O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshidavlatuniversitetining pedagogika instituti



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/68
Sana01.06.2022
Hajmi1,85 Mb.
#626181
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
Bog'liq
fayl 2582 20220225

 “SHARQ VA G‘ARB MA’NAVIYATI” 
FANIDAN SEMINAR MASHG‘ULOTLARINI O‘QITISH 
TEXNOLOGIYASI 
 
 
«Sharq va G’arb ma’naviyati» fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni loyihalash 
texnologiyalari asosida ishlab chiqildi. 
Amaliy mashg’ulotlarni olib borishning topshiriqlarni individual tarzda yoki guruhda 
bajarilishi, muammoli, baxs-munozarali amaliy mashg’ulot, ish o’yini hamda bilimlarni 
chuqurlashtirish va mustahkamlashga yo’naltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarilishi. 
 
Sharq va G’arb ma’naviyati: ularda uzviylik va tafovut faning predmeti va uning jamiyat 
hayotidagi ahamiyati 
Biz yashayotgan davr tom mazmuni bilan o‘ziga xos tarixiy mazmun bilan qondirilgan 
davrdir. Tarixda hamisha bo‘lib turgan kuchli ijtimoiy zidsiyatlardan tashqari bugungi kunda 
fundamental harakterga ega bo‘lgan jarayon - tafakkur hamda dunyoqarash tarkibining ildizlarida 
tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. 
Planetaning barcha xalqlari va millatlari turmushiga oid bo‘lgan madaniyat va ma’naviyat bir 
butunlik tomon intilmokda. Ayni vaqtda ularning har birida o‘z "men"ligi tobora chuqur mazmunga 
ega bo‘lmokda. Bunday murakkab jarayonda jahon xalqlarining taqdirlari hal bo‘lmokda. Shuning 
uchun ham ushbu jarayon jiddiy falsafiy tahlilni talab qiladi. Bunday tahlilning debochasi Sharq va 
G‘arb falsafasi, ular o‘rtasidagi uyg‘unlik hamda ularning har birining o‘ziga xosligi, ularning har 
birining kichik yoki katta siyosatga ta’siri, kishilik takdirini oldindan ko‘ra bilishga bo‘lgan 
ko‘magi hisoblanadi. 
Umuman, insoniyat sivilizatsiyasi haqida gal ketganda Sharq va G‘arb haqida, ular o‘rtasidagi 
tub farklar haqida gal ham bo‘lishi mumkin emas. Hatto Qadimgi Grek madaniyati shakllana 
boshlagan davrlarda ham ular o‘rtasidagi farqni ko‘rish mumkin bo‘lmagan. Faqat Ellin madaniyati, 
keyinchalik Rim madaniyatining vujudga kelishi ma’lum darajada G‘arbni Sharqdan ajratish va 
ularning o‘ziga xos farqlarini ko‘rsatish imkonini berdi. Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa 
qilgan yurishi, Markaziy Osiyoda Grek-Baqtriya davlatining shakllanishi, grek va xind yozuvlari 
o‘rtasida uyg‘unlikning vujudga kelishi ayni vaqtda G‘arb va Sharq madaniyatining birligini 
ko‘rsatdi. Bu birlikda biz o‘ziga xos Sharq madaniyatining sintezi hisoblangan grek 
madaniyatining, san’atining, fanining Sharq mamlakatlariga kirib kelishini ko‘rsak, ikkinchi 
tomondan Makedonskiy yurishlari orqali qadimgi va boy Sharq madaniyati, sivilizatsiyasining 
G‘arbga keng miqyosda singib borishini ham ko‘ramiz. 
Sharq ma’naviyatidan biri bo‘lgan indiudaizmning xristianlikka ko‘rsatgan ta’siri natijasida 
Sharq madaniyatining Yevropa xalqlari turmush tarziga kirib borishi va ular hayotida muhim 
qadriyat rolini o‘ynashi ham alohida ahamiyatga ega bo‘lgan jarayondir. 
O‘sha davrlardagi iqtisodiy va madaniy munosabatlarning chuqurlashuvi Ipak yo‘liga 
o‘xshash savdo yo‘llarini qaror toptirdi. Bu yo‘llar ayni vaqtda Sharq va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlarning integratoriga aylandi. TTTu yo‘llar orqali bir halqning madaniyati, 
san’ati va fan yutuqlari boshqa xalqlar hayotiga ham kirib bordi. Iqtisodiy munosabatlarning 
kengayishi va chuqurlashishi ayni vaqtda o‘sha davr mezoniga ko‘ra ma’lum bir ma’naviy birlikni 
vujudga keltirdi. 
Sharq va G‘arb o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va ta’sir islom dinining shakllanishi va 
rivojlanishi bilan o‘ziga xos bir davrni yaratdi. Islom dini haqida so‘z ketganda so‘zsiz bu 
madaniyat o‘zigacha bo‘lgan ko‘plab madaniyatlarning sintezi ekanligini yodimizdan 
chiqarmaymiz. Islomning Shimoliy Afrika, Yevropaga (Ispaniya) tarqalishi o‘ziga xos bir tarixiy 
fenomen edi. 


129 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish