladi. Foyda kо‗rish bilan bog‗liq faoliyatga kо‗proq shaxsiy manfaatni qondirish yо‗li sifatida qarash odatga aylangan. Foyda ortidan quvilmaydigan, undan g‗ururlanishga yо‗l qо‗yilmaydigan ma‘naviylik eng oliy axloqdir, deb hisoblangan qarash asrlardan buyon axloqiy ta‘limotlarning muhim tarbiyaviy qismi bо‗lib kelgan.

Yevropadagi bu boradagi burilish о‗tgan asrning boshlaridan kapitalistik munosabatlar, bozor iqtisodiyoti takomillashgan davrda yuz berdi. Jamiyatda tovar-pul munosabatlarining kuchayishi bilan bu boradagi qadriyatlar tadbirkorlik tomon burildi. Ayniqsa, XIX asrda yirik tadbirkorlikni rivojlanishi asr oxirlariga kelib, ularni jamiyat muammolarini yechishda bevosita tashabbus kо‗rsatib, о‗zi olgan foydaning ma‘lum bir qismini jamiyat uchun sarflash, turli hayriya fondlarini tashkil etilishi bunday burilishga asos bо‗ldi. Ular о‗z mablag‗i evaziga maktab, kasalxona, turli fan va madaniyat, ma‘naviyat, sog‗liqni saqlash va boshqalarga homiylik qilish ularni kо‗rish keng ravishda avj oldi.

Albatta, halollik va tо‗g‗rilik hamma tadbirkorlar uchun qoida bо‗lgani yо‗q. Lekin umumjamiyat miqyosida tadbirkorlikda insof va diyonat tan olinadigan, jamiyat muammolarini yechishda hamkorlik alomatlari bо‗lgan ishbilarmonlik va tadbirkorlikni foydasi e‘tirof etila boshlandi.

Musulmon axloqida ham bu boradagi an‘nalarning tarixi uzoqqa borib taqaladi Muhammad alayhissalom savdogarchilikni Alloh sevgan tо‗rt kasbning biri sifatida e‘tirof etilishi, foydani Alloh bergan rizq ekanligi, uni mо‗min-musulmonlar, yetim-yesirlar bilan bо‗lishish, bir qismini zakot berish, fitr sifatida ulashishni sharqona axloqning bosh mezonlaridan biri sifatida e‘tirof etilgan.

Yirik yer egalari, boylarning ariq qazish, kasalxona, kutubxona, hamom bozor, karvansaroy, madrasa, sardoba, boshqalarni qurish va boshqa xizmatlari tо‗g‗risida misollar juda kо‗p. Hozirga kelib, bu masala yanada dolzarb bо‗lib, о‗ziga xos о‗zgarishlar bо‗lishiga olib keldi.

Ayniqsa, ekologik jihatdan toza mahsulot ishlab chiqarish, atrof muhit muhofazasiga rioya qilish, shartnomalarda kelishilgan vazifalarni о‗z vaqtida bajarish kabilarni mas‘uliyati, ahamiyati yanada ortdi.


4. Iqtisodiy xulq-atvor va tanlovni shakllanishida milliy an‟ana va qadriyatlar


Jamiyatni rivojlanishida mamlakat aholisi, ularini о‗ziga xos oldiga qо‗ygan maqsadi, mо‗ljali xususiyatlari, ma‘naviy merosi, an‘analari va ularni murakkab va chuqur о‗zaro bog‗liqligi, milliy mentalitet va milliy egoizm asosiy rol о‗ynaydi. Milliy iqtisodiy fikr yuritishning о‗ziga xos xususiyatlari mavjud bо‗lib, milliy yondashishda madaniy, ma‘naviy qadriyatlar, an‘analarga tayanishga meros sifatida qarash kо‗zda tutiladi.

Sog‗lom, aql-idrok asosida milliy yondashish iqtisodiy baquvvat millatni kam quvvatlarga nisbatan bosim о‗tkazishini inkor qiladi. Faqat suveren milliy davlatgina milliy iqtisodiy tafakkurni shakllantira olishga qodir bо‗ladi. Iqtisodiy fikrlarni rivojlanishi tarixi shuni kо‗rsatadiki, har qanday nazariya milliy ildizga ega, ya‘ni u milliy iqtisodiyotdagi dalillar asosida yaratiladi. Milliy iqtisodiyotda amal qilayotgan munosabatlarga, iqtisodiy aloqalarga tayanadi. Bozor qonunlari ham umumiy sotsial ma‘noga ega bо‗lgan holda о‗ziga xos tomonlari mavjud va milliy imidjga egaki, mazkur davlat yuritayotgan siyosat orqali ular hisobga olinadi va strategiyasi belgilanadi.

Sharq xalqlarining muhim xususiyatlaridan biri, uni jamoa ukladiga tayanishi. Bizda juda kо‗p ishlar mahalla bilan, jamoa bilan, qon-qarindoshlar, qо‗ni-qо‗shnilar, dо‗st-birodarlar yoki shunchaki tanishlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuning uchun yon-atrofdagilarni fikriga nihoyatda diqqat qaratiladi. Kо‗pchilik о‗z manfaatidan kelib chiqib fikr yuritadi, lekin shu bilan birga atrofidagilar nima der ekan deb о‗ylaydi. Ikkinchi tomondan, uning qayg‗usi, shodligiga yon-atrofdagilar qо‗shilishadi, birgalikda baham kо‗rishadi, yordam berishadi. Bunday hayot tarzining qator ijobiy tomonlari bor. Masalan, bolalarga ota-onalardan tashqari qо‗ni-qо‗shni, mahalla kо‗z quloq bо‗lib turadi.

Xalqimizda qadimiy urf-odatlar bor, jumladan, insonni hayot yо‗lini turli bosqichlari bilan bog‗liq. Farzand kо‗rgan ota terak ekkan, о‗z kasbini о‗rgatgan, qizlarga onalari bichish-tikish, ovqat pishirish, uy yig‗ishtirish kabi ishlarni о‗rgatgan. Yoshligidan boshlab ota-ona farzandlarini kelajagini о‗ylagan.

Tо‗y ham bizni madaniyatimizni bir qismi hisoblanadi. Har bir kishi tо‗y qilish, qarindosh urug‗, elu yurt oldiga dasturxon yozishni istaydi. «Mahallada duv-duv gap» badiiy filmida aynan ana shu milliy harakter ajoyib tarzda ifodalab berilgan. Hammaning tiliga tushgan tо‗y qilgan otaonadan baxtiyorroq odam yо‗q, dunyoda. Biz hammamiz tо‗yga borganmiz. Odatda tо‗y ziyofati, xursandchilik juda kо‗p oilalar daromadiga qaramay ham katta ziyofat berib tо‗y qilishni orzu qiladi. Bu orzu о‗zbek xalqining mentalitetiga xos.

Bozor iqtisodiyoti odamlardan yangicha iqtisodiy tafakkur, hayotga, moddiy ne‘matlarga nisbatan ratsional yondashishni talab qiladi.

Shu jihatdan iqtisodiyot va uning rivojlanishida milliy ananalar, marosimlar qanday rol о„ynashini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Hamma xalqlarda keng tarqalgan, oila topgan daromadning kattagina qismi sarflanadigan marosimlar bu -tо„ylardir.

Tо‗ylarning turi kо‗p: beshik tо‗yi, sunnat tо‗yi, nikoh tо‗yi va hokazolar.

Tо‗ylar bizni mamlakatimizda mahalla va oila farovonligi bilan bog‗liq. Xalqimizga bag‗ri kenglik, mehmondо‗stlik bilan birgalikda boshqalardan kam emaslik, «shovla ketsa ketsin, obru ketmasin» xislati odamlarga qarz olib bо‗lsa ham eldan qolmaydigan darajada tо‗y qilish xos.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida sotsial va ma‘naviy jihatdan о‗rintirib qо‗ydi. Odamlar oldida milliy an‘analar bilan о‗z farovonligini ta‘minlash о‗rtasida birini tanlash zaruriyati tug‗ildi. Bu aslida ratsionallik bilan milliy an‘ana, umumqadriyatlar bilan bozor talablari о‗rtasida muvozanat bо‗lishini yoki ziddiyat bо‗lishini ifodalaydi.

Umuman olganda, haddan tashqari chiranib tо‗y qilish yaxshilikka olib bormaydi. Albatta, har kim о‗z topgan pulini qanday qilib sarflash о‗zining ishi. Lekin о‗ylab qaraylik, har bir oila о‗zini ma‘lum darajada yeb ichishidan boshqa narsalardan, aytaylik, ovqatdan tiyib, yig‗ib-tergan mablag‗ini bir kunda sarflash tо‗g‗rimi? Buni eng yaxshi an‘anamizni muammoga aylantirish tо‗g‗rimikin?

Iqtisodchilarimiz о‗rtasida tо‗ylarga, turli marosim, о‗tkaziladigan gap-gashtaklarga ikki xil qarash mavjud. Bir guruh iqtisodchilar tо‗ylarni va boshqa marosimlarni iloji boricha kam chiqim о‗tqazib, mablag‗ni kо‗proq investitsiyalarga sarflash tarafdori bо‗lishsa49, ikkinchi guruh iqtisodchilar ular о‗ziga xos transaksion xarajatlar, kelgusida oila uchun boshqacha kо‗rinishdagi naf tarzida qaytib keladi degan fikrdalar50 (II bob, 3-§ ga qarang).

Tadqiqotchilarning fikriga kо‗ra xarajatlarni asosiy qismi oila uchun zarur narsalarni sotib olishga emas, balki boshqa maqsadlarga sarflanadi. Ananalarga tо‗xtaganda ularning kо‗pi Islom dini bilan bog‗liqligi haqida tо‗xtab о‗tish lozim. Bizni о‗tkazayotgan tо‗y tantanalarimizda islom qoidalariga rioya qilinadimi? degan savol tug‗iladi. О‗zbek xalqining eng ajoyib hislat-fazilatlari kattalarni xurmat, kichikni izzat qilish, yaqinlariga g‗amxо‗rlik qilishdir. Islom dini insonlarni sabr-toqatga, Alloh yaratgan barcha ne‘matlarni asrab avaylashga, turli-tuman tо‗y, ma‘rakalar о‗tkazganda kamtarinlikka, isrofgarchilik qilmaslikka chaqiradi.

Bir yilda respublikamizda 160-170 ming tо‗y bо‗lsa, tuman, qishloqlarda 2-3 marta arzon, lekin umumiy sarf-xarajatlar juda katta sо‗mmani tashkil etadi. Tadqiqotchilarning hisobiga qaraganda, viloyatlarda 528 mlrd 500 mln sо‗m, Toshkent shahrida 103,5 mlrd sо‗m, О‗zbekistan bо‗yicha 632 mlrd sо‗mdan kо‗p mablag‗ sarflangan. О‗zbekiston uchun bu juda katta sо‗mmadir51. Tо‗ylarda ortiqcha dabdaba masalasi jadidlarni ham о‗ylantirgan. Taniqli yozuvchimiz A.Qodiriy bu hakda shuncha vaqtdan beri bu masala о‗zini dolzarbligini yо‗qotgani yо‗q, deb aytgan. Bu yerda atrofdagilarning fikri asosiy rol о‗ynaydi, u umum qabul qilingan norma bо‗yicha harakat qilishga olib keladi. YA‘ni kо‗p qatori boshqalar nima qilsa, shuni qilish kerak.

Perulik taniqli olim Ernando de Soto «Kapital siri» asarida eng kambag‗al oilalarda ham, albatta, ma‘lum miqdorda jamg‗arilgan pul borligi, rivojlanayotgan mamlakatlarda uning miqdori chet ellardan olinayotgan yordamdan bir necha о‗n barobar kо‗pligini kо‗rsatib, bu boylikdan foydalanish imkonini yaratilishi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta‘sir kо‗rsatishini asoslab beradi. Ana shu mablag‗dan samarali foydalanish, ularni investitsiyaga aylantirishdir. Albatta, bizni mamlakatimizda ham aholining qо‗lida mablag‗lar bor, lekin uning asosiy qismi tо‗y qilish uchun yig‗iladi. Bu shunchalik darajada asosiy maqsadlardan biriga aylanganki, uni ifodasini eng kо‗p takrorlanadigan «Iloho omin, topganingiz tо‗yga buyursin!» degan duoda ham kо‗rish mumkin.

Albatta, tо‗yga sarflangan pul ham milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga xizmat qiladi. Qator sohalar xizmat kо‗rsatish, san‘atni rivojlanishiga turtki beradi. Lekin bu pullarni ma‘lum bir maqsadga investitsiya qilish mumkin. Qator iqtisodchi olimlarimizning fikricha shuncha mablag‗lar tо‗yga emas, biznesga investitsiya qilinganda edi, undan kо‗ra kо‗proq foyda berardi.

Bizda pulni kapital sifatida jamg‗arishga о‗rganilmagan. Bu eng avvalo tajriba yо‗qligi hamda moliya bozorini rivojlanmaganligidan kelib chiqadi. Moliya bozorida aholi mablag‗ini saqlash va kо‗paytirishning turli usullarini taklif etiladi. Lekin bunga bizning an‘analarimiz ham ta‘sir kо‗rsatadiki, pulni jamg‗arishni imkonini kamaytiradi.

Hayotning an‘anaviy uklad tarzi ishlab topilgan pulning katta qismini qon-qarindoshlik munosabatlari, turli tadbirlar tо‗y, ma‘raka va hokazolarga sarflashga yо‗naltiriladi. Tadqiqotchilarning sо‗rovnoma asosida о‗tkazgan hisob-kitoblariga kо‗ra turli-tuman tantanalar, tо‗ylar, tadbirlarga uy xо‗jaligida topilgan daromadning 19,1%, ya‘ni 1/5 qismi ketar ekan, undan kо‗proq faqat oziq-ovqatga 33,6% tashkil etadi52. Masalan, eng kam mehmon bо‗lsa nikoh tо‗yida 200 ta bо‗ladi. Eng qizig‗i olingan daromadlardan qatiy nazar dasturxon tо‗kin bо‗lishi lozim. Undan tashqari tо‗yga boriladigan bо‗lsa, albatta, covg‗a-salom kо‗tarib borish kerak. Odamlarni kо‗z о‗ngidagi imidji dasturxon tо‗kinligi va tо‗yga kelgan mehmonlar soniga qarar ekan, albatta, har bir kishi о‗zi haqida tо‗lqinlanib maqtab gapirishlarini istaydi va shunga harakat qiladi

Gap ota-onalarni farzandlariga yaxshi tо‗y qilib berishlarida emas, balki tо‗y qilish hayot mazmuniga aylanganida. Bu an‘ana kelajakda avlodlar ham davom ettiradilar. Qiz bolaga yoshligidan uy jihozlari yig‗iladi, qarindosh-urug‗lar ham qarab turishmaydi.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda xarajatlarni iqtisod qilish, kam xarajat qilishga intilish turmush tarziga aylangan. U yerda odamlar har narsani iqtisod qilishga harakat qilishadi. Ular fikricha u yoki bu narsani olish imkoni yо‗qligidan emas, balki ortiqcha sarf xarajat qiyinchilikka olib kelishi mumkinligini bilishadi. Hap bir kishi faqat о‗ziga ishonadi, agar yashash uchun mablag‗ manbaidan mahrum bо‗lsa, yordam beradigan faqat о‗zi. Bir qaraganda bu shafkatsizlik, lekin u insonning о‗zini harakat qilishga, iqtisodiy fikrlashga, tо‗g‗ri qaror qabul qilishni о‗rganishga majbur qiladi.

Bizda qо‗ni-qо‗shni, qarindosh-urug‗, mahalla hech qachon odamni qiyin paytida yolg‗izlatib qо‗ymaydilar. Bu о‗zbek xalqining eng yaxshi hislatlaridan biri hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyoti har bir insonni eng avvalo, о‗ziga suyanishni о‗rgatishni zarur qilib qо‗yadi. Lekin hamma aybni isrofgarchiliklarni faqat an‘anaga yuklash ham notо‗g‗ri, eng asosiy javobgarlik о‗z zimmamizda-Hech kim bizni 400 ta emas, 100 ta mehmon chaqirsak jazolamaydi.

Tо‗ygacha, tо‗ydan keyingi qator odatlarni kamaytirish zarur.

Davlatimiz ham bu masalaga alohida diqqat qaratadi, jumladan, Prezidentning maxsus farmoniga asosan yurtimizda tо‗ylar, turli marosimlar о‗tkazish, musulmonlarning diniy bayramlariga, mahalla fondiga katta ahamiyat berilmoqda. Milliy an‘analarga о‗z farovonligi ravnaqi nuqtai nazardan qarash kerak. Albatta, nima qilishni har bir odamning о‗zi tanlaydi, lekin ularni nimani tanlashlariga yordam berish kerak.

Tо‗ylar, turli urf-odatlar asosida tantanalar о‗tkazishga nima sababdan tо‗y qilayapsan yoki tantana, marosim о‗tkazayapsan? deb savol berilmaydi. Tо‗y bu bayram. Tо‗y qilayotgan, men tо‗y qilib qarindosh urug‗larni, qо‗ni-qо‗shnilarni, tanish-bilishlarni chaqiraman. Ularni xursand bо‗lishi uchun bayram qilib beraman. Ularning tо‗yida qatnashish biz uchun ham bayram, deydi. Kо‗pchilik, agar men yaxshi tо‗y qilsam, u halda odamlar meni kambag‗al emasligimni bilishadi, qizlarini meni о‗g‗limga turmushga berib xavotir olishmaydi. Qizlarimni turmushga berish osonlashadi. Sababi, ularga agar zarur bо‗lsa, yordam berishimga ishonadilar, degan fikr yuritishadi. Tо‗y о‗ziga xos reklama. Tо‗y odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, о‗ziga kerakli odamlar bilan tanishish mumkin va hokazo.

Iqtisodiy munosabatlardan tashqari insoniy munosabatlar ham borki, ular odamlarni butun boyligini ifodalab berolmaydi. Insonlarning moliya kapitalidan tashqari hozirgi zamon iborasi bilan ayttanda «sotsial kapitalga» ham ehtiyoji katta. Odamlar biri-birinikiga borishi-kelishi, birbirlari bilan kо‗rishishlari, ular uchun pulga qaraganda ham qadrliroq odamgarchilik, bir-biridan ma‘naviy ozuqa olish va boshqalarda ifodalanadi. Bunda ma‘lum bir guruh insonlar sotsial aloqa bilan boqlangan. Ular doimo boshqalarga yordam beradilar va ulardan о‗zlari ham zarur bо‗lganda yordam kutadilar. Tо‗y, tantana va boshqa marosimlar haqidagi odamlarning fikrini jamlab quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. Tо‗y bu bayram hamda uni bekorga о‗tkazilmaydi. Shu bilan birga turli gap-gashtak, tantana, tо‗ylarga transaksion xarajatlar sifatida qarash mumkin degan fikrda ham jon bor.

Ma‘lumki, A. Smit mehnat taqsimotini tо‗liq amalga oshirishda bitta tо‗siq borligi, u ham bо‗lsa, talabning cheklanganli ekanligini kо‗rsatib bergan. R. Kouz va uning shogirdlari, tarafdorlari yana bitta tо‗siqni aniqladilar. Bu bitimlarni tuzish va amalga oshirishdagi xarajatlarning kо‗pligidir. Bunday xarajatlarni tо‗rt guruhga ajratish mumkin:



  • axborotlarni izlash va shartnoma tuzish xarajatlari;

  • shartnomani bajarish bilan bog‗liq xarajatlar;

  • mulkka bо‗lgan huquqni himoya qilish xarajatlari;

  • rо‗yxatdan о‗tish va ish yuritish xarajatlari.

Daromad topishni juda kо‗p yо‗llari bor, lekin jamiyat uchun eng samaralisi bitta - ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, sifatni yaxshilash va mahsulot turlarini kо‗paytirishga xizmat qiladigani.

Xuddi shunday tarzda qо‗yilgan maqsadga erishish uchun har bir kishi, oila о‗zi sarflaydigan transaksion xarajatlarni hisoblaydi. Turli tantana, tо‗y, marosimlar, gap-gashtaklar о‗tkazish orqali insonlar о‗rtasidagi aloqalar, ular о‗rtasida mehr-oqibatni mustahkamlaydi.

«Mehr- kо‗zda» deydi dono halqimiz. Lekin shu bilan birga bu nomoddiy kapital zarur paytida moddiylashish imkoniga ega. Masalan, quyidagi narsalar va xizmatlarga aylanishi mumkin:


  • ma‘lum bir muddatga ishlatib turishga olingan narsa, ijaraga olinsa anchagina mablag‗ sarflashga tо‗g‗ri keladi;

  • qо‗shnidan, qarindoshdan olingan qarz, agar bankda rasmiylashtirilsa ancha qimmatga tushishi mumkin;

  • qо‗ni-qо‗shni, qarindosh-ypyg‗, tanish-bilishning zarur bо‗lganda pul olmay xizmat kо‗rsatishi;

  • ishga joylashish, ishda karyera qilish va о‗sish va boshqalar.

Odamlarning о‗zi bu rо‗yxatni davom ettirishi mumkin. Undan tashqari sotsial kapital, sotsial sug‗urta, kredit uyushmalari rolini о‗ynaydi.

Shunday qilib, milliy udumlar, odatlarga turli qarashlarni hisobga olgan holda yondashsak, hammasini meyorida bо‗lgani yaxshi. О‗quvchi-talabalarni ularga ham ma‘naviy, ham iqtisodiy jihatdan yondashgan holda qaror qabul qilishga о‗rgatish zarur.




Takrorlash va munozara uchun savollar


1. Etnopedagogika iqtisodiy ta‘lim-tarbiyada qanday о‗rin tutadi, deb о‗ylaysiz? 2. Xalq pedagogikasining о‗ziga xosligi nimalarda namoyon bо‗ladi?



  1. Sotsiolog Uilyam Samner nimani etnotsentrizm deb atagan?

  2. Xalqning ta‘lim-tarbiya borasidagi tajribalari, qarashlari nimalarda ifodalanadi?

  3. Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda diniy qarashlar qanday rol о‗ynaydi?

  4. Maks Veber nazariyasi mazmunini aytib bera olasizmi? Sizningcha u xaqmi?

  5. Naqshbandiylik nima sababdan asosan g‗oyaviy-mafkuraviy darajada qolgan, amaliy e‘tiqodga aylanmagan?

  6. Iqtisodiy xulq-atvor va tanlovni shakllanishida milliy an‘ana va qadriyatlar qanday rol о‗ynaydi deb о‗ylaysiz?

  7. Tо‗ylarga, turli marosim, о‗tkaziladigan gap-gashtaklarga siz qanday qaraysiz? Iqtisodchilar tomonidan bildirilgan qaysi fikrlarga qо‗shilasiz?

  8. Gap-gashtak, tо‗y va boshqa tantanalarni о‗ziga xos transaksion xarajatlar deyilishiga qanday qaraysiz?

  9. Biz gul ekamiz, uni sovg‗a qilamiz, bilamizki, u 3-4 kun о‗tgach sо‗liydi, tashlab yuboramiz. Uni о‗rniga kartoshkami, piyozmi, ... xullas boshqa foydaliroq ekin eksak bо‗lmaydimi?

9-Ma‟ruza: IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA JARAYONINI ISLOH QILISH


Reja




  1. Iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaning uzluksizligi va uzviyligi

  2. О‗zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib uzluksiz iqtisodiy ta‘limni amalga oshirish

  3. Iqtisodiy bilim va iqtisodiy savodxonlik

  4. Insonda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Ta‘lim, uzluksiz ta‘lim, iqtisodiy ta‘lim, bilim, iqtisodiy bilim, iqtisodiy savodxonlik.


1. Iqtisodiy ta‟lim-tarbiyaning uzluksizligi va uzviyligi


Ma‘lumki, О‗zbekistan Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» jamiyatda mustaqil fikrlovchi, erkin, komil shaxsning shakllanishini ta‘minlovchi asosiy huquqiy hujjatdir.

Uning tub mohiyati mamlakatimizda ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish, eski ta‘lim tizimidan meros qolgan kamchilik va nuqsonlarga barham berish, bozor raqobatlariga bardosh beradigan kadrlarni tayyorlash, ta‘lim muassasalarini moddiy bazasini kuchaytirish, pedagoglar malakasini tubdan oshirish tizimini barpo etish, ishlab chiqarish, fan, davlat, jamoat tashkilotlari о‗rtasidagi bog‗liqlikning yangi tizimini yaratish, chet el ta‘lim tizimining ilg‗or yutuqdarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish ta‘lim tizimini uzluksizligi kadrlar tayyorlash milliy modelining mazmunini ifodalaydi.

Ta‘limni uzluksizligi farzandni tug‗ilishidan boshlab, voyaga yetib, umrini oxirigacha ta‘lim-tarbiya olishini ifodalaydi. Ta‘lim uzluksizligi xalqimizning «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» naqliga amal qiladi. Tinmay о‗qish, izlanish zarurligini barcha xalqlar e‘tirof etishadi. Chunonchi, rus xalqining «Vek jivi, vek uchis, ya‘ni qancha yashasang, shuncha о‗qi, о‗rgan» maqolining ma‘nosi ham unga hamohang.

Uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini о‗z ichiga oladi:

maktabgacha ta‘lim; boshlangich ta‘lim; umum о‗rta ta‘lim; maxsus о‗rta ta‘lim; kasb-

xunar ta‘limi; oliy ta‘lim; oliy о‗quv yurtidan keyingi ta‘lim; kadrlar malakasini oshirish va kayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta‘lim.

Uzluksiz ta‘lim shaxsning ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirish ma‘naviy boy yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta‘limning faoliyat kо‗rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: ta‘limning ustuvorligi, ta‘limning demokratlashuvi; ta‘limning insonparvarligi; ta‘limning ijtimoiylashuvi; ta‘limning milliy yо‗naltirilganligi;

ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‗liqligi, iktidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan ishlash.

Ta‘limda uzviylikka erishishdan maqsad malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun asosi esa ta‘limning barcha turlarini davlat ta‘lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi modelini va uning faoliyat kо‗rsatish mexanizmini qamrab oladi.

Ta‘limda uzviylik deganda, bir ta‘lim turi fanlari dasturlarining keyingi ta‘lim turiga о‗tganda mutanosib ravishda о‗zgartirib, soddadan murakkabga qarab tо‗ldirib borilishi tushuniladi.

Qaysi fanlarni ta‘lim turlarining qaysi bosqichida о‗qitilishi ham muhim va ularni tartibga solish natijasida uzviylik yaratiladi. Uzviylik ta‘lim sifatiga tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri ta‘sir qiladi. Fanlardagi mavzularning tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri qaytarilishi ham, mantiqiy о‗zilishlar bо‗lishi ham ta‘lim sifatiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadi. Fanlar о‗rtasidagi uzviylik, ayiiqsa alohida ahamiyat kasb etadi. Oliy о‗quv yurtlarida uzviylikni ta‘minlash maqsadida о‗quv rejalar tо‗rtta blokka ajratib tuzilgan. Har bir blokdagi fanlarning uzviyligi ham hisobga olingan. Fanlarning dasturlarini tuzishda fanlararo uzviylikka erishishga ahamiyat beriladi. Fanlararo tо‗la uzviylikka erishish murakkab jarayon hisoblanadi. Buning uchun fanlararo aloqalarni kuchaytirib borish va о‗quv metodik ishlarni takomillashtirish zarur.

Biz bu yerda ta‘lim va bilim tushunchalariga diqqat qaratib, ularni farqlarini ajrata bilishimiz zarur. Chunki ta‘lim va bilim sо‗zlarini kо‗p ishlatamiz, bu iqtisodiy pedagogikaga ham taalluqli.

Ta‟lim uzoq, davom etadigan, barcha uchun bir xil davom etadigan jarayon. Ta‘limdagi sifatga uni berishda ishtirok etadigan kishilarning fazilatlari kata ta‘sir kо‗rsatadi. О„qituvchi bilim emas, balki ta‟lim beradi. О„quvchi, talaba ta‟lim jarayonida bilimga ega bо„ladi.

Bilim esa ta‘limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavxum tushunchaga ega bо‗lgan hodisadir.

Bilim:


  1. mavjudot haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma‘lumotlar majmuidir;

  2. о‗qimishlilik darajasi, ma‘lumot, eruditsiyani ifodalaydi53. Bilim xususiylikka ega bо‗lsa, ta‘lim umumiylikka egadir. Bilim obyektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in‘ikosi natijasida inson miyasidagi mushohada va tasavvurlar natijasida hosil bо‗ladigan tushunchalar yig‗indisi sifatida namoyon bо‗ladi. Bilim individuallikka ega. Ta‘lim, dars beradigan, ta‘limni amalga oshiradiganlar saviyasi turlicha bо‗lishi mumkin, lekin о‗quvchi, talabalarga beriladigan ta‘lim bir xildir. О‗quvchi-talaba ta‘lim jarayonida bilimga ega bо‗ladi. Buning uchun u mustaqil о‗qiydi, tayyorlanadi, kuzatadi, mushohada qiladi, tasavvurga ega bо‗ladi, eshitganlari, kо‗rganlarini sintez qiladi. Natijada, bilimga ega bо‗ladi. Ularning iqtidori, fazilatlari turlicha bо‗lar ekan, ularda hosil bо‗ladigan bilim ham bir xil bо‗ladi, sifati ham.

Ta‘lim bilan bilimni bir tarozining ikki pallasita qо‗yib о‗lchash mumkin emas. Chunki ular ikki jarayon, ikki hodisadir. Yuqorida aytganimizdek ta‘limda umumiylik hukmron bо‗lsa, bilimda individuallik ustunlik qiladi.

Ta‘limni amalga oshirishda uni joriy qilish bazasi, imkoniyati, sharoiti, proffessorо‗qituvchilar saloxiyati, о‗quv adabiyotlari bilan ta‘minlanganlik darajasi va boshqalar katta rol о‗ynaydi. О‗quvchi, talabalarning bilim olishi va uning sifatiga katta ta‘sir kо‗rsatadi. Shuning uchun ta‘limning ana shu tamonlariga katta e‘tibor beriladi.

Iqtisodiy ta‘lim va tarbiyaning rivojlanishini vaqt bilan bosqichlar bilan chegaralab bо‗lmasligi uning uzluksizligidir.

Uzluksizlikni ta‘minlovchi iqtisodiyotga yо‗naltirilgan ta‘lim-tarbiya tizimidagi markaziy siymo – bu jahon andozasiga mos keluvchi ijodkor shaxsdir. Shaxsning iqtisod fanini, ilmini о‗rganib, olgan bilimini amalda qо‗llab, kamolga intilishi ijodkorlikni ta‘minlovchi omildir.




2. О„zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib uzluksiz iqtisodiy ta‟limni amalga oshirish


Boshlang‗ich iqtisodiy bilim berishdan tortib, to iqtisodiy madaniyatlilik darajasigacha bо‗lgan jarayon har bir shaxsni hayotiy ehtiyojini qondirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Uzluksiz iqtisodiy ta‘limni amalga oshirishning maqsadi iqtisodiy ta‘lim berishning barcha bо‗g‗inlari va bosqichlarida, ayniqsa, iqtisodchi va pedagoglar tayyorlashda hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti talablarini tushuna oladigan xо‗jalik yurituvchi mutaxassis sifatida malaka va kо‗nikmaga ega bо‗lgan malakali iqtisodchilar tayyorlash ularni kasb uzluksizligi va uzviyligini taminlash hisoblanadi.

Uzluksiz iqtisodiy ta‘limning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotning asosiy bо‗g‗inlari (mikro, mezo, makro, mega darajada), milliy iqtisodiyot tarmoklari, iqtisodiy xavfsizlik tizimi, xizmat kо‗rsatish soxalarida sodir bо‗ladigan ham sifat, ham miqdor о‗zgarishlarini ilg‗ay oladigan, iqtisodiyotni rivojlanipshni ta‘minlashning meyoriy-huquqiy asoslarini bilimdoni bо‗lgan mutaxassislar hamda nafaqat ana shu xislatlarga, balki iqtisodiy ta‘lim tizimini samarali tashkil etuvchi iqtisodchi pedagoglar tayyorlashdir.

О‗zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari va xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib uzluksiz iqtisodiy ta‘limni amalga oshirishni ustuvor yо‗nalishlari belgilandi.

Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya uzluksizligi oiladan boshlanadi. Dastlabki, iqtisodiy tarbiya oilada ota-ona tomonidan berilsa, keyinchalik maktabgacha tarbiya muassasalarida, sо‗ngra maktabga beriladi. Maktabda turli fanlarni о‗qish jarayonida ham iqtisodiy bilimlarga ega bо‗ladilar. Ayniqsa, mehnat darslarida mehnat bilan mahsulot yaratilishini, uning uchun ma‘lum miqdorda resurslar sarflash lozimligini о‗rganishsa, jamiyatshunoslik darslarida xalq farovonligini oshirish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish lozimligini о‗rganishadi.

Hozirgi kunda umumiy ta‘lim maktablarining 8-9-sinflarida «Iqtisodiy bilim asoslari» fanini о‗rganish jarayonida mamlakatimizda moddiy va ma‘naviy jihatdan erishish uchun zarur bо‗lgan iqtisodiy qonunlar amal qilishi haqidagi dastlabki bilimlarga ega bо‗ladilar.

Keyinchalk akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida ularning iqtisodiy bilimlari yanada kengayadi, mustaxkamlanadi hamda bevosita mehnat jarayonida mustahkamlanadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturning «Kadrlar tayyorlashning milliy modeli» sarlavhali bobida istiqbolda har jihatdan barkamol shaxsni shakllantirish rejasida «Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonning intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdai tarbiyalash bilan uzviy bog‗liq bо‗lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitusiyaviy huquqdaridan biri – bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bо‗yicha mehnat qilish huquqi rо‗yobga chiqariladi» deb kо‗rsatiladi.


3. Iqtisodiy bilim va iqtisodiy savodxonlik


Har qanday jamiyatda ta‘lim asosiy о‗rin tutadi. Ta‘lim hozirgi kunda odamlar, mamlakatning madaniy, iqtisodiy va huquqiy va boshqa jihatlardan rivojlanishining asosiy komponenti, unsuri hisoblanadi. Juda kо‗p mamlakatlarda ta‘limni rivojlantirish mamlakatning eng muhim, zarur ustuvor yо‗nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Jumladan, О‗zbekistonda ham davlat siyosatining ustuvor yо‗nalishi sifatida qaraladi.

Davlatning ta‘lim siyosatidagi bosh masala malakali har tomonlama komil insonni tarbiyalash, mutaxassislar tayyorlashni mehnat bozori talablariga moslashtirishdir.

Ta‘limni sotsial jihatdan ahamiyati kо‗p jihatdan iqtisodiy jihatdan tayyorgarligi bilan aniqlanadi. Bо‗lajak mutaxassislar iqtisodiy masalalarni tushunishi, iqtisodiyotdagi turli tendensiyalarni aniqlay bilishi, amaliy faoliyatga tayyor bо‗lish lozim.

Iqtisodiy ta‘lim strategiyasi davlatning strategik maqsadlariga bо‗ysungan xolda kelib chiqadi. Fanning vazifasi - iqtisodni turli xilligini hisobga olgan xolda obyektiv qonuniyatlarini о‗rganish, ochib berishdir.

Ta‘lim tizimi rivojlanishning strategiyasi doirasida rivojlanish ta‘lim jarayonining о‗zini, mazmunini isloh qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ta‘limni isloh qilish faol, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma‘naviy barkamol kadrlarni tayyorlashni talab qiladi.

Hozirgi paytda О‗zbekistonda iqtisodiy ta‘limga quyidagi talablar qо‗yiladi:



  • sifatlilik, ya‘ni yoshlar talab qilingan darajada bilim, malakaga ega bо‗lishi;

  • barcha yoshlar iqtisodiy bilimlarni о‗rganishi;

  • samarali bо‗lish, ya‘ni ta‘lim-tarbiyaga sarflangan xarajatlar albatta maksimal samara berishi kerak.

Iqtisodiy bilim bir butun xolda - bu real dunyoda iqtisodiy xodisalarni inson tomonidan о‗rganish natijasidir.

Ilmiy bilishning birinchi bosqichida iqtisodiy fikrlarning shakllanishi, uni rivojlanishida eng yirik ilmiy maktablarning tutgan о‗rni о‗rganiladi. Biron bir maktab berilgan savolga, masalaga aniq javob bermaydi lekin ularni integratsiyasi eng asosiysi fikrlashga, tahlil qilishga о‗rgatadi.

Iqtisodiy nazariyalarni о‗rganish jarayonida jamiyatni turli sohalari bilan, siyosiy, ma‘naviy, ijtimoiy jihatdan rivojlanishi bilan bog‗liqligini kо‗rsatib beradi. Iqtisodiy fanni asosiy vazifasi har bir aniq xodisani nazariy jihatdan tushuntirib berish uni sabab-oqibat mexanizmini ajratishdan iborat.

Hozirgi iqtisodiy fanlarning ajralib turuvchi xususiyati iqtisodiy faoliyatni, uni uchta asosiy yо‗nalishlarini ajratgan holda о‗rganishidir: turli iqtisodiy munosabatlar, aloqalar jarayonida insonning о‗zini tutishi, say-harakati, tanloviga e‘tibor qaratuvchi yо‗nalish, institusional yо‗nalish va ishlab chiqarish.

Birinchisida iqtisodiy subyektlarni faoliyatiga diqqat qaratiladi. Bu turli tuman xо‗jalik faoliyatining murakkab xodisalar majmuini ifoda qilib, ularni 4-bosqich: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste‘molga bо‗ladi. Iqtisodiy faoliyat yuritish uchun resurslar va mablag‗lar zarur. Cheklangan resurslar sharoitida tanlov muammosi, resurslarni samarali ishlatishga e‘tibor qaratiladi.

Institusional yо‗nalishda iqtisodiy faoliyat mavjud norma va qoidalar asosida olib borilishiga diqqat qaratiladi. Institutlar, iqtisodiy munosabatlar va muvofiq ravishdagi muassasalarni о‗z ichiga oladi.

Uchinchi yо‗nalishda ishlab chiqarish natijasi, iqtisodiy xodisalar moddiy natijasi - ijtimoiy mahsulot va uning tarkibi dinamikasiga e‘tibor beriladi.

Iqtisodiyotga raqobatbardosh integratsion jarayon tarzida qarasak, uni uch yо‗nalish yoki bosqichga bо‗lish mumkin: «Iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillari harakati» nuqtai nazaridan raqobatdagi ustunlik xarajatlarga kо‗ra aniqlanadi.



«Investitsiyalar harakatga keltiruvchi» iqtisodiyotda raqobatdagi ustunlik ishlab chiqarishning texnik samarasiga asoslanadi.

«Innovatsiyalar harakatga keltiruvchi» iqtisodiyotda, iste‘molchilar uchun yangi, qadrliroq boshqalardan ajratib turuvchi tovarlar ishlab chiqarish va ularni iste‘molchilar nisbatan yuqori narxda sotib olishga tayyorliklariga asoslanadi.

Taraqqiyot resurs sig‗imi yuqori tovarlarga qaraganda «fan sig‗imi» yuqori tovarlarga talab ortib borishi tufayli ta‘limning iqtisodiy jihatdan qadrini yanada ortishiga olib keladi. Bu ta‘limni yetakchi omil, mamlakatni rivojlanishi, kuch-qudrati va potensialini aniqlovchi omilga aylantiradi.

Iqtisodiy pedagogikaning bu jarayonda roli iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi bilan chambarchas bog‗lanib ketadi. Uning - xizmati shundaki, u har qanday darajadagi masalani yechish uchun nazariy konsepsiya va aniq takliflar tanlashni jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarash lozimligi, buning uchun esa insonda yetarli darajada iqtisodiy tafakkur shakllangan bо‗lishi zarurligini о‗rgatadi.


4. Insonda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish


Insonda iqtisodiy tafakkur birdaniga shakllanmaydi. Uning iqtisodiy barkamollikka erishishini quyidagi bosqichlarga bо‗lish mumkin:



  1. Insonning ishlab chiqarishning shaxsiy-insoniy omili boshqacha aytganda potensial mehnat omili sifatida shakllanishi. Bu bosqichda inson kapitaliga investitsiya о‗sib-ulg‗ayishga, kamol topishga qaratiladi.

Bolani о‗stirib, ulg‗aytirish, biron kasbni egallashi natijasida mehnat omili sifatida shakllanadi. Bu bosqichda tarbiya oila, bog‗cha, maktab, litsey, kollej, oliy о‗quv yurtlarida amalga oshiriladi.

Mehnatga layoqatli yoshga yetgani va kasbiy ta‘lim olgani iqtisodiy faoliyat yuritishga tayyorlanadi.



  1. Real mehnat omili sifatidagi inson. Bu bosqichda kishi iqtisodiy kamolotning dastlabki bosqichida yig‗ilgan bilim, malaka, kо‗nikmalari asosida zarur ne‘matlar yaratadi. Uning malakaviy tayyorgarligi qancha yuqori bо‗lsa, mehnat unumdorligi shuncha oshadi. Undan vaqtivaqti bilan malakasini oshirish talab qilinadi.

  2. Tadbirkor sifatidagi inson. Bu bosqichda kishining iqtisodiy faoliyati yangi sifat darajasiga о‗tadi. U bazis ta‘lim va tarbiya natijasida о‗zining tashabbuskorlik, tashkilotchilik, novatorlik, tavakkalchilik va tijoratchilik fazilatlarini rivojlantirilishi tufayli ishlab chiqarishning mehnat omilida tadbirkorlik qobiliyati shakllanadi. U nafaqat о‗z ish kuchi, mehnati, balki mulkini ham ratsional ishlatishni biladi. Xususiy mulk egasi sifatida yakka tartibda, huquqiy shaxs sifatida о‗z biznesini yuritadi, iqtisodiy kamol topgan kishilar toifasiga kiradi.

  3. Menejer sifatidagi inson. U iqtisodiy jihatdan yuqori malaka va tadbirkorlik qobiliyatiga ega. Korporativ mulk egalari mulkdan va mehnat omilidan unumli foydalanish maqsadida boshqaruvchilik kо‗nikmasi va tajribasiga ega bо‗lgan kishilarni tanlaydi. U quyi, о‗rta va yuqori pog‗onadagi menejerlik fazilatiga ega bо‗lgan kishilar. Ular ish xaqi hamda aksiyadorlik jamiyati olgan foydadan ulush oladilar. Iqtisodiy barkamollikka erishilishi ikki yо‗l bilan amalga oshadi:

biznes bilan shug‗ullanish va menejer bо‗lib ishlash.

G‗arbda taraqqiyot asoslarida ma‘naviy jihatlar yetarli bо‗lmaganligi, kishilar hayotida ma‘naviy barkamollikdan kо‗ra moddiy manfaatlar ustunligi yuqori turishiga olib keldi. Sharqda esa qadimdan har qanday taraqqiyot yuksak ma‘naviyat, barkamol axloq tamoyillariga asoslanganishi lozim degan g‗oyalar yetakchi bо‗lib kelgan.

Biz uchun chuqur iqtisodiy bilimlarni sharqona qarashlar, ya‘ni ma‘naviy qadriyatlar bilan uyg‗unlashtirib borish, ta‘limning muhim sharti bо‗lishi lozim. Chunki komil insonni faqat chuqur bilimlar berish bilan tarbiyalab bо‗lmaydi.

Insonning buyuk kashfiyotlaridan biri pul. Uni kashf etilishi taraqqiyotda gildirakni kashf etilishi bilan tenglashtiriladi. Lekin Hozirgi paytda hamma narsani inson hayotida pul hal qiladi degan tushuncha ustunlik qilib bormoqda. Albatta, buni sabablari mavjud.

Xalqda halol pul, harom pul degan iboralar bor. Pul ma‘naviyat nuqtai nazaridan betaraf. Uning halol yoki haromligi kishilarga ularning ma‘naviyatiga bog‗liq. Yoshlar ongiga hamma narsa ham pulga sotilavermasligi, adolat, g‗ypyp, sharqona muruvvat kabilar borligi, qolaversa halol mehnat bilan topilgan pul insonni kamolotga yetaklashini singdirish lozim.

Iqtisodiyot birlamchi bо‗lib kelgan, chunki inson iqtisodiy faoliyatsiz yashay olmaydi. Birov birovning hisobiga foyda kо‗rishi, yaxshi yashash falsafasi iqtisodiy bilimlar tabiatiga ham zid. Iqtisod ma‘naviyatga ijobiy yoki salbiy ta‘sir kо‗rsatishi mumkin. Ammo ma‘naviyatsizlik insonni oxir oqibat xor qiladi.

Iqtisod siyosatdan ham mafkuradan ham ustuvor, birlamchi. Lekin taraqqiyotning hozirgi darajasi, inson ma‘naviyatining hozirgi holatida yoshlarga chuqur iqtisodiy bilim bilan birga yetuk ma‘naviy tarbiya berish zarur.

Iqtisodiy savodxonlik insonni iqtisodiy faoliyat subyekta sifatida qaralgan holda ularni kelajakda ehtiyojlarini qondirish uchun samarali tanlovni о‗rganish, buning uchun esa iqtisodiy faoliyat tuzilishi, unda о‗zining о‗rnini his etishi, zamonaviy iqtisodiy xulq-atvor normalarini, iqtisodiy madaniyatli bо‗lish, resurslarga tejamkorlik munosabatlarini tarbiyalashdan iborat.

Iqtisodiy ta‘lim beruvchi о‗qituvchilar esa quyidagi maqsadni amalga oshirishga harakat qilishlari lozim:


  • Milliy mustaqillik xalqimizning tarixiy, intellektual, ma‘naviy va iqtisodiy merosini о‗rganish, iqtisodiyot ilmi rivojiga ulkan hissa qо‗shgan olimlarning ilmiy merosidan kengroq ravishda talabalarni xabardor qilish, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda yangi iqtisodiy madaniyat va tafakkurni shakllantirish.

  • Zamonaviy tadbirkorlik sirlarini singdirish, jamiyat taraqqiyotida bо‗layotgan о‗zgarishlarni iqtisodiy mohiyatini anglash, tahlil qilish, qaror qabul qilish, hayotiy vaziyatlardan eng kam yо‗qotishlar bilan chiqib ketish.

Shuning uchun ham asosiy diqqat umumiy iqtisodiy savodxonlikni oshirishga qaratiladi. Buni amalga oshirish kо‗p jihatdan iqtisodchi pedagoglar harakati, maxoratiga bog‗liq.


Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Iqtisodiy ta‘limning uzluksizligi va uzviyligi deganda nimani tushunamiz?

  2. Ta‘lim bilan bilim о‗rtasida qanday farq bor?

  3. Iqtisodiyotga raqobatbardosh integratsion jarayon tarzida qarasak, uni qanday yо‗nalishlarga ajratish mumkin va ular qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

  4. Iqtisodiy bilim bilan iqtisodiy savodxonlik о‗rtasida qanday bog‗lanish bor deb

о‗ylaysiz, izohlang.


10-Ma‟ruza: AHOLINING IQTISODIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH YО„LLARI




Reja:



  1. Iqtisodiy savodxonlikni oshirishning asosiy yо‗llari

  2. Yoshlarda bozor iqtisodiyotiga xos bilim kо‗nikmalarni shakllantirish

  3. Iqtisodiy savodxonlik va kambag‗allik muammolari

  4. Kambag‗allik muammosida individual omilning ahamiyati



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Iqtisodiy faoliyag, kambag‗allik muammolari, mutlaq kambag‗allik, nisbiy kambag‗allik.


1. Iqtisodiy savodxonlikni oshirishning asosiy yо„llari


Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, barqaror iqtisodiy о‗sishni ta‘minlash, iqtisodiy ta‘lim tarbiyaning barchaga barobar taalluqli va uzluksiz bо‗lishini talab etadi.

Turli soha mutaxassislarini kasbiy faoliyatida savodxonlik, jumladan, iqtisodiy savodxonlik katta ahamiyatga ega. Insonning iqtisodiy savodxonligi uning umumiy savodxonligining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Iqtisodiy savodxonlik deganda insonning iqtisodiy jihatdan voqea hodisalarni tahlil qilish, unga baho berish va qaror qabul qilish, shaxsni о‗z turmush tarzini erkin tanlashi, tanlov oqibatini kо‗z о‗ngiga keltira olishi tushuniladi.

Insonning dunyoqarashi va iqtisodiy savodxonligi bir-biriga bog‗liq, biri ikkinchisini taqozo qiladi. Iqtisodiy savodxonlik insonning dunyoqarashini shakllanishi va rivojlanishiga, aksincha, qaror topgan mustaqil dunyoqarash iqtisodiy savodxonlikning shakllanishiga xizmat qiladi. Jamiyat a‘zolarining iqtisodiy savodxonligi ikki: obyektiv va subyektiv jihatlarga bog‗liq. Obyektiv, ya‘ni shaxsning о‗ziga bog‗liq bо‗lmagan, balki jamiyatda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar va institutlarga bog‗liq bо‗lgan:


  • mamlakatdagi mavjud tarkib topgan iqtisodiy munosabatlar;

  • boshqaruv munosabatlarida demokratik tamoyillarga asoslanish;

  • iqtisodga oid axborotlarni olish imkoniyati va erkinligi;

  • jamiyat tamonidan iqtisodiy ta‘lim va tarbiya birligini ta‘minlash va ularga tabaqalashgan yondashuv;

  • jamiyat tamonidan iqtisodiy savodxonlikni iqtisodiy-ijtimoiy yutuqlar garovi va shaxs manfatlarini himoya qilishining samarali vositasi sifatida baholash.

Subektiv har bir shaxsning о‗ziga, jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalana olish qobiliyatiga bog‗liq bо‗lgan:

  • iqtisodiyotdagi obyektiv iqtisodiy qonunlarni bilib olish va ularga amal qilish;

  • qabul qilingan qonunlarga amal qilish;

  • qonuniy va iqtisodiy meyorlarni bilish;

  • inson huquqlary va erkinliklari ustuvorligi natijasini anglash;

  • ijtimoiy-iqtisodiy faollik kо‗rsatishi va boshqalar bilan belgilanadi.

Iqtisodiy ta‘lim va tarbiya bir-biri bilan uzviy bog‗liq bо‗lib, dialektik harakterga ega. Yoshlarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirish uchun iqtisodiy ta‘lim va tarbiya uzviyligida quyidagilarni izchil tarzda amalga oshirish lozim:

  • iqtisodiy bilimlarni egallashga ehtiyoj о‗yg‗otish;

  • iqtisodiy tafakkurni muntazam rivojlantirish;

  • xarajatlar, daromadlar, iqtisodiy aloqalar, oila, muassasa, tuman, viloyat, davlat byudjeta, uning manbalari va boshqa iqtisodiy kategoriyalarni chuqur о‗rganishga yо‗naltirish;

  • iqtisodiy ta‘lim va tarbiya berishda pedagogika, psixologiya, iqtisodiyot nazariyasi, falsafa fanlariga tayanish.

Bо‗lajak mutaxassislarning iqtisodiy savodxonligini ta‘minlash uchun iqtisodiy ta‘lim tarbiyani uzluksiz ravshpda tashkil etish sharoitini ta‘minlash eng muhimi, bu borada olib borilayotgan ilmiy-pedagogik tadqiqotlar natijasini о‗quv jarayoniga amaliy tatbiq etish zarur.

Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi tub о‗zgarishlar xо‗jalik yuritishning bozor usullariga о‗tilishi, iqtisodiyotda nodavlat sektor, tarmoqlarining rivojlanishi, mamlakatimizni jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi har bir shaxsdan har qanday muommaga, masalaga uni yechish uchun iqtisodiy nuqtai nazardan yondashishni ham talab qiladi.




2. Yoshlarda bozor iqtisodiyotiga xos bilim kо„nikmalarni shakllantirish


Insonning hayotdagi har bir qadami tanlov bilan bog‗liq, tanlash esa xarajat talab qiladi. Shunday ekan, optimal, samarali tanlovni amalga oshirish uchun yoshlarni iqtisodiy savodxonligini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Iqtisod nafaqat nazariy, balki kо‗proq amaliy fandir. U bevosita amaliyotga tayanadi, aniq ma‘lumot, raqamlar hisob-kitoblardan foydalanadi. shuning uchun iqtisodiy bilimlarni о‗rganish, iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, iqtisodiy xaqiqatlarni namoyon etish aniq iqtisodiy jarayonlar asosida amalga oshiriladi.

Bozor iqtisodiyoti juda murakkab, noaniqlik uning doimiy yо‗ldoshi. Shuning uchun muntazam izlanish, о‗rganish, taxlil qilishni taqoza etadi. Inson birdaniga iqtisodiy fikrlovchi, ishbilarmon yoki tadbirkor bо‗lib qolmaydi. Inson farovon hayot kechirish uchun jamiyat tomonidan tan olingan mehnatni bajarishi, cheklangan resurslardan samarali foydalanishni, topgan daromadini ratsional sarflashni bilishi kerak.

Yoshlarda bozor iqtisodiyotiga xos bilim kо‗nikmalarni shakllantirish sо‗zsiz iqtisodiy ta‘lim va tarbiya orqali ta‘minlanadi. Shuning uchun mamlakatimiz kelajagi taqdiri uchun mas‘ul bо‗lgan yoshlarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, iqtisodiy tafakkurini о‗stirish pedagogikadagi muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Buning uchun yoshlarga iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berish bilan bog‗liq qator pedagogik vazifalar xal etilishi lozim:



  • yoshlarda real iqtisodiy hayot haqida tasavvur hosil qilish;

  • iqtisodiy bilim olishning zamonaviy metodlaridan samarali foydalanish;

  • iqtisodiy bilim berishda о‗quv amaliyotini kuchaytirish;

  • о‗quvchi talabalarni iqtisodiy savodxonlik tushunchasi, uning iqtisodiy pedagogik ahamiyati bilan tanishtirish;

  • bо‗lajak mutaxassislarni mustaqil iqtisodiy ta‘lim olish va mushohada yuritish usullari bilan qurollantirish;

  • real hayotdagi hodisalarni kuzatish, ularning sabablarini tushunish, darslik va о‗quv qо‗llanmalaridan tashqari qо‗shimcha iqtisodiy adabiyotlar, ilmiy adabiyotlar, davriy nashrlar, ma‘lumotlar va boshqalardan foydalanish kо‗nikmalarini shakllantirish va hokazo.


3. Iqtisodiy savodxonlik va kambag„allik muammolari


Iqtisodiy tarbiya nazariyasi eng muhim diqqat qaratiladigan muommolardan biri kambag‗allikka qarshi kurashning eng real vositalari, jumladan, aniq mutaxassislikni chuqur va atroflicha о‗rganishdir.

Milliarder Fullerning onasi о‗g‗liga doimo nasihat qilib, kambag‗allik ayb emas, balki kambag‗allikdan chiqish uchun hech qanday harakat qilmaslik ayb, otang kambag‗allikdan chiqish uchun hech kachon harakat qilmadi. О‗g‗lim, buning uchun sen harakat qilishing kerak der ekan.

Kambag‗allik real va nisbiy bо‗lishi mumkin. Kambag‗allik vatanimiz ravnaqi uchun tayyorlanayotgan mutaxassislarning salohiyati yetarlimi, о‗zi shunday kasb egalari kerakmi degan savollarni hal qilish maqsadida qо‗yilgan. Mutaxassis hech qanday foyda keltirmasa yoki shunday kasb egasiga talab bо‗lmasa kambag‗al yashashi tabiiy. Aqlli, dono, oqibatini о‗ylab ish qiladigan atrofdagilar bilan xushmuomala, tadbirkor mutaxassis о‗zi va davlat uchun foyda keltiradi. Xalqi boy davlatgina rivojlangan davlatlar qatoridan о‗rin oladi.

Qashshoq – bu о‗taketgan kambag‗al, faqir, yashash, hayot kechirish uchun zarur narsalardan mahrum kishi. Kambag‗al deganda muhtojlikda yashovchi, tirikchilik uchun kerakli narsasi yetarli bо‗lmagan, bechora kishini tushunamiz.

Insonga, ayniqsa, bolalikda ijtimoiy, iqtisodiy notenglik katta ta‘sir kо‗rsatadi. Insonlar tabiatan noteng qilib yaratilgan. Ularning aqli, xislatlari bir-biriga о‗xshamagan, qobiliyati jihatidan ham tenglashtirilib bо‗lmaydi. Ijtimoiy va siyosiy jihatdan tenglik ham hayoliy. Umumjamiyat miqyosida tenglik haqida orzularga berilish, uning komiga tushib, о‗ljasiga aylanib qolishga olib keladi. Tenglik faqat ma‘naviy rivojlanishning eng pastki bosqichlaridagina bо‗lishi mumkin.



Mutlaq va nisbiy kambag„allik. Boylik va kambag‗allik inson tabiatidagi ikki kutb va ikkiyoqlamalilikning namoyon bо‗lishi. Albatta, ular insonning ijtimoiy mavjudot sifatidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Albatta, ular jamiyat taraqqiyoti, jumladan, uning tarkibiy qismi sifatida insonning tarbiyasi bilan о‗zgaradi.

Boylikka intilish hoqimiyatga intilish bilan chambarchas bog‗langan, kambag‗allik esa bо‗ysunish, mutelikka moyillik bilan bog‗liq.

Mutloq kambag‗allik yoki qashshoqlik insonni yashash uchun eng zarur bо‗lgan oziqovqat, sanitar-gigiyenik sharoit, kiyim-kechak, poyafzal kabilarning yetishmasligini biddiradi.

Nisbiy kambag‗allik esa moddiy jihatdan ta‘minlanish darajasi mamlakatdagi mavjud о‗rtacha darajadan pastligini ifodalaydi.

Osiyocha ishlab chiqarishning о‗ziga xosligi boylarda kambag‗allarni ekspluatatsiya qilishga moyillik, kambag‗allarda qulchilik psixologiyasi kuchli bо‗lishida ifodalanadi. Kur‘oni karimda ham boylikka intilish qо‗llab-quvvatlanmagan. О‗qimagan, dunyoqarashi tor insonlar boylikni pozitiv tamonlarini kо‗ra olmaydi. Kambag‗allarning boylarga nisbatan nafrat bilan qarashi, hasad qilishi, avvalo boylik turli nopok yо‗llar bilan topiladi, halol mehnat bilan boyish qiyin degan g‗oya bilan bog‗liq. Pedagog yoshlarga uni har taraflama tushuntirishi, hayotdan yaxshi tomonlarini olishga yomon tomonlarini olmaslikka о‗rgatishi zarur.

Keyingi yillarda kimni kambag‗al deyish kerak, uni qashshoqlardan farqi bor-yо‗qligi haqida qizg‗in munozaralar davom etayapti. Ularning chsgarasi qayerda, nimaga qarab aholini ana shunday kategoriyalarga ajratish mumkin? Asosiy qiyinchilik minimal iste‘mol savatini aniqlash bо‗lib, eng zarur bо‗lgan iste‘molni qondiradigan tovarlar va xizmatlar, ularga sarflanadigan xarajatlar miqdorini hisoblash katta mehnat, tadqiqot о‗tkazish, kuzatish ma‘lumotlar tо‗plash va hokazolarni talab qiladi. Bu murakkab masala jahon banki ekspertlari yordamida yengillashtirildi. Unga muvofiq har bir mamlakatning aholisi hayot kechirishi uchun minimum darajada kuniga bir AQSH dollarilik tovar va xizmatlar iste‘mol qilishi kerak. Bunday iste‘mol savatchasining qiymati har bir mamlakat pulining xarid quvvatini hisobga olgan holda hisoblanadi.

Albatta, bunday yondashuv mukammallikdan ancha uzoq, kimni kambag‗al hisoblash kerak? Degan savolga tо‗liq javob bera olmasligiga qaramay, undan mamlakatlar aholisining hayot kechirish darajasini aniqlashda keng foydalanilmoqda. Sababi undan jamiyat miqyosida u yoki bu mamlakat uchun eng zarur muhtoj bо‗lgan narsalarni aniqlash mumkin.

Oxirgi 30 yil davomida dunyodagi boshqa hech qaysi muammo qashshoqlik va ocharchilikni tugatish muammosi kabi dolzarb va jahon hamjamiyatining diqqat markazida bо‗lmgan.

Jamiyat taraqqiyotiga kambag‗allik va tabaqalanishning о‗sishi qay darajada xavfli ekanligini hisobga olib, 2000 yili 160 mamlakat liderlari insoniyat taraqqiyotining global maqsadlarini BMTning ming yillik Dekloratsiyasini qabul qilib, qо‗llab-quvvatlashdi. Bu dekloratsiyada jahon hamjamiyati 2015 yilga borib qashshoqlikni ikki barobar kamaytirishni mо‗ljallagan.


4. Kambag„allik muammosida individual omilning ahamiyati


Hozirgi, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bosqichida davlat asosiy e‘tiborini barqaror iqtisodiy о‗sishni va uni sifat darajasini ta‘minlash orqali aholining barcha qatlamlari daromadini oshirish va turmush darajasini kо‗zatishdir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yili e‘lon qilinadigan insoniyat rivojlanishi haqida dokladi (Doklad o chelovecheskom razvitii) da oxirgi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoqlik va ocharchilikni kamayishiga ma‘lum darajada erishilgani, jumladan, Sharqiy Osiyoda kuniga 1 AQSH dollaridan kam bо‗lmagan daromad olayotgan aholi yarmiga qisqargani bilan hali maqsadga yetishga juda uzoqligi ta‘kidlanadi. Chunki dunyoda har bir tо‗rtinchi odam kuniga 1 dollardan kam daromad oladi. 21 mamlakatda ocharchilik hukm surmoqda, 54 mamlakat avvalgiga nisbatan kambag‗alroq bо‗lib qolishdi54. Kambag‗allik har bir jamiyat mamlakat uchun xos , lekin uning darajasi va kо‗lami har xil. Har bir mamlakat iqtisodiy rivojlanishi, madaniyati va urf-odatlari va boshqalar jihatidan farqlanadi. Kambag‗allik darajasi daromad, iste‘mol tarkibi va darajasi orqali namoyon bо‗ladi.

Bu jihatdan boshqa mamlakatlar о‗rtasida О‗zbekiston о‗ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. О‗zbekistonda kam ta‘minlangan oilalar boshqa mamlakatlarga о‗xshab qashshoq emas. Chunki ularning asosiy qismini 9-sinf va undan ortiq ma‘lumotga ega, 98 foizdan ortig‗ining uyi yoki kо‗p qavatli uylarda kvartirasi bor, 86 % yer uchastkalari, 87 %da televizor, 38 % ida muzlatkich, 12% ida avtomabil va boshqa mulk bor55.

Bunday resurslar juda kо‗p kam ta‘minlangan oilalarni yaxshi daromad topishi uchun imkoniyat yaratilsa bunday holatdan tezda chiqib ketishi uchun muhim asos bо‗ladi, agarda tezda chiqib ketish imkoni bо‗lmasa ularda о‗z aktivlari (yer uzoq muddat foydalanish mumkin bо‗lgan maishiy tovarlar va hokazo)ni sotib, xarajatlarini qoplashga tо‗g‗ri keladi. Bunday holatni chо‗zilishi avvalgi holatga kelish uchun kо‗proq resurslarni talab qiladi.

Demak, kambag‗allikka, qashshoqlikka tushib qolmaslik uchun, avvalo har bir insonning о‗zi harakat qilishi zarur. ―Sendan xarakat, mendan barakat der ekan, Alloh bandalariga‖, - deydi xalqimiz.

Agar daromad topish cheklangan bо‗lsa minimal iste‘molni ta‘minlash asosiy о‗rinda turadi. Agar daromad topish subyektiv imkoniyatlarga bog‗liq bо‗lsa, kambag‗allik muammosini yumshatishda individual omilning ahamiyati о‗sib boradi.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga о‗tish, tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan ham individual omil asosiy rol о‗ynashini taqozo qiladi. Bu jihatdan aholini iqtisodiy savodxonligi muhim ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy savodxon kishi og‗ir vaziyatdan tezda chiqib ketish uchun intiladi, yо‗lini topadi.

Agarda dunyoga mashhur millarderlarni tarixiga nazar tashlasak, ularning asosiy qismi kambag‗al oiladan chiqqanlar.

Masalan, supermarketlar qiroli Sem Uolton о‗zining qobiliyati va iqtidori tufayli chakana savdoda hech kim kutarilmagan chо‗qqiga kо‗tarildi, yutuqlarga erishdi. Yoki Uolt Disney faqat buyuk animator, multfilmlar yaratishining asoschisigina bо‗lib qolmay, iqtisodiy savodxonligi tufayli eng kо‗zga kо‗ringan badavlat odamga aylandi.

Buyuk ixtirochilardan Genri Ford avtomobil ixtiro qilibgina qolmay uni ishlab chiqarishni yо‗lga qо‗ygan. Bu rо‗yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ularning hammasi kambag‗allikdan qutilishning о‗ziga xos yо‗lini toptan genial odamlar. Ularning barchasini shu darajaga yetishida iqtisodiy savodxonligi ham muhim rol о‗ynagan. Iqtisodiy jihatdan mushohada qilishga ularni eng avvalo hayot о‗rgatgan.

Demak, jamiyatda uning a‘zolarini daromad topishga intilishini qо‗llab-quvvatlaydigan iqtisodiy mexanizm yaratilishi bilan aholini iqtisodiy savodxonligi qо‗shilsa, albatta, о‗z mevasini beradi.




Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Insonda iqtisodiy tafakkur shakllanishi va uning iqtisodiy barkamollikka erishishi jarayonini qanday bosqichlarga bо‗lish mumkin?

  2. Iqtisodiy savodxonlikni oshirishning qanday asosiy yо‗llari bor? Ularni kо‗rsatib bera olasizmi? 3. Iqtisodiy savodxonlik bilan kambag‗allik muammolari sizningcha qanday bog‗langan. Uni batafsil izohlay olasizmi?


11-Mavzu; OILADA IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA




Reja:



  1. Oila va uning asosiy funksiyalari

  2. Oila iqtisodiy ta‘lim-tarbiya berishning asoschisi.

  3. Oilaning farzandlar iqtisodiy fikrlashini shakllantirishdagi roli

  4. Oila daromadi, mablag‗lari, ularni taqsimlash va ishlatish



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Oila, oilaning funksiyalari, inson kapitaliga investitsiya jarayoni, iqtisodiyotni kapital bilan ta‘minlash, iqtisodiy tarbiya, oila iqtisodiyoti, mehnat tarbiyasi, oila byudjeti.


1. Oila va uning asosiy funksiyalari


Har qanday jamiyatning hujayrasi bu oila yoki uy, xonadon xо‗jaligi bо‗lib, aynan ularning ahvoli, turmush darajasi oxir-oqibat butun bir mamlakatning xolatini, taraqqiyot darajasini ifodalaydi.

Oilaning vujudga kelishi mehnat unumdorligini о‗sishi bilan bog‗liq. Jamiyat taraqqiyotining ma‘lum bir davrida insonlar mehnat unumdorligi о‗sishi tufayli, jamoadan ajralib chiqib alohida yashash imkoniyatiga ega bо‗lganlar. Ayol va erkak birgalikda yashab, farzand kо‗rib ularni voyaga yetkazish, buning uchun birgalikda mehnat qilish, yashash uchun zarur bо‗lgan mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish bilan uy xо‗jaligi vujudga keladi. Oilaning paydo bо‗lishi va rivojlanishini о‗rganishda F.Engelsning «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» asari (1888 y.) muhim о‗rin tutadi. Oila, xonadon, uy xо‗jaligi bir-biriga yaqin ma‘noni bildiruvchi sinonim tushunchalardir. Oila kо‗p asrlar davomida tubdan о‗zgardi. Lekin uning eng asosiy funksiyasi: zurriyot qoldirib, uni boqish, tarbiya berish, kasallik va boshqa falokatlardan himoya qilish kabilar hanuzgacha о‗zgargani yо‗q. Ota-onalar va bolalar bir-birlari uchun hamma narsaga tayyor, hatto о‗zlarini qurbon qilishdan ham qaytmaganlar. Bu haqda juda kо‗p misollar keltirish mumkin.

Oila - bu qarindoshchilik aloqalari, qondoshchilik his tuyg„ulari orqali bog„langan inson (individ)ning sotsial, ma‟naviy, ruhiy, iqtisodiy ehtiyojlarini birgalikda qondiruvchi kichik guruhidir. Oila о‗z ehtiyojlarini iloji boricha maksimal darajada qondirishga harakat qiladi va uni amalga oshiradi. U ishlab chiqarish omillari, hech bо‗lmaganda mehnat omili egasi.

U «inson kapitali»ni takror ishlab chiqarishni ta‘minlaydi.

Real hayotda oila mustaqil xо‗jalik yurituvchi bir kishidan ham iborat bо‗lishi mumkin. An‘anaviy ravishda oila nikohdan boshlanadi. Nikoh jarayoni mamlakatning taraqqiyoti, qabul qilingan konstitusiya va qonunlar, asrlar davomida shakllangan an‘ana, udumlar asosida amalga oshirilgan.

Deyarli barcha mamlakatlarda oila kо‗rish uchun bir-birini tanlash jarayoni о‗xshash bо‗lib, mavqei, bilimi, dini va boshqa qator jihatlari bilan bir-biriga mos kelishiga e‘tibor beriladi. Shuning uchun ham xalqimizda «Qozoniga yarasha qopqog‗i», «Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan» degan naql aynan ana shu munosabatlarni ifodalaydi.

Hozirgi kunda juda kо‗p mamlakatlarda nikoh kontrakt tuzish asosida amalga oshirilmoqda.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida cheklangan resurslardan samarali foydalanishni turli yо‗llarini topgan.

Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida hayot kechirishning insonlar uchun eng ma‘quli birgalikda xо‗jalik yuritishga asoslangan uy xо‗jaligi bо‗lib, u oiladagi mehnat taqsimotiga tayanadi. Mehnat unumdorligining о‗sishi esa, eng avvalo, mehnat taqsimotiga bog‗liq. Oila doirasida har bir tomon ma‘lum bir yumushlarni bajarishni о‗z zimmasiga oladi. Deyarli barcha xalqlarda an‘anaviy ravishda uy yumushlarini bajarishni ayollar, oilani moddiy jihatdan ta‘minlashni erkaklar о‗z zimmalariga olishgan.

Hozirgi taraqqiyot bu an‘anaviy mehnat taqsimotiga ham о‗z ta‘sirini о‗tkazib, uni har bir oila er - xotinning hislatlaridan kelib chiqqan holda yechishga harakat qiladi.

Oilada har ikki tomon oila aktivlarini vujudga keltirish va mustahkam moddiy asosini yaratishdan manfaatdor. Oila о‗ziga xos investitsion loyiha bо‗lib, bir necha yildan sо‗ng ma‘lum natijaga erishishga qaratilgan. Bu jihatdan uni о‗ziga xos biznesga, investitsiyaga о‗xshatish mumkin. Yuqorida aytib о‗tkanimizdek, insonlarni oila bо‗lib yashashlari ular uchun rotsional bо‗lib, bunda har ikki tomon о‗z nafliligini maksimallashtiradi. Buning uchun inson yakka yashaganga qaraganda nikohda yashashning qanday afzalliklari va kamchiliklari mavjudligini hisobga olib, qaror qabul qiladi. Ularni eng asosiylariga diqqat qaratishga tо‗g‗ri keladi.

Oila bо‗lib nikohda yashashning muhim afzalliklaridan biri moddiy jihatdangina emas, balki ruxiy jihatdan ham qо‗llab-quvvatlovchi, qariganda tayanch bо‗ladigan farzandlardir. Juda kо‗pchilikni о‗ylantiradigan ikkinchi tomoni esa erkinlikni, mustaqillikning cheklanishi. Umuman olganda, odamlar hech qachon erkin emas, chunki uning faoliyati, hayoti boshqalarning harakati, faoliyati bilan bog‗liq, doimo uni hisobga olish zarur, oilada esa ana shu holat nisbatan tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri va kо‗proq bо‗lsa, birgalikda yashagandan sо‗ng, albatga bir-biriga moslashishni talab etadi.

Oila qaror qabul qilganda oila a‘zolarining fikrini ham hisobga olgan holda qaror qabul qilinadi, Odatda, oila a‘zolari kо‗pchilik bо‗lsa qaror qabul qilish qiyinroq bо‗ladi, uzoqroq muddat talab etadi, sababi kо‗pchilik о‗rtasida bir fikrga kelib, qaror qabul qilish qiyin. Masalan, oddiygina oilali odam mashina olish uchun umr yо‗ldoshining ham roziligini olishi kerak. Yakka kishi esa xohlasa sotib olaveradi. Shuning uchun bir fikrga kelib, tezda qaror qabul qilinsa, yakka odamga о‗xshash vaqt xarajati kо‗p bо‗lmaydi.

Oilaning funksiyalari


Bozor iqtisodiyoti doiraviy aylanishida oila yoki uy xо‗jaligi turli-tuman funksiyalarni bajaradi. U jamiyat faoliyatini barcha jabhalarini qamrab oladi va jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni yо‗nalishini belgilab beradi.

Oilaning jamiyatda tutgan о‗rni, roli u bajaradigan funksiyalarda namoyon bо‗ladi.

Oilaning bosh funksiyasi farzand tug‗ib, uni komil inson qilib voyaga yetkazishdir. Avlodni davomchisi, iqtisodiyot uchun ish kuchi va mehnat omili takror yaratiladi. Boshqacha iqtisodiy termin bilan aytganda inson kapitaliga investitsiya qilish jarayoni nuqtai nazaridan qarab, uni uch bosqichga bо‗lish mumkin.

Birinchi bosqichda oilaning moddiy bazasi yaratiladi. Uy xо‗jaligi yuritilib oilaning byudjeti shakllantiriladi. Bizni О‗zbekistonimizda bu jarayon kо‗pincha mustaqil emas, balki otaonaning kо‗magida amalga oshiriladi. Ota-ona bolasini о‗ylaydi, beminnat yordam beradi, qо‗llab- quvvatlaydi, kerak bо‗lsa jonini ayamaydi. Yangi qurilgan oilani kо‗pincha ham moddiy, ham ma‘naviy jihatdan ota-onani kо‗magiga tayanishi bir tomondan yangi oilaning tajribasizlikdan kelib chiqadigan muammolarini yechishga yordam bersa, ikkinchi tomondan bu jarayonni chо‗zilib ketishi ularni mustaqil ravishda muhim qarorlar qabul qilishi, mas‘uliyatni zimmasiga olishi va uni natijasi uchun javob berishini cheklaydi. Hamma narsa о‗z-о‗zidan bо‗layotganday tuyulib, hayot kechirishni oson yо‗liga о‗tib, keyin kelajakda qattiq qiynalishi mumkin.

Ikkinchi bosqichda oila farzand kо‗rish, farzandlarini tarbiyalashni amalga oshiriladi. Inson kapitalining tabiiy asosi yaratiladi. Farzand Alloxning insonga bergan shunday ne‘matiki u insonga cheksiz baxt, xis-tuyg‗u, shodlik olib keladi va uni boshqa hech qanday ne‘mat bilan taqqoslab bо‗lmaydi.

Tug‗ilgan farzandning kelajakda qanday inson bо‗lishi faqat ongni natijasi emas, balki sog‗liq, bilim, iroda, fe‘l atvor, odat, sharoitga moslashishi, muhimi ijtimoiy tarbiyaning murakkab natijasi bо‗lib yuzaga chiqadi.

Har bir ota-ona о‗z oilasi uchun jamiyat oldida javobgar. U qonun yо‗li bilan e‘tirof etilgan. Shuning uchun ota-onalar farzandlariga nisbatan ma‘lum darajada hokimiyat ushlab turishi, hamda о‗z oilasi oldida obrо‗ga ega bо‗lishi kerak.

Oila a‘zolari huquqiy jihatdan muhofazalangan jamiyatning a‘zosi bо‗lsalarda, ota-onalar va bolalarning oilada tutgan о‗rni tubdan farqlanadi: eng avvalo, birinchilari oilani boshqaruvchilari, ikkinchilari esa oiladagi tarbiyalanuvchilardir.

Har bir ota-ona bilishi, aniq kо‗z oldiga keltirishi kerakki, u oilada hoxlaganini qila olmaydi. Ular aynan farzandlarini tarbiyalash, voyaga yetkazish uchun mas‘ul. Olimlarning tadqiqotlariga kо‗ra, farzand kо‗rishi mumkin bо‗lgan har bir oilada uchtagacha farzand tarbiyalash optimal hisoblanadi.

Uchinchi bosqichda bilim, hunar о‗rganadi, о‗z bilimi, qobiliyati, egallagan hunarini realizatsiya qilishni о‗rganadi.

Farzand kо‗rish va uni tarbiyalashda yо‗l qо‗yiladigan xato, boshqa yо‗l qо‗yilgan xato va kamchiliklarga nisbatan og‗irroq va oqibati ayanchli bо‗ladi. Ayniqsa farzand tug‗ib voyaga yetkazish davrida ota-onaiing hayot tajribasi kamligi ham katta rol о‗ynaydi. Bunda, odatda, bolaga tarbiya berishda bobo, buvilarining yordami nihoyatda katta ahamiyatga ega. Chunki ular katta hayot tajribasiga ega, о‗zlari yо‗l qо‗ygan xato-kamchiliklarni farzandlari takrorlamasliklari uchun harakat qilishadi.

Bolalarga ota-onalar investitsiya qiladi. Ular katta bо‗lgach ota-ona oldida qarzini о‗zadi. Farzandlar ota-onani qariganda yolg‗izlantirib qо‗ymaydi, boqadi, parvarishlaydi. Bu jihatdan qarasak farzand о‗ziga xos «Sug‗urta». Hozirgi paytda pensiya, ijtimoiy sug‗urta kabilar mavjudki, ayniqsa g‗arbda kо‗p ota-onalar farzandlardan kо‗ra ham ana shularga tayanishadi.

Umuman olganda, ota-onalar bu muammoga ratsional nuqtai nazardan yondashishga harakat qilishadi. Bunda bola tarbiyalashga sarflangan xarajatlar va ota-onalarning ma‘lumotlari katta rol о‗ynaydi. Sababi:



  1. Ota-ona uchun farzandga qaraganda ham yuqoriroq baholanadigan narsa bormi, yо‗qmi diqqat qaratadi.

  2. Ma‘lumoti yuqori bо‗lgan sari ayolning farzand kо‗rish ehtimoli pasayadi.

  3. Ma‘lumoti yuqori ota-onalar farzandlarni yaxshi tarbiyalash, bola bilishi zarur bо‗lgan narsalarni uni anglashi uchun oson tarzda tushuntirib berish, ularni bilim olish, dunyo sirlarini о‗rganishga qiziqtirish imkoniyatlari katta.

  4. Oila farzandlari miqdorini, ularni sog‗lom, bilimli, odobli bо‗lib yetishishlari uchun sarflanishi zarur bо‗lgan xarajatlar va о‗z daromadlaridan kelib chiqqan holda belgilaydilar.

Odatda, bu xarajatlarning bir qismini davlat kо‗taradi. Bular meditsina, maorif, sport, ta‘lim kabilar bо‗lib, uning ikkinchi qismini oilalarning о‗zlari sarflaydilar. Bozor iqtisodiyotiga о‗tilishi bilan birga ana shu xarajatlarda oilaning hissasi tobora ortib boradi.

Oila hukumat bilan resurslarni nazorat qilish, ulardan samarali foydalanish bо‗yicha raqobatlashar ekan, bu borada kо‗p jihatdan afzalliklarga ega.

Oilaning yana bir muhim funksiyasi iqtisodiyotni kapital bilan ta‘minlashdir. Bunda ayniqsa oilaning jamg‗armasini investitsiyaga aylanishi muhim ahamiyatga ega.

Oilaning muhim funksiyalaridan biri uy xо„jaligini yuritish, tovar va xizmatlar yaratish, oilaviy biznes tashkil qilish va boshqalar. Oilaning muhim funksiyasi mulk egasi sifatida individual ishlab chiqarishni tashkil etadi. Xususiy tadbirkorlik, kichik biznes, oilaviy biznes, fermer, dehqon xо‗jaligini tashkil etib faoliyat yuritadi. Uy xо‗jaligida oila a‘zolarining vaqt byudjetini anchagina qismi oila yumushlari uchun ketadi, kir yuvish, ovqat qilish, uyjoylarni supirib-sidirib ozoda saqlash va hokazo. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning ana shu funksiyasini ahamiyati yanada ortadi.



Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida oilaning rekratsion funksiyasi ortib bormokda. Rekreatsiya lotincha bо‗lib, dam olish, ish kuchini tiklash, ish jarayonidagi energiyani tiklash ma‘nosini bildiradi.

Intensiv mehnat faoliyati, ayniqsa, aqliy jihatdan toliqish, insonlarga о‗z ish qobiliyatini tiklash, sog‗ligini saqlashi zarur qilib qо‗yadi. Bunda yashash muhiti ham katta ahamiyatga ega.

Oilani dam olishi, bо‗sh vaqtini qanday о‗tkazayotgani bо‗yicha olib borilayotgan tadqiqotlar borgan sari ularni tanlovi turli kо‗ngil ochar tadbirlarda qatnashishi, sayohat qilishi, dunyo kezishi, xullas marokli dam olish tomonga о‗zgarayotganini kо‗rsatadi.



Oilaning kommunikativ funksiyasi ham mavjud bо‗lib, u oila a‘zolarining о‗zaro muloqot va о‗zaro tushinishga, ruhan muvozanatga erishishga bо‗lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilishida ifodalanadi.

Insonning yolg‗iz yashansh juda qiyin. Shuning uchun ham «Yolg‗izlik, yagonalik faqat Allohga xos», - deydi xalqimiz.

Oilaning felitsitologik funksiyasi. Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik (italyancha felisite-baxt) funksiyasidir.

Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida kо‗p jihatdan hal qiluvchi omil bо‗lib bormokda. Oiladagi ruhiy muvozanat, bir-birini tushunish, oila azolarini о‗zlarini baxtli his qilishlarini ta‘minlaydi. Ularni mavjud qobiliyat, imkoniyatlarini rо‗yobga chiqaradi.

Oilaning regulyativ funksiyasi oila a‘zolari о‗rtasida о‗zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijgamoiy nazoratni, oilada ustunlik va obrо‗ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunga kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy va ma‘naviy tomondan qо‗llab-quvvatlash nazarda tutiladi. Bu jihatdan har bir oilaning о‗ziga xos qonun qoidalari mavjud va unga amal qilish lozim bо‗lgan «davlat» hisoblanadi.

Oilaning boshqa funksiyalari ham borki, ular pedagogika fanida chuqurroq о‗rganiladi.




2. Oila iqtisodiy ta‟lim-tarbiya berishning asoschisi


Ota-ona bolalarning birinchi tarbiyachisidir. Bola xulqining shakllanishi va uning umumiy kamol topishida ularning ta‘siri g‗oyat katta. Bola о‗z ota-onasini hammadan yaxshi, har qanday ishning uddasidan chiqadigan ajoyib kishilar deb his etadi. Bola qanchalik yosh bо‗lsa, kattalar xulq-atvoriga shunchalik ergashuvchan bо‗ladi. Shuning uchun bolaga ota-ona tarbiya berar ekan, undagi dastlabki, iqtisodiy tushunchalar ham oilada shakllanadi. Ma‘lumki, tarbiya metodlari:



  • sо‗z orqali tarbiyalash;

  • kо‗rgazmalilik;

  • amaliy namuna;

  • rag‗batlantirish va jazo metodlaridan iborat bо‗lib, ular dastlab oilada qо‗llaniladi. Ayniqsa, bolalarning murg‗ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta‘sir etmaydi va barcha ibratlar ichida ota-ona ibratidan kо‗ra chuqurroq va mustahkamroq о‗rin oladigan ibrat yо‗q. Shuning uchun dono xalqimiz: ―Qush uyasida kо‗rganini qiladi‖, - deb bejiz aytmagan.

Oilada farzand tarbiyasi bilan ota-ona shug‗ullanadi. Iqtisodiy tarbiya dastlab oilada beriladi. Bola oilada ota-onasining uy-rо‗zg‗or xarajatlari, pulga munosabatlari, pul hisob kitobini olib borishlari, mehnat qilishga, mehnat nashidasidan zavqlanishga, uning natijasidan quvonishga amaliy namuna kо‗rsatishlariga qarab о‗rganadi.

Mana shu davrda ularda dastlab iqtisodiy tasavvurlar paydo bо‗ladi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, yosh bolalar oilada sodir bо‗layotgan voqea-xodisalarga tabiatan tez moslashuvchan bо‗ladilar. Demak, yoshlikdan tо‗g‗ri yо‗naltirilgan tarbiya, jumladan iqtisodiy tarbiya kelajakda insonning har tomonlama kamol topishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi.

Unda tabiat bergan fazilatlar asosida tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob kabi hislatlarga tamal toshi oilada qо‗yiladi. Keyinchalik u maktabda, о‗rta maxsus о‗quv yurtida qolaversa, oliy maktabda rivojlantiriladi, kamol topadi.

Iqtisodiy tarbiya eng, avvalo, oiladan boshlanishi zarur. Uning zarur shartlaridan biri esa oilada pulga bо‗lgan munosabatdir. A.S.Makarenko о‗zining ―Ota-onalar uchun‖ kitobida pulga bо‗lgan uch munosabatni ta‘kidlaydi. Bunda, birinchi oila boshlig‗i aytadiki: ―hamma joyda yaramaslik kо‗payib ketdi, barcha bolalar chо‗ntaklarida pul jaraqlaydi‖, ikkinchi oila boshlig‗i esa: ―kattalar faqat pulsanash bilan ovora, bolalar bunday yaramas narsalardan uzoqroq tarbiyalanishi darkor‖, - deya fikr yuritadi. Uchinchi oila boshlig‗i – buxgalter bu masalaga о‗z fikrini bayon qiladi: ―Oila – bu xо‗jalik, pul keladi va sarflanadi. Pul bо‗lgandan keyin tartib bо‗lishi lozim, pulni kim о‗g‗irlab topgan bо‗lsa, palapartish xarajatlar qilishi mumkin. Hozir bolalarni pul sarflashga о‗rgatishning aynipaytidir‖. A.S.Makarenko iqtisodiy savodli buxgalter oilasini ―Etalon oila‖ deb ataganining о‗zi ham bu masalaning qanchalik zarurligini kо‗rsatib turibdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu zaruriyat yanada kuchayadi.

Bola tarbiyasi va uning natijasi shaxsiy ham ijtimoiy manfaat ahamiyat kasb etadi yaxshi tarbiya faqat oila uchun quvonch, baxt-saodat ruhiy va iqtisodiy boylik keltirib qolmay, jamiyat uchun ham foyda keltiradi va shu tufayli iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy ahamiyatga ega.

Mamlakatning istiqboli, xalqning faravonligi, ilm – tafakkur bilan uzviy bog‗liq. Bilim, fngicha tafakkur, avvalo oila muhitida shakllanadi. Har bir shaxs eng avvalo oilada shakllanadi. Tadqiqotchi pedagog va psixolog olimlarning fikricha, bola о‗z umri davomida о‗rganadigan bilimlarni 80 foizigachasini 4-5 yoshgacha о‗rganar ekan. Shu yoshgacha u psixologik jihatdan ham shakllanar, qolgan umri davomida uncha katta bо‗lmagan о‗zgarishlar yuz berar ekan, halos. Bundan kо‗rinib turibdiki, farzand tarbiyalayotgan ota-onalar inson shaxs bо‗lib kamol topishida ana shu jihatlarga alohida e‘tibor qaratishlari lozim.

Oila iqtisodiyoti, uning faravonligi, oilada mehnatga yaroqli a‘zolarining ishlaganligi, tadbirkorlik, ularning bilimi, iqtidoriga kо‗p jihatdan bog‗liq. Oila iqtisodi mehnat bilan topilgan mol-mulk hamda tejamkorlik yо‗li bilan yig‗ilgan moddiy ne‘matlardan iborat bо‗lgani bois, ana shu ne‘matlarni yaratishda iqtisodiy bilim muhim о‗rin tutadi.

Iqtisodiy bilim shaxsning nafaqat о‗zi va oilasiga, ayni paytda xalqning faravonligini ta‘minlashga ham xizmat qiladi.




3. Oilaning farzandlar iqtisodiy fikrlashini shakllantirishdagi roli


Bola tarbiyasi ota-onaning suhbati, farzandlari bilan muloqotida bо‗lgan о‗yin о‗ynaganda unga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshadi deb о‗ylashadi. Lekin xо‗jalik yuritishda qatnashishi alohida ahamiyatga ega. Chunki nafaqat halol, yaxshi odam, balki yaxshi xо‗jalik yarituvchi, xо‗jayin tarbiyalashimiz zarur.

Bola ota-onasini qayerda ishlashini, bu ishning qanday mashaqqatli ekanini, qanday qilib muvofaqqiyatlarga erishish mumkinligini xis qilishi, bilishi kerak.

Umuman olganda, bbola ota-onasi ishlab topayotgan pul hamma narsani olish uchun zarur narsa ekanligi bilan birga uni topish uchun qattiq mehnat qilishlarini bilishi kerak.

Eng avvalo, bolalarni uy yumushlarini bajarishga, uy xо‗jaligidagi boshqa ishlarni bajarishga jalb etish kerakki, ular ota-onalari mehnati qadriga yetishiga yordam beradi. Mehnatni qadrlashning muhim kо‗rinishi tejamkorlikdir.

Tejamkorlik jonkuyarlikni о‗ziga xos tomoni, agar jonkuyarlik kо‗proq insonni о‗y – hayolida bо‗lsa, tejamkorlik aynan uning odatida namoyon bо‗ladi. Jonkuyar xо‗jayin bо‗lish mumkin, lekin shu bilan birga umuman tejamkor bо‗lmaslik mumkin. Shuning uchun yoshlikdan boshlab oilada ana shu hislatni tarbiyalash kerak. Bu hislatni, eng avvalo, ovqatlanishdan boshlanadi. Ovqatni tо‗kmay, isrof qilmasdan yeyish, о‗yinchoqlarni buzmay о‗ynash, kiyimlarni iflos qilmaslikka odatlantirish lozim. Albatta bu odatlarni tarbiyalash qiyin. Lekin oilada, albatta qanchalik qiyin bо‗lsa ham bolada ana shu odatlarni shakllantirish kerak. Bо‗lmasa qancha gapirgan bilan ta‘sir qilishi qiyin.

Doimo bolani tejamkorlikka rag‗batlantirish lozim. Ularni nafaqat о‗zini, balki boshqalarning narsalarini ham asrab avaylashga, ayniqsa atrof muhitni asrashga о‗rgatish zarur.

Bolada iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda tejamkorlik, narsalarni asrab-avaylab ishlatishga о‗rgatish bilan birga, tо‗g‗ri yо‗l tanlashga о‗rgatish ham muhim ahamiyatga ega.

Insonni bu hislatisiz kelajakda yaxshi xо‗jalik yurituvchi, yaxshi xо‗jayin bо‗lishi qiyin. Agar odam faqat kо‗zga tashlanib turgan narsani kо‗rib, boshqa narsalarni kо‗rmasa, yuz berayottan voqea-hodisalarni his qilmasa, tо‗g‗ri yо‗l tanlashiga qiyinlashadi. Shuning uchun oilada farzandni о‗zini о‗rab turgan olam, odamlar va ularni faoliyati, ularni murakkabligi qiziqtiradi. Ana shunday sharoitda tanlash zgruriyati haqidagi dastlabki tushunchaga oilada ega bо‗ladi. Shuning uchun ham ota-ona farzandiga ana shunday xolatni tarbiyalash uchun tanlashi zarur bо‗lgan turli topshiriqlarni berishi zarur. Masalan oila ehtiyoji uchun zarur bо‗lgan narsalarni sotib olish, uy xо‗jaligida bajarilishi kerak bо‗lgan ishlarni taqsimlash asosida, ularni oila a‘zolari uchun vazifa qilib ularni tez va sifatli bajarilishlarini rag‗batlantirishi lozim.

Iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda oilada mehnat tarbiyasi alohida о‗rin tutadi. Mehnat qilish tufayligina jamiyat hozirgi darajaga yetib keldi. Mehnat insonning hayotida, qolaversa kishilik jamiyati taraqqiyotida asosiy rol uynashiga qadimdan alohida ahamiyat berishgan. Uni kо‗plab mehnat tо‗g‗risida yaralgan maqollar, ertaklar, topishmoqlar, xikmatli sо‗zlar, о‗gitlar hamda buyuk allomalarimizning bizga qoldirgan ilmiy, adabiy meroslaridan kо‗rish mumkin. Beruniy qarashlarida kishilik ehtiyojlarining paydo bо‗lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg‗unlashib ketadi. Uning fikricha, kishilar о‗zlarining zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majbur bо‗lganlar.

Barcha qimmatli narsalar inson mehnati orqali yaratiladi. Beruniy sо‗zlari bilan aytganda, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson mehnati bilan ulug‗, kishilik jamiyatining asl tarixi ham mehnatdan boshlangan. Bilimlarni egallash va hunar о‗rganish uchun ham mehnat qilish zarur.

Shuning uchun ham talim tarbiya, jumladan, iqtisodiy tarbiya ham mehnat orqali tarbiyalashga hech qanday tarbiya yetolmaydi, uning о‗rnini bosolmaydi. Mehnatga tayyorlash, insonga mehnatsevarlik fazilatini shakllangirish nafaqat insonning kelajagi, qolaversa mamlakatning ham kelajagini belgilaydi.

Mehnat qilish faqat zaruriyatdan, och va yalang‗och qolmaslik uchun harakatdangina iborat bо‗lmay, uning ijodiy bо‗lishi, u quvonch, о‗z ishidan qoniqish, g‗ururlanishiga olib kelishini his qilish muhim ahamiyatga ega. Mehnatga о‗rgatish tufayli nafaqat kasb-hunar egasi tarbiyalanadi, balki atrofdagi insonlarga, narsalarga munosabati ham tarbiyalanadi.

Mehnat insonni nafaqat jismonan rivojlanishiga, balki ruxiy, ma‘naviy, psixologik jihatdan ham rivojlanishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi. Mehnatga bolani yoshligidan oilada о‗rgatishdan boshlash kerak.

Iqtisodiy faoliyatning asosini mehnat tashkil etar ekan, demak, mehnat iqtisodiy tarbiyaning ham asosdir. Bolaga dastlab oilada о‗yinlar orqali, о‗yinchoqlarini buzmasdan, ozoda saqlash, tartibga solish kabilar о‗rgatilsa, keyinchalik uy xо‗jaligidagi mavjud ishlarni bajarishga yordamlashish, hovli supurish, suv keltirish, uy jihozlari ustidan chang artish, pol artish, idish - tovoqlar yuvish, uy hayvonlariga qarash va hokazolar orqali mehnatga jalb qilinadi. Shaharga qaraganda qishloqda bolalarni mehnat bilan band qilish yо‗llari kо‗p bо‗lsada, har bir oila qayerda yashashidan qatiy nazar bolalarni band qilish uchun ular bajaradigan ishlarni yetarli darajada topish mumkin. Eng qiyini esa dangasalikni yо‗qotish.


4. Oila daromadi, mablag„lari, ularni taqsimlash va ishlatish


Iqtisodiy ravnaq о‗z yо‗lida, asosan iqtisodiy tarbiya orqali amalga oshirilishi barchaga ayon bо‗lib, u eng avvalo, yurtimizning kelajagi bо‗lgan yosh avlodni iqtisodiy bilim va tushunchalar bilan qurollantirish, iqtisodiy masalalarga qiziqishni о‗yg‗otish, egalik hissini tarbiyalash, asosiy maqsadi esa unumli mehnat qilishga moddiy ne‘matlardan tejab-tergab foydalanishga, mehnat natijalariga real yondashishga, mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilinga о‗rgatishdir.

«Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar» dono xalqimizning bu maqoli iqtisodiy masalada qay darajada e‘tibor berilishining yorqin misolidir.

Iqtisodiyotda qanday natijaga erishish, tejamkorlik bilan bevosita bog‗liq. Demak, bolaga yoshligidan boshlab oilada iqtisod, kirim - chiqim, daromad va xarajat haqida tarbiya berish lozim. Keyinchalik u oilani yuritish, uni iqtisodi haqida qayg‗urishni о‗rganadi. Yoshlikda shakllangan iqtisodiy qarashlar bolani oila farovonligini ta‘minlash yо‗llarini topishni о‗rganishga undaydi.

Farzandlar oila byudjeti bilan tanishganlari ma‘qul. Ularni oilani moliyaviy rejalari bilan tanishtirish lozim. Farzandlar ota-onasi nimaga muxtoj uni qondirish uchun nima qilish kerak, о‗zini qanday ehtiyojlardan voz kechib, ota-onasi ehtiyoji uchun sarflash mumkinligini о‗rganishi kerak. Bola xо‗jalik yuritishni dastlabki ma‘lumoti oilada zarur bо‗lgan narsalarni olish bilan boshlanishini о‗rganadi. Bolalarni tejamkorlikka ham dastlab oilada о‗rgatiladi.

Oila byudjeti Oilada uy xо‗jaligini yuritish, ehtiyojlarini qondirish uchun qilinadigan xarajatlarni hisoblash, ularni olinadigan daromadlarga moslashtirishni talab qiladi. Boshqacha aytganda, oila byudjetini shakllantirishni talab qiladi.

Oila byudjeti - bu oilaning daromadlari va xarajatlarining (smetasi) balansidir. Oila byudjeti bu - oilaning о„z funksiyalari va vazifalarini bajarishni moliyaviy ta‟minlash maqsadida pul mablag„larini tо„plash va sarflashning balansidir.

Oila byudjeti ham boshqa barcha darajadagi byudjetlarga о‗xshab ikki qism: daromadlar va xarajatlardan iborat.



Daromadlar va xarajatlar tarkibi turli oilalarda birmuncha farqlanadi, asosan quyidagilarni о„z ichiga oladi:

Oilaning daromadlari Oilaning xarajatlari


  1. Ish haqi 1. Oziq-ovqatlar

  2. Tadbirkorlik daromadlari 2. Kiyim-kechak, poyafzal

  3. Mulkdan olingan daromadlar (ijara haqi, 3. Kommunal to‗lovlar

foiz, dividentlar)

  1. Davlatning transfert to‗lovlari (pensiya, 4. Uzoq muddat foydalaniladigan maishiy stipendiya) texnika va sanoat mollari

  2. Sog‗liqni saqlash va maorif, ta‘lim 5. Mebel, uy-ro‗zg‗or buyumlari tizimidagi bepul xizmatlar 6. Sovg‗a – salom va boshqalar 6. Transport, soliqlar, dam olish, ma‘lumotlar olish, jamg‗arish, boshqa xarajatlar

Oila byudjeti xarajatlarini oila a‘zolari bilan birgalikda muhokama qilib, bu oyda taxminan qancha daromad olinadi va asosan nimalarga sarf qilinadi. Qaysi xarajatlarni birinchi qilish kerak, qolgan xarajatlarning ketma-ketligini aniqlash farzandlarda iqtisodiy fikrlashni rivojlantiradi. Kelgusida daromad topish va sarflashda ana shu oilada olgan tajribasiga tayanadi.

Oila byudjeti daromadlari va xarajatlari mamlakatimiz miqyosida aholi pul daromadlari va xarajatlari shaklida ifodalanadi.

Aholining turmush darajasini baholashda aholi jon boshiga pul daromadlari va xarajatlari kо‗rsatkichidan foydalanish mumkin. Ular asosida oila asosida oilalarning ham pul daromadlari va xarajatlarining о‗zgarishi tо‗g‗risida ham xulosa chiqarish mumkin. Oila qancha boy bо‗lsa, jamiyat ham shuncha boy bо‗ladi.



Aholi jon boshiga pul daromadlari va xarajatlari,

ming sо„m

Kо„rsatkichlar 2005 yil 2006 yil О„zgarishi %


Iste‘mol sarflari 271,6 360,2 132,6

Majburiy tо‗lov va ixtiyoriy badallar 28,5 33,8 118,6 Omonatlarni о‗sishi. Valyuta sotib olishni 64,1 84,8 132,3 qо‗shgan holda va boshqalar

Jami pul sarflari va omonatlar 364,3 478,8 131,4

Jami pul daromadlari 371,8 489,1 131,5 Daromadlarni xarajatlardan ortishi 7,5 10,4 138,7

Manba: О‗zbekistan Respublikasi Davlat statistika qо‗mitasi ma‘lumotlari.

Jadval ma‘lumotlari asosida mamlakatimizdagi oilalarning daromadlari ortib, farovonlik darajasi kо‗tarilib borayotganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Bunda respublikamiz aholisining iqtisodiy tafakkur darajasining ortishi muhim rol о‗ynaydi, desak adashmaymiz. Oilaning daromadi qancha kam bо‗lsa, topilgan daromadni asosiy qismi oziq-ovqatga ketishi va boshqa birinchi darajadagi zarur tovar va xizmatlar uchun sarflanishini oiladagi bolalar bilishi, boshqa sarflar uchun daromad topishni, kо‗paytirishi zarurligini anglab yetishi lozim.

Oilaviy byudjetga eng kо‗p zarar keltiradigan narsa - bu asosiy ravishda keraksiz buyumlarni sotib olishdir. Shuning uchun farzandlarga ota-onalar buni tushuntirishi, bunday ortiqcha xarajat qanday natijaga olib kelishini aytib, ularning ongiga yetkazishi lozim. Kaykovus ham «Qobusnoma»da halol pul, mol topishdan ham uni tо‗g‗ri sarflash qiyinligini ta‘kidlab о‗tgan.

Kо‗p oilalarda olingan oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga yо‗l qо‗yishadi. Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga qaraganda oila byudjetini oziq-ovqatlarga sarflangan qismini 4 foizdan 12 foizgachasi ularni isrof qilib tashlab yuborish oqibatida yо‗qotilar ekan. Albatta, qishloq sharoitida tashlab yuborishga deyarli yо‗l qо‗yilmaydi. Chunki har bir xо‗jalikda uy hayvonlari, parranda boqiladi. Lekin shaharlarda bu isrofgarchiliklar natijasida, nafaqat oila byudjeti uchun yо‗qotish, balki chiqindilarni, kо‗payib, atrof muhitni ifloslanishiga olib kelishi yanada noxush oqibatlarni kо‗paytiradi.

Oilaning byudjeti uning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini, uning tadbirkorlik faoliyatini faolligi, turmush darajasi ma‘lumoti, turmush darajasi investitsion potensial va boshqalarni kо‗rsatadi.

Iqtisodiyot rivojlanishida aholining jamg‗armasi muhim rol о‗ynaydi. Iqtisodchilar jamg‗arma - kapital qо‗yilmalarning asosiy manbasi deb kо‗rsatishadi. Undan tashqari, jamg‗arma «Inson kapital»iga qо‗yilmaning ya‘ni sog‗lom, malakali mutaxassis tarbiyalashning asosi hisoblanadi.

Ayniqsa, kelajakda о‗z ishini ochadimi yoki boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun oila topgan daromad uning xarajatlaridan kо‗p bо‗lishi kerak, ya‘ni ma‘lum miqdorda jamg‗arma bо‗lishiga erishish lozim. Odatda, mamlakat miqyosida iqtisodiyotda rezerv (zahira) fondi, barqarorlashtirish fondi tashkil etiladi. Jamg‗arma ham oila uchun ana shunday fond bо‗lib hisoblanadi.

Odamlar nima sababdan mablag‗larini sarflashadi, tushunarli, lekin nima sababdan jamg‗aramiz? Uning sabablari juda kо‗p. Ulardan eng asosiy 3 ta sababini kо‗rsatishimiz mumkin:


  1. Kelajakda kо‗p mablag‗ talab qiladigan narsani sotib olish uchun. Odamlar joriy xarajatlarni deyarli har kuni qiladilar. Olingan daromad hammasi bir kunda sarflanmaydi. Uni ma‘lum bir qismi oy davomida saqlanadi (naqd pul yoki kredit kartochkasida), qator narsalarni bir oylik topilgan daromadga sotib olish qiyin, shuning uchun pul tо‗plash kerak.

  2. Har ehtimolga qarshi. Insonlar doimo kelajak haqida о‗ylashadi. Kelajakda kamroq daromad olishlari mumkin yoki kelajakda qо‗shimcha xarajatlar qilishga tо‗g‗ri keladi yoki kelajakda qanaqa kunlar bо‗ladi, qariganda nima bо‗ladi, deya mablag‗ jamg‗aradilar.

  3. Daromad olish uchun. Jamg‗arma investitsiya manbai kapital о‗zi nima? U daromad keltiradigan aktiv, qо‗shimcha daromad topishga intilishi jamg‗arish uchun muhim stimul bо‗lib hisoblanadi. Jamg‗arma qanday shakllarda bо‗lishi mumkin?

Agar mamlakatda moliyaviy institutlar rivojlanmagan bо‗lsa, odamlar jamg‗armalarini qanday shaklda saqlashadi? Birinchi navbatda, naqd pul shaklida. Sababi uning likvidligi eng yuqori, lekin eng katta kamchiligi inflyatsiya tufayli qadrlansizlanadi. Shuning uchun kо‗pincha odamlar pulini ishonchli chet el valyutalarida saqlashga harakat qiladilar. Agar inflyatsiya uncha kuchli emas, pul yaqin orada sotib olinishi lozim bо‗lgan narsaga yig‗ilayotgan bо‗lsa, milliy valyutada saqlanadi.

Ikkinchidan, qimmatbaho kо‗chmas mulk, antikvariatlar shaklida (uy-joy va hokazo), qimmatbaho zeb-ziynatlar. Ular hech bо‗lmasa nominal qiymatini saqlaydi yoki narxi kо‗tariladi.

Ularni saqlash kerak, saqlash esa qо‗shimcha xarajatlarni talab qiladi. Likvidligi past, tezda naqd pulga aylantirish qiyin.

Uchinchidan, kapitalga aylantirishga xarakat qilish. О‗z biznesini ochish (tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri investitsiya) yoki tanishlarga foizga berish. Bu yerda moliya bozori yoki banklar va boshqa moliyaviy muassasalarning vujudga kelishi shaxsiy jamg‗armani kо‗paytirish, daromad topishning yangi-yangi imkoniyatlarini vujudga keltiradi.

Lekin yuqori daromad orqasida risk ham yuqori darajada bо‗ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamg‗armani saqlashning turli-tuman yо‗llari mavjud. Agar qarilik paytiga yig‗ish kerak bо‗lsa, pensiya fonda, hayotni turli hodisalardan sug‗urta qildirish mumikn, hoxlagan turdagi qimmatli qog‗ozlarni sotib olish mumkin. Moliya, bank muassasalari aholini pulini jamg‗arish uchun kо‗rsatilayotgan xizmatlari qulay va foydali. Moliya institutlari bu pullarni biznesga yо‗naltiradi, egasiga ham daromad olib keladi. Uyda pulni saqlash, qо‗riqlash tashvishlaridan holi bо‗ladi.

Ana shu jihatlarni oiladi farzandlarni kо‗rishi, о‗zi ishtirok etishi, kelajakda о‗zi mustaqil hayot kechirganda о‗z oilasi uchun mutaxassis sifatida yoki boshqa faoliyatda iqtisodiy qaror qabul qilish, resurslarni tejab tergab ishlatishga yordam beradi.




Takrorlash va munozara uchun savollar


1. Oila deganda nimani tushunamiz? Uning asosiy funksiyalari nimalardan iborat, ularni kо‗rsatib bera olasizmi? 2. Oila bо‗lib nikohda yashashning qanday afzalliklari bor? Ularni kо‗rsatib bera olasizmi?



  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning jamiyatdagi rolini izohlang u qanday tarzda о‗zgarib boradi, deb о‗ylaysiz?

  2. Oilaning bosh funksiyasi nima? Nima sababdan uni biz bosh funksiya deb ataymiz?

  3. Inson kapitaliga investitsiya jarayonini qanday bosqichlarga bо‗lish mumkin va ular qaysi jihatlari bilan farqlanadi?

  4. Oilaning iqtisodiyotni kapital bilan ta‘minlashi qanday kechadi, tushuntirib bera olasizmi?

  5. Oilaning farzandlarni iqtisodiy fikrlashini shakllantirishda qanday rol о‗ynashini kо‗rsaib bera olasizmi?

  6. Farzandlarni iqtisodiy jihatdan tarbiyalashni nimadan boshlagan ma‘qul, deb о‗ylaysiz? Siz bu haqda о‗z oilangiz misolida gapirib bera olasizmi?

  7. Oilada mehnat tarbiyasiga qanday qadraysiz? Siz о‗zingiz oilada qanday yumushlarni bajarasiz? U sizdagi fazilatlarni shakllanishiga qanday ta‘sir kо‗rsatdi, deb о‗ylaysiz?

  8. Oila byudjeta haqida nimalarni gapirib bera olasiz? Byudjet sarflarini tо‗g‗ri

rejalashtirish qanday rol о‗ynaydi?

12-Ma‟ruza: IQTISODIY TARBIYALASHDA OILA, MAKTAB VA MAHALLA HAMKORLIGI.


Reja


1.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, maxalla, bilim yurti hamkorligi" konsepsiyasining о‗rni va ahamiyati



  1. Oila jamiyatning asosiy bо‗g‗inidir

  2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning jamiyatdagi roli



Tayanch iboralar: Oila, jamiyat, tarbiya


1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, maxalla, bilim yurti hamkorligi” konsepsiyasining о„rni va ahamiyati


Tarbiya jarayoni ishtirokchilari say-harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, о‗quv bilim yurti hamkorligi" konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g‗oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma‘lum dasturilamal bо‗ldi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya tо‗g‗risidagi qator meyoriy hujjatlar, jumladan, О‗zbekiston Respubli-kasining "Ta‘lim tо‗g‗risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va о‗quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog‗onaga kо‗tarishni taqozo etadi.

Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, birinchidan, yosh avlodga о‗zligimizni, muqaddas an‘analarimizni anglash tuyg‗ularini, xalqimizning kо‗p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qо‗yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;

− ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bо‗lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak

maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‗oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

− uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda О‗zbekistonga munosib hurmat uyg‗otish istagida intilish ruhida tarbiyalash; tо‗rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va

insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodning ulug‗ ajdodlarimizga munosib vorislari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida О‗zbekistonda talaba-yoshlari eng dolzarb masalalardir.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 3.2 bandida esa ta‘lim oluvchilarning о‗qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivoj-lantirishga alohida e‘tibor berilgan. Bu "Oila, о‗quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma‘naviy, ma‘rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma‘naviy - ahloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an‘analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiya ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta‘minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, о‗quv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasining asosiy maqsadidir.

О‗zbekistonda rо‗y berayotgan о‗zgarishlar "Oila, mahalla, о‗quv bilim yurti hamkorligi" yо‗nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, о‗quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab, hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.




2.Oila jamiyatning asosiy bо„g„inidir


Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni rо‗y beradigan, uning ahloki, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bо‗lgan jamoadir.

Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir kо‗rsatishga qodirdir va odatda ta‘sir kо‗rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta‘sir kо‗rsatishining chuqur о‗ziga hosligi bilan uyg‗unlashib ketadi. Bu esa, uni oliy darajada ta‘sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shahsni shakllantirish jarayonining zarur bо‗g‗iniga ham aylantiradi.

Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning о‗ziga hos hususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obrо‗liligi va hokazolar bilan ta‘minlanadi. О‗z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yо‗rgakdagi chog‗idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta‘sir etishni biladigan onadan va otadan yahshirok kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, dо‗stlikka, muhabbatga о‗rgata oladi!

Psixologik-pedagogik tadqiqot ma‘lumotlari ba‘zan shaxs imkoniyatlari tо‗g‗risidagi barqaror tasavvurlarni о‗zgartirib yuboradi. Masalan, ych yoshlik bolalar olimlar bir necha yil muqaddam tahmin qilganlariga nisbatan ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli bolalar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni yurishdan oldin sо‗zlashishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga о‗rganishi mumkinligi va hokazolar ma‘lum bо‗ldi.

Bunday bilimlarning yо‗qligi oilaviy tarbiyada kо‗plab xatolarga olib keladi, guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yо‗q. Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quyidagi qiyinchiliklari va hatolarini ajratib kо‗rsatish mumkin:



  1. Ota-onalarning о‗z farzandlari bilan muomalasida e‘tiborning yetishmasligi. YA‘ni ular о‗zlari, ishlari haqida kam sо‗zlab beradilar, farzandlarining о‗quv bilim yurti talabalar jamoasining hayoti haqida, shaxsining qiziqishlari, uning jamoat ishlariga aralashadigan, va hokazolarga juda kam e‘tibor qaratadilar. Muomalaning yetishmasligi farzandlarning ota-onadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq ta‘sir kо‗rsatish imkoniyatidan mahrum etadi.

  2. Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini shakllantirish. Bu borada farzandlarni mehnatga jalb qila bilmaslik, ona о‗z ishga kо‗milib, bolalarni oilaviy ishlardan, turar-joylardagi yumushlarda va hokazolardan ozod etish oqibatida shaxsda iste‘molchilik kayfiyati, tayyoriga ayyorlik holatlari doimiy kо‗nikmaga, odatga aylanadi. Buning natijasida ular mehnatga mensimay munosabatda bо‗ladilar.

  3. Ota-onalar turmushida uchrab turadigan salbiy holatlarning mavjudligi о‗quv muassasasining pedagogik kuch-g‗ayratini yо‗qqa chiqaradi.

  4. Ota-onalar tarbiyaviy ta‘sirining izchil emasligi – onda-sonda о‗qishini tekshirish, biror nojо‗ya ishi uchun jazolashi va hokazolar ahloqiy immunitet hosil bо‗lishiga yordam bermaydi.

  5. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi – ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti harakatni mashq qiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar hohishiga salbiy munosabatini tug‗diradi, mustaqil shaxs kamolati susaytiradi.

  6. Harakatlarning о‗quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan hamkorhamnafas bо‗lmaslik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, о‗quv bilim yurtiga ishonchsizlik paydo bо‗ladi va о‗sib boradi, bu esa, uning kamchiliklarini tuzatishni qiyinlashtiradi, pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.

  7. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg‗ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari, bu esa, shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, о‗quv bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.

  8. Qarorlar qabul qilishda kechikish shaxs katta bо‗lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb о‗ylash odatda о‗zini oqlamaydi, kо‗pincha qayta tarbiyalashni talab etadigan jihatlar pedagogik qarovsizlik holatiga olib keladi.

Kо‗rsatib о‗tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini yuzaki bilishlari, shaxslar ulg‗ayishi bilan ularni о‗zgartirishni bilmaslik yoki istamaslik holatlari kо‗p uchraydi. Ayniqsa ota-ona birligida, pedagogik odob, chidamning yо‗qligi, farzandlariga bо‗laolmaslik natijasida ular ota-onalari turmush-tarzining ma‘naviy tomoniga zid tarzda moddiy tomoniga qiziqib ketish kabi holatlar yuzaga keladi.

Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda, guruh rahbari о‗z shaxsiy tajribasi, talabalari oilalarida vujudga kelgan о‗ziga hos hususiyatlar, ota-onalarning bilim va tajribasi, tarbiya ishida yuqorida kо‗rsatib о‗tilgan hatolar va qiyinchiliklar mavjudligi, fe‘latvor, jamoasidagi muhit, ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an‘analar va hokazolar hisobga olib belgilanadi, Tajribalar kо‗rsatishicha, guruh rahbarining ota-onalar bilan hamkorligining ommaviy, guruh tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona birga qо‗shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali erishiladi.




3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning jamiyatdagi roli


Psixologlarning fikricha, ana shunday qaror qabul qilish vaqtiga qarab, oilaning hamjihatligi va mustahkamligiga baho berish mumkin.

Oilada nafaqat mehnat taqsimoti, balki hokimiyatning bо‗linishi ham iqtisodiyotni samarali yuritishni ta‘minlaydi.

Kо‗pgina tovarlar va xizmatlar oila uchun ijtimoiy ne‘matlar hisoblanadi. Bunday tovarlar va xizmatlarni qо‗shimcha oila a‘zolari kо‗payishi tufayli iste‘mol qilinishi kamayib qolmaydi. Har oila a‘zosi uchun alohida sotib olish shart emas. Shuning uchun kо‗proq ularning sifatini yaxshilash yoki boshqa maqsadlarga sarflash mumkin. Uyda bajariladigan ishlarni muqobil xarajatlar asosida taqsimlash mumkin.

Hayot kо‗rsatadiki, ideal oila a‘zolari bir-birlarini hurmat qiladi, sevadi. Dunyoqarashi, qadr

- qimmat о‗lchovi bir biriga yaqin kishilar kо‗rgan oila eng ideal oiladir. Bunday oilalarda kelajakda el hurmat qiladigan komil insonlar tarbiyalanadilar.

Real hayotda kо‗p jihatlari bilan bir-biriga о‗xshash, lekin bir-birini sevmagan yoki aksincha qattik sevadigan, lekin dunyoqarashi, ma‘naviy qadr-qimmat о‗lchovi jihatidan katta farq qiladiganlar oila kurishi mumkin. Tadqiqotlar kо‗rsatadiki, kо‗pincha ma‘naviy jihatdan katta-farq qiluvchilar о‗rtasidagi nikoq о‗zoqda chо‗zilmaydi, oila bо‗zilib ketadi. Demak, yoshlar oila kо‗rishda bir-birlarini ana shu fazilatlariga diqqat qaratishlari lozimligini о‗qtirish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida oilaning jamiyatdagi roli yanada ortadi. Oila, ya‘ni uy xо‗jaligi nihoyatda murakkab iqtisodiy vazifalarni bajaradi. U oilaviy biznes yurituvchi, ish kuchi-mehnat omilini takror yaratuvchi - inson kapitaliga investitsiya qiluvchi, zarur darajada iste‘mol talabini hosil qiluvchi va boshqalarni amalga oshiruvchi subyekt hisoblanadi va ana shu jarayonda kо‗plab muammolarni hal qiladi.

О‗zbekistonda uy xо‗jaligi katta ahamiyatga ega. Uy xо‗jaligida olinadigan daromad YAIM ishlab chiqarish fazalari bilan bog‗liq.

2004 yilda uy xо‗jaligi daromadlarida ish haqi 26,9 %, transfertlar 12,9 %, qishloq xо‗jaligi mahsulotlarini sotish 29,1 %, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad 31,1 % bо‗ldi. Uy xо‗jaligining asosiy qismi bozorga chiqadi va kapitalga aylantiradi. Uy xо‗jaligidan olinadigan daromad rivojlangan mamlakatlarda 12-15 % ni, tadbirkorlik esa 8-10 % ni tashkil qiladi.

Turli tarixiy davrlarda ijtimoiy munosabatlarga bog‗liq ravishda oila, uning о‗rni va roli, uning katta kichikligi, barqarorligi, sotsial statusi о‗zgargan.

Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy statusi bu integral kо‗rsatkich, qaysiki davlatning ijtimoiysiyosiy qurilishi, xususiyatlarini oilaviy munosabatlar orqali ifodalaydi. Uni huquqiy asoslari iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, ijtimoiy о‗z-о‗zini boshqarish, insonning о‗zligini namoyon qilish imkoniyati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda mujassamlashadi.

Bozor iqtisodiyotida har bir oilaning о‗z manfaatlarini kо‗zlashi yuqori darajada bо‗lsada, oilada qarindoshchilik majburiyatlari, qarindoshchilik aloqalarida beg‗arazlik, holis yordam berish kuchli.

Firmalar, korxona, tashkilotlar о‗rtasidagi aloqalar esa ichki va tashqi kontraktlar orqali amalga oshiriladi.

Oila - uy xо‗jaligi firma, korxonalarga resurslar yetkazib beradi. Firmalar oilani tovar va xizmatlar bilan ta‘minlaydi. Oilaning resurslari evaziga daromadlari iste‘mol xarajatlariga teng bо‗lishi kerak. Daromad bilan xarajat tengligi butun iqtisodiyotga xos.




Takrorlash uchun savollar


1.Jamoa tarkibi nimalardan iborat?

2.Gurux va jamoa farqi nimada?

3.Shaxs shakllanishida jamoaning о‗rni nimadan iborat?




13 - Mavzu: MULKDORLIK RUHINI TARBIYALASH IQTISODIY TARBIYANING BOSH VAZIFASI




Reja:



  1. Mulkdorlik psixologiyasini shakllantirishiing zaruriyati

  2. Mulk munosabatlari va mulkdorlik

  3. Mulk huquqi, mulkdorlik va manfaatlar

  4. Mulk egalarida ma‘naviy boylikni shakllantirish



Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar: Mulkdorlik psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya, о‗zlashtirish, birgalikda о‗zlashtirish, xususiy о‗zlashtirish, mulkchilik, mulkdorlik, manfaat


1. Mulkdorlik psixologiyasini shakllantirishiing zaruriyati


Har qanday davlat va jamiyat yuritayotgan siyosati muayyan darajada tarbiya jarayoniga о‗z ta‘sirini о‗tkazadi. Mustaqil О‗zbekiston taraqqiyot yо‗li rivojlanishi milliy modeli ham ta‘limtarbiya jarayoni bilan uzviy bog‗liq.

Ayni paytda tarbiyadan kо‗zlangan maqsad kishilarimiz, birinchi navbatda, yoshlarni zamon bilan hamnafas qadam tashlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyati, maqsadini chuqur mulohaza qilish ularda tadbirkorlik bilimini boyitish asosida boqimandalik kayfiyatidan butunlay xalos qilishdan iboratdir.

Insonning ongu tafakkuri esa bir kunda о‗zgarmaydi, albatta, uning dunyoqarashi о‗zgarishi va kengayishiga vaqt kerak. Chetdan turib qanday tashviqot va targ‗ibot, boringki qanday zо‗ravonlik bо‗lmasin, odam zoti о‗z hayoti misolida, tajribasida taklif etilayotgan va amalga oshirilayotgan о‗zgarishlar unga nima berganini, qanday naf keltirayotganini kо‗rishi kerak va iqror bо‗lish darkor. 56 Ana shundagina kelajakka ishonch bilan qaraydi, о‗z bilimi, salohiyatini yuksaltirishga intiladi, ehtiyoj sezadi.



Ingliz tadqiqotchisi Fridrix Fon Xayekning fikricha, eng yuksak shu bilan birga, hech qanday e‟tiroz bildirmaydigan qadriyat bu insonni boshqa odamlarga tobe bо„lishidan holi qiladigan, lekin fuqorolik jamiyatni qonun-qoidalariga bо„ysundiradigan inson erkinligidir. Bunday erkinlikning iqtisodiy asosi mulk munosabatlaridir.

Jamiyatning taraqqiyoti iqtisodiy munosabatlar, xususan, mulk munosabatlari bilan chambarchas bog‗liq, chunki har qanday jamiyat mulkchilikdan boshlanadi.

Mulk sohibi mustaqil, erkin. U birovga qaram emas, chunki u о‗z mulkiga tayanib faoliyat yuritadi. Mulksiz esa yollanib ishlashga yoki birovning mulkini ijaraga olib ish yuritishi mumkin yoki nochorlikdan unta qaram holda ishlashi yoki birovning qо‗liga qaram bо‗lib qolishi mumkin.

Davlatning mulk monopoliyasi va ma‘muriy-buyruqbozlikka, markazdan rejalashtirishga asoslangan iqtisodiyot odamlarda boqimandalik kayfiyatini chuqur ildiz otishi va xо‗jayinlik hissini yо‗qolishiga olib keldi.

«О‗tmishdan meros bо‗lib qolgan nomaqbul bir illat borki, undan voz kechish lozim. YA‘ni inson jamiyatdagi о‗z о‗rni va qadrini tо‗g‗ri tushunishi zarur. U о‗zini kichkina bir murvat deb his etishi, hamma muammolarni uning о‗rniga davlat hal qilishi kerak deb bilishi zararli tushunchadir».57 Kishining ongida bunday tushunchaning hukmronligi uning о‗z maqsadi yо‗lida intilishi, о‗z mehnati bilan munosib hayot kechirish, turmush sharoitini yaxshilash mumkinligi haqidagi tushunchani sundiradi. Ayrim kishilarning ongida esa davlat boy u bizni boqib olishi kerak degan fikrni о‗rnashib qolishiga olib keladi.

Odamlarning ijodiy va mehnat imkoniyatlarini keng ochishga, boqimandalikni yengishga, xо‗jayinlik hissini qaytadan tiklashga faqat bozor munosabatlari qodirligini hisobga olib mamlakatimiz iqtisodiyotiga о‗tish yо‗lini tanladi. Bozor iqtisodiyotiga о‗tish, eng avvalo, mulkchilikni islox etishdan va kishilarda mulkdorlik psixologiyasini shakllantirishdan boshlandi, chunki u barcha yо‗nalishdagi islohotlar va tadbirlar tizimining tamal toshi bо‗lib xizmat qiladi. Yoshlar ana shularni tushunib yetishlari va о‗z faoliyatlarida qо‗llashlari lozim.

Ma‘lumki, dastlab о‗zlashtirish birgalikda yuz berib, umumiy bо‗linmaydigan mulk vujudga kelgan. U odatda, ijtimoiy mulk deb ataladi. U kishilik jamiyati tarixida ayrim iqtisodchilar fikriga kо‗ra, taxminan 1 mln. yil davomida hukm surgan. Umumiy birgalikda о‗zlashtirish - bu jamoaga birlashgan barcha kishilar tomonidan hal qiluvchi ishlab chiqarish resurslari va boshqa hayot kechirish vositalariga birgalikda teng egalik qilishdir. Bu mulk tipi quyidagi xususiyatlari:


  1. ishlab chiqarish resurslariga teng egalik qilish;

  2. umumiy birgalikda qilingan mehnat natijasini birgalikda о‗zlashtirish;

v) iste‘mol buyumlarini teng taqsimlash tendensiyasi bilan harakterlanadi.

Birgalikda о‗zlashtirish о‗ziga xos iqtisodiy psixologiyani ham shakllantiradi. YA‘ni:



  • bunda jamiyatda boylikni tekis taqsimlash g‗oyasi hukmron;

  • jamoachilik asosiy о‗ringa chiqadi;

  • jamoa bо‗lib mehnat qilish, о‗zaro yordam berish, kо‗maklashish;

  • umumiy mulk shaxsan hech kimga tegishli emas degan fikrning hukmronligi; - har bir shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati о‗rtasida bevosita aloqaning yо‗qligi. Mulkchilikning ijtimoiy tipi, ya‘ni birgalikda о‗zlashtirish quyidagi aniq shakllarda: ibtidoiy jamoa, davlat mulki tarzida namoyon bо‗ladi.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson hayoti butunlay tabiatga, atrof-muhitga bog‗liq bо‗lgan. Mehnat qurollari juda oddiy bо‗lib, hayot kechirish uchun ne‘matlar izlab topish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshgan. Hayot kechirish jamoa bо‗lib yashagandagina mumkin bо‗lgan. О‗z jonini saqlashga intilish odamlarni stixiyali tarzda jamoaga birlashishga olib kelgan. Jamoalar avval urug‗ jamoasi, sо‗ngra qabila tarzida tarkib topgan. Jamoaga qarashli bо‗lgan yer, mehnat qurollari, ishlab chiqarish natijasi teng taqsimlangan.

Jamiyatda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, sо‗ngra hunarmandchilikning kelib chiqishi katta о‗zgarishlarga olib keldi. Mehnat qurollarining takomillashuvi, ishchi hayvonlardan foydalanish nisbatan ozchilik uchun boshqalarsiz ishlab chiqarish imkoiiyatini vujudga keltirdi.

Birgalikda yashash, hayot kechirish uchun ne‘matlar izlab topish о‗z iqtisodiy ahamiyatini yо‗qotdi. Uning о‗rniga oilaviy xо‗jaliklar vujudga keldiki, ular о‗z navbatida, keyinchalik xususiy mulk kelib chiqishiga sabab bо‗ldi.

Birgalikda о‗zlashtirishning turli shakllari uzoq vaqt hukm surgan.

Islom qoidalariga kо‗ra barcha mulk Ollohnikidir. Yer, suv va boshqa ne‘matlar Ollohning bandalariga inoyatidir. Demak, barcha mulkda hammaning haqi bor. Shu sababli, islomda mulkdan jamoa bо‗lib foydalanish kuchli. Uni hozir ham his qilish mumkin.

Hozirgi paytda ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida jamoalar ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi sifatida mavjud.

Birgalikda о„zlashtirishning davlat mulki shakli davlat kelib chiqishi bilan bog‗liq Davlatning о‗z vazifalarini ado etishi uchun davlat mulki bо‗lishi, ya‘ni boylikni davlat tomonidan о‗zlashtirish zarur. Davlat mulkining miqyosi va undan foydalanishning maqsadi jamiyat taraqqiyotida obyektiv zaruratdan kelib chiqib о‗zgarib turgan.

Davlat mulki xususiy va jamoa mulkidan о‗sib chiqqan.

Masalan, О‗rta Osiyo mintaqasida X-XIII asrlarda dastlabki turk-islom davlati - qoraxoniylarning kuchli markazlashgan davlati hukm surgan. Davlat mulki quyidagi shakllarda:


  1. Amloki xos - davlat mulki. Yer va yer osti boyliklari, moddiy kо‗chmas mulklar va davlat ahamiyatiga oid ashyolar davlat tasarrufida bо‗lgan.

  2. Iqto‟ - davlat xizmatchilarini ta‘minlovchi mulk. Muayyan yer maydonlari, moddiyma‘naviy mulklar va davlat xazinasining muayyan qismi iqto‘ mulki bо‗lgan.

  3. Vaqf - muayyan ijtimoiy tabaqa mulki. Madaniy-ma‘rifiy binolar, madrasa va masjidlar, ziyoratgoh va qabristonlar vaqf mulki bо‗lgan.

Shu bilan birga Qoraxoniylar davlatida xususiy mulkchilik cheklanmagan. Shu sababli, jamiyatning barcha tabaqasi о‗z mulkiga ega edi. Jamiyatning haddan tashqari tabaqalanib ketishiga yо‗l qо‗yilmagan. Tarixiy manbalarda kо‗rsatilishicha, bunga davlat mulkidan, chunonchi vaqf mulkidan g‗oyat samarali foydalanish bilan erishilgan.

Xususiy о„zlashtirish odamlarning mulkka boylik orttirish manbai sifatida qarashidan kelib chiqadi.

Xususiy о‗zlashtirishga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqidan tashkari, boshqarish, daromad olish, sotish, xavfsizlikni ta‘minlash, meros koldirish va boshqa huquqlar ham kiradi. Bu huquqlar mohiyati jihatidan jamiyatda qabul qilingan tartib, qonun-qoidalarni ifodalaydi. Bu о‗z navbatida inson iqtisodiy psixologiyasini ham shunga muvofiq shakllantiradi:



  • individual, egoistik fikr yuritish asosiy о‗ringa chiqadi;

  • jamiyat bilan har bir alohida shaxsning begonalashuvi;

  • boshqalarning ehtiyojini qondirishga о‗z manfaatini kо‗zlagan holda (kirishiladi), qatnashiladi;

  • xususiy mulk asosida boylik orttirish kо‗zlanadi;

  • jamiyatda boylikni xususiy mulk asosida tabaqalanish g‗oyasi ustun bо‗ladi;

  • xususiy mulk muqaddas, daxlsiz, insonning tabiatiga mos tushadigan mulk tarzida

tasavvur etiladi;

  • о‗z mulkini iqtisodiy realizatsiya qilish orqali mulk egasining shaxsiy manfaatdorligi amalga oshadi, ta‘minlanadi.

Xususiy о‗zlashtirish ikki turda bо‗lib, bir-biridan katta farq qiladi.

Birinchisida ishlab chiqarish omillarining egasi о‗zi mehnat qiladi, ikkinchisida esa yollangan ishchilar. Muvofiq ravishda xususiy mulkning ikki turi mavjud bо‗ladi:



  1. barcha ishlab chiqarish omillarining yagona egasiga tegishli bо‗lgan mulk yoki individual

xususiy mulk;

  1. ishlab chiqarishning mehnat omili bilan boshqa omillar egasi alohidalashgan xususiy

mulk.

Xususiy mulkning birinchi turiga dehqon, hunarmand va boshqa shunga о‗xshash о‗z mehnat vositalari bilan о‗zi mehnat qiladiganlar kiradi. Ishlab chiqarish barcha omillarining egasi sifatida yaratilgan barcha mahsulotni mehnat omili egasining о‗zi о‗zlashtiradi. Har bir kishi о‗zi mehnat qilar ekan, о‗z mulkidan asrab-avaylab, samarali foydalanishga harakat qiladi. Mulkdan foydalanish natijasida farovon yashash uchun chuqur manfaatdorlik yotadi. Shuning uchun ham xо‗jalik yurituvchi о‗z xо‗jaligi va olayotgan daromadi barqaror bо‗lishi uchun kuchi va mablag‗ani ayamay harakat qiladi. Bir kishining о‗zida ham mulk egasi, ham mehnatkash mujassamlashganda ishlab chiqarish omillaridan eng samarali foydalaniladi. U erkin, boshqalar tomonidan ezilmaydi, ekspluatatsiya qilinmaydi. Boshqacha aytganda, mehnat omiliga tegishli mahsulot (daromad) boshqa omil egasi tomonidan о‗zlashtirib olinmaydi.

Xususiy mulkning ikkinchi turida mehnat omilidan boshqa omillar mulk egasiga tegishli bо‗lib, ishlab chiqarish natijasi ham unta qarashli bо‗ladi. U nisbatan katta miqdorda mulkka egalik qilib, yirik ishlab chiqarish, ya‘ni yirik xо‗jalik tashkil etib, iqtisodiy faoliyat yuritadi.

Bunda ishlab chiqarish jarayonida mehnat omili bilan boshqa omillarning birikishi ikki usul bilan amalga oshiriladi:



  1. noiqtisodiy, ya‘ni majburiy mehnat orqali;

  2. iqtisodiy yо‗l bilan, ya‘ni iqtisodiy rag‗batlantirish, haq tо‗lash yо‗li bilan mehnatga jalb qilish orqali.

XV-XIX asrlarda G‗arbiy Yevropada yangi sotsial-iqtisodiy tizim: kapitalizmning dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi.

Bu bosqichda xususiy kapitalistik tadbirkorlik prinsiplari tо‗la namoyon bо‗ladi. Bosh iqtisodiy omil yakka xususiy mulk egasi bо‗lib, u korxona egasi sifatida ishlab chiqarinshi о‗zi boshqaradi. Shunday xо‗jalik faoliyatini A. Smit va D. Rikardo nazariy jihatdan yoritib berishgan. Kapitalizm bosqichiga о‗tilishi bilan buyuk tarixiy jarayon - insoniyatning industrial ishlab chiqarishga о‗tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va miqdor о‗zgarishlariga yо‗l ochdi. «Bug‗ asri»dan «Elektr asri»ga о‗tilishi mehnat kooperatsiyasi masshtabining kengayishi, kapitalning tо‗planishi va markazlashuvini kuchaytirdi. Oqibatda mikroiqtisodiyot tamomila yangi kо‗rinishga ega bо‗ldi.

Kо‗plab yirik korxonalar ajralib, ishlab chiqarishda hukmron mavqeni egallashga kirishdi. Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida о‗z mahsulotini realizatsiya qilish uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi.

Yirik sanoat kapitali bilan bank kapitali qо‗shilib moliya kapitali vujudga keldi. Mulkchilikning yangi tipi: birgalikda qо‗shilgan ulushga qarab о‗zlashtiriladigan mulk kelib chiqdi.

Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga kо‗p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida yangi, katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bо‗lishi sabab bо‗ldi. Bunda, birinchidan, alohida kapitalistlarning kapitali yetmasligi, ikkinchidan, raqobatda mag‗lub bо‗lib, bankrot bо‗lishi tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol о‗ynadi. Kо‗pchilik olimlarning fikriga kо‗ra, kapitalizm 100 yil davomida erishgan natijalar kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotidagi million yillar davomida erishgan yutuqlardan salmoqliroqdir. Bunday natijaga erishishda mulkchilik psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya yetakchi о‗rin egallaydi.

Mulkchilikning yangi, uchinchi tipida - umumiy va xususiy о‗zlashtirish birgalikda amalga oshadi. Bunday aralash о‗zlashtirishga quyidagi sabablarga kо‗ra erishiladi:



  1. Bu mulk - umumiy mulk bо‗lib, barcha qatnashchilar qо‗shgan hissa asosida tashkil topadi.

  2. Birgalikdagi hissadorlik asosida tashkil topgan bu mulkdan umumiy maqsad va yagona boshqaruv asosida foydalaniladi. Odatda, har bir hissa qо‗shgan mulk egasiga umumlashgan mulkni boshqarishda meyoriy imkoniyatlar beriladi.

  3. Xо‗jalik faoliyatini pirovard natijasi har bir kishining qо‗shgan hissasiga kо‗ra taqsimlanadi.

Bu mulk tipi ham odamlarda ma‘lum iqtisodiy psixologiya vujudga kelishiga ta‘sir kо‗rsatadi:

  • individual-jamoachilik tuyg‗usi;

  • umumlashgan mulk egalari mulk va undan olinadigan daromad barqarorligini

ta‘minlashga harakat qiladilar;

  • xususiy iqtisodiy manfaatdorlik jamoaning umumiy manfaati bilan qо‗shilib ketadi;

  • kishilarda har bir kishining daromadi umumiy daromadga, umumiy muvaffaqiyatga bog‗liqligi haqida tushuncha paydo bо‗ladi.

Hamkor (ulush asosida birgalikda tashkil topgan) mulk quyidagi aniq shakllarda namoyon bо‗ladi:

  • aksionerlik jamiyati (korporativ) mulki;

  • qatnashuvchilarning pay mulkiga asoslangan kooperativ mulk;

  • shirkatlar mulki;

  • yirik xо‗jalik birlashmalari (assotsiatsiya, ittifoq va boshqa shunga о‗xshashlar) mulki; - qо‗shma korxonalar (milliy va xorijiy kapital bilan);

  • turli shakldagi jamoalar mulki.

Agar mulkchilikning birinchi tipida mulk umumiy, bо‗linmaydigan, har bir kishining individual manfaati umumiy manfaatga tо‗laligicha bо‗ysundirilgan bо‗lsa, uchinchi tipida avvaddan bosh umumiy mulk uning qatnashchilari xususiy mulkidan tashkil topgan. Har biri о‗z ulushidan manfaatdor.

U ikkinchi mulk tipidan ham farq qiladi. Agar klassik kapitalizmda ishlab chiqarish vositalariga yakka kapitalistning о‗zi egalik qilsa, uchinchi tipda mulk egasi anonim, ya‘ni barcha ulushi borlarning birgalikdagi mulki bо‗ladi.

Uchinchi tip mulkning eng keng tarqalgan shakli aksionerlik jamiyati, ya‘ni korporativ mulkdir. Bu mulk egalari birgalikdagi mulkdagi о‗z ulushlarini xohlagan paytlarida sotishlari mumkin. Shunning uchun mulk hajmi о‗zgarmagani holda mulk egalari tarkibi о‗zgarib turishi mumkin. Undan tashqari, individual, yakka kapitalistik mulkda kapitalni mulk egalarining о‗zi boshqarsa, aksionerlik jamiyati faoliyatini maxsus professional boshqaruvchilar menejerlar boshqaradi. Ular ma‘lum muddatga har ikki tomonning huquq va majburiyatlari kо‗rsatilgan shartnoma (kontrakt) asosida ishlaydilar. Agar kapital egasining kapitali о‗z mablag‗ini ishlab chiqarishga qо‗yish tufayli kо‗paysa, aksionerlik kapitali chetdan pul mablag‗larini, ayniqsa, bank mablag‗larini jalb qilish orqali kо‗paytiriladi.

Aksionerlik shakli nihoyatda moslashuvchan. U turlicha ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega bо‗lib, undan alohida kishilar manfaati yoki ijtimoiy guruhlar, yoki davlat manfaati yо‗lida foydalanish mumkin. Bu aksiyalar nazorat paketi kimga tegishli bо‗lishiga bog‗liq.

Nazorat paketi kimning qо‗lida bо‗lishiga qarab, aksionerlik jamiyatlari alohida kishilar, boshqa kompaniyalar, davlat yoki mehnat jamoasi nazoratidan ajratish mumkin.

Ma‘lumki, mulk haqidagi dastlabki tushuncha oilada beriladi. Bolaga birovning narsasini egasidan sо‗ramay olish mumkin emasligi, о‗yinchoqlari, kiyim-kechaklarini iflos qilish yomon ish ekani, ularni ehtiyot qilish kerakligi о‗rgatiladi. Keyingi bosqichlarda esa mulk munosabatlari, turlari va shakllari, mulkdan samarali foydalanish haqida tushunchaga ega bо‗ladi va mulkchilik munosabatlarida о‗zi qatnashadi.




2. Mulk munosabatlari va mulkdorlik


Mulkchilik munosabatlari jamiyatdagi boyliklarni о‗zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Mulkchilik birinchidan, kishilarning narsalarga munosabati, ya‘ni mulk subyektining obyektga munosabati nuqtai nazaridan qaralishi uning huquqiy jihatini kо‗rsatadi, ikkinchidan, boylik xususida kishilar о‗rtasidagi munosabat, ya‘ni subyektlar о‗rtasidagi obyektga nisbatan munosabat nuqtai nazaridan qaralishi esa iqtisodiy jihatidan qarash mumkin.

Kishilar buyumlarni о‗ziniki qilib olgandagina о‗zlashtirishi mumkin, chunki jamiyatda о‗zganikini о‗zlashtirib bо‗lmaydi.

Mulkiy munosabatlar yuridik qonunlarda qayd etiladi. О‗zbekiston Respublikasining «Mulk tо‗g‗risida»gi Qonunida fuqarolarning mulkdor bо‗lish huquqi kafolatlanadi: hamma shakldagi mulklarning tengligi, mulk dahlsizligini davlat ta‘minlashi, mulk rivojiga tо‗sqinlik qilish man etilishi qayd etilgan. Bu qonunga kо‗ra, mulkdor о‗z mulkini ruxsat etilgan hamma sohada ishlatishga hakli, xorijiy mulk ham davlat himoyasiga olinadi.

Mulkchilik - mas‘uliyat bilan manfatlarni uzviy birligi hisoblanadi. Shuning uchun ham ana shu tushunchani yoshlar ongiga singdirish lozim.

Mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning markaziy yо‗nalishini kо‗p ukladli iqtisodiyotni yaratish, о‗rniga mulkdorlar sinfini shakllantirish muammolariga qaratildi. Xususiy mulk shaklining qonuniy e‘tirof etilishi tadbirkorlik faoliyati huquqiy kafolatlarining ta‘minlanishi jamiyat a‘zolarining uzoq yillar davomida ta‘kidlanib kelgan erkin va mustaqil xо‗jalik faoliyati yuritishga intilish kо‗rinishidagi iqtisodiy manfaatlarning amalga oshirishi uchun keng yо‗l ochib berdi. Mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfining qaror topishi davlatning mazkur yо‗nalishdagi usul va aniq yо‗naltirilgan siyosati orqali jadal sur‘atlarda amalga oshib, о‗zini ijobiy natijalarini kо‗rsatdi. О‗zbekistonda iqtisodiyotning nodavlat sektori ahamiyatli salmoqqa ega bо‗lib bordi. 2006 yidda respublika YAIM umumiy hajmining 79,4 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarildi.

Iqtisodiyot nodavlat sektorining shakllapishida mulkiy davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirish muhim rol о‗ynadi.

Islohotlarni amalga oshirishdan qо‗yilgan maqsadga kо‗ra har tomonlama asoslangan va izchilligini ta‘minlash maqsadida hukumat darajasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilib, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bosqichma - bosqich amalga oshirildi.

О‗zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisining IV sessiyasida sо‗zlagan nutqida «Jamiyat demokratik taraqqiyotining iqtisodiy asosi mulkchilik shaklining kо‗p xilligi bо‗lsa, siyosiy asosi mulkdorlar sinfining mavjudligidir», - deb ta‘kidladi. Yaqin о‗tmishda bu faqat umumdavlat mulkinigina tan olardik. Rivojlangan mamlakatlarning real tarixiy taraqqiyoti resurslardan tejab, samarali foydalanish, ilg‗or va konstruktiv g‗oyalarni mulkdorlar ilgari surishi va amalga oshirishini kо‗rsatdi va kо‗rsatmoqda.

Biror-bir jamiyatni mulkdorlik munosabatlari va mulk shakllarisiz tasavvur qilib bо‗lmaydi.

Kishilik jamiyatining rivojlanishida mulkchilik munosabatlari asos bо‗lib kelgan. U hokimiyatchilik masalalarini hal etishda ham asosiy rol о‗ynagan.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni ham mulkchilikni isloh qilishdan boshlandi. Mulkchilik tо‗g‗risidagi qonun kishilar ongida egalik tuyg‗usinn shakllantirishga qaratilgan birinchi hujjat hisoblanadi.

Biz qurayotgan ijtimoiy yо‗naltirilgan kuchli demokratik jamiyatning huquqiy asoslari, asosiy Qomusimiz О‗zbekiston Respublikasi Konsitusiyasida ifodalangan bо‗lib, u ijtimoiy hayotning asosiy huquqiy yо‗nalishlarni belgilab beradi.

Konstitusiyamizda jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etuvchi mulkchilik munosabatlari, ayniqsa, shaxslarning mulkka bо‗lgan munosabatini tubdan о‗zgartirishga asos yaratildi. Konstitusiyaning 53-moddasida «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan О‗zbekistan iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», - deb belgilanishi mamlakatimizda mulk shakllarining xilma-xil bо‗lishini mustahkamladi. Unga asosan yangi qonunlar tizimi yaratildi, mavjud qonunlar tegishli tartibda qayta kо‗rib chiqildi. Mulkchilik tо‗g‗risida qonunga ham о‗zgartirishlar va qо‗shimchalar kiritildi. Unda har bir shaxsning mulkdor bо‗lishga haqli ekanligi, mulkning daxlsizligi, fuqarolar mulki xususiy mulkdan iboratligi, ishchi kuchini tasarruf etish, mulkdorning tasarruf etish huquqi cheklanmasligi kabi huquqiy meyorlar mustahkamlandi.

Qur‘oni karimda mulkning muqaddasligi va daxlsizligi aytilgan. Birovning mulkini о‗g‗irlashgina emas, balki shu haqda о‗ylash ham katta gunoh hisoblangan. О‗g‗rilarga nisbatan qattiq jazo chorasi kо‗rilgan.

Mulkchilik muammosi uzoq yillar davomida juda kо‗p sohaning bilimdonlari, faylasuf, huquqshunos, iqtisodchi, sotsiolog va siyosatshunoslarni qiziqtirib kelgan. Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi muklchilikdan boshlanadi. Avlodlar mehnati bilan yaratilgan va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bо‗lib kelgan.

Oliy Majlisning IV sessiyasida qabul qilingan «Fuqarolik kodeksi» ning birinchi qismida mulkchilik munosabatlarini huquqiy tartibga solishga keng e‘tibor berilgan. Unda mulk huquqiga tushuncha berilib, «Mulk huquqi shaxsning о‗ziga qarashli mol-mulkka о‗z hohishi bilan va о‗z manfaatlarini kо‗zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, о‗zining mulk huquqini, kim tomonidan bо‗lmasin, har qanday buzushni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir» 58, - deb belgilangan. Mulk huquqi mutloq bо‗lib muddatsiz amalga oshiriladi.

Mulkdor kim? Mulkdor - biror mol-mulkka nisbatan о‗z hohishiga kо‗ra mulk huquqini amalga oshiruvchi shaxsdir. U shaxs biron-bir shaklda muayyan mulk - kо‗chmas mulk, yer maydoni, mehnat qurollari, kichik korxona egasi. Mulkdor avvalo, bu mol-mulklarga yuridik, ya‘ni qonuniy asosda mulk huquqdni vujudga keltirishi, qо‗lga kiritishi lozim. Aks holda mulkni egallagan shaxs ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini yо‗qotishi mumkin.

Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yо‗naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga ochiq, tashqi siyosatga ega bо‗lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat ekan, biz uni amalga oshirish yо‗lida bor imkoniyatlarimizni ishga solmog‗imiz zarur. Bozor munosabatlari shakllanishida, avvalo, bozorni vujudga keltiradigan harakatlantiradigan kuch kim bо‗lishni rivojlangan mamlakatlar tajribasi kо‗rsatdiki, о‗rta mulkdorlar sinfi ekan. Buni hisobga olgan holda mamlakatimizda ham о‗rta mulkdorlar sinfini shakllantirishga e‘tibor qaratildi.

«Biz mulkdorlar sinfini shakllantirar ekanmiz, о‗z navbatida bu orqali odamlarning mehnatga bо‗lgan munosabati, tafakkur tarzda aholimizning mentaliteti va dunyoqarashini ham о‗zgartirishga erishgan bо‗lamiz» 59.

Mulk shakllari xilma-xilligi, birinchi navbatda, xususiy mulk har qanday davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosi hisoblanadi. Jamiyatda iqtisodiy resurslarga ega о‗rta mulkdorlardan iborat kuchli qatlamning mavjud bо‗lishi uning siyosiy asosi bо‗ladi. Jamiyatni muvozanatga erishishini ana shu о‗rta mulkdorlar qatlami ta‘minlaydi. «Aholi orasida haqiqiy mulkdorlar о‗rta qatlamining kо‗pchilikni tashkil etishi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi» 60.

«Odam о‗zini chinakamiga mulkdor deb his etmas ekan, о‗z huquqlari uchun pirovard natijalar va ishlab chiqarish samaradorligi uchun mulkdor sifatida kurashmaydi. Jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va himoya qilishga intilmaydi» 61.

«Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‗batlantirish tо‗g‗risida»gi Qonun о‗rta mulkdorlar sinfini shakllantirishga qaratilgan muhim huqukiy asos bо‗lsa, keyingi qabul qilingan qator qonunlar, Prezident Farmonlari va qarorlari kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni huquqiy tizimini yaratilishga olib keldiki, bu о‗z navbatida, ularning YAIMdagi ulushi 42,6 foiz tashkil etishi mamlakatda tom ma‘nosi bilan ana shunday о‗rta mulkdorlar sinfi vujudga kelganidan dalolat beradi.


3. Mulk huquqi, mulkdorlik va manfaatlar


Har birimiz bilamizki, inson yashar ekan, hayot kechirishi uchun turli ne‘matlarni ishlab chiqaradi va ists‘mol qiladi. Birok, bir ne‘matni iste‘mol qilish, ya‘ni undan foydalanishi uchun bu ne‘mat undan foydalanmoqchi bо‗lgan kishining о‗ziniki bо‗lishi kerak. Birovning narsasidan egasidan ruxsatsiz foydalanib bо‗lmaydi. Demak, biror ne‘matdan foydalanish uchun uni avvalo, butunlay yoki vaqtinchalik о‗ziniki qilib olish kerak. Undan tashqari, odamlar о‗rtasida mana shu jarayonda tushunmovchiliklar, nizolar chiqmasligi uchun ma‘lum tartib, qoidalar belgilangan bо‗lishi zarur. Odamlar о‗rtasida ne‘matlarga о‗ziniki yoki о‗zganiki tarzda qaralishi mulk munosabatlarida namoyon bо‗ladi. Mulk munosabatlarida mulk huquqi - (egalik qilish, foydalanish, tasarruf qilish) muhim ahamiyatga ega.

Har qanday jamiyat mulkchilikdan boshlanadi. Mulkning egasi bо‗lish yoki bо‗lmaslikka qarab shaxsning jamiyatdagi mavkei, sotsial maqomi yuzaga keladi.

Mulk iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida bir butunlikdan iborat bо„lib, har ikki jihatdan bir-biri bilan chambarchas bog„liq. Mulkchilik huquqi va iqtisodiy mazmuni о„zaro bog„liq, bir-birini taqozo qiladi. Shu sababli, mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy kategoriya ham huquqiy kategoriY. Bu birlikda hal qiluvchi rolni mulkchilikni iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan rо„yobga chiqarilmasa, ya‟ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa bunda u faqat huquqiy kategoriya sifatida qoladi.

Dastlabki insonga hamma tabiatdagi ne‘matlar birday qarashli bо‗lgan paytda, bor ne‘matlarni iste‘mol qilishi oqibatida ochlikka mahkum bо‗lishdan dehqonchilik va chorvachilikni о‗rganish, ya‘ni ishlab chiqarishni boshlash bilan yо„l topgan bо„lsa, tabiatda resurslarni cheklanganligi, ularni pala-partish, samarasiz ishlatishdan mulkchilik munosabatlari kelib chiqishi, muvofiq ravishda mulk huquqlarini belgilash bilan yо„l topdi. Xususiy mulkchilik resurslardan eng samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.



Mulkchilik iqtisodiy ma‟noda - kishilar о„rtasida mulkni о„zlashtirish, xо„jalik yuritish uchun ishlatish jarayonida yuz beradigan real munosabatlarni ifodalasa, huquqiy ma‟noda - mulk yuzasidan vujudga keladigan aloqalar, qonun va huquqiy hujjatlarda, davlat tomonidan belgilangan va har bir fuqaro uchun majburiy tartibda rasmiylashtiriladigan yо„l-yо„riqlarda ifodalanadi.

Umuman olganda, qonunlar mulkchilik munosabatlarini yaratmaydi. Aksincha, jamiyatdagi real tarkib topgan munosabatlarni mustahkamlaydi, xolos. Mulkchilik yuridik jihatdan obyektiv tarzda tarkib topgan о‗zlashtirish munosabatlarini subyektiv ifodalanishi, boshqacha aytganda bu munosabatlarni jamiyat tomonidan mustahkamlash zaruriyatining namoyon bо‗lishidir.

Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasining «Institusional yо‗nalish» namoyandalari, taniqdi amerikalik iqtisodchilar, Chikago universitetining faxriy professori, Nobel mukofotining lauriati Ronald Kouz va Los-Anjeles universitetining professori Armen Alchianlar «Mulk huquqi» iqtisodiy nazariyasiga asos solishdi. Keyinchalik, bu nazariya bо‗yicha tadqiqot о‗tkazish va undan foydalanishda Y.Barsel, G.Demets, D.Nort, R.Pozner va boshqalar faol qatnashdilar.

Ular biz uchun о‗rganib qolganimiz mulk tushunchasi о‗rniga «Mulk huquqi» atamasini ishlatadilar. Mulk huquqi «Huquq dastasi»da ifodalanadi. Ularning fikriga kо‗ra, resurs; о‗zicha mulk bо‗lmaydi, balki resurslardan foydalanish bо‗yicha mulk huquqigina uni mulkka aylantiradi. Bunda ―Huquq dastasi‖ tо‗liq yoki uning ayrim elementi asosida yuzaga chiqadi.

Tо‗la huquq dastasi quyidagilardan tashkil topgan: 1. Egalik qilish, ya‘ni boylik ustidan nazorat qilish huquqi.


  1. Foydalanish huquqi, ya‘ni narsalarning xossalaridan foydalanish huquqi.

  2. Boshqarish huquqi, ya‘ni narsalardan kim, qanday foydalanishini ta‘minlash masalasini hal etish, yechish huquqi.

  3. Daromad olish huquqi, ya‘ni narsalardan foydalanishdan kelgan natijalarga ega bо‗lish huquqi.

  4. Tasarruf qilish (suverenlik huquqi), ya‘ni narsalarni begonalashtirish, boshqacha aytganda, sotib yuborish, iste‘mol qilish, о‗zlashtirish yoki yо‗q qilib yuborish huquqi.

  5. Xavfsizlik huquqi, ya‘ni boylikni ekspropriatsiya (tortib olish) qilishdan, tashki muhitdan yetkaziladigan ziyonlardai himoya qilish huquqi.

  6. О‗z boyligini meros qoldirish huquqi. 8. Narsa sohibi bо‗lishning muddatsizligi huquqi.

  1. Tashqi muhitga zarar keltiradigan foydalanish usullarini taqiqlash hukuqi.

  2. Qarzini tо‗lash javobgarligi huquqi, ya‘ni narsadan qarzini tо‗lash uchui foydalanish imkoniyatlariga ega bо‗lish huquqi.

  3. Buzilgan huquqni tiklashni ta‘minlovchi tartib va institutlarning mavjud bо‗lishini ta‘minlash huquqi.

Shunday qilib, mulk huquqi deganda kishilar о„rtasida ne‟matlar va undan foydalanish natijasida vujudga keladigai munosabatlarning jamiyat tomonidan qabul qilingan (davdat qonunlari, ananalar, urf-odatlar, ma‟muriy farmoyishlar) qoidalarn tushuniladi.

О‗zlashtirish uchun doimo jamiyat tomonidan belgilangan qoida tusini olgan tartiblar bо‗lgan.

Institusionalizm nazariyasiga binoan mulk munosabatlari resurslarning cheklanganligidan kelib chiqadi. Resurslar cheklangan, kamyob bо‗lmasa, mulk haqida gapirish ma‘nosiz. Shuning uchun ham mulk munosabatlarini moddiy va nomoddiy resurslardan о‗z xoxishi bilan bemalol foydalanshpga yо‗l qо‗ymaslik, ta‘qiqlash tizimi sifatida kо‗rish mumkin.

Agar resurslardan foydalanishga hech qanday tо‗siq bо‗lmasa u hech kimga tegishli emas yoki hammaga tegishli. Bunday resurslar mulk bо‗lmaydi.

Resurslardan foydalanshnda bonshalarning tо‗sqinlik qilishi mulk huquqi orqali ifodalanadi. Bunday mulk huquqini, uni qadrlaydigan, undan kо‗proq foyda oladiganlarga berish imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Chunki mulkni о‗zi uchun keraksiz hisoblagan yoki samarali foydalana olmaydigan kishi sotadi. Natijada endi yuqorida kо‗rsatilgan mulk huquqi dastasi mulkni sotib olgan kishiga taalluqli bо‗ladi.

Mulkchilikning huquqiy jihati iqtisodiy tomoniga nisbatan buysundiruvchi rol о‗ynamaydi. Bu shunda kо‗rinadiki, ishlab chiqarish omillariga huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi. Ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shuning uchun ham mulkchilikning huquqiy normalari iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan, real kо‗rinishi hisoblanadi. Mulk xuquqi о‗zlashtirish jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga har bir kishining amal qilishi zarurligi, aksincha, amal qilmasa, uni buzganlik uchun jazolashni ifodalaydi. Ular birinchidan, ishlab chiqarish omillari va yaratilgan mahsulot muayyan shaxslar (jismoniy, huquqiy)ga tegishli ekanligini, ikkinchidan mulk egalarining qonun bilan qо‗riqlanadigan vakolatlarini, uchinchidan, mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.

Mulk huquqi investitsiya, ishlab chiqarishga yangiliklarni joriy qilish, ayirboshlash, iqtisodiy о‗sishni rag‗batlantiradi.

Intellektual mulkka nisbatan olsak, patentlar, mualliflik huquqni insonlarni turli yangiliklar, ixtirolar qilishga undaydi. Mehnat natijalari va u bilan bog‗liq iqtisodiy manfaat, yutuqdarni boshqalar tomonidan tekin о‗zlashtirib olinishidan qо‗rqmay, kitob yozish, musiqa bastalash, kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqish va hokazolar bilan shug‗ullanishni ta‘minlaydi. Mulk huquqini boshqa muhim tomoni u ayirboshlashni yengillashtiradi. Mulk hujjatiga qarab uning egasi qonuniy ekanligiga ishonamiz.

Aynan mulk huquqi bо‗lmasa о‗z mulkini saqlash, egasi ekanligini isbotlash uchun nihoyatda kо‗p energiya, resurslar, ayniqsa, vaqt sarflangan bо‗lar edi. Shuning uchun ham о‗quvchi-talabalar ongiga mulk huquqini bilish, chuqur о‗rganish myxim ahamiyatga ega ekanligini yetkazish zarur.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik ishlab chiqarishning moddiy omili bilan mehnat omilini, ya‘ni ishlab chiqarish omillarining tengligini ta‘minlaydi. Bu omillar esa ishlab chiqarish jarayonida biri ikkinchisisiz faoliyat yurita olmaydi.

Xо‗jalik aloqalarining keng doirasi huquqiy munosabatlar harakterini oladi. Bu munosabat qatnashchilari yuridik huquq va majburiyatlarni eltuvchi sifatida gavdalanadi. Har qanday mulkning asosiy xususiyati:


  1. uning, albatta, kimgadir tegishli bо‗lishi;

  2. egasining mulkni asrab-avaylashga, undan samarali foydalanishga intilishidir.

Insonning shaxs sifatida hamda mulk egasi sifatida manfaatlari bо‗lib, ular bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi.

Har bir shaxsniig inson sifatida manfaati uning hayotiy ehtiyojlarini ifodalasa, mulkdor sifatida о‗z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi.

Ma‘lumki, kishilar iqtisodiy munosabatlarga biron-bir manfaatdan kelib chiqib kirishadilar. Iqtisodiy manfaatlar kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning hatti-harakatini, intilishini, hulq-atvorini belgilovchi kuchdir.

Manfaatlar - bu odamlar ehtiyojini munosabatlar orqali ifodalanishidir. Mulkchilik ham kishilarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettiradi. Mulkning qanday doirada alohidalashuviga qarab, manfaatlar ham alohidalashadi: shaxsiy manfaat, oilaviy manfaat, jamoa manfaati, jamiyat manfaati va boshqalar.

Har bir kishi о‗z shaxsiy manfaatiga, oila a‘zosi sifatida oilaviy, mehnat qilayotgan jamoasi miqyosida manfaatga, yashayotgan yurtida shu yurtning fuqarosi, jamiyat a‘zosi sifatida manfaatga ega.

Har bir kishining inson sifatida ehtiyojlari mavjud. Uning ehtiyoji, jamiyatda tutgan о‗rni, uniig shaxsiy manfaatini yuzaga keltiradi. U о‗z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilib manfaatni yuzaga chiqaradi. Buning uchun u о‗z oilasida yashaydi, jamoada mehnat qiladi. Har bir firma, jamoa, korxona boshqalaridan alohidalashgan holda xо‗jalik yuritar ekan, shu jamoaning umumiy ishlovchilarini birlashtiradi. Har bir inson о‗z yurtining fuqarosi sifatida umumdavlat manfaatini ifodalaydi. Umumdavlat manfaati butun xalq maqsadining umumiyligidan dalolat beradi.

Manfaatlar obyektiv hamda subyektivdir. Obyektivligiga sabab ehtiyojlarning obyektivligi, ikkinchi tomondan, manfaat har bir subyektning manfaati sifatida yuzaga chiqadi.

Manfaatlar, shuningdek, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan xususiydir. Manfaatlarning umumiy bо‗lishiga sababshuki, avvalo, har bir inson ma‘lum bir oilada, mamlakatda, qolaversa, Yer sharida yashaydi, mehnat qiladi. Insonlar uchun shunday umumbashariy qadriyatlar mavjudki, ular umumiy manfaatlar tarzida namoyon bо‗ladi. Masalan: atrof muhitni muhofaza qilish, tarixiy yodgorliklarni asrash va boshqalar.

Manfaatlarning xususiyligi har bir subyektning о‗z manfaati borligidan kelib chiqadi. Bu manfaat aynan uning maqsadini ifodalaydi, boshqalarning manfaatidan ajralib turadi hamda boshqalarning manfaatlariga mos tushavermaydi.

Insonning shaxs sifatida hamda mulk egasi sifatida manfaatlari bо‗lib, ular bir biridan farqlanadi. Shuning uchun mulkdor bilan mulksizning manfaati keskin farq qiladi.

Har bir shaxsning inson sifatida manfaati uning hayotiy ehtiyojlarini ifodalasa, mulkdor sifatida о‗z mulkidan foydalanib daromad topishini ifodalaydi.

Bu jarayonda barchaning manfaati doimo bir biriga mos kelavermaydi. Natijada manfaat egalari о‗rtasida turli nizolar konfliktlar, qarama qarshiliklar kelib chiqadiki, uni bartaraf qilishning yagona yо‗li mavjud mulk huquqi va uni amalga oshirish uchun qabul qilingan qonun talablariga rioya qilishdir.

Manfaatlarga turli jihatdan yondashish, har bir insonning manfaatlarini о‗zida mujassamlashtiruvchi subyekt sifatida iqtisodiy faoliyat jarayonida, о‗zini qanday tutishi mumkinligini avvaldan taxmin qilishga yordam beradi.

Bozor iqtisodiyotining muhim tomoni, afzalligi ham shundaki, bozor ishtirokchilari bozor munosabatlariga о‗z manfaatlaridan kelib chiqib kirishadilar. О‗z manfaatlarini kо‗zlash, amalga oshirish uchun xarakat boshqalarning manfaatini ham о‗ylashga majbur qiladi. Biror turdagi tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat kо‗rsatuvchi о‗z manfaatini kо‗zlab biron tovar ishlab chiqarar ekan, uni sotish uchun ilojsiz ravishda xaridor manfaatini ham yо‗lashga majbur. Chunki uning nafliligi, ya‘ni iste‘mol qiymati, narxi xaridorni qoniqtirmasa xaridor tovarni sotib olmaydi. U xaridor manfaatiga moslashadi. Bu esa boshqalarning ham manfaatini ta‘minlashga olib keladi.

Mulk egasining maqsadini amalga oshirish natijasida mulk iqtisodiy realizatsiya qilinadi. Mulkning iqtisodiy realizatsiya qilinishi mulk egasining manfaati amalga oshganida ifodalanadi. Mulkchilik real bо‗lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshuvi shart, ya‘ni о‗z manfaati yо‗lida ishlata olish imkoniga ega bо‗lishi kerak. Masalan, avtomobil egasi о‗z mashinasini ijaraga berish, garovga qо‗yish, о‗zi minishi va boshqa imkoniyatlarga ega bо‗lishi kerak. Agar shunday imkoniyatlar bо‗lmasa mulk formal bо‗ladi.

Mulkning shakli hamda miqyosiga qarab uning realizatsiyasi ham har xil usullar orqali yuzaga chiqadi: о‗z mulkini kapital sifatida ishlatib boshqalar mehnatini qо‗llab yoki о‗z mehnati bilan tadbirkorlik qilib daromad olish; о‗z mulkini ijaraga berib ijara haqi, pul shaklidagi mulkini qarzga berib foiz, mulkini qimmatga sotib daromad olishi; yollanib ishlash orqali о‗z mulki bо‗lgan ish kuchidan daromad, ya‘ni ish haqi olish.

Shunday qilib, turli iqtisodiy faoliyat orqali mulk yuzaga chiqib, о‗z egasiga daromad - naf keltiradi. О‗z mulkini ishlatib qanday daromad topish mulk egasining salohiyatiga kо‗p jihatdan bog‗liq.

Mulk tejamkorlikni yuzaga keltiradi. Mulk egasi о‗z mulkini asraydi, avaylaydi, tejabtergab ishlatadi. Agarda mulk egasi uchun о‗z qadrini yо‗qotsa, uni zarur bо‗lgan boshqa kishiga sotib yuboradi. Kо‗pchilik mulk sohibi bо‗lgandagina jamiyat boyligini saqlashi va kо‗paytirishi mumkin. Demak, mulk huquqi jamiyat taraqqiyotida qanday rol о‗ynashi va uning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishini о‗quvchi-talabalar ongiga yetkazish va uni chuqur о‗rganishga yо‗naltirish lozim.




4. Mulk egalarida ma‟naviy boylikni shakllantirish


Insonlarning iqtisodiy faoliyati ma‘lum bir sharoitda yoki muhitda yuz beradi. Uning asosini ikki: ijtimoiy va tabiiy muhit tashkil qiladi. Tabiiy muhit shu yerda istiqomat qilayotgan kishilarga mavjud, tabiatan berilgan imkoniyatni ifodalasa, ijtimoiy muhit esa birinchidan — mulkchilik munosabatlari, ikkinchidan esa jamiyatning ijtimoiy qurilishiga bog‗liq bо‗ladi. Jamiyatdagi mavjud mulkchilik munosabatlariga kо‗ra:



  • kishining jamiyatda tutgan о‗rni;

  • yaratilgan mahsulotdagi hissasi;

  • jamiyat hayotidagi roli va boshqalar shakllanadi.

Xususiy mulk tabaqalanishini kuchaytiradi. Shuning uchun jamiyatdagi haddan tashqari tabaqalanishni cheklash uchun davlat ijtimoiy muhit yaratishi lozim. Qator ne‘matlardan, masalan, о‗rmon, dam olish zonalari, qо‗riqxona, suv resurslari, ijtimoiy transport va hokazolardan barcha foydalanishi uchun imkon yaratishi zarur.

Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, ya‘ni qurilishi qonunchilikka asoslangan bо‗lishi zarur, ya‘ni huquqiy normalar ishlovchi fuqarolar, ishsizlar, turli sabablarga kо‗ra ishlamayotganlarni himoya qilishi, ijtimoiy qonunchilikka kо‗ra ijtimoiy sug‗urta, pensiya, nafaqa, yordam va boshqa tо‗lovlarni joriy qilishi, shuningdek jamiyatning sotsial muhitini yaxshilashi kerak.

Jamiyat ijtimoiy muhiti uy-joy ta‘minoti, kommunal va maishiy xizmat, mehnat sharoiti, bо‗sh vaqtdan foydalanish, sog‗liqni saqlash, maorif, madaniyat va boshqalarni о‗z ichiga oladi.

Hozirgi paytda о‗rtacha dunyoda 100 nafar mehnatga qobiliyatli kishi 70 nafar bola va qariyalarni ta‘minlaydi.

Jamiyat boyligini saqlash va kengaytirish uchun kо‗pchilikni mulkdor, mol sohibiga aylantirish zarur.

Tadbirkorlik, kichik biznes orqali xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitini yaratilish jamiyatining siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy jihatdan ham yangilanishini mazmuni mohiyatini belgilab beradigan asosiy vazifa о‗rta sinf mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini hal etiladi. Mulkchilik real bо‗lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshishi kerak. Mulkdorning iqtisodiy manfaati uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bо‗lib, uning sayharakati, fe‘l-atvori, iqtisodiy faoliyati sababini yuzaga chiqaradi.

Mulk egasi о‗z manfaatini tо‗laroq amalga oshirishi uchun uni о‗zi bajarayotgan ishini, kasbni puxta egallagan bо‗lishini ham taqozo qiladi.

Mulk tejamkorlikka undan asrab, avaylab foydalanishga olib keladi. О‗z-о‗zidan ma‘lumki, egasi yо‗q buyumga hech kimning joni achimaydi. Mulk yо‗q joyda moddiy va mehnat resurslarini tejashga intilish ham bо‗lmaydi. Egasiz resurslar talon-taroj qilinadi.

Mulkiy huquq bu boylikni tasarruf eta bilish, resurslarni ishlatishni nazorat qilish, jasorat, foyda - zararni о‗z zimmasiga olish huquqidir.

Mulkdor manfaati bu faqatgina tirikchilik ehtiyoji emas. Bu mulkni miqyosi, hajmiga qarab uning kishilar о‗rtasida obru-e‘tiborga orttirishini ham о‗z ichiga oladi. Bunda turli xayrli ishlar qilish; maktab, yо‗l, kо‗prik, kasalxona va boshqalar qurishi, kam ta‘minlangan oilalarga yordam berish va hokazolar.

Iqtisodiy mо‗jizalarga erishgan davlatlar tajribasi kо‗rsatadiki, qayerda ma‘naviyat, ilm-fan, texnika rivojiga e‘tibor berilsa, о‗sha yerda ijtimoiy yuksalish rо‗y beradi, iqtisodiyot tez va samarali rivojlanadi.

Ma‘rifatsizlik pulparastlikni, shafqatsizlikni keltirib chiqaradi, mehr-oqibatni sundiradi. Ma‘naviy kambag‗allik moddiy kambag‗allik kabi tezda kо‗zga tashlanmaydi, sezilmay oz-ozdan yig‗ilib boradi va ma‘naviy qashshoqlikka olib boradi. Ma‘naviy qashshoqlik esa moddiy kambag‗allikdan bir necha barobar og‗irroqdir.

Ajdodlarimiz tarixiy tajribalarga tayangan holda inson hayotda mо‗l-kо‗l moddiy nemat egasi bо‗lish, undan istagancha foydalanish bilan birga, manaviy ne‘matlardan baxramand bо‗lmog‗i, bо‗lganda ham, moddiy ne‘matlarga qaraganda ham kо‗proq oziqlanmog‗i lozim degan xulosaga kelganlar. Shu tariqa jismoniy va ma‘naviy uyg‗unlik mujassam bо‗lgan ideal inson yuzaga kelishi kutilgan. Zakovatli ajdodlarimiz insonning о‗zini takomillashtirmay turib, u yuzaga keltirgan jamiyatni ideal darajaga kо‗tarish mumkin emas, deb о‗ylaganlar. Insonni о‗z nafsining quli bо‗lib qolishi yaxshilikka olib kelmasligini kо‗rsatganlar. Bu fikrlar ajdodlarimiz yaratgan adabiy, falsafiy, tarixiy asarlar orqali bizgacha yetib kelgan.

Mulk egalarida ma‘naviy boylikni shakllantirish uchun yoshlarni axloq-odob tarbiyasiga alohida ahamiyat berishimiz, u yetakchi о‗rinda bо‗lishi lozim. Jamiyatdagi barcha yutuq va kamchiliklar insonning ma‘naviy kamolotiga borib taqaladi. Axloq va odob tarbiyasiga e‘tiborsiz qaragan jamiyatning kelajagi achinarli bо‗lib, bunday jamiyatda moddiy boyliklar qanchalik kо‗p bо‗lmasin uning kelajagi porloq bо‗la olmaydi, ma‘naviy qashshoqlik oxir-oqibat uni inqirozga yuz tutishiga olib keladi. Shu sababli ham jamiyat ravnaqini ta‘minlash uchun yoshlarni ma‘naviy jihatdan barkamol bо‗lishiga diqqat qaratish, buning uchun esa ahloq va odob tarbiyasini mukammallashtirish talab etiladi.

Shuning uchun ham, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, bu masalaga alohida diqqat qaratilgan. Dasturning «Ma‘naviy-axloqiy tarbiya va ma‘rifiy ishlar» bobida yosh avlodni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy tarixiy annalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etiladi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta‘minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida mamlakat aholisi orasidagi ma‘rifiy ishlar takomillashtirilib borilishi ta‘kidlangan.


Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Nima sababdan mulkdorlik psixologiyasini shakllantirish zarur?

  2. Nima sababdan erkinlikning iqtisodiy asosi - mulk munosabatlari bо‗lishiga sabab nima?

  3. О‗zlashtirishning qanday shakllari mavjud va u nimalarga bog‗liq? Unga mos ravishda odamlarda qanday psixologiya shakllanadi?

  4. Mulk haqidagi dastlabki tushuncha qayerda beriladi? Sizningcha, bunda nimalarga e‘tibor berish kerak?

  5. Nima sababdan mulkchilik - mas‘uliyat bilan manfaatlarni uzviy birligi hisoblanadi?

  6. Nega mamlakatimizda haqiqiy mulkdorlar sinfiii qaror topishiga alohida diqqat qaratilmoqda?

  7. Nima uchun xususiy mulk har qanday davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosi hisoblanadi?

  8. Manfaatlar nima va u mulkchilik munosabatlari bilan qanday bog‗lik? Bu haqda yoshlar nimalarni bilishi kerak? 9. Mulk egalarida ma‘naviy boylikni shakllantirishning zaruriyati nimada?

14-Ma‟ruza: SHARQ MUTAFAKKIRLARINING IQTISODIY QARASHLARI


Reja




  1. Quroni Karim va Hadislardagi iqtisodiy tarbiy, Ibn Sino, Farobiy va Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy qarashlari.

  2. Abu Nasr Farobiyning inson kamoloti haqidagi ta‘limoti

  3. Alisher Navoiyning iqtisodiy merosi.

  4. Mutafakkirlarning iqtisodiy qarashlarining bugungi kun bilan bog‗liqligi.



Tayanch iboralar: Ahmad Donish, Mirzo Azim Somi, Muhammad ibn Abdusalom, Abdurauf Fitrat, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Zahiriddin Muhammad Bobur.

1. Quroni Karim va Hadislardagi iqtisodiy tarbiya, Ibn Sino va Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy qarashlari.

Markaziy Osiyo buyuk donishmandlarining falsafiy va ijtimoiy ta‘limotlaridagi iqtisodiy meroslari umuman kо‗p jihatli hamda mazmunan boydir. Markaziy Osiyo olimlari gо‗zallik masalasiga о‗z davrida eng muhim muammolaridan biri ekanligini ta‘kidlash bilan uning mohiyatini ochish uchun intilganlar.

О‗lkamizda iqtisodiy tarbiya nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi haqida sо‗z yuritilar ekan, ularning ijtimoiy va iqtisodiy g‗oyalari har doim о‗tmishda avloddan avlodga qolib kelayotgan qimmatli о‗gitlari hayot bilan doimo chambarchas bog‗liqligi ma‘lum.

О‗zbek xalqining kо‗zga kо‗ringan mashhur allomalaridan biri, faylasuf Ahmad Donish hisoblanadi. Bu buyuk olim iqtisodiy tarbiya nazariyasiga о‗zining ulkan hissasini qо‗shgan va iqtisodiy g‗oyalarni rivojlantirgan. Uning qoldirgan merosi Markaziy Osiyoda iqtisodiy tarbiyani yuksaltirish uchun muhim ahamiyat kasb qiladi. О‗tmishdagi Markaziy Osiyoning ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, falsafiy va pedagogik g‗oyalari asosida ideal jamiyat tuzimini nisbatan qayta qurish muammosini birinchi bо‗lib Ahmad Donish tomonidan olg‗a surilgan.

A.Donish diplomatik sekretar sifatida uch marta Sankt-Peterburgga borgan. A.Donishning qilgan safarlari uning dunyoqarashiga ma‘lum darajada о‗z ta‘sirini о‗tkazadi. A.Donishning «Redchaysheye proishestviye» («Noyob voqea») asari 1870-1885 yillar davomida 15 yilda yaratilgan. Uning bu asari tarixiy-didaktik va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi axloq-odob shakllari tanqidiy tahlil asosida bayon qilingan. Asar 23 bobdan iborat bо‗lib, iqtisodiy g‗oyalar nuqtai nazaridan о‗rganish huquqiy turmush tarzi, hunarmandchilikning afzalligi, tinch-totuv yashash tarzi, yosh avlod qoida tartiblari va boshqalarni о‗rganishga undaydi.

Abu Ali Ibn Sino (980-1037). Sharqda fan yulduzi hisoblangan Ibn Sino matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta‘lim-tarbiya sohalarida ijod qilgan va jahonga mashhur bо‗lgan yirik asarlar meros qoldirgan allomadir.

IX asr oxiri X asr boshlariga kelib, о‗lkada ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkablashganligi sababli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga kо‗chib keladi. Xorazmda u qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Ma‘mun akademiyasi» da ilmiy ish bilan shug‗ullana boshlaydi. Ibn Sinoning 250 dan ziyod ilmiy asarlari avlodlarga boy meros bо‗lib qolmoqda... Fanlarni tasnif etgan Ibn Sino birinchi о‗ringa tibbiyot fanlarini qо‗yadi. Falsafani esa ikki guruhga: nazariy va amaliy guruhlarga ajratgan. Nazariy guruh kishilarni о‗zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga boshlasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini о‗rgatadi, deb ta‘kidlagan.

U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini о‗rgatuvchi barcha fanlarni kiritadi.

Ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni - bu ma‘rifatni egallash deb aytgan. Chunki ilm-fan inson uchun xizmat qilib, u tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi zarur**».

Talabalarga bilim berish о‗qituvchining mas‘uliyatli burchi hisoblanadi. Shunga binoan Ibn Sino о‗qituvchisining qanday bо‗lishi haqida:



  • bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bо‗lish;

  • berilayotgan bilimning talabalar qanday о‗zlashtirib olayotganiga e‘tibor berishi;

  • ta‘limda turli metod va shakllardan foydalanish;

  • talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi; - fanga qiziqtira olishi;

  • berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;

  • bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi; - har bir sо‗zning bolalar hissiyotini uyg‗otish darajasida bо‗lishiga erishish zarurligi*.

Ibn Sino aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiya inson kamolotida muhim ahamiyatga ega deb ta‘kidlagan. Uni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilgan. Ibn Sino birinchi bо‗lib, jismoniy tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratadi. Jismoniy mashqlar, tо‗g‗ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tarbiyasiga amal qilish, inson sog‗ligini saqlashda kafolatli omil ekanligini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan asoslagan.

Shunday qilib, Ibn Sinoning ta‘lim-tarbiya haqidagi g‗oyalari insonning aqliy, axloqiyestetik hamda jismoniy rivojlanishi, uning kamolga erishishida asosiy mezon ekanligi bayon qilingan.




2. Abu Nasr Farobiyning inson kamoloti haqidagi ta‟limoti


Abu Nasr Farobiy. Uning inson kamoloti haqidagi ta‘limoti ta‘lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Farobiy mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda dong taratgan yirik mutafakkir - «ikkinchi muallim» sanaladi.

Farobiy 873 yilda Toshkent (Shosh) ga yaqin Farob (О‗tror) degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. Farobda boshlang‗ich ta‘limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda tahsil olgan. Farobiy Bag‗dodda о‗rta asr fanini turli sohalarini о‗rganadi. U Bag‗dodda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmiy nujum, musiqa, tibbiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug‗ullanadi va kо‗p tillarni о‗rganadi. Ayrim manbalarda Farobiy yetmishdan ortiq tillarni bilganligi qayd etiladi.

Farobiy ta‘lim-tarbiyaga oid asarlarida ta‘lim-tarbiyaning muhimligi, usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv tо‗g‗risida», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma‘nolari tо‗g‗risida» va boshqa asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy, iqtisodiytarbiya masalalari bayon etilgan. Farobiy inson kamolotga yolg‗iz о‗zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan muloqotda bо‗lishi, ularning munosabatlariga muhtojligini ta‘kidlaydi. Buning uchun ta‘lim-tarbiyani tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish bilan erishiladi, deydi. Chunki maqsadga munosib amalga oshirilgan ta‘lim-tarbiya insonni aqliy, axloqiy jihatdan kamolotga yetaklaydi. Umuman inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini tо‗g‗ri bilib oladi va hayotda tо‗g‗ri yо‗l tutadi, о‗zgalar bilan tо‗g‗ri muloqotda bо‗ladi, jamiyat tartib-qoidalariga amal qiladi.

Farobiy birinchi bо‗lib, ta‘lim-tarbiyaga ta‘rif bergan olim hisoblanadi. Ta‘lim degan sо‗z insonga о‗qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya esa - nazariy fazilatni, ma‘lum hunarni egallash uchun zarur bо‗lgan xulq normalarini, amaliy о‗rgatishga chorlaydi.

Farobiy aytadi: «Ta‘lim degan sо‗z xalqlar va shaharliklar о‗rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa - shu xalqlar о‗rtasidagi tug‗ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan sо‗zdir.

Ta‘lim faqat sо‗z va о‗rgatish bilangina bо‗ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ya‘ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bо‗lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bо‗lishi, о‗rganishdir*», - degan edi.

Farobiyning ta‘lim-tarbiya yо‗llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham foydalidir. Ta‘lim-tarbiyada iqtisodiy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ta‘lim-tarbiya insonda gо‗zal fazilatlarni shakllantiradi. Ta‘lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‗ma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta‘lim sо‗z va о‗rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bо‗ladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy kо‗nikmalarni qay darajada о‗rganilganiga qarab ifoda topadi. Farobiy ta‘lim-tarbiya ikki yо‗l bilan amalga oshiriladi deb ta‘kidlaydi.

«Amaliy fazilatlar va amaliy san‘atlar (kasb-hunar) va ularni bajarishga odatlanish masalasiga kelganda, bu odat ikki yо‗l bilan hosil qilinadi: birinchisi - qanotbaxsh sо‗zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi sо‗zlar yordamida odat hosil etiladi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g‗ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi yо‗l (yoki usul) - majbur etish yо‗li. Bu usul gapga kirmaydigan, qaysar kishilarga qо‗llaniladi»*.

Xullas, Farobiy ta‘lim-tarbiyada rag‗batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Shunday qilib, insonning kamolotga yetishida aqliy va axloqiy tarbiyaning о‗zaro aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Bunda Farobiy tavsiya etgan ta‘lim-tarbiya usullari hozirgi davrda ham о‗z ahamiyatini yо‗qotmagan. Iqtisodiy tarbiyaning diqqatga sazovorligi - bu davr taqozosidir.



3. Alisher Navoiyning iqtisodiy merosi.

Alisher Navoiy (1441-1501). Buyuk mutafakkir adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, xattotlik, tasviriy san‘at, me‘morchilik va hokazolarni rivojlantirish bilan bir qatorda ta‘limtarbiyani takomillashtirishga alohida e‘tibor qaratgan.

A.Navoiy fikricha, komil insonga xos bо‗lgan eng yuksak fazilatlarga: ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga muhabbat kiradi, deb bayon etgan. Shuning uchun u ilmni qorong‗ulikni yoritadigan chiroq, hayot yо‗lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini kо‗rsatadigan omil tarzida ifodalaydi.

Demak, A.Navoiy ilm-fan inson kamoloti uchun eng zarur fazilat deb uqtiradi. Shunga binoan о‗z asarlarida kishilarni ilm-ma‘rifatli bо‗lishga chorlaydi va ilmli bо‗lish har bir inson uchun muqaddas burch hisoblaydi.

A.Navoiy yaxshi xulq asosi - odob insoniy hislatlarning boshlanishi hisoblanadi degan. A.Navoiy davom etib: haqiqiy insonga xos hislatlar - qanoat, sabr, tavozu‘, ishq, vafo, sahovat, himmat, karam, muruvvat, hilm (yumshoq kо‗ngillilik) xuddi shu odobli kishida tarkib topadi, deb ta‘kidlagan.

Masalan, «Qanoat - buloqdir, xazinadir, ekinzordir, daraxtdir. Qanoat - buloqdir, suvi olingani bilan qurimaydir. Xazinadir - naqidnasi sochgan bilan kamaymaydir. Ekinzordir - urug‗i izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir - shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkazadi**», - deb bayon etgan.

Demak, qanoat insoniylik belgisi. U insonni yomon kunlardan asraydi. Chunki, qanoat qanchalik og‗ir va mashaqqatli bо‗lmasin, insonni nafs balosidan, dо‗st-dushmandan, ta‘magirlikdan xalos etadi. Shuning uchun alloma hech qachon ta‘maga berilmaslik, halol mehnat bilan hayot kechirish qay darajada ulug‗ligini ta‘kidlab, ta‘ma va ochkо‗zlik, xasislik insoniylik zavoli, deb ta‘riflaydi.

«Sabr achchiqdir, ammo foyda beruvchi, qattiqdir - ammo zararni daf‘ etuvchi, sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir*...».

A.Navoiy davridagi ta‘lim-tarbiya talablariga binoan insonning har tomonlama barkamol bо‗lib yetishishida kishilarning jismoniy sog‗lom va baquvvat bо‗lishiga ham jiddiy e‘tibor berilgan.

Jumladan, uning qahramonlari Farhod, Qays, Iskandar obrazlarida jismoniy tarbiya va dilovarlik ta‘limini kо‗ramiz. Zero, bunday ta‘lim-tarbiya qadim davrlardan boshlab, an‘anaviy tarzda davom etib, takomillashib borgan.

Taom yeyish qoidalariga rioya etish sihat-salomatlikni saqlashning eng birinchi talabi sifatida talqin qilingan.

4. Mutafakkirlarning iqtisodiy qarashlarining bugungi kun bilan bog„liqligi.

A.Navoiy asarlarida komil insonni tarbiyalash uslub va usullari, vositalari ham ifodalangan. U tarbiyada insonning о‗z-о‗zini tarbiyalashga, xato va kamchiliklarni anglab, tuzatishga e‘tibor beradi: yanglishish va xato kishilikning shartidir. Yanglishish va xatoni anglab, ogohlangan baxtli kishidir. Kimki, e‘tirof tomon qaytar ekan, xatosi yо‗qoladi. Kimki, dalil keltirib aljirayversa, xatosini bir karra oshiradi. Mubolag‗asi qancha kо‗proq bо‗lsa, yanglishishi shuncha kо‗rimliroq bо‗lur, о‗zini katta kо‗rsatib, tortishuvi qancha esa ortiqroq, о‗zi xalq о‗rtasida shuncha rasvoroq kо‗rinur. YA‘ni, kishi xato qilganda yanglishganini bо‗yniga olsa - bu yaxshi. Agar о‗z xatosiga dalil kо‗rsata bersa, uning xatosi yana ikki barobar ortadi, deydi alloma. A.Navoiy ta‘lim-tarbiya masalalariga alohida e‘tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarni kо‗rsatadi. U ta‘limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. О‗z davridagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U о‗qituvchi haqida gapirar ekan, muallim о‗z shogirdlarini ham, о‗zi ta‘lim berayotgan fanni ham sevgan bо‗lishi zarur deydi. О‗ziga ham, о‗quvchiga ham talabchan bо‗lishni uqtiradi. A.Navoiy о‗qituvchini jamiyatda obrо‗li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e‘zozlashlarini uqtiradi.

Buyuk alloma A.Navoiyning iqtisodiy tarbiya nazariyasiga oid qarashlari alohida berilmagan bо‗lsa ham, uning qator asarlarida iqtisodiy tarbiyaga oid о‗gitlari, isrofgarchilikka qarshi teran fikrlari iqtisodiy tarbiyaga oid ekanligiga hech qanday shubha yо‗q...

Fikrimizning dalili sifatida sobiq Sovet Ittifoqi zamonida, aniqrog‗i XX asrning oltmishinchi yillarida О‗zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining iqtisod institutida

Iskandar Yusupov «A.Navoiyning iqtisodiy qarashlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini rus tilida himoya qilgan («Ekonomicheskiye vzglyadо‗ Alishera Navoi»).

Abdurahmon Jomiy (1414-1492). A.Jomiy 1414 yilning 7-noyabrida Jom shahrida tavallud topgan. Jomiy taxallusi u tug‗ilgan joy - Jom shahri nomidan olingan...

Jomiy matematika, arab tili, adabiyot, sintaksis, badiiyot ilmi, musiqa, falakiyot, falsafa, fiqh, notiqlik ilmi, Qur‘onni о‗qish va sharhlash kabi fanlardan chuqur bilim olgan, dunyoqarashi keng inson, shoir va olim sifatida mashhur bо‗lgan. U о‗ta kamtar va hokisor inson bо‗lgan.

Jomiy 1469 yilda Hirotda A.Navoiy bilan uchrashib qoladi va ular о‗rtasida samimiy dо‗stlik munosabatlari paydo bо‗ladi, bu dо‗stlik esa alloma umrining oxirigacha davom etadi. U 1472 yilda haj safari bilan Makkayu-Mukarrama shahriga boradi. Safar jarayonida Jomiy turli shaharlarda bо‗lib, mashhur olimlar, shoir va mutafakkirlar bilan muloqotda bо‗ladi. Ikki yillik safardan sо‗ng, yana Hirotga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda hayot kechiradi.

A.Jomiy о‗z asarlarida insoniy yuksaklikni ta‘rif etadi. Uning uchta lirik devoni, yettita dostondan iborat «Haft avrang» (Yetti xat), ta‘lim-tarbiyaga oid «Bahoriston» asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qо‗shgan.

A.Jomiyning ta‘limiy-axloqiy qarashlari uning asarlarida о‗z ifodasini topgan.

A.Jomiy bilim-hunarsiz kishini о‗tindan boshqaga yaramaydigan mevasiz daraxtga о‗xshatadi. U о‗z asarlarida tarbiyaning ahamiyatiga katta e‘tibor beradi...

A.Jomiyning «Pokizalar shahri», uning yuksak orzu-umidi, pok qalbi tasavvuridagi insoniyat tarxidagi ideal tuzum timsolidir.

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530). О‗zbek adabiyotida о‗z salohiyatiga ega bо‗lgan, Temuriylar sulolasining sо‗nggi vakillaridan Bobur Mirzo О‗rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishiga munosib hissa qо‗shgan, g‗oyat samarali faoliyati bilan tarixda о‗chmas nom qoldirgan insondir...

Jahon sharqshunoslari tomonidan olim sifatida tan olingan. Bobur fanning kо‗p sohalari bо‗yicha qimmatli ishlarni amalga oshirgan. Yaqin va О‗rta Sharq xalqlari madaniyati tarixi uchun katta xizmat qilgan.

Jumladan, professor H.Hasanov uni faqat davlat arbobi emas, balki mashhur lashkarboshi, tarixchi, geograf, biolog, musiqachi va me‘mor ham bо‗lgan shoir ekanligini e‘tirof etgan.

Iste‘dod sohibi Bobur 12 yoshida podsho bо‗lganidan boshlab, to umrining oxirigacha о‗zi kо‗rgan voqealarni, о‗z qatnashgan hodisalarni, ana shu voqea va hodisalarga dahldor bо‗lgan yuzlab tarixiy shaxslar hayotini, fan uchun muhim bо‗lgan kо‗plab dalillarni adabiy shaklda bayon etgan «Boburnoma» va she‘rlar devonidan tashqari, musulmonlik qoidalari va qonunshunoslikka bag‗ishlangan «Mubayyin», arab alfavitini о‗zgartirish haqidagi «Xatti Boburiy», aruz vazni va qofiya masalalariga oid «Mufassal», shuningdek, musiqa va harbiy san‘at haqidagi asarlarni mohirona yaratgan. Bu asarlar ilm-fanni yuksalishida muhim rol о‗ynaydi.

Ulug‗ shoir, adib, tarixchi va olim Mirzo Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir ham о‗zining tarixiy-ma‘rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab kelmoqda. Uning kо‗p qirrali merosida pedagogikaga doir biror maxsus asari, yo risola mavjud bо‗lmasa ham, deyarli barcha asarlarida hayotga va vatanga muhabbat hislarining yaqqol ifodasini, insonning yuksak burchi va kishilarning ma‘naviy qiyofasi, tarbiyasi haqida teran fikr-mulohazalari, fan va dinga oid masalalarini, yaxshi xulqli va odobli bо‗lishga chorlashi, ilm-fan va ma‘rifatni egallashga undashi, axloqiy va estetik g‗oyalarni, jо‗shqin va mazmundor hayot kechirishga targ‗ib qilishni va boshqalarni yaqqol kо‗rish mumkin.

Bobur kishining hayotdagi eng asosiy burchi - hamma joyda ham о‗zini tuta bilishidan va yaxshi xulq-atvorli bо‗lishidan iboratligini bayon etgan.

Insonlarga doimo yaxshilik qilish eng oliyjanob fazilatligini ta‘kidlab, aytadi:

Bori elg‗a yaxshilig‗ qilg‗ilki, mundan yaxshi yо‗q, Kim degaylar daxr aro qoldi, falondin yaxshilig‗, kabi satrlar orqali bayon etadi.

Mirzo Bobur о‗z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir о‗zidan avvalgi kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni, zulmni, qabihlikni qoralaydi. О‗zbek xalqining «Har kim ekkanini о‗radi», - degan maqoliga javoban:

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. Yaxshi odam kо‗rmagay yomonlig‗ hargiz, Har kimki yomon bо‗lsa, jazo topqusidir,

deb badiiy ifodalaydiki, Mirzo Bobur she‘rlarida bunday hayotiy, jozibali satrlarni

kо‗plab uchratish mumkin.

Mirzo Bobur fikricha, yoshlar shaxsini hayotning о‗zi shakllantiradi, lekin bunda mehnat va mehnatda toblanish muhim rol о‗ynaydi. Mehnat qilgan va mashaqqat chekkan insonlardagina chinakam insoniy fazilatlar takomillashadi.

Umuman Boburning ma‘naviy-ma‘rifiy merosini yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bо‗lgan axloqiy, ma‘rifiy, tarbiyaviy hamda pedagogik mazmundor g‗oyalarini e‘zozlab qadrlanadi.


Takrorlash uchun savollar


1.Mashhur faylasuf Ahmad Donishning iqtisodiy tarbiya rivojiga qо‗shgan hissalarini sо‗zlab bering.

2.Mirzo Azim Somi asarida iqtisodiy tarbiya va pedagogikaga oid masalalar haqida sharhlang.

3.A.Fitratning tarbiyaga oid g‗oyalarini ayting.

4.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy bilim, ta‘lim usullari va fanga qо‗shgan buyuk hissasi va iqtisodiy tarbiyada tutgan о‗rnini sо‗zlang.

5.Abu Nasr Forobiyning ta‘lim-tarbiyaga oid asarlarini sharhlab bering.

6.Abu Ali ibn Sinoning ta‘lim-tarbiya sohalarida jahonga mashhurligini isbotlab bering.

7.A.Navoiyning tarbiyaga oid va iqtisodiy tarbiya haqidagi g‗oyalarini sо‗zlang. 8.A.Jomiyning qaysi asarlarida ta‘lim va axloqiy g‗oyalari о‗z aksini topgan.

9.Zahiriddin Muhammad Boburning qaysi asarlarini bilasiz?


15-Ma‟ruza: ISHBILARMON VA BIZNESMENLAR TARBIYASINING PEDAGOGIK ASOSLARI Reja




  1. Ishbilarmonlarni tarbiyalashga maqsadli yondashish va obrо‗ talablikdagi elementlar tо‗siqlarni yengish.

  2. Standart va ijodkorlik.

  3. Insoniyatning axloqiy qoidalari



Tayanch iboralar: Ishbilarmonlarni tarbiyalash, standart va ijodkorlik, mehnat tarbiyasining ahamiyati, pedagogik etika, etika talablari, pedagogik etikaning shartlari, talabaga ta‘sir qilishning ahamiyati.


1. Ishbilarmonlarni tarbiyalashga maqsadli yondoshish va obrо„ talablikdagi elementlar tо„siqlarni yengish


Inson tarbiyasi mehnatda namoyon bо‗ladi va va uning о‗z ishiga va u orqali jamiyatga, kishilarga, predmetlarga va mehnat mahsulotlariga, shuningdek, mehnat faoliyati jarayoniga bо‗lgan munosabatida kо‗rinadi.

Bu munosabatda inson hulqi shakllanadi va uning dunyoqarashini shakllanishiga ta‘sir kо‗rsatadi bundan tashqari, mehnat jarayonida insonning aqliy qobiliyati rivojlanadi, chunki, mehnat jarayoni mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, nazoratni amalga oshirish, boshqarish va boshqa kо‗plab vazifalarni aqliy faoliyat bilan bog‗liq holda masalalarni о‗ylab olishni talab etadi. Mehnat jarayonida inson о‗zining jismoniy kuchlarini rivojlantiradi, takomillashtiradi va о‗zining harakatini yо‗lga soladi, shuningdek, sezgi organlar chaqqonlik, chidamlik, harakatini koordinatsiya etish, bu ayniqsa ishbilarmonlar uchun muhimdir. Oqibat natijasida inson mehnati ijodiy quvonishni anglaydi, о‗zining qо‗li bilan chiroyli predmetlar yaratadi. Mehnatning bu tarbiyaviy imkoniyatlari shaxsning har tomonlama rivojlanishida mehnat tarbiyasi muhim omil bо‗ladi. Ammo, lekin har qanday mehnatda ham bu imkoniyatlar bо‗lavermaydi, majbur etishdan ozod bо‗lishi kerak. Majburiy mehnat, jamoaga motivatsiyasi bо‗lmagan mehnat, insonga qoniqish xosil etmaydigan mehnat insonning rivojlanishiga va tarbiyasiga ta‘sir kо‗rsatmaydi.

Pedagogik jihatdan tо‗g‗ri tashkil etilgan talaba mehnati uning о‗zining faoliyatiga munosabati bо‗libgina qolmay, balki boshqalarga ham, umuman jamiyatga ham foydaligini shakllantiradi. Talaba faqat mehnatda shaxs sifatida, fuqaro sifatida umumiy foydani shakllantiradi. Mehnat tarbiyasining maqsadlari, vazifalari va mazmunini hozirgi bosqichda ishbilarmonlar ilmiy-texnika taraqqiyoti, shuningdek bozor munosabatlarining rivojlanishi tendensiyasi sharoitlaridan izlash zarur bо‗ladi.

Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi - shaxsning har tomonlama kamol topishidir. Ishbilarmonlarning tarbiyasining maqsadi faqat mehnatga bо‗lgan munosabatini shakllantirish bо‗libgina qolmay, balki uni bilimli, aql va mahorat bilan qurollantirish, iqtisodchi kasbini tanlagani uchun qobiliyatini rivojlantirish zarur.

Mehnat tarbiyasining asosiy vazifasi - talabalarning mehnatga psixologik jihatdan va amaliy tomondan hozirgi zamon bozor munosabati talabiga mos ravishda tarbiyalash iborat.



Mehnat tarbiyasining mazmuni.

Mehnat tarbiyasining mohiyatini belgilashda hozirgi zamon ishlab chiqarish xarakteridan va mehnat mazmuni va talablaridan, ishbilarmonlar mehnatiga bо‗lgan talablaridan izlash lozim. Bilingki, bitmas tuganmas huzur-halovat faqat mehnatdan keladi. Hech qachon, hech qanday buyuk ish mehnatsiz yuzaga chiqmagan va chiqmaydi ham. Qancha ham bilganda, о‗qi erta-kech, Bilim tog‗iga chiq, dengizini kech. Bо‗lma quruq savlatingga mahliyo hech, Mehnat mashaqqatisiz halovatdan kech.



Oliy о„quv yurtidagi mehnat tarbiyasining asosiy mazmuni о„zida quyidagilarni ifoda etadi:

1. Turli xil ishbilarmonlar faoliyatiga, mehnat qilish ishtiyoqiga qiziqish va sevishni tarbiyalash. Tarbiyasining bu sifatlarisiz mehnat tarbiyasini amalga oshirish mumkin emas. 2.Talabalarda iqtisodchi mehnatiga bо‗lgan о‗z istagi bо‗lgan munosabatni tarbiyalash.

3.Talabalarni bilimli, uddaburonli va mahorat bilan qurollantirish.


  1. Talabalarda kasbiga bо‗lgan qiziqishni tarbiyalash.

  2. Oliy о‗quv yurtidagi mehnat tarbiyasi oiladagi tarbiyadan о‗zining maqsadli xarakteri bilan farqlanadi. Oliy dargohda tarbiya malakali pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi. Ishbilarmonlar va biznesmenlar tarbiyasi tasdiqlangan dasturga mos holda mehnatga о‗rganish bilan amalga oshiriladi. Oliy dargohdagi tarbiyaning asosiy vazifasi talabalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni mehnatga tayyorlash, ularni ma‘naviy xarakteri va xulq tamoyillariga mos holda tarbiyalashdan iborat.


2. Standart va ijodkorlik


Talabalarning qiziqishini hisobga olgan holda va ixtiyoriy tamoyillarga asoslangan ishda dо‗stlik va о‗zaro yordam sifatlarini shakllantirishdan iboratdir. Ishda mehnatga bо‗lgan ijodiy munosabatni, mustaqillikni, faollikni, ijodiy qobiliyatni tarbiyalash zarurdir.

Pedagogik etika. Etika sо‗zi grekcha bо‗lib – odat, udum, rasm demakdir. Grekcha, lotincha, shuningdek qadimiy grek tillarda avval «poryadok» – tartib, «obо‗chay» - odat, «qoida», «qonun», sо‗ngra «ma‘naviyat» deb qо‗llanilmoqda.

Etika - bu fan ma‘naviyat haqidagi fandir. Pedagogik etika esa – bu fan pedagogik ma‘naviyat haqidagi fandir. Sо‗zsiz bu fan etikaga asoslanadi. Odillik, tо‗g‗rilik, hayrixohlik, insonparvarlik, odamiylik bularning barchasi inson uchun, inson xohishi uchun, inson zoti uchun.

Hozirgi zamon pedagogikasi zaminida davlat emas, balki inson tasvirlanadi va bu albatta tо‗g‗ri. Pedagogik etika bu hali yosh fan bо‗lib, maqsadli о‗quv jarayoni sharoitida о‗qituvchining xulq normalarini о‗rganadi. U shubhasiz, pedagogika va psixologiya bilan chambarchas bog‗langan, pedagogikaning tarkibi qismi - bu tarbiya, ta‘lim va о‗rganish ta‘lim va tarbiyaning vositasi ekanligi. Hozirgi zamon pedagogik etika ta‘limi davrimizning maxsus xususiyatlarini taqozo qilmoqda, bozor iqtisodiyoti rivojlanishi kishilarning dunyoqarashiga ta‘sir etmoqda, pedagoglarning о‗zlarida stereotip о‗zgarmoqda. Agar о‗qituvchi yangi sharoitda eski metodlardan foydalansa, unday pedagog о‗z-о‗zidan chetda qoladi. О‗qituvchining murakkabligi shundaki, qaysiki u yangi texnologiya asosida о‗qitishi talab etiladi. Yangi kompyuterlar, о‗quv qurollari, darsliklarning hammasi yangi pedagogika xizmatiga manzur bо‗lib, pedagogik etika ta‘limini hisobga olishi kerak.

Shunday qilib, pedagogik etikada nozik va murakkab soha amal qilib, pedagog bilan talaba о‗rtasida munosabat sohasida ham insonni xususiyatlari shakllanadi.


3. Insoniyatning axloqiy qoidalari


Haqiqiy pedagogda hech qachon e‘tiborsiz qarash bо‗lmasligi kerak. Pedagog - bu inson e‘tibor bilan quloq solib, eshitishni bilishi zarur, ammo bunday sifat har kimda ham bо‗lavermaydi. Haqiqiy pedagog sezuvchan, talabaning psixologik holatini anglashi, talabaga murojaatida darhol sezishi, unga reaksiya qilish zarur. Haqiqiy pedagog doimo talabaga yordam qо‗lini chо‗zadi va uning talab, ehtiyojlariga befarq qaramaydi. Hayotning о‗zi pedagogik etikaga talablarni qо‗yadi:



1. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi ta‘lim sharoitini о‗zgartiradi va о‗qituvchi roli ham о‗zgardi. Agarda avvallari о‗qituvchining bosh roli va mohiyati lektor bо‗lib bilim berish bо‗lsa, hozirda о‗qituvchining oliy о‗quv yurtdagi majburiyati talabalarni о‗qishga о‗rgatish, tushunish faoliyatini tashkil eta bilish va ularni boshqarishdir. Ta‘limning eng kerakli sharti fikrlashni о‗rgatish. Buning uchun zarurligi quyidagicha:

  1. talabalarni mustaqil axborotlar izlash va kutubxonalarda ishlashga о‗rgatish;

  2. о‗qilgan ma‘ruzani tushunish, anglash, eng muhimi bosh masalani ajrata bilish va konspekt tuzishga о‗rgatish;

  3. mustaqil о‗z ustida ishlashga о‗rgatish.

  1. Pedagogik etikaning ikkinchi talabi – hozirgi zamon mehnatining xususiyatlaridan kelib chiqadi: talabalar vazifalarni hal etishda hamkorlik mehnatda yechishga о‗rgatish zarurligi, jamoaning a‘zosi bо‗lishi ya‘ni talabani kollektiv faoliyatida bajaruvchi bо‗lib yetishga tayyorlash kerakligi, tashkilotchi va tashabbuskor bо‗lishi.

  2. Pedagogik etikaning uchinchi talabi - talabalarni mutaxassislik xarakteriga tayyorlash. Mutaxassis rejalashtirishga, jamoa faoliyatini tashkil qilish va boshqarishga, jamiyatning axloq normalariga tayangan holda talabalarni bо‗lajak mutaxassislikga, hayotga va ishlab chiqarishga tayyorlash lozim.

Insoniyatning axloqiy kodeksi mohiyati allaqachonlar tashkil topgan. Mana uning asosiy qoidalari:

  1. Muloyimlik.

  2. Insonga bо‗lgan e‘tibor.

  3. Insonning muvaffaqiyatsizligiga hamdard bо‗lish.

  4. Ishchi xodimga va boshqa kishilar bо‗sh vaqtlariga tejamli munosabatda bо‗lish.

  5. Muloqotda kо‗pchilik uchun yoki barcha ishtirokchilarga sо‗zining tushunarli bо‗lishi.

  6. Odamlar davrasida о‗rinsiz kulgidan о‗zini tiyishga intilish, chunki siz xuddi uning ustidan kulgan bо‗lmang.

  7. Hulqda og‗ir-vazmin bо‗ling: hech kimni, hech qachon qо‗rqita kо‗rmang, ayniqsa kuch ishlatishga yо‗l qо‗ymang.

  8. Atrofingizdagilarni osoyishtaligi haqida g‗amxо‗r bо‗ling: о‗zingizni harakatingiz, sо‗zlaringiz va texnik vositalar bilan tinchligini buzmang.

  9. Insonni kamsitishga yо‗l qо‗mang, о‗zgalar fikrlariga va didiga sabrli bо‗ling.

  10. Gapirayotgan kishining sо‗zini bо‗lmang va uning fikrlarini maroq bilan tinglang- eshiting.

  11. Suhbatdoshingizga e‘tiborli bо‗ling - о‗zingiz gapirgandan kо‗ra, kо‗proq undan sо‗rashga intiling va tinglang, aslo unga о‗zingiz haqidagi mavzuni eng qiziqarli ekanligiga majbur qilmang.

  12. Siz qanday muhim xizmat kо‗rsatishingizga qaramasdan, tashakkur talab qilmay, yordam berishga shoshilish kerak. Yaxshilik qaytishini kutmasdan, nima qilsangiz ham ishtiyoq bilan bajarishni kо‗rsating.

  13. О‗zingizni tashqi kо‗rishingiz haqida g‗amxо‗rlik qiling: bilingki, о‗ziga e‘tiborsizlik va isqirt yurish, boshqa odamlar fikrini pisand qilmaslik - bu о‗ziga hurmatsizlik shaklidir.

Umuminsoniy qadriyatlarning mavjudligi: xushmuomalalik har qanday ijtimoiy tuzumda hayot tog‗i bо‗lib kelgan, tiz chо‗kmasdan, о‗rinsiz qichqirmay, mazza qilib jim bо‗lish barcha davrlarda ham shunday shunday bо‗lgan.

Turmush tarzi - bu insonni oilasidan olgan burch, uni bolalarga berish shunday bо‗lgan va shunday bо‗lib qoladi. Vijdon - bu odobli insonning asosi bо‗lib, u ham har doim bо‗lgan.



  1. Ikkinchi sharti - о‗qituvchi bilan auditoriya о‗rtasida tо‗g‗ri о‗zaro munosabatning о‗rnatilishi hamda guruhdagi talabalar о‗rtasida ham buning uchun yagona ma‘naviy normalarga asoslangan holda umuminsoniy qadriyatlar tamoyillariga tayanish – о‗ziga ham boshqalarga, о‗zigadek, uyda ham, ishda ham hamjihatlik.

О‗qituvchining talabalarga ta‘siri nihoyatda katta, agar о‗qituvchi ular uchun namunali bо‗la olsa, talabaga u о‗zini yuragini qismini bera olsa. Pedagogik etikada о‗qituvchining jamoadagi о‗rni katta rol о‗ynaydi. Eng muhimi о‗qituvchi о‗z rolini oshirib yubormasdan va hamkasblari rolini kamsitmasdan, u hamkasblariga ishonchi va ularga ham ishonishi kerak bо‗ladi.

  1. Muhitning qulaylikligini uchinchi sharti - har bir talabaga xayrixohlik munosabati.

О‗qituvchi maktabda shunday mikroklimatni yaratish lozimki, barcha о‗quvchilarga bir xil emas, balki har bir о‗quvchini hisobga olgan holda jiddiy va shu bilan birga usta, bolalar psixologiyasiga qarab muomalada bо‗lishi zarur.

  1. Pedagogik etikaning tо‗rtinchi sharti - bu о‗qituvchining talabalar bilan bо‗ladigan uchrashuvidagi nutqiy muloqoti yoqimli bо‗lishi ayni muddao.

  2. Beshinchi sharti - bu о‗qituvchining о‗zini qiyofasi, tashqi kо‗rinishi va auditoriyadagi muhitning о‗zi, auditoriyaning jihozlanishi ham muhim rol о‗ynaydi.

Shunday qilib, ta‘lim uchun yoqimli muhitni yaratish asosan о‗qituvchining о‗z qо‗lida ekanligi unutmaslik zarur. Ta‘limning muvaffaqiyatini: qiziqish, xayrixohlik, pedagogik sabrtoqatli va ijodiy onglikni ta‘minlashi kerak.

Pedagogik etikaning sо‗nggi qoidasi - bilim sifatini ta‘min etish. Sifatli bilimning eng muhim omillaridan biri - bu uning tizimiyligidir. Har qanday ilmiy nazariya uch qismdan iborat:

tushuncha, asosiy holat yoki qonunlar va natija ya‘ni, buning mazmunini tizimiyligidir.

Ta‘lim etikaning muhim qoidasi – bu bilimning fundamental ekanligi. Navbatdagi ta‘limning о‗qituvchi etikasining qoidasi - bu ta‘lim jarayonida talabalarni о‗zlari bilim olishga va uni ijodiy rivojlantirishga tayyorlash bilan qanchalik ta‘min etilishini kо‗rishdir. Pedagogik etika har bir о‗qituvchini о‗z predmeti nuqtai nazaridan yuqori malakali mutaxassis tayyorlashga qaratilishi kerak. Bularning barchasi о‗qituvchi oldiga quyidagi vazifalarni qо‗yadi:



  1. О‗quvchini о‗qitish uchun aniq materiallarni tanlash: bilimi, uni amalda qо‗llash, qо‗llashning maqsadini bilish, nima uchun bо‗lajak mutaxassisga zarurligi.

  2. О‗quvchilarning professional yо‗nalish olishni hisobga olish.

  3. О‗quv jarayonida imkoniyati bо‗yicha darhol predmet mohiyatidan foydalanish, predmetlararo aloqadan foydalanish.

  4. Oxirgisi - pedagogika vitaminlarsiz maqsadga erishishda quvonch keltirmaydi.

Favqulodda vitamin «CH» muhimdir.

Vitamin «CH» – sofdillik, sezuvchanlik, insoniylik.

Tajribali pedagog mashg‗ulotni albatta xushchaqchaq-qiziqarli о‗tkazadi. Talabaning kо‗ngliga–diliga yо‗l topa biladi. Pedagogik etika har qanday holatda ham о‗quv jarayonida talabalarning psixologik holatini о‗qituvchi hisobga olishga undaydi. О‗qituvchiga hammasi tabiiy bо‗lishi shart, aks holda pand yeyishi aniq va mumkin.

Insoniylik tarbiyada katta rol о‗ynaydi. Estetik tarbiyaning vazifasi - bu shaxsning estetik asoslarini shakllantirishga chorlaydi (bunda shaxsning yо‗nalishi va qat‘iyligi, dunyoqarashi, ma‘naviy psixologik sifatlari, sezish va odat).

Karl Rodjers – Amerika psixologi va terapevti 1962 yilda shunday g‗oyani olg‗a surdi, tarbiyaning oliy-yuqori maqsadi - bu shaxsga eng katta imkoniyat berish bilan о‗zini tо‗la va yetarli darajada ifoda etsin, о‗zini kim ekanligini bildirsin. О„qituvchida talabaga ta‟sir qilish uch mexanizmi mavjud:


  1. Uqtirish va yuqtirish – ya‘ni, о‗quvchi о‗qituvchi о‗z aksini ifoda etish. Bu mexanizm inson holatiga hayajonli ta‘sir qiladi.

  2. Ta‘sir kо‗rsatish. Bu ham hayajon asosida harakat qiladi, lekin uqtirish yoki yuqtirishdan farqi, bunda inson sog‗lom turadi, uning erki ezilmagan bо‗ladi.

  3. Ishontirish mexanizmi. Bu mexanizm ta‘sir kо‗rsatish mexanizmi bilan yaqin bog‗liq bо‗ladi. Chunki, ishontirishning asosiy vositasi bu jonli sо‗zdir. Ishontirish inson mantiqiga uning ongiga ta‘sir qiladi.

Ishontirishda eng muhimi:

  1. Asosiy fikrni aniq va ishonchli qilib bayon etish, Siz haqiqatdan ham talabalar о‗zlari xulosa qilishi bilan bog‗laysiz.

  2. Ishonchli, qarama-qarshi bо‗lmagan dalillar keltirish. 3. О‗ziga ishonchli bо‗lib, umid ifoda etish va ehtiyotli bо‗lish kerak, albatta.

  1. О‗z fikrini aniq va ochiq aytish va shu bilan auditoriyani о‗ziga tortish - qaratish lozim. Ochiq chehrali va tо‗g‗ri–odil kishilarni hamma ham sevadi va hurmat qiladi.

  2. Talabalarga tekis va manfaatli munosabat, tarbiyachi-о‗qituvchi shu bilan farqlanadiki, qaysiki u talabalarni sevadi. Haqiqiy pedagog - yuqori tarbiyalangan inson, shuning uchun u muloyimlik va xotamtoyligi hamda yuqori talabchanlik bilan uyg‗unlashtirib, zо‗rlik va majbur etishini man etadi.


Takrorlash uchun savollar


1.Ishbilarmonlar va biznesmenlar tarbiyasiga maqsadli yondashish va obrо‗ talablikdagi tо‗siqlarni yengish.

2.Standart va ijodkorlik tushunchalari nima?

3.Biznesmen va ishbilarmonlar tarbiyasining asoslari nimalarda iborat?

4.Ishbilarmonlar va biznesmenlarning asosiy axloqiy Kodeksi nimalardan iborat? 5.О‗qituvchi tomonidan talabaga ta‘sir qilish mexanizmini mо‗zlang.

6.Ishontirishdagi eng muhim bо‗lgan jihatlar beshta va ularni sharhlab bering.




16-Mavzu; IQTISODIY TАRBIYA JАRАYONIDА YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDАN FOYDАLАNISH




Reja:



  1. Iqtisodiy ta‘lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‗llash zaruriyati

  2. Tехnologiya tushunchаsi.

  3. Didaktika va uning asosiy tamoyillari

  4. YAPT lаr: fikrlаr hujumi


1. Iqtisodiy ta‟lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо„llash zaruriyati


Hozir mamlakatlar о‗rtasidagi iqtisodiy raqobat - fan, texnika va texnologiya soxasidagi raqobatga aylandi. Demak, raqobat intellektual mohiyat kasb etib, ta‘lim soxasidagi raqobatga aylanmovda, desak xato bо‗lmaydi. Shuning uchun ham butun dunyoda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga, buning uchun esa о‗quv jarayonini samarali tashkil etishga alohida diqqate‘tibor qaratilmoqda.

Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada ortdi, dars jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga da‘vat qilish kuchaydi? degan savol tug‗ilishi tabiiy. Albatta, buning qator sabablari bor: birinchidan, fantexnika taraqqiyotining о‗ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimi, turi, hajmining tobora kо‗payib borayotganligi; ikkinchidan, о‗qituvchi qanchalik bilimli, mahoratli bо‗lishiga qaramay, qanchalik tirishmasin о‗rganilayotgan mavzu bо‗yicha barcha bilim, axborotlarni tо‗liq bera olish imkoni yо‗qligi; uchinchidan, texnik vositalar (TV), videomagnitafon, kompyuter va boshqa zamonaviy texnika va texnologiyalar, jumladan axborot texnologiyasi (AT)ni yaratilishi ularni ta‘lim jarayoniga tatbiq etish, о‗quv-tarbiya jarayonida foydalanish imkonini yaratdi. tо„rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga noaniqlik doimiy yо‗ldosh, shu bilan birga resurslar cheklangan, ehtiyojlar esa cheksiz. Ular insonni tanlash muammosiga duch qiladi va har bir kishidan har qadamda mustaqil tanlash va qaror qabul qilishni talab qiladi. Tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta‘minlash uchun, ta‘limni jadallashtirish va samaradorligini oshirish zarur.

Buning uchun о‗quvchi, talaba va о‗qituvchi faoliyatini tо‗g‗ri yо‗lga qо‗yish zarur.



  1. О‗qituvchi ta‘lim maqsadi va mazmunini puxta bilishi, ta‘lim usullari, metodlari va vositalarini yaxshi egallagan bо‗lishi, talabaning qiziqish va intiluvchanligini tо‗g‗ri yо‗lga yо‗naltira olishi lozim.

  2. О‗qituvchi ta‘lim jarayonini yuqori darajada, samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta‘lim natijasini oldindan qayd etishi, о‗quv predmetlarini tо‗liq о‗zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta‘lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlashga erishishi kerak.

  3. О‗qituvchi о‗rganilayotgan mavzu bо‗yicha ta‘lim maqsadlarini aniq topshiriqlarga

aylantirishi zarur. \

  1. Ta‘lim-tarbiya jarayoni natijalarini holisona va obyektiv baholash, talabalarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashga erishish. 5. О‗sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‗or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borlikda majmuiy yondashish.

6. О‗quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazaning yaratilishi va boshqalar talab qilinadi. Yuqorida keltirilgan va ketirilmagan talablarga javob beradigan tarzda ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning yagona yо‗li zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‗llash hisoblanadi.

Bugungi kunda pedagogik texnologiyani tushunish uchun asosiy yо‗l - aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta‘lim oluvchi bilan muntazam о‗zaro aloqani о‗rnatish, pedagogik texnologayaning falsafiy asosi hisoblangan ta‘lim oluvchining faol hatti-harakatini ta‘minlash orqali о‗qitishdir. О‗zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, о‗quv jarayonini tо‗liq qamrab olipsh kerak.

Rivojlangan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta‘lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qaralmoqda. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma‘qullandi va 1972 yilda «Ta‘limni rivojlantirish masalalari» bо‗yicha Halqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya-ta‘limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholandi.

Mamlakatimizda ham bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta‘lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‗llash, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda ta‘lim oluvchilarni о‗qitishni jadallashtirish sanaladi.

Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni rо‗yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida «о‗quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‗or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Respublikamizda ta‘lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‗llashga doir keng kо‗lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning о‗ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar tо‗plandi.



2. Tехnologiya tushunchаsi.

«Texnologiya» tushunchasi fanga 1872 yilda kirib keldi. U grekcha ikki sо‗zdan - «techne» va «logos» sо‗zlaridan - mahorat, san‘at, hunar va sо‗z, ta‘limot, fan, sо‗zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma‘nosini anglatadi. Birok, bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni tо‗liq tavsiflab bera olmaydi, texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga kо‗rsatilgan ta‘sir natijasida unda sifat о‗zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yо‗naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni kо‗zda tutadi.

Odatda, texnologiya ishlab chiqarishga nisbatan qо‗llanilgan. Texnologiya deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlarga ishlov berish yoki qayta ishlash yо‗llari, usullari tushunilgan. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli texnologiya ham takomillashib borgan.

Patent, litsenziyalar sotiladigan va sotib olinadigan bо‗lgach, texnologiya deganda tayyor mahsulot olish uchun xom ashyo, materiallarga ishlov berish usullari, bajaradigan ishlarning ketma-ketligi va qanday tarzda bajarilishi haqidagi hujjat ham tushuniladigan bо‗ladi. Masalan, sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytaylik, detalni loyihalaganda qanday materialdan tayyorlanadi, shakli qanday bо‗ladi, buning uchun standart belgilari, chizmalar va ulardagi о‗lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi. Taraqqiyot «Texnologiya»ni fan sifatida ham о‗rganishni obyektiv zarur qilib qо‗ydi. U fan sifatida fizik, ximik, mexanik va boshqa qonuniyatlarni aniqlash orqali mahsulot ishlab chiqarishning samarali usullarini о‗rganish, yangiliklarni topish va tajribada sinashni о‗rganadi. Loyihada aks ettirilgan xom ashyo va unga ishlov berish operatsiyalari og„ishmay bajarilsa belgilangan standartdagi mahsulot tayyorlanadi, yani mahsulot sifati yuqori darajada kafolatlanadi.

XX asrda fizika, kimyo, energetika, biologiya, matematika, informatika va boshqa fanlarning yutuqdariga tayangan texnologiyalar texnologik inqilobni keltirib chiqardi. Fantexnika taraqqiyoti yaratilgan texnika va texnologiyalarni tushunadigan ularni ishlata oladigan, kо‗rsatilgan texnologiya bо‗yicha mahsulot yarata oladigan kadrlar tayyorlashni ham obyektiv zarur qilib qо‗ydi. Mutaxassis kadrlarning qay darajada bilim olishi, kо‗nikma mahoratiga ega bо‗lishi ta‘lim muassasalarida ta‘lim-tarbiya jarayonini kо‗p jihatdan qanday tashkil etilishiga bog‗liq. Shuning uchun ham kо‗plab pedagoglar о‗quvchi talabalarga nimani о‗qitish, о‗rgatish kerak, qanday о‗qitish, о‗rgatish kerak? degan savol qо‗yib, unga javob topish uchun tinimsiz izlanishlar olib boradilar. Pedagog olimlar va amaliyotchilar ishlab chiqarish texnologiyasini nazarda tutgan hodda о‗quv jarayonini ham «texnologiyalashtirishga», ya‘ni о‗qitishni natijasini kafolatlangan о‗ziga xos texnologik jarayonga aylantirishga о‗rinadilar. Natijada pedagogikada yangi yо‗nalish - pedagogik texnologiya, xususan, о‗qitish va tarbiyalash texnologiyasi paydo bо‗ldi.

Pedagogik texnologiya - bu ta‘lim samaradorligini oshirish uchui qо‗llaniladigan hamda pedagogika nazariyasi va amaliyotining barcha sohalari bilan о‗zaro bog‗liq bо‗lgan о‗qitish shakllari, metodlari, vositalari, unga yondashuvlar, tizimlar, konsepsiyalar, tendensiyalar, g‗oyalarning fanlararo о‗zaro birikib yagona majmua tarzida ifodalanishini bildiradi.

Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga о‗quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Bu tushuncha XX asrda paydo bо‗ldi va 1940-1950 yillarda «ta‘lim texnologiyasi» tarzida qо‗llanilib, mazmunan о‗quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AQShda qо‗llana boshladi. Keyinchalik «ta‘lim texnologiyasi» о‗rniga «dasturlashtirilgan ta‘lim» atamasidan foydalanish keng yoyildi. Sо‗ngra pedagogik texnologiya- loyihalashtirilgan ta‘lim va aniq maqsadga qaratilgan о‗quv jarayonini ifoda eta boshladi. Faqat 70-yillardai boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha tamqin etila boshlandi.

Pedagogik texnologiya deyarli yarim asr davomida tadrijiy ravishda rivojlandi va hozirgi darajaga yetdi. Bu davrda о‗qitish «og‗zaki - audiovizual - dasturlash - multimedia - gipermedia» ketma-ketligi bо‗lib almashindi.

Pedagogik texnologiyani «ishlab chiqarish» natijasi «mahsuloti» - ma‟lum malakaga ega bо„lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya‘ni о‗qitish jarayonini qо‗yilgan maqsadga kо„ra izchil ketma-ketlikda, turli vosita, metodlarni qо„llash, maqsadni topshiriqlar orqali ifodalash, olingan bilimni sinash va baholash orqali samarali ta‘lim natijasiga erishipgaing ishonchliligini ta‘minlovchi pedagogik faoliyat deb ta‘riflash mumkin.

Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim о‗z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta‘rif bergan. Hali bu tushunchaga tо‗liq va yagona ta‘rif qabul qilinmagan. Ushbu ta‘riflar ichida eng maqsadga muvofigi YUNESKO tomonidan berilgan ta‘rif sanaladi.

Pedagogik texnologiya - ta‘lim shakllarini optimallashtirish maqsadida о‗qitish va bilimlarni о‗zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qо‗llash, ularning о‗zaro ta‘sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.

Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yо‗nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni о‗rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday о‗quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT - amaliyotga joriy etish mumkin bо‗lgan ma‘lum pedagogik tizimning loyihasidir.

Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim о‗zaro bog‗liq bо‗lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‗indisi bо‗lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta‘sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unta mos ravishda pedagogik tizim mavjud bо‗lishi kerak. Agar maqsad о‗zgarsa tizim ham о‗zgarishi shart.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida о‗z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qо‗ydi. Demak, milliy dastur bizda ta‘lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat buyurtmasigina ta‘lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki ta‘lim uchun pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.

Pedagogik tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma о‗z ta‘sirini kо‗rsatadi va ta‘limtarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa pedagogik texnologiyaning bosh bо‗g‗ini hisoblanib, u pedagogik tizimning qolgan elementlarini, о‗z navbatida, yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta‘lim-tarbiyaning maqsadini yangi yо‗nalishga burdi, ya‘ni ta‘lim tizimini о‗tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarkitlardan tо‗la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifa, deb belgiladi. Demak, ta‘lim-tarbiya maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir.

Ta‘lim mazmuni davlat ta‘lim standartlari (DTS), о‗quv dasturlari, darslik va о‗quv qо‗llanmalarida о‗z ifodasini topadi. Shu munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bо‗yicha ta‘lim mazmunini ishlab chiqish kabi sharafli va mas‘uliyatli vazifa yuklatildi.

Shunday qilib, pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning о‗z yechimlarini topishi - milliy dasturni rо‗yobga chiqarishning muhim bosqichidir.

Zamonaviy pedagogik texnologiya о‗zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog‗liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda о‗quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda kо‗rishga yо‗naltirilgan, о‗qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan о‗qituvchi va о‗quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.




3. Didaktika va uning asosiy tamoyillari


Didaktika (yunon-didaklikos - о‗qitadigan, о‗rgatadigan) - pedagogikaning bilim olish, ta‘lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasi, ta‘lim va tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug‗ullanadi,

U talabalarning bilim olish, о‗zlashtirish va kо‗nikmalar hosil qilish jarayoniga xos ta‘lim prinsiplari, uslublari va о‗quv jarayonini tashkil qilishga oid hamma masalalarni о‗rganadi.

Didaktika «nima?» va «nima uchun?» о„qitish kerak degan savollar bilan shug„ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog„liq holda «qay tarzda?» va «nimalar yordamida о„qitish?» lozim masalalari bilan shug„ullanadi.

Didaktika va metodikaning maqsadi: ta‘lim berish, о‗qitish, о‗rgatishni amalga oshirishdir.

Didaktika termini dastlab XVII asrda chex pedagogi Y.A.Komenskiy tomonidan ishlatilgan.

U «Buyuk didaktika» asarida (1657 yil) didaktikaning asosiy masalalarini ishlab chiqqan. XIX asr о‗rtalaridai pedagogikaning alohida sohasi sifatida о‗rganila boshlandi. О‗zbekistonda dastlab jadid maktablarida didaktikaning tamoyillarini ishlab chiqishga harakat qilingan.

Hozirgi kunda О‗zbekistonda didaktika sohasi avvalgi erishilgan yutuqlarni saqlab qolgani holda yangiliklar bilan boyitilib, yangi bosqichga kо‗tarilmoqda.

Mamlakatimizda didaktikaga tarbiyadan alohida holda qaralmaydi. U yoshlarni tarbiyalashdagi umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqadi.

Yoshlarga ta‘lim berish jarayoni jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatning о‗z oldiga qо‗ygan maqsadi bilan chambarchas bog‗liq. Ta‘lim va tarbiyaning mazmuni, maqsadining о‗zgarishi didaktika prinsiplari, uslublari va tashkiliy shakllarining ham о‗zgarishiga, rivojlanishiga sabab bо‗ladi.

Barcha fanlarni о‗rganishda didaktik prinsiplar muhim о‗rin tutadi.

Didaktik prinsiplar dars mazmuni va darsni tashkil etishga tegishlidir. Didaktik tamoyillarga о‗qitish va о‗qish jarayonida qoidalar sifatida rioya qilinishi zarur.

Ular bir-biriga bog‗lanib ketadi, qо‗yidagi prinsiplar о‗qitish va о‗qish jarayonini samarali tashkil qilish bо‗yicha qoidalar bо‗lib, ular uzoq vaqt davomidagi tajribaga asoslangan. Ta‟lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari quyidagilar:


■ Faollik tamoyili


Inson ta‘lim olishining haqiqiy, chinakam mohiyati о‗zining aqliy faoliyati natijasida bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir.

Talaba, о‗quvchi о‗z harakati bilan fanlarni yaxshiroq о‗rganadi va о‗zlashtiradi. О‗quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, ularning о‗zlari fanga qiziqsin, uni bilishga harakat qilib, intilsin. Buning uchun о‗quvchi-talabalar darsga faol qatnashishi lozim.


■ Nazariya bilan amaliyotning bir-biri bilan bog„liqligi


Nazariy bilim doim kasb-xunar amaliyoti bilan bog‗lanishi lozim. Amaliy ta‘lim ham о‗z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bо‗lishi kerak.

■ Kо„rgazmalilik


Bilimlarni iloji boricha kо‗rgazmali va real hayotga yaqin tarzda taqdim etish tilning tushunarliligini va ta‘lim jarayonida audiovizual vositalardan foydalanishni, bevosita ish holatida va real obyektlarda о‗qitishni talab qilada. Darslar kо‗rgazmali qurollar yordamida berilsa, о‗quvchilarning о‗zlashtirishlari osonlashadi.

■ Tushunarlilik


О‗quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bо‗lishi kerakki, о‗quvchilar uni о‗zlaridagi bilimlar bilan bog‗lay olishsin va uni tushunishda qiynalmasin. YA‘ni о‗quv materialining mazmuni, shuningdek, о‗qituvchining tili va fikrlarini ifodalash usuli о‗quvchitalabaning bilim saviyasiga mos kelishi lozim. Lekin bu ilmiy terminlardan foydalanilmaydi, degani emas.

■ Namunalardan foydalanish


О‗quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim namunalarni tanlashga harakat qilish kerak. Yaxshi model, amaliyotdan olingan tipik misollar, turlicha mahsulotlar ham olingan natijaning sifati qanday bо‗lishini aniq kо‗rsatadi.

■ Ilmiylik


О‗quv materialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bо‗lishi kerak. Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini о‗zida aks ettirishi lozim.

О‗qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material kо‗llanilmasligi kerak.


■ Bilimlarni qо„llash


О‗quvchi-talabalar olgan bilimlarini amalda qо‗llay olishi kerak. Shuning uchun bu bilimlar qо‗llanilgan va amaliy vaziyatda sinalgan bо‗lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar о‗qituvchi tomonidan yaratilishi lozim.

■ Natijalarni Mustahkamlash tamoyili


О‗qishdagi muvaffaqiyatlar tan olanishi va baholanishi kerak. Bu о‗quvchi va о‗qituvchi о‗rtasida doimiy aloqa bо‗lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus «Baholash varaqalari» da qayd qilinishi kerak.

Didaktik tamoyillar о‗qituvchi faoliyatining yо‗l-yо‗rig‗i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qо‗llab-quvvatlaydi. О‗qitishning asosiy qoidalari:



  • tushunarlidan - tushunarsizga;

  • yaqindan - uzoqqa;

  • osondan - qiyinga;

  • aniqdan - mavhumga;

  • umumiydan - xususiyga, umumlashtirilgandan yakkaga;

  • xususiydan - umumiyga.

О‗qish va о‗qitish didaktik hatti-harakatlar bilan bog‗liq. Didaktik xatti-harakatlarga о‗qituvchining darsga tayyorgarlik kо‗rish, uni о‗tkazish va baholash faoliyati kiradi.

Bu faoliyat quyidagi savollarda о‗z ifodasini topadi:

1. Kimlar о‗qitadi? 2. Kimlarni о‗qitish kerak?


  1. О‗qitish orqali qanday maqsadlarga erishish mumkin?

  2. Maqsadga erishish uchun nimani, qanday о‗qitish kerak?

  3. Nazariy va amaliy darslarda qaysi metodlarni qо‗llab dars о‗tish kerak? 6. Nazariy va amaliy darslarni qanday sharoitda о‗tkazish kerak?

7. О‗qishni qanday tashkil qilish kerak? 8. Kо‗zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi?

Dars berishning shakllari, uslublari turli-tuman. Maqsad, о‗tilayotgan dars har bir talabaning ongiga yetib borsin. Bu yerda hal qiluvchi rolni didaktik sakkizburchak va о‗quv jarayonining mazmuni о‗ynaydi.



Sxemadan kо‗rinib turibdiki, о‗quv jarayonini qanday о‗tishi qо‗yilgan maqsad bilan uni amalga oshirish birligidan iborat.

О‗qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul bilan dars о‗tsam qо‗yilgan maqsadga erishaman deb о‗z oldiga savol qо‗yib, о‗ylab kо‗rsa, dars о‗tishning aynan mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin.

Dars о‗tishning uslubini tanlash quyidagilarga bog‗liq:

О‗qitilayotgan guruhning darsga tayyorgarlik darajasi;

О‗rganiladigan predmet;

Darsda о‗tiladigan mavzu;

О‗tiladigan mavzuning mazmuni; Dars о‗tishda qо‗llash mumkin bо‗lgan texnik vositalarning mavjudligi va boshqalar.

Darsni qanday о‗tish borasida aniq bir qarorga kelishda, asosiy mо‗ljal olishda darsni nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega. Agar:


  • maqsadga erishish mо‗ljalga olinadigan bо‗lsa, dars jarayonida qanday maqsadlarga erishish kerakligini aniq belgilab olinishi lozim;

  • darsda qatnashadiganlar mо‗ljalga olinsa, talabalar (о‗quvchilar) guruhi kimlardan

iboratliligiga e‘tibor qaratiladi;

  • о‗tiladigan mavzu, unga ajratilgan vaqt mо‗ljalga olinsa, qanday о‗quv materialini talabalar ongiga yetkazish zarur va unga qancha vaqt ajratilganiga diqqat qaratiladi;

  • о‗quv vositalari mо‗ljalga olinsa, qо‗limizda qanday о‗quv vositalari bor va ulardan qay darajada foydalanishimiz mumkinligini hisobga olamiz;

  • Talabalar (о‗quvchilar)ning darsga faol yoki passiv qatnashuvi mо‗ljalga olinsa, qanday dars о‗tish uslublarini qо‗llash kerakligini tanlaymiz;

  • darsni tashkil etish mо‗ljalga olinsa, qanday tashkiliy shart-sharoitlar mavjudligini hisobga olamiz;

  • о‗zlashtirishni nazorat qilish mо‗ljalga olinsa, qanday tartibda talabalar bilimi nazorat qilinadi va baholanadi, diqqat ana shunga qaratiladi.

Bilim olish darajasini tasvirlash uchun AQSH pedagogi Benjamin Blum tomonidan 1956 yil e‘lon qilingan «Taksonomiya seley obucheniya» chast 1. «Kognitivnaya sfera» (Taxonomy of Edicational Objectives: Handbook 1: Cognitive Domain) kitobida ta‘lim maqsadlarini qat‘iy belgilangan mezonlarini ishlab chiqqan. Undan о‗tiladigan darsning maqsadini rejalashtirishda, auditoriyada amaliy ish bajarish yoki nazorat ishi uchun savollar, test tayyorlashda foydalanish mumkin. «Taksonomiya» (yunoncha taxis - joylashish, tarkib, tartib va nomos - qonun) murakkab tuzilishga ega reallikni tasniflash va tizimga solish haqidagi nazariya bо‗lib u narsalarpiig tabiiy bog‗liqligi va hosiyatlariga kо‗ra iyerarxik tarzda tavsiflash va tizimlashtirishni anglatadi. XX asrning 60-70 yillaridan iyerarxik, biri ikkinchisiga buysinuvchi, uni qamrab oluvchi obyektlar-taksonlar, taksonomik kategoriyalar tizimi haqidagi ta‘limot sifatida kо‗rila boshlandi.

B.Blumning fikricha, bilim olish (kognitiv)62 darajasi ma‘lum iyerarxiya tarzida joylashib, har bir bosqich avvalgisiga qaraganda murakkab hamda avvalgi bosqichlarni ham о‗z ichiga oladi. Ya‘ni bilim har bir yangi pog‗onaga kо‗tarilar ekan, albatta, avvalgi bosqichni ham takrorlash lozim bо‗ladi. Ular quyidagilar:



  1. Bilish, olingan bilimni yodda saqlash. Bu eslash qobiliyati yoki darsda о‗tilgan, о‗qiganlarni kerak bо‗lganda eslab, yodga tushirish qobiliyati. Bunda avvalgi darslarda о‗tilgan tushuncha, tendensiya, umumlashtirilgan xulosa kabilarni eslab yodga solish kо‗zda tutiladi. U darsning dastlabki maqsadi.

  2. Tushunish. Talabalarning darsda eshitganlari, о‗qiganlari, kо‗rganlari ma‘nosini tushunishi. Qonunlar, tendensiyalar, tushunchalar, g‗oyalar ma‘nosini tushunib, ularning о‗zgarishi nimaga olib kelishini kо‗z о‗ngiga keltira olish qobiliyati. Lekin tushunish uchun avval olingan bilimni yodda saqlash kerak.

  3. Olingan bilimni qо„llash. G‗oya, prinsip, konsepsiyalarni yangi vaziyatlarda qо‗llash iqtidori. Bunda eng avvalo bilganlarni yodga tushirib, uni yangi vaziyat bilan taqqoslash kerak.

  4. Tahlil qilish. Bu - voqea-hodisalarni bо‗laklarga bо‗lish, ular о‗rtasida mantiqiy aloqalarni aniqlashni talab etadi. Tahlil qilish (analiz) iqtisodiy voqelik, jarayonlarni, u yoki bu shaklda induksiya yoki deduksiya uslubini qо‗llashga tayanadi. Tahlil qilish uchun esa olgan bilimni yodga tushirish, muammoga tushunish, uni qо‗llay bilish kerak.

  5. Sintez qilish. Bilim olish va fikrlashning bu bosqichida alohida tarkibiy qismlar va turli manbalardan olingan axborotni bir butun yagona tizimga keltirish qobiliyati namoyon bо‗ladi. Buning uchun yodga tushirish, masalaga tushunish, uni qо‗llay bilish, tahlil qila bilish zarur.

  6. Baholash. Bu - bilishning yuqori bosqichi bо‗lib, talabaning qо‗yilgan masalaga о‗z fikri, nuqtai nazarini bildirish qobiliyatini ifodalaydi. Bunda u yoki bu muammoni yechishning turli yо‗llari shakllanadi. Uning qaysi biri tо‗g‗ri, samarali, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofikdigi baholanadi. Odatda, baholash mezonlaridan foydalaniladi. Bu mezon о‗qituvchi tomonidan qо‗yilishi yoki uni talabalarning о‗zi belgilashi mumkin. Baho berish uchun, avvalo olgan bilimni yodga tushirish, masalani tushunish, yangi vaziyatda bilganlarini qо‗llay bilish, tahlil qilish, sintez qilishni bilish kerak. Talabaga berilayotgan topshiriq, ana shu bilishning olti bosqichidan qaysi bosqichiga tо‗g‗ri kelishini aniqlashda qо‗llaniladigan asosiy da‘vatlar quyidagi sо‗zlar hisoblanadi:

  1. Aniqlang, tasvirlang, sanab chiqing, yodga tushiring, kо‗rsating.

  2. Taqqoslang, farqini kо‗rsating, tushuntiring, gapirib bering, misollar bilan izohlang, о‗zgartirib, ifoda qiling.

  3. Qо‗llang, tuzing, namoyish qiling, fikrni davom ettiring, chuqurlashtiring, loyihasini tuzing, ishlab chiqing, yeching. 4. Tahlil qiling, kategoriyalarga, bо‗laklarga bо‗ling, tasvirlang, farqini kо‗rsating.

5. Ishlab chiqing, tuzing (yarating), tendensiyani, qonuniyatini aniqlang, umumlashtiring,

tavsiya qiling, ta‘riflab bering.




4. YAPT lаr: fikrlаr hujumi


Bilishning bosqichlariga kо‗ra, talabaning fikrlash doirasi, qobiliyatini hisobga olib, topshiriq, vazifa berish kerak. О‗qitishning turli uslublarini qо‗llashdan asosiy maqsad, talabalar bilimini yuqori bosqichlarga olib chiqishdir. Agar pedagog qо‗lida bilimga chanqoq talabalar, fan maqsadiga mos mazmundagi dastur, darslik va qо‗llanmalar mavjud bо‗lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. Shu boisdan, о‗qituvchi mahoratiga kо‗p narsa bog‗liqligi, uning pedagogik tizimda tutgan о‗rni haqida batafsil tо‗xtalish zarurati tug‗iladi.



  1. О‗qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta‘lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada, ma‘lum vaqt ichida unga erishishni ta‘minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish tо‗g‗risida xulosa qilish mumkin bо‗lsin.

  2. О‗qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga tо‗g‗ri keladigan о‗quvtarbiyaviy jarayon mazmunini о‗quv dasturi bо‗yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda о‗z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur.

  3. О‗qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementa sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish bilan tanish bо‗lishi kerak: bu - birinchidan, jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma‘lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qо‗llashni talab etadi. Ta‘lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil – talaba (о‗quvchi) larning ma‘lum faoliyatni о‗zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchidan, О‗quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etish lozimki, bunda mumkin qadar talabalarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug‗diradigan va ularning aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin. Bu talabni aniqlab beruvchi omillar: talabalarning о‗qishga bо‗lgan xohishi, о‗quv mehnatiga munosabati va sog‗lom psixofiziologik faoliyati kabilardir.

  4. О‗qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda о‗qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. О‗qitishning tashkiliy shakllari tо‗g‗ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma‘lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog‗liq ekanligini bildiradi. Bu bog‗lanishlardan foydalanish va eng maqbul bо‗lgan tashkiliy shakllar topish-ta‘limda rasmiyatchilikni yо‗qotishga yо‗l ochadi.

  5. О‗qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bо‗lgan talabaning ta‘lim mazmuni va tarbiya ta‘sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu tо‗g‗rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki tizimdagi kaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.

Dars berishning mazmuni shu fanda mujassamlashgan obyektiv reallik bilan aniqlanadi. Metodika (uslubiyat) fanning о‗quv jarayonidagi harakati, rivojlanish shaklidir. Fan bilan uni о‗qitish о‗rtasidagi farq shundaki, fan bevosita obyektiv reallik bо‗lib, uning rivojlanish qonunlarini ifodalash bilan birga, о‗quv predmeti sifatida ana shu jarayonni bevosita tasvirlaydi. Umuman olganda, о‗qitish, ilm berish obyektiv dunyoni bilishni shu fan erishgan yutuqdar darajasiga kо‗taradi. Fan doimo rivojlanib yangi kashfiyotlar, bilimlar bilan boyib boradi. О‗z navbatida, talabalarga bilim berish jarayonida ular ongiga ushbu kashfiyotlar singdirib boriladi.


17-Mavzu: IQTISODIY TАRBIYA VА MАSOFАVIY TА‟LIM


Reja:




  1. O‗qitishning texnika vositalari

  2. Masofaviy ta‘lim tizimi tamoyillari va qoidalari.

  3. Masofaviy ta‘limning afzalliklari, kamchiliklari

  4. Masofaviy o‘qitish jarayonida zaruriy bo‘lgan texnika vositalar.



Tayanch iboralar: Masofaviy ta‘liman‘anaviy o‗qitish, egiluvchanlik, modullik, qurshov, tejamkorlik, texnologiyalilik, ijtimoiy teng huquqlilik, baynalminallik;


1. Masofaviy ta‟lim tizimi va o„qitishning texnika vositalari


Masofaviy o‗qitish yangi va ancha progressiv bo‗lgan o‗qitish shaklidir. Bu usulni turli ta‘lim muassasalariga, xususan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarga tatbiqi o‗quvchi-talaba va o‗qituvchi (pedagog)larning dunyoning ilg‗or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o‗quv uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so‗nggi axborotlaridan, qayerda bo‗lishidan qat‘iy nazar, to‗g‗ridanto‗g‗ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasini e‘tiborga olgan holda Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi «Ustoz» fondi qiyofasida jahon institutlari bilan oliy ta‘limda masofaviy o‗qitish usuli komponentlarini tatbiq qilish haqida kelishuv tuzildi.

Bu nafaqat O‗zbekiston uchun balki O‗rta Osiyoning barcha hududlari va Qozog‗iston hamda MDH davlatlari uchun masofaviy o‗qitish sohasida jahon banki institutining ilg‗or loyihalaridandir.

Jahon banki loyihasi masofaviy o‗qitish tizimini rivojlantirish uchun boshlang‗ich maydon bo‗ladigan masofaviy o‗qitish tarmoqlari infratuzilmasi baza elementlarini yaratish masofaviy o‗qitish usullarini qo‗llash sohasini kengaytirish va masofaviy o‗qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishni ko‗zda tutadi. Toshkent shahrida joylashgan universitetlarda Jahon banki loyihasining muvaffaqiyatli qo‗llanilishi uning hayotiyligi va yuqori ko‗rsatkichga erishilganligini tasdiqladi.

Oliy o‗quv yurtlaridan 30 nafardan ortiq yetuk o‗qituvchilar tanlab olinib, ular masofadan o‗qitishlari bo‗yicha qayta tayyorlandi. 2000 yilda Jahon banki tashabbusi bilan Moskva va Bishkekda o‗qitish markazlari tashkil etilib, unga taklif etilgan qatnashchilar yangi o‗quv metodologiyasini masofadan tartibli boshqarish va elektron kurslari metodlari bo‗yicha qayta tayyorlandi. Loyihaning universitet ishtirokchilari uchun iqtisodiy yo‗nalishlar bo‗yicha masofaviy o‗qitish tartibida mashg‗ulotlar o‗tkazish uchun texnik baza vositalari tashkil etildi.

Internetga ulanish yo‗llari izlanmoqda. Bularning barchasi berilgan texnologiya turlarining istiqbollari to‗g‗risida gapirishga imkon beradi.

Masofaviy o‗qitishning an‘anaviy o‗qitish shakllaridan quyidagi xususiyatlarini farqlash mumkin:


  • egiluvchanlik. O‗ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‗qitish imkoniyatini beradi;

  • modullik. O‗quv kursiga bog‗liq bo‗lmagan holatda shaxsiy hamda guruh talabiga javob beradigan o‗quv rejasini amalga oshiradi;

  • qurshov. Bir vaqtda ko‗p ishtirokchilarga o‗quv axboroti bo‗yicha murojaat qilish.

Tarmoq yordamida o‗zaro axborot almashinuvini to‗g‗ri tashkil qilish;

  • tejamkorlik. O‗quv maydonlari, texnik vositalari, transport vositalaridan unumli foydalanish, o‗quv axborotlarini to‗plangan va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda ularga erishilgan mutaxassislarni tayyorlash xarajatlarni kamaytiradi;

  • texnologiyalilik. Ta‘lim berish jarayonida insonni jahon industrial fazoga kiritishga imkon beradigan yangi erishilgan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

  • ijtimoiy teng huquqlilik. O‗qituvchining turar joyidan, salomatligi, moddiy ta‘minlanganligidan kelib chiqib mustaqil ta‘lim uchun teng imkoniyat yaratiladi;

  • baynalminallik. Ta‘lim xizmatlari bozorida erishilgan yutuqlarning eksporti va importi ta‘minlanadi.

O‗qituvchi (pedagog)larning yangi vazifalari. Masofaviy o‗qitish o‗qituvchi (pedagog)ning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O‗qitilayotgan kurslarni doimo takomillashtirish, ijodiy faolligini va malakasini oshirish, kiritilgan yangilik va innovatsiyalarga mos bilim jarayonini muvofiqlashtirishi zarur.

2. Masofaviy ta‟lim tizimi tamoyillari va qoidalari.

Masofaviy o‗qitish talabaga ijobiy ta‘sir etadi. O‗zini o‗zi tashkil etishda, bilim olishga intilishda, kompyuter texnikasi bilan o‗zaro ishlash va mustaqil ma‘suliyatli vazifalarni hal qilishda uni ijodiy va tafakkur salohiyatini o‗stiradi. Masofaviy o‗qitish sifati kunduzgi ta‘lim olish tartibidan sifat jihatidan qolishmaydi. Masofaviy o‗qitish quyidagi ijtimoiy ahamiyatli masalalarni yechishga ta‘sir etishi lozim;



  • ta‘lim xizmatlarida aholining ehtiyojini amalga oshirish;

  • sifatli tayyorlangan mutaxassislar bilan davlat ehtiyojlarini qondirish;

  • aholining ijtimoiy va kasbiy oshirish;

  • tadbirkorlik va ijtimoiy faolligi, o‗zligini anglashi tevarak-atrof to‗g‗risidagi bilimlarni kengaytirish;

  • davlatimizning oliy maktablarida yig‗ilgan bilimlar hamda kadrlarning moddiy salohiyatini saqlash va ko‗paytirish;

  • Rossiya, MDH, Butunjahon Hamjamiyati chegarasida ta‘lim fazasining har bir nuqtasida nostrifikatsiyalangan ta‘lim olish imkoniyatini ta‘minlashni o‗z ichiga olgan yaxlit ta‘lim fazosini rivojlantirish;

  • geosiyosiy masalalarni yechish.

Masofaviy o‗qitishning asosiy vazifalarlari quyidagidan iborat:

O‘qitish mazmuni. O‗qitish jarayoni, usullari va tashkiliy tartibini amalga oshirish uning tarkibi bilan ifodalanadi. Bu o‗quv axborotning tarkibi, tuzilishi va ma‘lumoti hamda masalalar, topshiriqlar va mashg‗ulotlar to‗plami, ular kasbiy malaka va idroklarni shakllantiradi, mehnat faoliyatining dastlabki tajribasini yig‗ishga imkon beradi.

O‘qitish obyekti. Masofaviy o‗qitish ta‘lim xizmatlaridan foydalanuvchi ushbu usulda ta‘lim oluvchilar obyekti bo‗ladi.

O‘qitish subyekti. Masofaviy o‗qitish subyekti o‗qituvchi (pedagog)lar hisoblanadi. O‗qituvchi (pedagog) ta‘lim jarayonining yuqori samarasini ta‘minlashda asosiy bo‗g‗indir. Masofaviy o‗qitish o‗qituvchi (pedagog) faoliyatining muhim sohasi bo‗lib hisoblanadi.

O‘qitish usullari. Masofaviy o‗qitish tartibi o‗z ichiga beshta umumdidaktik o‗qitish usullarini qamrab oladi: axborot-retseptiv, reproduktiv muammoviy ifoda etish, evristik va tadqiqot. Ular o‗qituvchi (pedagog) va o‗quvchi-talabalarning o‗zaro harakat pedagogik aktlarining butun to‗plamlarini o‗z ichiga qamrab oladi.

O‘qitish vositalari. Masofaviy o‗qitish ta‘limi jarayonida an‘anaviy ta‘lim bilan birga innovatsion o‗qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ular kompyuter texnikasi, telekommunikatsiyani qo‗llashga, hamda ta‘minot texnologiyasi sohasida so‗nggi erishilgan natijalarga asoslangan.

O‘quv-ilmiy moddiy asosi. O‗quv dasturlariga mos bo‗lgan, o‗qitish uchun zarur moddiy va texnikaviy to‗plam. U o‗z ichiga o‗quv va o‗quv yordamchi joylarni, o‗qitish texnika vositalari, o‗quv qo‗llanmalari va boshqa o‗quv-uslubiy materiallarni oladi.

Moliyaviy-iqtisodiy tizim. Ta‘limda bozor munosabatlari qatnashchilari sifatida faqat ta‘lim muassasalari va ta‘lim xizmati buyurtmachilari bo‗lib kelmasdan, balki davlat ham buyurtmachi va iste‘molchi bo‗ladi.

Masofaviy o‘qitishning tashkiliy asoslari. Masofaviy o‗qitish texnologiyasidan foydalanuvchi o‗quv tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, umumiy tashkillashtirishning o‗ziga xosligini ochib berdi:

  • uzluksiz ta‘lim;

  • o‗quv jarayonining olib borilishiga individual yondashish;

  • geografik joylashishi uzoq bo‗lgan o‗quv muassasalarini yetakchi oliy o‗quv yurtlari bazasi markazida masofaviy o‗qitishni markazlashtirish;

  • tinglovchilar yo‗nalishiga ko‗ra o‗qituvchi (pedagog)-maslahatchilarning mavjudligi.


3. Masofaviy ta‟limning afzalliklari, kamchiliklari




Masofaviy o„qitishning qulayligi. Kelgusida maqsadga muvofiq ravishda laboratoriya amaliyotlarini o‗tkazishni qisqartirish mumkin.

Masofaviy o„qitish nazorati. Bu o‗rganilayotgan o‗quv materiallarini nazariy o‗zlashtirish natijalarini tekshirishdan iborat. Test, haqiqatdan ham fan bo‗yicha juda ko‗p savollardan tashkil topgan bo‗lishi kerak hamda har bir savol uchun bir nechta javob variantlari taklif etiladi. Talaba ular orasidan to‗g‗ri javobni tanlashi lozim. Testlar o‗z-o‗zini tekshirishga yaxshi mo‗ljallangan va individual mashg‗ulotlar uchun juda qulay.

Masofaviy o‗qitish qatnashchilari ya‘ni, tinglovchilar, o‗quvchi-talabalar va o‗qituvchi

(pedagog)lar yetarli darajada tayyor bo‗lishlari, ya‘ni masofaviy o‗qitishni o‗rganish usullaridan, vositalaridan va tashkiliy shakllaridan foydalana bilishlari kerak. Shuning uchun ham fundamental informatika tabiiy-ilmiy fan sifatida masofaviy o‗qitishning ajralmas qismi bo‗lishi shart. Oliy ta‘lim sohasidagi o‗qitish usullari zamonaviy axborot vositalari bilan boyitilishi natijasida ta‘lim sifatining yanada ortishi kutilmoqda. Bu borada masofaviy o‗qitish usuli o‗qituvchi (pedagog) va o‗quvchi-talabalar uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Internet, multimedia kabi texnologik usullar o‗quvchi-talabalar uchun zarur bo‗lgan o‗quv materiallari, qo‗llanmalar asosida kompyuter dasturlari ishlab chiqish vazifasini qo‗ymoqda. Zero, masofaviy o‗qitish har qanday sohada ham jahon ta‘lim markazlarining uslubiy adabiyotlari, zamonaviy hamda so‗nggi axborotlarni olish, jamlab foydalanish imkoniyatlarini beradi. Masofaviy o‗qitish usuli an‘anaviy ta‘lim shakllaridan farq qiladi. U o‗quvchi-talabalarni o‗ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‗qitish imkonini beradi. O‗quv kursiga bog‗liq bo‗lmagan holda shaxsiy va guruh talabi asosida o‗quv rejalari ishlab chiqiladi. O‗qitish jarayonida o‗quvchi-talabalarga ilmiy axborot va ma‘lumotlar bo‗yicha markazlashgan tarmoq orqali o‗zaro axborot almashinuvini joriy etish mumkin. O‗quv maydonlari, texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish, ma‘lumotlarni yig‗ib bir tizimga solingan holda ifodalab berilishi va mutaxassislarni qayta tayyorlashda ham xarajatlarni kamaytirishga erishishi kutilmoqda. Ta‘lim-tarbiya berish jarayonida eng zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va texnologiyalardan foydalaniladi.

Masofaviy ta‘lim o‗qituvchi (pedagog) mutaxassislarning ham vaqtini tejab, imkoniyati darajasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish bilan mustaqil ta‘lim olish uchun keng sharoit yaratib beradi. Ta‘lim sohasida erishilayotgan yutuqlarning jahon ta‘lim tizimi doirasida almashinuvini tashkil etish, bu sohadagi yutuqlarni qo‗lga kiritishni ta‘minlashi shubhasizdir.

Masofaviy o‗qitish usuli mutaxassis o‗qituvchi (pedagog)larning oldiga yangidan-yangi dolzarb vazifalarni qo‗ymoqda. Chunki, o‗quv materiallarini to‗ldirib borish, ijodiy yondashuv hamda yangiliklar bilan malakasini oshirishlari va bu ko‗rsatkichlarni jahon ilmi yutuqlari bilan muvofiqlashtirib borishlari talab etilmoqda. Bu o‗qitish usuli ta‘lim talabiga asosan o‗quvchitalabaning o‗z ustida ishlashini tashkil etish, ko‗proq bilim olishga intilishi, kompyuter bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy foydalanishini ta‘minlaydi hamda olingan bilimlar maxsus o‗quv-uslubiy nashrlar, testlar bilan tekshirilib, to‗ldirilishi mumkin.

Axborot texnologiyalarning keng miqyosda joriy etilishi bilan masofaviy o‗qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni yechishda ham joriy etish mumkin. Ta‘lim sohasiga bo‗lgan fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali mutaxassislarga bo‗lgan talabi ham qondiriladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan mashg‗ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa, oliy ta‘lim tizimida yig‗ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo‗ymoqda.

Masofaviy ta‘lim berish usuli respublikamiz sarhadlarini bosib o‗tib, MDH va jahon miqyosidagi yirik ta‘lim markazlari bilan muloqotda bo‗lib, ta‘lim olishning yangi zamonaviy yaxlit ta‘lim imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.

Masofaviy o‗qitish geografik jihatdan uzoqda joylashgan maktablar va akademik ta‘lim uchun mo‗ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborotlar va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta‘lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo‗l ochib berdi. Natijada masofaviy o‗qitish uslubi asosida o‗qitish tez vaqt ichida Oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarida o‗qitishda yangi uslublarni qo‗llashga yana bir turtki bo‗ldi. Masofaviy o‗qitish bo‗yicha Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko‗rsatmoqdaki, bugungi kunda jahon miqyosida 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta‘lim olishmoqda. AQShda shu uslub asosida o‗qitish maqsadida yangi o‗quv markazlari barpo etilmoqda hamda ular milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash afzalliklariga egadir.

Masofaviy o‗qitishning quyidagi afzalliklari mavjud:

1.O‗qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‗pgina uslublar asosida o‗qituvchi (pedagog) ilm beradi, o‗quvchi- talabalar esa faqat berilgan materialni o‗qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy o‗qitish asosida esa o‗quvchi-talabalarning o‗zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‗lgan ma‘lumotlarni qidirib topadi va o‗zlarining tajribalarini boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo‗lishini ta‘minlaydi hamda o‗z o‗rnida mehnat ta‘limi olishini rag‗batlantiradi.



  1. Mustaqil ta‘lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy o‗qitish asosida ta‘lim berish boshlang‗ich, o‗rta, oliy va malaka oshirish bosqichlarini o‗z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi turli darajada bo‗lgan inspektorlar o‗zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va o‗zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‗lishi mumkin.

  2. Ish joyidagi katta o‗zgarishlar. Masofaviy o‗qitish asosida ta‘lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta‘lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‗qitish kadrlarni tayyorlashda muhim o‗rin tutadi.

  3. O‗qitish va ta‘lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma‘lumotlar shuni ko‗rsatadiki, masofaviy o‗qitish asosida ta‘lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‗qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy o‗qitish asosida ta‘lim olish Oliy o‗quv yurti tomonidan qo‗yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta‘lim olayotgan o‗quvchi-talabalarning boshqalardan ustunligi ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o‗qituvchi (pedagog)lar bilan ta‘minlanishidadir. Ta‘lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda o‗qituvchi (pedagog) auditoriyada o‗qitish shartlaridan holi bo‗lishi kerak.



4. Masofaviy o‟qitish jarayonida zaruriy bo‟lgan texnika vositalar.

Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi yangi ma‘lumotlarni olishda ma‘lumotlarni yig‗ish usullari, ma‘lumotlarni yetkazib berishdan va vositalar majmuidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari ta‘limiy mahsulot va xizmatlarini tashkil etishda dastgoh hisoblanadi.

Ta‘limiy mahsulot – ta‘lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan ma‘lumotlar majmuidir.

Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir.

Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‗lgan ehtiyojini va ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul shartlarni, davlat va hokimiyat, mahalliy va o‗zini o‗zi boshqarish organlarini, axborot resurslaridan foydalanish va ularni shakllantirish asosida jamoat birlashmalarini tashkil etishni yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir.

Ta‘lim jarayonini axborotlashtirish - jamiyatni axborotlashtirishning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ta‘limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklarga ega:



  • jamiyatning har bir a‘zosi haqidagi ma‘lumot va bilimlarni olishga yo‗l ochib beradi; - shaxsning intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantiradi;

  • jamiyatning har bir a‘zosi faollik bilan malakasini oshirib, faoliyat fazasini tezkor o‗zgartiradi;

  • masofaviy o‗qitish yordamida ta‘lim samarasini oshirishni ta‘minlaydi.

Ta‘lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish uchun quyidagi axborot texnologiyalar qo‗llaniladi:

  • guruhlash, turlash, hisoblash, ma‘lumotlarni agregatlash uchun ularni qayta ishlash axborot texnologiyalari ;

  • masofaviy o‗qitish qatnashchilarining axborot talablarini qondirish uchun boshqaruv axborot texnologiyalari;

  • fanlar bo‗yicha ekspertlar mahsulotlarini masofaviy o‗qitishning foydalanuvchilar tomonidan olish imkoniyatini beruvchi ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari.

Jahon iqtisodiy tizimlarining dunyo miqyosida umumiy keng tus olishi, jahondagi bir nechta ilg‗or mamlakatlarni axborotlashtirish jamoa bosqichiga kirishi va davlatning jahon iqtisodiyot kengashiga olib chiqilishi uchun respublikamiz Prezidenti tomonidan qo‗yilgan masalalar, shu bilan birga shartli bo‗lgan «raqobatni» hamma tarmoqlarga kiritish, ayniqsa davlatning oliy ma‘lumot tarmog‗iga kiritilishi davlatimizning oliy ma‘lumot tizimidagi raqobatchilik to‗g‗risidagi muammosi dunyo bozorida faol bo‗lishi turgan gap. Berilgan muammoning asosiy yechimlaridan biri yangi ta‘lim texnologiyalarini kiritish, shu bilan birga respublikaning oliy ta‘lim tizimida masofaviy o‗qitish uslubi o‗z o‗rnini egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy o‗qitish uslubini qo‗llash bo‗yicha juda katta tajriba orttirilgan. Jumladan, tajribali o‗qituvchilar, mutaxassislar o‗qitilayotgan kishiga yakka tartibda yordam berishi, talabalar o‗qishini turli uslubda nazorat qilinishi, ularning bilim saviyasini baholash yo‗llari tufayli talaba va o‗qituvchilarning o‗qish sifati va mehnat unumdorligi oshadi.

Masofaviy o‗qitish uslubini sifatli qo‗llanishiga quyidagi yo‗llanmalar kiradi:



O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorij olimlari hamda mutaxassislarining bilim va tajribalarini qo‗llash, zamonaviy o‗quv qurollaridan foydalanish e‘tiborda tutiladi. Bunda turli o‗quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta‘minlash, bu axborot esa o‗z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlarni ishlatish talaba va o‗qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta‘lim jarayonining standart holda jamlanishi, tushunarli holda o‗qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasini ko‗tarilishiga yordam beradi.

Oydinlashtirilgan ta‘lim berish jarayonining ta‘minlanishi, uzluksiz monitoring imkoniyati, o‗quv jarayonlarining to‗g‗ri nazorat qilinishi va boshqarilishini, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi va o‗quv yurtlari tomonidan o‗qituvchi va talabalarning bilim saviyasini tekshirilishini (ta‘lim jarayonida talaba va o‗qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi va o‗qituvchi ishining unumliligi, talabalarning attestatsiyadan o‗tkazish amallari ham kiradi) ta‘minlanishiga olib keladi. O‗qituvchilarni qayta tayyorlash va qayta o‗qish tizimlarining samaradorligini oshirishga erishiladi.



O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‗ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda o‗quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo‗llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‗rgazmali vositalarni joyida qo‗llash, axborot va bilimlarni yetkazishda ko‗rgazmalilik, tasavvurlar hamda o‗qitishning o‗yin shakllaridan foydalanish kiradi.

O‘qituvchining o‘rni va xilma-xil imkoniyatlarni ko‘tarish. O‗qituvchining o‗quvchitalabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‗llash. Har bir o‗quvchi-talabaning bilim darajasi va tayyorgarligiga hamda uning qobiliyatiga mos ravishda shaxsiy yondashishni qo‗llash mumkin.

O‘quvchi-talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish.

O‗quvchi-talabaning o‗qituvchi (pedagog)ga va o‗zaro muloqotdagi ishonchsizlik hissiyotidagi psixologik to‗siqlarni yo‗qotish, talabaning intellektual va ilmiy imkoniyatlarini, o‗zini o‗zi tashkillashtirishni rivojlantiradi.



O‘quvchi-talabaning shaxsiy faoliyati va o‘qitishni birga olib borish. Tejamlilik o‗qitish jarayonidagi uzluksizlikni ta‘minlaydi. O‗quv xonalaridan foydalanishi, yo‗l xarajatlari va taklif qilingan malakali o‗qituvchi (pedagog)lar mehnatiga haq to‗lash. Ular o‗z bilimlarini masofadan o‗qitish shaklida uzatishlari mumkin. Sog‗lig‗i, ijtimoiy va moddiy ta‘minlanganligidan qat‘iy nazar bilim olishning keng imkoniyatlari yaratilib, ijtimoiy tenglik yuzaga keladi.

O‘qitish doirasida musobaqa muhitini yaratish.. Masofadan o‗qitish texnologiyasi – jamiyatni axborotlashtirishning umumiy oqimi va yo‗llari bilan jipslashgan bo‗lib, masofaviy o‗qitishning texnik vositalarini axborotlashtirish tizimlari va oliy o‗quv yurtlarida o‗qitish jarayonini avtomatlashtirish tizimlarini zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi asosida birgalikni ta‘minlaydi.

Masofaviy o‗qitish usulidan foydalanishning kamchiligi o‗qituvchi va talaba o‗rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir.




Nazorat va muhokama uchun savollar




  1. O‗qitishning texnik vositalariga nimalar kiradi?

  2. Masofaviy ta‘lim tizimi tamoyillari va qoidalari ni aytib bering?

  3. Masofaviy ta‘limning afzalliklari, kamchiliklari nimalardan iborat? 4. Masofaviy o‘qitish jarayonida zaruriy bo‘lgan texnika vositalar qaysilar?

  1. Kasbiy mahoratga nimalar kiradi?

  2. Dars bu - pedagogik ijodkorlikmi yoki san'at.

  3. Yangi mavzuning maqsadi va rejasi xaqida ma'lumot bering.

  4. O'qituvchining darsdagi mahorati kanday bo'lishi kerak deb o'ylaysiz?.

9.O'qituvchining muomala madaniyatiga misollar keltiring.

10. O'qituvchining darsda o'zini tutishi qanday bo'lishi kerak?


18-Mavzu: MASOFAVIY TA‟LIM




Reja:

1. Masofaviy ta'lim va uning kelajagi

2.Masofaviy ta'limda dars turlarini amalga oshirilishi


  1. O‘quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari

  2. Kompyuterli telekommunikatsiyalar - MTning kelajakdagi texnologik asosi



Tayanch iboralar: Texnologiyalilik, ijtimoiy teng huquqlilik, baynalminallik;


1. Masofaviy ta'lim va uning kelajagi


Rivojlangan davlatlar amaliyotida masofaviy ta'lim (MT) turli xil modellar, metodlar va texnologiyalarni o‘z ichiga olib, unda pedagog va o‘quvchi ma'lum masofa bilan chegaralangan bo‘lib, turli joylarda (klasslar; shaharlar va hattoki mamlakatlar) orasida olib boriladi. Bu holda talaba va pedagog orasidagi o‘zaro aloqa turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi.



  • odatdagi pochta va aloqa yordamida uzatiladigan pechatli va yozma materiallar; - telefon tarmoqlari;

  • avdio va video yozmalar, o‘quv radiosi va televideniesi;

  • interaktiv dasturli o‘qitish vositalari;

  • kompyuterli o‘rgatuvchi dasturlar;

  • lokal va global kompyuter tarmoqlari;

Tabiiyki, u yoki bu o‘zaro aloqaning o‘ziga xos xususiyatlari pedagog bilan tinglovchi orasidagi mavjud holatlar o‘qitish metodikasi va taktikasi hamda strategiyasi bilan ajralib turadi.

Hozirgi vaqtda MT ning pedagogik va tashkiliy asoslari telekommunikatsion servislar:

elektron pochta, mavzuga bog‘liq jo‘natmalar, elektron jurnallar, USENT konferentsiyalar, ICQ, veb-konferentsiyalar, e'lon doskalari va boshqalar. Hozirgi paytda turli xil servislar orasida MT ning eng samaralisi bo‘lib, elektron pochta hisoblanadi.

Masofaviy darslarning ko‘rinishi bir tomondan pedagogik jarayonning xususiyatlari bilan aniqlansa, ikkinchi tomondan, o‘rgatuvchi markazning – axborot va telekommunikatsion vositalarning imkoniyatlariga bog‘liq.

Ko‘plab mamlakatlarda masofadan o‘qitishda turli xil darsni tashkil qilish usullaridan va talabalar kontigentining aniq maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda zamonaviy telekommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Masofadan o‘qitishning birinchi navbatdagisi sirtdan o‘quvchi talabalar va malakasini oshirish zarur bo‘lgan texnik xodimlar uchun amalga oshirilishi bugungi kundagi eng dolzarb muammodan iborat.

Masofadan o‘qitishni amalga oshirishda birinchi asosiy va zaruriy muammolardan biri uzatiladigan darsning har tomonlama tarixiy, ilmiy, amaliy muammoli va nihoyat etarlicha ko‘rgazmali hamda u yoki bu hodisa, qonun yoki texnologik jarayonga bog‘liq bo‘lgan va uning mazmunini to‘ldiruvchi aniq va tushunarli ilovalar, ko‘rgazmalar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi shart.



Ikkinchidan, uzatiladigan ma'lumotning ilmiy ahamiyatli qismlarini etarli darajada soddadan murakkabga qarab tushuntirish metodikasidan to‘la foydalanilgan holda amalga oshirish zarur.

Uchinchidan, uzatiladigan kursning dasturiy ta'minoti shu kursning ilmiy va amaliy ahamiyatlarini va ishlatilish sohalarini har tomonlama yaxshi biladigan ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lyashi kerak.

To‟rtinchidan, uzatiladigan kursning stsenariysi shu kurs yoki unga yaqin kurslar bo‘yicha katta pedagogik mahoratga ega bo‘lgan muallim-dotsent yoki professor tomonidan yozilishi shart. Bunga sabab katta pedagogik mahorat egasi o‘zining uzoq yillik tajribasi asosida talabaga ko‘rinmaydigan va savol-javoblarni eshita olmagan talabaga tushunarli va uning bilim darajasiga mos hamda talaba uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni soddaroq holda keltirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, bu ma'ruzaning axamiyatini ochib beruvchi va talabaning esida yaxshi saqlanib qoluvchi misollar bilan boyitilgan bo‘lishi zarur. Bir so‘z bilan aytganda, stsenariyning eng ilg‘or texnologiya asosida katta pedagogik mahorat egasi tomonidan tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir.


2.Masofaviy ta'limda dars turlarini amalga oshirilishi


Amaliy izlanishlar tizimi ko‘rsatadiki, MT da dars turlari quyidagicha amalga oshirilsa, eng samarador bo‘lishligini ko‘rsatmoqda:



  • U yoki bu kursning barcha muammolari o‘qitiladigan darslarni umumiy veb-saxifalar to‘plami sifatidagi server ko‘rinishida uzatish;

  • Xususiy darslar-maslahatlar, har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda-turli shakllarda o‘tkazish;

  • Elektron pochta bo‘yicha MTda yozishmalar holatida uzatish, unda bir muammoning

tuzilishi ishlab chiqilishi;

  • Chat-darslar aniq jadval va masalalarning talqinini talab etadi, shuning uchun taxlil uchun darslar matnini yozib olish imkonini yaratish.

Veb-darslar turli xil bo‘lishi mumkin: veb-kvestlar (o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar ko‘rsatilgan holda tayyorlangan sahifalar), forum ko‘rinishidagi konferentsiyalar, seminarlar, aqliy o‘yinlar va boshqalardan iborat.

O‘qitish va nazoratiing samarador shakli fikrlashga imkon yaratuvchi masofaviy olimpiadalar hisoblanadi. Bu turdagi darslar elektron pochta yoki veb-shaklida o‘tkaziladi.

MT (o‘qitish) shaklidan faqat talabalarni o‘qitishda emas, balki o‘qituvchilarning malakasini oshirish va hattoki pedagogik konferentsiyalar va konkurslarni o‘tkazishda ham foydalansa bo‘ladi. Masalan, MT texnologiyasidan foydalanib, mavjud bo‘lgan avgust oyi koferentsiyalarini mamlakatimizning turli shaharlarida ham o‘tkazish mumkin.

Ma'lumki, Internet «tarmoq» pedagoglarning bilimini kengaytiradi va ularning telekommunikatsiyalar yordamida ta'sir doirasini, yuzlab va hatto minglab marta oshirish imkonini yaratadi.

Talantli o‘qituvchilar nafaqat uni o‘rab olgan odamlar bilan muhim bo‘lmasdan, uning imkoniyati uzoq-uzoq joylardagi ko‘plab o‘qishni xohlovchilarni ham samarali o‘qitish imkoniga ega.

Shuni ta'kidlash lozimki, ma'lumotni tashqaridan olish mumkinligi masofaviy o‘qitishning ommaviyligi va o‘qitish tartibining ko‘pchilik uchun qulayligi, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun muhimdir.

Masofaviy o‘qitish (MT) quyidagi besh xususiyat bilan aniqlanadi:

1.O‘qituvchi va o‘quvchining mavjudligi, hech bo‘lmaganda orasidagi kelishuvning borligi;

2.O‘qituvchi va o‘quvchi hamda o‘quv muassasalarining fazoviy ajralganligi;

3. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ikki yo‘nalishdagi o‘zaro aloqasi; 4. Maxsus masofaviy ta'lim uchun mo‘ljallangan materiallarining tanlab olinishi.

Yuqoridagi MT turli xil o‘qitishni o‘z ichiga oladi - aloqa telefoni va pochta (pechatlangan materiallar) yordamida amalga oshirishdan to o‘qituvchi va o‘quvchilar televizor ekranida uchrashadigan ikki tomonlamali video kurslariga boradi.


3. O‟quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari


Masofaviy ta'limda (MT) o‘qitishga yordamni ta'minlashda ikki xil yondashuv - kengaytirish va transformatsiya (kuchayish yoki pasayish)lar mavjud bo‘ladi. Bunday yondoshuvlarni quyidagicha tushuntirish mumkin:

Kengaytirish modeli shu qolda o‘qlishi mumkinki, unda pedagog darsni texnologik kengaytirib, an'anaviydan kam farqlanuvchi qolda, uni fazoviy va vaqtli chegaralarda ham olib boriladi.

Pedagog faoliyati, o‘quv materiallarining majmui, o‘qitish muxiti, o‘qitish vositalari orqali amalga oshirish yo‘qotilgan muloqot kanallarini kompensatsiyalash va o‘quv axborotini to‘laroq ollshga imkon yaratadi. Mazkur o‘qitish modeli ma'ruzalarni o‘zgartirish va undan so‘ng klassda o‘rganiladigan materiallarni individuallashtirishni ko‘zda tutadi.

Transformatsiya modeli an'anaviy o‘qitishni hosil qilmasdan, ma'lum darajada yangi bo‘lgan pedagog va o‘quvchilar orasidagi o‘ziga xos aloqa texnologiyasidan iborat.

Yangi metodlar va texnologiyalar bilan birga olib boriladigan masofaviy o‘qitish metodi nazariy pedagogika va ta'lim amaliyotiga yangi tushunchalar va atamalarni kiritadi, ularga: — virtual klass (guruh);



  • O‘qitishni quvvatlash (o‘quvchilarni quvvatlash);

  • O‘quv telekommunikatsion loyihalar;

  • teskari aloqa;

  • dialogli texnologiya;

  • kompyuterli aloqa;

  • telekonferentsiya;

  • kordinator, mederator, telekommunikatsion loyihaning fasilitatori (telekonferentsiya) va boshqalar.

Virtual klass (guruh) deganda, MT da o‘quvchilar birligi tushunilib, unda kompyuter tarmoqlari bo‘yicha ular tomonidan birgalikda topshiriqlarni bajarishda sodir bo‘luvchi o‘zaro aloqa tushuniladi.

Virtual klass-MT ning transformatsion modeliga xos bo‘lgan tupguncha bo‘lib, bunda o‘quvchilar orasidagi kompyuterlar tarmosh yordamidagi o‘zaro aloqa odatdagidan keskin farq qiladi.

MTda o‘qitishga yordam beruvchi bo‘lib boshqa geografik muhitdagi o‘quvchiga yuboriladigan istalgan materiallar, axborotlar tushuniladi. O‘qitish jarayoniga uzoq muddatli faoliyat bo‘lib unda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga yuboriladigan materiallarning to‘xtab qolishi mumkin emas.

Telekommunikatsiyaviy o‘quv loyihasi – MT transformatsion modelning birdan-bir kelajakli shakli bo‘lib, qandaydir modelli maqsadga etish uchun yo‘naltirilgan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga asoslangan. U o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan qandaydir ilmiy yoki ishlab chiqarishni modellashtirish maqsadidagi loyihadan iborat. Bunday modeldan maqsad o‘quvchilarning loyihalari faoliyatida u to‘plovchi bo‘lib, ularda jamoat bo‘lib ishlashdagi bilim va ko‘nikmalarni faollashtiradi.

O‘quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari quyidagilardan iborat:


  • uning vaqtli aniqligi va chegaralanganligi (ikki xaftadan uch oygacha)

  • loyihaning barcha qatnashchilari orasida axborot almashtirish uchun kompyuterli telekommunikatsion tarmoqlar va dasturli vositalardan foydalanish, ular ko‘pincha virtual yoki kvazivirtual guruhni tashkil etadi.

  • loyiha koordinatori tomonidan o‘rnatiladigan o‘quvchnlar orasidagi aniq faoliyatning zarurligi.

Masofaviy o‘qitishdagi teskari aloqa-mos kibernetik tushunchaning umumlashuvimasofadagi o‘quvchiga uni baholash bosqichida, pedagog tomonidan yuboriladigan axborotlar oqimi, uning harakati, o‘quvchining muvaffaqiyatiga pedagog reaktsiyasi va uniyag faoliyatining bahosi (ma'qullash yoki ma'qullamaslik) va boshqalardan iborat.

Rejali va ratsional o‘rnatilgan teskari aloqa ahamiyatining juda kattaligi aniqlangan, chunki u o‘quv faoliyatining aniq va musbat shakllanishini kuchaytiradi. An'anaviy o‘qitish jarayonida teskari aloqa mimik harakatlar, tovush intonatsiyasi va boshqalar bilan aniqlanadi. MTda esa u pedagog va o‘quvchining ko‘pchilik aloqa kanallari bilan ulangani sababli teskari aloqa pedagogik texnologiyaning aniqlangan va rejalashtirilgan elementi hisoblanadi.

Telekonferentsiya – tarafdor odamlar jamiyati orasida matnli xabarlar almashish usulidir.

Kompyuterli aloqa – aloqani tashkil qilish uchun kompyuterlar va telekommunikatsion tarmoqlaridan foydalanuvchi usullar majmui. Kompyuterli aloqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



  1. Tarmoqdan foydalanuvchi pochtali, qutili xabarlarni jo‘natish imkonini beruvchi elektron pochta;

  2. Xabarlarni barcha qatnashchilarga bir vaqtda uzatish imkonini beruvchy

telekonferentsiyalar;

  1. Uzoqdagi axborot manbalariga kira olish, masalan, kutubxona zaxiralariga,

ma'lumotlar bazalariga, serverlarga;

MTni rivojlantirish tendentsiyasining tayanch holatlari quyidagilardan iborat:



  • texnologiyalarni bir vaqtda kengaytirish va yaqinlashtirish;

  • o‘qituvchilar va uvchilar orasidagi munosabatlarni o‘zgartirish; • o‘quv muassasag'ari orasidagi munosabatlarni o‘zgartirish;

  • turg‘un an'analarning paydo bo‘lishi.

Hozirgi kundagi MT doirasiga kirgan eng asosiy atamalar: tirik interaktiv muhitlar, qisqa to‘lqinli televidenie, audio grafika, zichlashtirilgan video, telekonferentsiyalar, audio konferentsiyalar va boshqalar. Hozirgi interaktiv muxitlar o‘quv auditoriyalarining kengayishiga imkon bermoqda.

Yaqin kunlarda MT fazosida yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishini tasavvur qilish qiyin emas. Ularning deyarli barchasi raqamlidir. Ularning tarkibiga gepermedia dasturlari kiradi, bu esa o‘quvchining axborot manbaidan foydalanishi va shuningdek INTERNET orqali mumkin bo‘lgan ma'lumotlar bazasini va hattoki, ma'lumotlar kompleksini, o‘zi nazorat qilish imkonini yaratadi, bu esa kelajakda o‘quvchiga video kurslar, audiomateriallar, ma'lumotlar bazasi va boshqa dasturli ta'minot bilan o‘z uyi yoki ish joyidan ulanishga imkon yaratadi.




4. Kompyuterli telekommunikatsiyalar - MTning kelajakdagi texnologik asosi


MTning asosiy vositasi kompyuterli o‘rganuvchi dasturlar hisoblanadi. Ammo MTni rivojlantirish nuqtai nazaridan eng katta kelajakka ega bo‘lgani kompyuterli telekommunikatsiya tarmoqlari hisoblanadi.

Kompyuterli telekommunikatsiyalar hozirgi zamon jamiyatining turli sohalariga: biznesga, iqtisodiyotga, ko‘plab axborot vositalariga, fan va ta'limga ko‘plab kirib bormoqda.

Telekommunikatsiyalarning umumiy rivojlanishida kompyuterli telekommunikatsiyalarning Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlar ta'llm sohasiga kirib borgan jarayoni sezilarli darajada ortib bormoqda. Ko‘pchilik rivojlangan davlatlar maktablarida kompyuterli telekommunikatsiyani dars jarayonida ham ishlata boshladilar.

Telekommunikatsiyalar (lotincha sopishshkaio - mulohot yo‘li) - bu to‘la ma'noda axborotni masofaga uzatipshing barcha vositalari: radio, televidenie, telefon, telegraf, teletayp, teleks, telefaks va shuningdek yaqin orada paydo bo‘lgan kompyuterli telekommunikatsiyalardir.

Kompyuterli telekommunikatsiyalar eng yangi va eng kelajagi porloq kommunikatsiya turidan iborat. Kompyuterli telekommunikatsiyalar-bu ma'lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga, modemlar va telefon tarmoqi orqali uzoq masofaga uzatishd.an iborat.

Hozir rivojlangan mamlakatlarda, xususan AQSH va Yaponiyadagi ta'lim muassasalari turli xil jamiyat va kommersiya tarmoqlarining xizmatidan foydalanmoqdalar. Bunday tarmoqlarning yaratilishiga rivojlanuvchi texnik tizim deb qaralmoqda.

Global kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchi kompyuterli telekommunikatsiyalarni tezlik bilan rivojlanuvchi axborot texnologiyalarining so‘nggi ko‘rinishidan iborat deyish mumkin.

Telekommunikatsiyaning eng sodda ko‘rinishi elektroi pochtadan iborat bo‘lib, undan katta muvaffaqiyat bilan ta'lim jarayonida foydalanishi mumkin, chunki u:


  1. Turli fanlar o‘qituvchilarining tajriba almashinishini osonlashtiradi va rag‘batlantiradi;

  2. Undan foydalanayotgan o‘quvchilarning o‘quv kursiga bo‘lgan qiziqishini

oshiradi;

  1. O‘quvchilarning kommunikativ amaliyotini kengaytiradi, yozma nutqini rivojlantirishga yordam beradi.

Elektron pochta odatdagilardan o‘zining xususiyati bilan farqlanadi:

  1. kompyuter yordamida xatni taiyorlash jaraenini tezlashtiradi va ijodiylashtiradi.

  2. xatni jo‘natish va olish ish joyida kompyuter yordamida amalga oshiriladi.

v) xatning manzilga etkazilishi juda tez (Er sharining qarama-qarshi nuqtasiga 4-5 soatda

etkaziladi).

Masofaviy ta'limda elektron pochtadan foydalanib, odatda, telekommunikatsion loyiha shaklida ham olib boriladi. O‘quv telekommunikatsiyaviy loyiha ma'lum mavzuga bag‘ishlanadi. Uning tarkibiga tayyorlash va uzatish bo‘yicha o‘quvchilarning turli ko‘rinishdagi faoliyatlari va kompyuterli telekommunikatsiyalar bo‘yicha o‘quv axborotining olinishi va tahlili kiradi. Kompyuterli MT dan ko‘p turli ta'lim masalalarini echishda foydalanish mumkin:


  1. Universitetlarning sirtqi ta'lim shaklidagi ixtisosliklarida;

  2. Universitetlarning kunduzgi bo‘limlarida ta'lim oluvchilar uchun; 3. Dasturlarda, qo‘shimcha ma'lumot olishni xohlovchi shaxslar uchun.

  1. O‘quv yurtlarida alohida kurslar bo‘yicha kunduzgi va sirtqi o‘quv shakllari bo‘yicha ta'lim olishni xohlovchilar uchun;

  2. An'anaviy o‘quv yurtlarida, bunda kompyuterli masofaviy ta'lim talabaning talabi bo‘yicha o‘qituvchi yoki metodist bilan aloqa qilinadi.

MT dan o‘qitish modellarining biri bo‘lgan, vertual klassda o‘qitishning qanday amalga oshirilganini ko‘rib chiqaylik.

Bunda har bir o‘quvchi oldindan dars jadvali va dasturiy ta'minotga ega bo‘ladi. Ko‘rsatilgan vaqtda o‘quvchi video konferentsiyaga ulanib, o‘zining ismi va parolini kiritadi. Bundan so‘ng ekranda video konferentsiyaning chiqish oynasi ochiladi. Bu oynada o‘qituvchini va qatnashuvchi talabalarni ko‘radi. So‘ng pedagog tajribani ko‘rsata boshlaydi. Agar talaba xohlasa, darsning bu fragmentini (qismini) saqlab qolib, sung u bilan to‘laroq tanishishi mumkin. Bundan so‘ng pedagog, oldinroq jo‘natilgan amaliy dasturini bilgani uchun ketma-ket ekranlar yordamida materialnn tuptuntiradi, zarur bo‘lgan holatlarda u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining sharhini, bolalarni jalb qilgan holda ekranga yoza boshlaydi. Agar talaba materialning qaysi bir fragmentlarini tushunmay qolsa, u bu haqda o‘qituvchiga ma'lumot yuboradi. Agar bunday xabarlardan bir nechtasi kelsa, u holda o‘qituvchi munozarani to‘xtatadi, so‘ng tushunarsiz bo‘lgan kadrga qaytib, masala nimadan iboratligini tushuntiradi. Materialni tushuntirgandan so‘ng o‘qituvchi talabalarga savolni taqdim etadi yoki mavjud bo‘lgan dasturiy ta'minotdan foydalanib, masala echishni taklif etadi.

Talabalar masalani echib, ularni nazorat uchun muallimga jo‘natadilar. O‘qituvchi ularni sharhlab beradi va klassga ko‘rsatadi.


Nazorat va muhokama uchun savollar




  1. Masofaviy ta‘lim tizimi tamoyillari va qoidalari ni aytib bering?

  2. Masofaviy ta‘limning afzalliklari, kamchiliklari nimalardan iborat? 3. Masofaviy o‘qitish jarayonida zaruriy bo‘lgan texnika vositalar qaysilar?

4. Masofaviy ta'limda elektron pochtadan foydalanish qanday amalga oshiriladi?

19-mavzu: IQTISODCHI-PEDAGOGLARNING KASBIY, AXLOQIY XISLATLARI




Reja:



  1. Ta‘limda axborot texnologiyalari

  2. Bugungi kunda ta‘limni axborotlashtirishning asosiy yо‗nalishlari

  3. Iqtisodchi-pedagog mahoratiga qо‗yiladigan asosiy talablar

  4. Iqtisodiy inqiroz shаroitidа jаmiyatni tаrаqqiyotigа hissа qo‘shishdа iqtisodchipеdаgoglаrgа хos bo‘lgаn kаsbiy, ахloqiy хislаtlаr.


Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar


Zamonaviy pedagogik texnologiya, didaktika, didaktik tamoyillar, didaktik jarayon, taksonomiya, bilishning bosqichlari, axborot texnologiyalari, pedagogik mahorat




1. Ta‟limda axborot texnologiyalari


Milliy dasturni rо‗yobga chiqarishda ta‘limni axborot bilan ta‘minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bog‗lash, ommaviy axborot vositalarining ta‘lim sohasidagi vazifalarini belgilash» malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridandir. Yangi asr informatsion texnologiyalar asri bо‗ladi. Shu bilan birga jaxon miqyosidagi aql-zakovatning birlashuvi asri bо‗ladi.

Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat-e‘tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori о‗z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Birok, zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‗liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bо‗lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning о‗ziga xos xususiyati - tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.

Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an‘anaviy о‗quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta‘sir kо‗rsatishning yangi imkoniyatlari vujudga keladi. Axborotlashtirish о‗quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishdagi inkilobiy burilish va uning muhim bosqichidir.

Axborot texnologiyasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bо‗lib, u ta‘lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qо‗llana boshlandi.

Axborot texnologiyalari - bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bо‗yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma‘lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik lositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, malum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.

Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulyatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.

Axborot texnologiyalari ta‘lim jarayonida muhim о‗rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:


  • har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni о‗qitilayotgan о‗quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, о‗zini о‗zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish;

  • voqea va hodisalarni kompleks о‗rganishni, aniq, tabiiy-ilmiy, texnikaviy, ijtimoiy, gumanitar fanlar va san‘at orasidagi о‗zaro bog‗liqlikning chambarchasligini ta‘minlash;

  • о‗quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini doimiy-tarzda va dinamik ravishda yangilash.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishida ikki axborot inqilobi hal qiluvchi ta‘sir kо‗rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bо‗lishi bilan rо‗y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari

(EHM)ning paydo bо‗lishi va tez tarqalishi, lokal tarmokdarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarishshg tashkil etilishi bilan bog‗liqdir. Ayniqsa, kompyuterni ixtiro qilinishi axborot texnologiyalarini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu о‗z navbatida zarur dasturlar bilan ta‘minlash muammosini keltirib chiqaradi. Chunki maxsus dasturlarsiz ularni о‗qituvchining yaqin kо‗makdoshiga aylantirib bо‗lmaydi.




2. Bugungi kunda ta‟limni axborotlashtirishning asosiy yо„nalishlari


Ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‗llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni talab etadi. Chunki busiz qо‗llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi.

Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bо‗lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, ta‘lim oluvchilar shaxsini xurmat qilish orqali shaxsning taxsil olishi, ijod bilan shug‗ullanishi va о‗zini о‗zi rivojlantirishiga kulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba о‗z о‗quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta‘lim jarayonining subyekti - ta‘lim-tarbiya vazifalarini xal etadi.

Axborot texnologiyalari: kompyuterlar va axborot-kommunikatsiya vositalarining ta‘lim jarayonida qо‗llanilishi, talabalarning ular bilan bemalol ishlay olishlari pedagogik jarayondagi eng muhim kamchiliklardan hisoblangan subyektivizmni cheklaydi. Masalan, agar talabaning javobi yoki bevosita о‗zlashtirishini baholash о‗qituvchining talaba shaxsiga munosabati ta‘sirida kechgan bо‗lsa, mashinalar vositasida beriladigan ma‘lumotlar obyektiv harakterga ega bо‗ladi.

Ikkinchidan, kompyuter orqali yetkazilayotgan ma‘lumotni zarurat bо‗lganida, qayta-qayta chaqirish va takrorlash imkoniyati о‗quvchi-talabalarga masalaning mohiyatini tushunishga yordam beradi.

Uchinchidan, har bir professor-о‗qituvchining о‗zigagina xos bо‗lgan tushuntirish uslubi, metodik yondashuvi mavjud. AKT vositalaridan foydalanish pedagogik jarayonlar ichidagi samarasiz uslubiyotlarga barham beradi.

Tо‗rtinchidan, axborot texnologiyalari bilim, axborotlarni sxemalar, rasmlar, jadvallar, grafik va diagrammalar, multimedia orqali ifodalashga keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, о‗quv-xujjatli filmlardan keng foydalanish mumkin. Bu о‗quvchi-talabalarning obrazli xotirasini ancha jonlantirib, ularning eslab qolish qobiliyatini kuchaytiradi о‗rganilayotgan masalaga divdat qaratishga undaydi.

Beshinchidan, axborot vositalaridagi ma‘lumotlarni kichik hajmli disket, disklarga yozib olish va ulardan zarur paytda foydalanish mumkin. Bu ham vaqtni, ham mablag‗ni tejaydi. Ularni kerakli miqdorda kо‗paytirish mumkin.

Ularning hammasi yoshlarning ongini о‗stiradi, ularda texnik vositalardan foydalanish kо‗nikmasi hosil bо‗ladi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mazmunini ifodalovchi asosiy belgilaridan biri - axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish bо‗lib, uning naqadar samaraliligi, birinchidan, о‗quv jarayonida qо‗llash uchun mavjud didaktik materiallarga, ikkinchidan, pedagoglarning о‗z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan tо‗g‗ri foydalana olishlariga bog‗liq.

Axborotli ta‘lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina kо‗zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish asosiy yо‗nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug‗ullanishi lozim bо‗lgan sohasidir.

Ta‘lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish quyidagilarning mavjud bо‗lishini taqozo etadi:



  • ta‘limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari;

  • ta‘lim jarayonini tashkil etish uchun unta mos tizimli va amaliy dastur ta‘minoti;

  • talim-tarbiya jarayonida yangi о‗quv-texnika vositalarini tatbiq etish bо‗yicha mos metodik ishlanmalar.

Bular, о‗z navbachida, quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi.

  1. Texnik muammolar - bular ta‘lim tizimida foydalaniladigan elektron-hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga quyiladigan talablarni, ularni amalda qо‗llash xususiyatlarini belgilaydi;

  2. Dastur muammolari - bular ta‘lim tizimida foydalanish uchun dastur ta‘minotining tarkibi va turlarini, ularning qо‗llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi;

  3. Tayyorgarlik muammolari - bular о‗qituvchi va о‗quvchi, pedagog va talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, hisoblash texnikasidan ham foydalanish о‗quvi bilan bog‗liqdir.

Bugungi kunda ta‘limni axborotlashtirishda asosiy yо‗nalish turli о‗quv fanlari buiicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bо‗lib qoldi. Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi pedagogik dastur vositalari о‗qitish nuqtai nazaridan ta‘lim sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri kompyuter texnologiyalari an‘anaviy tashkil etilgan о‗qitish jarayonida joriy etila boshlanganligidir. U о‗zining asosiy mazmuni va metodlari bо‗yicha bu texnologiyalarga yо‗naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi.

Shuningdek, texnik va dasturli axborot texnologiyalari ham mavjud bо‗lib, ularga quyidagilar kiradi:



EHM tarmoklari. Hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EHM yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoklari keng tarqalgan. EHM lokal tarmoqlari uncha katta bо‗lmagan fazoda amalga oshiriladi va axborot xizmati turli tarmoqlarining integratori bо‗ladi. Ular tashkilotlardagi barcha axborot texnologiyalari vositalarini birlashtiradi hamda ularning samaradorligini oshiradi. EHM global tarmoqlari esa, axborotni katta masofalarga uzatilishini amalga oshirshp imkonini beradi.

Yо‘ldoshli aloqa tizimlari. Kо‗plab yer ustidagi stansiyalarni va yer sun‘iy yо‗ldoshidagi retrenslyatorlarni о‗z ichiga oladi. Bugungi kunga kelib, bu tizimlar kompyuterlar orasidagi aloqani amalga oshirish uchun ma‘lumotlar tо‗plash hamda televideniye dasturini о‗zatish uchun ishlatilmoqda. Sun’iy intellekt tizimlari. Sun‘iy intellekt elementli AKTning boshqalaridan farqi shundaki, oddiy AKTlari faqat statistik ma‘lumotlarni, sun‘iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi. Informatikaning alohida yо‗nalishi - sun‘iy intellektdir. Odam aqliy faoliyatining ba‘zi turlarini amalga oshiruvchi dasturli - texnika vositalari ishlab chiqilmoqda.

Elektron pochta - bu korrespondensiyalar almashishi uchun pochtaga о‗xshash axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan foydalanish, ya‘ni bosma materiallar, jadvallar va jurnallarni о‗zatish hamda elektron pochta yoki qog‗ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bо‗lib, u xabarlarni tо‗plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma‘lumotlarni uzatish tarmoqlari tizimidir.

Elektron pochta asosida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi axborot xizmati kо‗rsatish amalga oshirilgan. Sо‗nggi yillarda jahon bozorida elektron nashrlar borgan sari kо‗p о‗rin egallamoqda. Bu jarayon kompakt optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi.



Telekonferensiyalar — zamonaviy axborot texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bо‗la oladi. Telekonferensiyalarni о‗tkazish uchun quyidagi apparaturalardan foydalaniladi: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb masalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishga ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma‘lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.

Bugungi kunga kelib, Oliy va о‗rta maxsus о‗quv yurtlarida virtual stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xush, virtual stend deganda nimani tushunamiz?



Virtual stend - о‗quv amaliy stendi yoki о‗quv-malaka ustaxonasi bо‗lib, о‗quvchitalabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma‘lum yо‗nalishda zaruriy kо‗nikmalarni hosil qilishga yordam beradi.

Virtual stendlar har bir о‗quvchi-talaba uchun texnikaga о‗zining kirish parametrlarini «buyurishga», о‗z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini о‗tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog‗liq vaqtdan yо‗qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi.

О‗qitishning zamonaviy axborot texnologiyalari о‗quvchi-talabaning emas, u eng avvalo, о‗qituvchi (pedagog)ning texnologiyasidir. О‗quvchi-talaba zamonaviy axborot texnologiyasini о‗rganmaydi, balki uning mahsulotidan о‗qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi. О‗qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni qо‗llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, о‗quvchi-talabalar bilimini nazorat qiladi va uning vazifasi ta‘lim mazmunini takomillashtirish uchun kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasidagi axborot texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga olib kirishdan iborat bо‗ladi.

Axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoklari negizida ta‘lim jarayonini axborot bilan ta‘minlashni rivojlantirish omillari kompyuterlashtirishning har ikkala yо‗nalishini ham rivojlantirib borish zaruriyatiga bog‗lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta‘lim tizimining hamma bosqichlarida «kompyuterlashtirishning konsepsiyasi» yaratilishi lozim.

Kompyuterli texnologiyalar dasturli о‗qitish g‗oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog‗liq ta‘limning hali tadqiq qilinmagan yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta‘limning kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari - bu axborotni tayyorlash va uni ta‘lim oluvchiga uzatish jarayoni bо‗lib, uning amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya‘ni:


  • о‗quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash;

  • ta‘lim oluvchilarshshg о‗zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli miqdorda axborot bilan ta‘minlash;

  • о‗quvchi-talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.

Axborot texnologiyalaridan faqat о‗quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta‘lim tizimida faoliyat yuritayotgan о‗qituvchilarni ilmiy-texnik va maxsus axborot bilan ta‘minlaydigan axborot ishida, ta‘lim tizimini boshqarishda va kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimida ham foydalanish mumkin.

Rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalarini ta‘limga joriy etishda ularning texnik vositalarini integratsiyalash asosiy yо‗nalish bо‗lmoqda. Shu munosabat bilan, xatto «multimedia» tushunchasi paydo bо‗ldiki, u о‗qitishda kо‗pchilik texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani qо‗llagan holda eng muhim narsa о‗quvchi-talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga о‗rgatishdan iborat bо‗ladi. О‗qituvchi (pedagog)ning vazifasi axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat bо‗ladi, о‗qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yо‗l kо‗rsatuvchi hamdir.




3. Iqtisodchi-pedagog mahoratiga qо„yiladigan asosiy talablar


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‗oyalarini amaliyotga tatbiq etish, respublika ta‘lim tizimida olib borilayotgan islohotaar muvaffaqiyatini ta‘minlash kо‗p jihatdan pedagoglarning ma‘naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog‗liq. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab va qiyin faoliyat jarayoni bо‗lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi о‗zining ma‘naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a‘zolari о‗rtasida yuksak xurmat-ehtiromga sazovor bо‗lgan kishilar, donishmandlar zimmasiga ishonib toshpirilgan. Chunki yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etish, mazmuni nafaqat shaxs kamolotini balki jamiyat taraqqiyotini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham doimo bu masalaga alohida diqqat qaratilgan.

О‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risida» gi Qonunining 5-moddasi 7 bandiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‗ullanish sud xukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta‘lim muassasalarida faoliyat olib borishlariga yо‗l qо‗yilmaydi.

Uzluksiz ta‘lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni kо‗ngildagidek о‗qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g‗oyat murakkab va kо‗p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bо‗lgan о‗qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta‘kidlash lozim. Pedagogning ijodiy potensiali uning о‗z ijodkorlik sifatlarini shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bо‗lishida, qobiliyati va kasbiy malakasini takomillashtirishida, kutilmagan vaziyatlarda topqirlik qila olishida, о‗quvchitalabalarni komillik sari mohirlik bilan yetaklay olishida kо‗rinadi.

Pedagogik jarayonda о‗zining yangi g‗oyalarni ishlab chiqish qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan о‗qituvchi iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot - о‗z mohiyatiga kо‗ra, odamning yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bо‗yicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish о‗qitishda doimo ma‘lum yо‗nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bо‗ladi. Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon bо‗lish shakllari kundalik о‗quv-tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta‘sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda kо‗rinadi.

Kadrlarning yangi avlodini tayyorlash muammosining samarali yechimi, birinchi navbatda, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologik madaniyat, huquqshunoslik va shunga о‗xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga ega bо‗lgan, har tomonlama chuqur bilimga ega bо‗lgan о‗qituvchi kadrlarning tayyorlanishi bilan bog‗liqdir.

О‗zbekiston Respublikasi aholisi uchun ta‘lim darajasini oshiruvchi omillardan biri bо‗lib, ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur‘atlar bilan kirib borish jarayoni hisoblanadi. Bu birinchi navbatda, bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog‗liq bо‗lib, u jarayon bilim darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya (atrof-muhit), kompyuter texnikasi va zpmonaviy texnologiyalar ustuvor bо‗lgan va milliy iqtisodiyotning tarmoqlari rivojlanishi va eng asosiysi ta‘lim tizimining takomillashuvi va kadrlar tayyorlashga bog‗liq bо‗ladi.

Bugungi kun mutaxassisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektga ega bо‗lgan, fan asoslarini chuqur о‗rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma‘rifatli va ma‘naviyatli inson bо‗lishi kerak. U о‗z mutaxassisligi, iqtisodchilikdan tashqari, xorijiy tillardan birini bilishi hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olishi shart.

Shu darajada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun murabbiyning о‗zi yuksak darajada malaka va kasbiy mahoratga ega bо‗lishi kerak. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mutaxassis tayyorlovchi pedagogga qо‗yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi.

Bir-biriga bog‗liq bо‗lgan talablarning majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq о‗qituvchiga qо‗yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:



  • ta‘lim berish mahorati;

  • tarbiyalay olish mahorati;

  • о‗quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta‘minlovchi shaxsiy fazilatlari;

  • ta‘lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati va x.k.

Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog «qiyofa»sini ifodalaydi. Ideal iqtisodchi - pedagog modeli quyidagi chizmada ifodalangan bо‗lib, unda qabul qilingan ta‘lim standartlari hamda unta kelajakdagi kasbi tomonidan quyiladigan talablar aks ettirilgan.

4. Iqtisodiy inqiroz shаroitidа jаmiyatni tаrаqqiyotigа hissа qo‟shishdа iqtisodchipеdаgoglаrgа хos bo‟lgаn kаsbiy, ахloqiy хislаtlаr.

Iqtisodchi - pedagog ta‘lim yо‗nalishini tanlagan talabalar iqtisodchi sifatida iqtisodiy fanlarni chuqur bilishi, olgan bilim va kо‗nikmalarini qо‗llay bilishi zarur bо‗lsa, pedagog sifatida iqtisodiy fanlarni о‗quvchi-talabalar ongiga yetkazish mahoratiga ega bо‗lishi lozim. Demak, kasb ta‘limi yо‗nalishini tanlagan talabalar boshqalarga nisbatan ham mashaqqatli, ham faxrli mutaxassislikni tanlaganlari ularga qо‗shimcha mas‘uliyat yuklaydi.

О‗qituvchilik-katta san‘atdir. Bu san‘atga u yoki bu pedagog osongina, о‗z-о‗zidan erisha olmaydi. Shuning uchun о‗qituvchilik kasbiga, ya‘ni sog‗lom avlod uchun chinakam murabbiy bо‗lishga xavasi, ishtiyoqi zо‗r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, о‗zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqillik g‗oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, haqikiy vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladilar.

Pedagogik mahorat tug‗ma talant yoki nasldan-naslga о‗tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma о‗qituvchilar uchun standart, ya‘ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir о‗qituvchining о‗z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.

Bu jarayonda ilg‗or о‗qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa о‗qituvchi о‗rganishi, undan ijodiy foydalanishi va о‗z faoliyatini ilg‗or tajribalar bilan boyitishi zarur. Ta‘lim jarayonida о‗qituvchi bilan о‗quvchi yoki talabalar о‗rtasida о‗zaro jonli til muloqoti, fikr almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim. Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy sо‗z va quruq nasihatgо‗ylikdan iborat bо‗lgan, rasmiyat uchun yuzaki о‗tkaziladigan dars (ma‘ruza) va boshqa о‗quv mashg‗ulotlari о‗quvchi, talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g‗oyaviy jihatdan yetarli oziqlantirmaydi.

Har bir о‗qituvchi о‗z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma‘ruza va nutqida о‗ziga xos jihatlarini kо‗rsatadi. Ma‘lum bir mavzuni yoritishda о‗qituvchi о‗zi yaxshi bilgan yoki о‗zining ilmiy izlanishlari bilan bog‗liq bо‗lgan, lekin shu mavzuga tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri bog‗liq bо‗lmagan savolga kо‗p vaqt ajratib, qolgan savollarni kо‗rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu - mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi.

Shu sababli, о‗quv mashg‗ulotlarini shunday tashkil qolish kerakki, ularning ta‘sirida talabalarda shu fanga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e‘tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi kerak.

Pedagogik qobiliyat va mahorat о‗qituvchida osonlik bilan shakllanmaydi. Bu kasbni tanlagan kishi о‗z maqsadiga erishish uchun uzluksiz о‗qishi, о‗rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, о‗z yurti va dunyodagi real voqelikni tez anglashi va о‗z mehnatining mamlakat uchun qanchalik zarurligini chuqur his qilishi zarur.



Uzluksiz ta‘lim tizimida dars va boshqa turdagi barcha о‗quv mashg‗ulotlarini mukammal tashkil qilish - о‗qituvchining birinchi navbatdagi vazifasidir. Yuqori saviyada о‗tkazilgan mashg‗ulotlar yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularda imon-e‘tiqod va mafkuraning shakllanishiga ijobiy ta‘sir kо‗rsatadi. Shu sababli, о‗qituvchining ilmiy saviyasi uning о‗z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, pedagogik mahorati va eng avvalo, sifatli dars bera olishida kо‗rinadi. Fan о‗qituvchisining faoliyatiga beriladigan baho darajasini ham dars va boshqa turdagi mashg‗ulotlarning sifati belgilaydi.



Kasbiy bilim va kо„nikmalar

  1. Fundamental umumiy va maxsus bilimlar.

  2. Ta‘lim-tarbiya jarayonining mazmunmohiyati, strukturasi haqidagi bilimlar.

  3. Psixologik-pedagogik bilimlar.

  4. Antropologik bilimlar tizimi.

  5. Metodologik bilimlar majmui.

  6. Bir butun pedagogik jarayonning qonuniyatlari haqidagi bilimlar.

  7. Psixologik-pedagogik texnologiya asoslari haqida bilimlar.

  8. Tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va о‗tkazish haqidagi bilimlar. 9. Psixologik –pedagogik tashxis qilish kо‗nikmalari.

  1. Ta‘lim jarayonini loyihalashtirish, amalga oshirish, baholash kо‗nikmalari.

  2. Kommunikativ kо‗nikmalar.

  3. Tashkilotchilik kо‗nikmalari.

  4. Refleksiv kо‗nikmalar




Kasbiy, ahloqiy xislatlar

  1. Fuqarolik, ijtimoiy mas‘uliyat.

  2. Insonparvarlik, ma‘naviy ehtiyojlar.

  3. Bolalarga va pedagogik kasbiga muhabbat.

  4. Ma‘naviy-axloqiy sifatlar.

  5. О‗ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik.

  6. Intelligentlik.

  7. Umumiy va pedagogik madaniyat.

  8. Optimizm.

  9. Muloqot san‘ati, nutq madaniyati.

  10. Pedagogik intuitsiY. Yangilik hissi.

  11. Emotsional turg‗unlik.

  12. Mehnatsevarlik.

  13. Ijtimoiy va pedagogik qadriyatlarga yо‗naltirilganlik.

  14. Pedagogik yо‗naltirilganlik.

  15. Faollik.



Pedagogik qobiliyat

  1. Intellektual qobiliyatlar.

  2. Bilimlarni amaliyotga qо‗llash qobiliyati.

  3. Tashkilotchilik qobiliyati.

  4. Tadqiqotchilik qobiliyati.

  5. Mustaqil ta‘lim olish qobiliyati.

  6. Ijodiy qobiliyat




О„z ustida ishlash

  1. О‗z-о‗zini bilish.

  2. О‗z-о‗zini boshqarish.

  3. О‗z-о‗zini nazorat qilish va baholash.

  4. О‗z ichki imkoniyatlarini amalga oshirish.

  5. О‗z-о‗zini refleksiya qilish.

О‗qituvchi maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassislik ma‘lumotiga metodik tayyorgarlikka, shuningdek, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxs sanaladi. Zamonaviy iqtisodchi - pedagog qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bо‗la olishi kerak. О‗qituvchi:



  1. Jamiyat ijtimoiy hayotida rо‗y berayotgan о‗zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada о‗quvchi-talabalarga tо‗g‗ri, asosli ma‘lumotlarni berib borishi lozim.

  2. Kuchli va keng qamrovli bilimga ega bо‗lishi, ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bо‗lishi talab etiladi.

  3. О‗z mutaxassisligi bо‗yicha chuqur, puxta bilimga ega bо‗lishi, о‗z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishi lozim.

  4. Gapirib turib, о‗ylashni bilishi kerak. О‗qituvchilik kasbining, mehnatining, mahoratining о‗ziga xosligi ham shunda. Dars berishda fikrlash, о‗ylash va gapirish jarayoni qо‗shilib ketadi. Avval о‗ylab olib, keyin sо‗zlashga fursat bо‗lmaydi.

  5. Pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta‘lim-tarbiya jarayonida о‗quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

  6. Bir psixologik holatdan boshqa holatga oson о‗ta olishi kerak. О‗qituvchining ishonchli dalillari, ilmiy, asosli mulohazalari, uning fikrlarini talabalarga ta‘sirini bir necha marta oshiradi. О‗ziga ishonchi esa keng doiradagi bilimi, о‗z fikrini ilmiy asoslab bera olish qobiliyatiga ega bо‗lishda shakllanadi.

  7. Metodik mukammallik va sayqallangan kasbiy mahoratga, ta‘lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va boshqalardan unumli foydalana olish, о‗quvchi-talabalarning munosabatini, ulardagi о‗zgarishni tо‗g‗ri aniqlashi uchun kuzatuvchilik qobiliyatiga ham ega bо‗lishi kerak. Auditoriyaning psixologik holati (sukunat, shovqin va hokazolar) ni tez ilg‗ashi zarur.

  8. Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bо‗lishi shart.

  9. Yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bо‗lishi, pedagogik texnika nutq, yuz, qо‗l - oyoq va gavda harakatlari (mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur о‗zlashtirib olishga erishishi, notiqlik san‘ati - ma‘ruza о‗qish qobiliyatiga, imlo savodxonligi, nutq madaniyatiga ega bо‗lishi kerak. О‗qituvchida talabalarni о‗z fikriga mahliyo qilish, о‗zini qanday tutishni bilish qobiliyati bо‗lsa, u haqiqiy talant sohibidir. Buyuk faylasuf, «birinchi muallim» Aristotel har bir sо‗zni qanday aytishni avval soatlab oynaga qarab, mashq qilgan ekan.

  10. О‗qituvchi kiyinish madaniyatiga (sodda, ozoda bejirim kiyinish, ta‘lim-tarbiya jarayonida о‗qituvchining turli xil diqqatini kо‗p jalb etuvchi bezaklar (oltin, kumush taqinchoklar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni о‗zlashtirishga erishish) ega bо‗lishi lozim.

  11. О‗qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga о‗rnak bо‗la olishi lozim. Yuksak axloqiy va insoniy fazilatlarga ega bо‗lishi zarur.

О‗qituvchi shaxsining mazkur talablarini о‗zida aks ettira olgan qiyofasi uning о‗quvchitalabalar, hamkasblar hamda ota-onalar о‗rtasida obru e‘tibor qozonishini ta‘minlaydi. Uzluksiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim kо‗rsatkichi — sifat va samaradorlik aynan о‗qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy aloqadordir. О‗qituvchining kasbiy fazilatlari: о‗z sohasining puxta bilimdoni bо‗lish, hunar sirlarini sodda usulda о‗rgata olish, hayotiy tajribalari asosida tarbiyalovchilik, shogirdlar ehtiyojlari va yutuqkamchiliklarini idrok eta oluvchanlik, shaxsiy namuna bо‗la olishlik va boshqalarni о‗z ichiga oladi.

Odatda, kо‗pchilik о‗qituvchilar shaxsni о‗rgatish va tarbiyalashdagi vazifasini о‗z о‗quv fani doirasida о‗quvchini tegishli bilim va kо‗nikma hamda malakalar bilan qurollantirish, ularda tahlil qilish, umumlashtirish va qiyoslash sifatlarini shakllantirishda kо‗radilar. Vaholanki, о‗qituvchining mehnati va uning pedagogik faoliyati keng qamrovlidir. U о‗qitishning uchta muhim ijtimoiy funksiyasi - ta‘lim berish, tarbiyalash va shaxsni rivojlantirish bilan bog‗liq vazifalarini bajarishga mas‘uldir.

Iqtisodiy hayotning yangi qirralari, muammolari ularni yechish yо‗llarini о‗rganish jarayonida betо‗xtov chuqurlashib boradi. О‗quv jarayonida yangi metodlar qо‗llaniladi, yangi о‗quv kurslari kiritiladi. Iqtisodiy fanlardan dars berishni ma‘naviy, nazariy tomondan yuqori bosqichga kо‗tarish kо‗p jihatdan ta‘lim-tarbiya jarayonida qо‗llaniladigan о‗quv shakllari, metodlari, talabalarni iqtisodchi olimlarning ishlarini о‗rganishlari berayotgan voqelikka jamiyat taraqqiyoti va jahon miqyosidagi jarayonlar birligi nuqtai nazaridan qarashni о‗rganishlari bilan bog‗liq. Bozor iqtisodiyotiga о‗tishimiz iqtisodiy fanlarning rolini nihoyatda oshishiga olib keldi. О‗z navbatida, bu fanlarni о‗qitish zamon talabiga javob berishi zarur. Buning uchun esa har bir о‗qituvchi о‗z ishiga ijodiy yondashishi, о‗z ustida muttasil ishlab, izlanishi, malakasini oshirishi va yuqorida keltirilgan fazilatlarga ega bо‗lishi lozim. Shunday qilib, iqtisodchi pedagoglardan nafaqat iqtisodiyotni, balki iqtisodiy bilimlarni о‗quvchi-talabalar ongiga yetkazish mahoratiga ham ega bо‗lishlari talab qilinadi.

Kelajakka qadam quyayotgan yoshlar!

Siz olgan diplom emas, balki sizning bajargan ishingiz, uni qanday bajarishingiz muhim.

Diplom siz ishga yollanayotgan paytda sizni malakangiz haqida guvohlik berib, ishga qabul qilinish masalasini yechishi mumkin. Lekin ishga qabul qilingan kuningizdan boshlab, siz kelajakda qanday tarzda olg‗a siljishingiz bajargan ishingizga, uning natijasiga bog‗liq. Sizga ish beruvchi sizni diplomingizga mazkur ishni siz tezda о‗zlashtirib olasiz, uni muammolarini bilib, ularni yechish yо‗llarini topasiz. Kundalik ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan tо‗siqlarni yengasiz. Yangi metod va vositalarni topasiz. Korxonaning samaradorligini oshirishga yordam berasiz degan hujjat tarzida qaraydi.

Tо‗la samaradorlikka erishgach, yangi о‗zgarishlar uchun harakat qilish kerak. О‗zgarishlar taraqqiyot emas, lekin taraqqiyot о‗zgarishlarsiz amalga oshmaydi.




Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim va tarbiya berishda nima sababdan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‗llash zarur?

  2. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmunini tushuntirib bera olasizmi?

  3. Didaktika nima? Uning asosiy tamoyillarining mazmunini tushuntirib bera olasizmi? Didaktik sakkizburchak nimalarni ifodalaydi, va uning iqtisodiy ta‘lim-tarbiyadagi rolini qanday izohlash mumkin?

  4. AQSH pedagogi Benjamin Blum taksonomiyasi nimani ifodalayli? 5. B.Blum taksonomiyasi bо‗yicha bilishning bosqichlari qanday farqlanadi?

6. Didaktik jarayonni tashkil qilishda о‗qituvchining roli qanday? 7. Ta‘limda axborot texnologiyalari rolini kо‗rsatib beraolasizmi?

  1. Iqtisodchi-pedagog mahoratiga quyiladigan asosiy talablarni aytib bera olasizmi?

  2. Sizningcha, iqtisodchi-pedagog qanday fazilatlarga ega bо‗lishi kerak? U о‗zi dars о‗tayotgan fanni yaxshi bilishi kerakmi yoki dars о‗tishni yaxshi uddalashi kerakmi?



1 Rationalis (lot.) – maqsadga muvofiq, oqillik bilan.

2 О‗zbek tilining izohli lug‗ati. M.: ―Rus tili‖ nashriyoti, 1981, 294–bet. 3 I.A.Karimov Barkamol avlod orzusi. T.: 1999, 10–bet.

3 Уильямсон О. Экономические инистуты капитализма. СПб Лениздат, 1996, стр. 689. 5 Фромм Э. Анатомия человеческий деструктивности. М.: 1994, стр. 230.

4 Беккер Г. Экономический анализ и человическое поведение THESIS. М.: 1993, т. I, вып. 1, стр. 24-40.

5 Avazov N. Bankalarga musulmon sarkorlari kerak duo. Mahmudxо‗ja Behbediyning iqtisodiy faoliyatiga bir nazar// Hayot va iqtisod. №4, 1991, 64–bet.

6 Avazov N. Bankalarga musulmon sarkorlari kerak duo. Mahmudxо‗ja Behbediyning iqtisodiy faoliyatiga bir nazar// Hayot va iqtisod. №4, 1991, 64–bet.

7 Rahimov S, Masharipov I. Milliy istiqlol g‗oyasi. T.: Iqtisod-moliya, 2005 yil 6-bet.

8 О‗sha yerda.

9 О‗sha kitob, 7-bet.

10 I.A.Karimov О‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida. T.: О‗zbekiston, 1995, 9-bet.

11 I.A.Karimov О‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida. T.: О‗zbekiston, 1995, 9-bet.

12 I.A.Karimov ―О‗zbekiston о‗z istiqlol va taraqqiyot yо‗li‖. T.: О‗zbekiston, 1992, 7-bet. 15 I.A.Karimov ―Barkamol avlod - О‗zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T.: Sharq, 1998, 5-bet.

13 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 3-bet.

14 I.A.Karimov ―Tarixiy xotirasiz kelajak yо‗q‖. T.: Sharq, 1998, 7-bet.

15 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 3-bet.

16 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 10-bet.

17 Hozirgi kunda ―Umid‖ va ―Ustoz‖ jamg‗armalari asosida ―Iste‘dod‖ jamg‗armasi tashkil etilgan.

18 О‗sha yerda.

19 I.A.Karimov ―Barkamol avlod - О‗zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T.: Sharq, 1998, 7-bet.

20 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 10-bet.

21 I.A.Karimov ―Barkamol taraqqiyotga erishish-ustuvor vazifa //Toshkent oqshomi, 1998, 27 fevral, 2-bet.

22 О‗zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi qonuni. Oliy ta‘lim. Meyoriy hujjatlar tо‗plami. T.: Sharq, 2001, 5-bet. 26 I.A.Karimov ―О‗zbekiston buyuk kelajak sari‖. T.: О‗zbekiston, 1999, 187-bet.

23 I.A.Karimov ―Yangilanish va barqaror taraqqiyot yо‗lidan yanada izchil harakat qilish, halqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir‖//Xalq sо‗zi, 2007 yil, 13-fevral, 1-bet.

24 I.A.Karimov ―Yangilanish va barqaror taraqqiyot yо‗lidan yanada izchil harakat qilish, halqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir‖//Xalq sо‗zi, 2007 yil, 13-fevral, 1-bet.

25 I.A.Karimov ―О‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida‖.T.: О‗zbekiston, 1995.

26 I.A.Karimov ―О‗zbekiston XXI asr bо‗sag‗asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖. T.: О‗zbekiston, 1997.

27 I.A.Karimov ―Islohotlar strategiyasi – mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir‖// Toshkent oqshomi, 2003, 18 fevral, 5-bet.

28 I.A.Karimov ―Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yо‗limiz‖// Toshkent oqshomi, 2002, 15 fevral.

29 I.A.Karimov ―Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yо‗limiz‖// Toshkent oqshomi, 2002, 15 fevral, 2-bet.

30 I.A.Karimov ―Islohotlar strategiyasi–mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir. 2002 yilda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yо‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruza‖// Xalq sо‗zi, 2003, fevral, 40 son.

31 I.A.Karimov ―Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir‖. T.: О‗zbekiston, 2005, 12-13-betlar.

32 Inglizcha. Bihavior-о‗zini tutish, sa‘i-harakat, tanlov.

33 Temperament – lot. Temperamentum – qismlarining tegishli nisbati, mutanosiblik, Uni psixologiya fanida chuqur о‗rganiladi.

34 Апперцепция (псих) – мавжуд тажриба, билим, тушунча, тасаввур ва ҳ.к. асосида идрок қилиш, ўрганиш, билиш, идрокнинг тажрибага, билимга боғлиқлиги.

35 Bitim – о‗zaro kelishuv, tо‗xtam, qaror ahdnoma, shartnoma. О‗zbek tili izohli lug‗ati. M.: ―Rus tili‖ nashriyoti 1981, 121 - bet.

36 Shartnoma – biror masala yuzasidan о‗zaro kelishganlik haqidagi yozma bitim.

37 Karimov I.A. О‗zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: О‗zbekiston, 1999, 34–bet.

38 Хайек Ф. Пагубная самонадеянность. М.: ―Новости‖ 1992, с. 156-157.

39 Transaksion xarajatlar – umumiy tarzda shartnoma, bitimlar tuzish uchun sarflanadigan vaqt, mehnat, vositalar uchun xarajatlardir.

40 Karimov I.A. О‗zbekiston buyuk kelajak sari. T.: ―О‗zbekiston‖, 1999, 197-bet.

41 Dо‗stjonov T., Mirhamidov M., Hasanov S. О‗zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb muammolari. T.: ―Moliya iqtisod‖, 216-bet.

42 О‗sha kitob, 216-bet.

43 Qodirova Z.R. Yangicha iqtisodiy tafakkur va xalqaro munosabatlar// Xalqaro munosabatlar//2004, №2, 84-bet.

44 Jо‗rayev T. Yangicha iqtisodiy tafakkur // О‗zbekiston ovozi, 2004 yil 21 dekabr, 2-bet.

45 Jо‗rayev T. Yangicha iqtisodiy tafakkur // О‗zbekiston ovozi, 2004 yil 21 dekabr, 2-bet.

46 Falsafa: Qomusiy lug‗at. T.: О‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, Sharq, 2004 yil 185-bet.

47 Karimov I.A. Buyuk maqsad yо‗lidan og‗ishmaylik. T.: ―О‗zbekiston‖, 1993, 8-bet.

48 Макс Вебер. ―Избранные произведения‖. Москва. ―Прогресс‖, 1990, стр. 98.

49 Турдимов Ж. И др. Традиции не должны мешать повышать благосостоянию // Экономическое обозрение, 2004, №12 стр. 54-61.

50 Жолдасов А. и др. Апология рациональности традиций // Экономическое обозрение, 2004, №12 стр. 61-64.

51 Турдимов Ж. И др. Традиции не должны мешать повышать благосостоянию // Экономическое обозрение, 2004, №12 стр. 55.

52 Турдимов Ж. И др. Традиции не должны мешать повышать благосостоянию // Экономическое обозрение, 2004, №12 стр. 60.

53 О‗zbek tilining izohli lug‗ati. M.: ―Rus tili‖ nashriyoti, 1981.

54 Доклад о человеческом развитии за 2003 г. // Экономическое образование, 2004, №12. С.39.

55 Снижение неравенства как фактор ускорения экономического роста. // Экономическое образование, 2004, №12. С.40.

56 I.A.Karimov Inson manfaatlarini ijtimoiy himoya qilishni takomillashtirish – ustuvor vazifadir // ―Xalq sо‗zi‖ gazetasi, 2006 yil, 8 dekabr.

57 I.A.Karimov О‗zbekiston XXI asr bо‗sag‗asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: ―О‗zbekiston‖, 1997, 195-bet.

58 Fuqarolik kodeksi, 164-modda.

59 Karimov I.A. ―Toshkent oqshomi‖ gazetasi, 1998. 27 fevral, 2-bet.

60 Karimov I.A. О‗zbekiston XXI asr bо‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: О‗zbekiston, 1997, 196- bet.

61 Karimov I.A. О‗zbekiston XXI asr bо‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: О‗zbekiston, 1997, 197- bet.

62 lot. Cognito – bilim ma‘nosida.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish